9 sinf ona tili tahlili
Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi.
Презентация “Эукариот организмларнинг ҳужайралари” 9-синф Биология
Мембрана цитоплазмани ўраб ҳужайрани ташқи муҳитдан ажратиб туради, ҳужайрадан-ҳужайрага эриган моддаларнинг келишини тартибга солиб туради.
ЦИТОПЛАЗМА
Цитоплазма глюкоза ва аминокислоталар каби эриган моддалардан ҳамда сувдан иборат. У ҳар қандай органеллалар жойлашган ўртача суюқликдаги шилимшиқ модда. Озиқ моддаларни ташувчи.
ЯДРО
Ядрода генетик материал – хромосомаларни ҳосил қилувчи ДНК жойлашган. Бўлинганда хромосомалар ёрдамида урғочи ҳужайраларга маълумотларни етказади.
ЭНДОПЛАЗМАТИК ТЎР
3 турли бўлади: эндоплазматик тўрча, чўтир ва силлиқ. Турига қараб озиқ моддаларни синтези ва трнспортини, оқсил синтези, углевод, липидлар ва кальцийнинг модда алмашинувини таъминлайди.
РИБОСОМАЛАР
Оқсил ва РНКни ушлаган зич танача. Буларда оқсил синтезланади.
ЛИЗОСОМАЛАР
Ичида ферментлар жойлашган айлана шаклидаги таначалар. Оқсил, ёғ ва углеводларни ажратади.
МИТОХОНДРИЯ
Ичи кристаллга тўлган танача. Буларда энергияга бой бўлган моддалар АТФ ҳосил бўлади.
ГОЛЬДЖИ АППАРАТИ
Ялпоқ мембранали ҳалтачалар тўплами. Унда лизосомалар ҳосил бўлади.
ХЛОРОПЛАСТ
ДНК, рибосомалари бор икки мембранали органоид. Фотосинтез жараёни амалга ошади.
УЙГА ВАЗИФА
1. 10§ ўқиш ва қуйидаги саволларга жавоб бериш:
Органик моддаларнинг парчаланишига қандай органоидлар жавоб беради?
Қайси органоид фақат ўсимлик ҳужайрасида бўлади?
2. Ҳужайра расмини чизиш.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!
© CdnPdf – бесплатная платформа книг, документов и журналов в формате PDF 2023
Материалы взяты из открытых источников, по всем вопросам обращайтесь по адресу pdfbooklisten@gmail
«Ona tili» 9-sinf 9-sinf 1
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish
imkoniyatiga ega bo’ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo’lib, o’rganib-o’rgatib qaytmoqdalar. Agar siz
Toshkentdan poyezdga o’tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yolingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz
singari tillardagi gaplarni eshitasiz.
Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi,
ayrimlarining esa tamomila boshqa, ona tilimizga o’xshamasligining guvohi bo’lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p
bo’lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda
yer yuzida mavjud bo’lgan 3000 dan ortiq til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo’linadi.
Masalan, o’zbek, turk, turkman, qirg’iz, qozoq, tatar, uyg’ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir
oilaga mansub bo’lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar
ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir.
Ko’rinib turibdiki, o’zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillar oilasiga mansub bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat
tili sifatida erkin rivojlanib, o’sib bormoqda.
1-mashq. Gaplarni o’qing, tilning inson hayotida tutgan o’rni haqida suhbatlashing.
1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning
ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar. (I.Karimov). 2. Ko’ngil maxzanining qulfi til va ul
maxzanning kalitin so’z bil. (Alisher Navoiy). 3. Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va
adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur. (Abdulla Avloniy). 4. O’z Vataningga bo’lgan muhabbatingni
o’z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. (K.Paustovskiy). 5. Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida
Amir Temur o’ta biluvchan edi. Ko’p o’qigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan
hukmdor edi. (Alfons de Lamartin)
2-mashq. Matnni ko’chiring, so’zning qudrati haqida fikrlashing.
So’z benihoya qudratli narsa. Uni o’z o’rnida ishlata bilish uchun farosat, malaka va ziyraklik zarur. «Qobusnoma»da shunday
bir hikoyat bor: Xalifa Xorun ar-Rashid tush ko’radi. Tushida barcha tishlari to’kilib ketgan emish. Xalifa tushni ta’bir qiluvchidan
tushining ma’nosini so’raydi. U shunday deydi: «Sendan oldin barcha yaqinlaring, qarindosh-urug’laring o’ladi. Sendan boshqa
hech kim qolmaydi». Bu so’zni eshitgan Xorun ar-Rashid: «Sen mening yuzimga bunday qayg’uli so’zni aytding. Mening barcha
qarindosh-urug’larim o’lsa, so’ngra men qanday ishga yarayman-u qanday yashayman?» — dedi darg’azab bo’lib va unga yuz darra
urishni buyuradi. Keyin boshqa bir ta’birchini chaqirib, undan tushining ma’nosini so’raydi. U bunday deydi: «Sening umring
barcha qarindoshlaring umridan uzun bo’ladi». Shunda Xorun ar-Rashid: «Barcha aqlning yo’li birdir va ikkala ta’birning negizi bir
yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag’oyat ko’pdir», – deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri:
________________________
Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun
+998902295952
raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega
Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin.
P.S. Sizning to’lovingiz
loyihasi rivoji uchun sarflanadi.
Narxi: 15000 sum
«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
2-dars SO’Z BIRIKMASI BO’YICHA O’TILGANLARNl TAKRORLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik
did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod
tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Matnni o’qing. Undagi gaplarni so’z birikmalariga ajrating.
Do’stlik qanchalar xilma-xil imtiyozlarni o’zida jamlagan! Qayoqqa qaramang, u sizning xizmatingizda. U
hamma joyda muhayyo. U hech vaqt joningizga tegmaydi. U hech qachon shunchaki kelmaydi. U
muvaffaqiyatlarga yangicha mazmun baxsh etadi. U ko’maklashganda har qanday omadsizliklar barham
topadi. (Sitseron)
5-mashq. Matnni o’qing. Gaplarni so’z birikmalariga ajrating. Tobe so’zning hokim so’zga qanday vosita
yordamida bog’lanayotganini va bog’lanish turini aniqlang.
Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar Boshing bukma sira, xokisor
banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. (A.Oripov)
6-mashq. Gaplarni ko’chiring, so’z birikmalarini aniqlab, ularni izohlang.
1. Yoshlikda zahmat chekib ilm o’rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy) 2.
Bilimsiz kishining ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi. (Beruniy) 3. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir.
(Alisher Navoiy) .4. Ilm ibodatdan afzal. (Hadis) 5. Ilm asosiga qurilmagan ulug’likning oxiri xorlikdir. (Yusuf
8-mashq. Matnni o’qing, so’z birikmalarini aniqlab, hokim so’zning tobe so’zga bog’lanish usullariga
Bir kishining bir necha o’g’illari bo’lib, ular tez-tez o’zaro nizo qilib turishardi. Bir kuni ota bir dasta
cho’p yig’ib, mahkam qilib bog’ladi va o’g’illariga berib: «Qani, shu cho’plarni sindiringlar-chi!»-dedi.
O’g’illar har qancha urunishmasin, uni sindira olmadilar. Shunda ota bog’langan cho’plarni yechdi va bir
donadan o’g’illariga berdi hamda sindirishni buyurdi. O’g’illar cho’plarni osonlik bilan sindirib tashladilar.
Shunda ota o’g’illariga qarab: «Hozir nimani ko’rgan bo’lsangiz, sizning ahvolingizga misol. Agar ittifoqda
bo’lsangiz, sizni hech kim sindira olmaydi»,-dedi. («Hikmatnoma»dan)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri:
________________________
9-sinf ona tili
1. Bo’tako’z turkumi vakillari orasida o’ziga xos bo’lgan bioekologik xususiyatlari, ahamiyati, muhofazaga muxtoj turlarining mavjudligi bilan farqlanadi. Bo’tako’z o’simligi bir yillik, poyasi tik o’suvchi, bo’yi 10-50 sm atrofida bo’lgan, deyarli asosidan boshlab uchigacha shoxlanadigan, g’ovaksimon to’rlangan, yumaloq va serbarg o’simlik hisoblanadi.
Qo’llanma haqida umumiy ma’lumot
Sinfi | Fan nomi | Hajmi | Sahifasi | Namuna | Fon | Formati | Sifati |
9 | Ona tili | 270 kb | 8 bet | Tepada | Oq, reklamalar mavjud | Yaxshi |
- Baham ko’ring Facebook
- Baham ko’ring Twitter
- Baham ko’ring Google+
- Baham ko’ring Pinterest
Fikr bildirish Javobni bekor qilish
Tavsiya qilamiz
Kasblar oyligi uchun rasmlar
Kasblar oyligi Yuklab olish Sentyabr ishchi kasblar oyligi YUKLAB OLISH Oktyabr maishiy xi…
Amaliy mashg’ulot. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturining tahlili. 5-9 sinf ona tili va adabiyot fani dasturlarining qiyosiy tahlili
Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich ta’limdan davlat ta’lim standarti va o’quv dasturining 18-20 – betlarini o’qish va 5-9 sinf ona tili va adabiyot fani dasturlarining qiyosiy tahlil etish.
Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruratini vujudga keltirdi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Natijada 1999 yilda umumiy o`rta ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi. 13
Davlat ta`lim statdarti amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005 yilda to`plangan tajribalar asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi. 14
Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.
Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.
Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
2.Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish.
Bu bo`lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta`limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarga ongli o`qish, o`qiganlarini ravon gapirish va yozishga o`rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda boshlang`ich bilim berishni, shu asosda nutqni boyitish, boshqalar nutqini e`tibor bilan eshita olish hamda kitob o`qishga qiziqish uyg`otishga yo`naltirishi zarur.
Ona tili o`quv dasturining ikki bo`limida sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan. Demak, 1-4 sinflarda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyushtiriladi.
Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar
Sinfdan tashqari o`qish darslarda esa o`quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni o`qib o`rganadilar. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi o`qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qigan kitobini to`g`ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. 15
Albatta, sinfda o`qish darslarida ham mustaqil o`qish ishlari uyushtiriladi, o`quvchilarda ma`lum ko`nikmalar hosil qilinadi.Biroq sinfdan tashqari o`qish atamasining ma`nosi ancha keng bo`lib, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi.
Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularning qaysi tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi.
Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi.
1-sinfda sinfdan tashqari o`qish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) boshlang`ich bosqich;
Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o`qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada 1 marta savod o`rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari o`qish darslari hajmi ko`rsatilmagan. O`qish materiali, mavzular vazifalari yuzasidan ko`rsatmalar berilgan..
2-sinflarda sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish materiali, o`qish mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalar ko`rsatilgan.
3-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish doirasi, o`quv materiali, o`qish mavzulari aniq ko`rsatilgan.
4-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya beriladi. Ammo o`quv materiali, o`qish mavzulari ko`rsatilmaydi.
Boshlang`ich ta’limda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyg`un holda tashkil etiladi. Sinfda o`qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o`qish uchun ham taalluqlidir. Ular:
1. O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.
2. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.
3. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini o`stirish.
6. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
Sinfdan tashqari o`qish darslari esa yuqoridagi qo`shimcha sifatida yana quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:
1. Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qish malakasini takomllashtiradi.
2. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.
3. Ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil o`qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
4. Sinfdan tashqari o`qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi o`zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar uchun ”Kitоbim – oftobim” 16 qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.
”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan doimiy ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidа vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik qo`llаnmаlаrdа o`quvchilаrning mustаqil o‘qishga va mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа izlаnishgа undаydigаn sаvоl-tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim. Sinfdan tashqari o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab dаrаjаsidа dеb bo`lmаydi. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа sаvоllаrning tuzilishi vа mаzmuni DTS tаlаblаrigа to`liq mоs kеlishidаn qаt`i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o`qituvchilаrning vа o`quvchilаrning qo`shimchа sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to`ldirilib bоrilsа, tа`limning yanа hаm mukаmmаlligigа erishilgаn bo`lаrdi.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan DTS, o`quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo`llanmasi” tahlili natijalaridan quyidagilar aniqlandi:
Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari xususida alohida ko`rsatkich va talablar qo`yilmagan. Bizningcha, bu xususda o`ylab ko`rish lozim.
Amaldagi o`quv dasturiga muvofiq o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini xosil qilish uchun 1-sinfda har haftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflarda esa 17 soatdan jami 51 soat ajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyat berilgan.
Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda bir xillik, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan.
Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.
9-sinf o`quvchilarida she’riy asarlar tahlili orqali adabiy-nutqiy kompeten-siyalarni shakllantirish yo’llari (Abdulla Oripov she’riyati misolida)
Ta’lim tizimida o’quvchilar lirik turning deyarli barcha janrlari bilan tanishish, ulardan estetik zavqlanish imkoniga ega.Lirik asarlar tahlili bilan bog’liq eng muhim jihat tahlilning birinchi bosqichi bilan aloqador,ya’ni tahlilning birinchi bosqichida badiiy matn o’qib-o’zlashtiriladi,tahlilga tortilishi lozim bo’lgan jihatlar belgilanadi.Lirik turda badiiy matn nafaqat o’qib eshittirish,balki yoddan ifodali aytib berish imkoniyati mavjud.Chunki o’rganilayotgan lirik asar butunlay yoki uning ayim qismlarini o’qituvchi yoddan ifodali aytib bersa,bu birinchi navbatda,o’quvchilarning diqqatini oson jalb qiladi.ular o’z o’qituvchisining adabiyotga,she’riyatga muhabbatini his qiladilar,butun e’tiborlarini sharhlanishi lozim bo’lgan she’r matniga,uning shakliy tarovati,mazmuniy mohiyatiga yo’naltiradilar. Ikkinchidan,tahlil qilinayotgan she’riy matn qismlari o’rtasidagi yaxlitlik,uzviylik ham buzilmaydi.
Adabiy ta’limda nafaqat o’qituvchi,balki o’quvchilarning ham ko’plab she’r yodlashi muvaffaqiyat garovidir.She’rni yod olish o’quvchi xotirasi bilan bog’liq jarayon bo’lsa-da,she’rdagi estetik mohiyat,hissiy –emotsional ifoda,badiiy latofat uning qalbiga ham “yuqadi”,hislarini tarbiyalashga,kommunikativ,og’zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga,ma’naviyatini boyitishga munosib hissa qo’shadi.Shuning uchun ham,bugungi adabiy ta’limda o’quvchi -larni ko’proq she’r yodlashga undash joiz.
Lirik asarlarni tahlil qilishda samarali natijaga erishish uchun adabiy ta’lim jarayonida lirik asarlar tahlilini quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq.
-
- O’rganilayotgan har qanday lirik asar iloji boricha o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan yoddan ifodali aytib eshittiriladi.Yoki mohir suxandonlar tomoni- dan ifodali ijro etilgan video-audio tasmalaridan foydalansa ham bo’ladi. She’- riy asarni ifodali o’qishda,avvalo vazn talablarini nazarda tutish,mazmunga munosib ohang tanlash maqsadga muvofiq.
- She’r o’qib eshittirilgach,uning mavzu yo’nalishini aniqlashtirish kerak. She’rning mavzusi va mazmuni bilan tanishgach,dasturga tayangan holda uning o’rganilishi ko’zda tutilgan asosiy jihatlarini belgilash tahlilni maqsadli amalga oshirishga imkon tug’diradi.
- She’riy matndagi lug’at so’zlar izohi ustida ishlash.Tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlarni,avvalo darslik yoki majmua mualliflari shu she’riy matn oxirida keltirib o’tishadi,shunday bo’lsa ham so’z ma’nosi izohlanayotganda uning asosiy leksik ma’nosi hamda she’riy matn mazmunida ifodalanayotgan ma’nosidagi farqlanishlar ustida to’xtalish
- She’riy matnning umumiy mazmuni va g’oyaviy yo’nalishi sharhlangach,shoirning badiiy niyatini shakllantirishga xizmat qilgan,mazmunni gavdalantirgan shakliy unsurlar aniqlanadi.Bunda,birinchi galda band,bayt,misralarni tayin etgan qofiya,radif,turoqlar va ularning mazmunni yuzaga chiqarishga va ma’no qatlamlarini shakllantirishga qo’shgan hissa ustida to’xtalish joiz.
- Lirik asar badiiyatini ta’minlagan yetakchi obrazlar aniqlanadi.Shuningdek, she’rda ishtirok etayotgan obrazlarni shakllantirgan,ularning badiiy salmog’ini tayin etgan tasviiriy ifodalarga ham e’tibor qaratish lozim.
- She’riy asar haqidagi umumiy tasavvurlar shakllangan bandlar alohida-alohida, baytma-bayt,misrama-misra tahlilga tortiladi va hokazolar.
A.Oripovning turli she`riy shakl va janrlarga murojaat etishi haqida gap borar ekan, uning ruboiylari haqida hali qisqacha to`xtab o`tish lozim. Shoir o`zi kamtarlik bilan bu asarlarni ko`pincha «to`rtlik» deb ataydi, biroq ularning ko`pi mazmun jihatdan go`zal ruhli, chuqur falsafiy ma`noli ruboiylarni esga soladi.
Tingla, bu abadiy sado bo`ladi
Gadoning dushmani gado bo`ladi
Ikkovi bir-birin yegunicha to
O`rtada bu dunyo ado bo`ladi.
Tug’ilsang baxt bilan kamol o`shadir.
Tark etsang olamni zavol o`shadur.
Oxir chog’ tuprog’ing ustiga kelib,
Kimdur yod aylasa, iqbol o`shadir.
Abdulla Oripov she`rlariga xos yana bir xususiyat inson ruhiyati manzaralarining to`laqonli chizilishidadir. Shoir qaysi mavzuda yozmasin, Navoiy ta`kid etganidek «ruh mayli» dan kelib chiqib ish ko`radi.
Yozmoqda bu ishqi jovidona
Maqsudim emas edi fasona.
Mazmuniga bo`ldi ruh mayli
Afsona edi aning tufayli
Muhabbat adabiyotda hamisha navqiron va ko`hna mavzulardan biridir. Turli yillarda yozilgan «Birinchi muhabbatim», «Muhabbat», «Sevgi o`limi», «U qo`shiq kuyladi» «G’azallar to`qirdim senga bir zamon» kabilar shular jumlasidandir. Ularning har biri badiiy jihatdan yuksak. Insondagi eng oliy tuyg’u muhabbat, uning armonlari, sog’inch-iztiroblari, hijroni kuylanadi. «Ayol» she`rida muhabbatning qanoti bo`lgan sadoqat ulug’lanadi.
Shoirning butun she`riyati singari muhabbat lirikasi ham o`ziga xosligi, teranligi, tuyg’ularning tabiiyligi, hayotiyligi, real voqelikka monandligi bilan ajralib turadi. Sevgi haqidagi hazin, mungli ohanglar har qanday oh-vohlar, o`ldim-kuydimlardan tamomila yiroq.
«Eslang», «Derazangni qoplar oqshom zulmati», «Chuvaladi o`ylarim sensiz», «Xayr endi» kabi o`nglab she`rlarni ko`ngilxushlikdan butunlay begona chinakam oshiqning yuksak pardalarda ifodalangan ohi, nidosi deyish mumkin. Shoir nazdida sevgi talqini, vafo va sadoqat tushunchalari ma`naviy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz chashmasidan suv ichadi.
Shoirning «Muhabbat» she`ri bunday boshlanadi:
Hayot mendan ayamadi ne`matlarini
Ne istasam berdi doim, hech bir tonmayman.
Faqatgina bir g’am o`rtar yuraklarimni
Men muhabbat taqdirimdan maqtanolmayman.
Lirik qahramon o`zining rad etilgan, javobsiz qolgan sevgisi tarixini hech kimdan yashirmasdan to`kib soladi. She`rda Odam Ato va Momo Havodan meros mo`jizaviy tuyg’uning odam ba`zan hatto o`z-o`ziga ochiq iqror bo`lishiga botinavermaydigan pinhoniy jihatlari qalamga olinadi.
Yoki «Birinchi muhabbatim» she`rini yurakda armon bo`lib qolgan muhabbat haqidagi mungli, hazin kuyga qiyoslash mumkin. Har bir bandi mustaqil qofiyalangan bu she`r xalqimizning sevimli hofizi Sherali Jo`raev tomonidan qo`shiq qilingan.
Ona haqidagi she`rlar va umuman, ona obrazi shoir ijodidagi ayol obrazini yanada mukammallashtiradi va konkretlashtiradi, bu timsolni oliy maqomlarga olib chiqadi. Shoirning «Ko`zlarim yo`lingda», «Onajon», «Ruhim», «Yurtim shamoli», «Yillar armoni» «Ishonch ko`priklari» singari to`plamlaridagi she`rlar bag’ridan mushtipar ona ko`zlari doimo bizga termulib turadi. Bu to`plamlarning «Onamga xat», «Onajon», «Ona», «Alisherning onasi», «Onamni eslab» singari ona timsoliga maxsus bag’ishlangan she`rlar o’rin olgan. «Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi» nomli fantastik she`rida ham ona va mehr muammosining o`ziga xos talqiniga duch kelamiz.
Shoir she`rlarida uch oliy tushunchaga ona nisbatini beradi: ona-vatan, ona she`riyat, ona sayyora.
«Onajon» she`ri shoirning mumtoz asarlaridan biri. Bu she`r volidayi muhtaramasi qarshisida ayni vaqtda elning buyuk san`atkori bo`lgan A.Oripovning ona haqidagi guhar tuyg’ulari talqinidan tizilgan marjondir. Abdulla Oripov bu she`rida mehribon volidaning nurli qiyofasini yaratadi.
Ota-ulug’ zot. Uni madh etuvchi she`rlar ham anchagina. «Tabiat» deb atalgan she`rida shunday misralar bor:
O`tgan kunlarimga boqib muntazir-
Sog’inchdan yonadi yongan bu jonim
Afsuski, yonimda emassiz hozir,
Donishmanu ustozim — siz otajonim .
Endi men eslayman, ko`zlarimda nam
Hikmatli so`zlarning otash sehrini
Qo`msab talpinaman gohi-gohi dam
Donishmand otamnning shafqat, mehrini
Shunday paytda o`zing aylagil shafqat
Ota bo`la qolgil, menga, tabiat.
Yoxud boshqa bir she`rida «Otalar ilgida zamon bilan vaqt» deb yozadi.
«Qarshi qo`shig’i» she`rini otasiga bag’ishladi.
Qaysi bir shoir o`z vatani haqida she`r yozmaydi? Qaysi bir kitobxon Oybekning «Bir o`lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi» deb boshlangan «O`zbekiston» she`rini qayta-qayta o`qimaydi deysiz? Biroq A.Oripov na Oybekni takrorlaydi, na Hamid Olimjonni va na Uyg’unni. Oybekda O`zbekistonning tarixiga tegishli voqealar qiyoslangan, H.Olimjonda go`zal o`lka bahor nafasiga yo`g’rilib romantik ohangda beriladi. Uyg’un Vatanining qudratiga urg’u beradi. A.Oripov esa «O`zbekiston» she`rida ustozlardan saboq olib, ularni takrorlamagan holda, vatani haqida jozibali she`r yaratadi.
U she`rda qariyib ming yillik tarixni mujassam etadi. Xalqi yaratgan ulug’ siymolar taqdirini jamlaydi, «Deding, paxtam qoldi-ku axir, yig’ishtiray kelmasdan ayoz» deya, orom olishni bilmasdan sovuq dalada ter to`kayotgan yalangto`sh bobodehqon obrazini joylaydi. Shoir ulug’lar shajarasini Beruniydan boshlaydi:
Uxlar edi Kolumb ham hali
Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniyning aql mash`ali.
Osmon ilmi tug’ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida» deya davom ettiradi shoir. Yoxud Navoiy dahosini shunday ta`riflaydi.
Temur tig’i olmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Shular asosida shoir ulug’ xalqqa ta`rif beradi.
U suhbatlaridan birida “Sevinchim-dardim Vatan» deyishi bejiz emas. Shoir «Yurtim shamoli», «O`zbekistonda kuz», «Qarshi qo`shig’i», «Kenglik nuqtasi», «Toshkent sha`niga», «Momo oftob», «Men nechun sevaman O`zbekistonni?» kabi o`nlab she`rlarida Ona-Vatanning zavol bilmas qiyofasini yaratadi.
O`zbekiston mustaqilligi munosabati bilan A.Oripov ijodida ona-yurt va Vatan mavzui ning yangicha talqinlari maydonga keldi. «Adolat oftobi», «Uyg’onish zamoni», «Erk haqida» she`rlari ana shular jumlasidandir.
Qiziqarli malumotlar
9 sinf ona tili tahlili