O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
A) Iljaygan – salbiy. B)Jilmaydi – ijobiy. C) Iljaygan – salbiy va ijobiy. D) A va B
14. Menejment so’zining ma’nosi nima?
Ona tili va bolalar adabiyoti
Fаn dasturi Oliy vа o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2015-yil «____»____________ dagi ____-sоnli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti,
universiteti ”Boshlang‘ich ta`lim metodikasi” kafеdrasi
Mazkur fan dasturi umumiy tilshunoslik fani haqida qisqacha ma’lumot, o‘zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasi, leksikografiyasi, hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi, fonetik tizimi, grafikasi, orfografiyasi, orfoepiyasi, grammatik qurilishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi, o‘zbek tili uslublari, bolalar adbiyoti va bolalar folklori, maktabgacha, maktab va katta yoshdagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan.
Fanning asosiy maqsadi – bo‘lajak bog`cha tarbiyachilariga ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, bolalar adabiyoti va bolalar folklori, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqaida ma’lumot berish, talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir.
Fanning vazifasi – ona tilining barcha bo‘limlari yuzsasidan talabalarga nazariy bilimlar berish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish, ona tilining davlat tili maqomini olishi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun materiallariga tayanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartishlarni yetkazish, o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining rivojlanish davrlarini tahlil qilish, jahon va o‘zbek bolalar adabiyoti namoyandalarining ijodini o‘rganish, o‘zbek va jahon bolalar folklori namunalarini o‘rganish, maktabgacha, maktab va kata maktab yoshidagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
Ona tili va adabiyoti fanini o‘zlashtirish jarayonida
- ona tili va uning jamiyatda tutgan o‘rni;
- ona tilining o‘rganilish darajasi;
- tilshunoslik fanining boshqa fanlar tizimidagi o‘rni;
- tilning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar;
- tillarning taraqqiyoti;
- dunyo tillarining geneologik va morfologik tasnifi;
- tilshunoslikning sohalari: etimologiya, pragmatika, lingvopoetika, semasiologiya, matn lingvistikasi;
- fonetika va fonologiya;
- ona tilining unli va undosh tovushlar tizimi va ularning tasniflanishi;
- nutqning fonetik bo‘linishi;
- urg‘u va uning turlari;
- fonetik hodisalar;
- ona tili yozuvi tarixi va taraqqiyoti;
- imlo qoidalari;
- talaffuz me’yorlari;
- so‘z ma’nolari va ularning o‘zgarishi;
- so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari;
- ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi;
- lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi jihatidan tavsiflanishi;
- lug‘at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanishi jihatidan tavsiflanishi;
- lug‘at tarkibining faolligi yoki nofaolligi jihatidan tavsiflanishi;
- lug‘at tarkibining hissiy-ta’siriy bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi;
- lug‘at tarkibidagi ajralmas birikmalar – frazeologik birikmalarni ma’no va tarkib jihatdan tavsiflanishi;
– leksikografiya, lug‘atlar va ularning turlari; - morfemika, morfema va uning turlari;
- so‘z yasalish usullari;
- so‘zlarning tuzilish jihatdan turlari;
- so‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari;
- grammatik ma’no va grammatik shakl, ularning ifodalanish vositalari hamda usullari;
- grammatik ma’noning lisoniy va pragmatik omillar vositasida ifodalanishi;
- grammatik kategoriya va uni hosil qilish vositalari;
- otning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari
- atoqli otlarning turlari;
- turdosh otlarning turlari;
- otlardagi son kategoriyasi;
- otlarning aloqa-munosabat kategoriyalari;
- otlarning nokategorial shakllari;
- otlarning yasalishi;
- otlarning tuzilish jihatdan turlari;
- sifatning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari;
- sifatlarning ma’no jihatdan turlari;
- sifatlardagi daraja kategoriyasi;
- sifatlarning modal shakllari;
- sifatlarning yasalishi;
- sifatlarning tuzilish jihatdan turlari;
- sonning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari;
- sonlarning ma’no jihatdan turlari;
- sonlarning hisob so‘zlari bilan qo‘llanishi;
- sonlarning ishlatilish jihatdan turlari;
- sonlarning tuzilish jihatdan turlari;
- olmoshning ta’rifi va grammatik xususiyatlari;
- olmoshlarning ma’no jihatdan turlari;
- olmoshlarning ishlatilish jihatiga ko‘ra turlari;
- olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari;
- fe’lning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari;
- fe’llarning ma’no turlari;
- bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar;
- o‘timli va o‘timsiz fe’llar;
- fe ‘llarning nisbat kategoriyasi;
- fe’llarning mayl kategoriyasi;
- fe’llarning zamon kategoriyasi;
- fe’llarning shaxs-son kategoriyasi;
- fe’llarning nokategorial shakllari;
- fe’llarning vazifa shakllari: ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi;
- fe’llarning yasalishi;
- fe’llarning tuzilish jihatdan turlari;
- ravishning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari;
- ravishlarning ma’no turlari;
- ravishlarning yasalishi;
- ravishlarning tuzilish jihatdan turlari;
- yordamchi so‘z turkumlarining ta’rifi, turlari va grammatik xususiyatlari;
- alohida olingan so‘z turkumlarining ta’rifi, turlari va leksik-grammatik xususiyatlari;
- sintaksis va uning predmeti;
- sintaktik aloqa va sintaktik munosabatlar;
- so‘z birikmasi sintaksisi;
- gap sintaksisi;
- gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari;
- gaplarning his-hayajon ifodalashiga ko‘ra turlari;
- gaplarning tasdiq-inkor ifodalashiga ko‘ra turlari;
- gaplarning tuzilish jihatdan turlari;
- sodda gaplarning turlari;
- murakkablashgan sodda gaplar;
- qo‘shma gaplarning turlari;
- matn sintaksisi;
- ona tili ishorat qoidalari;
- nutq uslublari va uslubiyat turlari;
- bolalar adabiyoti fanining predmeti va vazifalari;
- jahon bolalar adabiyotining tavsifi;
- folklorning o‘ziga xos xususiyatlari;
- bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
- onа tilining strukturаsi vа sistemаsini farqlay olish;
- onа tili fonetik tizimi vа grаfikаsini ta’riflay olish;
- onа tili lug‘аt tаrkibini tahlil qila olish;
- onа tili frаzeologiyasi vа leksikogrаfiyasiga ta’rif bera olish;
- onа tili morfemik tizimini tahlil qilish;
- onа tili so‘z yasаlish tizimini tahlil qilish;
- onа tili so‘z turkumlаri tizimini tahlil qilish;
- onа tili sintаktik qurilishini farqlay olish;
- onа tili tаlаffuz, imlo vа ishorаt qoidаlаrini bayon qilish;
- bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd vа vаzifаlаrini farqlay olish;
- mаktаbgаchа, mаktаb, o‘rtа vа kаttа yoshdаgi bolаlаr kitobxonligining o‘zigа xos xususiyatlаrini farqlay olish;
- bolаlаr folklori haqda hikoya qilish;
- o‘zbek vа jаhon bolаlаr аdаbiyoti durdonаlаri haqida hikoya qilish ko‘nikmаlаrigаegаbo‘lishikerаk;
- onа tilining jаmiyatdаgi rolini tushuntirа bilish;
- onа tilining o‘rgаnilish dаrаjаsini bаyon qilа olish;
- tilning ijtimoiy mohiyatini tushuntirа bilish;
- tilning pаydo bo‘lishi hаqidаgi nаzаriyalаrni bаyon qila bilish;
- onа tilining tovush tizimini tаhlil qilа olish;
- onа tili imlo vа ishorаt qoidаlаrini bаyon qilа bilish;
- onа tili lug‘аt boyligining o‘zigа xos tomonlаrini bаyon qilа olish;
- onа tili frаzeologiyasi vа leksikogrаfiyasi haqida mа’lumot berа olish;
- onа tili morfem vа so‘z yasаlish tizimi hаqidа mа’lumot berа olish;
- onа tili grаmmаtik qurilishini tаhlil qilа bilish;
- bolаlаr аdаbiyoti fаnining mаqsаd hаmdа vаzifаlаrini bаyon qilа olish;
- turli yoshdаgi bolаlаr kitobxonligi hаqidа mа’lumot berа olish;
- bolаlаr folklori nаmunаlаri hаqidа mа’lumot berа olish;
- jаhon vа o‘zbek bolаlаr аdаbiyoti nаmunаlаrining o‘zigа xos tomonlаrini tushuntirа bilish malakаlаrigаegаbo‘lishikerаk.
uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanini chuqur o‘rganish uchun falsafa, tarix, etnografiya, adabiyotshunoslik fanlaridan xabardor bo‘lish talab etiladi. Tilning rivojlanish tarixi millat tarixi bilan chambarchas bo g‘liqdir. Jamiyat, xalq tarixida yuz bergan o‘zgarishlar tilning lug‘at boyligida aks etadi, badiiy adabiyotda o‘z ifodasini topadi.
Badiiy adabiyot adabiy tilni yangiliklar bilan boyitish uchun juda katta ahamiyatga egadir, shuning uchun talabalarni til muammolarini hal qilishda badiiy adabiyotga tayanishga o‘rgatish lozim.
Fanining ta`limdagi o‘rni
“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanining amaliy ahamiyati quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- har bir inson, ayniqsa, ziyoli inson o‘z ona tilisining imkoniyatlaridan mumkin qadar unumli foydalana bilishi kerak;
- ona tili har bir millatni millat sifatida farqlantiradigan, shakllantiradigan buyuk ne’mat ekanligini tushunishimiz kerak;
- ona tili fani milliy til va uning tarkibiga kiruvchi adabiy tilning an’anaviy vazifalaridan tashqari, komputer lingvistikasining keng imkoniyatlarini hayotga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi;
- bolalar adabiyoti ming yillar davomida dunyo xalqlari tomonidan yaratilagan so‘z san’ati durdonalari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi;
- o‘zbek milliy bolalar yozuvchilarining ijod namunalaridan bahramand qilish uchun xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishda qo‘llanadigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanini puxta o‘rgatish maqsadida o‘qituvchning dars jarayonida slaydlar, proyektor kabi zamonavaiy texnologik vositalardan mohirona foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Texnik vositalar talabalarga o‘qitilayotgan fanning mohiyatini chuqur anglashga imkon beradi, mashg‘ulotning qiziqarliroq bo‘lishiga, o‘tilgan mavzuni eslab qolishga, vaqtni tejab qolishga yordam beradi.
ASOSIY QISM
“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanining “Ona tili” qismi nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Umumiy tilshunoslikdan ma’lumot
Til ijtimoiy, doim o‘zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili ekanligi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tuzilish uzvlari (elementlari): tovushlar tizimi, leksikasi (yoki lug‘at tarkibi), grammatik qurilishi. Milliy va adabiy til. O‘zbek adabiy tili va uning tayanch dialekti (lahjasi). Adabiy tilning o g‘zaki va yozma shakllari.
Fonetika haqida umumiy ma’lumot, uning nutq tovushlarini o‘rganadigan soha ekanligi. Hozirgi zamon ona tilining fonetik va fonologik tizimi (sistemasi) haqida ma’lumot. Ona tilining fonetik vositalari: nutq tovushlari, urg‘u, ohang (intonatsiya). Fonema, uning so‘z ma’nosini farqlashdagi roli. Hozirgi ona tilining fonemalari. Nutq a’zolari va ularning vazifasi. Nutq apparati. Artikulyatsiya. Artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli. Fonetik akustika, tovush balandligi, kuchi, tembri, tempi va cho‘ziqligi.
Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot. Hozirgi ona adabiy tilining orfoepik me’yorlari, unlilar orfoepiyasi, ayrim undoshlar orfoepiyasi, ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi. Ayrim orfoepik me’yorlarning imlo qoidalariga (orfografik me’yorlarga) mos kelmaslik hollari.
Ona tili grafikasi (yozuv tizimi) haqida ma’lumot. Harf tilning asosiy grafik vositasi ekanligi. Tovush va harf. Alifbo (alfavit).
Leksika (lug‘at tarkibi) va leksikologiya haqida umumii ma’lumot.
Frazeologiya haqida ma’lumot. Frazema til va nutq birligi sifatida. Frazemalarning ma’no xususiyatlariga ko‘ra asosiy belgilari va turlari.
Leksikografiya haqida umumiy ma’lumot. Lug‘atlar va ularning tiplari: ensiklopedik (qomusiy) va lingvistik (yoki filologik) lu g‘atlar. Bir tilli va ko‘p tilli lingvistik lu g‘atlar. Bir tilli lingvistik lu g‘atlarning tiplari.
Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. Morfema va uning turlari: o‘zak morfema va affiksial (qo‘shimcha) morfema. Affiksial morfemalarning turlari: so‘z yasovchi, lug`aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi affikslar. Affiksial morfemalariing tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda affikslar va murakkab affikslar.
Tub va yasama so‘zlar. So‘z yasalishi (derivatsiya) haqida ma’lumot. Ona tilida so‘z yasash usullari: affiksatsiya, kompozitsiya, semantik, fonetik, abbreviatsiya. Affiksatsiya va kompozitsiya usullari – o‘zbek tilida so‘z yasashning eng asosiy usullari ekanligi.
Grammatika haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik ma’nosi va grammatik shakli. So‘zlarning sintetik, analitik, juft va takroriy, aralash hamda nol ko‘rsatkichli shakllari. Grammatik kategoriya haqida umumiy ma’lumot. Grammatik kategoriya, grammatik ma’no va ularni ifoda qiluvchi vositalar tizimi ekanligi. Morfologiya va sintaksis grammatikaning qismlari ekanligi.
Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya grammatikaning so‘z turkumlari va shu turkumlarga xos kategaroial, nokategorial shakllar tizimini, so‘zning birikish vaqtidagi o‘zgarishini tekshiradigan bo‘limi ekanligi. So‘zning morfologik tuzilishi so‘z shaklining qismlaridan (shakl yasash uchun asos bo‘luvchi hamda shakl hosil qiluvchi va so‘z o‘zgartuvchi affikslardan) iborat ekanligi.
Olmoshlarning ma’no turlari: kishilik, o‘zlik, ko‘rsatish olmoshlari.
So‘roq, belgilash, gumon, bo‘lishsizlik olmoshlari. Olmoshning tuzilish jihatdan turlari: soda, qo‘shma, juft, takroriy olmoshlar.
Sintaksis haqida umumiy ma’lumot. So‘z birikmasi, gap bo‘lagi va gap sintaksisning tekshirish obyekti sifatida. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi; teng va ergash bog‘lanish haqida umumiy ma’lumot. Ergash bog‘lanish so‘z birikmasini hosil qiluvchi sintaktik munosabat ekanligi.
Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari (mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili). Ona tilida tinish belgilari va ularning tasnifi; tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari.
Nutq uslublari haqida ma’lumot. Uslubiyat turlari: leksik, fonetik va grammatik uslubiyat haqida.
Dostları ilə paylaş:
Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz 2023
rəhbərliyinə müraciət
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
Fakultet binosining umumiy sig‘imi 450 o‘rinli, o‘quv mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. O‘quv-auditoriyalar soni 9 ta.
Fakultetda o‘quv jarayonini hozirgi zamon talablari doirasida tashkil etishda o‘quv auditoriyalari va o‘qitishning texnik vositalari etarlicha. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar kesimida O‘quv uslubiy majmualar, qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar, videoroliklar yaratilgan. Jumladan, 120 ga yaqin kompyuter, (2 ta kompyuter sinfi), 3 ta videoproektor, 1 ta elektron doska mavjud.
Namunaviy o‘quv reja va namunaviy fan dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlari uchun adabiyotlar mavjud. Jumladan, 2019 yilda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori N.Murodova tomonidan 1ta darslik yaratilgan.
Fakultetning 2020 yilda bitiruvchi kurs talabalari 119 nafarni tashkil qilib, ularning barchasi bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Ilmiy-tadqiqot mavzularini tasdiqlangan professor-o‘qituvchilar.
1. Z.Jumaev, R.YUsubova, H,Suyunov, B.Ashurovlar doktorlik dissertatsiyasi (Ds) mavzulari OAK byulletenida e’lon qilingan va ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
2. 2019 yilda N.Raxmonov, R.SHaropovalar falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan bo‘lsa, 2020 yilda N.YArasheva, N.Tursunova, M.Rizaevalar falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilishdi.
3. 2019 yilda N.Murodova professor ilmiy unvonini oldi.
4. R.YUsubova, H.Suyunov, G.Boltaeva, B.Zaripovlar dotsent ilmiy unvonini oldi. N.SHaripova, M.Xudoyorova, F.Yo‘ldoshev, G.Ernazarovalar tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar.
Qolgan professor-o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlarini olib bormoqdalar. Maqola va tezislar chop etmoqdalar.
Fakultet kafedralarida oxirgi 3 yilda jami 60 ta maqola OAK e’tirof etgan mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘rganish bo‘yicha fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi mavjud bo‘lib, institut yoshlar bilan ishlash ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan shu asosida o‘qituvchi-murabbiylar haftaning har juma kunlari “Axborot va murabbiylik soati”ni namunali tashkil etilgan va guruh jurnallariga murabbiylar tomonidan qayd qilingan. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirlar tashkil qilingan. Jumladan, Mustaqillik kuniga, O‘qituvchi va murabbiylar kuniga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, Ota-onalar yig‘ilishi, Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga taxdid”, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda “Giyohvand vositalarining yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Grippdan ehtiyot bo‘ling” mavzusida, “Quvnoqlar va zukkolar”, sport tadbirlari va boshqa bir qator tadbirlar tashkil etilgan va fakultet talaba va professor-o‘qituvchilari ham unda faol ishtirok etishgan.
Hozirda fakultetda 825 nafar talaba taxsil oladi, shulardan 66 nafari talabalar yotoqxonasida yashaydi, 402 nafari ijarada yashaydi, 357 nafari o‘z uyida istiqomat qiladi. Institut ma’muriyati tomonidan belgilangan reja asosida talabalar yotoqxonasida va o‘quv binosida kecha-kunduz navbatchiliklar tashkil qilingan.
Ijarada yashayotgan talabalar ahvolidan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turiladi, ijara manzillari, albomlar tayyorlanib, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim qilingan.
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)
On 16.08.2018 By shuhrat In DTS va o’quv dasturlari, Taqvim-mavzu rejalar 0 fikr
Yangi tayanch o‘quv reja
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlariga muvofiq, shu yil 27-iyulda Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 191-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlandi.
Buyruqqa asosan 2018-2019 o‘quv yilida 2- va 6- (6-sinfda faqat chet tili) hamda 11-sinflarda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv dasturlari amaliyotga joriy etilishi belgilandi. Respublika ta’lim markaziga xalq ta’limi hududiy boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda tayanch o‘quv reja va uning ijrosi bilan bog‘liq hujjatlarning mazmun-mohiyatini avgust kengashlarida va bevosita pedagogik jamoalarda keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish vazifalari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tayanch o‘quv reja va tushuntirish xatida belgilangan vazifalar ijrosi 2018-2019 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarida to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.
Mazkur buyruq qabul qilingani munosabati munosabati bilan Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2017-2018-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining
2018-yil 27-iyuldagi191-sonli buyrug‘iga 1-ilova
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun
2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI cinflari uchun
2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejaga
TUSHUNTIRISH XATI
Mazkur tayanch o‘quv reja va uning tushuntirish xati quyidagi huquqiy – me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-PQ-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3304-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 iyuldagi 803-f-son farmoyishi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 18-avgustdagi 65QQ/43-sonli qo‘shma qo‘shma qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQvaM) asosida tuzilgan.
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasi yo‘nalishi va xususiyatiga ko‘ra quyidagi oltita blok-modullardan tashkil topdi:
tabiiy va iqtisodiy fanlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi 2018 yil 9 fevraldagi 11-son majlis bayoniga asosan boshlang‘ich sinflarda (I-IV sinf) o‘quv haftasining davomiyligi 5 kun etib belgilandi.
- Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tili fani, ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani haftasiga 2 soat hajmida II sinfdan boshlab o‘qitiladi.
- Ta’lim qardosh (qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarida olib boriladigan maktablarda rus tili fani o‘quvchilar va ularning ota-onalari xohishiga qarab o‘quvchilar soni 25 nafargacha bo‘lgan II-XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat olinib II sinfdan boshlab o‘qitilishi mumkin.
O‘quvchi soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan holatda II-VI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 2 soat, VII-IX va XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat, X sinfda maktab ixtiyoridagi 1 soat, VII-XI sinflarda matematika fanidan 1 soat olinib sinf ikki guruhga bo‘lib haftasiga 1 soatdan rus tili fani o‘qitilishi mumkin.
Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.
- Jahon tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan;
O‘zbekiston tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan;
dunyo dinlari tarixi fani IX–XI sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.
- “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001-yil 4-yanvardagi F-1322-sonli farmoyishi asosida I-IV sinflarda “Konstitutsiya alifbosi” kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi;
V-VI sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” kursi “Vatan tuyg‘usi” fanidagi mavjud takrorlanishlar hamda takrorlash va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan soatlar hisobidan alohida dastur asosida 17 soatdan o‘qitiladi;
VII sinfda 17 soat hajmida maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o‘qitiladi.
Bu mashg‘ulotlar dars jadvaliga kiritilishi va V, VI, VII sinf jurnalida alohida bet ajratilib qayd etilishi lozim.
Mazkur darslarning mazmunida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bolalarning mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-konvensiya, “Ishga qabul qilishuchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-konvensiya to‘g‘risida o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda tushunchalar berish tavsiya etiladi.
- Astronomiya fani XI sinfda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi
- Iqtisodiy bilim asoslari:
I-IV sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” kursining o‘quv materiallari ona tili, o‘qish, odobnoma, matematika, atrofimizdagi olam fanlari tarkibida, sinflar kesimida 10 soatdan;
V-VII sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari” o‘quv kursi tarix, matematika, fizika, geografiya, Vatan tuyg‘usi fanlari tarkibida sinflar kesimida 17 soat hajmida singdiriladi;
VIII-IX sinflarda iqtisodiy bilim asoslari fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.
XI sinfda tadbirkorlik asoslari 1 soatdan o‘qitiladi.
- Jismoniy tarbiya fani I–X sinflarda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1 soat o‘qitiladi.
- Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani X sinfda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1,5 soat o‘qitiladi.
- O‘quvchilarga X–XI sinflarda haftada 1 kun 6 soat hajmda kasbiy ta’lim o‘rgatiladi. Mazkur mashg‘ulotlar O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tkaziladi.
- O‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillariga asoslanib, shuningdek, kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashga maqsadli tayyorlash uchun IX-X sinflarda haftasiga 1 soat maktab ixtiyoridagi soatlar ajratilgan.Ushbu soatlar o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda filologiya, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, amaliy fanlar yo‘nalishida chuqurlashtirilgan sinflar tashkil etiladi.
- Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
Fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash
va amalga oshirish mumkin.
- “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rgatish uchun:
I sinfda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga 0,5 soat ajratilib, 17 soat o‘qitiladi,sinf jurnalida alohida sahifada o‘tilgan mavzular qayd etiladi;
II-VIII sinflarda bu mashg‘ulotlar tasdiqlangan dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soatlar hisobidan 8 soatdan o‘qitiladi. “Yo‘l harakati qoidalari” mashg‘ulotlari II-VIII sinflarda maktab dars jadvaliga kiritiladi va sinf jurnalida tarbiyaviy soatlar uchun ajratiladigan sahifada o‘tilgan mavzular qayd etib boriladi.
- “Hayot xavfsizligi asoslari” mashg‘ulotlarini o‘rgatish uchun:
I-IV sinflarda atrofimizdagi olam, odobnoma, jismoniy tarbiya fanlari tarkibida 17 soatdan;
V-XI sinflarda fizika, kimyo, biologiya, geografiya, Vatan tuyg‘usi va Milliy istiqlol g‘oyasiva ma’naviyat asoslari fanlari dasturlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan o‘tiladi.
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-IV sinflarida “Salomatlik darslari” o‘quv kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik,odobnoma, jismoniy tarbiya va fanlari tarkibiga, V-VII va IX sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursi biologiya, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlariga integratsiya qilingan holda o‘qitiladi.
VIII sinfda maktab ixtiyoridagi soatlardan foydalangan holda yiliga 17 soat o‘qitiladi.
Davra suhbatlariga mutaxassis tibbiy xodimlarni taklif etish tavsiya etiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlari, shuningdek atrof muhitni himoya qilish yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar I-XI sinflarda 17 soatdan fanlar bo‘yicha dars mavzulari zamirida to‘garak mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy soatlarda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda singdirib o‘tish tavsiya etiladi.
- V-X sinflarda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va XI sinfda tadbirkorlik asoslari fanlari tarkibida “Davlat byudjeti”ga doir 1 soatlik mavzularni singdirib o‘qitish tavsiya etiladi.
- “Ekologik tarbiya va atrof muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan bilimlar” I-IV sinflarda o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida, V-XI sinflarida biologiya, kimyo, geografiya fanlariga singdirib o‘qitiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:
o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I-XI sinflarida chet tili fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan fanlar, V-XI sinflarda informatika
va axborot texnologiyalari, ta’lim tili o‘zbek tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida o‘zbek tili fani hamda ta’lim tili rus tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida rus tili, o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar VIII-XI sinflarda jismoniy tarbiya, V-IX sinflarda texnologiya, X-XI sinflarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.
Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.
- V-XI sinflarda jismoniy tarbiya fani bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar sport seksiyalar tarzida o‘tkaziladi.
- Ta’lim qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tillarida olib boriladigan maktablarda maktab pedagogik kengashining qaroriga binoan ayrim fanlar va kurslar o‘zbek tili(davlat tili)da o‘qitilishi mumkin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
“Oila asoslari” kursi V-VI sinfda “Vatantuyg‘usi”, VII sinfda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlari tarkibida
10 soatdan;
“Oila etikasi va psixologiyasi” kursi VIII-X sinflarda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori hamda 2018-yil 9-fevraldagi 11-son majlis bayoniga muvofiq, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
o‘quv haftasining davomiyligi — I-IV sinflarda 5 kun,
V-XI sinflarda 6 kun;
dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi
— 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi
— 15-30 daqiqa).
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
- Mazkur tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasi 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv reja va tushuntirish xatini ishlab chiqadi va avgust oyidagi pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.
- Barcha turdagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darslar va mashg‘ulotlar mazkur o‘quv reja asosida davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.
- O‘quv yili yakunida V-VIII sinf o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar va mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maktabda, Xalq ta’limi vazirining 2003-yil 3-noyabrdagi 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga qat’iyan rioya qilgan holda V-VI sinflarda 6 kun 3 soatdan, VII sinfda 10 kun 3 soatdan, VIII sinfda 16 kun 4 soatdan amaliy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
01/08 2018
10-sinf ona tili va adabiyot 1-yarim yillik
1. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning soni yer yuzida qanchani tashkil etadi?
A) 35 mln dan ortiq B) 32 mln dan ortiq C) 33 mln dan ortiq D) 30 mln dan ortiq
2. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning qanchasi O’zbekistonda yashaydi?
A) 23 mln dan ortiq B) 24 mln dan ortiq C) 25 mln dan ortiq D) 26 mln dan ortiq
3. Adabiy til nima?
A) Milliy tilning ko’rinishi. B) Kishilarning nutqidagi hududiy tildir.
C) O’zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo’ladi.
D) Rivojlangan, boyigan, takomillashgan va me’yorlashgan oily shakli.
4. Milliy til nima?
A) Ma’lum millat vakillari uchun umumiy bo’lgan til.
B) Xalq shevalari, oddiy so’zlashuv unsurlari, jargonlarni o’z ichiga oladi.
C) Milliy madaniyatning ko’zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
5. Grammatika nimani o’rgatadi?
A) Nutq uslublariga daxldor til xususiyatlari. B) To’g’ri gapirish va yozish.
C) Nutq uslublarini o’rganadi. D) Gaplarning bog’lanishini o’rganadi.
6. Uslubiyat deganda nimani tushunasiz?
A) Nutq uslublarini o’rganadi. B) Til munosabatlarini o’rganadi.
C) Nutq munosabatlarini o’rganadi D) Til va so’zlarning me’yorlarini o’rganadi.
7. O’qituvchi dars mashg’ulotida qanday uslubdan foydalanadi?
A) So’zlashuv. B) Ilmiy. C) Badiiy D) Rasmiy
8. Qaysi uslub bir jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi?
A) Ilmiy uslub B) Publitsistik uslub C) So’zlashuv uslub D) Badiiy uslub
9. Murshid so’zining ma’nosi nima?
A) Saboq beruvchi pir, shayx, ustoz B) Dushman, g’anim
C) Islo dini tarqalgan mamalakatlarda bilimdon kishilarga berilgan nom.
D) So’fiylik yo’liga kirgan shaxs
10. Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq qaysi uslublar nutqning yozma shakliga mansub?
A) Publitsistik B) Badiiy C) Ilmiy D) Barcha javoblar
11. Badiiy uslubga xos so’zni toping.
A) Ovqat B) Taom C) Ne’mat D) Xo’rak
12. Nutqni to’g’ri va ta’sirli tuzishda qaysi uslub yetakchilik qiladi?
A) So’zlashuv B) Badiiy C) Publitsistik D) Rasmiy
13. Salbiylik va ijobiylik bo’yog’iga ega so’zlarni toping.
Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko’rindi. Qiz Umidga qarab jilmaydi.
A) Iljaygan – salbiy. B)Jilmaydi – ijobiy. C) Iljaygan – salbiy va ijobiy. D) A va B
14. Menejment so’zining ma’nosi nima?
A) Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish.
B) Korxona va kompaniya egasi bo’lmagan boshqaruvchi.
C) Mahsulot ishlab chiqarish va sotish D) Bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli
15. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so’zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo’yog’ini farqlang.
A) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
B) Yuz, bet – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
C) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
Chehra, jamol – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
D) Yuz, bet – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – biron-bir uslubga xoslanmagan
16. Tig’i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosida ohim o’tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan. (A.Navoiy)
Shakldosh so’zlarning ma’nosini izohlang.
A) tugamagan, o’smagan, tuzalmagan B) tuzalmagan, tugamagan, o’smagan
C) tugamagan, tuzalmagan, o’smagan D) o’smagan, tugamagan, tuzalmagan
17. A.Navoiyning shohbaytlaridan qaysi biri to’g’ri berilgan?
A) Quyoshlig’ istasang, kasbi kamol et, Kamol kosib etarsen, bemalol et.
B) Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranch ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganch ila
C) Har kishikim, birovga qozg’ay chog’, Tushgay ul chog’ aro o’zi nogoh.
D) Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkumdir oxir.
18. Adip so’zining manosi …
A) Adabiy asarlar ijodkori, yozuvchi B) Tortmoq, olmoq C) Mol-mulk
D) To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag’iz
19. Milliy til yana qaysi uslubda qo’llaniladi?
A) So’zlashuv va publitsistik B) So’zlashuv va rasmiy
C) So’zlashuv va badiiy D) So’zlashuv va ilmiy
20. Kolorit so’zining ma’nosi nima?
A) Rasm, ranglarning uyg’unligi B) O’tmish, hayotning o’tgan qismi
C) Biror narsaning o’ziga xos tomoni, xususiyatlari D) A va C
21. Kim haqida: “………………… naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas…” qaysi mutafakkir shoir o’z fikrlarini bayon etgan?
22. Qaysi shoir aruz ilmiga bag’ishlab qaysi asarni yaratdi?
23. Qaysi mutafakkir shoir tilshunoslikka bag’ishlab yozilgan asarini belgilang.
24. Qaysi shoir 1530 yilda Agrada vafot etadi va o’zining vasiyatiga ko’ra uning xoki qaysi shaharga olib kelinadi?
25. Qaysi shoir haqida: “U turli go’zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi”, deb qaysi shaxs tomonidan fikr bildirilgan?
Qiziqarli malumotlar
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI