JAMOA TARBIYA OBYEKTI VA SUBYEKTI SIFATIDA TARBIYA JARAYONINING
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish o`zining lingvodidaktik, pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra bosqichlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi.
Синфдан ташқари ўқиш китоби (2 синф)
Умумий ўрта таълим мактабларининг бошланғич таълим йўналиши учун тайёрланган “Зукко болажон. Синфдан ташқари ўқиш китоби” ўқиш дарслари учун белгиланган дастур асосида тайёрланган. Берилган материаллар ҳам дастурда кўрсатилган соатлар тақдимотидан келиб чиқиб жойлаштирилган. Китобга кирган асарлар ўқувчилар ёши, диди, савияси, психофизиономиясидан келиб чиқиб танланган. Мавзулар нисбатан эркин бўлиб, қувноқ, айни вақтда ўқувчи дидини тарбия қиладиган, уларнинг бадиий тафаккурига ижобий туртки берадиган асарлар билан бойитилган.
Характеристики
ISBN | 978-9943-5663-5-4 |
Язык | На узбекском |
Надпись | Латиница |
Количество страниц | 160 |
Издательство | Нурафшон бизнес |
Тип обложки | Твердая |
Формат бумаги | A5 |
Год издания | 2019 |
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан
JAMOA TARBIYA OBYEKTI VA SUBYEKTI SIFATIDA TARBIYA JARAYONINING
TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI O’tilgan mavzu yuzasidan savollar: 1. Tarbiyaning maqsadi nima? 2. Tarbiya jarayoni qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega? 3. Tarbiya qonuniyatlarini shrhlab bering. 4. Tarbiya tamoyillarini izohlang.
1. 2. 3. 4. JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI SIFATIDA Reja: Jamoa haqida tushuncha. O’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari. O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. Jamoa an’analari. Tayanch tushunchalar: jamoa, o’quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish bosqichlari, lider, norasmiy lider.
Adabiyotlar: 1. Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge Angliyskiy. Textbook. 2. M. Toxtaxodjayeva va boshqalar. Pedagogika. T. : O’zbekis-ton Faylasuf-lari Milliy jamiyati, 2010. 3. Ibragimov X. I. , Abdullaeva SH. A. Pedagogika nazariyasi. T. : “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. 4. B. X. Xodjaev. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017. 5. Xalq pedagogikasi. O’quv qo’llanma. M. Mutalipova. –Toshkent, 2015.
Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o’zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo’lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi. Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo’lish, ularning yordami va qo’llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo’lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy shaxsning rivojlanishida o’zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o’rnini belgilab beradi.
Jamoa deganda nimani tushunasiz?
Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. CHunonchi, o’quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi jamoa Jamoada va rbiyalash a t a id m a d r yo tamoyili Har bir jamoa o’zo’zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi ekanligi jam oa b uzv oal oshq iy a ar a loq bila ma ador n vju likd d a yat i m a j iy Ijtimo ondirishga ini q j o y i t an g eh l i r i t l yo’na i faoliyat dag k i l a g r bi
Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning a’zolari o’rtasida o’zaro ishchanlik ruhiy yaqinlik bir-biri uchun g’am xo’rlik o’zaro yordam jamoa manfaati uchun qayg’urish javobgarlik hissi mazkur yo’lda amaliy harakatlarni tashkil etish
Jamoa Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi Majburiy, mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi Saylangan umumiy rahbariy organga egalik
Jamoa tuzilmalarinig shakllari Jamoaning rasmiy tuzilishi jamoa faoliyatining turli ko’rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jihatlari ko’zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xattiharakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo’lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o’rtasidagi shaxslararo ma’naviypsixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim a’zolar o’rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o’rinni egallaydi.
SHunday qilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat guruh bo’lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo’yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari o’rtasida qaror topgan o’zaro birlik, shuningdek, ular o’rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a’zolarining guruh yetakchilariga bo’ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi. Jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Nima deb o’ylaysiz: Sizningcha o’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichma-bosqich yondashuvni talab etadimi, yoki yo’q?
O’quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari. Birinchi bosqich o’qituvchi talab Ikkinchi bosqich jamoa faol To’rtinchi bosqich shaxs talab shaxs talab jamoa Uchinchi bosqich jamoa talab shaxs O’quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari
Bugungi kunda o’qituvchi-olimlar (L. I. Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo’yidagi uch bosqichga bo’ladilar: jamoani dastlabki jipslashtirish jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish
A. S. Makarenko jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratadi major – doimiy tetiklik, o’quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do’stona birlik o’z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g’ururlanish asosida o’z qadr-qimmatini anglash tarbiyali, ishchan harakatga yo’llovchi faollik hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko’nikmasi
Quyidagi chizmaga e’tibor qarating. Masala yuzasidan fikr yuriting. Nima uchun? Nima uchun o’qituvchilar talab qo’yishda talablarni jamoani jipslashuviga hizmat qiluvch jihatlarini hisobga olishlari lozim? Nima uchun?
O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi: Qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim Jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim O’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart
Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo’lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi Jamoa an’analari turlari kundalik faoliyat an’analari Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o’z ichiga oladi. bayram an’analari Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog’liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami» , «Mustaqillik bayrami» , «Navro’z bayrami» , «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat
Nima uchun o’quvchilar jamoasini shakllantrishda an’analar muhim o’rin tutadi?
“Assisment” metodi Test. 1. O’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating A) O’quvchilar jamoasi 2 bosqichda shakllantiriladi. V) O’quvchilar jamoasi 6 bosqichda shakllantiriladi. S) O’quvchilar jamoasi 4 bosqichda shakllantiriladi. 5 ball Muammoli vaziyat. Guruhga yangi guruh rahbari tayinlandi. Yangi guruh rahbari xonaga kirishi bilan hammani o’ziga qaratib shunday dedi: “Bundan keyin bu yerda mening aytganim – aytgan, deganim degan bo’ladi. Kim menga quloq solmasa itning kunini boshiga solaman”–deb o’zining qator talablarini ayta ketdi va hech kim bilan maslahatlashmasdan guruh liderini tayinladi. O’qituvchi guruhda kuch bilan tartib o’rnatishga harakat qildi. 1. Mazkur holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? 2. Pedagog yangi guruhi bilan muloqatni qanday tashkil etishi kerak edi? 1 -5 ball Simptom Amaliy ko’nikma Jamoa bu-. . O’qituvchilar tomonidan ijobiy natija beradigan talablarni sanang: 5 ball 1 -5 ball
“Assisment” metodi Test. 1. O’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating A) O’quvchilar jamoasi 2 bosqichda shakllantiriladi. V) O’quvchilar jamoasi 6 bosqichda shakllantiriladi. S) O’quvchilar jamoasi 4 bosqichda shakllantiriladi. Simptom Jamoa bu- (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Muammoli vaziyat. Guruhga yangi guruh rahbari tayinlandi. Yangi guruh rahbari xonaga kirishi bilan hammani o’ziga qaratib shunday dedi: “Bundan keyin bu yerda mening aytganim –aytgan, deganim degan bo’ladi. Kim menga quloq solmasa itning kunini boshiga solaman”–deb o’zining qator talablarini ayta ketdi va hech kim bilan maslahatlashmasdan guruh liderini tayinladi. O’qituvchi guruhda kuch bilan tartib o’rnatishga harakat qildi. 1. Mazkur holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? 2. Pedagog yangi guruhi bilan muloqatni qanday tashkil etishi kerak edi? Amaliy ko’nikma O’qituvchilar tomonidan ijobiy natija beradigan talablarni sanang: 1. qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak. 2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim. 3. Jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim. 4. O’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo’lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Jamoa o’zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo’lib, u ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga ko’ra to’rt bosqichdan iborat bo’ladi. Jamoani shakllantirish o’ziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo’yilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir. Jamoaning mustahkam bo’lishi, uning a’zolari o’rtasida o’zaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
Uyga vazifa: TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi
1.2 Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruratini vujudga keltirdi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Natijada 1999 yilda umumiy o`rta ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi. 13
Davlat ta`lim statdarti amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005 yilda to`plangan tajribalar asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi. 14
Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.
Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.
Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
2.Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish.
Bu bo`lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta`limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarga ongli o`qish, o`qiganlarini ravon gapirish va yozishga o`rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda boshlang`ich bilim berishni, shu asosda nutqni boyitish, boshqalar nutqini e`tibor bilan eshita olish hamda kitob o`qishga qiziqish uyg`otishga yo`naltirishi zarur.
Ona tili o`quv dasturining ikki bo`limida sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan. Demak, 1-4 sinflarda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyushtiriladi.
Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar
Sinfdan tashqari o`qish darslarda esa o`quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni o`qib o`rganadilar. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi o`qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qigan kitobini to`g`ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. 15
Albatta, sinfda o`qish darslarida ham mustaqil o`qish ishlari uyushtiriladi, o`quvchilarda ma`lum ko`nikmalar hosil qilinadi.Biroq sinfdan tashqari o`qish atamasining ma`nosi ancha keng bo`lib, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi.
- Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularning qaysi tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi.
- Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi.
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) boshlang`ich bosqich;
Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o`qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada 1 marta savod o`rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari o`qish darslari hajmi ko`rsatilmagan. O`qish materiali, mavzular vazifalari yuzasidan ko`rsatmalar berilgan..
2-sinflarda sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish materiali, o`qish mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalar ko`rsatilgan.
3-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish doirasi, o`quv materiali, o`qish mavzulari aniq ko`rsatilgan.
4-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya beriladi. Ammo o`quv materiali, o`qish mavzulari ko`rsatilmaydi.
Boshlang`ich ta’limda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyg`un holda tashkil etiladi. Sinfda o`qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o`qish uchun ham taalluqlidir. Ular:
1. O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.
2. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.
3. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini o`stirish.
6. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
Sinfdan tashqari o`qish darslari esa yuqoridagi qo`shimcha sifatida yana quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
1. Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qish malakasini takomllashtiradi.
2. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.
3. Ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil o`qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
4. Sinfdan tashqari o`qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi o`zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar uchun ”Kitоbim – oftobim” 16 qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.
”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan doimiy ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidа vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik qo`llаnmаlаrdа o`quvchilаrning mustаqil o‘qishga va mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа izlаnishgа undаydigаn sаvоl-tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim. Sinfdan tashqari o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab dаrаjаsidа dеb bo`lmаydi. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа sаvоllаrning tuzilishi vа mаzmuni DTS tаlаblаrigа to`liq mоs kеlishidаn qаt`i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o`qituvchilаrning vа o`quvchilаrning qo`shimchа sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to`ldirilib bоrilsа, tа`limning yanа hаm mukаmmаlligigа erishilgаn bo`lаrdi.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan DTS, o`quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo`llanmasi” tahlili natijalaridan quyidagilar aniqlandi:
- Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari xususida alohida ko`rsatkich va talablar qo`yilmagan. Bizningcha, bu xususda o`ylab ko`rish lozim.
- Amaldagi o`quv dasturiga muvofiq o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini xosil qilish uchun 1-sinfda har haftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflarda esa 17 soatdan jami 51 soat ajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyat berilgan.
- Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda bir xillik, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan.
- Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.
I BOB BO`YICHA XULOSALAR
1. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
2. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari STO` darslarida shakllantirib boriladi. Amaldagi dasturda STO` darslariga 1-4- sinflarda jami 50 soatdan ortiq vaqt ajratiladi. Biroq dasturda shu ko`rsatilgan soatlarda o`rganiladigan asarlar ro`yxati berilmagan.
3. 1-4- sinflar ona tili o`quv dasturidagi ”Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi qayta ko`rib chiqilishi, unga aniqlik kiritilishi lozim.
4. Boshlang`ich sinflarda Davlat ta`lim standartiga o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikma va malakalarini belgilovchi ko`rsatkich va talablar kiritilishi maqsadga muvofiq bo`lar edi.
II BOB.BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
2.1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash
Ulug` yozuvchilar tarixiga nazar tashlansa, iste`dodning tug`ulishi har kimda har xil kechganini ko`rish mumkin. Alisher Navoiy ilk yoshlaridanoq Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod olgan, hali o`smirlik davridayoq ilk asarlari bilan mavlono Lutfiydek benazir shoirni hayratlarga solgan bo`lsa, Usmon Nosir balog`at yoshidayoq mashhurlik darajasiga erishgan edi. Taniqli bolalar shoiri Samuil Marshak 4-5 yoshlaridanoq she`r mashq qilib 11-12 yoshlarida ilk poemalarini yaratgan bo`lsa, Quddus Muhammadiy «O`quvchiga esdalik» nomli birinchi she`riy kitobini e`lon qilganida sal kam 40 yoshda bo`lgan.
Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboev so`zni so`zga juftlab, o`z hayrati-yu bor g`ayratini qog`ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo`lganini sog`inch bilan xotirlaydi. «Mening adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo, muallimlarimning, qolaversa, Abdullajon Haitovday fidoiy, adabiyotga juda mehr qo`ygan odamlarning ta`siri tufayli bo`lgan, desam adashmayman.
Oltinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim «Qizil O`zbekiston» (hozirgi «O`zbekiston ovozi») gazetasida mashhur olim Hodi Zarifning bir xati chiqdi. Xatda gazetxonlarga xalq ichidagi dostonlarni yozib olishga yordam so`rab murojaat etilgandi. Maktabimiz direktori gazetani olib kelib, qishloqdagi to`ylarda doston aytib yuradigan Olim qarg`a degan kishini topib, dostonini yozib jo`natgin, dedilar menga. Men bu haqda Hodi Zarifga xat yozdim. Hodi akadan: Uka, dostonning hech qayeriga qo`shmasdan, og`zidan qanday chiqsa shundayligicha yozib jo`natishingizni iltimos qilaman, degan javob keldi.
Bu «Yozi bilan Zebo» dostoni edi. Xullas, men Olim qarg`ani izladim, u kishi qo`shni qishloqda paxsa urayotgan ekan. Olim akani ish ustida topdim, tanishdim, maqsadimni aytdim. «Bo`ldi, menga bir hafta qog`oz qoralasam, senga doston aytib o`tirsam, tirikchiligim qolib ketadi. Kechqurunlari yozamiz», dedi. Kelishdik. Bir hafta deganda dostonni qoralab oldim va Hodi Zarif domlaga jo`natdim. Mana shu o`quvchilik yillaridagi qiziqishlarim meni katta adabiyotga yetaklagan bo`lsa, ajabmas».
Ko`rinadiki, ko`pchilik ijodkorlar mustaqil o`qish va izlanish natijasida buyuk kishilarga aylangan. Bu borada mustaqil o`qishga o`rgatuvchi sinfdan tashqari o`qish darslari bolalarni kichik yoshdan boshlab kitob o`qishga tayyorlaydi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish o`zining lingvodidaktik, pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra bosqichlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishni guruhlash masalasi o`zbek olimlari K.Qosimovaning “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” kabi darsliklari va B. Ma`qulovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va uni tashkil etish” nomli nomzodlik dissertatsiyasida o`z tatqiqot ob`yektlari nuqtai- nazardan yoritilgan.
B.Ma`qulova boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`lgan:
1. Tayyorlov bosqichi (Bu bosqichga 1-sinf davrini kiritadi).
2. Ilk mutoala bosqichi (Bu bosqichga 2-3-sinf davrini kiritadi).
3. Mustaqil mutoala bosqichi (Bu bosqichga 4-sinf davrini kiritadi).
Biz ham sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda 3 davrga bo`ldik va unga quyidagicha yondashdek:
1. Tayyorlov bosqichi. Bunga 1-sinfning 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi yuzasidan izchil tushunchalar berib borish, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi.
2. Ilk mutoala bosqichi. Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi.
3. Mustaqil mutolaa bosqichi. Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. Avvalo maktabgacha tarbiya muassasida bolalarda baddiiy asarlarni eshitish ishtiyoqini va undan zavq olish tuyg`ularini uygotish lozim. Bog`cha yoshidagi bolalar xalq og`zaki ijodiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bunga sabab tevarak-atrofida hayvonlarga, o`simlik, dov-daraxtlarga, meva-chevalarga bo`lgan mehr sabab bo`ladi. Ular ota-onalari, buvi-buvalaridan ertak, topishmoq eshitishni, hayotlarida yuz bergan voqealarni so`zlab berishlarini istaydi, yoqtiradi. Bu borada Hamid Olimjonning esdaliklarini eslash kifoya:
Ko`p ertak eshitardim,
So`ylab berardi buvim.
O`zi uchar gilamlar,
Bola bo`p qolgan chollar…
Bolalardagi bu ishtiyoqni so`ndirmaslik boshlang`ich sinf o`qituvchilarning zimmasidadir. Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish bosqichlarining maqsad va vazifalarini anglagan holda o`qituvchi unga tayyorgalik ko`rishi lozim.
O`qituvchi sinfdan tashqari o`qishning qaysi bosqichi uchun reja tuzsa ham, o`quvchilarga mustaqil o`qish uchun tavsiya etadigan asarlarini o`zi o`qib- o`rganishi, mavzusiga ko`ra guruhlashi, miqdorini belgilab olishi va taqvim rejaga kiritishi, asar matnlari ustida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishi, sujeti, kompozitsiyasi, badiiy san`at vositalari, g`oyasi ustida ishlash mazmuni hamda usullarini aniqlab olmog`i zarur. Asar tavsiya qilishda yozuvchining ijodini qunt bilan o`rganishi, tavsiya qilgan asarlarida nimalarga diqqat qaratishlari yuzasidan yo`llanmalar berishi kerak.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinib ajratilgan har bir bosqichning o`z xususiyati mavjudligini ko`rib chiqdik. Bu haqda o`quv dasturida ham, darslikda ham ta`kidlab o`tilgan. Asosiy metodik muammo bu nimani o`qitish kerak va nima uchun aynan shunday o`qitish kerak savollariga javob topishdir.Ishimizning bu faslida yuqoridagi savol mohiyatini ochishga harakat qilamiz.
- Savod o`rgatish davri tayyorlov bosqichi uchun tavqim reja.
2-jadval
Birinchi bosqich- tayyorlov davri STO` darslarining texnologiyasi
1. Kirish suhbatlashish.
2. “Cho`pon yigit Shiroq” afsonasini eshittirish.
3. Afsona yuzasidan suhbat
1.Mashg`ulot maqsadini aytadi, o`quvchilarni mashg`ulotga
2.Kirish suhbatini uyushtiradi.(1-ilova)
3. Kitobni targ`ib qiladilar.
4. Matnni o`qib eshittiradi
5. Lug`at ishi “2-ilova”
6. O`qigan matn yuzasidan kichik suhbatni tashkil qiladi “3-ilova”
7. Rasm asosida matnni qayta hikoya qildiradi. (4-ilova)
Eshitadilar
Suhbatni tinglaydilar.
O`quvchilar kitobni varaqlab ko`radilar
Suhbatda ishtirok etadilar.
Matnni hikoya qilib beradilar.
Vazifani bilib oldilar
Darsning jihozi: asarga ishlangan rasmlar
- ilova
- Afsona sizga yoqdimi?
- Unda kimning qahramonligi hikoya qilingan?
- Shiroq nima uchun quloq, burnini kesdi?
- Shuroq kimning oldiga bordi?
- U shoh Doroga nima dedi?
- Shiroq Doro qo`shinlarini qayerga olib bordi?
- Shiroq nima deb qayqirdi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
JAMOA TARBIYA OBYEKTI VA SUBYEKTI SIFATIDA TARBIYA JARAYONINING