Ko’krakni kattalashtirish — mashqlar, 5 xalqona vosita, massaj usullari

Ko’krakni kattalashtirish — mashqlar, 5 xalqona vosita, massaj usullari

2 Uy sharoitida ko’krakni kattalashtirish usullari
  • 2.1 Klassik ko’krak massaji
  • 2.2 Ko’krak kattalashtirish uchun taomnoma
  • 2.3 Yod bilan ko’krakni kattalashtirish
  • 2.4 Ko’krakni xalqona vositalar yordamida kattalashtirish
  • 2.5 Niqoblar va boshqa vositalar
  • 2.6 Ko’krakni kattalashtirish uchun mashqlar
  • 2.7 Ko’krakni vizual ravishda kengaytirish

Ko’krak kichikligi sabablari

Ko’krak o’z shaklini yo’qotishining sabablari:

  • Ko’krak mushaklarning kuchsizligi;
  • Erta qarish va tanani parvarish qilmaslik;
  • Emizish oqibatlari;
  • Irsiy moyillik;
  • Gormonlar muvozanatsizlik;
  • Tananing shaxsiy xususiyati sifatida ko’krakning kichkinaligi.

Ko’krakning kattaligi asosan organizmning genetik xususiyatlariga, qomat tuzilishi va umuman hayot tarziga bog’liq. Agar tabiat saxiylik bilan qizga katta ko’krak bermagan bo’lsa, unda bu vaziyatni to’g’rilash uchun choralar ko’rish mumkin. Zamonaviy ayollar sut bezlarini kattalashtirishning radikal usullariga tobora ko’proq murojaat qilishmoqda.

Jarrohlik operatsiyalari natijalari bilan chindan ham hayratlantiradi, ammo ular salomatlik uchun katta xavfga ega.

Uy sharoitida ko’krakni kattalashtirish usullari

Operatsiyasiz ko’krakni kattalashtirish uchun bir nechta qo’llanmalar mavjud, ular uy sharoitida o’tkazilishi mumkin. Qo’llanmalardan tashqari, ko’krak hajmini oshadigan tananing ma’lum holatlari ham mavjud.

Muhim bo’lganlarni ko’rib chiqaylik:

  1. Kontrastli dush. Bunday suv muolajalari qon mikrotsirkulyatsiyasini kuchaytiradi va to’qimalarni taranglashtiradi.
  2. Muvozanatli ovqatlanish. Ko’krakning asosiy qismi yog’ to’qimalaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, parhezga qaram bo’lgan qizlar salobatli hajmdagi ko’kraklarni unutishi kerak. Yetarli ovqatlanishdan o’zini cheklash, ayniqsa, o’smirlik davrida, ayol a’zolarining jadal shakllanishi vaqtida yetarlicha xavflidir.
  3. Muntazam jinsiy aloqa. Mutaxassislar muntazam jinsiy hayot tanadagi «go’zallik gormonlari» ni ishlab chiqarilishiga hissa qo’shishini isbotlashdilar, ular ayol organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  4. Kompresslar qo’yish. O’tlar va efir moylariga asoslangan kompresslarni qo’llash.
  5. Yodli to’rlar. Bu usul juda mashhur, chunki u to’qimalarda qon oqimini kuchaytiradi va bu ularning qattiqlashishiga olib keladi.
  6. Sauna. Bug’xonada asal bilan massaj qilish foydalidir, u terini oziqlantirib, to’qimalarni yoshartirishga yordam beradi.
  7. Gormonal preparatlar. Ko’krak o’sishini estrogen gormoni boshqaradi. Agar ayol tanasida gormonal nuqson bo’lsa, u holda nafaqat ko’krak kichrayishi, balki ko’plab funktsiyalarning buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Vaziyatni tuzatish uchun ginekologlar ayollarga gormonal dorilarni qabul qilishni tayinlashadi.
  8. Qon aylanishini yaxshilaydigan ko’krak massaji. Ushbu muolajalar yanada samarali bo’lishi uchun estrogenlari va vitaminlarini o’z ichiga olgan maxsus ko’krak kattalashtirish uchun kremlardan foydalanish kerak.
  9. Homiladorlik. Ushbu davr mobaynida sochlar, teri va ko’krak bezi go’zalligiga foydali ta’sir ko’rsatadigan ayol gormonlari faol ishlab chiqariladi. Ammo, bu ta’sir ko’pchilik uchun qisqa muddatlidir: tug’ruq va emizish davridan keyin ko’krak avvalgi hajmiga qaytadi.
  10. Sport mashqlari. Maxsus gimnastika ko’krak mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan, bu esa tarang ko’krakka va umuman chiniqgan organizmga olib keladi. Bu jarayon uzoq davom etadi, lekin eng ishonchli.

Klassik ko’krak massaji

Massaj — to’qimalarni mustahkamlash, qon aylanishi va faol limfa oqimini kuchaytirishning samarali usulidir. Shuningdek, u yomon sifatli shishlarning oldini olish uchun mukammal chora hisoblanadi.

Klassik massaj quyidagi usullarni o’z ichiga oladi:

  1. Yengil silash. Harakatlar siynalardan bezlar asosiga qarata bo’lishi kerak.
  2. Efir moylari bilan uqalash. Yengil uqalash bilan ko’krakka moyni siynalardan qo’ltiqqacha va qoringacha surtish kerak.
  3. Vibratsiya. Barmoq bolishchalari bilan ko’krakni yengil urish kerak, bu qon aylanishini kuchaytiradi.

Ko’krak kattalashtirish uchun taomnoma

Ko’krak bezlari bo’lajak onalarda faol rivojlana boshlaydi, emizish davomida esa 2-3 o’lchamga ko’payishi mumkin. Ba’zilar uchun bu vaqtinchalik ta’sir, ammo boshqa baxtli ayollar uchun ko’krakning kattaligi abadiy qolishi mumkin. Bu ayollar gormoni — estrogenining ishlab chiqarilishi tufayli sodir bo’ladi.

Ushbu gormonni o’z ichiga olgan bir qator mahsulotlar mavjud:

  • Sut, tvorog, smetana.
  • Karam. Vitaminlarga boy bo’lgan bu noyob sabzavot an’anaviy «ayol» mahsuloti hisoblanadi. Karam barglari nafaqat yeyish uchun foydalidir, balki ko’krakka ayol kasalliklari: mastit, og’riqli hayz vaqtida qo’llash ham foydali bo’lishi mumkin. Kelajakda chiroyli ko’krakka ega bo’lish uchun karam 12 yoshdan boshlab iste’mol qilinishi kerak.
  • Yong’oq, asal va limon aralashmasi.
  • Qizilmiya ildizi. Ushbu ildiz ko’krakda qon aylanishini yaxshilaydi va biriktiruvchi to’qimalarni kislorod va ozuqa elementlari bilan boyitadi.
  • Yashil olma.
  • Baliq va dengiz mahsulotlari.
  • Tovuq go’shti.
  • Soya. Ushbu mahsulot tarkibida izoflavon saqlaydi, u esa ko’krak to’qimalarining o’sishiga ta’sir qiladi.

Shunday qilib, sut bezlarining yog’ to’qimalari shakllanishi uchun zarur bo’lgan maxsus ovqatlarni muntazam ravishda iste’mol qilsangiz, uy sharoitida ko’krakni kattalashtirish mumkin.

Yod bilan ko’krakni kattalashtirish

Ko’krak kattalashtirish istagida bo’lganlar uchun yana bir keng tarqalgan usul — yodli to’r chizish mavjud. Buning uchun paxtali tayoqcha yordamida kuniga 1 marta ko’krakka gorizontal va vertikal chiziqlar chizish kerak.

Teri kuyishi yuzaga kelmaslik uchun chiziqlarni har safar ustma-ust emas, balki yonma-yon chizing.

Ushbu usulni o’zlarida qo’llab ko’rgan qizlar ko’krak 1 oyda 1 o’lchamga kattalashganini aytishadi. Ba’zilarga natijaga erishi uchun ko’proq vaqt kerak bo’ladi.

Biroq, ko’krakni kattalashitirsh uchun bu shubhali usul har kim uchun ham foydali hisoblanmaydi. Axir, yod singari bunday kimyoviy elementni uzoq muddat qo’llash yoqimsiz oqibatlarga olib keladi: terida kuyishlar paydo bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, yodning ortiqchaligi gipertireoz — zob kasalligining bir shakli bilan kasallanganlarga zararlidir.

Yodli muolaja uchun qarshi ko’rsatmalar:

  • O’smalar mavjudligi;
  • Qalqonsimon bez kasalliklari;
  • Ayollar kasalliklari;
  • Homiladorlik va emizish.

Agar to’r chizilganidan keyin isitma yoki harorat ortishi kuzatilsa, muolajani zudlik bilan to’xtatish va qayta takrorlamaslik kerak.

Ko’krakni xalqona vositalar yordamida kattalashtirish

Ko’krak kattalashtirish sirlari orasida oddiy retseptlar mavjud, ular nafaqat ko’krak o’lchamini oshiradi, balki ayollar salomatligini tiklaydi.

Qichitqi, jo’ka va darmana tindirmasi

  1. Buning uchun ushbu quruq o’tlardan 1 choy qoshiqdan va 3 stakan suv oling.
  2. O’simliklarni qaynatib, salqin joyga qo’ying va tindiring.
  3. Bir oy davomida har kuni och qoringa 1 stakandan iching.

Oddiy dastorbosh o’simlikiga asoslangan vosita

Oddiy dastorbosh (dushitsa) qizlar o’simligi deb hisoblanadi, chunki uning tarkibidda ayollar gormoniga juda o’xshash bo’lgan fitoestrogenlar mavjud. Uning tindirmalari ko’pgina ayol kasalliklarini davolash, gormonal muvozanatni tiklash va ko’krakni kattaroq qilish uchun tavsiya etiladi.

Dastorbosh tindirmasini tayyorlash uchun 60 gramm maydalangan quruq o’simlikni olib, unga 1 stakan qaynoq suv solish kerak. 1 soat davomida o’simlik aralashmasini tindiring, keyin suzib oling. Kuniga 3 marta ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin 100 grammdan ichish kerak.

Zig’ir urug’i va qulmoq yong’oqchalari tindirmasi

Zig’ir urug’lari saraton o’smalariga qarshi mukammal profilaktika hisoblanib, klimaksni chetga suradi va reproduktiv funktsiyani yaxshilaydi. Zig’ir urug’ining damlamasidan muntazam qabul qilib turish ko’krak o’sishiga yordam beradi.

Buning uchun 1 osh qoshiq o’tni oling va har qanday achitqi sutli ichimlikka qo’shing: kefir, yogurt, prostokvasha. Ushbu kokteylni kuniga 2 marta ichish kerak. Birinchi natijalar 1,5-2 oydan keyin ko’rinadi.

Qulmoq (xmel) yong’oqchalari tarkibida ko’p fitoestrogenlar mavjud. Qulmoq yong’oqchalari tindirmasi yordamida gormonal fonga ta’sir ko’rsatish mumkin, bu esa ko’krakning kattalashishiga olib keladi. Buning uchun 20 gramm qulmoq yong’oqchalari oling va bir stakan qaynoq suv quying. 2 soatdan keyin uni suzib oling va har kuni 0,5 stakandan iching.

Tugmachagul ildizining tindirmasi

Buning uchun 2 osh qoshiq maydalangan ildizmevani olish va unga 3 stakan suv quyish kerak. Aralashma 15 daqiqa qaynatilib, sovutiladi va suzib olinadi. Tindirmani 2 oy davomida kuniga 3 marta ovqatdan oldin 200 grammdan ichish kerak.

Tugmachagul (malva) ildizini sutda ham tindirish mumkin. Birinchi natijalar 1,5-2 oydan keyin ko’rinadi.

Niqoblar va boshqa vositalar

Uyda ko’krakni kattalashtirish uchun quyidagi niqoblar yordam beradi:

  • Olma va karam. Buning uchun, bu masalliqlarni bo’tqa holatiga kelgunicha ezib, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Aralashmani ko’krakka surting va 30 daqiqa davomida polietilen qoplam bilan yoping.
  • Kartoshka. Kartoshkani qaynatib, sanchqi yordamida pyure hosil bo’lguncha ezing. Keyin unga 50 ml qaymoq, shuncha miqdorda pista moyi va 1 osh qoshiq asal qo’shing. Barchasini yaxshilab aralashtirib, sut bezlarini u bilan bir qavat qilib qoplang.
  • Moviy gil. Ushbu mineral uning dorivor xususiyatlari bilan keng tanilgan. Gil terini yumshoq, tarang va toza qiladi. Lifting effektiga erishish uchun bir xaltacha moviy gilni toza qaynatilgan suv bilan aralashtiring. Niqob tayyor.

Ko’krak o’sishini pivo tezlashtiradi. Ushbu mahsulot ayol gormonlarini ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, pivo qo’shimcha vazn olishga yordam beradi va umuman ayollar uni ichishi noo’rindir.

Ko’krakni katta qilish uchun iliq sut va qulupnay barglaridan tayyorlangan ichimlik yordam beradi. Bundan tashqari, bu vaziyatda muntazam sut bilan qora choy ichish ham mos keladi.

Fitoterapiya shifokor bilan maslahatlashilgandan so’ng amalga oshirilishi kerak. O’simliklar biologik faol moddalarni o’z ichiga oladi, bu alohida holatlarda nojo’ya ta’sirga olib kelishi mumkin.

Ko’krakni kattalashtirish uchun mashqlar

Sport bilan shug’ullanish — chiroyli va tortilgan qomatni qo’lga kiritishning eng ishonchli va samarali usullaridan biridir. Ko’krak kattalashtirish mashqlari natijasida ularning o’sishiga, natijada — kattalashishiga erishish mumkin. Sport zali uchun obuna sotib olishning hojati yo’q, gimnastikani uyingizda qilishingiz mumkin.

Ko’krakni tezda kattalashtirish uchun kunlik mashqlarni bajarish yordam beradi:

  • Qaychi. Belga yoting va qo’llaringizga gantel oling. Qo’llaringizni yuqoriga ko’taring va ularni yelka darajasi bo’ylab ikki tomonga tushiring. Qo’lingizni yana ko’taring va ko’krak oldida ularni kesishtirib, so’ngra boshingizni orqasiga tushiring. Harakatni 12-15 marta takrorlang.
  • Devorga tayanish. Devorga yuzlanib, undan 0,5 metr masofa uzoqlikda turing, qo’l kaftini ko’krak darajasida devorga tekkizing. So’ng ularni tirsaklar sohasida bukib, ko’krak mushaklarini zo’riqtiring. Ushbu holatda 10-15 daqiqa davomida turib, keyin asl holatiga qayting.
  • Meditatsiya. Lotus holatida o’tirib, kaftlaringizni oldingizda birlashtiring, tirsaklarni ko’krak darajasida buking. 5 soniya davomida kaftlarni bir-biriga qarshi qattiq bosib ushlab turing. Bu juda samarali mashqdir. Har kuni kamida 20 marta amalga oshirilishi kerak.
  • Otjimanie. Kaft va oyoqlarga suyanib, 8-10 marta otjimanie qiling. Agar buni qilish qiyin bo’lsa, unda boshida tizzangizga suyanishingiz mumkin.
  • Qo’lni ko’tarish. Tik, oyoqlaringizni birga yonma-yon qilib turing. Bir qo’lni ko’taring va iloji boricha orqaga toritb, keyin asl holatiga qaytaring. Ikkinchisi bilan ham xuddi shu harakatni amalga oshiring. Har bir qo’l uchun 4-5 marta takrorlang.
  • Qo’lni yozish. Tik turing, oyoqlar yelka kengligida. Qo’lingizni boshingizdan yuqoriga ko’taring va ikkala tomonga yoying. Keyin yana boshingiz ustigacha ko’tarib, qars chiqaring. Qo’llarni tekisligiga va gorizontal yuzaga perpendikulyarligiga e’tibor bering.
  • «Qaldirg’och«. Kichkina stulcha oling va qorin bilan unga tayaning. Oyoqlarni cho’zing va uchi bilan yerga tayaning. Qo’lingni oldinga cho’zing, belingizni egib oling. Umurtqa pog’onasi iloji boricha ko’proq egilishi kerak. Bu mashqlar nafaqat ko’krak qafasidagi muskullar uchun, balki bel uchun ham juda foydalidir. Bunday badiiy gimnastikani bajarish shohona qomatni taqdim etadi!

Sport mashqlari agar siz ularni muntazam ravishda bajarsangizgina natijalar beradi. Ular tufayli dastlabki o’zgarishlar 2-3 oy ichida sezilarli bo’ladi.

Ko’krakni vizual ravishda kengaytirish

Barcha qo’llanmalardan tashqari, sut bezlarini vizual ravishda kengaytira oladigan kichik sirlar ham bor:

  • Go’zal qomat. Ayol chiroyli yurishi va qomatni rost ushlashi bilan hatto kichik ko’krak ham ajoyib ko’rinadi. Tekis qomatga yuqorida keltirib o’tilgan sport mashqlari yordamida, shuningdek yurish va o’tirgan paytda yelkani doimiy nazorat qilish bilan erishish mumkin.
  • Xipcha bel. Har qanday, ingichka yoki to’lacha qomatda bel va sonning ma’lum bir mutanosibligi bo’lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, vazn olish va tushirish vaqtida bel har doim sondan kichik bo’lishi kerak. 90-60-90 ayol qomati uchun ideal formula, ammo agar bu ko’rsatkichlar katta bo’lsa ham, mutanosiblik saqlansa, ko’krak har doim katta ko’rinadi.
  • Ko’krak hajmini oshiradigan maxsus ichki kiyimlar.
  • To’g’ri kiyim tanlash. Turli dekorativ hajmli qo’shimchalar, to’shamalar, krujevalar, oborkalar, bantlar bilan jihozlangan barcha bluzkalar va liboslar byustni sezilarli darajada katta ko’rsatadi. Shu bilan birga, V shaklidagi kesmalar va tor ustki kiyimlardan qochish kerak.
  • Ranglar va chizmalar. Ko’krak sohasidagi yirik chizmalar uning hajmini sezilarli darajada oshiradi. Kichik ko’krakli qizlar kiyimning och ranglarini tanlashlari va to’q ranglardan qochishlari kerak. Ko’krak sohasidagi gorizontal chiziqlar ham uni vizual katta qilib ko’rsatadi.

Zamonaviy ichki kiyimlar bozori ayollarga turli rangdagi va o’lchamdagi byustgalterlarni taqdim etmoqda. Ko’krakni katta qilib ko’rsatadigan ichki kiyimlar quyidagi turlardan iborat bo’lishi mumkin:

  • Push-ap. Ushbu lif kichkina ko’krak hajmini oshiradi va ko’kraklarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi.
  • Bolishchali lif. Byustgalter ko’krakni maxsus porolon kiritmalar yordamida ko’taradi.
  • Gel, suv yoki havo bilan to’ldirilgan kiritmalar. Porolon bolishdan farqli o’laroq, bu kiritmalar tananing anatomik shaklini oladi, bu esa ko’krakning tabiiy ko’rinishda kattalashishiga olib keladi. Bunday ichki kiyimlar oldingilarga qaraganda ancha qimmatroq.

Byustgalter tanlash qoidalari:

  • Yelkama tasmalar o’ynamasligi kerak;
  • Katta hajmdagi ichki kiyim sotib olmang, chunki u bo’sh turadi va «osilib qolgan ko’kraklar» ta’sirini yaratadi;
  • Ixtisoslashtirilgan do’konlarda yuqori sifatlisini sotib oling.

Uy sharoitida ko’krakni kattalashtirish uchun barcha retseptlarni sinab ko’rgan qizlarning baholashlariga asoslanib, buni radikal choralarsiz amalga oshirilishi mumkinligini ishonch bilan aytish mumkin!

Shuni ta’kidlash kerakki, darhol natijalarni kutish kerak emas. Ko’krak o’sishi — bu fiziologik jarayon, bu jarayon davomida tananing ko’plab funktsiyalari o’zgaradi. Har kuni maxsus mashq bajaring, o’simlik tindirmalarini iching va natijaga ishoning!

Ko’krakni kattalashtirish — mashqlar, 5 xalqona vosita, massaj usullari

Har bir ayol zamon talabiga binoan chiroyli ko’rinishni orzu qiladi. O’tkazilgan so’rovlar natijalari ishtirokchi ayollarning deyarli 90 foizi o’z ko’kragi o’lchamidan qoniqmasligini ko’rsatdi. Albatta muammoni «bittada» hal qiladigan jarrohlik operatsiyalari mavjud, ammo u hammaga ham mos kelavermaydi. Maqolada uy sharoitida ko’krakni kattalashtirish uchun yordam beradigan vosita va amallar haqida.

Ko’krak kichikligi sabablari

Ko’krak o’lchamining kichik bo’lishi va shaklini yo’qotishi sabablari turlichadir, xususan:

  • Ko’krak mushaklarning kuchsizligi;
  • Erta qarish va tanani parvarish qilmaslik;
  • Emizish oqibatlari;
  • Irsiy moyillik;
  • Gormonlar muvozanatsizlik;
  • Organizmning individual xususiyati.

Ko’krakning kattaligi asosan organizmning genetik xususiyatlariga, qomat tuzilishi va umuman hayot tarziga bog’liq. Agar sut bezlari ayolni qoniqtiradigan darajada katta bo’lmasa, bu vaziyatni to’g’rilash uchun muayyan choralar ko’rish mumkin. Hozirgi kunda ayollar sut bezlarini kattalashtirishning radikal usullariga tobora ko’proq murojaat qilishmoqda.

Jarrohlik operatsiyalari natijalari chindan ham hayratlantiradi, ammo ular salomatlik uchun foydali emas.

Uy sharoitida ko’krakni kattalashtirish usullari

Ko’krakni jarrohliksiz kattaroq qilish uchun uy sharoitida bajariladigan bir nechta qo’llanmalar mavjud. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir:

  1. Kontrastli dush. Bunday suv muolajalari qon mikrosirkulyatsiyasini kuchaytiradi va to’qimalarni taranglashtirishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, o’tlar va efir moylariga asoslangan kompresslarni qo’llash ham mumkin.
  2. Muvozanatli ovqatlanish. Sut bezlarining asosiy qismi yog’ to’qimalaridan iborat. Shu bois qat’iy parhezlar ularning hajmiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Qolaversa, o’smirlik davrida yetarli ovqatlanmaslik a’zolarning normal shakllanishdan og’ishiga sabab bo’ladi.
  3. Faol jinsiy hayot. Mutaxassislar muntazam jinsiy hayot tanadagi «go’zallik gormonlari» ni ishlab chiqarilishiga hissa qo’shishini ta’kidlashadi. Bunday gormonlar ayol organizmiga, xususan sut bezlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
  4. Sauna. Bug’xonada asal bilan massaj qilish foydalidir. U terini oziqlantirib, to’qimalarni yoshartirishga yordam beradi.
  5. Gormonal preparatlar. Ko’krak o’sishini estrogen gormoni boshqaradi. Agar ayol tanasida gormonal nuqson bo’lsa, u holda nafaqat ko’krak kichrayishi, balki ko’plab funktsiyalarning buzilishi yuzaga kelishi mumkin. Holatni tuzatish uchun ginekologlar ayollarga gormonal vositalar qabul qilishni tayinlashi mumkin.

Massaj

Massaj — to’qimalarni mustahkamlash, qon aylanishi va faol limfa oqimini kuchaytirishning samarali usulidir. Shuningdek, u yomon sifatli o’smalarni oldini olish uchun mukammal chora hisoblanadi. Klassik massaj quyidagi usullarni o’z ichiga oladi:

  1. Yengil silash. Harakatlar siynalardan bezlar asosiga qarata bo’lishi kerak.
  2. Efir moylari bilan uqalash. Yengil uqalash bilan ko’krakka moyni siynalardan qo’ltiqqacha va qoringacha surtish kerak.
  3. Vibratsiya. Buning uchun barmoq bolishchalari bilan ko’krakni yengil urish mumkin. Bu qon aylanishini kuchaytiradi.

Parhez

Ko’krak bezlari bo’lajak onalarda faol rivojlana boshlaydi, emizish davomida esa 2-3 o’lchamga kattalashishi mumkin. Ba’zilar uchun bu vaqtinchalik ta’sir, ammo boshqa baxtli ayollar uchun ko’krakning kattaligi abadiy saqlanib qolishi mumkin. Bu ayollar gormoni — estrogen ishlab chiqarilishi tufayli sodir bo’ladi.

Ushbu gormon ishlab chiqarilishini kuchaytiradigan bir qator mahsulotlar mavjud, ular:

  • Sut, tvorog, smetana;
  • Karam. Vitaminlarga boy bo’lgan bu noyob sabzavot an’anaviy «ayol» mahsuloti hisoblanadi. Karam barglarini ayollar kasalliklari: mastit, og’riqli hayz vaqtida qo’llash ham foydali bo’ladi. Kelajakda chiroyli ko’krakka ega bo’lish uchun karam 12 yoshdan boshlab iste’mol qilinishi kerak;
  • Yong’oq, asal va limon aralashmasi;
  • Qizilmiya ildizi. Ushbu ildiz ko’krakda qon aylanishini yaxshilaydi va biriktiruvchi to’qimalarni kislorod va ozuqa elementlari bilan boyitadi;
  • Yashil olma;
  • Baliq va dengiz mahsulotlari;
  • Tovuq go’shti;
  • Soya. Ushbu mahsulot tarkibida izoflavon mavjud bo’lib, u ko’krak to’qimalarining o’sishiga ta’sir qiladi.

Yod eritmasi

Ko’krakni kattalashtirish istagida bo’lganlar uchun yana bir keng tarqalgan usul — yodli to’r chizishdir. Buning uchun paxtali tayoqcha yordamida kuniga 1 marta ko’krakka gorizontal va vertikal chiziqlar chiziladi. Biroq ushbu usulning samaradorligi tibbiyotda isbotlanmagan.

Teri kuyishi yuzaga kelmaslik uchun chiziqlarni har safar ustma-ust emas, balki yonma-yon chizish zarur.

Biroq, ko’krakni kattartirish uchun bu shubhali usul har kim uchun ham foydali hisoblanmaydi. Yod singari kimyoviy elementni uzoq muddat qo’llash natijasida terida kuyishlar paydo bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, yodning ortiqchaligi gipertireoz — zob kasalligining bir shakli bilan xastalanganlar uchun zararlidir.

Yodli muolaja uchun qarshi ko’rsatmalar:

  • O’smalar mavjudligi;
  • Qalqonsimon bez kasalliklari;
  • Ayollar kasalliklari;
  • Homiladorlik va emizish.

Agar to’r chizilganidan keyin isitma yoki harorat ortishi kuzatilsa, muolajani zudlik bilan to’xtatish va qayta takrorlamaslik zarur.

Xalqona vositalar

Ko’krakni katta qilish usullari orasida oddiy retseptlar mavjud, ular nafaqat ko’krak o’lchamini oshiradi, balki ayollar salomatligini tiklaydi.

Qichitqi, jo’ka va darmana tindirmasi

  1. Quruq o’tlardan 1 choy qoshiqdan va 3 stakan suv olinadi.
  2. O’simliklar qaynatilib, salqin joyda tindiriladi.
  3. Bir oy davomida har kuni och qoringa 1 stakandan ichiladi.

Oddiy dastorbosh asosli vosita

Oddiy dastorbosh (dushitsa) qizlar o’simligi deb hisoblanadi, chunki uning tarkibida ayollar gormoniga juda o’xshash bo’lgan fitoestrogenlar mavjud. Uning tindirmalari ko’pgina ayollar kasalliklarini davolash, gormonal muvozanatni tiklash va ko’krakni kattaroq qilish uchun tavsiya etiladi.

Dastorbosh tindirmasini tayyorlash uchun 60 gramm maydalangan quruq o’simlikni olib, unga 1 stakan qaynoq suv quyish kerak. 1 soat davomida o’simlik aralashmasini tindirilgach, suzib olinadi. Kuniga 3 marta ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin 100 grammdan ichiladi.

Zig’ir urug’i va qulmoq yong’oqchalari tindirmasi

Zig’ir urug’lari saraton o’smalariga qarshi mukammal profilaktika hisoblanib, klimaksni kechga suradi va reproduktiv funktsiyani yaxshilaydi. Buning uchun kefir yoki yogurtga 1 osh qoshiq o’t qo’shiladi. Kokteyl kuniga 2 marta ichiladi. Birinchi natijalar 1,5-2 oydan keyin ko’rinadi.

Qulmoq (xmel) yong’oqchalari tarkibida ko’p fitoestrogenlar mavjud. Ulardan tayyorlangan tindirma yordamida gormonal fonga ta’sir ko’rsatish mumkin. Buning uchun 20 gramm qulmoq yong’oqchalariga bir stakan qaynoq suv quyiladi. 2 soatdan keyin tindirma suzib olinadi va har kuni 0,5 stakandan ichiladi.

Tugmachagul ildizi tindirmasi

Buning uchun 2 osh qoshiq maydalangan ildizmevaga 3 stakan suv quyiladi. Aralashma 15 daqiqa qaynatilib, sovutiladi va suzib olinadi. 2 oy davomida kuniga 3 marta ovqatdan oldin 200 grammdan ichish kerak. Tugmachagul (malva) ildizini sutda ham tindirish mumkin. Birinchi natijalar 1,5-2 oydan keyin seziladi.

Niqob va boshqa vositalar

Uyda ko’krakni kattalashtirish uchun quyidagi niqoblar yordam beradi:

  • Olma va karam. Buning uchun masalliqlarni bo’tqa holatiga kelgunicha ezib, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Aralashma ko’krakka surtiladi va 30 daqiqa davomida polietilen qoplam bilan yopiladi;
  • Kartoshka. Qaynatilgan kartoshka sanchqi yordamida pyure hosil bo’lguncha eziladi. Keyin unga 50 ml qaymoq, shuncha miqdorda kungaboqar yog’i va 1 osh qoshiq asal qo’shiladi. Barchasi yaxshilab aralashtirilib, sut bezlariga bir qavat qilib surtiladi;
  • Moviy gil. Ushbu mineral uning dorivor xususiyatlari bilan keng tanilgan. Gil terini yumshoq, tarang va toza qiladi. Lifting effektiga erishish uchun bir xaltacha moviy gilni toza qaynatilgan suv bilan aralashtirish kerak.

Ko’krakni katta qilish uchun iliq sut va qulupnay barglaridan tayyorlangan ichimlik yordam beradi. Bundan tashqari, bu vaziyatda muntazam sut bilan qora choy ichish ham mumkin.

Fitoterapiya shifokor bilan maslahatlashilgandan so’ng amalga oshirilishi lozim. O’simliklar biologik faol moddalarni o’z ichiga oladi, bu alohida holatlarda nojo’ya ta’sirga olib kelishi mumkin.

Ko’krakni kattalashtirish uchun mashqlar

Ko’krakni kattalashtirish uchun mashqlar natijasida mushaklarning o’sishiga erishish mumkin. Buning uchun sport zallariga borishning hojati yo’q, gimnastikani uyda bajarish mumkin.

  • Qaychi. Chalqancha yotib, qo’llarga gantel olinadi. Qo’llar yuqoriga ko’tariladi va ular yelka darajasi bo’ylab ikki tomonga tushiriladi. So’ng qo’llar yana ko’tariladi va ko’krak oldida ularni kesishtirib, so’ngra bosh ortiga tushiriladi. Harakat 12-15 marta takrorlanadi.
  • Devorga tayanish. Devorga yuzlanib, undan 0,5 metr masofa uzoqlikda turib, qo’l kafti ko’krak darajasida devorga tekkiziladi. So’ng ularni tirsak sohasida bukib, ko’krak mushaklari zo’riqtiriladi. Ushbu holatda 10-15 daqiqa davomida turib, keyin normal holatga qaytiladi.
  • Meditatsiya. Lotus holatida o’tirib, kaftlar oldinda birlashtiriladi, tirsaklar ko’krak darajasida bukiladi. 5 soniya davomida kaftlar bir-biriga qarshi qattiq itargan holda ushlab turiladi. Bunday samarali mashqni har kuni kamida 20 marta bajarish kerak.
  • Otjimanie. Kaft va oyoqlarga suyanib, 8-10 marta otjimanie qilinadi. Agar buni qilish qiyin bo’lsa, unda dastlabki vaqtlarda tizzaga tayanish mumkin.
  • Qo’lni ko’tarish. Oyoqlarni yonma-yon qilgan holda tik turiladi. Bir qo’l ko’tarilib, iloji boricha orqaga tortiladi va joyiga qaytariladi. Ikkinchi qo’lda ham xuddi shunday harakat amalga oshiriladi. Mashq har bir qo’l uchun 4-5 martadan takrorlanadi.
  • Qo’lni yozish. Oyoqlarni yelka kengligida yozib, tik turiladi. Qo’llar bosh uzra yuqoriga ko’tarilib, ikki tomonga yoyiladi. Keyin yana bosh uzra ko’tarilgan holga qaytarilib, qars chiqariladi;
  • «Qaldirg’och«. Kichkina stulchaga qorin bilan tayaniladi. Oyoqlarni cho’zib, ularning uchi bilan yerga tayaniladi. Qo’llarni oldinga cho’zib, bel bukib olinadi. Umurtqa pog’onasi iloji boricha ko’proq egilishi kerak. Bu mashqlar nafaqat ko’krak qafasidagi muskullar uchun, balki bel uchun ham juda foydalidir.

Sport mashqlari muntazam ravishda bajarilsagina natijalar beradi. Ular tufayli dastlabki o’zgarishlar 2-3 oy ichida sezilarli bo’lishi mumkin.

Vizual ravishda katta qilish

Barcha qo’llanmalardan tashqari, ko’krakni vizual ravishda katta qilib ko’rsatadigan kichik sirlar ham bor:

  • Go’zal qomat. Ayol chiroyli yurishi va qomatni rost ushlashi bilan hatto kichik ko’krak ham ajoyib ko’rinadi. Tekis qomatga yuqorida keltirib o’tilgan sport mashqlari yordamida, shuningdek yurish va o’tirgan paytda yelkani doimiy nazorat qilish bilan erishish mumkin;
  • Xipcha bel. Har qanday, ingichka yoki to’lacha qomatda bel va sonning ma’lum bir mutanosibligi bo’lishi zarur. Bu shuni anglatadiki, vazn olish va tashlash vaqtida bel har doim sondan kichik bo’lishi kerak. 90-60-90 ayol qomati uchun ideal formula, ammo agar bu ko’rsatkichlar katta bo’lsa ham, mutanosiblik saqlansa, ko’krak har doim katta ko’rinadi;
  • Ko’krak hajmini oshiradigan maxsus ichki kiyimlar kiyish ham kerakli natijaga erishish imkonini beradi;
  • To’g’ri kiyim tanlash. Turli dekorativ hajmli qo’shimchalar, to’shamalar, krujevalar, oborkalar, bantlar bilan jihozlangan barcha bluzkalar va liboslar byustni sezilarli darajada katta ko’rsatadi. Shu bilan birga, V shaklidagi kesmalar va tor ustki kiyimlardan qochish kerak;
  • Ranglar va chizmalar. Ko’krak sohasidagi yirik chizmalar uning hajmini sezilarli darajada oshiradi. Kichik ko’krakli qizlar kiyimning och ranglarini tanlashlari va to’q ranglardan qochishlari zarur. Ko’krak sohasidagi gorizontal chiziqlar ham uni vizual katta qilib ko’rsatadi.

Zamonaviy ichki kiyimlar bozori ayollarga turli rangdagi va o’lchamdagi byustgalterlarni taqdim etmoqda. Ko’krakni katta qilib ko’rsatadigan ichki kiyimlar quyidagi turlardan iborat bo’lishi mumkin:

  • Push-ap. Ushbu lif kichkina ko’krak hajmini oshiradi va ko’kraklarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi;
  • Bolishchali lif. Byustgalter ko’krakni maxsus porolon kiritmalar yordamida ko’taradi;
  • Gel, suv yoki havo bilan to’ldirilgan kiritmalar. Porolon bolishdan farqli o’laroq, bu kiritmalar tananing anatomik shaklini oladi, bu esa ko’krakning tabiiy ko’rinishda kattalashishiga olib keladi. Bunday ichki kiyimlar oldingilarga qaraganda ancha qimmatroq.

Byustgalter tanlash qoidalari:

  • Yelka tasmalari o’ynamasligi;
  • Katta hajmdagi ichki kiyim sotib olmaslik. Bu ko’kraklarning «osilib qolganligi» taassurotini yaratishi mumkin;
  • Ixtisoslashtirilgan do’konlarda yuqori sifatlisi turini xarid qilish.

Ko’krak o’sishi — bu fiziologik jarayon, uning davomida tananing ko’plab funktsiyalari o’zgaradi. Shu sabali natijalarni darhol kutish kerak emas.

Qiziqarli malumotlar
5 xalqona vosita, Ko’krakni kattalashtirish — mashqlar, massaj usullari