Ko’z rangi fel-atvordan so’zlaydi!
Ko’zlarni bekorga «qalb oynasi» deb atashmaydi.Ko’z rangi fel-atvordan so’zlaydi!
DO`STLARGA ULASHING:
Ko’z rangi Xaqida
O’z muhabbatingiz bilan uchrashuvga chiqqanda uning ko’zlariga boqing.
Chunki odamni ko’zlari ham uning harakteri haqida bayonot beradi.
Masalan: sizning yoringizni ko’zlari yashil rangda bo’lsa, ular bilan ehtiyotroq muomala qilgan afzal.
Nega deysizmi? Chunki ular ozgina jahldor inson hisoblanadilar.
Yo’q undaymas deyishingiz mumkin.
Siz buni sezmaysiz, chunki hech qaysi sevgan odam o’z sevgilisiga qo’pol muomalada bo’lmaydi.
Yoki bo’lmasa havorangdir?! Agar shunday bo’lsa, siz bahtiyor insonsiz, chunki sizning yoringiz juda ham mehribon insonlar toifasiga kiradilar.
Agarda kulrang (seriy) bo’lsachi, bunday hollarda unutmangki ular juda rashkchilar.
Ayhan shunday, o’ta rashkchi insondirlar! Shunga yarasha muomala qilmasangiz rashk qilib hatto siz bilan tortishish hollarigacha borishlari mumkin! Ana endi oramizda eng ko’p uchraydigan rang — jigarrangga keldik.
Ko’zi shu rangda bo’lgan insonlar biroz qaysarroq, asabiyroq va albatta eng go’zal insonlar toifasiga kiradilar.
Va eng so’nggi malumot.
Siz uchun qadrli bo’lgan insonning ko’zlari qora bo’lsachi, sizga havas qilsa bo’ladi, chunki siz sevgan inson vafodor insonlar qatoriga kiradi
100% tog’ri emas!
Zero ular biz haqimizda so’zlardan ham ko’proq ma’lumort berishga qodirlar.
To’q rangdagi ko’z egalari o’ziga ishongan va kuchli, och ranglilar esa ko’proq kamtar, uyatchan bo’lishar ekan.Qora ko’z
— Bu juda energetik insonlar demakdir.
O’ziga juda talabchan, tinch turmaydigan, his — tuyg’ularga beriluvchan bo’lishadi.
Ular faqatgina o’zlariga emas, balki atrofdagilarga nisbatan ham talabchan bo’lishadi.
Shuning uchun ham ko’pincha ular orasida kelishmovchiliklar, tushunmovchiliklar va kichik janjallar bo’lib turishi ehtimoli mavjud.
Yo’q joydan arzimagan narsaga arazlashga moyil.
Juda tavakkalchi, serharakat insonlar toifasi.
Diqqat markazida bo’lishni xush ko’radilar va qarorlarni tezda qabul qiladilar.
Afsuski, shu sababli ular ko’pincha noto’g’ri bo’lib chiqadi.Jigarrang rang ko’z
— ushbu rangdagi ko’z egalari insonni o’ziga tortuvchan, aqlli, his — tuyg’uli To’q jigarrang rang- o’zi ko’ringanidek janjalkash, ammo barcha arazlarni tezda unutuvchan bo’lgan insonlarga xos.
Tavakkalchi.
Atrofdagilar bilan tez chiqishib ketadigan, xushmuomala bo’ladilar.
Biror narsani sevsalar bir umrga, yoki aksincha biror narsadan nafratlansalar hech qachon unutmaydilar.
Rang qanchalik to’q bo’lsa, ushbu xislatlar shuncha kuchli bo’ladiOch jigarrangrangdagi ko’z
— egalari (yong’oqrang) hamma narsani ham o’z kuchlari bilan hal qila olmaydigan(rang qanchalik och bo’lsa ushbu sifat kuchliroq bo’ladi), orzularga beriluvchan homhayol insonlar kiradi.
Birdamlikka va tinchlikka intiluvchan, mehnatni juda sevadigan, serharakat toifa.
Bu turdagi odamlarga bemalol ishonish mumkin.
Hech qachon ishonchni poymol qilishmaydi.
«Yong’oqranglilar» — mustaqil bo’lishni sevishadi.
Birov ularga qandaydir ozor beradigan bo’lsa anchagacha esdan chiqarishmaydi, ya’ni «qora xotira» juda yaxshi faoliyat ko’rsatadiJigarrang yashil ko`z
— Juda dono, ayni paytda yuvosh va kam harakat toifa.
O’z atroflarida katta suhbatdoshlar doirasini yig’ishlari va ularni chin dildan eshitishlari boshqalarni ushbu insonlarga yaqinlashtiradi.
Oldiga qo’ygan maqsadlarini doimo oxirigacha amalga oshirmasdan qo’yishmaydi.
Sevgida ham, do’stlikda ham birdekYashil rangdagi ko’z egalari
— oldiga qo’ygan maqsadlariga qattiq harakat qiladigan, prinsipial, juda ham tartibli bo’lishar ekan.
Barcha narsani oxiriga yetkazib, maromiga qo’yib bajarishni xush ko’rishadi.
Atrofdagi narsalarga haqiqiy real ko’z bilan qarashadi.
Qiyinchiliklardan umuman xadiksirashmaydi, hayotda o’zlariga va boshqalarga talabchan bo’lishgani sababli hayotdagi juftlarini topishlari ko’p vaqt talab etadi.
Ammo sevgan insonini benihoya qadrlaydilar.
Ishonchli do’st va yaxshi hamsuhbat.Yashil — kul rang.
Hayotga real ko’z bilan qaraydigan, sodir bo’layotgan hodisani yaxshi his qila oladigan insonlar.
Mehnatkash, yaxshi maslahatdosh, sabrli, muammolarni o’z vaqtida hal qiladigan turkum vakillari.
Adolatsizlikka umuman toqatlari yo’q, hayotda ko’pincha bir marta sevadilar va bu sevgi yuraklarida bir umr muhrlanib qoladi.
Dushmanlariga nisbatan o’ta qattiqqo’l va tajovuzkor bo’ladilar.Kul rang ko’zlilar
— haqiqiy mehnatsevarlar, zehni o’tkir insonlar.
Bunchalik yuqori darajadagi zehn sohibi bo’lishlariga qaramasdan intuitsiya rivojlanmagan bo’lar ekan.
Turli xil muammolarni paydo bo’lishi bilanoq tezda bartaraf etishga tirishadilar.
«Kul rang ko’zlilar» halol, halollikni xush ko’ruvchi, mehribon va ishonchli odamlar.Havo rang ko’z sohiblari
— orzularga beriluvchan, romantik, his- tuyg’u kuchli insonlar.
Ularda ham «qora xotira» yaxshi ishlaydi, ko’z yoshlar bilan ularni ko’nglini yumshatib, yoki aldab bo’lmaydi.
Barchani yurakka yaqin oladilar, maqsadi sari jon — jahdi bilan harakat qiladilar.
Yuvosh ammo bir xillikni umuman yoqtirishmaydi, sevgi bobida ham xuddi shunday xilma — xillikni xush ko’radilar.
Rassomlik, haykaltaroshlik, aktyor, yozuvchilikva boshqa sohalarda ham g’oyat iqtidorli bo’ladilar.To’q — havo ranglilar
— melanxoliyaga moyil, kayfiyati beqaror, injiq insonlar toifasi.
Ko’z rangi fel-atvordan so’zlaydi!