Ona tili va adabiyot fanidan ko’rgazmalar

Ona tili va adabiyot fanidan ko’rgazmalar

3. Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. –T.: O‘qituvchi, 2002, -290 bet.

Ona tilini mukammal o‘rganish faqat fanga ajratilgan soatga bog‘liqmi. XDP deputati munozaraga qo‘shildi

Ona tili hammamiz uchun muqaddas. Agar u muhokama, munozara mavzusiga aylansa, tomoshabin bo‘lib turishga haqqimiz yo‘q. Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasida “Ona tili” faniga ajratilgan soatlarning qisqartirilishi masalasi bilan bog‘liq turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Ayrim partiyalar vakillari bu mavzu hammaning ko‘ngliga yaqinligini bilib, shovqin ko‘tarib, o‘zini ko‘rsatishga urinayotgani, to‘g‘risi, menga ma’qul emas.

Mazkur masalaning dolzarbligini hisobga olib, Xalq demokratik partiyasining faollari bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasi va loyiha sifatida taqdim etilgan o‘quv dasturi bilan yaqindan tanishib chiqdik. Chunki “Ona tili” fanini o‘qitishning me’yoriy va metodologik asoslarini tahlil qilmasdan turib, shoshilinch fikr bildirib bo‘lmaydi.

O‘rganish jarayonida qanday masalalarga duch keldik?

Birinchidan, xalq ta’limi vazirining 2020 yil 25 fevraldagi 52-sonli buyrug‘i 1-ilovasi bilan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi” tasdiqlangan. Tayanch o‘quv rejada ona tili va adabiyot fani uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari quyidagicha taqsimlangan:

– 1 sinfda o‘quv yilining 1-2 choraklarida haftasiga 4 soat “Alifbe”, 4 soat “Yozuv”, 3-4 choraklarda 4 soat “Ona tili” va 4 soat “O‘qish” fani;

– 2-4 sinflarda haftasiga 4 soat “Ona tili” va 3 soat “O‘qish” fani;

– 5-6 sinflarda haftasiga 3 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani;

– 7-9 sinflarda haftasiga 2 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani;

– 10-11 sinflarda haftasiga 1 soat “Ona tili” va 2 soat “Adabiyot” fani o‘qitiladi.

Agar o‘quv reja tahliliga e’tibor qaratilsa, haftalik eng ko‘p o‘quv soati (57 soat) ona tili va adabiyot faniga ajratilgan. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili”ga doir nutqiy, lingvistik va matn bilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish oson hamda samarali amalga oshadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflarda integrallashgan mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quv topshiriqlarining ishlab chiqilishi o‘quvchilarning o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yanada samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqori sinflarda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalar to‘plami (soni) oshib boradi. O‘qish va yozish ko‘nikmasiga ega o‘quvchilarning sotsiolingvistik kompetensiyalarni o‘zlashtirishi uchun soatlar hajmi emas, o‘quv materiallarining yirik bloklar asosida strukturalashtirilishi, ularda mustaqil o‘z ustida ishlash motivatsiyasini kuchaytirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta’kidlab o‘tish lozim: umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi “tilshunos” sifatida tayyorlanmaydi, u ona tilining adabiy me’yorlarini bilishi, og‘zaki va yozma nutq malakalariga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘quvchilardan fanga katta soat ajratib, grammatik qoidalarni yodlatish metodikasi o‘zini oqlamaydi. Bu holat tajribada bir necha yil sinovdan o‘tkazildi: fanga ajratilgan ko‘plab soatlar va zamonaviy talablarga javob bermaydigan o‘qitish metodikasi o‘quvchilarni ona tilida savodli gapirish va yozishdan yiroqlashtirdi. Demak, fanga ajratilgan soatlar hajmi uni o‘zlashtirishning natijaviyligini kafolatlay olmaydi.

Ikkinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining oldida oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish va kasb tanlash masalasi turadi. Ko‘pchilik ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun “Ona tili” fanidan test topshirish talab etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim amaliyoti bilan tanishish orqali mazkur masalaga ham yechim topilgani, ya’ni yuqori sinflar uchun variativ o‘quv rejalarining ishlab chiqilganligiga guvoh bo‘lindi. Variativ o‘quv rejalari asosida ta’lim olish o‘quvchiga oliy ta’lim muassasasiga tayyorgarlik ko‘rish, shu jumladan, “Ona tili” fanini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish imkonini beradi.

Uchinchidan, o‘quv dasturi loyihasi bilan tanishish Respublika ta’lim markazida yangicha yondashuv asosida “Ona tili” fanini o‘qitishning dasturiy-didaktik ta’minoti ishlab chiqilayotganligini ko‘rsatadi. Bu albatta, ijobiy holat. Dasturda “Ona tili”ni o‘qitish konsepsiyasi, maktab bitiruvchilariga “Ona tili” fani bo‘yicha qo‘yiladigan talablar, “Ona tili” fani bo‘yicha o‘quvchilarga sinflar kesimida qo‘yiladigan talablar, “Ona tili” fanini o‘qitish metodologiyasi, o‘quvchilarning ona tilida lingvistik savodxonligini baholash masalalari aniq belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur talablar asosida sinflar kesimida o‘quv dasturlari mazmuni ham yoritib berilgan. Xulosa qilish mumkinki, dastur zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Savol tug‘iladi: asosiy muammo nimada.

Uchinchidan, “Ona tili”ni o‘qitish samaradorligiga erishish uchun uning miqdoriy asoslariga emas, sifatiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

– chet tili singari ona tilini o‘rganishda ham til muhiti muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun o‘quvchini qurshab turgan muhitda ona tiliga hurmat, bolaning ko‘zi har kuni tushadigan istalgan axborot savodli yozilgan bo‘lishi, ota-onalarning til savodxonligiga e’tibor qaratish zarur;

– ommaviy axborot vositalarida o‘zbek adabiy tilida mediaxabarlar va matnlarning berib borilishini qat’iy nazoratga olish lozim. Ayrim axborot vositalarining savodsizlikni targ‘ib qilayotganligiga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Ommaga taqdim etilayotgan xabarlarning savodsiz yozilishi va tarqatilishini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi. Bu holat esa, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda;

– “Ona tili” fanini o‘qitish metodikasini rivojlantirishga juda katta mas’uliyat bilan yondashish lozim. Til o‘qitish metodikasining “sayozligi” va “no‘noqligi” uni o‘rganishga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

– umumiy o‘rta ta’limda o‘qitiladigan har qanday fan doirasida o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirish texnologiyasining qo‘llanilishi maqsadga muvofiq;

– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining nafaqat ona tili, balki barcha fan o‘qituvchilarida so‘zlashuv emas, adabiy uslubda gapirish malakasini tarkib toptirish lozim. Istalgan fan o‘qituvchisining ona tilida savodli gapirishi va yozishi o‘quvchining grammatik savodxonligiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

– bola o‘zining ona tilida ta’lim olishi zarur. Chunki o‘zining ona tilida savodxon bo‘lgan o‘quvchining chet tillarni ham savodli o‘rganishi kafolatlanadi.

Xulosa shuki, sifatni oshirish haqida o‘ylash, ta’sirchan choralar ko‘rish asosiy masala bo‘lib qolmoqda.

Mavjuda Hasanova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi

Ona tili va adabiyot fanining ishchi o‘quv dasturi

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil “24” avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 2-ilovasi) tasdiqlangan. “Ona tili va adabiyot” fani dasturi asosida tayyorlandi.

Fanning ishchi o’quv dasturi Farg’ona davlat universiteti Kengashining 2020-yil “__” avgustdagi 1-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

2020-yil “___” _________ Z.Akbarova

Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti

2020-yil “___” _________ B.Qurbonova

1. O‘quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar
Mazkur fanni o‘rganish yuzasidan quyidagi vazifalarni amalga oshirish kеrak bo‘ladi:

1. Talabalarning oliy o‘quv yurtigacha til bo‘yicha olgan bilimlariga tayangan holda, ularning til haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ixtisoslikka mos ravishda bu bilimlarni chuqurlashtira borish.

2. Talabalar olgan nazariy bilimlarini mashqlar, badiiy adabiyotimizning barcha turlari bo‘yicha mavjud turli matnlardan olingan grammatik kartochkalar, mashqlar, lisoniy tahlil qoliplari, tеst savollari yordamida mustahkamlab borish.

3. Talabalarning hozirgi o‘zbеk tili faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ularni til to‘garaklariga jalb qilish va kichik ilmiy tadqiqotlar olib borishga o‘rgata borib, yirik ilmiy ma’ruzalar qilishga yo‘naltira borish.

4. Jаhon bolаlаr аdаbiyotidа o‘zbek bolаlаr аdаbiyotining o‘rni, o‘zbek folklorining o‘zigа xos xususiyatlаri, o‘zbek vа jаhon bolаlаr yozuvchilаri ijodi, bolаlаr аdаbiyotining o‘zigа xos xususiyatlаri haqida ma’lumot berish.

5. Bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri, mаktаbgаchа, mаktаb, o‘rtа vа kаttа yoshdаgi bolаlаr kitobxonligining o‘zigа xos xususiyatlаri, bolаlаr folklori; o‘zbek vа jаhon bolаlаr аdаbiyoti durdonаlаri haqida ma’lumot berish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • o`zbek mumtoz adabiyoti vakillarining bolalarga atab yozgan asarlari;
  • o`zbek va chet el bolalar yozuvchilarining asarlari haqida tasavvurga ega bo`lishi;
  • tilshunoslikning umumiy masalalari, ona tilining fonetikasi, leksikologiyasi, grammatikasi, uslubiyati;
  • o`zbek va chet el bolalar adabiyoti vakillari hayoti va ijodi haqida bilimga ega bo`lishi;
  • fonetik, leksik, grammatik va uslubiy tahlilko`nikmalariga ega bo`lishi lozim.

Ma’ruza mashg`ulotlari multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akademguruhlar oqimi uchun o`tkaziladi. Bolalar adababiyoti bo`yicha o`tiladigan ma’ruzalarda aqliy hujum, tushuntirish, blits texnologiyalardan foydalaniladi. Hamkorlik pedagogikasining elementlaridan unumli foydalangan holda mavzularning talabalar tomonidan sifatli o`zlashtirilishiga erishiladi.

3. Amaliy mashg`ulotlar

Amaliy mashg`ulotlar har bir akadem guruhda alohida o`tkaziladi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi. Mashg`ulotlar test topshiriqlari, adabiy tahlil qoliplari, “Blits” texnologiyasi, “Lisoniy tahlil qoliplari”, “Jadvalli mashqlar” kabi texnologiyalardan foydalangan holda o`tkaziladi.

Fan bo`yicha kurs ishi. O‘quv rejаsidа mаzkur fаndаn kurs ishi yozish rejаlаshtirilmаgаn.
5. Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

  • fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtira olish;
  • fanga oid ko’rsatkichlarni tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish;
  • o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;
  • o’rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to’la baho berish;
  • tahlil natijalari asosida vaziyatga to’g’ri va xolisona baho berish;
  • o’rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish.
  • o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;
  • tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish;
  • o’rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to’la baho berish;
  • o’rganilayotgan jarayonlarni jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish.
  • o’rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to’la baho berish;
  • o’rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish.
  • qaror qabul qilish haqida umumiy biliga ega bo’lish
  • o’tilgan fanning nazariy va uslubiy asoslarini bilmaslik;
  • O’tilayotgan fan qonuniyatlarini o’zlashtirishmaslik. Bilmaslik .

Asosiy adabiyotlar
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.

2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. TDPU , Toshkent, 200 9 -yil. -240 bet.

3. Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. –T.: O‘qituvchi, 2002, -290 bet.

4. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O‘qituvchi, 2011, 260 bet.

Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

2 .Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 b.

3.Sh.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 b.

4.Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent –“O‘zbekiston” -2017.104 b.

5. 2017-2021 yillarda O’zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF 4947 sonli farmoni

6. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси – Т.: Ўзбекистон, 2014. – 46 б.

7. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – N.: Sharq, 1997

8. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

9. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.

10.R.Yunusov. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.

11.U. Tursunov, J. Muxtorov. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. «O‘zbekiston», Toshkent. 1992-yil.

12. Z. Masharipova. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. T., 2008.

Elektron ta’lim resurslari

Ona tili va adabiyot fanidan ko’rgazmalar

–>

Adabiyot [561]
Arxitektura [40]
Astranomiya [38]
Axborot [71]
Biologiya [387]
Biznes [47]
Bojxona [42]
Davlat Huquq Asoslari [4]
Dunyo din tarixi [32]
Ekologiya [109]
Estetika va Etika [30]
Falsafa [48]
Fizika [254]
Fransuz-Tili [22]
Geografiya [141]
Geometriya [6]
Huquqshunoslik [281]
Informatika [643]
Texnologiya [274]
Internet [43]
Ingliz tili [680]
Iqtisodiyot [1133]
Jahon tarixi [276]
Jamiyatshunoslik [24]
Kimyo [82]
Kasbiy Ta’lim [11]
Konsitutsiya [60]
Ma’naviyat [48]
Matematika [89]
Milliy G’oya [128]
Musiqa [2]
Nemis-tili [30]
Ona-tili [50]
Oshpazlik [39]
O’zbekiston tarixi [197]
Pedagogika [104]
Prezident Asarlari [17]
Psixologiya [149]
Rus-tili [44]
Qishloq xo’jaligi [92]
Siyosatshunoslik [25]
Soliq va Soliqga tortish [18]
Tilshunoslik [9]
Tibbiyot [64]
Turizm [172]
va Boshqalar. [332]
Sport [7]
Sxemotexnika [13]

–>

ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA VAZIFALARI RO’XATI

Yukladi: routerboy Fan: Adabiyot

Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!

Qaytish Yuklandi: 10642

  • Adabiyot fanidan savollar
  • Adabiyot fanidan takomillashtirilgan Davlat ta’lim standarti
  • Ona tili va adabiyot boshlang’ich 1-2kurs
  • 5-sinf adabiyot
  • Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida (adabiyot)
  • Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida
  • Adabiyot qoidalari
  • ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI
  • Adabiyot 1 kurs 2 semestr reja bo’yicha
  • Adabiyot janrlari
  • Adabiyot -so’z san’ati
  • Adabiyot test
  • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
  • Adabiyot
  • Adabiyot test
  • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
  • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
  • Adabiyot
  • BADIIY ADABIYOT HAQIDA TA’LIMOT
  • Istiqlol davri o’zbek adabiyot

Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.

Qiziqarli malumotlar
Ona tili va adabiyot fanidan ko’rgazmalar