Ona tili darslik 2 sinf

Ona tili darslik 2 sinf

Yalqov va qunduz. 2-sinf ona tili va o`qish savodxonligi.2-qism.

Просмотров 1,1 тыс. 2 года назад

2_синф Видеодарс. 23.09.2020 й. Она тили www.sadikov.uz.

Jajji noshir.2-sinf ona tili va o`qish savodxonligi.

Jajji noshir.2-sinf ona tili va o`qish savodxonligi.

Shohruh Sadullayev ENG YAXSHI HURMAT LIKE VA OBUNA ▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭▭ ХОРОШАЯ .

2 sinf ona tili yangiliklari.

Просмотров 24 тыс. 6 лет назад

“Kelajak robotlarnikimi?” ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-sinf.

Просмотров 1,8 тыс. 14 дней назад

2-sinf ona tili va o’qish savodxonligi fanidan ochiq dars. 2-qism

Просмотров 14 тыс. 4 месяца назад

2 miligram değil mi. Sky karakterin ilk gençlik kısmına Umut geldi şifre yatak hakkında Ben İslam ola Mustafa. Giremezsiniz.

Просмотров 1,8 тыс. Год назад

2-Sinf o’quvchisidan Ona tili darsligi! Ali education o’quv markazi Ona tili va Adabiyot o’qituvchisi Jaloliddin Bahtiyarivichning .

2.1.. Undosh tovushlarni o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida) …………………………………………………….

2.2.Undosh tovushlarni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish.………………………………………………………………………

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….

Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda boshlang’ich sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.

O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.

Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q ja­rangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni aj­ratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.

Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil ta­laffuz qilishni bilmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.

  1. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish

So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi.

So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.

Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:

1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);

2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);

3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).

O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.

O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:

a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;

b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;

v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.

O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:

1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);

2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarang­li, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;

3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;

4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).

A a harfi. badan, vazifa, gap, dasht, jabr, zarb, kalla, lab, mana, nam, past, rasm, talaba,faraz, xabar, shabada, g’azab, harf so’zlarida old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi. Bahor,vaqt, davom, zavq, nahor, savob, tavfiq, xaloyiq, Qahhor kabi so’zlarda o eshitilsa ham, a yoziladi. Muomalo, muhokama kabi so’zlardaieshitilsa ham, a yoziladi.

O o harfi. obod, ovoz, odob, ojiz, ozod, oy, olomon, ona, opa, oson, ota, oxur, och, oq, og’ir, ohkabi so’zlardaorqa qator keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida boks, gol, domna, azot, kod, lom, morfema, nota, pochta, rota, sotka, tonna, fosfor, xor, shonkabi so’zlarda o’zbekcha o’harfi o’rniga ishlatiladi.

I i harfi . ish, tiyin, jiyron, ziyrak, kiyim, muhimkabi so’zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi.Bir, sira, bilankabi so’zlarda qisqa eshitilsa hami yoziladi.
U u harfi.Bur, quv, tuzkabi so’zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun ishlatiladi. Tovush, qovun so’zlaridavdan keyiniishlatilsa ham,uyoziladi.
O’o’ harfi.Lekin, kel, tejamoqkabi so’zlarda old qator o’rta keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi.

Diqqat! a, i, u, o harflariso’z ortasida,a harfi so’z oxirida qo’shaloq kelish mumkin:manfaat, tassurot, tabiiy, shuur, mudoffa.

  1. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ayirish belgisi o’rnida ishlatiladi.Unlilardan keyin ularning cho’ziqroq talaffuz qilinishi ifodalasa, undoshlardan keyin kelganda ularning oldingi tovushlardan ajratib aytilishini ko’rsatadi: a’lo,me’yor, qat’iy, tal’at.

Undoshlar talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar ham turlicha harakat qilishi mumkin. Masalan : t,d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa b, p tovushlari hosil bo’lishida lablar ishtirok etadi.Undosh tovushlarning talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar shu tovushning hosil bo’lish o’rni hisoblanadi.Shunga ko’ra, t,d undoshlari til undoshlariga,b,p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi.

Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrab o’tishlari bilan o’ziga xos xususiyatga ega. Undosh tovushlar tovush paychalarining harakati va holatiga, hovo oqimi og’iz bo’shlig’ining qayerida to’siqqa uchrashiga, faqat shovqindan iboratligiga, talaffuz usullariga ko’ra bir-biridanfarqlanadi:
1.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra;

2.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra;

3.Hosil bo’lish usuliga ko’ra;

I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a) shovqinlilar; b) sonorlar.

Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko’proq bo’lgan yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h kabi undoshlardir.

Shovqinli undoshlar ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi:
1) jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, y, j, g’.
2) Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, ch, k, q, x, h.
Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi: a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi. Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va tranglashtirmaydi; b) jarangli undoshlarni talaffuz etganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo’shiladi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi; c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil bo’ladi vaovoz mutlaqo ishtirok etmaydi.
Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O’zbek tilida sonorlarbeshta: m,ng,n,l,r .
Boshqa undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.
II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til orqa: k,g,ng. d) chuqur til orqa.
2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib, ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A) lab-lab undoshlari: b,p,m. B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish
undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi.

3Bo’g’iz undoshlari:h

III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.
2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.

Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.

3. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.

Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir.

Ikki,chaqqonkabi so’zlarda undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Million,artillereyakabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.

Gramm,metalkabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi.

Qatorundoshlarning talaffuzi va imlosi.

Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir.
So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.

Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing:

bunga, tongga, so’nggi, arqonga, ko’nglim, bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga.

    1. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi

    1. Hosil bo`lish o`rniga ko`ra undosh tovushlar uch asosiy guruhga bo`linadi:

    1) lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil bo`luvchi tovushlar bo`lib,

    ularga b, p, m, v, f undoshlari kiradi.

    Lab undoshlarining ba’zilari ikki lab orasida paydo bo`ladi: ba’zilari esa (masalan, avtobus, avtor, vagon, virus, passiv kabi so`zlardagi v; telefon, kefir, fabrika, fakt, fazo, farmon, fason kabi so`zlardagi f) pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo`ladi. SHunga ko`ra lab undoshlarini ikki turga bo`lish mumkin:

    a) lab-lab undoshlari: b, m, p;

    b) lab-tish undoshi: v, f.

    2) til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo`luvchi tovushlar bo`lib, ularga quyidagi tovushlar kiradi: g, d, j (jyuri so`zidagi kabi), j (jiyda so`zidagi kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g` (jami 18 ta).

    Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo`lishiga ko`ra ham bir-biridan farq qiladi: t, d, n kabi tovushlar tilning old qismi bilan tish va milk orasida; k, g kabi undoshlar tilning orqa qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; y undoshi tilning o`rta qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; q, g` tovushlari esa til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi orasida (bo`g`izga yaqin joydi) hosil bo`ladi. Shunga ko`ra, til undoshlari o`z navbatida 4 guruhga bo`linadi.

    a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta );

    b) til o`rta undoshi: y;

    v) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang);

    g) chuqur til orqa undoshlari: q, g`, x.

    3) bo`g`iz undoshi. Bo`g`iz undoshi faqat bitta h tovushidan iborat bo`lib, u bo`g`iz bo`shlig`ida un paychalari orasidagi tor oraliqda hosil bo`ladi. (jadvalga qarang).

    E s l a t m a : SHuni aytish kerakki, v tovushining lab-lab varianti ham mavjud: ov, qovun, bevosita, birov. Shuningdek f tovushining ham lab-lab varianti bor: vafo, puf, tufurmoq, juft. Tilshunos H.A.Jamolxonov “lab-tish v ni lab-lab v ning fakultativ varianti deb qarash to`g`riroq bo`ladi” degan fikrni bildirgan.

    2. Hosil bo`lish usuliga ko`ra undosh tovushlar uch turga bo`linadi:

    1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o`zaro jipslashuvi va o`pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu nutq a’zolariga ma’lum zarb bilan urilib, portlab o`tishidan hosil bo`ladigan tovushlar bo`lib, ularga: b, g, d, j (jo`ja so`zidagi), k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchi tovushlardan b, p undoshlarini hosil qilishda havo oqimi ikki lab orasidagi to`siqdan, d, j (jajji so`zidagi ), t, ch undoshlarini hosil qilishda tilning old qismi bilan tishlar va milk orasidagi to`siqdan, k, g, undoshlarini hosil qilishda esa tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi orasidagi to`siqdan portlab o`tadi. Bu undoshlardan ch, j (jadval so`zidagi) o`ziga xos murakkab artikulyatsiyasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masalan, ch undoshining hosil bo`lishida tilning old qismi milkka taqaladi, lekin odatdagi portlash yuz bermay, og`iz bo`shlig`iga kelgan havo, asosan, sirg`alib chiqadi. Natijada, to`la bo`lmagan portlash (t + sh = ch kabi) qorishiq (affrikativ portlovchi ham deyiladi) portlovchini vujudga keltiradi. Qorishiq j tovushi esa portlovchi d va sirg`aluvchi j tovushlari oralig`idagi tovushdir, shuning uchun Juma, Jahongir so`zlari rus tilida Djuma , Djaxongir shaklida yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. SHu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi.

    a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q:

    b) qorishiq portlovchilar: ch, j (jahon)

    2) sirg`aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o`zaro yaqinlashishi va havo oqimining ana shu nutq a’zosi orasidan sirg`alib chiqishi bilan hosil bo`ladigan tovushlar bo`lib, ularga v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g` , h undoshlari kiradi.

    Havo oqimining ikki lab o`rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi j (jirafa), z, s, sh undoshlarini; til o`rta qismi bilan qattiq tanglayning o`rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi y undoshini; tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi o`rtasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi g`, x undoshlarini; bo`g`izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi esa h undoshini vujudga keltiradi.

    3) portlovchi-sirg`aluvchi undoshlar (jami 5 ta) bir vaqtning o`zida ham portlash, ham sirg`alish jarayonlarining ro`y berishi natijasida hosil bo`ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo`lish usuliga ko`ra boshqa undoshlar (portlovchilar, sirg`aluvchilar) dangina emas, o`zaro ham farq qiladi va uch guruhga bo`linadi:

    a) burun tovushlari: m, n, ng. Bulardan m undoshining hosil bo`lishida o`pkadan kelayotgan havo oqimining bir qismi og`iz bo`shlig`idan lablarning to`sqinligiga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`idan sirg`alib chiqadi, n undoshining hosil bo`lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka tegib, yarim portlash ro`y beradi, burun yo`li ochiq bo`lgani uchun, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqadi. Tilning orqa qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, havo oqimining qisman portlashi va havo oqimining bir qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqishi ng tovushini vujudga keltiradi.

    b) yon tovush l undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan sirg`alib o`tishi uning og`iz bo`shlig`idan qisman portlab, qisman sirg`alib chiqishiga sabab bo`ladi.

    v) titroq tovush r undoshini hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo to`lqini tilning uchiga zarb bilan kuchli uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi esa havo oqimining og`iz bo`shlig`idan portlab-sirg`alib chiqishiga olib keladi.

    Demak, portlovchi-sirg`aluvchi undoshlarning hosil bo`lishida ham portlovchilarga xos bo`lgan ikki a’zoning jipslashuvi, ham sirg`aluvchilarga xos bo`lgan ikki nutq a’zosi orasidagi tor oraliqdan (yoki burun bo`shlig`idan) sirg`alib o`tishi sodir bo`ladi

    Undoshlarning hosil bo`lish usuliga ko`ra tasniflanishini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin:

    3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undosh tovushlar dastlab ikki turga bo`linadi:

    1) shovqinli undoshlar (jami 19 ta) tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko`p yoki ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar bo`lib, bu guruhga b, v, g, d, j (ajdar), j (jiyan), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q , g`, h undoshlari kiradi. Shuning uchun ham shovqinli undoshlar un paychalarining ishtirokiga, tarkibida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko`ra, ikkiga bo`linadi:

    a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta) talaffuz qilish paytida un paychalari titraydi, shuning uchun uning tarkibida ovoz qatnashadi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan ozroqdir. Jaranglilar shu bilan sonorlardan farq qiladi: v, b, g, d, j (garaj), j (jo`xori), z, y, g`.

    b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta) talaffuzida un paychalari qatnashmaydi, bu undoshlar faqat shovqinning o`zidan iborat bo`lgan, tarkibida ovoz mutlaqo ishtirok etmaydigan tovushlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Ba’zi jarangli va jarangsiz undosh tovushlar hosil bo`lish o`rni jihatdan juftlik (8 ta) hosil qiladi: b – p, v – f, g – k, d – t, j(qorishiq) – ch, j(sirg`aluvchi) – sh, z – s, g` – x .

    2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) tarkibida ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo`lib, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday ovozdor undoshlarning hosil bo`lishida un (ovoz) paychalari faol ishtirok etadi – bu tovushlar un paychalarining titrashidan hosil bo`ladi, shuning uchun ham ular unli tovushlarga birmuncha yaqin turadi. Ammo bu undoshlar o`pkadan chiqib kelayotgan havo oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida hosil bo`ladi. Undosh tovushlarning tasnifini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin:

    Ona tili, 2 sinf, Qosimova K., Ne’matova A., 2018

    Учебник по родному языку для 2 класса на узбекском языке.

    Фрагмент из книги:
    Islom Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Prezidentimizga haykal o‘rnatildi. Samarqand I. Karimovning tug‘ilib o‘sgan ona shahridir.

    GAP VA SO‘Z.
    O‘qing.
    Siz muzey tomosha qilishni yoqtirasizmi? Unda Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyiga boring. U Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Muzeydagi ashyolar juda ajoyib!

    O‘qing. Eslab qolishga harakat qiling.
    Ziroat opa ishdan qaytganda qizchasi Odila eshik oldida o‘ynab yurgan edi. U yugurib borib, onasini quchoqladi. Ona Odilaning peshonasidan o‘pdi. Sumkasidan uch dona konfet ham olib berdi.

    MUNDARIJA.
    Takrorlash.
    Gap va so‘z.
    Bosh harf bilan yoziladigan so‘zlar.
    Tovushlar va harflar.
    Unli tovushlar va harflar.
    Undosh tovushlar va harflar.
    Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar. Ularning harf bilan ifodalanishi.
    Aytilishda tushib qoladigan undoshlar.
    X va h tovushlarning talaffuzi va imlosi.
    Harf birikmasi bilan ifodalanadigan undosh tovushlar.
    ’ – Tutuq belgisi.
    Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish.
    Bo‘g‘in ko‘chirish.
    So‘z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning talaffuzi va imlosi.
    So‘z.
    Shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlar.
    Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf.
    Hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf.
    Shahar, qishloq, ko‘cha, daryo nomlarida bosh harf.
    Shaxs va narsa harakatini bildirgan so‘zlar.
    Shaxs va narsa belgisini bildirgan so‘zlar.
    Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlar.
    Gap.
    Gapning asosi. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi.
    Nutq va Matn.
    Takrorlash.

    Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
    Скачать книгу Ona tili, 2 sinf, Qosimova K., Ne’matova A., 2018 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

    Скачать pdf
    Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Qiziqarli malumotlar
Ona tili darslik 2 sinf