География дарсларида инновацион ва педагогик технологиялардан фойдаланиш”

География дарсларида инновацион ва педагогик технологиялардан фойдаланиш”

– o’qituvchi hamma o’quvchilarga alohida–alohida tarqatma material beradi va o’quvchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganib chiqishlarini so’raydi;

Maktablarimizda geografiya fani sentyabrdanoq innovatsion darslik yordamida o‘tiladi

Joriy yilning sentyabr oyidan, ya’ni yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy maktablarning 8-sinf o‘quvchilariga geografiya fani innovatsion darslik yordamida o‘tiladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, darslik O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimi Jahongir Musayev tomonidan yaratilgan bo‘lib, kitob sahifalarida o‘rin olgan QR-kodlar orqali turli qiziqarli (xarita, diagramma, infografika, audio, video, matn ko‘rinishidagi) ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Vazirlik axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, avvallari darsliklardagi illyustratsiyalar asosan foto-rasmlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular o‘rnini turli diagrammalar, xarita-chizmalar egalladi. So‘nggi 2 yil ichida esa darsliklarga infografikalarni joylashtirish boshlandi. Albatta, bu kabi o‘zgarishlar darslikni o‘qimishliligini oshiradi va darslik sahifalari ixchamlashadi. Eng muhimi o‘quvchida qiziqishni ortadi. Ayni paytda axborot-texnologiyalarni ildam rivojlanishi, QR-kod belgilarni kashf etilishi bosma nashrlarga elektron resurslarni bog‘lash imkoniyatini yaratmoqda.

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun darsliklar 5 yilda bir marotaba nashr etiladi va qo‘shimcha adabiyotlarni chop etish uchun mablag‘ tanqisligi kuzatiladi. B muammolarni xal etish va ta’lim tizimiga zamonaviy innovatsion axborot resurslarni kiritishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 8-sinf geografiya darsligi («O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»)ga QR-kod belgisini joylashtirildi. Mazkur belgi darslikni tashkil etgan 60 mavzuga alohida alohida o‘rnatilgan bo‘lib, shu mavzuga oid qo‘shimcha internet manbalaridan foydalanish imkonini berdi.

O‘z navbatida internet resurslaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash, turli saytlardan olingan havolalarni, saytni yopilib qolishi yoki shu resursni sayt egasi tomonidan olib tashlanishining oldini olish maqsadida darslikning alohida internet sayti ishga tushirildi va internet resurslari shu saytga joylashtirildi. Mazkur jarayon darslikni nafaqat boyitdi shu bilan birga keyingi chop etilgunicha bo‘lgan o‘tadigan 5 yil davomida bo‘ladigan o‘zgarishlarni davriy ravishda internet resurslari hisobiga to‘ldirib borish imkoniyatini yaratdi.

Ma’lumot uchun, QR-kod – inglizcha «Quick Response» so‘zidan olingan bo‘lib, Quick – tez, Response – javob, ya’ni «tezkor javob» ma’nosini bildiradi. Bitta QR-kod o‘rtacha 7089 ta raqam, 4296 ta raqam harf, ikkilik sanoq sistemasiga 2953 bayt yoki 1817 ta iyerogliflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda QR-kod – bu maxsus tarzdagi kodlardan iborat bo‘lgan, qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko‘rinishdagi tasvirdir. Unda oddiy matn, audio yozuvlar, video roliklar, 3D formatdagi shakllar va boshqa shu kabi internet resurslari bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko‘rinishdagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o‘qish imkoniyatini beradi. Buning uchun bor-yo‘g‘i telefon kamerasini QR-kodga yo‘naltirgan holda, maxsus ilova orqali kodni o‘qish lozim bo‘ladi.

Shuningdek, 8-sinf texnologiya fani darsligi 16 ta amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan QR-kod belgilari bilan chop etilmoqda, bu orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarning video tasvirini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kelgusida boshqa darsliklarga ham QR-kod belgisini o‘rnatish va shu orqali internet resurslariga bog‘lash mumkin va ularni bitta saytda jamlash (masalan, xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti – uzedu.uz yoki portali http://eduportal.uz’ga) doimiy to‘ldirib borilishi mumkin.

Mazkur loyihani amalga oshirilishi bosma darsliklarni internet resurslariga bog‘lash, o‘quvchilarni qo‘shimcha qiziqarli yangiliklardan matn, audio, video shakllarida xabardor qilib turish, bosma nashrlarga sarf bo‘layotgan mablag‘larni iqtisod qilish, ularni elektron resurslar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi.

“география дарсларида инновацион ва педагогик технологиялардан фойдаланиш”

Hozirgi kunda taxlim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, extibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha anxanaviy taxlimda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilganligidir. Zamonaviy texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Taxlim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi.

SHuning uchun umumiy o’rta taxlim maktablarida o’quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini taxminlashda zamonaviy o’qitish metodlari – interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir.

“Innovatsiya” so’zi inglizcha “inn’vati’n” so’zidan olingan bo’lib, yangilik kiritish, yangilik degan maxnolarni anglatadi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo’lib fikrlash demakdir. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

  • o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
  • o’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini taxminlanishi;
  • o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
  • hamisha pedagog va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish o’qituvchi va o’quvchining hakorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, yaxni texnologiyaga bog’liq.

O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikda maqsaddan natijaga erishish uchun qanday texnologiyani tanlashlari ularning ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompgyuter bilan ishlash lozimdir, balkim filgm, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bularning qay birini tanlash o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq.

SHu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirib olish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o’qitishning texnik vositalarini, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishni hisobga olsagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.

O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchi tomonidan bo’lajak darsning texnologik kartasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik kartasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan fanning xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

Bunday texnologik kartani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psihologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar va usullarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik kartasiga bog’liq.

Darsning texnologik kartasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik karta qanday tuzilgn bo’lmasin, unda jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik kartada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi.

Quyida geografiya fanidan 6-sinflarda «Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar» mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik kartasini misol tariqasida keltirilmoqda.

Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar tomonidan yakka holda va guruh bo’lib o’zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash

Geografik xaritalarning tasnifi.

Geografik atlaslar taxrifi, tasnifi va xususiyatlari.

Forma: amaliy dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash.

Vosita: globus, xaritalar va tarqatma materiallar: matnlar, rasmlar.

Usul: tayyor yozma materiallar, xaritalar va chizmalar asosida.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida.

Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilar faolligini oshiradi, ularning tasavvurini kengaytiradi. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir vaqtning o’zida ko’pchilik o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi.

Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p maxlumotlarga ega bo’ladi, tasavvuri kengayadi.

Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Qo’shimcha materiallar yig’ish. Qo’shimcha adabiyotlar o’qish. Pedagogik mahoratni oshirish.

Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganish. O’z fikrini ravon bayon qila olish. SHu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topish, ularni o’rganish. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.

O’qituvchi tomonidan har bir mavzu, har bir dars bo’yicha tuzilgan shu kabi texnologik karta unga o’z fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishga (bir chorak, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishilgan natijasigacha ko’ra olishga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik kartani o’quvchining imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida taxlimning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o’qitish samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.

«BLITS – O’YIN» TEXNOLOGIYaSI
Texnologiya haqida qisqacha maxlumot
Ushbu texnologiya o’quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, maxlumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o’quvchilar o’zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o’tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to’liq sharot yaratib beradi.

Maqsad: Ushbu texnologiya o’quvchilarga tarqatilgan qog’ozlarda ko’rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so’ngra o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish yoki fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo’la olishga yordam beradi.

O’tkazilish texnologiyasi
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi:

1 – bosqichda:

– o’qituvchi ushbu dars bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida o’quvchilarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, o’quvchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;

– o’qituvchi hamma o’quvchilarga alohida–alohida tarqatma material beradi va o’quvchilardan ushbu materialni sinchiklab o’rganib chiqishlarini so’raydi;

– o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, yaxni tarqatma materialda berilgan maxlum bir sondagi (misol uchun 13 ta) harakatning ketma-ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozdagi alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;

– qo’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.

2 – bosqichda:

– o’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir o’quvchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi yoki qaytadan tushuntiradi;

– har bir o’quvchi tarqatma materialdagi “Yakka baho” bo’limiga shu yerda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, yaxni berilgan 13 harakatdan uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun o’qituvchi tinlovchilarga 5 daqiqa vaqt beradi.

3 – bosqichda:

– o’qituvchi o’quvchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi (3 kishilik guruhlar o’quvchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin);

– kichik guruhlarda o’quvchilarning har biri o’z qog’ozidagi “Yakka baho” bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan tortishib, bahslashib, bir-birlariga taxsir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqim qarorga kelib, ularga tarqatilgan qog’ozdagi “Guruh bahosi” bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.

– o’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir o’quvchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.

4 – bosqichda:

– barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, yaxni o’quvchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan “To’g’ri javob” bo’limini topishni va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi.

5 – bosqichda:

– O’qituvchi “To’g’ri javob” bo’limida berilgan raqamlar bilan “Yakka baho” bo’limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha) solishtirishni va agar bu raqamlar mos kelsa, “Yakka xato” bo’limiga “+” belgisini qo’yishni, mos kelmasa “-” belgisini qo’yishni so’raydi. “Yakka xato” bo’limidagi “+” belgilari sonini yuqoridan pastga qarab sanab chiqib, umumiy sonini yozib qo’yish kerakligini uqtiradi.

6 – bosqichda:

– Xuddi shu tartibda “To’g’ri javob” va “Guruh bahosi”dagi raqamlarni solishtirib chiqilib, “Guruh xatosi” bo’limi “Yakka xato” bo’limi kaba to’ldiriladi. So’ngra yuqoridan pastga qarab “+” belgilari soni sanab chiqiladi va umumiy son yozib qo’yiladi.

7 – bosqichda:

– O’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.

«Yakka xato» bo’limi va «Guruh xatosi» bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi:

o’quvchilarning (guruhning) javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «To’g’ri javob» ning 1-25 % iga to’g’ri kelgan bo’lsa, demak, “1” ball, 26-50 % iga to’g’ri kelsa “2” ball, 51-75 % iga kelgan bo’lsa «3» ball, 76-99 % iga to’g’ri kelgan bo’lsa «4» ball, 100% to’g’ri kelgan bo’lsa «5» ball deb baholash mumkin.

8 – bosqichda:

– Misol tariqasida «Janubiy Amerika davlatlarini ularning maydon kattaliklari bo’yicha tartiblang » mavzusidagi blits – o’yining chizmasini keltirishimiz mumkin. (har bir o’qituvchi o’tayotgan yoki o’tgan mavzusi asosida blits-o’yin shaklidan foydalanib, o’yin mazmunini ishlab chiqishi mumkin);

– O’qituvchi darsini yakunlaydi. Guruhlarning baxzilariga, ularning faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi. Unda o’qituvchi ularni nimalarga o’rgatganini, ularning shu dars orqali nimalarni bilib olishganlari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi.

Tarqatma materiallarning namunaviy nusxasi
BLITS – O’YIN
« Janubiy Amerika davlatlarini ularning maydon kattaliklari bo’yicha tartiblang»

Qiziqarli malumotlar
География дарсларида инновацион ва педагогик технологиялардан фойдаланиш”