Tugʻruqdan keyin jinsiy aloqa – muddati, mayl kamayishi sabablari, tibbiy koʻrsatkichlar

Tugʻruqdan keyin jinsiy aloqa – muddati, mayl kamayishi sabablari, tibbiy koʻrsatkichlar

Tashqi koʻrinishdagi “muammolar”. Tugʻruqdan soʻng ayol tashqi koʻrinishida sezilarli oʻzgarishlar kuzatiladi (toʻliq tiklanish uchun kamida 4-6 hafta sarflanadi). Shu sababli ayollar oʻzlarini juftlari oldida biroz uyalganday his etadilar. Bunday holatda erkaklardan talab qilinadigan narsa ayolga boʻlgan xushmuomalalik va xushomatdir.

Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar

Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri – bu yoshlarning investision tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar.

Demak, ushbu kreditlar aynan qaysi loyihalar uchun va qanday shartlar asosida taqdim etilishini quyida ko‘rib chiqamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088 sonli qaroriga muvofiq, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Ushbu Sanoat zonalarida «startaplar» tashkil etish, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari, shu jumladan, innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish uchun barcha sharoitlar ta’minlanadi.

Sizning yoshingiz 18-30 orasida hamda siz o‘z loyihangizni Yoshlar sanoat zonasida joylashtirmoqchi bo‘lsangiz tadbirkorlik loyihasiga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqamiz:

  1. 1. Ushbu yoshlar Sanoat zonalariga, asosan, yosh tadbirkorlarning innovasion, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi hamda patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ta’minlovchi startap investisiya loyihalari joylashtiriladi.
  2. 2. Yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash nazarda tutilgan investisiya loyihalari ustuvorlikka ega bo‘ladi.

(!) Bunday loyihalarni moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar olish mumkin.

Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?

Imtiyozli kreditlar yosh tadbirkorlarga barcha yo‘nalishdagi investision loyihalar uchun ajratiladi:

– meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash;

– to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya;

– elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari;

– hunarmandchilik hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari.

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ushbu kreditlarning shartlari quyidagicha:

– Miqdori – 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha

– Foiz stavkasi – 14% (milliy valyutadagi kreditlar) va 3% (xorijiy valyutadagi kreditlar)

Agar investisiya loyihalari qiymati 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshsa, oshgan qismi uchun ham kredit olish mumkin.

(!) Bunda kreditlar tijorat banklari tomonidan umumiy tartibda taqdim etiladi.

Deylik, ajoyib investision loyihangiz bor, ushbu loyiha Sanoat zonalaridan birida joylashtirilib sizga tijorat banki kredit ajratishga rozi bo‘lgan taqdirda, bunday summadagi kredit bo‘yicha garov ta’minoti sifatida nimalarni taqdim etish mumkin?

Kredit bo‘yicha quyidagilarni garov ta’minoti sifatida keltirishingiz mumkin:

1. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan investision loyihalar uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit summasining
50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;

2. Sug‘urta tashkilotlari[1] tomonidan yillik 2 foiz stavkasida kreditni qaytmaslik xataridan sug‘urtalovchi polis taqdim etadi.

Agar sizning soliqlar hamda oldingi tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklaringiz mavjud bo‘lsa, kreditlar ta’minoti bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan kafillik va sug‘urta polisi sizga berilmaydi.

Ushbu holatda, siz kredit uchun boshqa ta’minot turlarini taqdim etishingiz zarur bo‘ladi.

Yosh tadbirkorlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ham imtiyozlar mavjud.

1. Yosh tadbirkorlar Yoshlar sanoat zonalaridagi bino va inshootlardan ijara asosida foydalanishlari mumkin. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.

2. Keyinchalik bino yoki inshootlarni o‘z balansida aktiv sifatida ko‘rishni xohlovchi yosh tadbirkorlar lizing asosida binolarni sotib olish imkoniyatiga ega.

Lizing asosida binolar necha foiz asosida taqdim etiladi?

Tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik sub’ektlariga binolarni lizing asosida berish milliy valyutada yillik 14 foiz stavkasida amalga oshiriladi. Bunda, bino qiymatining 10 foizi tadbirkor tomonidan boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lanadi.

Ta’kidlab o‘tish zarurki, faqatgina yosh tadbirkorlar emas, balki, yoshlarni ish bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan ish beruvchilar ham imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208 sonli qaroriga muvofiq, joriy yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga [2] ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to‘lagan ijtimoiy soliq summasi (12 foiz) Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.

(Muhim!) Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz faoliyat olib borganda yettinchi oydan boshlab qaytariladi.

Bundan tashqari, “Yoshlar daftariga” kiritilgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar yaratilgan:

1. Tadbirkorlik uchun zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha (hozirgi kunda 9,8 mln. so‘mgacha) subsidiyalar ajratiladi;

2. Dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanishda urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha (hozirgi kunda 1,96 mln.so‘mgacha) subsidiyalar ajratiladi;

3. Yosh tadbirkorlar bino va inshootlarni ijaraga olgan bo‘lsalar, bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi – biroq ko‘pi bilan 7,35 mln. so‘mgacha (BHM ning 25 barobari) kompensasiya qilinadi.

O‘z loyihalaringizni amaliyotga tatbiq eting, tadbirkorlik bilan shug‘ullaning hamda ushbu yo‘lda siz uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlardan xabardor bo‘lib, ulardan maksimal ravishda foydalaning!

[1]ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari

[2] Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno

Tugʻruqdan keyin jinsiy aloqa – muddati, mayl kamayishi sabablari, tibbiy koʻrsatkichlar

Oilada farzand dunyoga kelgach hayot oʻzgacha koʻrina boshlaydi – barcha oila aʼzolari xursand boʻladilar. Ammo bu koʻpgina oilalarda ayol va erkaklarda jinsiy aloqa bilan bogʻliq boʻlgan muammolar kelib chiqadi. Tugʻruqdan soʻng qancha muddat oʻtgach jinsiy aloqaga kirishish mumkin? Bu haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz.

  • Tugʻruqdan keyin qachon jinsiy aloqa qilish mumkin?
  • Jinsiy aloqa xohishining kamayishining sabablari
  • Tibbiy koʻrsatkichlar
  • Nima uchun tugʻruqdan soʻng jinsiy aloqadan lazzatlanish hissi kamayadi?
  • Tugʻruqadan keyin jinsiy aloqaning oʻziga xosliklari
  • Tugʻruqdan soʻng jinsiy hayotni qanday tiklash mumkin?
  • Statistika
  • Tugʻruqdan keyin kontrasepsiya

Tugʻruqdan keyin qachon jinsiy aloqa qilish mumkin?

Ilk marotaba farzand dunyoga keltiradigan yosh onalar bilishlari zarur boʻlgan jarayon – bu tugʻruqdan keyingi jinsiy aloqaga kirishish biroz kechikishi mumkin. Chunki faqatgina 10% ayollar tugʻruq vaqtida jinsiy aʼzolar yoʻllarida jarohatlarsiz tugʻruqni boshlaridan oʻtkazadilar. Shu sababli “qachon mumkin?” kabi savollarga shifokorlar koʻpincha “4-6 haftadan soʻng” deya javob beradilar. Bu muddat ichida bachadon boʻyni yopiladi, qon kelishi toʻxtaydi, shilliq qavatlar tiklanadi.

Buyuk Britaniyalik olimlar izlanishlariga koʻra tugʻruqdan soʻng har toʻ​rt oilaning birida jinsiy aloqa bilan bogʻ​liq muammolar qayd etilgan. Ayniqsa, birinchi marotaba farzand dunyoga keltirayotgan yosh oilalarda bu koʻrsatkich yuqori. Ular tugʻruqdan avvalgi vaqtda koʻproq jinsiy aloqa kirishgan boʻlsalar, farzand dunyoga kelgach intim hayot biroz susayadi. Bundan tashqari koʻpchilik erkaklarda ayollarini jinsiy aloqaga kirishlarini soʻrashlari qiyin kechgan.

38% ayollarda anonim soʻrov oʻtkazilganda jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq hissini sezishlari, ularning koʻpchiligi tugʻruqdan keyingi jinsiy aloqa avvalgi kabi boʻlmasligini taʼkidlaganlar. Ayollar buning sababini charchash, doimo bolakay bilan mashgʻul boʻlish bilan bogʻlaydilar.

Mutaxassislar tavsiyasiga koʻra oilada erkak va ayol bu mavzu haqida kelishib olishlari va jinsiy hayotni qayta tiklashda baravar harakat qilishlari zarur.

Jinsiy aloqa xohishining kamayishining sabablari

Seksopatologlarning taʼkidlashicha, jinsiy aloqaga boʻlgan xohish barcha insonlarda turlicha. Bir necha kun jinsiy aloqaga kirishmaslik koʻpgina insonlar uchun normal hisoblanadi. Hafta davomida jinsiy aloqaga kirishmagan koʻpgina insonlarda oʻzgarishlar kelib chiqadi, agar bu holat oylar davom etsa ularning kayfiyati va ruhiyatida oʻzgarish kuzatiladi.

Ammo, ayrim insonlar intim hayot bilan umuman qiziqmaydilar. Bunday insonlar aseksual deb yuritiladi. Albatta, bu tashxis inson sogʻligʻiga bogʻliq, masalan tugʻruqdan keyingi charchash, ayoldagi stress, erkakdagi ayrim muammolar sababli jinsiy aloqa xohishi biroz pasayishi insonning aseksual ekanligini bildirmaydi. Aseksuallarda jinsiy aloqaga kirishish istagi butkul yoʻqoladi – ularda gormonal fon shunday holatga kelib qoladi. Ammo, ular sevishlari, turmush qurishlari hattoki farzandli boʻlishlari ham mumkin.

Tugʻruqqacha boʻlgan hayotda har ikkala juft aʼzolarida jinsiy faollik boʻlsa, ammo tugʻruqdan soʻng bu holatning susayishi kuzatilayotgan boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq, bu holat oʻtib ketadi, shunchaki organizmda katta stress va vitaminlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan boʻlishi mumkin (B12, D vitamini, magniy va mis).

Tibbiy koʻrsatkichlar

Jinsiy aloqa istagi bir necha omillarga bogʻliq:

  • Gormonal fon (homiladorlik gormonlari, sut ajralib chiqishiga javob beruvchi bu gormonlar tugʻruqdan soʻng kamida 1,5 oy oʻtgach normal holatga keladi);
  • Organizmning umumiy ahvoli (tugʻruq jarayoni – bu juda ogʻir kechuvchi, organizmga boʻlgan zoʻriqishdir);
  • Charchash hissi va stress (yangi tugʻilgan bolakay parvarishi, uning doimo yonida boʻlish ona uchun ancha qiyinchiliklar tugʻdiradi, ayniqsa ularning organizmi tugʻruqdan soʻng ancha zaiflashib qolgan boʻladi).

Nima uchun tugʻruqdan soʻng jinsiy aloqadan lazzatlanish hissi kamayadi?

Tugʻruqdan soʻng jinsiy hayot susayishining bir necha sabablari bor:

Charchash va stress. Koʻpchilik insonlar ish tartibi kun soatlari koʻproq, tungi uyqu vaqti esa kamroq. Ishdan uyga qaytgach faqatgina tushlik qilishga va uxlash uchungina kuch va vaqt qoladi. Ayollarda esa energiyaning koʻp qismi bolakay parvarishi uchun sarflanadi, tunga borib ular oʻzlarini juda charchagan holda his etadilar. Ular dam olishni faqatgina uyqu bilan oʻtkazadilar.

Bolakay. Oilada farzand dunyoga kelishi bilan “yangi boshliq” hukmronligi boshlanadi. Albatta, har qanday oilada farzand sogʻligʻi uning kayfiyati birinchi oʻrinda turadi. Onalar ham oʻz juftlaridan koʻra bolakay bilan koʻproq vaqt birga boʻladilar.

Tashqi koʻrinishdagi “muammolar”. Tugʻruqdan soʻng ayol tashqi koʻrinishida sezilarli oʻzgarishlar kuzatiladi (toʻliq tiklanish uchun kamida 4-6 hafta sarflanadi). Shu sababli ayollar oʻzlarini juftlari oldida biroz uyalganday his etadilar. Bunday holatda erkaklardan talab qilinadigan narsa ayolga boʻlgan xushmuomalalik va xushomatdir.

Tugʻruqadan keyin jinsiy aloqaning oʻziga xosliklari

Uyquga toʻymaslik, doimiy charchash hissi, kayfiyatning oʻzgaruvchanligi va boshqalar oilada intim hayot sifatiga taʼsir etadi. Bundan tashqari ayolda kuzatiladigan ayrim fiziologik holatlar ham jinsiy aloqa sifatini pasaytiradi:

Tugʻruqdan keyin qin oʻlchami va shilliq qavatining quruqlashuvi jinsiy aloqa vaqtida qiyinchilik tugʻdiradi. Gormonal oʻzgarishlar natijasida ayol organizmida, yaʼni qin shilliq qavati quruqligi kelib chiqadi. Odatdagidek yumshoq va nozik boʻlgan qin endi biroz diskomfort tugʻdiradi.

Ayol kishi ham jinsiy aloqa vaqtida ogʻriq hissini sezadi. Shu sababli koʻpincha ayollar jinsiy aloqaga kirishishdan bosh tortadilar. Ammo, bu notoʻgʻri! Endi oilada farzand dunyoga keldi, barcha mamnun, shu qatorda sizning juftingiz ham har tomonlama xursand boʻlishi lozim.

Xoʻsh nima qilish kerak? Turli xil lubrikantlardan foydalanish jinsiy aloqani yengillashtiradi.

Tugʻruqdan soʻng qindagi boʻladigan oʻzgarishlar, yaʼni uning kengayisi koʻpgina ayollarda jinsiy aloqa bilan bogʻliq muammolar kelib chiqishi sababchisi hisoblanadi. 6 hafta ichida ham qinning holati tiklanmasa, bu albatta ayollarning beparvoligidan dalolatdir.

Qin va oraliq sohasini tugʻruqdan soʻng tiklash uchun Kegel mashqlarini bajarishning oʻzi kifoya. Bir kunda kamida 30 tadan 3 marotaba bajarish tavsiya etiladi. Kegel mashqining bir necha koʻrinishda bajarish mumkin. Ularning barchasida intim sohasidagi mushaklar harakatlantiriladi. Bu esa jinsiy aʼzolar oʻz formasini tiklab olishi uchun juda foydali hisoblanadi.

Tugʻruqdan soʻng jinsiy hayotni qanday tiklash mumkin?

Bolakay dunyoga kelgach hayotda “romantika”ga boʻlgan eʼtibor kamayadi. Bunga kuch ham vaqt ham yetmaydi. Ammo, bu juda muhim, gullar, sovgʻalar, xushomat qilish va erkalashlar oilada erkak va ayol kishi uchun juda zarur.

Erkak va ayol bir birini hurmat qilishi, muammolarni birgalikda hal etishi, bolakay parvarishida har ikkalasi ham oʻz xissalarini qoʻshmogʻi lozim. Faqatgina jinsiy aloqa haqida emas, balki sevgi, mehr kabi tuygʻular haqida ham oʻylash kerak. 5-10 yildan beri birga yashab kelayotgan juftlar esa bir birlariga ochiq oydin boʻlishlari, tashqi koʻrinish, kamchiliklar haqida gapirmasliklari zarur. Intim aloqalarni kuchaytiruvchi modda – afrodiziaklar mavjud, bu modda apelsin, muskatli yongʻoq, limon va pistada koʻp boʻladi, ulardan foydalanish ham mumkin.

Statistika

Tugʻruqdan oldin:

  • 60-70 % juftlar haftada 3-4 marotaba jinsiy aloqa bilan shugʻullanishgan;
  • 10-15 % 4 martadan koʻp;
  • 15-20 % 1-2 marotaba.

3 yil birgalikda yashagandan soʻng:

  • 70 % juft haftada 1-2 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan;
  • 30 % 2-3 dan ortiq.

Farzand dunyoga kelganidan soʻng:

  • 60 % juft haftasiga 1 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan;
  • 20 % 1-2 marotaba;
  • 20 % yosh oilalar bir oyda 1-2 marotaba jinsiy aloqaga kirishgan.

Tugʻruqdan keyin kontrasepsiya

Shifokorlar tugʻruqdan soʻng kontrasepsiya haqida unutmaslikni tavsiya etadilar. Tugʻruqdan soʻng ayol organizmi toʻliq tiklanib olgunga qadar qayta homilador boʻlmaslik, turli xil asoratlar shakllanmasligini taʼminlaydi.

Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Xamdam Sobirov – Yaxshi ko’rsam nima qipti

На нашем портале вы найдёте все песни Xamdam Sobirov, много другой интересной музыки и мелодий для мобильного телефона — для вас только лучшие хиты и mp3-новинки. У нас можно скачать песню Xamdam Sobirov – Yaxshi ko’rsam nima qipti на телефон (Android или Iphone) в формате mp3 на высокой скорости либо прослушать онлайн в отличном качестве ( 128 kbit). Скачивайте и другие популярные треки исполнителя или рингтоны. Перед скачиванием каждую композицию можно прослушать в режиме онлайн.

Понравилась ли вам это песня? А сейчас познакомитесь с пятёркой топ хитов
Текст песни Xamdam Sobirov – Yaxshi ko’rsam nima qipti

Yaxshi ko’rsam nima qilibdi?

Yoqimli bir hid taralar atrofimdan,
Atirlarni sepib keldi qarab tursam.
Yaxshi ko’rsam ko’ramanu faqat zimdan,
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?

Million yilda bir tug’ildim zo’rg’a endi,
Kim bas kelar million yillik zo’rga endi?
Shu holimga yaxshi ko’rsam go’rga endi,
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?

Momam qarib, kirdi yuzga,
Nima bo’ldi aytgin bizga?
To’y ham qoldi endi kuzga,
Tog’am aytgan sepkil qizga uylanaman.

E mol boqsak ham nima qipti endi bizga,
Yoz bo’lmasa kuzda aniq uylanaman.

Sen menga bir xat beribsan yangam aytdi,
Kel bir dangal gaplashaylik abed payti.
Meni senga mos emas deb kimlar aytdi?
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?

Atirgulni hidlagan dil mast bo’ladi,
Sevgimizni ezg’ilagan past bo’ladi.
Bizning sevgi oshiqlarga dars bo’ladi,
Yaxshi ko’rsam nima qipti, yaxshi ko’rsam?

Momam qarib, kirdi yuzga,
Nima bo’ldi aytgin bizga?
To’y ham qoldi endi kuzga,
Tog’am aytgan sepkil qizga uylanaman.

E mol boqsak ham nima qipti endi bizga,
Yoz bo’lmasa kuzda aniq uylanaman.

Qo’llaridan asta ushlab o’g’irlasammi?
Bir gap aytsam men yolg’izni tushunasanmi?
Boy emasman kambag’alga ko’nikasanmi?
Bitta o’psam nima qipti, bitta o’psam?

Momam qarib, kirdi yuzga,
Nima bo’ldi aytgin bizga?
To’y ham qoldi endi kuzga,
Tog’am aytgan sepkil qizga uylanaman.

E mol boqsak ham nima qipti endi bizga,
Yoz bo’lmasa kuzda aniq uylanaman.

Qiziqarli malumotlar
mayl kamayishi sabablari, tibbiy koʻrsatkichlar, Tugʻruqdan keyin jinsiy aloqa – muddati