Matematika 10 Sinf
Bu hastalığın aleyküm kanalımıza Bu nasıl araba kızlar bugün sınıf. İ bu topla hoş toplamak adet şimdi. Toplam toplam.
Matematika fani O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Matematika fanini o‘rganish bosqichlari
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
O‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Matematika o‘quv fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
kompleks sonlarni o‘z ichiga olgan sodda sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni bajara oladi;
o‘rganilgan turlardagi tenglamalar va tengsizliklarni hamda ularning sistemalarini aniq va taqribiy yecha oladi;
turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlay oladi, elementar funksiyalar grafiklarini tasvirlay oladi;
murakkab bo‘lmagan vaziyatlarda differensial va integral hisob usullaridan foydalana oladi;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi, sodda geometrik tasdiqlarni isbotlay oladi;
sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
mulohazalar va predikatlar hisobi, to‘plamlar nazariyasi, kombinatorikaga oid amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi.
sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi;
nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi;
sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha oladi;
kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi.
2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
murakkab bo‘lmagan hodisa va jarayonlarni matematik modellashtira oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va amaliy masala yechishda qo‘llay oladi;
standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.
nostandart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.
МАТЕМАТIКА
FANIDAN O‘QUV DАSTURI
(10-11-sinflar uchun)
UQTIRISH XATI
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi.
Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish,
fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish – davr talabi.
Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Matematika fanini o‘qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo‘lib, bunda o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishni orttirish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Ayrim hollarda amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarning yechimi darhol topilmasdan, bir nyecha bor urinishlar natijasidagina aniqlanilishi mumkinligi, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Eng asosiysi, bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarda natijaga erishilganlik, yechim yo‘lining go‘zalligi va noan’anaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashi ahamiyatga ega.
Shuningdek, matematik masalalarga o‘qitishning vositasi sifatida quyidagicha yondashish mumkin:
Masalaga an’anaviy yondashish usuli: Tayyor masala shartlarini tahlil qilish ® Masala yechilishining usulini aniqlash ® Yechish jarayoni ® Olingan natijani etalon javob bilan formal solishtirish.
Masalaga muammo sifatida yondashish usuli: Muammoli vaziyatni tahlil qilish ® Muammo qo‘yilishi ® Yetishmaydigan ma’lumotlarni izlash va gipotezalarni (ilmiy taxminlarni) shakllantirish ® Gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo‘lish ® Muammoni masalaga aylantirish ® Masala yechilishining usulini izlash ® Yechish jarayoni ® Olingan natijani tekshirish ® Yechimning to‘g‘riligini asoslash.
An’anaviy yondashishda o‘quvchining masala yechish bilan bog‘liq o‘quv faoliyati reproduktiv xarakterga ega bo‘lib, u o‘zini bajaruvchi sifatida namoyon etadi. Buning sababi, an’anaviy yondashuvda tadqiq etish elementlari faqat masala shartlarini tahlil qilgandagina namoyon bo‘ladi. Standart masalalarni yechish –tabiati nostandart bo‘lgan, kundalik hayotda kam uchraydigan masalalarni yechishga aylangan. Shuning uchun ham ayrim o‘quv va ayniqsa, amaliy masalalarga muammoli masala sifatida yondashish lozim. Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics – fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning boshlang‘ich tushunchalarini va metodlarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va h.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.
Darslik mualliflari va dars berayotgan o‘qituvchilar modellashtirishga oid masalalarni tanlashi uchun quyidagi jadvalni keltiramiz.
Tatbiqlar | Matematik tushunchalar |
Kinematika va dinamika (jumladan, erkin tushish, tezlanish bilan harakat, to‘qnashishlar, garmonik tebranishlar) | Funksiya, vektor, trigonometriya, koordinatalar, hosila, integral |
Maqbullashtirish masalalari (jumladan, kuchning maksimumi, yuzning minimumi) | Tengsizlik, chiziqli tenglamalar sistemalari, matematik tahlil |
Elektr toki | Kompleks sonlar, hosila, integral |
Aholining o‘sishi, radioaktiv yemirilish, moddaning isishi va sovushi | Ko‘rsatkichli funksiya |
Moliyaviy matematika (jumladan, bank ishi, sug‘urta ) | Ketma-ketliklar va qatorlar, funksiyalar, hosila va integral, tasodifiy miqdorlar |
Savdo-sotiq matematikasi (jumladan, iste’molchilar, tovarlar) | Tasodifiy miqdorlar |
Tibbiy tadqiqotlar | Tasodifiy miqdorlar |
Matematika fanini o‘qitishning maqsadi hamda vazifalari
O‘rta ta’limida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
O‘rta ta’limi muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda matematika orqali o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya:
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi;
matematik ta’riflarini va teoremalarni yoddan ifodali ayta oladi.
mantiqiy qonunlar asosida keng qamrovli, mantiqiy asoslangan mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi;
mantiqiy asoslangan fikr yuritib, muloqot olib bora oladi;
mavzudan kelib chiqqan holda, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va ravshan ifodalay oladi, mantiqiy to‘g‘ri savollarni tuza oladi va ularga javob bera oladi;
muammo va tushunmovchiliklarni hal etish uchun to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
tavsiya etilgan mediamanbaalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa oladi.
mustaqil ravishda axborotlarni izlay oladi, tizimga sola oladi, tahlil qila oladi, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini ajrata oladi;
axborot resurslaridan topilgan axborotlarni tanqidiy o‘rganib, ular asosida fikrlarini asoslay oladi va to‘g‘ri qaror qabul qila oladi;
matematik modellarni tahlil qilish va matematik masalani yechish uchun tavsiya etilgan axborot-kommunikasiya vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va forumlaridan, simvolik hisob-kitob kompyuter dasturlaridan (Maple, MathCad va h.k.) foydalana oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
mustaqil ravishda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi;
matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita oladi;
isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay oladi, o‘z fikrini dalillay oladi;
o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi;
masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘ri bajara oladi;
o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi;
yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi;
olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta oladi;
qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi, ko‘zlagan maqsadga intila oladi ;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar va jarayonlar umumiy xossalarini va qonuniyatlarini topa oladi, gipotezalarni taklif eta oladi va uni tekshirish zarurligini tushuna oladi;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay oladi;
real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira oladi;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi.
nostandart vaziyatlarini tahlil qila oladi, maqsadlarni belgilay oladi, o‘zining faoliyatini regalashtira oladi;
o‘zining shaxsiy pozisiyasiga asoslanib noaniq hollatlarda o‘z o‘rnini topa oladi;
analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi;
muammoning yechimi olib keladigan asosiy g‘oyani topa oladi;
deduktiv mushohada yuritishning asosiy usullaridan foydalana oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
guruhda ishlash faoliyatini tashkil eta oladi, bajariladigan ishlar taqsimotiga asosan boshqara oladi;
boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi va uni tanqid qila oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi va guruhda ishlay oladi;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila oladi;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta oladi.
o‘z maqsadlarni belgilay oladi va ularni boshqa insonlarning intilishlariga moslashnira oladi;
qo‘yilgan maqsadga muvofiq o‘zining faoliyatini rejalashtira oladi;
turli vaziyatlarda mas’uliyatli qaror qabul qiladi va shu qarorni bajarilishini tam’inlay oladi;
umumiy masalani yeshish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira oladi va bu loyihaning bajarilishini nazorat qila oladi;
turli nuqtayi nazarlarni tanqid qila oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
matematika umuminsoniy madaniyatning bir qismi ekanligini asoslab bera oladi;
zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushuntira oladi;
real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi va bu usullar samarali ekanligini tushuna oladi;
matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish, irodali bo‘lish va maqsadga erishishi uchun matonatlilik kabi xislatlarni hosil qilish nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera oladi ;
matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushuntira oladi.
matematikaning har bir shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirish nuqtayi nazaridan ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;
matematik modellashtirish tevarak-atrofimizni anglashda muhim qurol ekanligini tushuntira oladi;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi ;
ko‘zla g an maqsadga intila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
o‘rganilayotgan formulalar bo‘yicha murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, tenglama va tengsizliklarni yechishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.
matematik nazariyalar aksiomatik tizimlari, aksiomalar mantiqiy mavqega ega ekanligi, aniqlanadigan va aniqlanmaydigan tushunchalar, qoida va teoremalar haqida tushuntira oladi;
matematik modellashtirish, aksiomatik usulning ahamiyatini tushuntira oladi;
kundalik vaziyatlarda ro‘y beradigan turli muammolarni hal etish uchun matematik tafakkur yurita oladi;
aniq va tabiiy fanlarda, iqtisodiyotda, gumanitar tadqiqotlarda matematik modellashtirish usulining mohiyatini tasavvur qila oladi.
Shuningdek, matematika fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Matematika mazmuniga oid kompetensiyalar:
kompleks sonlarni o‘z ichiga olgan sodda sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va ayniy almashtirishlarni bajara oladi;
o‘rganilgan turlardagi tenglamalar va tengsizliklarni hamda ularning sistemalarini aniq va taqribiy yecha oladi;
turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlay oladi, elementar funksiyalar grafiklarini tasvirlay oladi;
murakkab bo‘lmagan vaziyatlarda differensial va integral hisob usullaridan foydalana oladi;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi, sodda geometrik tasdiqlarni isbotlay oladi;
sodda tasodifiy hodisalarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
mulohazalar va predikatlar hisobi, to‘plamlarga, kombinatorikaga oid amaliy va o‘quv masalalarni yecha oladi.
sonlar nazariyasiga oid masalalarni yecha oladi;
nostandart tenglama va tengsizliklarni yecha oladi ;
sodda funksional va differensial tenglamalarni yecha oladi ;
o‘rganilgan yassi va fazoviy figuralar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yecha oladi;
kombinatorikaga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini qura oladi va tahlil qila oladi;
sodda amaliy vaziyatlarni graflar yordamida modellashtira oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
murakkab bo‘lmagan hodisa va jarayonlarni matematik modellashtira oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv va amaliy masala yechishda qo‘llay oladi;
standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.
nostandart vaziyatlarda klassifikasiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va iduksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi.
ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARI
(102 soat, haftasiga 3 soat. B1+: 34 soat, haftasiga 1 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi;
matematik ta’riflarini va teoremalarni yoddan ifodali ayta oladi.
mantiqiy qonunlar asosida keng qamrovli, mantiqiy asoslangan mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi;
mantiqiy asoslangan fikr yuritib, muloqot olib bora oladi;
mavzudan kelib chiqqan holda, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va ravshan ifodalay oladi, mantiqiy to‘g‘ri savollarni tuza oladi va ularga javob bera oladi;
muammo va tushunmovchiliklarni hal etish uchun to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi;
berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa oladi.
mustaqil ravishda axborotlarni izlay oladi, tizimga sola oladi, tahlil qila oladi, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini ajrata oladi;
axborot resurslaridan topilgan axborotlarni tanqidiy o‘rganib, ular asosida fikrlarini asoslay oladi va to‘g‘ri qaror qabul qila oladi;
matematik modellarni tahlil qilish va matematik masalani yechish uchun tavsiya etilgan axborot-kommunikasiya vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va forumlaridan, simvolik hisob-kitob kompyuter dasturlaridan (Maple, MathCad va h.k.) foydalana oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
mustaqil ravishda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi;
matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita oladi;
isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay oladi, o‘z fikrini dalillay oladi;
o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi;
masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘ri bajara oladi;
o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi;
yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi;
olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta oladi;
qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi, ko‘zlagan maqsadga intila oladi ;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar va jarayonlar umumiy xossalarini va qonuniyatlarini topa oladi, gipotezalarni taklif eta oladi va uni tekshirish zarurligini tushuna oladi;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay oladi;
real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira oladi;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi.
Matematika 10 sinf
Koʻrsatkichli funksiya va uning grafigi haqida videorolik. tomosha qiling va oʻrganing. 10-sinf algebra darsligi-2022 .
10-sinf ALGEBRA | Kvadrat funksiya va uning grafigi. 1-QISM
Просмотров 4,1 тыс. 5 месяцев назад
#KOMILINSONUCHUN #Yangidarslik #Algebra #Matematika.
10-“A” SINFI BILAN ALGEBRA FANIDAN OCHIQ DARS
Просмотров 4,9 тыс. Год назад
SURAYYO BOYMURODOVA.
Ko’rsatkichli tenglamalarni yechish. 10-sinf matematika. #math, #maths #tenglama
Просмотров 1,1 тыс. 5 месяцев назад
Ko’rsatkichli tenglamalar va ularni yechishni birgalikda o’rganamiz. Koʻrsatkichli tenglamalarning yechish usullari. #tenglama .
24. Logarifm haqida tushuncha. Logarifmik funksiya grafigi.( ALGEBRA 10 sinf)
Просмотров 25 тыс. 2 года назад
Logarifm haqida tushuncha. Logarifmik funksiya grafigi Logarifm (yun. logos – nisbat va – son) – musbat sonlar toʻplamida .
Toʻplam tushunchasi, qism toʻplam. 10-sinf matematika. #math #toʻplam
Просмотров 1,5 тыс. 6 месяцев назад
10-sinf algebra darsidagi 1-mavzu. Toʻplam tushunchasi va qism toʻplam. darsda foydalanish uchun qulay videorolik.
1. To‘plamlar va ular ustida amallar. ALGEBRA 10 sinf | MATEMATIKA
Просмотров 52 тыс. 2 года назад
To’plamlar va ular ustida amallar. Bu matematika video darsimiz orqali siz 10 sinf algebra darsligidagi To’plamlar va ular ustida .
10-sinf algebra 1-dars. To’plamlar haqida tushuncha. To’plamlar ustida amallar.
Просмотров 3 тыс. Год назад
Bu hastalığın aleyküm kanalımıza Bu nasıl araba kızlar bugün sınıf. İ bu topla hoş toplamak adet şimdi. Toplam toplam.
2021 yil viloyat olimpiadasi 10-sinf matematika fanidan yozma ish yechimlari
Просмотров 486 3 месяца назад
2021 yil viloyat olimpiadasi 10-sinf matematika fanidan testlar yechimlari
Просмотров 311 3 месяца назад
İlk kez 2 yerde yani anneniz ilk kez virüs ittifakı yani eksi olarak da oynayan ikaz yaması kaldı 10 ilk kez plus 2. Koltuklu.
Moliyaviy matematika elementlari – Murakkab foizlar. Algebra 10-sinf. 14-dars
Просмотров 3,7 тыс. 2 года назад
Algebra 10 sinf. Matematika darslari. Foiz. Foizlar. Murakkab foizlarni hisoblash va balansni topish. Darslarni tayyorlashda .
2. Mulohazalar. Inkor, konyunksiya, dizyunksiya. ALGEBRA 10 sinf
Просмотров 18 тыс. 2 года назад
Mulohazalar. Inkor, konyunksiya, dizyunksiya. Bu matematika video darsimiz orqali siz 10 sinf algebra darsligidagi mulohazalar .
Toʻplamlarning birlashmasi va kesishmasi. 10-sinf matematika. #math #10_sinf
Просмотров 437 5 месяцев назад
10-sinf algebra fanidan Toʻplamlar ustida amallar mavzusi uchun videorolik. Birgalikda oʻrganing. #10-sinf #matematika #math .
MURAKKAB FUNKSIYA. 10-SINF ALGEBRA
Просмотров 972 3 месяца назад
10-sinf algebra kursidagi murakkab funksiyaga doir masalalar yechimi keltirilgan #murakkab_funksiya #math #algebra #funksiya .
4. Implikatsiya, konversiya, ekvivalensiya, inversiya, kontrapozitsiya. Algebra 10 sinf
Просмотров 8 тыс. 2 года назад
Implikatsiya, konversiya, ekvivalensiya, inversiya, kontrapozitsiya. Bu matematika video darsimiz orqali siz 10 sinf algebra .
Respublika olimpiadasining tuman bosqichida tushgan matematika savollarining tahlili (10-sinf)
Просмотров 796 Год назад
Ushbu savollarni Registon Uchtepa filiali matematika fani o’qituvchisi Shahboz Yunusov tahlil qilib berdilar. Yuqoridagi testlar pdf .
Qiziqarli malumotlar
Matematika 10 Sinf