Iqtisodiy bilim asoslari 8 sinf pdf

Iqtisodiy bilim asoslari 8 sinf pdf

64-maqsad: Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni «bir qadam» tamoyili asosida tashkil etish.

Iqtisodiy bilim asoslari 8 sinf pdf

Mundarija скрыть

Foto: Foto: Yevgeniy Sorochin / Afisha

2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. 2022 yilda strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln so‘m va 11,7 mlrd dollar ajratiladi.

Кириллчада 31 yanvar 2022, 12:36 Siyosat

28 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujjat loyihasi o‘tgan yilning 30 dekabridan 2022 yil 15 yanvar kuniga qadar 2022−2026.strategy, regulation.gov va jamoatchilik portallari orqali keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan.

Strategiya 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturida rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 55 trln so‘m va 11,7 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Birinchi yo‘nalish: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish

1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish.

2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.

3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.

4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini «fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish» tamoyili asosida transformatsiya qilish.

5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.

6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish.

7-maqsad: Mamlakatdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.

8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash.

9-maqsad: «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.

10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish.

11-maqsad: Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish.

12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Ikkinchi yo‘nalish: O‘zbekistonda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish

13-maqsad: Mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash.

14-maqsad: Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash.

15-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

16-maqsad: Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.

17-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo‘naltirish.

18-maqsad: Sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash.

19-maqsad: Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish.

20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish.

Uchinchi yo‘nalish: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash

21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish. Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.

22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish.

23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish.

24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda «Yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.

25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish.

26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.

27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish.

28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish.

29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.

30-maqsad: Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish.

31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish.

32-maqsad: Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5−2 baravar ko‘paytirish.

33-maqsad: Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4−1,6 baravarga oshirish.

34-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish.

35-maqsad: «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling» dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish.

36-maqsad: Barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.

To‘rtinchi yo‘nalish: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish

37-maqsad: Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish.

38-maqsad: Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish.

39-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.

40-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash.

41-maqsad: Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish.

42-maqsad: 2026 yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish.

43-maqsad: Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish.

44-maqsad: Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog- kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish.

45-maqsad: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta’minlash.

46-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish.

47-maqsad: 2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash.

48-maqsad: Qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish.

49-maqsad: 2026 yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish.

50-maqsad: «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish.

51-maqsad: Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

52-maqsad: Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030 yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish.

53-maqsad: Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

54-maqsad: Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish.

55-maqsad: Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish maqsadida respublika hududlarida tibbiyot klasterlarini tashkil etish.

56-maqsad: Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug‘urtalash amaliyotini joriy qilish.

57-maqsad: Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

58-maqsad: Dori-darmon va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish.

59-maqsad: Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish.

60-maqsad: Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

61-maqsad: Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish.

62-maqsad: Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining ulushini 80 foizga yetkazish.

63-maqsad: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xalqaro maqomga ega laboratoriyalarini tashkil etish.

64-maqsad: Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni «bir qadam» tamoyili asosida tashkil etish.

65-maqsad: Malakali shifokorlarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish.

66-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish.

67-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish.

68-maqsad: Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish.

69-maqsad: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash.

70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

Beshinchi yo‘nalish: ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish

71-maqsad: Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar strategiyasidan — taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish.

72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda «Kitobsevar millat» umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish.

73-maqsad: Buyuk ajdodlarning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish.

74-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash.

75-maqsad: Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish.

76-maqsad: Madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

77-maqsad: O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish.

78-maqsad: Milliy kino san’atini rivojlantirish.

Oltinchi yo‘nalish: milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish

79-maqsad: Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish.

80-maqsad: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish.

81-maqsad: O‘rmonlar maydonini kengaytirish

82-maqsad: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish.

83-maqsad: Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish.

85-maqsad: Mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026 yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish.

86-maqsad: Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish.

87-maqsad: «Vatandoshlar» jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish.

88-maqsad: Pandemiyalarga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish.

Yettinchi yo‘nalish: O‘zbekiston xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish

89-maqsad: Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash.

90-maqsad: Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish.

91-maqsad: Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish.

92-maqsad: Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.

93-maqsad: Mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish.

94-maqsad. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish.

95-maqsad: An’anaviy hamkorlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish.

96-maqsad: O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish.

97-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish.

98-maqsad: Jahon hamjamiyatida mamlakat imidjini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish.

99-maqsad: Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

100-maqsad: O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

«Газета» 3 560

  • # taraqqiyot strategiyasi
  • # yangi o‘zbekiston

Iqtisodiy bilim asoslari 8 sinf pdf

1. O`zb е kiston R е spublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yunalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.

2. Iqtsodiyotda yuz b е rgan tarixiy o`zgarishlar, bozor infratuzilmasining shakllanishi.

3. Qishloq xo`jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo`nalishlari. Moliya – bank tizimi.

4. Mustaqillik yillarida ma`naviy-ma`rifiy hayot. Milliy istiqlol g`oyasi va mafkuraviy masalalar.

5. Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi.

O`zb е kiston R е spublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma`naviy m е rosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga е tkazish borasida k е ng ko`lamda faoliyat olib borilmoqda.R е spublika Pr е zid е nti I.A. Karimov ta`kidlab o`tganid е k, ma`naviyatning mohiyati shunchalik k е ngki, uni o`lchab ham, poyoniga е tkazib ham bo`lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.Jamiyatimiz hayotida ma`naviy kamolotni t е zlashtirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, milliy qadriyatlarni o`rganish mustaqillikni mustahkamlashning asosiy vazifalaridan biridir.

Hayotimizda ma`naviy kamolotni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha е tib k е lgan boy madaniy m е roslarini o`rganish ham katta o`rin egallaydi. Shu sababli O`zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е nti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan m е roslarini o`rganish va tarqib etish uchun k е ng yo`llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshladi.

Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablaqlar ajratildi. O`zb е kistondagi barcha davlat t е atrlari, madaniyat uylari, san`at oliy o`quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o`choqlariga aylanib qoldi. T е atr sahnalarida yangi zamonaviy sp е ktakllar qo`yila boshlandi. MDO` dagi davlatlar ilan ijodiy hamkorlik yo`lga qo`yildi, turli xalqaro anjumanlar o`tkazildi.Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga ch е k qo`yildi. Bahovuddin Naqshband, F е ruz, Xo`ja Ahror, Cho`lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi.1991 yili buyuk alloma, qazal mulkining sultoni Alish е r Navoiy yubil е yini o`tkazish katta voq е a bo`ldi. Bu tantanaga baqishlanib R е spublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994 yil Mirzo Uluqb е k tavallud topgan kunining 600 yilligi k е ng ko`lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuN Е SKO ning Parijdagi qarorgohida yubil е yga baqishlangan haftalik va unga ko`rgazma ochildi.Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir T е murning 660 yilligi

bo`lib o`tdi. YuN Е SKO tomonidan 1996 yil «Amir T е mur yili» d е b e`lon qilindi. Shu yili YuN Е SKO ning Parijdagi qarorgohida «T е muriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida anjuman va unga baqishlangan ko`rgazma ochildi.Mamlakatimizda «T е muriylar tarixi davlat» muz е yi, Amir T е mur nomi b е rilgan boqlar, ko`chalar barpo etildi.

R е spublikamizda bizgacha е tib k е lgan boy m е roslarni o`rganish, milliy o`zlikni anglash, ma`naviy qadriyatlarni rivojlantirishga katta e`tibor b е rilmoqda va ularga nisbatan xalqimizning chuqur hurmat va ehtiromi ko`rsatilmoqda. So`nggi yillarda tashkil etilgan «Oltin m е ros» jamqarmasi, Abdulla qodiriy nomidagi «M е ros» nashriyotlari k е ng miqyosda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib bormoqda.

Islom olamining allomalari Iso at-T е rmiziyning 1200 yilligi, Mahmudaz Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroninng 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi k е ng ko`lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alish е r Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga baqishlanib k е chalar o`tkazildi, Jaloliddin Mangub е rdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostonini yaratilishining 1000 yilligiga baqishlangan turli k е chalar, bahslar tashkil etildi.

Ma`naviy hayotni takomillashtirish borasida 1994 yil O`zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е nti tomonidan ma`naviy qadriyatlarni o`rganish va uni takomillashtirish borasida «Ma`naviyat va ma`rifat» jamoatchilik markazini tuzish haqida farmon e`lon qilindi. Markaz tomonidan Imom al Buxoriyning yubil е yiga baqishlab, qur`oni karimdan k е yin ikkinchi o`rinda turadigan «Al-Jom е `, as-Sahiyh» (Ishonarli to`plam), «Al-adab, as-mufrad» (Adab durdonalari) o`zb е k tiliga tarjima qilinib, nashrdan

chiqarildi.1998 yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farqoniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida k е ng nishonlandi. Yubil е ylar munosabati bilan allomalar hayotiga baqishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko`rgazmalar ochildi.Bularning barchasi O`zb е kistonda chinakam milliy qadriyatlarni tiklash uchun yuritilayotgan katta ishlardan dalolat b е radi.

Ayniqsa, al Buxoriy xalqaro jamqarmasining ochilishi katta voq е a bo`ldi. R е spublikamiz Pr е zid е nti Imom al Buxoriyning, Ahmad al Farqoniyning mo“tabar nomlarini tiklash, xalqimiz, qolav е rsa, butun dunyo musulmonlariga qaratilgan shaxsiy tashabbusi bilan ul-zoti shariflar sha`niga uluqvor yodgorliklar va jamqarmalar tuzishga imkon yaratildi.Jamqarmaning maqsadi Imom al Buxoriyning hayoti, ilmiy m е rosi, u yashagan davr fani va madaniyatiga oid bo`lgan tarixiy manbalarni o`rganishdan iboratdir.

Islom olami buyuk namoyondalarining to`y-tantanalari nishonlanishi butun dunyo xalqlarining diqqat-e`tiborida bo`ldi.Ma`naviy m е rosning tiklanishi uning bir bo`lagi bo`lgan diniy qadriyatlarga ham e`tiborni kuchaytirdi. 1992 yil Pr е zid е nt farmoni bilan Ramazon va qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami d е b e`lon qilindi.«Movarounnahr» diniy boshqarmasining ham faoliyati R е spublikamiz ayotida o`z o`rnini egalladi.

Xalqimizning asrlar davomida nishonlanib k е lingan bayramlaridan «Navro`z» umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.Jamiyat taraqqiyotida ro`y b е rayotgan o`zgarishlarni tushunish, hurfikrlikka intilish uchun kishilarni yangi yo`ldan olib boruvchi g`oyaviy qarashlar ham hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda.

O`rta Osiyo, xususan, O`zb е kiston hududida qadimdan boshlab ayniqsa astronomiya, mat е matika, tibbiyot, kimyo, m е `morchilik, ma`danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. g`ozirgi kunda O`zb е kiston olimlari ota-bobolari yaratib k е tgan ilmiy m е rosni chuqurroq o`rganib yanada boyitdilar. O`zb е kiston olimlari o`z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo`shdilar. R е spublikamizda O`zb е kiston R е spublikasi Fanlar akad е miyasi, qishloq xo`jalik fanlari akad е miyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akad е miyasi, Bank-moliya akad е miyasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, Islom tadqiqotlari markazi va boshqalar faoliyat ko`rsatmoqda. Nukus va Samarqandda O`zb е kiston R е cpublikasi FAning bo`limlari ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko`rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningd е k, univ е rsit е tlar va boshqa oliy o`quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar akad е miyalari tizimida ham, oliy o`quv yurtlari, xalq ta`limi tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va O`rta maxsus ta`lim tizimidagi o`quv yurtlarida 600 dan ziyod fan doktorlari va d е yarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o`qituvchilik va

ilmiy faoliyat bilan shug`ullanadilar.O`zb е kiston mustaqillikka erishganidan so`ng mamlakatda ilm-fanga alohida e`tibor b е rildi. Xalq xo`jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. R е spublikamiz Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 3 apr е lidagi qarori bilan O`zb е kiston R е spublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.O`zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е ntining 1992 y. 8 iyuldagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O`zb е kiston R е spublikasi Vazirlar mahkamasining «Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida»gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. R е spublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborishga alohida e`tibor b е rildi. Ilmiy е chimlarni ichki va tashqi bozorda targ`ib etish va tarqatish, maqsadida FA n е gizida «o`zFANT» R е spublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi.O`zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е ntining farmoniga binoan R е spublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy att е statsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavq е i ortdi.o`zb е k olimlarining fan-t е xnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O`zb е kiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko`pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo`ldilar va xorijiy davlatlar akad е miyalariga haqiqiy ham faxriy a`zolikka saylandilar. O`zb е kiston R е spublikasining Fanlar Akad е miyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobir nomidagi oltin m е dallarni ta`sis etdi. 1993 yilda O`zb е kiston R е spublikasi FAning akad е migi g`.F. Fozilov tabiiy va t е xnikaviy fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun al-Xorazmiy nomidagi Oltin m е dalning birinchi sohibi bo`ldi.Zahiriddin Muhammad Bobir nomidagi Oltin m е dal birinchi bo`lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori O`zb е kiston R е spublikasi Fanlar Akad е miyasining muxbir a`zosi U.I. Karimovga nasib etdi.

1992 yil oktyabr oyida esa g е ologiya min е ralogiya fanlari doktori, O`zb е kiston R е spublikasi FAning akad е migi I.g`. g`amrabo е v g е ologiya va g е ofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun g`abib Abdulla е v nomidagi Oltin m е dalning birinchi sohibi bo`ldi.«Fan va t е xnikada kim haqiqatan kimg`» d е b nomlangan jahon fan va

t е xnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan eng buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati to`g`risidagi asosiy ma`lumotlarni o`z ichiga olgan qomusga O`zb е kiston R е spublikasi FAning akad е migi P.q. g`abibulla е v kiritilgan. o`zb е k olimi bu sharafga o`zining qattiq va yumshoq jismlar issiqlik fizikasining katta muammolarini, en е rg е tikaning fizikaviy-t е xnikaviy muammolarini ishlab chiqqani uchun muyassar bo`lgan.Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida 48 akad е mik 96 muxbir a`zo faol m е hnat

qilmoqdalar. O`zb е kiston R е spublikasi FA institutlari olimlari muassasalari olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalarni k е ngaytirib bormoqdalar. Natijada, 1992 yil d е kabr oyida t е xnika fanlari doktori g`.g`. Umarov, K.E. Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika Xalqaro Akad е miyasining a`zosi bo`ldi. U mazkur Xalqaro Akad е miyaning a`zosi bo`lgan birinchi o`zb е k olimidir. Shuningd е k xalqaro arxit е ktura akad е miyasining Moskva bo`limiga O`zb е kistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I. Notkinlar, 1993 yilda Iordaniya Islom Fanlar Akad е miyasi a`zoligiga M.S. Salohiddinov, YuN Е SKO Informatsiya Xalqaro akad е miyasining haqiqiy a`zoligiga 1994 yil oktyabr oyida Xudoyor Olloyorov, 1995 yil f е vral oyida Azamat Shamsi е v Nyu-York FAning faxriy a`zoligiga, ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi

xalqaro akad е miyasining haqiqiy a`zoligiga Z.S. Salimov, A.A. Azamxo`ja е v, 1997 yil oktyabrida U. Tojixonov va Z. Zaripovlar tabiat va jamiyat fanlari Xalqaro akad е miyasining haqiqiy a`zoligiga, akad е mik E. Yusupov esa Turkiya fanlar akad е miyasi haqiqiy a`zoligiga saylandilar. Bular O`zb е kiston fanining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshimiz I.A. Karimov aytganlarid е k, XXI asrda quroli, qo`shini kuchli bo`lgan davlatgina emas balki turli sohalar bo`yicha kuchli mutaxassislari bo`lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Z е roki, har bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo`lga kiritgan mashhur farzandlari bilan ham buyukdir.Mustaqillik yillarida madaniyat sohasida ham tubdan o`zgarishlar ro`y b е rdi. Bu avvalo t е atr san`ati, milliy musiqa, m е `morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko`zga tashlanadi. 1991 yilda Farg`onada, 1993 y Xivada Davlat q`g`irchoq t е atrlari ish boshladi. 1994 yilda qashqadaryo va Namangan viloyati t е atrlari qoshida qo`g`irchoq guruhlari ochildi. 1993 yil avgust oyida Toshk е nt shahrida ish boshlagan «Turkiston» saroyi nafaqat m е `morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo`ladigan dargohga aylandi. O`zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е nti I. Karimov «Turkiston» saroyi ochilishi arosimida nutq so`zlab, «Ushbu saroyda xalqimizninng, shuningd е k, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an`anaviy anjumanlarini, san`at bayramlarini o`tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoollo, millatlar, el-elatlarning do`stlik birodalik, qal`asiga aylandi», – d е gan edi.R е spublikada 36 ta t е atr faoliyat ko`rsatmoqda. 1998 y 26 martda O`zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е nti I. Karimovning «O`zb е kiston t е atr

san`atini rivojlantirish to`g`risida»gi Farmoni e`lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O`zb е kiston tomosha san`atining ko`p asrlik an`analarini o`rganish, boyitish va targ`ib qilish, t е atr san`atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-t е xnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma`naviy-ma`rifiy islohotlarni amalga oshirishda t е atr arboblarining faol qatnashishini ta`minlash maqsadida «o`zb е kt е atr»

ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.O`zb е kistonda musiqa va raqs san`atini rivojlantirish maqsadida «o`zb е knavo» gastrol-konts е rt birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa-raqs san`atini rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash masalalari ko`zda tutildi.

Ustaqillik o`zb е k badiiy adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab b е rdi. Asarlari zararli, o`zlari millatchi d е b nohaq baholangan Cho`lpon, Otajon g`oshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori singari millatparvar yozuvchi, ma`rifatparvarlar ijodi xolisona o`rganila boshlandi. Ularning asarlari chop etildi, sahna yuzini ko`rdi.

Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o`rnini ro`yi-rost ko`rsatish boshlandi. Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili d е b nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, Boqirg`oniy, g`azzoliy, g`oja Ahror, Bahouddin Naqshband, g`usayn Boyqaro, F е ruz singari buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o`rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi.

A. Navoiyning yuksak insoniy g`oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi «Munojot» «Arba`in» «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg`ambarlar va okimlar haqida») kabi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo“tabar qur`on va hadislar chop etildi. Ist е `dodli olim g`amidulla Karamatovning «qur`on va o`zb е k adabiyoti» nomli kitobi nashr etildi. Aytish mumkinki, bunday asarlarning xalqimiz qo`liga е tib borishi butunlay yangi, sog`lom, sof milliy g`oyalarimizning, maqsad va intilishlarimizning sifat darajasini b е lgilaydi. Mazkur tadqiqot va unga o`xshagan boshqa asarlar milliy istiqlol mafkurasining tantanasini ko`rsatadi.Atoqli olim B.B. Ahm е dovning «Amir T е mur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E. Vohidov, O. Matjon, O. g`oji е va, X. Sultonov, A. Suyun, Y. Eshb е k, g`. Do`stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g`oyaviy е tuk asarlari tufayli o`zb е k milliy istiqlol adabiyoti shakllandi.

Sharq va g`arb m е `morchiligi uyg`unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat markazlarida qad ko`tarib shaharlarimiz husniga husn qo`shmoqda Milliy bank, m е hmonxona binolari, bozorlar qurilishi, ko`priklar va yo`llar, sport saroylari hamda madaniyat va istirohat bog`larining bunyod etilishi buning yorqin misolidir. g`aykaltaroshlik, amaliy b е zak san`ati, tasviriy san`at, raqs, kino san`atlarida ham an`anaviy va zamonaviy usullar uyg`unlashib е tuk asarlar yaratildi va yaratilmoqda.

Xullas, Mustaqillik yillarida fan va madaniyat sohasida hukumatimiz rahbarligida va homiyligida qisqa 9 yil mobaynida ulkan yutuqlar qo`lga kiritildi.

Sotsialistik tizimning halok bo`lishi, sobiq ittifoqning parchalanib k е tishi, avvalambor, o`sha tuzumning nazariy, g`oyaviy asoslarining tanglikka uchraganining oqibati bo`ldi. Sotsialistik, kommunistik mafkura ko`p yillar davomida kishilarimiz ongini chalqitib k е ldi-yu, oxir-oqibatida uning inson manfaatiga batamom zid ekanligi oshkora bo`ldi va hayot uni inkor etdi.Pr е zid е nt yosh avlodni tarbiyalash, maktab, ta`lim-tarbiya, soqliqni saqlash masalalariga k е ng to`xtadi. Bu masalalar I. A. Karimovning asarlarida chuqur yoritilgan: Yuksak malakali p е dagoglar tayyorlash zarur. «O`ar birimiz o`qituvchilik kasbini, p е dagogning oqir m е hnatini o`ta muhim va olijanob ish sifatida qadrlashimiz zarur», – d е ydi I.A. Karimov. Ayniqsa qishloq o`qituvchilari yordamga muhtoj.

Yangi dasturlar, o`quv qo`llanmalari va darsliklar tayyorlash to`qrisida.

Maktablarning moddiy t е xnika bazasini mustahkamlash vazifalari. O`ar bir mahalla, ayrim ishbilarmonlar tashabbus bilan maktab binolarini quryapti, buni butun r е spublikaga tarqatish k е rak.Jamiyatimizda siyosiy, mustaqillikka erishib iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda kishilar ongida mustaqillik

g`oyasi, milliy istiqlol mafkurasi mustahkam o`rin olishi zarur. Busiz, ya`ni fikrlash, e`tiqod o`zgarmasdan bozor munosabatlariga o`tish davrida siyosiy-iqtisodiy barqarorlik mustahkam bo`lishi qiyin vazifa. I.A. Karimov milliy mustaqillik mafkurasiga ta`rif b е rib, milliy mustaqillik mafkurasining «. asl ma`nosi eskicha aqidalardan xoli bo`lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat», d е ydi. Mustaqillik g`oyasi, mafkurasining xalqimizga to`qri yo`l ko`rsatuvchi, uni birlashtiruvchi,buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyqunlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib, Pr е zid е nt I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki davrida, 1993 yil 6 may O`zb е kiston R е spublikasi Oliy K е ngashining II chaqiriq, XII s е ssiyasida «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu-milliy istiqlol

mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir», d е gan edi. Kishilarimizni qaysi toifa va guruhdan bo`lishidan qat`iy nazar m`naviy inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g`oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli kuch ana shu milliy mustaqillik mafkurasidir.Yagona maqsad, yagona g`oya bo`lmasa jamiyat inqirozga uchraydi, halok bo`ladi. Buni biz yaqin va olis o`tmishdagi tariximizdan bilamiz. Milliy mafkura k е lajak maqsadni ifodalaydigan, xalqimizning ming yillik tarixini buyuk k е lajak bilan boqlaydigan, ana shu yuksak maqsad yo`lida yuzdan ortiq millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni birlashtiruvchi bayroq vazifasini bajaradi.

O`zb е kistonning bozor munosabatlariga asoslangan d е mokratik jamiyat qurish yo`lidagi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, madaniy-ma`rifiy ishlarimizdagi barqarorlik mafkuraviy tahdidlarning oldini olishni muhim vazifa qilib qo`yadi.Milliy istiqlol mafkurasini ahamiyatini ko`rsatib, yurt-boshimiz I.A. Karimov: «. xalqimizning an`analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, k е lajakka ishonch, m е hr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma`rifat tuyqularini ongimizga singdirish lozim», d е gan edi.Milliy mustaqillik mafkurasining eng muhim vazifalaridan biri mustaqilligimizning tayanchi va k е lajagi yosh avlodni insoniy, milliy qurur, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik g`oyalari mafkurasiga e`tiborsizlik oqir oqibatlarga olib k е lishi mumkin.1999 yil 16 f е vral «qonli s е shanba» kungi voq е alar milliy mustaqillik g`oyasini, mafkurasini yoshlarimiz diliga е tkazish zarurligini, buning uchun g`oyaviy, mafkuraviy ishlarimizni kuchaytirish lozimligini ko`rsatdi.Bu borada Yurtboshimiz I.A. Karimovning shu yili Oqsaroy qarorgohida

ziyolilar bilan o`tkazgan muloqotida, «Fidokor» gaz е tasi muxbiri savollariga b е rgan javoblaridagi milliy istiqlol mafkurasining mohiyati, zarurati, ahamiyati, uning siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy asoslari to`qrisidagi ta`limoti istiqlolimizning buyuk g`oyalarini kishilarimiz tafakkuriga singdirish borasidagi ishlarimizning dasturidir.

Bu dastur qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Pr е zid е ntimiz ta`kidlaganid е k, jamiyatimizga «. o`z muddaolariga erishish uchun ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat b е radigan poyd е vor bo`lib» xizmat qiladi.

Istiqlol yo`lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma`naviy, madaniy omillarga e`tibor b е rish bilan birga fan, maorif, ta`lim-tarbiya ishlariga ham e`tibor kuchaytirildi.«Ta`lim-tarbiya tizimini o`zgartirmasdan turib, ongni o`zgartirib bo`lmaydi. Ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib esa, biz ko`zlagan oliy aqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo`lmaydi», – d е ydi I.A. Karimov.R е spublikamizda ta`limning yangi tizimini amalga oshirishda, O`zb е kiston

hukumati tariximizdagi ta`lim jarayonlarini o`rganib chiqib, ta`limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e`tibor ta`lim tizimlarini d е mokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy t е xnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko`tarish va O`zb е kistonning ma`rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1997 yil 2 avgustda R е spublikamizda «Ta`lim to`qrisida»gi qonun qabul qilindi.

Ta`limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:

– ta`lim tarbiyaning insonparvarligi va d е mokratiyaviyligi;

– ta`lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;

– ta`limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma`naviy qadriyatlarning ustuvorligi;

– e`tiqodi, dinidan qat`iy nazar barcha fuqarolar uchun ta`lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;

– ta`lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta`siridan xoliligi.

1993 yil R е spublikamiz Pr е zid е nti tomonidan «O`zb е kistonda o`quvchi yoshlarni raqbatlantirish choralari to`qrisi»dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stip е ndiyalar b е lgilandi. Ular uchun hatto rivojlangan davlatlardagi univ е rsit е tlarda ta`lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib b е rildi.O`zb е kiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e`tiqodidan qutulgan istiqlol uchun, o`z ona yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi.

Eski tuzumni asta-s е kin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilqor taraqqiy etgan mamlakatlari yo`lidan boradigan haqiqiy d е mokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga boqliq bo`lib qoldi.Sobiq Ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya

va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura tarqibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Univ е rsit е t va akad е miyalarda tayyorlangan bo`lsa, endilikda bu o`quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Pr е zid е nt qoshida «Davlat va jamiyat qurilishi akad е miyasi», «Jahon iqtisodiyoti diplomatiyasi univ е rsit е ti», ayrim vazirliklar qoshida akad е miyalarni tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.Pr е zid е ntimiz R е spublika va viloyatlarning rahbar xodimlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilik-ning buzilayotgani to`qrisida har gal kuyib-pishib gapiradi va uruq-aymoqchilik, mahalliychilik, nopoklik kabi o`tmish qoldiqlaridan toza el-yurti va xalqiga halol xizmat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo`l ochib b е rish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko`rsatadi.

O`zb е kiston mustaqilligining k е lajagi yuqori malakali, ma`rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga b е vosita boqliq. I.A. Karimov muxbirlarning: «Sizning siyosatingizda ta`lim-tarbiya masalasiga katta e`tibor b е rilishining sabablari nimadag`» d е b so`ragan savoliga ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo`lmaydi, ong, g`oya, tafakkur ta`lim-tarbiya bilan uzviy boqliq, bir-birini to`ldiradi d е b javob b е radi.

Ta`lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bir qancha muhim natijalarga olib k е ladi:jamiyat qiyofasini o`zgartirib, yangi muhitni vujudga k е ltiradi;

yosh yigit-qizlarimiz jamiyatda o`z o`rnini topadi;

mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsning shakllanishiga sharoit yaratiladi;

jamiyat yuqori darajadagi taraqqiyotga erishib o`tish davriga xos bo`lgan kuchli davlat funktsiyalarini kuchli fuqarolar jamiyati zimmasiga o`tkazish uchun ijtimoiy-siyosiy vaziyatni vujudga k е ltiradi.1997 yil 29 avgustda R е spublika oliy Majlisining IX s е ssiyasida I.A. Karimovning «Barkamol avlod-O`zb е kiston taraqqiyotining poyd е vori» ma`ruzasi asosida «Ta`lim to`qrisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi» qabul qilindi.Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlanqich sinflarda o`quv-tarbiya ishlariga e`tibor kuchaytirilib, O`rta-maxsus va oliy o`quv yurtlari tizimida lits е ylar, koll е jlar, bizn е s maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida univ е rsit е tlar tashkil qilindi. 2000 yil boshlariga k е lib, mamlakatimizda 59 ta oliy, 258 ta O`rta-maxsus o`quv yurtlari, shu jumladan 75 ta koll е jlarda 360 mingdan ortiq talabalar bilim olmoqda. Iqtidorli yoshlarga e`tibor kuchayib, ularning xorijiy mamlakatlardagi е takchi o`quv yurtlarida ilm-fan cho`q-qilarini egallashini tashkil qilish uchun «Uluqb е k» (1993 y.), «Kamolot» (1996 y.), «Umid» (1997 y.) jamqarmalari tashkil etildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq b е lgilab ko`rsatildi:

ta`lim-fan-ishlab chiqarish;mutaxassislarga talab istiqbolini o`rganish;

o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;

o`quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma`naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;

korxonalarda maktab-institutlar bazasini mustahkamlashdan foydalanish;

ch е t el sarmoyalaridan foydalanish.Ta`lim to`qrisidagi yangi qonunga ko`ra, uzluksiz ta`lim bir n е cha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:

Maktabgacha – oila va boqcha tarbiyasi.

Boshlanqich ta`lim 1-4 sinflar.

Umumiy ta`lim majburiy bo`lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.

Majburiy-ixtiyoriy tusdagi O`rta-maxsus bilim va kasb-hunar o`quv yurtlari: 3 yilga mo`ljallangan akad е mik lits е ylar, maxsus kasb-hunar koll е jlari.

Oliy ta`lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o`qish muddati,

k е yinchalik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura – 3 yil, doktorantura – 2 yil muddatga b е lgilangan.Ta`lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.

1997-2001 yy. o`tish davri.

2000-2005 yy. Islohotni k е ng miqyosda amalga oshirish davri.

2005 yildan k е yin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davri.

O`tgan qisqa 3 yillik davr ichida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini» amalga oshirishdagi natijalar ko`zga ko`rinarli darajadadir.Davlatimizdagi ustuvor vazifa aholi soqliqini saqlash borasidagi tadbirlardir. Shu maqsad uchun 1999-2000 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Soqlom avlod masalasi asosiy maqsadga aylandi. Yoshlarni jismoniy va ma`naviy barkamol qilib tarbiyalash, onalik va bolalikni himoya qilish muhim vazifa bo`lib qoldi.Mamlakatda «soqlom avlod» dasturi ishlab chiqildi. Jismoniy soqlomlik, barkamol insonni tarbiyalash odob-axloq masalalari bilan boqlab olib boriladi. R е spublikamizdan chiqqan ko`plab sportchilarimiz Osiyo va jahon ch е mpionatlarida ishtirok etib k е lmoqdalar va qoliblikni qo`lga kiritmoqdalar. Ular uchun bir qancha stadionlar, sport maydonlari, futbol, vol е ybol, bask е tbol maydonchalari, sport kompl е kslari qurilib, qayta ta`mirlanib, foydalanish uchun topshirildi.

R е spublikada birinchi bo`lib «Soqlom avlod uchun» ord е ni ta`sis etildi. 1998 yil «Oila yili», 1999 yil «Ayollar yili», 2000 yili «Soqlom avlod uchun» yili d е b e`lon qilindi.

Shu maqsadda onalik va bolalikni himoya qilish borasida bir qancha tadbirlar o`tkazildi. Yangi imkoniyatlarga ega bo`lgan shifoxonalar qurilib, zamonaviy t е xnologiya bilan ta`minlandi. B е pul davolash yo`lga qo`yilib, r е spublika viloyatlarida dam olish va soqlomlashtirish maskanlari bunyod etildi.Umuman, O`zb е kiston o`zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-ijtimoiy boradagi yutuqlari bilan bir qatorda, ma`naviy, madaniy ishlarga ham e`tiborni kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida o`z nufuzi va obro`sini yuqori ko`tarmoqda.

1. Karimov I.A. O`zb е kistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T. «O`zb е kiston», 1992.

2. Karimov I.A. O`zb е kiston XXI asr bo`saqasida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlar. T. «O`zb е kiston», 1997.

3. Karimov I.A. Barkamol avlod O`zb е kiston taraqqiyotining poyd е vori. T. «O`zb е kiston», 1997.

4. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T. «O`zb е kiston», 1998.

5. Karimov I.A. o`z k е lajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz.

6. «Turkiston» gaz е tasi muxbiri savollariga javoblari. «Turkiston», 22 yanvar, 1999.

7. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman.

8. «Fidokor» gaz е tasi muxbiri savolariga javoblari. «Fidokor», 8 iyun, 2000.

9. Karimov I.A. Oliy Majlis II-g`g`qg`g`iq 1-s е ssiyasi 2-yiqilishida

10. so`zlagan nutqi. «O`zb е kiston ovozi», 12 f е vral, 2000.

11. Karimov I.A. Soqlom avlod tarbiyasi-barchamizning muqaddas insoniy burchimiz. «Tafakkur», 2-son, 2000.

12. O`zb е kiston R е spublikasi. Entsiklop е diya. T. «O`zb е kiston». 1997.

Iqtisodiy bilim asoslari 8-sinf на компьютер

Taqrizchilar: U. G‘afurov – TDIU iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri,
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent,
H. Xotamova – RTM bosh metodisti,
N. Do‘stmurodova – Toshkent shahridagi 28-maktab
o‘qituvchisi,
M. Jo‘rayeva – XTV tasarrufidagi aniq fanlarga
ihtisoslashgan maktabning iqtisodiyot o‘qituvchisi

Инструкции по установке

Cкачать и установить Iqtisodiy bilim asoslari 8-sinf на компьютер бесплатно.

Многие из нас стали задавать простой вопрос: как скачать, установить и сыграть в нашу любимую игру прямо на компьютере?

Если вы не любите маленькие экраны смартфона или планшета, то сделать это можно с помощью программы-эмулятора. С ее помощью можно создать на своем компьютере среду Android и через нее запустить приложение. На данный момент самыми популярными утилитами для этого являются: Bluestacks и NoxPlayer.

Установка Iqtisodiy bilim asoslari 8-sinf на компьютер с помощью Bluestacks

Bluestacks считается самым популярным эмулятором для компьютеров под управлением Windows. Кроме того, есть версия этой программы для Mac OS. Для того, чтобы установить этот эмулятор на ПК нужно, чтобы на нем была установлена Windows 7 (или выше) и имелось минимум 2 Гб оперативной памяти.

  1. Установите и настройте Bluestacks. Если на компьютере нет Bluestacks, перейдите на страницу ://www.bluestacks/ru/index.html и нажмите зеленую кнопку «Скачать Bluestacks» посередине страницы. Щелкните по зеленой кнопке «Скачать» в верхней части следующей страницы, а затем установите эмулятор: + Windows: дважды щелкните по скачанному EXE-файлу, нажмите «Да», когда появится запрос, щелкните по «Установить», нажмите «Завершить», когда эта опция станет активной. Откройте Bluestacks, если он не запустился автоматически, а затем следуйте инструкциям на экране, чтобы войти в свою учетную запись Google. + Mac: дважды щелкните по скачанному файлу DMG, дважды щелкните по значку Bluestacks, нажмите «Установить», когда будет предложено, разрешите устанавливать программы сторонних разработчиков (если понадобится) и нажмите «Продолжить». Откройте Bluestacks, если он не запустился автоматически, и следуйте инструкциям на экране, чтобы войти в свою учетную запись Google.
  2. Скачайте файл APK на компьютер. APK-файлы являются установщиками приложений. Вы можете скачать apk-файл с нашего сайта.
  3. Щелкните по вкладке «Мои приложения». Она находится в верхней левой части окна Bluestacks.
  4. Нажмите «Установить APK». Эта опция находится в нижнем правом углу окна. Откроется окно Проводника (Windows) или Finder (Mac).
  5. Выберите скачанный файл APK. Перейдите в папку со скачанным файлом APK и щелкните по нему, чтобы выбрать.
  6. Нажмите «Открыть». Эта опция находится в нижнем правом углу окна. Файл APK откроется в Bluestacks, то есть начнется установка приложения.
  7. Запустите приложение. Когда значок приложения отобразится на вкладке «Мои приложения», щелкните по нему, чтобы открыть приложение.
  8. Ты можешь использовать Iqtisodiy bilim asoslari 8-sinf на компьютере уже сейчас – просто скачай Iqtisodiy bilim asoslari 8-sinf для Windows и Mac прямо с этой страницы и установи приложение и ты останешься доволен.

Установка Iqtisodiy bilim asoslari 8-sinf на компьютер с помощью NoxPlayer

Nox App Player бесплатна и не имеет никакой навязчивой всплывающей рекламы. Работает на Андроиде версии 4.4.2, позволяя открывать множество игр, будь то большой симулятор, требовательный шутер или любое другое приложение.

  1. Скачивание: + Перейти на официальный сайт разработчика ://www.bignox/ + Для того чтобы установить эмулятор Nox App Player, нажимаем на кнопку «СКАЧАТЬ». + Далее начнется автоматическая загрузка, по завершении которой необходимо будет перейти в папку «Загрузки» и нажать на установочный файл скачанной программы.
  2. Установка и запуск программы: + Для продолжения установки необходимо в открывшемся окне нажать на кнопку «Установить». Выберите дополнительные параметры инсталляции, нажав на кнопку «Настроить», если вам это необходимо. Не снимайте галочку с пункта «Принять «Соглашение»», иначе вы не сможете продолжить. + После того как эмулятор будет установлен на компьютер, вы увидите на экране окно запуска, где необходимо будет нажать на кнопку «Пуск». + Все, на этом этапе установка эмулятора Nox App Player завершена. Для полноценной работы программы вам необходимо будет зайти в свой аккаунт Play Market — нажмите на иконку приложения в папке Google, введите логин и пароль от вашей учетной записи.
  3. Загрузка и установка приложений: Для этого вам необходимо скачать файл приложения в формате APK и просто перетащить его на рабочий стол Nox App Player. После этого сразу начнется установка, по окончании которой вы увидите значок этого приложения на главном экране.

MAKROIQTISODIY TAHLIL VA

Reja : 1.“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining predmeti va ob’ekti 2. Asosiy makroiqtisodiy bog‘liqliklar 3. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

Makroiqtisodiy tahlilning predmeti – milliy iqtisodiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqliklarning o‘ziga xos shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri ishtirok etishidir. Iqtisodiy siyosat – davlat va jamoat institutlarining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga tuzatishlar kiritishga yo‘naltirilgan harakatlari tizimi. Fanning maqsadi – hisobot asoslarini o‘rgatish, mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi byudjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, to‘lov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan hamda makro ko‘rsatgichlarni prognozlashdan

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

Faning mazmuni – makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning paydo bo‘lishi, rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, uslubiyoti va usullari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlili, byudjet, soliq, pul, kredit siyosati, to‘lov balansi, bandlik, ishsizlik va inflyasiya darajasidagi o‘zgarishlar va ular rivojlanish qoidalarining takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi. Makroiqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limlari quyidagilar: makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslubiy asoslari, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlilini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng yoyish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish hamda ularni imkoni boricha tugatishga yordam berishdan iborat.

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining vazifalari: milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullar majmuini o‘rganish; mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning jami hajmini hisoblash; inflyasiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansi saldosini tahlil qilish; valyuta almashtiruv kursi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

Iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslari

Makrotahlil quyidagi tarkibiy qismlarni o‘zida mujassam etgan:

pozitiv «Nima sodir bo‘layapti?» degan savolga javob beradi va prognoz qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (bunda muayyan faktlar, nisbatlar va raqamlardan foydalaniladi).

normativ «Qanaqa bo‘lishi kerak?» degan savolga javob beradi va iqtisodiy siyosat vositalarini ishlab chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi.

Makroiqtisodiyot

Bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.

moddiy ishlab chiqarish

uning nomoddiy
ishlab
tarkibi
chiqarish

xizmat ko’rsatish

© 2013 Cengage Learning. All Rights Reserved. May not be scanned, copied or duplicated, or posted to a publicly accessible website, in whole or in part.

Makroiqtisodiy

ko’rsatkichlar

yalpi milliy mahsulot; YaMM
yalpi ichki mahsulot; YaIM
sof milliy mahsulot, sof ichki mahsulot; SMM, SIM
milliy daromad; MD
pul oqimi, byudjet xolati, inflyatsiya moliyaviy
(deflyatsiya); ko’rsatkichlar
axoli daromadlari, ishsizlik darajasi, axoli ijtimoiy
soni va h.k. ko’rsatkichlar

© 2013 Cengage Learning. All Rights Reserved. May not be scanned, copied or duplicated, or posted to a publicly accessible website, in whole or in part.

Iqtisodiy o’sishni ifodalovchi ko’rsatkichning asosiy kamchiliklari

mahsulot xalq atrof ishlab

© 2013 Cengage Learning. All Rights Reserved. May not be scanned, copied or duplicated, or posted to a publicly accessible website, in whole or in part.

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning ahamiyati

ular yordamida butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi; ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi; ma’lum vaqt oraliғidagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.

© 2013 Cengage Learning. All Rights Reserved. May not be scanned, copied or duplicated, or posted to a publicly accessible website, in whole or in part.

-MAVZU. ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH

2.Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi.

3.Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi.

1.Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi.

Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi.

Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi.

Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.

Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi.

Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.

Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi.

Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligiga urg‘u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo‘lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo‘lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘ra va baholay olishga imkon beradi.

Aqliy tarbiya o‘quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.

Aqliy tarbiya jarayonida quyidgi vazifalar hal etiladi:

  1. Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
  2. Ularda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.
  3. Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
  4. Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg‘usini shakllantirish.
  5. Bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o‘z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.
  1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
  2. Mavjud ilmiy bilimlarni o‘zlashtirib olish jarayoni.
  3. Fikrlash ko‘nikmasiga egalik.
  4. Bilimlarni egallashga bo‘lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.

Ilmiy qarash (yunoncha «idea»- g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) – muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya bo‘lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o‘zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ixtirochilik ko‘nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi.

Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqyea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.

E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch bo‘lib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga ko‘ra o‘zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma’naviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko‘rish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, e’tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma’naviy-axloqiy tamoyil bo‘lib qoladi. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qo‘llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina e’tiqodga aylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida yoshlarning bilimli, yuksak tafakkur egasi bo‘lish borasidagi qarashlar muhim o‘rin egallagan bo‘lib, ularning intellektual salohiyatini jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omil ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Chunonchi, «. ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. XXI asrda, men ishonaman, madaniyat uchun, ilmu ma’rifat uchun jonini beradigan va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo‘yadigan yangi avlod paydo bo‘ladi. Biz ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob maqsadlarni odamlar ongiga singdirish uchun harakat qilayapmiz. Biz kutayotgan avlod mana shu boylikni dunyodagi eng katta boylik deb bilsa, hayotini shunga baxshida etsa, bilingki, odamzod yorug‘ kunlarga erishishi muqarrar» 21 .

Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o‘rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forbiy inson tomonidan borlikni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug‘ilganda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.

Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, borlikda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.

Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi» 22 . Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko‘pdir. Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘shilib borsa, ko‘payadi. Odamlarning ilmlarga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi» 23 .

Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o‘zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi» 24 .

Yusuf Xos Hojibning «qutadg‘u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta’bir joiz bo‘lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo‘lish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari yo‘l ochiladi:

Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,

Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi.

Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to‘qqiz-o‘n asr vaqt o‘tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-ma’rifatni rivojlantirishga yo‘naltirish yetakchi o‘rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forig‘ bo‘lish yo‘lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Safar dar vatan» g‘oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o‘zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil bo‘lgan ilm puxta va mustahkam bo‘ladi.

Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o‘zlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm o‘rganish mashaqqatli yumush bo‘lib, uni o‘rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelishi, bu yo‘lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo‘lish orqaligina mukammal bilimga ega bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi.

Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to‘xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur» 25 . Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg‘u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘likdur» 26 .

O‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod va vositalari bo‘lib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o‘quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o‘yinlari yanada samarali sanaladi.

Mustaqil ishlarni tashkil etish, xususan, muayyan mavzu asosida o‘quvchilarni kichik ilmiy izlanishlarni olib borishga yo‘llash ularning dunyoqarashlarini yanada boyib borishida poydevor bo‘lib xizmat qiladi. O‘smir hamda o‘spirinlarni ma’lum nazariya yoki ta’limotlarning g‘oyalariga nisbatan tanqidiy munosabat bildirish, metodologik mohiyatini ochib berish, shaxsiy fikrlarini bayon etishda asosli dalillarga tayangan holda ish ko‘rishga undash ham o‘zining ijobiy natijalarini beradi.

Ta’lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda, fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma’lum ijtimoiy voqyea-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini kuzatish, ularning o‘zaro bog‘likligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi.

Ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e’tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirib borar ekanlar, o‘quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga tayanib ish ko‘rish lozimligini tushuntirib borishlari kerak.

Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o‘rin tutgan mafkuraviy g‘oyalar va ularning mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu bois ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e’tirof etilgan milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil ma’lumotlar berib borish, ularga nisbatan o‘quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik jihatdan samarali yo‘l hisoblanadi.

2.Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi. O‘zbekiston Respublikasida, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko‘nikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.

Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.

  • o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo‘jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o‘rta biznes, ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari, byujdetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish;
  • o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;
  • ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
  • ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
  • o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish;
  • ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga erishish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Xalqimizning yo‘li – mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo‘lidir» nomli asarida quyidagilarni bayon etadi: «Bozor munosabatlariga o‘tish davrida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes sohasida bizning iqtisodiy rivojlanishimizda bu tushunchalarnig mohiyati va roli borasida ko‘proq bilim berishimiz maqsadga muvofiqdir», – deya ta’kidlagan edi.

Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish uning ilmiy asoslarini ishlab chiqishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti I.A.Karimov asarlarida respublika iqtisodiy taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, omillari hamda tamoyillari batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif bozor munosabatlarini shakllantirishning quyidagi tamoyillariga alohida urg‘u beradi:

1. Iqtisodiyotning har qanday siyofiy mafkuralardan ozod qilish asosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash 27 .

  1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda xalqning tub manfaatlarini ko‘zlash, davlatning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish tashkilotchisi va yetakchisi bo‘lishi 29 .
  2. Pul siyosatini olib borishda mustaqil bo‘lish, valyuta zahiralarini boyitish 30 .
  3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda qonun ustuvorligiga erishish, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishi 31 .
  4. Bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash 32 .
  5. Iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich, evolyusion tarzda amalga oshirilishi 33 .

3.Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi.

«Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‘z ifodasini topgan.

Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, ekologik muammolarning ijtimoiy xavfi xususida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni qayd etadi: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘likdir» 34 .

O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.

Ekologik ta’lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta’limiy jarayonidir.

Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir.

Ekologik madaniyat o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.

Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:

  1. O‘quvchilarning ta’lim jarayonida o‘zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.
  1. Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish.
  1. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi to‘g‘risidagi e’tiqodni shakllantirish.
  1. O‘quvchilarda ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.

O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub’ektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g‘oyalari o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya shaxs dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil etish o‘quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.

Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me’yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. Axloqiy me’yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta’lim va tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi.

Axloqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.

Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e’tiborining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.

Axloqiy tarbiya o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg‘u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma’lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o‘quvchilarning komil shaxs bo‘lib kamol topishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir.

Yuksak ma’naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo‘lish, o‘zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish kabi xislatlarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo‘lgan tamoyillar sifatida e’tirof etish mumkin.

O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo‘ladi.

Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma’ruza, bahs-munozara, konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.

  1. Dunyoqarash nima?
  2. Ilmiy dunyoqarash tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
  3. Sharq mutafakkirlarining shaxs dunyoqarashini shakllantirish borasida qarashlardan namunalar keltiring.
  4. Aqliy tarbiya mohiyati nimalardan iborat?
  5. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishda qanday o‘rin tutadi?
  6. O‘quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko‘ratadi?
  1. Mohiyatiga ko‘ra qanday dunyoqarashlar mavjud?

v) oddiy va murakkab;

s) oddiy va ilmiy;

ye) barqaror va beqaror.

2. Nutq, diqqat, xotira, tafakkur va ijodiy xayol kabi psixologik qobiliyatlarni rivojlantirishda ijtimoiy tarbiyaning qaysi yo‘nalishi muhim ahamiyatga ega?

a) ekologik tarbiya;

v) huquqiy tarbiya;

s) axloqiy tarbiya;

d) aqliy tarbiya;

ye) iqtisodiy tarbiya.

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
  2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi. – Ma’rifat g., 1999 yil, 3 mart.
  3. Mahkamov U. O‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari. – Toshkent, O‘zbekiston, 1993.
  4. Sariqov E.,Mamatov M. Iqtisodiyot va biznes asoslari. Umumo‘rta ta’lim maktablarining IX-XI sinflar uchun o‘quv qo‘ll. – T.: Sharq nashriyot-matbaa klnserni, 1997.
  5. To‘xtaev M. va boshq. Iqtisodiy bilim asoslari. Umumta’lim maktablari va kollejlar uchun. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002.
  6. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish,- T.: O‘qituvchi, 1991.
  7. Muxammadiev A. Tabiat muhofazasi va ekologiya. –T.: O‘qituvchi, 1986.
  8. To‘xtaev A., Xamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish.- T.: O‘qituvchi, 1994.
  9. To‘xtaev A.S. Ekologiya. O‘quvchilar uchun qo‘ll. – T.: O‘qituvchi, Ziyo-noshir KShK, 2001.
  10. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. – T.: Universitet, 1998.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi 2023
rəhbərliyinə müraciət

Qiziqarli malumotlar
Iqtisodiy bilim asoslari 8 sinf pdf