MА’MURIY HUQUQ VА PROTSESS

MА’MURIY HUQUQ VА PROTSESS

Davlat xizmatchilari mansabdor shaxslar mutaxassislar yordamchi xodimlar

2 MAVZU Mamuriy huquq asoslari REJA 1 Mamuriy

TAYANCH SO’ZLAR Ма’muriy huquq Administration law Ma’muriy-huquqiy munosabatlar Administratively – legal relations Davlat boshqaruvi The government Ma’muriy huquqbuzarlik Administrative offences Ma’muriy javobgarlik Administrative responsibility Ma’muriy jazo Administrative punishment Jarima The penalty

Ma’muriy huquq tushunchasi Davlat organlarining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishda paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabat larni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidir.

Ma’muriy huquqiy munosabatlar Davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonida kelib chiqadigan va ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardir.

Davlat boshqaruv organi – davlat apparatining bir qismi bo’lib, o’ziga yuklatilgan vakolatlar doirasida ijro etish va farmoyish berish faoliyatini davlat nomidan xalq xo’jaligi, ijtimoiy-madaniy hayot va ma’muriy -siyosiy faoliyat sohalarida amalga oshiruvchi tashkilotdir.

Davlat xizmati Davlatga tegishli vazifa funktsiyalarni bajarish maqsadida davlat organlari xizmatchilari tomonidan kasb asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatidir

Davlat xizmatchilari mansabdor shaxslar mutaxassislar yordamchi xodimlar

Ma’muriy huquqbuzarlik Qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.

Ma’muriy javobgarlik Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlik uchun davlat tomonidan qo’llaniladigan majburlov chorasi bo’lib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo’llanilishida ifodalanadi.

Jarima Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish Ma’muriy jazo turlari Ma’muriy qamoqqa olish Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan mahrum etish

Ma’muriy jazo Javobgarlikka tortish asosi bo’lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o’zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar 1) aybdorning o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymon bo’lishi 2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to’lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi; 3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og’ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi 4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi 5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi 6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o’n to’rt yoshgacha bo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi

Ma’muriy javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlar 1) g’ayrihuquqiy harakatlarni to’xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo’yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish 2) ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o’sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi 3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish 4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi 5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi 6) huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi

MА’MURIY HUQUQ VА PROTSESS

Darslik Ma’muriy huquq va protsessning boshlang’ich tushunchalariga bag’ishlangan bo’lib, talabalarda ma’muriy huquqning yangi tushunchasi asosida ma’muriy organ, ma’muriy tartib-taomil, ma’muriy ish yurituvi, ma’muriy hujjat, shuningdek ma’muriy huquqiy munosabat bilan bog’liq bo’lgan boshqa masalalarni yoritib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Darslik yuridik kollej talabalariga mo’ljallab tayyorlangan.

Specifications

  • Mualliflar: B. Musaev, D. Аrtikov, B.Qosimov
  • Primary Category:Yurisprudentsiya
  • Turi: Darslik
  • Til: O`zbek
  • Nashr yili: 2020
  • Nashriyot: Toshkent
  • Sahifalar soni: 158
  • Havola:https://213.230.96.51:8090/files/ebooks/Yurisprudentsiya/M%D0%B0%E2%80%99muriy%20huquq%20v%D0%B0%20protsess.pdf

Qiziqarli malumotlar
MА’MURIY HUQUQ VА PROTSESS