Xitoy tili haqida malumot
Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143 y).
Xitoy tili haqida malumot
salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,
tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o’rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to’rt tayyorlash sirlari, o’rganish, tort kursiga
shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o’rganish, pazanda o’quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar. . Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO’YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA’LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН
JINSIY HAYOT JINSIY MUNOSABAT HAQIDA QOVUSHISH HAQIDA JINSIY MALUMOTLAR JINSIY ALOQA HAQIDA JINSIY ALOQA POZLALARI
NAMOZ VAQTLARI / NAMOZ TAQVIMI / НАМОЗ ТАҚВИМИ / НАМОЗ ВАҚТЛАРИ
QIZIQARLI FAKTLAR / ENG QIZIQARLI FAKTLAR / JUDAYAM QIZIQARLI FAKTLAR / AJOYIB VA ENG QIZIQARLI FAKT / КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ФАКТЛАР / ЖУДАЯМ КИЗИКАРЛИ ФАКТЛАР / ҚИЗИҚАРЛИ ФАКТЛАР / ФИЗИҚАРЛИ / ФАКТЛАР / АЖОЙИБ
+18 HIKOYALAR / +18 ХИКОЯЛАР / ZO’RAVONLIK QURBONLARI / ЗУРАВОНЛИК КУРБОНЛАРИ / НОМУСГА ТЕГИШ / СУРЛАШ / ҚИЗЛИГИНИ ОЛИШ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / КАТТАЛАР УЧУН ХИКОЯЛАР / JINSIY YAQINLIKLAR / ZO’RLANGAN AYOLLAR
Онлайн всего: 34
Гостей: 34
Пользователей: 0
Xitoy tayoqchasi
Ko’pchilik eshitgan, lekin hamma ham ishlatib ko’rmagan Xitoy tayoqchalarining siri nimada? U zararlimi yoki haqiqatan ayolni 18 yoshidagi holatiga qaytarib qo’yarmikin?
Bu va yana boshqa bir qator savollar Xitoy tayoqchasi atrofida tug’ilmoqda. Uning nomi har xil bo’lishiga qaramay, maqsadi va natijasi bitta. Ayol 18 yoshlik holatiga qaytadi, jinsiy munosabatlardan ko’proq lazzatlanadi, jinsiy a’zolari sog’lomlashadi.
Shunday ajoyib, mo’jizakor narsa bor ekanu, lekin rasmiy tarzda sotuvda mavjud emas. Nega?
Nega uni Halqaro Sog’liqni saqlash tashkiloti tan olmagan? Nega u minglab tekshiruvlardan o’tgan dori-vositalari kabi ochiq oydim dunyo dorixonalarida sotilmaydi? Nega uning foydalanish tartibida “haftada 2-3 martadan ko’p ishlatish mumkin emas”, deb yozilgan. Balki u har kuni ishlatilsa jinsiy a’zolarga beruvchi salbiy oqibati yaqqol namoyon bo’lib qoladimi? Nega aynan haftada 2-3 marta? Bir marta emas yoki oyda 4 marta emas? Kim aynan 2-3 martasi ziyon keltrimasligini ko’rsatgan yoki qanday sabab asosida shunday deyilgan? Kim kafolat beradi uni yilda 1 marta emas aynan haftasiga 2-3 marta ishlatish mumkinligiga?
Shu kabi savollar ko’pchilikni qiziqtirishi ajab emas. Agar u tayoqchani qutisiga nazar soladigan bo’lsak, tarkibi haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Xususan, tarkibi haqida shunday deyilgan: тальк, жемчужный порошок, порошковые квасцы, корень травы Модула в Индонезии va boshqa dorivor o’tlar!
Tarkibini o’zbek tiliga tarjima qilmaganligimiz sababi, bu moddalar haqida biron ma’lumot topa olmadik. Moddalarning odam organizmiga bo’lgan ta’siri, salbiy oqibati, tayoqchadagi hajmi va kimyoviy ta’siri haqida ma’lumot yo’q. Umuman bunday moddalar borligi ekanligi haqida ham biron aniq ma’lumot mavjud emas. To’g’ri ТАЛЬК-hammaga ayon modda, lekin uning Xitoy tayoqchasidagi hajmi va holati haqida ma’lumot berilmagan. “Boshqa dorivor o’tlar”, deb nima nazarda tutilgan? Ahir tabiatda millionlab o’tlar mavjud, lekin ulardan noto’g’ri foydalanilsa ziyoni katta bol’lishini hamma biladi. Demak, bu tayoqchaning organizmga bo’lgan ta’siri haqida aniq ma’lumotni hech kim bila olmaydi.
Shunday ekan, bu tayoqchalar o’zi nimadan tarkib topgan, ayol organizmiga ziyoni yo’qmi va qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi hech kimga ayon emas!
Lekin ko’p ayollar uning mo’jizakor ta’sirga ega ekanligini tasdiqlamoqda. Bu faktor undan foydalanish uchun yetarlimi?
Undan kim foydalanadi? Jinsiy munosabatlarda qiynalayotgan yoki bu munosabatlarni sifatini oshirmoqchi bo’lgan juftliklar. Ularning fikricha, ayol jinsiy a’zolarining kattalashgan razmeri aloqani sifatli bo’lishiga to’sqinlik qilmoqda. Shuning uchun ular 18 yoshlik davriga qaytish niyatida shu tayoqchalardan foydalanishni istamoqdalar. Shu yerda bir narsaga aniqlik kiritish muhim. 18 yoshlik ayolda jinsiy a’zolarining razmeri emas, holati boshqacha bo’ladi. Ya’ni tug’magan ayollarning gormonal holati tuqqan ayolnikidan farq qiladi, masalan, tuqqan ayolda jinsiy aloqani yaxshilovchi suyuqlik ajralishi kamayadi, jinsiy talpinish ba’zi gormonlar ta’sirida sust bo’lib qoladi, ba’zida sovuqqonlik ham uchraydi. Bu faktorlarning borligi esa yosh kelinlarda aloqani sifatli bo’lishiga yordam beradi. Yana bir tomoni, ayol yangi kelinligida erkak ham hozirgi yoshda emas edi. Ya’ni, u davrda erkakning jisniy salomatligi ham ancha yosh va yuqoriroq darajada bo’lgan. Demak, u davrdagi erkakning lazzatlanishi o’zining jisniy kuchiga ham bog’liq bo’lgan.
Agar erkak xotinidan yosh kelinlik holatiga qaytishni so’rayotgan bo’lsa, u holda o’zi ham o’sha davrdagi jinsiy kuchga ega bo’la olishi kerak. iloji yo’q!
Demak, yoshlikdagi jinsiy munosabatlarning sifatli va samarali bo’lishiga ayol jinsiy a’zolarining razmeri sababchimi yoki erkakning yoshligidagi erkaklik kuchi, ayolning gormonal holati, er-xotin orasidagi boshida bo’ladigan kuchli ehtiros sababchimi?
Bunga 99% foiz juftliklar bir xil javob berishsa kerak.
U holda bu tayoqchalarning nima keragi bor? Ayol jinsiy a’zosini sun’iy ravishda kichkaytirib bergan taqdirda ham, jinsiy suyuqlik ajralmayotgan bo’lsa, ayolning gormonal holati jinsiy sovuqqonlikni keltirayotgan bo’lsa, erkak 20 yoshligidan ko’ra jinsiy sustroq bo’lib qolgan bo’lsa, munosabatlarda ehtiros kamaygan bo’lsa yoki o’lmasa jinsiy kasallikar mavjud bo’lsa, aloqa sifatli bo’larmikin? Tayoqcha haqiqatan yordam bera olarmikin?
Tayoqchani ishlatishga shoshilmang. U jinsiy munosabatlaringizni yaxshilay olmaydi.
Birinchidan, u tekshirilmagan vosita. Uning tibbiy tomondan zarari yo’q ekanligi ilmiy tekshiruvlar asosida tasdiqlanmagan.
Ikkinchidan, jinsiy munosabatlarning yaxshilanishi garovi yuqorida ta’kidlangandek, ayol jinsiy a’zolarining razmeri emas. U esa faqat razmerga vaqtinchalik ta’sir ko’rsata oladi.
Uchinchidan, haqiqatan jinsiy munosabatlarni yaxshilashga foydasi tegadigan, undan tashqari ayol organizmi uchun kerakli tibbiy tomondan tasdiqlangan Kegel mashg’ulotlaridan foydalangan afzalroq. Bu mashg’ulotni muntazam ravishda bajaradigan ayolda jinsiy a’zolari va munosabatlarida kamchilik bo’lishi juda qiyin. Kegel mashg’ulotlarini foydali ekanligidan uni nafaqat har kuni, balki har daqiqa ham bajarib turish mumkin. Bu mashg’ulotlar muntazam ravishda bajarilsa, ayol jinsiy a’zolarining mushaklari tarranglashadi, kuchga kiradi, natijada aloqa davomida ularni istalgancha siqish mumkin bo’ladi.
Bir narsa muhim, ayolning jinsiy a’zolari o’ta nozik va ta’sirchandir. Ayolda yuz beradigan kasalliklardan 80% jinsiy a’zolarga to’g’ri keladi. Ularni avaylash muhim. Qo’shni tavsiyasiga binoan biron vositadan foyodalanish juda xavfli. Ayniqsa, u vosita muammoni haqiqatan hal qila olmasa!
Bolani emizayotgan ayolga Xitoy tayoqchasini yuztasini ishlatmang, u jinsiy aloqaga sovuqqon bo’lib, hech qachon o’zi ham to’liq lazzatlana olmaydi, eriga ham lazzat bera olmaydi.
Jinsiy munosabatlarning sifati erkak yoki ayol jinsiy a’zolari razmeriga bog’liq emas. Bu tasdiqlangan, ilmiy tekshirilgan fakt! Bunga birinchi navbatda juftlikning gormonal holati va ruhiy munosabatlari sababchidir. Xitoy tayoqchasi esa, boshqa shu kabi vositalar kabi muammoni asl sababini bartaraf etishni o’rniga, oson yechimini izlayotgan juftliklarga mo’ljallangan. Bunday vositalarning natijasi ham oson, ya’ni sust va muddati yo’q bo’ladi.
Xitoy tili haqida malumot
Reja:
1. Katta yettilik davlatlari haqida umumiy ma’lumot.
2. AQSHning iqtisodiy, siyosiy, hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
3. Yaponiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
4. Germaniyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
5. Italiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
6. Fransiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
7. Birlashgan qirollikning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
8. Kanadaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati
Katta yettilik davlatlari haqida umumiy ma’lumot. X-XXI asrlar bo’sag’asida jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni juda katta bo’lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigi va bir nafari Osiyoda joylashgandir. Ma’lumki, rivojlangan “Katta sakkizlik” davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhida Rossiya Federatsiyasiz “Katta yettilik” davlatlari degan so’zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va shuningdek uzoq yillarga mo’ljallangan zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdagi o’zgarishlarga bog’liqdir.
Katta sakkizlik yoki sakkizlik guruhi G8 (ingliz tilida “Group of eight” G8 – Katta sakkizlik G8 xalqaro klub maqomiga ega bo’lib, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya, Rossiya va Yaponiya hukumatlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek ushbu tashkilotni xalqaro muammolarni hal qiluvchi jamiyat, yaʼni norasman ushbu mamlakatlar boshliqlari forumi (Yevropa Komissiyasi ishtirokida) deb ham atashadi.
Katta sakkizlik xalqaro tashkilot hisoblanmaydi, ushbu jamiyat xalqaro kelishuvga ham asoslanmagan va kotibiyat ustaviga ega emas. Sakkizlik qarorlari majburan qo’llanilishi kerak bo’lgan qonun hisoblanmaydi. Nomining kelib chiqishi “Katta sakkizlik” atamasi “Katta yettilik” ning logik jihatdan davomi hisoblanadi. G7 ning ingliz tilidan o’girganda “Great Seven” deb ataladi, aslida G7 bu “Group of Seven” yaʼni Yetti Guruhi deyilganidir. Ushbu tarjimani G8 ga ham qo’llash mumkin. Ushbu siyosiy jamiyat 1975-yilning 15-17-noyabr kunlari AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya va Yaponiya o’rtasida tuzilgan va o’sha paytda G6 deb atalgan. 1976-yilda Kanadaning qo’shilishi bilan G7 Katta yettilik deb atala boshlandi. Rossiyaning qo’shilishidan keyin G8 Katta sakkizlik deb ataldi. Biroq “Katta sakkizlik” 2014-yilda Ukrainada hukumat o’zgarishi va Qrimning Rossiyaga qo’shilishidan, keyin Rossiya G8 davlatlari Rossiyani Qrimni “anneksiya qilishda” ayblab, yana “Katta yettilik” deb atala boshlandi.
Amerika Qo’shma Shtatlari. Amerika Qo’shma shtatlari – Shimoliy Amerika qit’asida joylashgan davlat. Davlat poytaxti: Vashington shahri. Maydoni 9373 ming kv.km. AQSH ning asosiy hududini tashkil etuvchi 48 ta shtatlari shimoliy Amerikaning markaziy qismida joylashgan, uni sharqda Atlantika okeani, g’arbda Tinch okeani o’rab turadi. AQSH Kanada va Meksika bilan chegaradosh. AQSH ning 49-shtati Alyaska Shimoliy Amerikaning eng chetki shimoli-g’arbini egallaydi va Rossiyaning eng chekka shimoli-sharqida Bering bo’g’ozi bilan ajralgan. AQSH ning 50-shtatni Gavaya orollari, 24 ta oroldan iborat arxipelag Tinch okeanining markaziy qismida jolashgan. Mamlakat aholisi 327.8 mln kishi (2019). O’rtacha yashash davomiyligi 80 yosh. Amerika millati juda ko’p sonli bo’lgan ko’p millatli mamlakat. AQSH ko’p millatlilik bo’yicha jahonda eng yuqori o’rinlarda turadi. Ulardan ko’pchiligi o’z tili va urf-odatlarini saqlab qolgan. Aholini irqiy belgilarga ko’ra uch guruhga ajratsak, u holda oq tanlilar aholining 84% ini (ular orasida, ayniqsa, irlandiyaliklar, italyanlar, yahudiylar, ruslar, polyaklar, ukrainlar diasporalari ajralib turadi), afrikaliklar (asosan XVIII asrda Afrika qit’asidan olib kelingan qullarning avlodlari) – taxminan 12%, osiyoliklar va tinch okeani orollari aholisi – taxminan 3%, amerikalik hindular (Qo’shma shtatlarning tub aholisi) – 1% dan kam, Lotin Amerikasi mamlakatlaridan kelganlar, “latinos” deb ataluvchilar – taxminan 9%. AQSH statistik ma’lumotlariga qaraganda mamlakatda 13000 o’zbek millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.
23-jadval. AQSHning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
AQSH – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish hajmi, tovar va kapital eksport qilish, ishchi kuchining to’planish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga sarf-harajatlar hamda harbiy sohaga ajratiladigan mablag’lar bo’yicha jahonda 1-o’rinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning uchdan bir qismi AQSH ulushiga to’g’ri keladi. Mamlakatning 2017-yildagi Yalpi ichki mahsuloti 19 trillion dollarga teng bo’lgan. Butun dunyoda faqatgina Xitoy iqtisodi AQSH iqtisodiga qarshi turish ehtimoli majudligi ta’kidlanadi. Amerika tadbirkorlik universitetida AQSH iqtisodiy qudratini uning shtatlariga bo’lib, turli davlatlarga qiyoslab ko’rishdi. Masalan iqtisodiyoti eng rivojlangan “Katta yettilik” davlatlaridan Buyuk Britaniya iqtisodi AQSHning Kaliforniya shtati iqtisodiyoti bilan deyarli tengligini ko’rish mumkin. “Katta yettilik” ning yana bir a’zosi Kanada iqtisodiy qudrati va Texas shtatining iqtisodiy imkoniyatlari bilan tengligini aytish mumkin.
Jahonda tinchlikni o’rganish Stokgolm universiteti tadqiqotlari ma’lumotlariga qaraganda 2017-yilda AQSHda qurol savdosi va harbiy xizmat ko’rsatish 2 foizga oshgan va 222 milliard 600 million dollarga etgan. Shuningdek BMT byudjetining 22 foizini (5.4 mlrd dollar) AQSH qoplab beradi. NATO xarajatlari uchun Yalpi ichki mahsulotining o’rtacha 3.5 foizini ajratadi. Iqtisodiyoti eng rivojlangan “Katta yettilik” davlatlaridan Yaponiya (9.7%), Fransiya (4.9%), Buyuk Britaniya (4.5%) tashkil etadi.
24-jadval. AQSHning eksport va import bo’yicha asosiy savdo hamkorlari (2017 yil)
Ma’lumotlarga qaraganda AQSHning 2017-yilda mamlakat qurolli kuchlari soni 1 348 400 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari zahirdagi harbiylar soni 857 950 nafardan iborat. AQSH bu jihatdan Xitoy va Hindistondan keyin 3–o’rinda turadi. 2017- yilda mamlakat harbiy xarajatlar uchun 610 mlrd dollar pul ajratgan.
Yaponiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Geografik o’rni. Yaponiya Osiyoning sharqiy qismida joylashgan orollardan tashkil topgan davlatdir. Mamlakatning umumiy maydoni 377 972 km² bo’lib, dunyo bo’yicha 61-o’rinda turadi. Uning tarkibiga 6852 ta orol kiradi. Ularning eng yiriklari Xonsyu, Kyusyu, Sikoku va Xokkaydo bo’lib, mamlakat maydonining 97 foizini tashkil qiladi. Yaponiya hududini shimol tomondan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan – Tinch okeani, g’arbdan – Yapon va Sharqiy-Xitoy dengizlari, Xonsyu, Sikoku va Kyusyu orollari arxipelagi janubida ichki Yapon dengizi o’rab turadi. Qirg’oq chizig’ining umumiy uzunligi taxminan 30 ming kilometr. Yaponiya tog’li mamlakat bo’lib, hududining deyarli to’rtdan uch qismini (73%) tog’li hududlar egallaydi. Yaponiya hududining 2/3 qismi o’rmon bilan qoplangan bo’lib, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar mamlakat hududining 13% ini, aholi punkt yerlari esa 5% inigina tashkil etadi.
Ma’muriy-hududiy tuzulishi. Yaponiya 47 ta TO, DOU, FU, KEN deb nomlanuvchi ma’muriy – hududiy birliklardan tashkil topgan. Prefekturalarning bunday nomlanishi tarixdan saqlanib qolingan an’ana bo’lib, ular o’rtasidagi vakolatlarda esa farq umuman yo’q. “To” faqat poytaxt – Tokioga nisbatan ishlatilib “Tokioto” deyiladi. “Dou” ham bitta bo’lib, Yaponiyaning shimolidagi orol – Xokkaydoga nisbatan, “fu” esa, Yaponiyaning qadimgi poytaxti – Kyoto hamda Osakalarga nisbatangina ishlatiladi. Qolgan 43 ta ma’muriy – hududiy birlik “ken” deb nomlanadi. Har bir todoufukenda parlament tashkil etilgan bo’lib qonun doirasida normativ huquqiy aktlar chiqaradi. Todoufukenning boshliqlari – “tochiji”, “douchiji”, “fuchiji”, “kenchiji” lar hamda todoufuken parlamenti a’zolari o’sha prefektura aholisi tomonidan to’g’ridan – to’g’ri ovoz berish yo’li bilin saylanadi. Todoufuken o’z navbatida ShI (ularning soni 779 ta), ChOU (ularning soni 844 ta), SON (ularning soni 197 ta) deb nomlanuvchi mayda ma’muriy – hududiy birliklarga bo’lingan.
Aholisi. Aholisi 127 mln kishidan iborat bo’lib, dunyoda aholining ko’pligi bo’yicha 10-o’rinda turadi. Aholining zichligi 1km2 ga 336,6 kishini tashkil etadi. Yaponiya bir millatli mamlakat bo’lib, mamlakatda yashovchi chet el fuqarolari umumiy aholining 1.5% ini tashkil etadi. Ularning asosiy qismini shimoliy va janubiy koreyaliklar, xitoyliklar, tayvanliklar, braziliyaliklar va filippinliklar tashkil etadi. Yaponiya jahonda yuqori darajadagi urbanizatsiyalashgan mamlakatlardan biri bo’lib, urbanizatsiya darajasi 94.1 foizni tashkil etadi.
Iqtisodiyoti. Yaponiya yuqori darajada rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Uning yalpi ichki mahsuloti 4,9 mlrd dollar bo’lib, bu ko’rsatkich bo’yicha AQSH, Xitoy va Hindistondan keyin 4-o’rinda turadi. Mamlaktning johon YaIM dagi ulushi 4,3 foizni tashkil etadi. Aholi jon boshiga o’rtacha 5443 ming dollar to’g’ri keladi.
25-jadval. Yaponiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Mamlakatda o’rtacha ish haqi 3414 dollardan iborat. Mamlakatning jahon bozoridagi ulushi juda yuqori bo’lib, jahonning 80 dan ortiq davlatlari bilan savdo-iqtsodiy aloqalarini o’rnatgan. Yaponiyaning eksport va import bo’yicha jahon bozorida ulushi juda yuqori. 2018- yilda import mahsulotlarining umumiy miqdori 671 mlrd dollarni tashkil etgan bo’lib, jami import mahsulotlarini 23,3 foizini meneral yoqilg’i va neft mahsulotlari, 13,5 foizini elektro mashina va jihozlar, 9,7 foizini mashina jihozlari va kompyuter qismlari, 3,7 foizini optika, texnika va tibbiyot jihozlari, 3,4 foizini farmatsevtika maxsulotlari, 3,3 foizini transport vositalari, 3 foizini qurilish va xo’jalik materiallari, 2,3 foizini plastik materiallar va plastik buyumlari, 2 foizini keyim-kechak va aksessuarlar (trikotaj) tashkil etadi.
Mamlakatning eng asosiy savdo hamkorlari Xitoy, ASEAN tashkiloti davlatlari, AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Tayvan, Avstraliya, Janubiy Koreya, Malayziya, Gongkong, Singapur va MDH davlatlari tashkil etadi. Yaponiyada ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifat jihatdan juda yuqori bo’lib, ular dunyoning eng rivojlangan davlatlariga yetkazib beriladi.
26-jadval. Yaponiyaning asosiy savdo hamkorlari (2018)
(mlrd dollar)
Harbiy qudrati. Hozirgi vaqtda qurolli kuchlari soni 310,4 ming tani tashkil etadi. Hozirgi kunda har yili o’rtacha qurolli kuchlar uchun 45-50 mlrd dollar mablag’ sarflaydi. Jahon bo’yicha barcha harbiy xarajatlar uchun ajratilayotgan mablag’ni 2,6 foizi Yaponiya hissasiga to’g’ri keladi. Qurolli kuchlari va uning qudrati bo’yicha jahonda 8-o’rinda turadi.
Germaniyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Germaniya Federativ Respublikasi. 1990-yil 3-oktyabrda GFR va GDR yagona Germaniyaga Birlashgan. Poytaxti Berlin shahri. Germaniya markaziy Yevropadagi davlat bo’lib, u shimoldan Daniya, sharqdan Polsha va Chexiya respublikalari bilan, janubda Avstriya va Shveysariya bilan, g’arbda Fransiya, Lyuksemburg, Belgiya va Niderlandiya bilan chegaradosh. Shimolda shimoliy va Boltiq dengizlari bilan o’ralgan. Mamlakat maydoni 356733 kv.km (dunyoda 61-o’rinda). Mamlakatning shimoliy hududlari asosan tekisliklardan iborat. Markaziy hududlari esa adirlar va daryo vohalaridan iborat. Mamlakatning janubiy qismi Alp tog’lari kesib o’tgan. Boltiq dengizidagi Frizisk orollari va Shimoliy dengizdagi Femarn hamda Ryugen orollari ham Germaniyaga tegishli. Germaniyaning yirik daryolari Reyn, Rur, Mozel, Dunay, Elba. Mazkur daryolar mamlakat iqtisodiyotida ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakat tabiiy qazilma boyliklarga juda boy. Ayniqsa ko’mir zaxirasi bo’yicha (Rur va Saar havzalari) Yevropada yetakchi davlatdir.
Siyosiy tuzulishi. Hozirda mamlakatda ikki qonun chiqaruvchi organi Bundesrat (unga hududlarning vakillari kiradi) va Bundestag (parlament) dan iborat parlament turidagi federativ ko’p partiyali respublika. Davlat boshlig’i – federal prezident, hukumat boshlig’i esa – federal kansler hisoblanadi.
27-jadval. Germaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Ma’muriy bo’linishi. Germaniya – federativ tuzilishga ega davlat bo’lib, uning tarkibida 16 ta teng huquqli ma’muriy hududiy birliklar mavjud (Bavariya, Baden-Vyurtemberg, Brandenburg, Gessen, Meklenburg-Perednyaya Pomeraniya, Nijnyaya Saksoniya, Reynland-Pfals, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shimoliy Reyn—Vestfaliya, Tyuringiya, Shlezvig-Golshteyn), ulardan uchtasi – shaharlar (Berlin, Bremen va Gamburg). Yirik shaharlari: Berlin, Myunxen, Frankfurt, Dyusseldorf, Bremen, Bonn, Kyoln, Bavariya.
Aholisi. Germaniya aholisining soni 81,4 mln kishi (2019). Aholi soniga ko’ra Germaniya Yevropada Rossiyadan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Germaniya aholining o’rtacha zichligi 1 kv.m ga 228 kishini tashkil etadi. Yevropada bu ko’rsatkich bo’yicha u faqat Niderlandiya, Belgiya va Buyuk Britaniyadan keyin turadi. Jami aholining 92.2 foizini nemislar iborat bo’lib, qolgan qismini turklar, serblar, ukrainlar, ruslar va boshqa millat vakillaridan iborat.
Iqtisodiyoti. Germaniya yetakchi sanoat mamlakatlari qatoriga kiradi va jahon savdosi mamlakatlari orasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Qishloq xo’jaligida donli ekinlar, kartoshka, sabzavotlar, mevalar va uzum yetishtirish ustuvor hisoblanadi. Go’sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish ham ancha katta. Agrar sektorda ishlovchi aholining taxminan 3% i band.
28-jadval. Germaniyaning asosiy savdo hamkorlari
(mlrd yevroda)
Italiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Yevropa Ittifoqidagi davlat bo’lib, uning umumiy maydoni 301.3 ming kv.km. Aholisi 59.9 mln kishi (2019). Italiya: shimolda Avstriya bilan, Shveysariya bilan, shimoli-g’arbda Fransiya bilan, sharqda Sloveniya bilan chegaradosh. Mamlakatni beshta dengiz o’rab olgan: O’rta yer dengizi, Ion dengizi, Adriatika dengizi, Liguriya dengizi va Tirren dengizi. Mamlakat hududi shimoldan janubga tomon 1100 km ga cho’zilgan, hududining 23% ini vodiylar (daryo va qirg’oq oldi), 35% ini tog’lar (Alp va Apennin) va 42% ini – turli xil balandlikdagi balandliklar tashkil etadi. Alp tog’lari Italiyani shimoliy shamollardan himoya qiladi.
Italiya ma’muriy jihatdan 20 ta hududga (viloyat) bo’lingan (ulardan beshtasi avtonom hudud degan alohida maqomiga ega. Shuningdek 14 ta yirik shahar, 96 ta tuman, 7960 kichik ma’muriy birliklarga bo’linadi. Mamlakatda davlat tili italyan tili hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek mamlakatda bugungi kunda deyarli 60 mln aholi istiqomat qilib, ularning ko’pchiligi (taxminan 94%) italyanlar. Qolgan 6 foizni fransuzlar, nemislar, albanlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi. Mamlakatda aholining o’rtacha umr kurish davomiyligi 82.3 yoshni tashkil qilib, butun dunyoda Yaponiya va Germaniyadan keyin 3-o’rinda turadi. Aholining 98% katoliklar hisoblanadi.
29-jadval. Italiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Siyosiy tuzilishi. Italiyada ijro hokimiyati prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Ikki palatali parlament Respublika Senati va deputatlar palatasidan tashkil topgan.
Iqtisodi. Italiya yuqori darajada iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat inovatsion biznes sohasida, yuqori darajada rivojlangan qishloq xo’jaligi, eng texnologiyali avtomashinalar va butun dunyo moda olamining rivojlanishi markazi sifatida alohida ajralib turadi. Mamlakatning YaIM 1.9 mlrd dollar (2017) bo’lib, aholi jon boshiga o’rtacha 2317 ming dollardan to’g’ri keladi (25-jadval). Bu jihatdan YaIM Fransiya va Buyuk Britaniya bilan deyarli bir xil darajada. Mamlakatning YaIM jahon YaIM mahsuloti hajmini 1.8 foizini tashkil etadi. Mamlakatda o’rtacha ish haqi deyarli 2500 yevroni tashkil qiladi. Lekin shunga qaramasdan so’nggi yillarda mamlakatda ishsizlik darajasi deyarli 11% ga yetgan. Italiya yevro hududiga kirsada, uning byudjeti kamomadi belgilangan me’yordan 3% ortadi. Iqtisodi ham sanoati rivojlangan shimolga va agrar janubga ajralgan.
30-jadval. Italiyaning asosiy savdo hamkorlari
(mlrd yevro)
Ko’pchilik xomashyo resurslari va iste’mol qilinadigan energiya eltuvchilarning taxminan 75% import qilinadi. Italiyaning iqtisodida sayyohlik va xizmat ko’rsatish sohasi katta rol o’ynaydi. Mamlakat turizmdan oladigan yillik daromadi 10 mlrd dollar bo’lib, bu mamlakat YaIM ni 12% ini tashkil qiladi. Italiya o’zining yuqori darajadagi iqtisodiyoti bilan birga, harbiy sohada ham dunyodagi eng yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi Qurolli kuchlari soni 267500 nafarni (2017) tashkil etadi. 2017 yilda harbiy xarajatlar uchun 29 mlrddan ortiq pul sarflangan. Shuningdek mamlakat, NATO tashkilotining teng huquqli a’zosi bo’lib, mazkur tashkilot xarajatlari uchun har yili mamlakat YAIM ning 2 foizi ajratiladi.
Fransiyaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Fransiya – G’arbiy Yevropadagi eng yirik davlat. U hududining kattaligi jihatdan Yevropa Ittifoqida birinchi o’rinda turadi. Mamlakat Belgiya, Lyuksemburg, Germaniya, Shveysariya, Italiya, Manako, Ispaniya va Andorra davlatlari bilan chegaradosh. Uning g’arbiy sohillarini Atlantika Okeani suvlari yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 544 ming kvadrat km. (boshqa hududlardagi egallab olgan yerlari bilan 674 685 kv.km) ni tashkil etadi. Uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat. Yirik shaharlari Parij, Marsel, Lion, Tuluza. Mamlakat hududining 82 foizi, aniqrog’i 45 million gektar maydoni qishloq xo’jaligi yerlari va o’rmonzorlardan iborat. O’rmonzorlar salmog’i jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida faqatgina Shvetsiya va Finlyandiyadan keyingi uchinchi o’rinda turadi.
Aholisi. Mamlakat aholisi 65.4 million kishi (2019) dan ortiq bo’lib, bir kv. km.ga 119.1 kishi to’g’ri keladi. Aholining 79.3 foizi Shaharlarda yashaydi. Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi. Qolgan 7 foizni italyanlar, marokkoliklar, turklar, portugallar va jazoirliklar tashkil etadi. Mamlakatning yana bir e’borli tarafi shundaki aholining savodxonlik darajasi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi.
Davlat tuzulishi va ma’muriy bo’linishi. Fransiyaning davlat tuzulishi – respublika. Mamlakatni davlat prezidenti boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Fransiya respublikasi quyidagi holatda tarkib topgan: mustamlaka yerlar (22 ta chegaradosh va 96 ta ma’muriy hududiy okrug), 4 ta dengizorti hududiy okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), 4 ta dengizorti hudud (Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli, Uolles va Futuna, Janubiy yerlar va Fransiya Antarktidasi), shuningdek, alohida haq-huquqlarga ega hudud (Mayor, Sen-Per Mikelon). Hozirgi vaqtda mamlakatdagi qurolli kuchlari soni 388 635 nafarni tashkil etadi. 1,2 mingdan ziyod samolyotlar, shuningdek, boshqa eng oxirgi zamonaviy texnikalar bor. Har yili harbiy xarajatlar uchun o’rtacha 55-60 mlrd dollar pul sarflaydi. Shuningdek NATOning harbiy xarajatlari uchun mamlakat YaIM ni 2 foizi ajratiladi. Fransiya o’zining harbiy qudrati bo’yicha jahonning eng yetakchi davlatlari AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston dan keyingi o’rinda turadi.
Ishlab chiqarish.Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko’pgina yerosti qazilma boyliklariga ham ega. Ya’ni bu yerdan temir rudasi, toshko’mir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi ko’p miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan (2587,6 mlrd dollar) u dunyoda to’rtinchi (AQSH, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o’rinni egallaydi.
31-jadval. Fransiyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Mamlakat jahon YaIM ulushi 2.23 foizni tashkil etadi. YaIM mahsulotining aholi jon boshiga ulushi 2856 ming dollar. Mamlakatda aholining o’rtacha ish haqi qariyb 3000 yevro atrofida. Shunga qaramasdan mamlakatda ishsizlik darajasi 9 foizni tashkil etadi (30-jadval). Chetga mahsulot eksport qilish (asosan, mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo’yicha ham to’rtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi bo’yicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan keyingi) o’rinni band etgan.
32-jadval. Fransiyaning asosiy savdo hamkorlari (2018)
Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish borasida birinchi o’rinda turadi. Mamlakat G’arbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi. Fransiya iqtisodiyoti uchun xarakterli jihatlardan biri yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po’lat eritish va undan mahsulot tayyorlash bo’yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha qariyb 100 foizlik ulushni o’z qo’lida ushlab turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir.
Qishloq xo’jaligi. Chorvachilikda esa naslchilik, bo’rdoqichilik va go’sht-sut yo’nalishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fransiya mol go’shti, yog’, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda nufuzli mamlakat sirasiga kiradi. Masalan, u bu borada Yevropa Ittifoqida ikkinchi, dunyoda esa beshinchi o’rinni egallaydi. Vino tayyorlashda u jahonda Italiyadan keyingi ikkinchi, konyak ishlab chiqarishda esa birinchi o’rinni egallaydi.
Birlashgan qirollikning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. To’liq rasmiy nomi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligi bo’lib, u Yevropanining Atlantika okeani qismidagi orollardan tashkil topgan davlat. Uning maydoni – 243,8 ming kv.km. Buyuk Britaniya 4 ta ma’muriy-siyosiy qismdan (tarixiy provinsiyalardan) tashkil topgan davlat hisoblanadi. Birinchisi Angliya bo’lib u 39 ta graflik, 6 ta metropoliten grafligi va Katta Londondan iborat. Ikkinchisi Uels bo’lib, u 9 ta graflik, 3 ta shahar va 10 ta Shahar-grafliklaridan tashkil topgan. Uchinchisi Shotlandiya bo’lib, mazkur mamlakat 32 ta viloyatdan iborat. To’rtinchisi Shimoliy Irlandiya bo’lib, u 26 ta tumandan tashkil topgan. Ulardan Angliya Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi uch qismidan eng kattasi hisoblanadi. Shimoldan Shotlandiya bilan va g’arbda Uels bilan chegaralangan.
Siyosiy tuzilishi. Buyuk Britaniya – konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig’i (shuningdek Hamdo’stlik boshlig’i) – qirolicha hisoblanadi. Mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat monarxga va muloqatlar palatasi hamda lordlar palatasidan iborat parlamentga tegishli. Haqiqiy hokimiyat esa bosh vazir boshqaradigan hukumat qo’lida to’plangan. Buyuk Britaniya 4 ta ma’muriy-siyosiy qismdan tashqari yana 14 ta dengiz orti hududi 3 ta Qirollik yeriga ham ega.
33-jadval. Buyuk Britaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Aholisi. Buyuk Britaniya aholisining soni 66.8 mln kishidan iborat bo’lib, har bir kv km ga 271.6 kishi to’g’ri keladi. Mamlakatda so’nggi yillarda aholining qarish jarayoni faol davom etmoqda. Hozirda 15 yoshgacha bo’lgan aholi jami aholining 17,3 foizini, 15-65 yoshdagilar 66,2 foiz, 65 va undan kattalar esa 16,5 foizni tashkil etadi. Aholining o’rtacha yoshi 80,1 yoshni tashkil etadi.
Yevropaning aksariyat boshqa davlatlaridan farqli o’laroq mamlakatda aholining tabiiy o’sishi yiligi o’rtacha 0.6 foizga o’sib bormoqda. Mamlakat aholisining 81.4 foizi shahar aholisi hisoblanadi.Buyuk Britaniya ham boshqa davlatlarga o’xshab ko’p millatli mamlakat hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jami aholining 76 fioizi inglizlar, 5,8 foizi shotlandlar, 1,9 foizi irlandlar, 3,1 valliyslar 2,3 foizi hindlar, 1.8 foizi pokistonliklar, 0,9 foizi polyaklar, 0,7 foizi bangladeshlar, 0,5 foizi xitoylar, 0,4 foizi arablar, 0,3 foizi MDH davlatlariga kiruvchi millatlar, 0,1 foizi eronilar va 6,1 foizini esa boshqa millat vakillari tashkil etadi.
Iqtisodiyoti. Buyuk Britaniya bugungi kunga kelib iqtisodi yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. Mamlakat YaIM hajmi 2.622 trilion dollar bo’lib, bu ko’rsatkich bo’yicha jahonda 10-o’rinda turadi (2018). Mamlakatda eng yetakchi sektor xizmatlar ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Unda mamlakatning yetakchi mavqeiga ega xalqaro munosabatlar tizmidagi ixtisoslashuvini belgilaydigan xalqaro moliya markazlarining mavjudligidir. Mamlakatning Johon YaIM dagi ulushi 2.3 foizni tashkil etadi. Mamlakat jahon Doingbusiness ro’yxatida 7-o’rinda turadi. Mamlakatda eng kam ish haqi 1463,8 yevro, o’rtacha ish haqi esa 5100 yevrodan iborat. YaIM ning aholi jon boshiga ulushi 39720 dollarni tashkil etadi. Ishsizlik 4,1 foiz bo’lib, Yevropadagi eng past ko’rsatkichlardan biridir.
2000 yilda Buyuk Britaniyaning eksport xajmi 287 mlrd dollar, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich 412 mlrdga etgan, 2017 yilga bu ko’rskich yanada oshgan bo’lib, 436 mlrd dollarga etgan. O’tgan 20 yil davomida eng yuqori ko’rsatkich 2011- yilda bo’lib, 487 mlrd dollar bo’lgan.
So’nggi yillarda mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi fonidagi omillar mamlakatning eksport salohiyatiga o’z tasirini ko’rsatmoqda. Shunga qaramasdan mamlakat eksport hajmi bo’yicha jahondagi 10 ta mamlakatdan biri hisoblanadi.
34-jadval. Buyuk Britaniyaning asosiy savdo hamkorlari (2017)
(Mlrd dollar hisobida)
Mamlakat jahon bozoriga asosan avtomobillar, dori-darmon vositalari, rangli metallurgiya, gaz trubalari, neft xomashyosi, samolyot qismlari, spirtli ichimliklar, tekstil mahsulotlari, plastik materiallar, go’sht va boshqa go’sht mahsulotlari, mashina qismlari, poyafzal va boshqa tovarlarni eksport qiladi.
Qurolli kuchlar tizimi. Buyuk Britaniya NATO tashkilotining to’liq a’zosi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakat qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilari 150 ming kishi bo’lib, zaxiradgi harbiy xizmatchilari soni bilan 279,2 kishidan iborat. Hozirgi kunda har yili o’rtacha qurolli kuchlar uchun 47-48 mlrd dollar mablag’ sarflaydi. Dunyoning eng qudratli armiyalari reytingida kuchli 7-o’rinni egallagan. Qurolli kuchlar uchun mamlakat har yili YaIM ni 1,8 foizini ajratadi. Jahon bo’yicha barcha harbiy xarajatlar uchun ajratlayotgan mablag’ni 2,6 foizi Buyuk Britaniya hissasiga to’g’ri keladi.
Kanadaning iqtisodiy, siyosiy-hududiy tuzilishi va geosiyosiy holati. Shimoliy Amerikadagi Shimoliy qismida davlat bo’lib,uning umumiy maydoni – 9970610 km2. Kanada janubda va Shimoli-g’arbda AQSH bilan chegaradosh, Sharqda Atlantika okeani, g’arbda Tinch okean, shimolda va shimoli-sharqda Shimoliy Muz okeani bilan tutash. Mamlakat janubdan va Shimoli-g’arbdan AQSH bilan Rossiya va Daniya bilan dengiz suvlari orqali chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi – 8893 km. Hududning kattaligi bo’yicha dunyoda (Rossiyadan keyingi) ikkinchi o’rinda turadi. Kanada barcha foydali qazilma turlariga boy bo’lgan sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi. 1791- yilda konstitutsion akt qabul qilingach, Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlaka yer mulklari chegaralari uzil-kesil rasmiylashtirildi va belgilab qo’yildi. 1931 -yilda Angliya hukumati Kanadaning ichki va tashqi siyosatdagi mustaqilligini tan oldi.
Ma’muriy hududiy bo’linishi. Kanada keng huquqlarga ega bo’lgan 10 ta viloyatdan (Alberta, Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek, Manitoba, Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, Nyufaundlend va Labrador, Ontario, Shahzoda Eduard va Saskachevan oroli) va federal hukumat boshqaruvidagi 3 hududdan (Nunavut, Shimoli-g’arbiy hudud va Yukon.) iborat federal davlat. Mazkur 10 ta viloyat va 3 ta hudud ham yana bir qancha ma’muriy birliklarga ajaratiladi lekin ular alohida ma’muriy hududiy maqomga ega emas.
Davlat tuzilishi. Mamlakatning rasmiy nomi — Kanada. Davlat tili — ingliz va fransuz. Mamlakat boshqaruv shakliga ko’ra konstitutsion monarxiya hisoblanib, rasman Buyuk Britaniya qirolichasi va uning vakili bo’lgan general-gubernator davlat boshlig’i hisoblanadi. General-gubernatorni qirolicha Kanada bosh vazirining tavsiyasiga binoan tayinlaydi.
Aholisi. Kanada “ko’chirilgan kapitalizm” mamlakati hisoblanadi. Hozirda mamlakat aholisi soni 37,1 mln kishiga etgan. Kanadaning hozirgi aholisi ommaviy immigratsiya ta’sirida shakllangan. Bular asosan Yevropa davlatlari va dunyoning boshqa regionlaridan ko’chib kelganlar avlodi hisoblanadi. Kanada ko’p millatli mamlakat bo’lib, hozirgi vaqtda asosan 2 ta millat va 80 ga yaqin xalqlar yashaydi. Kanadada jami aholining 40 foizini kanadalik inglizlar, 28 foizini kanadalik fransuzlar, 27 foizini esa boshqa millat vakillari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda Kanada tub joy aholisi hindular 780 ming kishi, eskimoslar esa 49 ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda hindular 58 tilda so’zlashsada, biroq ularning ko’pchiligi rasmiy davlat tili hisoblangan ingliz tilida so’zlashadi.
35-jadval. Kanadaning iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlari
Kanada aholisining 90 foizidan ortig’i AQSH chegarasi bo’ylab janubda to’plangan. Boshqa rivojlangan davlatlarda bo’lgani singari Kanadada ham demografik qarish jarayoni kuzatilmoqda. Mamlakat aholisining o’rtacha yoshi deyarli 41 yosh bo’lib, o’rtacha umr ko’rish davomiyligi 81.1 yoshdan iborat. Hozirda 0-14 yoshdagi aholi jami aholining 17,6 foizi, 15-64 yoshdagi aholi 69 foizni, 65 va undan katta aholi esa 13.3 foizni tashkil etadi. Aholining yillik o’sish ko’rsatkichi har yili o’rtacha 1 foiz atrofida. Kanada – yuqori urbanizasiyalashgan mamlakat, aholining 82,5 foizi shaharlarda yashaydi. Toronta, Monreal, Vankuver kabi shaharlar mamlakatning millioner shaharlari hisoblanadi.
Iqtisodiyoti. Kanadaning iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlardan biridir. Mamlakatning YaIM 1,7 mlrd dollardan iborat bo’lib, jahon YaIM ni 1.4 foizi mamlakat hissasiga tug’ri keladi. Mamlakatda ishsizlik 5-6 foiz atrofida. O’rtacha ish haqi deyarli 3700 dollar. Mamlakat jahondagi biznes yuritish imkoniyati bo’yicha (Doingbusiness) 22-o’rinda turadi. Mamlakat iqtisodiyotining tezlik bilan rivojlanishiga AQSH bilan bevosita qo’shnichiligidir. Kanada dunyoda nikel, rux, asbest, kaliy tuzlari va gazeta qog’ozlari ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi mamlakatlardan biridir. Mamlakatda qazib olinayotgan neft va gaz asosan AQSHga eksport qilinadi. Biroq Kanadaning sharqiy provinsiyalari neftni chetdan import qiladi. Kanada rivojlangan neftni qayta ishlash sanoatiga egadir.
36-jadval. Kanadaning asosiy savdo hamkorlari
China Education: Xech qanday imtihonlarsiz, Xitoyda bepul ta’lim olish imkoniyatingiz borligini bilasizmi?
“Xitoyda oliy ma’lumot olish nafaqat foydali, balki nufuzlidir!”. Bu bayonot bilan bahslashish qiyin, chunki o‘tgan o‘n yillikda nafaqat Xitoy iqtisodiyoti, balki ta’lim tizimi ham dunyo yetakchilari qatoridan joy oldi. Dunyoning nufuzli 500 ta universitetlari qatoriga kirgan ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyati esa, China Education kompaniyasida mavjud!
Xo‘sh, Xitoyda chet tilini bilmasdan turib, IELTS yoki HSK sertifikatlarsiz va yana hech qanday kirish imtihonlarisiz qanday qilib bepul ta’lim olsa bo‘ladi?, – degan savol tug‘iladi kishida. China Education kompaniyasi taklif qilayotgan bir yillik Xitoy tili kursi orqali buning iloji bor!
Lekin, sizda IELTS yoki HSK sertifikati bo‘lsa-chi? To‘g‘ridan to‘g‘ri bakalavr darajasiga ega bo‘lish imkoniyati, ya’ni 4 yillik Ingliz yoki Xitoy tilida xohlagan yo‘nalishda o‘qish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz!
China Education taklif qilayotgan dasturlarda:
Stipendiya olish imkoniyati ham mavjud!
Shoshiling! Biz bilan bog‘lanib hujjatlar va talablar haqida ma’lumotga ega bo‘ling!
Hujjatlar 25-aprelgacha qabul qilinadi, o‘qish esa shu yili sentabrdan boshlanadi!
Murojaat uchun telefon: +998 (99) 860-71-73, +998 (90) 930-61-73.
Sayt: chinaedu
Instagram: www.instagram/chinaedu/
Email: chinaedu@gmail
Reklama huquqi asosida!
Reja:
Ведалар тили, вякарана, нол морфема, логограмма, predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi, стоиклар мактаби; тилшуносликнинг 2 даври: фалсафий даври, грамматик даври; сўз боғланишли нутқнинг энг кичик қисми.
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g`oyalar, kuzatishlar natijasi, «mahsuli» sifatida o`zining alohida o`rganish ob`ektiga va tekshirish metodiga ega bo`ldi.
Qat`iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, «o`sish» davrini bosib o`tdi. U turli maktablar, oqimlar, ta`limotlar ta`sirida bo`ldi, olimlar tomonidan lisoniy hodisalar haq ida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda ko`plab manbalarga «guvoh bo`ldi», shakllandi. Anig`i, tilshunoslik fani ham jahon fanlari sistemasida o`ziga xos va o`ziga mos doimiy mustahkam o`rin egalladi.
Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta`limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi.
O`rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O`rta Osiyoda taraqqiy qildi.
Qadimgi h ind tilshunosligi . Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan e`tirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat. Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda – hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Aniqrog`i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida – sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari – Vedalar tili davrlar o`tishi bilan mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritdan) farqlanib qola boshladi. Ya`ni qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so`zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga sazovor bo`lgan Vedalardagi ma`nosi tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab, ularning ma`nosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar ma`nosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo`lgan qat`iy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi.
Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va gram-matikachi sifatida tanilganlar. Ular fonetika sohasida Yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farq-laganlar, portlovchi va sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz to-vushlarni, tovush birikmalarini, bo`g`in, urg`u, intonaciya, cho`-ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal ma`lumotlar qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan tushunchalar bo`lgan.
Qadimgi hindlar so`zlarning faqat ma`no tomonidagina emas, balki tovush tomonida ham o`zgarishlar bo`lishini bil-ganlar. Shunga ko`ra ular so`zlarning tovush jihatiga alohida e`tibor berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o`zgarishi ha-qida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning fiziologik – artikulyacion xususiyat-lari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir tovushning boshqa tovush ta`siri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyacion – fiziologik xususiyatlarini hi-sobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda, yuqorida ay-tilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq a`zolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga ta`siridan, ya`ni tegishidan undoshlar hosil bo`lishini qayd etganlar.
Agar yunon filologlari tovush almashinuvi masalasiga umuman ahamiyat bermagan bo`lsalar, hind tilshunoslari bu ja-rayonga alohida e`tibor berganlar, tadqiqot olib borganlar, ayni jarayonning o`ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid so`zlarda, masalan, vidma so`zi «biz bilamiz» ma`nosini bersa, veda «men bilaman» tushunchasini, vaidyas so`zi esa «olim», «ilmli» ma`nosini berishini ko`rsatib berganlar. Qayd etilgan ma`no (tushuncha) o`zgarishlari esa i – e – ai unli tovushlarning almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Qadimgi hind tilshunoslari grammatika – morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo`nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha o`tib ketdilar. Aniqrog`i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo`limdan tashkil topishini aniq ko`rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar tasnifi (so`z turkumlari). 2. So`z yasalishi. 3. So`z o`zgarishi.
Hindlar to`rtta so`z turkumini farqlaganlar: ot,fe`l, old ko`makchi va yuklama.
Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe`l esa harakat, holat ifodalovchi so`z sifatida beriladi. Old ko`makchilar esa otlarning, asosan, fe`llarning ma`nosini belgilaydi. Yukla-malar esa ma`nolariga ko`ra 1) bog`lovchi va 2) qiyoslovchi kabi turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe`l turkumlariga qo`shib yuborilgan, alohida ajratilmagan.
Yunonlardan farqli holda hindlar so`z turkumlarini gap bo`laklaridan farqlaganlar, ya`ni ular bilan qorishtirma-ganlar, adashtirmaganlar. Shunga ko`ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe`llarni harakat ifodalovchi so`z sifatida «baholaganlar».
Qadimgi hindlar so`zlarni tahlil qilish, tarkibini o`rganish jarayonida ularni quyidagi bo`laklarga ajratganlar: 1) o`zak, 2) suffiks, 3) qo`shimcha (turlovchi qo`shimcha). Shuningdek, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalar farqlangan.
Ovrupo olimlari hind tilshunoslarining ishlari bilan yaqindan tanishib, so`zlardan o`zak, so`z yasovchi va so`z o`zgar-tiruvchi morfemalarni ajratishga «kirishganlar».
Hindlar otlarda ettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich kelishigi, 3) jo`nalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish (ablativ) kelishigi, 7) o`rin kelishigi.
Hind tilshunoslari qo`shma so`zlarning o`ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular qo`shma so`zlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga e`tibor berganlar. Masalan: ot+ot//fe`l; sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe`l; son+ot va boshqalar.
Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular fe`lning uch zamonga birlashadigan etti xil zamon formasini: hozirgi zamon, o`tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq o`tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam qo`llaniladigan shart fe`li shaklini ajratganlar.
Hindlar qadimgi davrlardayoq fe`lning to`rtta maylini – aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini bilganlar.
Fe`lning aniq, o`rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida ta`riflangan, tavsiflangan.
Hindlar sanskrit tilida fe`lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va ko`pliklarga ko`ra tuslanishni ko`rsat-ganlar.
Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bo`lgan gapning muhimligini inkor qilmagan bo`lsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shug`ullanmaganlar. Ular sintaksisda so`zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl formalarining birikishi kabi masalalarni o`rganish bilan chegaralanganlar. So`z fikr ifodalash imkoniyatiga ega emas, ya`ni so`z gapdan tashqari mavjud emas deb, gapni tilning asosiy birligi hisoblaganlar.
Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nis-batan sintaksis masalalarida ancha bo`sh bo`lganlar.
Qadimgi yunon tilshunosligi .
Qadimgi Yunoniston Ovrupo tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi.
Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomo-nidan o`rganilgan.
Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy – falsafiy muammolar sifatida namoyon bo`ladi.
Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining etakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.
Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`na-lishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.
Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:
1. Falsafiy davr.
2. Grammatik davr.
1. Tilshunoslikning falsafiy davri. Yunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, g`oyalar yaratish ayni davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi Yunonistonda mavjud bo`lgan deyarli barcha falsafiy maktablar, oqimlar, yo`nalishlar til masalalari bilan faol shug`ullanganlar. Fikr yuritilayotgan davrning o`ta dolzarb va eng muhim muam-molaridan biri so`z muammosi, so`zning tabiiy hodisami? yoki shartli hodisami? ekanligi haqidagi bahs, munozara bo`lib, bu masala atrofida fikrlar qarama-qarshiligi, faylasuflarning ayni masalani hal qilishda tarafma – taraf bo`lib, «jangga» kirishishi, tadqiqot ishlarini olib borishi qizib ketdi. Aniqrog`i, bu davrning asosiy, bosh masalalaridan biri so`z bilan ma`no orasidagi, predmet bilan uning nomi orasidagi munosabat masalasi edi.
Boshqacha aytganda, predmet bilan uning nomi o`rtasida qanday munosabat mavjud? So`zdagi tovush bilan ma`noning bog`lanishi qanday yuz beradi? Bu bog`lanish tabiat tomonidan beriladimi yoki so`zlashuvchilar tomonidan kelishilgan holda yuz beradimi? yoki ma`lum qonun – ko`rsatma bilan tayinlanadimi?, «muayyan urf – odat bilan bog`lanadimi? yoki odamlar tomonidan belgilanadimi. Ya`ni bu jarayon ongli, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladimi? va boshqalar.
Tilshunoslikning falsafiy davrida so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishda Geraklit va uning tarfdorlari quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular har bir nom o`zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada, bog`lanishda bo`lib, nomlarda predmetlarning mohiyati namoyon bo`ladi, «ochiladi». Aniqrog`i, suvda daraxtlar, ko`zguda o`zimiz aks etganidek har bir nom o`zi ifodalayotgan predmetning tabiatini, mohiyatini aks ettiradi, degan fikrni ilgari suradilar. Yana ham anig`i predmet bilan ularni anglatuvchi so`zlar orasidagi bog`lanish tabiat tomonidan berilgan bo`lib, bu bog`lanish tabiiy, zaruriy bog`lanish hisoblanadi.
Xulosa shuki, olamda mavjud bo`lgan barcha narsa -predmetlarning tabiat tomonidan berilgan, o`ziga mos va xos nomlari, «to`g`ri» nomlari bor. So`zlar tabiat tomonidan yara-tilgan. Tabiat har bir predmet uchun alohida nom belgilagan, nom bergan.
Demokrit va uning tarafdorlari esa so`z va predmet munosabati masalasida Geraklit va uning tarafdorlariga qarshi quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular aytadi: narsa, predmetlarning nomlari, so`zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq holda qo`yilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga ko`ra, odamlarning o`zaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko`ra amalga oshadi. Demak, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi.
Demokrit va uning tarafdorlari o`z g`oyalarining to`g`ri-ligini isbotlash uchun yana quyidagi fikrlarni ham bayon qiladilar: 1) ko`p so`zlar bir necha ma`noga ega bo`lib, shunga muvofiq ular turlicha predmetlarni ifoda etadi; 2) ko`pgina tushunchalar bir qancha nomga, atamaga ega bo`ladi; 3) tilning tabiiyligi g`oyasidan kelib chiqadigan bo`lsak, u holda ko`pgina predmetlarning bir nechta nomga ega bo`lishi mumkin emas; 4) vaqt o`tishi bilan bir so`z o`rniga boshqasi yuzaga keladi. Ya`ni muayyan predmet nomi o`zgarib, boshqa nomga, atamaga ega bo`ladi; 5) ko`pgina tushunchalar so`z ifodasiga, nomga ega emas. Demak, – deydi Demokrit va uning tarafdorlari, bir vaziyatda so`zlar etishmasa, boshqa vaziyatda ular ortiqcha, ko`p. Yana boshqa bir holatda so`zlar qat`iy emas, yana boshqa bir vaziyatda esa so`zlar kamlik qiladi. Demokrit fikricha, bunday holat, asosan, odamlar faoliyati bilan bog`liq bo`lib, ular tomonidan yuzaga keladi, tabiat tomonidan emas.
Shunday qilib, Demokrit va uning tarafdorlari narsa, predmet nomlari tabiat tomonidan, tabiiy berilgan emas, degan g`oyani ilgari suradilar va ayni fikrning to`g`riligini tilda mavjud bo`lgan omonim va sinonim so`zlar bilan isbotlaydilar. Haqiqatan, bir-biridan farq qiladigan turli narsalarning nomlari (so`zlar) qanday qilib bir xil (omonim: ot, yosh, qirq, ko`k, son, ko`r, til, ter, qo`y, quv) yoki bir narsaning qanday qilib birdan ortiq nomi (sinonim: bosh, kalla; janjal, g`avg`o, to`palon, g`alva, mashmasha; bo`kmoq, ivimoq; kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq) bo`lishini Geraklit tarafdorlarining ta`limoti-moslik, «to`g`rilik» ta`limoti asosida izohlab bo`lmaydi. Chunki sinonimlar tovush tomonidan farqli bo`ladi; agar so`zning tovush tomoni predmetning mohiyati, xususiyati bilan bevosita bog`langan bo`lsa, demak, sinonimlar turli xil xususiyatni ifodalovchi so`zlar sifatida bitta predmetni anglatishlari mumkin emas. Qolaversa, tabiatdagi hamma predmetlar ham o`z nomlariga ega emas.
Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Kratil» nomli asarida ham mukammal bayon qilinadi.
Tilshunoslikning falsafiy davrida til masalalari bilan jiddiy va barakali shug`ullangan oqimlardan biri stoicizm hisoblanadi. Stoicizm ta`limotining vakillari bo`lgan stoiklar: Xrisipp, Krates va boshqalar o`z ta`limotlarida jahondagi nomuvofiqlikka hamma narsalarning maqsadga muvofiq bo`lishini qarama – qarshi qo`yadilar. Shunga ko`ra ular tilni kishilarning ruhida tabiat talabiga ko`ra paydo bo`lgan deyish bilan birga so`z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi, deb aytganlar. Stoiklar so`zlovchi gapirganida so`z orqali u predmetning tabiati haqida qanday taassurotda bo`lsa, eshituvchida ham xuddi shu xususiyatlar haqidagi taassurot tug`iladi, deb o`ylaganlar.
Stoiklar predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasida Geraklit va uning tarafdorlari ta`limotini quvvatladilar. Ya`ni ular ham predmet va uning nomi (so`z) o`rtasida moslik, muvofiqlik mavjud deb hisoblar edilar.
Ayni vaqtda stoiklarning muxolifi bo`lgan epikur va uning ta`limoti tarafdorlari esa Demokritning fikrini quvvatlab, so`zlar va predmetlar orasidagi aloqa, bog`lanish tabiiy bo`lishi mumkin emas. Chunki narsalarning mohiyati bilan ularning nomi orasida qarama-qarshiliklar juda ko`p, degan fikrni ilgari surganlar.
Epikurchilar predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani dastlab tilni o`zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan. Ana shunday tasodifiylik bo`lmaganida edi, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tushungan bo`lar edi, deyishadi.
Tilshunoslikning falsafiy davrida o`zaro qizg`in kurash olib borgan etakchi oqimlardan, yo`nalishlardan yana biri analogistlar va anomalistlar – qarama – qarshi g`oyadagi faylasuflar guruhi edi.
Ular til hodisalarida analogiya mavjudmi? yoki ano-maliyami?, qonuniyat mavjudmi yoki qonuniyat yo`qmi?, degan fikr bilan qurollanib, til bilan ob`ektiv borliq, so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishga kirishadilar.
Mashhur yunon grammatikachisi Aristarx boshchiligidagi analogistlar oqimi tilning grammatik qurilishi va lug`at tarkibi bilan borliq orasida moslik, muvofiqlik – o`xshashlik mavjud, degan g`oyani ilgari surishadi. Ular yunon va lotin tillarida otning uch xil grammatik jinsi (rod): erkaklar jinsi, ayollar jinsi va har ikki jinsga ham tegishli bo`lmagan oraliq jins mavjudligini aytishadi. Shunga ko`ra ular predmetlar erkaklar jinsiga, ayollar jinsiga yoki oraliq jinsga tegishli bo`ladi, deyishadi.
Anomalistlar oqimining etakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa ushbu g`oyaga zid fikrni, zid g`oyani ilgari surishadi. Ya`ni ular aytadi: tilning tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to`la moslik, o`xshashlik yo`q; biz doim turli tengsizlikka, moslik me`yoridan chetga chiqish-larga duch kelamiz. Masalan, tildagi uch grammatik jins atrofimizdagi narsalarga real ravishda to`g`ri keladi, deb hisoblash be`manilikdir. Haqiqatan ham, masalan, rus tilidagi cherepaxa (toshbaqa), belka (olmaxon) so`zlari shakliga qaraganda grammatik jihatdan ayollar jinsiga mansub bo`lishi kerak edi. Amalda esa o`sha hayvonlarning erkagi ham, urg`ochisi ham bir xilda cherepaxa, belka deyiladi. Shuningdek, rus tilidagi dyatel (qizilishton) so`zi o`z shakliga ko`ra faqat erkaklar jinsiga nisbatan qo`llanaveradi. Demak, bu erda til anomaliyasi mavjud bo`lib, shakl bilan mazmun orasida moslik yo`qdir.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon fay-lasuflari Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502y).
U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.
Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr).
Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U ma`no jihatdan har bir ma`nodosh so`zning o`ziga xos xususiyatlari-ni, ma`no ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi.
Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410 y).
Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe`l zamon-larini va gaplarning turlarini farqladi.
Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini ta`kidladilar.
Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347 y).
O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida e`tirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: otlarni va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb, atadi. Fe`lning ot haqida nima tasdiqlanishini anglatadigan so`z ekanligini qayd etdi.
Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322 y).
O`z davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi – faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi.
Aristotel` ham, Platon kabi, ot – egani va fe’l – kesimni tan oldi. Bu guruhga qo`shimcha ko`makchi so`zlarni-bog`lov-chilarni ham kiritdi. Ya’ni so`zlarni uch turkumga: ot, fe’l, bog`lovchi hamda yuklama kabilarga bo`ldi. Ot va fe`llarni mustaqil ma`noga ega so`zlar sifatida, bog`lovchi, yuklamani esa faqat grammatik vazifa bajaruvchi so`z sifatida qayd etdi.
Aristotel o`z davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, ta`rifladi. Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham ma`lumot berdi. Masalan, u fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.
Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy davrida stoiklar nutqda so`zlarni besh guruhga: fe`l, bog`lovchi, artikl`, atoqli otlar va turdosh otlarga ajratdilar.
Shuningdek, ular ushbu so`zlarning barchasi ham ma`nolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, jo`nalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (zvatel`niuy; chiqish) kelishigi.
Stoiklar o`sha davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bo`lib, o`rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar.
Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim bo`lgan ikki ta`limot qoldi:
1. Tilning elementlari, birliklari (so`z va gap) – ishora, belgi.
2. Til birliklari ma`no, fikr bilan shartli bog`langan.
2. Tilshunoslikning grammatik davri. Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo`lgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog`liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining ta`siri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati bilan qo`shilib ketib, aralash madaniyat – ellinizm yuzaga keladi.
Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Umuman, bizning eramizgacha bo`lgan III asrdan boshlab, birorta ham shahar: na Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bo`lgan Iskandariya shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi.
Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida-yunon – sharq davrida (bizning eramizgacha bo`lgan 334-31y) taraqqiy qildi, rivojlandi.
Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar.
Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bo`lgan 250 y).
U 800.000 dan ortiq qo`lyozma manbalarga ega bo`lgan mashhur Iskandariya kutubxonasining birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer, esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lug`at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.
Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143 y).
Iskandariya maktabining eng mashhur va etakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o`zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal o`rganib, tekshirib chiqilgan to`liq matnini yaratishdi.
Aristarx so`z turkumi haqidagi ta`limotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta so`z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe`l, sifatdosh, artikl` yoki ko`rsatkich, olmosh, old ko`makchi, ravish va bog`lovchi.
Dionisiy (bizning eramizgacha bo`lgan 170-90 y).
Aristarxning shogirdi frakiyalik Dionisiy o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o`rganib, ulardan foydalanib, rimliklar uchun «Grammatika san`ati» nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi.
Dionisiy ta`limotiga ko`ra so`z so`zlashuv nutqining (bog`langan nutqning) eng kichik bo`lagi (qismi)dir. Gap (yoki nutq) esa so`zlarning o`zaro munosabatidan, bog`lanishidan hosil bo`lib, tugal fikr ifodalaydi.
Dionisiy grammatikasida ot turkumi haqida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik va songa ko`ra o`zgaruvchi turkumdir. U sifatlarni ham otga kiritadi.
Dionisiy fe`l haqida fikr yuritib, fe`lning kelishiksiz so`z turkumi bo`lib, zamon, shaxs, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshqalarga ega ekanligini aytadi. Fe`lning beshta: aniqlik, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini; fe`lning uchta: harakat, o`zlik va o`rta nisbatlarini; fe`lning uchta: birlik, juftlik va ko`plik sonlarini; fe`lning uchta: birinchi-nutqni so`zlagan, ikkinchi-nutq yo`naltirilgan va uchinchi-so`z yuritilgan (o`zga) shaxslarni qayd etadi. Grammatik zamon esa hozirgi, o`tgan va kelasi zamon kabi turlarga bo`linadi. Sifatdoshlar esa fe`l va otlarga xos bo`lgan belgilarni birlashtiradigan kategoriya sifatida talqin qilinadi.
Artikl, Dionisiy fikricha, turlanuvchi so`z turkumi bo`lib, u turlangan otdan oldin ham, keyin ham kela oladi. Olmosh ot o`rnida qo`llaniladigan so`z bo`lib, ma`lum shaxslarni ko`rsatadi. Ravish turlanmaydigan so`z turkumidir, fe`l haqida ma`lumot beradi va fe`lga birikadi. Bog`lovchi fikrni ma`lum tartibda bog`laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko`rsata-digan so`zdir. Old ko`makchi so`z turkumi bo`lib, barcha so`z turkumlari oldidan so`z tarkibida ham, gap tarkibida ham keladi. Ya`ni u sintaksisda ham, so`z yasalishida ham qo`llaniladi.
Apolloniy Diskol (bizning eramizning II asrining birinchi yarmi)
Apolloniy Diskol bizgacha etib kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida» asarida yunon tili sintaksisiga oid ma`lumotlarni berdi.
Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga ham katta e`tibor berishdi. Ular tovushlarni akustik princip asosida tasvirladilar, tovush va harflarni aynan bir narsa hisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Shunga ko`ra harflarni unli tovushlar va undosh tovushlar nomi bilan tasvirladilar. Unli harflarni (tovushlarni) o`z holicha talaf-fuz qilinadigan va o`zini alohida eshitish mumkin bo`lgan tovushlar sifatida, undosh harflarni (tovushlarni) esa unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar sifatida qaradilar. Shuningdek, ular bo`g`in, urg`u haqida ham ma`lumot berishdi.
Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo`yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bo`lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bo`sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari gram-matikani falsafadan ajratdilar.
Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri grammatikani mustaqil fan sifatida yaratdi.
Qadimgi yunon tilshunosligi (grammatikasi) hind tilshunosligi (grammatikasi) bilan bir qatorda o`z davrida arab tilshunosligiga (grammatikasiga) ta`sir qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. T., 200
2. N.A.Baskakov, A.S.Sodiqov, A.A.Abduazizov. Umumiy tilshunoslik. T., 1979.
3. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik. T., 1972.
4. Yo`ldoshev B. Umumiy tilshunoslik asoslari. S., 2005..
Qiziqarli malumotlar
Xitoy tili haqida malumot