Hijob kiyimlar toshkent
- Changyutgich
- Qahva Tayyorlagich
- Avtomat Choynak
- Blender
- Toster Tayyorlagich
- Mikser Va Mikser Majmui
- Temir
- Choynak
- Robot Changyutgich
Hijob oyatining tafsiri va nozil bo`lish sabablari
Alloh taolo Ahzob surasining 59-oyatida quyidagicha marhamat qiladi:
“Ey Payg‘ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting: ustlariga yopinchiqlarini tashlab olishsin. Shunda ular tanilishadi va ozorlanishmaydi. Alloh mag‘firatlidir, rahmlidir” .
Ibn Kasir aytadilar: “Alloh taolo Rasuli sollallohu alayhi vasallamga mo‘mina ayollarni, xossatan sharafli bo‘lganlari uchun o‘z ayollari va qizlarini cho‘rilar va johiliyat ayollarining belgilaridan ajralib turishlari uchun yopinchiqlarini tashlab olishga amr etmoqda”.
Yopinchiq so‘zi oyatda jilbob, deb kelgan. Jilbob haqida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Tafsiri Hilol”da quyidagicha yozganlar: “Ushbu oyatda Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga avvalo o‘z juftlari va qizlariga jilboblarini o‘zlariga yaqinlashtirishni buyurishga amr etmoqda. Chunki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutohharalari va qizlarining sharaflari ulug‘ bo‘lgani uchun bu ishni hammadan oldin ular qilmoqlari lozimdir.
Jilbob ustdan kiyiladigan yoki yopiladigan keng ko`ylak yoki libosdir.
Mo‘mina ayolni boshqa ayollardan ajratib turadigan bu kiyim turli musulmon o‘lkalarda turlicha bo‘lgan. Lekin hammasi ham mo‘mina ayolni yomon ko‘zdan saqlash, uni boshqa ayollardan ajratish kabi vazifalarni ado etgan. Johiliyat davrida ayollar ochiq-sochiq yurishar edi. Turli kiyimlar kiyib, ko‘cha-kuyda erkaklarning eʼtiborini o‘zlariga tortishga harakat qilishardi. Shuning uchun, fosiq va fojirlar duch kelgan ayollarning ortlaridan tushishgan, gap otishgan, turli qiliqlar qilishgan. Usha fosiq va fojirlarga mo‘minlar eʼtiroz bildirib, Islom dini mo‘mina ayollarga bunday munosabatda bo‘lishni man qilganini aytganlarida, ular, biz bularning mo‘mina ekanini bilmabmiz, mo‘mina emas, balki cho‘ri bo‘lsa kerak, deb o‘ylabmiz, deyishgan.
Ushbu oyati karima nozil bo‘lganidan keyin esa, sharoit tamoman o‘zgargan.
Imom ibn Abu Hotim Ummu Salama onamizdan qilgan rivoyatda u kishi roziyallohu anho: “Jilboblarini o‘zlariga yaqin qilsinlar” oyati nozil bo‘lganidan keyin, ansoriylarning ayollari qora rangli kiyim yopinib, xuddi boshlarida qarg`a o‘tirgandek sokinlik bilan chiqardilar”, deganlar.
Ha, islomiy hijob kiyimi mo‘mina ayollarning mo‘minalik alomatlari – belgilaridir. Bu narsa oyatda ham taʼkidlanmoqda.
Shayx Usmonxon Temurxon “Tafsiri Irfon”da quyidagilarni keltirganlar: “Alloh taolo O‘z Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib aytyaptiki, ey Payg‘ambar, avvalo o‘z juftlaringiz va qizlaringizga, so‘ngra barcha mo‘mina ayollarga aytingki, ular yopinchiqjilboblarini ustlariga tashlab yurishsin. Chunki sizning zavjai mutohharalaringiz va qizlaringizning sharafi ulug‘ bo‘lgani uchun ular bu ishni hammadan oldin qilishlari zarur. Alloh taolo kechiruvchi va rahmli bo‘lgani uchun ularning hozirgacha qilgan xatolarini kechirib yuboradi. Ushbu oyati karimadagi “yopinchiq” deb tarjima qilingan “jilbob” so‘zi boshqa kiyimlarning ustidan kiyiladigan yoki yopiladigan keng ko‘ylak yoki libosni anglatadi. Mo‘mina ayolni boshqa ayollardan ajratib turadigan bu kiyim turli musulmon o‘lkalarda turlicha ko‘rinishda bo‘lgan. Lekin hammasi ham mo‘mina ayollarni yomon ko‘zdan saqlash, ularni boshqa ayollardan ajratish kabi vazifalarni ado etgan. Islom kelmasidan oldin ayollar ochiqsochiq yurishar edi. Turli jalb qiluvchi kiyimlar kiyib, ko‘cha-ko‘yda erkaklarning eʼtiborini uzlariga tortishga harakat kilishardi. Shuning uchun fosiq va fojirlar duch kelgan ayolning ortidan tushishgan, gap otishgan, turli bemaza qiliklar kilishgan. Mo‘minlar o‘sha fosiq va fojirlarga eʼtiroz bildirib, Islom dini mo‘mina ayollarga bunday munosabatda bulishni taqiqlaganini aytishganida, ular “Biz bularning mumina ekanini bilmaymiz mӯmina emas, balki cho‘ri bo‘lsa kerak deb uylabmiz”, deyishgan. Bu oyati karima nozil bo‘lganidan keyin esa sharoit tamoman o‘zgargan. Ummu Salama roziyallohu anhodan qilingan rivoyatda u kishi “Yopinchiqlarini ustlariga tashlasinlar” oyati nozil bo‘lganini keyin ansoriylarning ayollari kiyim yopinib, huddi boshlarida qarg‘a o‘tirgandek sokinlik bilan chiqishar edi”, deganlar (Ibn Abu Xotim rivoyati). Ushbu oyati karima tafsirida mashhur mufassirlardan Suddiy quyidagilarni aytadi: “Madina ahlining baʼzi fosiqlari kechasi bo‘lishi bilan shahar ko‘chalariga chiqib, ayollarning yo‘llarini to‘sishar edi. Madina ahlining maskanlari tor edi, Ayollar qazoi hojatga kechasi tashqariga chiqishardi. Fosiqlar shuni kutib turar edi. Keyin jilbob yopingan ayolni kurishsa, bu hur ekan, deb o‘zlarini tiyadigan, jilbobi yo‘q ayolni ko‘rishsa, bu cho‘ri ekan, deb, unga tashlanadigan bo‘lishdi”.
Islom dini mo‘mina ayollarning shaʼn va qadrlarini, iffat va sharaflarini qattiq himoya qiladi. Dinimiz musulmon ayollarning jamiyatdagi martaba-maqomini yuksak ko‘targaniday, ularning qadrqimmatini ham nihoyatda ulug‘laydi. Islom mumina ayollarning oilada, ko‘cha-ko‘yda, jamoat orasida, boshqalar bilan munosabat va muomalalarda o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida odob qoidalarini ham ishlab chiqqan. Shularga ko‘ra, har bir musulmon ayol nomahramlar qarshisiga chiqqanda o‘zini ko‘z-ko‘z qilmay, ziynatlarini yashirib, iffatlarini oshirib, hayo chegarasidan chiqmasliklari talab qilinadi. Ayol kishi tabiatan o‘ziga oro berishga, ziynatlanishga va o‘z ziynatini boshqalarga ko‘rsatishga intiluvchan qilib yaratilgan. Ulardagi bu tabiat oilaning hayotiyligi va mustahkamligi uchun juda ham muhim. Shu bois, Islom ayollarga o‘zlarining ushbu xususiyatlarini o‘z erlariga, jufti halollariga qaratishga buyuradi va uni maqsadsiz yoki nopok maqsadlarda boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishdan qaytaradi. Shu bilan birga, ushbu ziynatlarini ularning suisteʼmol qilinishi, turli fitnalarga sabab bulishi ehtimoli bo‘lmagan o‘rinlarda – ayollar, yosh bolalar va mahramlari oldida ko‘rsatishlariga ijozat beradi. Ayol kishining ustki kiyimi ham hammani o‘ziga tortadigan darajada ziynatli bo‘lmagani maʼqul. Chunki, bu ham fitnaga sabab bulishi mumkin. Shuningdek, ko‘chada piyoda yuradigan ayollar begona nazarlarni jalb qiladigan kiyimlar kiyishdan, har xil bezak, ziynatlar taqishdan, eʼtiborni jalb qilish darajasida xushbo‘ylanishdan ham saqlanishlari kerak. Muslima ayollarga shuningdek, ko‘cha o‘rtasiga tushib olib yurish yarashmaydi. Ularning har bir harida islomiy odoblari, hayo va iffatlari barq urib turishi kerak. Shuningdek, muslima ayol o‘z jufti haloli bilan birga yurganida uning ortidan yurishi ham odobdan hisoblanadi. Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddan chiqib turganlarida, erkaklarning ayollarga aralashib yurganini ko‘rib, ayollarga qarata: “Orqaroqda yuringlar, yo‘lning o‘rtasini egallab olish sizlarga emas, yo‘lning chekkasini lozim tutinglar”, dedilar. Ayol kishi ko‘chaga chiqqanida yo‘ldagi erkaklarni nazar qilishlariga undaydigan darajada atir yoki boshqa xushbo‘ylik sepishi ham joiz emas. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ayol kishi agar xushbo‘ylanib olib, odamlar o‘tirgan joydan o‘tadigan bo‘lsa, u bundaydir, bundaydir”, dedilar”. Alloma Muborakfuriy aytadi: “Chunki u o‘zining hushbo‘yligi bilan erkaklarning shahvatini qo‘zg‘aydi va ularning unga nazar qilishlariga undaydi. Agar ular unga qarashsa, ko‘z bilan zino qilgan bo‘lishadi va ayol ko‘z zinosiga sabab bo‘lib, gunohkorga aylanadi”. Imonli ayol yana begona erkaklarning nazarini tortadigan barcha hatti-harakatlardan saqlanishi zarur. Bu ham ayol kishi uchun o‘z qadrini, ayollik qiymatini va iffatini saqlashi uchun zarurdir. Xalqimizda “g‘unajin ko‘zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi” degan maqol bejizga aytilmagan. Shu bois, muslima ayol ko‘chada yurganida o‘zining viqorini, salobatini saqlashi, turli nopok nazarlardan o‘zini yuqori tutishi lozim. Qurʼoni karimda ayol kishi hatto so‘zlashishda ham ushbu ehtiyotkorlikni qattiq ushlashi zarurligi taʼkidlangan” .
Xadichai Kubro ayol-qilzar o`rta
maxsus islom ta`lim muassasasi
3-kurs talabasi Turg`unboyeva Ruhsora
Qiziqarli malumotlar
Hijob kiyimlar toshkent