Muhokamalar markazida ona tili ta limidagi “Qo‘y yog‘i”
Binobarin, ularning ham soatlarini qo‘shib ona tili yuklamasini hisob-kitob qilsak, bu hozirgi “Ona tili” yuklamasidan o‘n chandon yuqori bo‘ladi. Barcha ta’lim bo‘g‘inlaridagi hamma fanlarning DTSlari talablarida ona tili ta’limining bosh maqsadi bo‘lgan “ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash, ona tilida fikrni nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shaklda savodli, to‘g‘ri va ravon ifodalash kompetensiyasi” masalasi aks etmog‘i lozim. Bu – o‘zbek tilining ta’lim tizimida davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishning ham muhim yo‘l va vositalaridan biri.
Tovushlar tasnifidagi chalkashlik “Ona tili” darsliklarida qachon bartaraf etiladi?
Fan o‘qituvchisi darslikka tayanib 5-sinf o‘quvchilariga bir ma’lumotni aytdimi, u o‘sha fikrda to 11-sinfgacha qat’iy turishi lozim. Maktab darsliklari o‘quvchilar uchun eng asosli va ishonchli manba hisoblanadi. Ammo darsliklarda ham ayrim xatoliklar uchrab turibdi. Ona tili fanida bahs-munozaraga sabab bo‘lgan mavzulardan biri:
5-sinf “Ona tili” darsligi (Toshkent, “Ma’naviyat”, 2015. Mualliflar: N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva)ning 143-sahifasida quyidagi ma’lumot bor:
“1-topshiriq. Quyida berilgan undoshlarning jarangli-jarangsizlik juftligiga e’tibor bering. Qaysilarining jufti yo‘qligini ayting.
Jarangli: b v z g d j g‘ y l m n ng r – –
Jarangsiz: p f s k t sh x – – – – – – q h”.
Bu tasnifdan kelib chiqadiki, demak, b-p, v-f, z-s, g-k, d-t, j-sh, g‘-x tovushlari o‘zaro juftlik hosil qila oladi. Y, l, m, n, ng, r jarangli tovushlarining jarangsiz jufti, q, h jarangsiz tovushlarining jarangli jufti yo‘q. Shu kunlarda aksariyat o‘qituvchilar darslikdagi mazkur xatoni aynan shundayligicha o‘qitib kelmoqda. Sababi, darslik — har qanday holatda birlamchi, to‘g‘ri, asosiy manba. Boz ustiga, unda yozilgan har bir qoida test savoliga aylanishi mumkin. Hatto shu tasnif asosida abituriyentlarga ham test taqdim qilinyapti. Nega yillar davomida j ning jarangsiz jufti ch, g‘ ning jarangsiz jufti — q deb yod olgan qoidalarimiz o‘zgarib ketdi? Aslida darslikda xatoga yo‘l qo‘yilib, biz o‘quvchilarimiz ongiga shu xatoni muhrlayotgan bo‘lsak-chi?
Jarangli-jarangsizlik tasnifi ovoz paychalarining harakatiga asoslangan. Qiziq, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning ovoz paychalari o‘zgarib qoldimikan?
Fikrimcha, bu darslik mualliflarining texnik xatosi tufayli kelib chiqqan. Chunki bu tasnif berilgan mavzuning o‘zida g‘ va q undoshlari juftligiga ishora qilingan. Shu mavzudagi qoidaga e’tibor bering: “So‘z oxirida g va k hamda g‘ va q jarangli va jarangsiz undoshlari o‘rtasidagi farq yo‘qolib, har ikki undosh bir xil k va q holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda g va k, q va g‘ harflari orqali yoziladi” (5-sinf “Ona tili” darsligi, 143-bet).
Bu ta’rifdanoq, g undoshining jarangsiz jufti k, g‘ undoshining jarangsiz jufti q undoshi ekanligiga ishora qilingan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Mualliflar: A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova) darsligidagi undoshlar tasnifini aynan keltiramiz:
“Undosh tovushlarning hosil bo‘lishida bo‘g‘iz, og‘iz bo‘shlig‘i va til muhim ahamiyatga ega. O‘pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to‘siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo‘lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratiladi. Ba’zi hollarda unga jarang ham qo‘shiladi.
Masalan, b undoshining talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo lablar to‘sig‘iga uchraydi. P undoshining hosil bo‘lishida ham shunday holat bor, lekin uning b dan farqi talaffuzida jarang ishtirok etmaydi.
O‘zbek tilida undosh tovushlar 23 ta: b, v, g, d, z, j, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng. Bu undosh tovushlardan bittasi — ng yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydi.
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi:
I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
1. Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m;
b) lab-tish undoshlari: f, v.
2. Til undoshlari:
a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, ch, n, l, r;
b) til o‘rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: g, k, ng;
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.
3. Bo‘g‘iz undoshi: h.
II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng;
b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, r, l, sh, g‘, x, h;
d) qorishiqlar: ch.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:
1. Jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, y, g‘, l, m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h (1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 13-dars).
Endi har ikki darslikda berilgan ana shu qoidalardagi chalkashliklarni ko‘ramiz:
— o‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor (5-sinf “Ona tili”, 124-bet);
— ular ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra, jarangli va jarangsiz turlarga ajratilgan (aslida “tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra” bo‘lishi kerak);
— portlovchilar, sirg‘aluvchilar va qorishiq undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra tasnif qilingan (ammo qorishiq undoshlar undoshlarning tarkibiga ko‘ra tasniflanadi”.
Navbatdagi qoida darslikdagi shu sahifaning o‘zidayoq, o‘zgacha aks ettirilganini ko‘ramiz: “Shuningdek, ular tarkibiga ko‘ra, sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra, sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch. Sonorlar esa beshta: l, m, n, ng, r. Bularning ichidan l yon tovush, r titroq tovush sanaladi. (1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 13-dars).
E’tiborimizni 2-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligidagi 7-mashqqa qaratamiz:
1. Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
a) lab undoshlari;
b) til yoki til-tish undoshlari;
d) bo‘g‘iz undoshlari.
2. Aytilish usuliga ko‘ra:
3. Тovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra:
a) jarangli undoshlar;
b) jarangsiz undoshlar.
4. Ovozning ishtirokiga ko‘ra:
5. Тarkibiga ko‘ra:
a) sof undoshlar;
b) qorishiq undoshlar.
Akademik litseylarning 2-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida aniq bir to‘xtamga kelingan tasnif bor, ammo unda aynan qaysi undoshlar qaysi tasnifga oid ekanligini to‘ldirish uyga topshiriq tariqasida berilgan.
Demak, bu masalada ham darslikda uzviylik yetishmaydi. Fikrimizcha, 5-sinf darsligidayoq fonetik tasnifni to‘laligicha keltirish o‘rinli bo‘lar edi.
Gulnoza XOLDOROVA, Namangan shahridagi 21-IDUMI o‘qituvchisi
Muhokamalar markazida ona tili ta’limidagi “Qo‘y yog‘i”
Bugungi pandemiya sharoitida ona tili ta’limi haqidagi bahs-munozaralar bir qarashda kishiga erish tuyuladigan masala. Ammo pandemiya o‘tib ketadi, ona tilimiz esa har doim biz bilan birga. Bu – ko‘hna va hamisha navqiron mavzu. Bundan o‘n yillar burun men ona tili ta’limidagi hozir gapirilishi ko‘pchilik uchun urf bo‘lgan, kerak bo‘lsa, o‘zini ommaga tanitish, ommaning e’tiborini tortish vositasiga aylangan muammolar haqida yoza boshlaganimda, “bir o‘zingiz kuyinib, o‘z yog‘ingizga qovrilyapsiz, yolg‘iz otning . dong‘i chiqmas” degan istehzolar bo‘lar, men esa hech ikkilanmasdan: “g‘oya omma ongiga singgach, moddiy kuchga aylanadi” degan fikrda turganman va harakatda davom etganman. Demak, hafsala, sobitqadamlik bilan kirishilsa va qat’iyat bilan harakat qilinsa, g‘oya, agar u hayotbaxsh bo‘lsa, taxminan o‘n yillarda moddiy kuchga aylana oladi. Har qanday ijtimoiy e’tirof etilgan muammo – yechimning onasi. Bugun ona tili ta’limi atrofidagi ayovsiz munozaralar, kim nima deyishidan qat’i nazar, uning yangi sifat bosqichiga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi. Biz yaqin o‘n yillar ichida muhtasham ona tili ta’limiga ega bo‘lamiz. Bunga mutaxassis sifatida to‘la aminman!
Bugungi bahsu munozaralarda ikki masala o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi. Biri dars soatlari bo‘lsa, ikkinchisi ta’limdagi ortiqcha ilmiylik, keraksiz grammatizm, almisoqdan qolgan lingvistikabozlik. Ta’lim bamisoli uchburchak: nimani, qanday va qancha o‘qitish kerak. Bu nimani, qanday va qancha yeyish yoki ichish kerakligiga o‘xshaydi. Asosiy muammo nimani qanday iste’mol qilish kerakligi. Qancha yeganingiz bilan yeyishni bilmasangiz, foydasi yo‘q. Bir paqir suv ichsangiz ham, ichishni bilmasangiz, bir stakanchalik foyda ololmaysiz. Demak, asosiy muammo – nimani qanday o‘qitish kerakligi. Biz esa asosiy masala qolib, eng so‘nggi muammo – qancha o‘qitish masalasi bilan band bo‘lib qolyapmiz. Va shu tariqa muammo markazidan uzoqlashib ketyapmiz. Mutaxassislar chuqur tadqiqotlar olib borib, qaysi fanni haftada qancha o‘qitish kerakligini ilmiy-fiziologik, psixologik va pedagogik jihatdan asoslab berishlari kerak. Bu fanlarning xususiyatidan kelib chiqadi. Agar ona tili ta’limi jozibador bo‘lsa, balki uni 6 emas, 7 soat o‘qitish kerakdir. Biz – mutaxassislar, uni asoslab berishimiz kerak emasmi?
Ona tilimizning muzlatilgan, sovuq ta’limi jamiyatda uni keraksiz degan ijtimoiy fikr uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Bunga biz – soha egalari aybdormiz. Har birimiz illatni o‘zimizdan qidirsak, shifosiga erishamiz.
Gap bir-ikki soatda emas. Aslida bahsda ehtiroslarning qizg‘inligi masalaning muhimligiga teskari proporsional (Sayyer qonuni). Shunchalik ezg‘ilangan, palag‘da va pajmurda holga kelgan ona tili ta’limi esa endi populizm ko‘pkarisida uloq qilinmoqda. “Firqa” ham, deputat ham, jurnalist ham unga “huy-huy”lab ot solmoqda. Vosita bitta, maqsadlar har xil. Asosiy muammo qolib ketyapti deyishingiz bilan men mutaxassis emasman deb otini chetga tortadi.
Ona tili ta’limidagi yaroqsiz holatga qanday kelib qoldik?
E’tibor qilinsa, boshlang‘ich sinf partasidan to litsey va kollejni tugatguncha o‘quvchilarimiz asosan til qurilishi bo‘yicha, ya’ni tilshunoslikdan bilim oladi. Masalan, joriy ona tili darsliklaridan birida jami 79 ta mavzu berilgan. Bundan 71 tasi til qurilishiga, 8 tasi matn tuzishga doir mavzular. Demak, mavzularning taxminan 10 foizi matn tuzish malakasini o‘stirishga, 90 foizi til qurilishi bo‘yicha bilim berishga mo‘ljallangan. Maqsad nima? Tildan foydalanish malakasini o‘stirishmi yoki tilshunos tayyorlash? Shu sinfda o‘quvchi yangi 78 ta lingvistik qoidani, 61 termin ma’nosini o‘zlashtirishi kerak. Xo‘sh, bu yaroqsiz an’ana qayerdan kelib qoldi?
XX asrning yarmigacha hali adabiy til me’yorlari o‘rnashmagan bir paytda jamiyat a’zolarini ular bilan qurollantirish zarurati ilk maktab partasidan to uni tugatguncha til qurilishini o‘qitishni taqozo qilgan. Zero, adabiy tilni singdirishning eng asosiy yo‘li til qurilishiga doir bilimlar bilan qurollantirish edi, u davrlarda boshqacha yo‘l bo‘lishi mumkin emas edi. Biroq asrning ikkinchi yarmida adabiy til qo‘llanishi shart bo‘lgan barcha sohalar (ta’lim, ish yuritish, matbuot, noshirlik, radio va televideniye va h.)da u to‘la o‘rnashib bo‘lgandan keyin bu zarurat endi chayir an’ana ko‘rinishini oldi. Ona tili ta’limi faqat lingvistik takroriylikdan iborat bo‘lib qoldi. Boshlang‘ich sinfdagi lingvistik ma’lumotlar tayanch sinflarda chuqurroq, akademik litseyda yanada chuqurroq qilib, uch martalab qaytarib o‘qiladi. Bu takroriylik ham vaqt, ham mablag‘ jihatidan qanchalar qimmatga tushayotganligini o‘ylab ko‘rmasdan, ko‘zimizni kattaroq ochishdan erinib, undagi faqat zohiriy jihat – soatlarni ko‘ryapmiz, xolos.
Sho‘ro davri ona tili darsliklari grammatizm nuqtai nazaridan birmuncha tuzukroq edi. Mustaqilligimiz davrida erishgan asosiy “yutug‘imiz” – ona tili ta’limini to‘la-to‘kis tilshunoslikka aylantirganimiz bo‘ldi. Buning uchun DTM va darslik mualliflaridan behad “minnatdor” bo‘lishimiz kerak. Metodistlardan, maktab o‘qituvchilaridan darsliklarni olib qo‘ydik. Uni tilshunoslik qafasiga solib, shuhrat va nafs qulfi bilan berkitdik. Fidoyi mualliflar, til jonkuyarlari unga kira olishmadi.
Ona tili ta’limidagi bu muammolar aslida barcha fanlarda bor. Birgina misol. Tarix fani raqamlar, shaxslar, voqealar sanog‘i – statistika va xronologiyaga aylanib qolgan. Ularni yodaki, sxolastik o‘zlashtirish bola miyasi uchun qancha yuk ekanligini mutaxassislar, psixologlar qachon xolis baholashadi? Axir, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bir hukmdorning qachon tug‘ilgani-yu qancha jangda qancha askar bilan qatnashgani, kimning kuyovi-yu kimga qaynota bo‘lgani, qaysi farzandi aqlli-yu, qaysisi ahmoq bo‘lgani, qaysi yerlarni bosib olib, qancha boylikni yurtiga olib kelganini bilish nechog‘lik ahamiyatli? Hukmdor taraqqiyotga qanchalik hissa qo‘shdi, o‘zidan oldingi davrga nisbatan qanday ijobiy yoki salbiy rol o‘ynadi, kelajak uchun nima qildi – mana shularni bayon qilish zarur va uning uchun kitobda, nari borsa, bir sahifa yetarli emasmi? Buning uchun akademik tarix ilmini haqiqiy nazariy fanga aylantirish, tarix falsafasini yaratish va uning qaymog‘ini go‘zal ifodalarda sodda qilib o‘quvchilarga taqdim etish kerak. Tarixiy voqealar – to‘laligicha muammoli vaziyat. Mashg‘ulotlarda tarixiy “masala” va “tenglama”ni o‘quvchilar hukmiga havola etib, ulardan bu vaziyatdan chiqish bo‘yicha mustaqil fikrga asoslangan takliflar olishni tashkil etish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda qanchalar katta ahamiyatga egaligini tasavvur qiling.
Yoki adabiyot darslari: adib tarjimai holi, asardan parcha va uning o‘quvchi tafakkurini kishanlaydigan tahlili hamda yozuvchi asarni yozayotganda xayoliga ham kelmaydigan nazariy qoidalar, 5-6 ta savol. Qani muammo, yechim yo‘llari, o‘quvchining individual yondashuviga sharoit, qani mashq, qani topshiriq; ijodiy matn, insho, esse yaratish bo‘yicha metodik yo‘l-yo‘riqlar? O‘rgata olmaymiz va yoza olishmaydi. Oddiy arifmetika.
Mana – muammo! Ana endi bunda populizm ketmaydi.
Kimlardir meni Xalq ta’limi vazirligining targ‘ibotchisi, trolli deyishlari ham mumkin. Rostini aytsam, bu vazirlikning ham, vazirning ham, shaxsan menga na issig‘i, na sovug‘i bor. Men boshqa vazirlik sohasida ishlayman. Lekin ona tili ta’limi mohiyatidagi muammo – mening maslagim, dardim.
Barcha fanlar – “Ona tili”
Xo‘sh, nimani ko‘ra olmayapmiz? Ona tilimizni “Ona tili”dan boshqa o‘quv predmetlarida ko‘ra olmayapmiz. Nega ona tilimizni faqat ona tili o‘qituvchilariga tashlab qo‘ydik? Tarix o‘qituvchisi nega bu muammodan tashqarida? Nega fizika, biologiya, kimyo va boshqa predmet o‘qituvchilari ona tiliga munosabat masalasida “mas’uliyati cheklangan”?
Barcha fanlar aslida – til fanlari. Axir, har qanday termin – bu so‘z. Har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani doirasidagi birgina terminning ma’nosini, mazmunini tushuntirishga soatlab vaqt sarflaydi. Og‘zaki nutq va yozma matnlar bilan ish ko‘radi. Holbuki, og‘zaki nutq bilan birorta fan o‘qituvchisi ona tili o‘qituvchisidan kam shug‘ullanmaydi aslida. Nega endi ular o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini nazorat qilmaydi, takomillashtirmaydi, baholamaydi? Nazorat ishlarini qaysi tilda bajartirishadi? Nega o‘quvchilarning imloviy, ishoraviy, uslubiy xatolari ustida ishlashmaydi?
Binobarin, ularning ham soatlarini qo‘shib ona tili yuklamasini hisob-kitob qilsak, bu hozirgi “Ona tili” yuklamasidan o‘n chandon yuqori bo‘ladi. Barcha ta’lim bo‘g‘inlaridagi hamma fanlarning DTSlari talablarida ona tili ta’limining bosh maqsadi bo‘lgan “ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash, ona tilida fikrni nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shaklda savodli, to‘g‘ri va ravon ifodalash kompetensiyasi” masalasi aks etmog‘i lozim. Bu – o‘zbek tilining ta’lim tizimida davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishning ham muhim yo‘l va vositalaridan biri.
“Sodda ona tili” deganda nimani tushunishimiz kerak?
Ko‘pchilik ona tili sodda bo‘lishi kerak degan fikrni jo‘n, “dehqoncha” tilda gapirish va yozish deb tushunmoqda va o‘zaro suhbatlarda fikr sohibini qamchilashga tushib ketdi. Aslida nima nazarda tutilmoqda? Qoidalar, ta’riflar, izohlar sodda bo‘lsin deyilmoqda. Qoidalar o‘quvchining nutqini isloh qilishga ishlashi urg‘ulanayotir. “Gapning grammatik markazi bo‘lib, ega haqidagi axborotni bildiradigan, shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl-modallik ma’nolariga ega bo‘lgan bo‘lak kesimdir” degan ta’rifni odamshavanda qilib “gapdagi xabarni bildiradigan bo‘lak kesim deyiladi” shaklida berish kerakligi ta’kidlanayapti.
Maktab darsligida gapga berib kelingan tumtaroq ta’rifdan ko‘ra “so‘z yoki so‘zlar yordamida anglashilgan fikr gapdir” deyish sodda va tushunarli emasmi?
Go‘zal va jimjimador, shirali va boy ona tilidan murakkab va chigal, sovuq va ishlamaydigan qoidalarga to‘la “Ona tili”ni farqlash kerak. Bular – boshqa-boshqa hodisalar. Axir, o‘quvchining ona tili ta’limi bo‘yicha natijalari 3 mezon:
1) o‘qish texnikasi;
2) o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalash;
3) o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglash malakasi
asosida baholanishi hatto 1996 yilgi DTSda o‘z ifodasini yaqqol topgan edi. Bu ona tili ta’limi me’yoriy hujjatlarida bo‘lsa-da, dastur va darsliklarda unutib yuborildi yoki oson va tayyor yo‘ldan borilib, chetlab o‘tildi. Ko‘rinadiki, bu yerda na birorta lingvistik bilimga, na biror grammatik qoidaga talab qo‘yilgan. Tashabbuskor vazirlik va maktab ta’limining yuragi bo‘lgan, yangilanayotgan RTMning sog‘lom fikrli rahbariyati bunga e’tiborlarini yana bir bor qaratishlari lozim. Bizning bu borada RTMdan umidimiz va unga ishonchimiz katta.
Baxtiyor Mengliyev,
filologiya fanlari doktori, o‘zbek tili professori
«Ona tili o‘qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi
1-mavzu: ona tili o‘qitish metodikasi: umumiy obzor reja: «Ona tili o‘qitish metodikasi»
«Ona tili o‘qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi
-
Bu sahifa navigatsiya:
- «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining falsafa bilan aloqadorligi.
- «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi.
- «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining didaktika bilan aloqasi.
- «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining psixologiya bilan aloqasi.
«Ona tili o‘qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani falsafa, tilshunoslik siklidagi fanlar, didaktika, ruxshunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. Demak, maktabda «Ona tili» o‘quv fanidan dars beriladigan etuk mutaxassis bo‘lishi uchun u shu fanlarni po‘xta bilishi zarur.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining falsafa bilan aloqadorligi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» xususiy pedagogik sikldagi fan bo‘lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruxiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘langan. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi ona tilining maqsad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta’lim mazmunini to‘g‘ri belgilashingizga, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirishingizga, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini tanlashingizga, faoliyat mahsulini nazorat qilishingizga yordamlashadi.
O‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqealanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi.
Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yig‘indisidan tashkil topadi, degan qoida mavjud. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo‘laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi.
Falsafa fikrlash va rivojlanishni o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk enseklopedist olimlari (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino v.b.) rivojlantirishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Hayyom o‘zining «Matematik traktatlari»da «Ozgina o‘yla, o‘zing topasan», «Ozgina fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga borish g‘oyasini ilgari surgan.
Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallagan bo‘lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi.
Shuni unutmaslik lozimki, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish singari zaruriy malakalar ijodiy fikrlash orqali ro‘yobga chiqadi.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» garchand pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil etadi. Til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab ona tili kursining mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi: zaruriyat tug‘ilganda uni yangilash yuzaga keltiradi. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik lozimki, tilshunoslikda fan erishgan barcha yutuqlarni umumiy o‘rta maktab o‘quvchisiga o‘rgatishning iloji yo‘q hamda bunga extiyoj ham sezilmaydi. Modomiki, shunday ekan, «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani ana shu til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o‘quvchiga o‘qitish lozimligini ham hal qiladi.
Maktab ona tili kursi o‘zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan zaruriy ma’lumotlarni o‘quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasiga mos ravishda ularga etkazishga xizmat qiladi.
Til bir butun tizim bo‘lganligi sababli, maktab ona tili kursining bir bo‘limi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘langan. Chunonchi, tilning tovush tizimi o‘rganilar ekan, ayni vaqtda so‘z va uning ma’nolari, gapda so‘zlarning aloqaga kirishi xususida ham ma’lumot beriladi. Leksika va grammatika bo‘limlari o‘rganilar ekan, fonetikadan berilgan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanib ish ko‘riladi.
Maktab ona tili ta’limi nafaqat «Hozirgi zamon o‘zbek tili» kursi, balki umumiy tilshunoslik, til tarixi, shevashunoslik singari fanlar bilan ham aloqador. Til tarixidan xabardor o‘qituvchi mumtoz adabiy asarlarning til xususiyatlari ustida ishlay oladi, dialektologiyani bilgan o‘qituvchi esa adabiy til bilan shevani qiyoslab, nutqdagi dialektal xatolarning olidini olishi yoki bartaraf etishi mumkin.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani nutq madaniyati bilan ham aloqador. Zero nutq madaniyati asoslarini po‘xta bilgan o‘qituvchilar o‘quvchi nutqi ustida samarali ishlay oladi.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani ifodali o‘qish adabiyotshunoslik fanlari bilan ham bog‘liqdir.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining didaktika bilan aloqasi. Ma’lumki, ta’lim jarayonining umumiy va xususiy tomonlari bor. Ta’limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini xususiy didaktika urganadi.
Umumiy didaktika ukituvchi va ukuvchi faoliyatining o‘zaro ta’sirini o‘rganadi, va u barcha o‘quv fanlari uchun aloqadordir. «Ona tili o‘qitish metodikasi» umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilganlarni oydinlashtiradi: ya’ni umumiy didaktikadan o‘rganilgan ta’lim maqsadi qonuniyatlari, tamoyillari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarning ona tilini o‘qitish jarayonida voqealanishini aniqlaydi.
Modomiki, shunday ekan. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani didaktikasiga tayanib ish ko‘radi. Chunonchi, ona tili o‘qitish tamoyillari yoki metodlari xususida fikr yuritilar ekan, avvalo umumdidaktik prinsiplar va meodlar, keyin xususiy prinsiplar va metodlarga to‘xtalishga to‘g‘ri keladi.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining psixologiya bilan aloqasi. Ta’limni tashkil etish, o‘qitish bola psixologiyasi bilan chambarchas bog‘langan. Bu aloqadorlik avvalo o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘rganilgan til hodisalarini qiyoslash yoki ularni o‘xshash va farqli tomonlariga qarab guruhlash, umumlashtirish, hukm va xulosalar chiqarish shaxsning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, xotira, tafakkur, xayol singari individual psixik xususiyatlarga tayanadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning shaxsiy psixik xususiyatlarini bilishi va unga tayanib ish ko‘rishi lozim.
Akademik Pavlovning assosatsiyasi (aloqa bog‘lanish) haqidagi ta’limoti ona tili ta’limida muhim o‘rin egallaydi. Agar til hodisalari orasidagi aloqadorlikka asoslanilmasa, o‘quvchi tilni bir butun sistema sifatida qabul qila olmaydi. Yangi o‘quv materialni oldin o‘rganilganlar bilan bog‘lash bilimlarni tamomila yangi sharoitda qo‘llash imkoniyatini beradi. Bu esa ijodiy faoliyat ko‘rsatish uchun asosdir.
Hozirgi zamon psixologiyasi bilim olishda extiyojni zaruriyat deb biladi. Bu ta’limot ona tili mashg‘ulotlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi o‘z so‘z zaxirasini oshirishga, so‘zdan foydalanishga, har xil nutqiy vaziyatlarga ehtiyoj sezmasa, tilni o‘rganishga qiziqmaydi, unga zururiyat sezmaydi.
Psixologik nuqtai nazardan shaxsning o‘z ona tilini bilishi uni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Tevarak-atrofdagi kishilar bilan muloqot, dars jarayonida tuzilgan og‘zaki va yozma matnlar, o‘tkaziladigan savol-javoblar rivojlanishni ta’minlovchi omillardir.
Ona tili ta’limining hozirgi bosqichida-test topshiriqlariga talab oshgan bir davrda-o‘quvchilarda kom’pyuter bilan ishlash pisxologiyasini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu dars mashg‘ulotlarida kom’pyuter xizmatidan uzluksiz foydalanish orqali qo‘lga kiritiladi.
Ma’lumki, ehtiyojlar insonni ma’lum yo‘nalishda ongli ravishda harakat qilishga undaydi. Bundan asosiy maqsad odamlar bilan hamkorlik qilishi, muloqotga kirishishi bo‘lib sanaladi. Muloqot vaziyatida inson til, imo-ishora, yuz ifodasi, qo‘l harakatlari va muayyan ramziy belgilar vositasida boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatadi. Bu vositalardan kerakligini tanlab olish «Psixologiya» fanining ham, «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining ham vazifasidir.
Qiziqarli malumotlar
Muhokamalar markazida ona tili ta limidagi “Qo‘y yog‘i”