Поиск материала «Санъати тасвирӣ, 3 синф, Исоқова М, Ҳасанов Р, Ҳайдаров Б, 2014» для чтения, скачивания и покупки
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi mashg’ulotlarida fanning nazariyasi va o’qitish usullari, shuningdek, tasviriy san’at asoslari hamda uning tarixi masalalariga alohida e’tibor berilgan. «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kitobi ketma-ketlik bosqichlari asosida tasvirlar chizish, mustaqil ravishda tasviriy va amaliy mavzularga kompozitsiyalar ishlash, loy va plastilindan har xil narsalar haykalchalarini yasash, rang xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, tasviriy san’at tarixi asoslarini o‘rganish hamda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasiga oid materiallami o‘z ichiga oladi. Talabalarga ta’lim berishning asosiy shakllari: ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar ishlari va mustaqil tayyorianish. Talabalar ma’ruzalarda tasviriy san’at fani va uni o‘qitish metodikasining nazariy asoslari, metodlari va uning tarixiy rivojlanishini o’rganadilar, tasviriashning nazariy asoslari, san’at tarixidan qisqacha ma’lumotlar hamda umumta’lim boshIang‘ich maktablarining tasviriy san’at bo‘yicha dasturlari mazmuni bilan tanishadilar. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar qalam yordamida tasvirlashning oddiy asoslaridan boshlab murakkab narsalarni tasvirlashgacha boMgan chuqur bilim va amaliy malakalami o‘zlashtiradi, rangtasvir va kompozitsiya bo‘limlarida rang bilan ishlash xususiyatlarini amalda bajarish, badiiy asarlarga esa illyustratsiyalar ishlashni o‘rganadilar. Shuningdek, umumta’iim maktablarining boshlang‘ich sinf dasturlariga muvofiq talabalar mavzuli-tasvirli rejalar, dars turlariga ishlanmalar tuzadi, ularga didaktik materiallar tayyorlaydi hamda badiiy bezak san’ati va amaliy grafik ishlar, haykaltaroshlik bilan shug‘ullanish nazarda tutilgan. Rasm chiza bilish va hamma masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay yangi g‘oyalar va iasawurlami vujudga. keltiradi, shaxsni badiiy rivojlantirishda muhim o‘rinni egallaydi. Metodika ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Ma’lumki, maktabda o‘qitishning xilma-xil metodlari qoilaniladi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining joylashishi (o‘quv, reja, dastur), ta’lim prinsiplari va yana (so‘ngida), o‘quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. «Metod» so‘zi grekcha boiib, «Tadqiqot yoii» «bilish usuli raa’nosini anglatadi. Pedagogik o’qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilaming bilim, mahorat va malakalarini egallashida, ulaming ijodiy qobiliyatlarini rivoj lantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilaming qoilagan ish usullari tushuniladi.
TASVIRIY SAN`AT XONASINI TASHQIL ETISH VA JIHOZLASH
Hozirda tasviriy san`at darslarini davlat ta`lim standartlari talablari darajasida o`tkazish uchun uning moddiy texnikaviy asoslarini yaratish zarur. CHunki, tasviriy san`at darslarida texnika vositalari, ko`rgazmali va metodik materiallar shunchalik ko`p ishlatiladiki, ularni maxsus xonalarsiz to`plab bo`lmaydi.
Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning Hajmi va turlari Ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izoHlanadi:
– tasviriy san`at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish:
– tasviriy va amaliy san`atdan to`garak ishlarini o`tkazish;
– tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko`rgazma, suHbat, munozara, kecha v.b.) tashkil etish;
– o`quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o`tkazish;
– jamoa bo`lib televidenie orqali beriladigan maxsus ko`rsatuvlarni tomosha va munozara qilish v.b.
Ayniqsa, san`at asarlarini perspektiva, rangshunoslik, yorug`soya qonunlarini, rassomlarning Hayoti va ijodini o`rganishda tasviriy san`at xonasining aHamiyati beqiyosdir. Tasviriy san`atdan ko`rgazmali qurollar Hisoblangan gipsli geometrik shakllar, gipsli rozetkalar, uy-ro`zg`or buyumlari (lagan, choynak, piyola, guldon, kapkir, bidon, qumg`on, patnis, sabzi taxta v.b.) musiqa asboblari (rubob, dutor, nay, childirma, surnay, skripka, v.b.) meva va sabzavotlar (olma, nok, beHi, qovun, tarvuz, qovoq, sabzi, piyoz, baqlajon, uzum, anor, v.b.)ning modellari, qush va Hayvonlarning (quyon, chumchuq, qaldirg`och, kabutar, qarg`a, bulbul, sa`va, to`ti, tipratikon, laylak, turna v.b.) tulumlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun maxsus xona talab etiladi. 55-rasm.
Tasviriy san`atdan o`zbek va chet el rassomlari, xalq amaliy san`ati va me`morchilik asarlarining reproduksiyalari, rangshunoslik, yorug`-soya va perspektiva qonunlariga oid chizish va bo`yash usullarini ko`rsatuvchi jadvallar borki, ulardan unumli foydalanish ko`p jiHatdan maxsus xonaga bog`liqdir.
Ma`lumki, tasviriy san`at mashg`ulotlarini dastur talablari darajasida o`tkazish, rasm chizish uchun molbert yoki moslamali parta, natura qo`yish uchun taglik, naturani sun`iy ravishda yorug`lantiruvchi asboblar kerak bo`ladi. Tasviriy san`at xonasi bo`lmagan taqdirda bu ko`rsatilgan ko`rgazma va texnika vositalarini (mavzuga taaluqli bo`lganlarini albatta) o`quvchi sinfdan-sinfga ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi. Bu ishlar esa ma`lum qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lganligi sababli ularni amalga oshirib bo`lmaydi. Natijada, mashg`ulotlarning ko`pchiligi ko`rgazmaliliksiz o`tiladi va u dastur talablariga javob bermaydi. Hozirda, boshqa fanlar qatori tasviriy san`at darslarini texnika vositalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. CHunki, san`atshunoslik asoslari kursini o`tishda ko`plab slayda, diopozitiv, diafilm, kinofilmlar namoyish etish kerak. Maktablarni yoppasiga kompyuterlashtirish amalga oshirilayotgan bir davrda maxsus xonaning bo`lishi yanada oydinlashadi. Mana shuning uchun Ham Hozirda tasviriy san`at predmetining o`qitilishini talablar darajasiga ko`tarish uchun Har bir maktabda bu fandan maxsus xona bo`lish shart.
Hali ko`pchilik maktablarimizda maxsus xonalar tashkil etilmagan, tashkil etilganlari esa zamon talablari asosida jiHozlanmagan.
O`qituvchilar maxsus xonani tashkil etishda ota-onalar, faollar, jamoatchilik, Hayriya tashkilotlar yordamiga tayanmaydilar, meHnat o`qituvchisi bilan Hamkorlikni ravo ko`rmaydilar.
Ma`lumki, maxsus xonalarda tasviriy san`at darslari, to`garak mashg`ulotlari asosiy o`rinni egallaydi. SHunga qaramasdan, ba`zi bir o`qituvchilar mashg`ulot jarayonini takomillashtirishda, uning samaradorligini oshirishda xonaning katta imkoniyatlaridan yaxshi foydalana olmaydilar. Masalan, o`quvchilar darsga kirganlarida qo`yiladigan natura, texnika vositalari orqali ko`rsatiladigan ko`rgazmalar, reproduksiyalar tayyor Holda keltirib qo`yilmaydi, sinfni qorong`ilashtiruvchi shtorlar, texnika vositalari avtomatik ravishda emas, qo`l bilan boshqariladi.
Ba`zi bir o`qituvchilar, ta`lim va tarbiyadagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishda san`atga oid kitoblar, broshyura, albom, diafilm, diapozitiv, san`at asarlari reproduksiyalarining roli kattaligini tushunib etmaydilar yoki tushunib etsalar qam unga etarlicha e`tibor bermaydilar. Tajribali o`qituvchilar esa ko`rgazmali qurollar uchun shkaf va stol ostlarida aloHida-aloHida o`rinlar ajratadilar va ulardan maqsadga muvofiq foydalanadilar. Ko`rgazmalar xonada shunday joylashtiriladiki, o`qituvchi ishlatish vaqti kelganda Har qanday sharoitda xoHlagan ko`rgazmasini Hech qiynalmasdan bir zumdayoq topa oladi. YAna shuni Ham qayd qilish lozimki, bu ko`rgazmali qurollarning doimo toza va bejirim bo`lishiga Harakat qiladilar. Ishdan chiqqan yoki shikastlangan ko`rgazmalar bolalar yordamida yaroqli Holga keltirib qo`yiladi.
SHuningdek, o`quvchilar tasviriy san`at mashg`ulotlarining qiziqarli va sermazmun bo`lishi uchun xonaning maxsus shkaflarida guash, akvarel bo`yoqlar, flomaster, pastel, ugol, sangina sous, rangli tushlar, plastilin, rangli qog`ozlar, gazlama parchalari, sabzavot va meva urug`lari, Haykaltaroshlik uchun maxsus loy, tabiiy materiallarni saqlaydilar. Ko`rgazmali qurollarni yig`ishda (reproduksiyalar, otkritkalar, turmushda qo`llaniladigan buyumlar, uy-ro`zg`or buyumlari, musiqa asboblari, v.b. ) bolalar kuchidan unumli foydalanadilar.
Xona jiHozlari, ko`rgazmali qurollarni yig`ishda turli-tuman, tadbirlarni o`tkazishda bolalarning kuchidan etarlicha foydalana olmaslik olib borilayotgan ishlarning to`laqonli va sermazmun bo`lishiga imkon bermaydi. SHu narsa aniqki, bola qilgan meHnatining samarasidan zavqlansagina uning qadriga etadi. SHuning uchun Ham xonadagi Hamma ishlarga bolalarni jalb qilish va ularning sevimli joyiga aylanishiga erishish lozim.
Bizda texnika vositalarining etarli miqdorda ishlab chiqarilmaganligi, qolaversa, ulardan foydalanishga oid o`zbek tilida aniq bir metodik qo`llanma va tavsiyalarning yo`qligi, ta`lim jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Tasviriy san`at xonasida to`garak ishlari mashg`ulotlarini oddiy stol yoki partada olib borish mumkin emas. SHunga qaramasdan, ko`pchilik tasviriy san`at xonalarida bunday jiHozlar yo`q.
Tasviriy san`at darslari molbert, planshet va tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, safit, shkaf va boshqa shu kabi o`quv jiHozlari bo`lishini talab etadi. 56-rasm.
Xonada ish joyini shunday tashkil etish kerakki, darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda rasm ishlash maqsadida xonaga kirgan Har bir o`quvchi, u erda o`zi uchun tegishli sharoitni His etsin.
Yuqorida ta`kidlab aytganimizdek, tasviriy san`at xonasida darsdan tashqari ishlar katta o`rinni egallaydi. Bular tanlov va ko`rgazmalar, ma`ruza va suHbatlar, san`at Haftaliklari va kechalar, uchrashuv va olimpiadalar o`tkazish, devoriy gazetalar chiqarish, albomlar tayyorlash, markalar yig`ish va boshqalardir. Bu ishlar xonada muntazam ravishda o`tkazilib turgan taqdirdagina samarali natijalarni kutish mumkin, xonani maktabda estetik tarbiya markaziga aylantirsa bo`ladi.
SHunday ekan, tasviriy san`at xonalariga qanday talablar qo`yiladi, uning faoliyati qanday tashkil etiladi, degan savol tug`iladi. Xonani tashkil etish uchun avvalo, kengroq va oftob nuri tushmaydigan xona tanlanadi. YUqorida qayd qilganimizdek, tasviriy san`at xonasini talablar darajasida jiHozlash uchun kerak bo`ladigan o`quv qurollari va jiHozlar etarli bo`lishiga erishish zarur. Masalan, texnika vositalari, natura uchun taglik, rasm chizish uchun maxsus molbert, loy va bo`yoqlar bilan ishlangan ishlarni quritish uchun etajerkalar, naturani yorug`lantiruvchi asboblar, suvni tez-tez tozalab turish uchun chelaklar shular jumlasidandir. Maxsus xona uchun joy tanlash yoki ajratish Haqida gap borganda, natura va metodik fond uchun uning yonida kichik bir xona bo`lishiga e`tibor bermoq lozim. SHuningdek, xonada suv krani bo`lishi Ham shart, chunki bolalar bo`yoq bilan ishlash darslarida ifloslangan suvni tez-tez tozalab turishlari kerak bo`ladi.
Xonaning jiHozlari Haqida gap borganda shuni Ham qayd qilish lozimki, derazalarga albatta oq pardalar tutilishi va ular derazaning butun yuzasini egallashi lozim. Pardalar sinf derazalaridan to`g`ri tushadigan quyosh yorug`ligini to`sadi. Bu esa chizish uchun qo`yilgan naturada yorug`soyani ish davomida kechgacha bir xil saqlanishiga imkon beradi.
Xonada texnika vositalarining bor-yo`qligidan qat`iy nazar, katta to`q rangdagi pardalarning (shtor) bo`lishi Ham shart. U naturaga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida juda zarur bo`ladi. CHunki, darsda naturaga yorug`lik faqat birgina manbadan tushishi talab etiladi. Yorug`lik ikki va undan ortiq manbadan tushgan taqdirda soyalar soni Ham shuncha bo`ladi. Natijada birinchi manba yorug`ligiga qarashli soyani ikkinchi manba yorug`ligi yo`qotib, yorug`lantirib yuboradi va soyalar butunlay ko`rinmay qoladi.
Naturaning o`ziga qarab rasm ishlashda iloji boricha uni tabiiy kunduzgi yorug`likda ishlash lozim. Kechki payt chizish lozim bo`lib qolgan taqdirda natura lyuminetsentli lampalar orqali yorug`lantiriladi. Oddiy lampochkalar orqali yorug`lantirilganda u natura ranglariga ta`sir ko`rsatib, ularni o`zgartirib yuboradi, ya`ni naturaning Haqiqiy rangi buziladi.
Naturaning o`ziga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida sinfni normal yorug`lantirish imkoni bo`lmagan taqdirda (ayniqsa Havo bulutli paytlar yoki kechqurun) naturani yorug`lantirish maqsadida maxsus yorug`lantiruvchi asboblardan foydalaniladi. U safit deb yuritiladi. Naturani to`g`ri yorug`lantirish orqali undagi yorug`, soya, yarimsoya, refleks, blik kabilar bolalarda aniq va ravshan ko`rinadi. Bunday yorug`lantiruvchi asboblar lampochka, yorug`lik qaytaruvchi va oyoqlardan tashkil topgan bo`lib, ularning oyog`ini yog`ochdan, shuningdek, metalldan oson tayyorlash mumkin. Bunday asboblarni usta yoki o`qituvchilarning o`zlari tayyorlaganlarida, uning lampochka o`rnatiladigan qismining rasmda ko`rsatilganidek vertikal va gorizontal bo`yicha bemalol Harakat qiladigan bo`lishiga e`tibor berish lozim.
Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslari uchun tagliklar kerak bo`ladi. Odatda ularning bir necha xillari ishlatiladi. Ko`p tarqalgan turlari bu oyoqli va devorga osiladiganlari Hisoblanadi. U ikki gorizontal va vertikal Holatdagi planshetlardan iborat bo`lib, ular o`zaro oshiq-moshiq bilan maHkamlanadilar.
Bunday tagliklar, asosan doska oldiga natura qo`yish uchun mo`ljallanadi. Bunday tagliklarning gorizontal qismi naturani qo`yish, vertikal qismi esa fonga mo`ljallangan drapirovkalarga xizmat qiladi.
Ma`lumki, naturani bir erga qo`yish etarli emas. Natura o`quvchining ufq chizig`idan pastga o`rnatilishi sababli Hammaga bir xil ko`rinmaydi. SHuning uchun natura partalar orasiga Ham qo`yiladi. Bunday sharoitda oyoqli tagliklarni ishlatish lozim bo`ladi. Oyoqli tagliklar polga qo`yish uchun mo`ljallab yasaladi. YAsalish jiHatdan juda sodda bo`lgan oyoqli taglik oddiy taburetkaning oyog`ini 20-25 sm.ga uzaytirish va fon uchun vertikal planshetni uning ustki tomoniga maHkamlash orqali Hosil qilinadi. Bunday tagliklardan faqat partalararo natura qo`yishda foydalaniladi. Darslar maxsus xonada o`tkazilmaydigan maktablarda bunday tagliklardan foydalanib bo`lmaydi. Ikkala turdagi tagliklarni Ham yog`ochdan, shuningdek, metalldan maktab ustaxonalarida osonlik bilan yasash mumkin.
Quyidagi jiHozlarni tasviriy san`at xonasida bo`lishi maqsadga muvofiq deb Hisoblanadi.
1.Maxsus sinf doskasi (oddiy, magnitli v.b.) 2. Ko`rgazmali qurollar uchun shkaflar. 3.O`qituvchi va o`quvchilar uchun maxsus mebellar.
4.Bolalar ishlangan rasm va Haykallarni quritish uchun stelajlar.
5.Loydan ishlangan Haykallarni pishirish uchun mufel pechi.
6.Dioproektor, filmoskop, epidiaskop, televizor, video, magnitafon, kompyuter, fotoapparat v.b. 7.Diapozitiv, epipproeksiya, diafilmlarni namoyish etish uchun ekran. 8. Texnika vositalarini o`rnatish uchun taglik. 9.Sinf xonasini qorong`ilatish uchun kerak bo`ladigan pardalar. 10.Naturani yorug`lantiruvchi safitlar. 11. Haykal ishlash uchun tagiga linoleum qoplangan planshetlar. 12. Toza suv uchun chelak. 13. Mo`yqalamni bo`yoqdan tozalash uchun ishlatiladigan chelak. 14. Har bir o`quvchi uchun suv idish. 15. Oq va rangli bo`rlar. 16. Haykaltaroshlik ishlari uchun katta Hajmli idishda loy.
Xona uchun natura fondi va san`at asarlari reproduksiyalarini to`plashga o`quvchilarni, molbert natura uchun tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, shkaf va stend tayyorlashga, texnika vositalarini sotib olishga esa Hayriya tashkilotlar va ota-onalarni jalb qilish yaxshi natijalar beradi. Natura fondida turmushda qo`llaniladigan asbob va uskunalar katta o`rinni egallaydi. Ular lagan, tovoq, qoshiq, choynak, piyola, kosa, kapkir, sabzi taxta, cho`mich, kastryul, guldon, tarelka, patnis, musiqa asboblaridan-doira, childirma, rubob, dutor, g`ijjak, tor, skripka, nay, sport buyumlaridan – futbol to`pi, tennis raketkasi, ko`tariladigan toshlar-gantel, shaxmat doskasi v.b. shular jumlasidandir.
Turmushga yaroqsiz (singan yoki chekkasi uchgan) buyumlardan natura sifatida foydalanish mumkin. Bu buyumlar bolalar yordamida natura fondi uchun yig`iladi. Ular ishlatilmay yotganligi sababli iflos va ko`rimsiz bo`ladi. Natura uchun ularni bunday Holda qo`yish yaramaydi. Iflos buyumlarni tozalattirish va ishga yaroqli ko`rinishga keltirib qo`yish lozim.
Tasviriy san`at asarlarining reproduksiyalari va otkritkalari Haqida Ham ana shunday fikrlarni bildirish mumkin.
Ma`lumki, ko`plab jurnallarda tasviriy san`atga oid rangli reproduksiyalar beriladi. Ularni yig`ishga o`quvchilar kuchidan dars va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin. San`at asarlari reproduksiyalari va otkritkalarini yig`ishga o`qituvchi jiddiy va maqsadga muvofiq Holda yondoshgandagina yaxshi natijalar olishi mumkin. Bunday namunalarni ma`lum mavzu asosida yig`dirish va ularni albomga yopishtirish, unga baHo qo`yish, olib borilayotgan (surat tagiga uning muallifi nomini yozib qo`yiladi) tadbirning samarali bo`lishiga olib keladi.
Tasviriy san`at xonasini maqsadga muvofiq tashkil etishda uning badiiy bezagi aloHida aHamiyat kasb etadi. Xonaning badiiy bezagi deganda avvalo, xona jiHozlarini joy-joyiga qo`yish, buyumlarni, xona devorlarini tegishli ranglarga bo`yash Ham nazarda tutiladi. SHuningdek, xonaning badiiy bezagi uning to`g`ri yorug`lantirilishi bilan Ham bog`liqdir. Badiiy jiHatdan to`g`ri bezalgan xona o`quvchilarning ruHiyatiga ta`sir etib, ularda iliq kayfiyat Hosil qiladi, tez toliqtirmaydi, tasviriy faoliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi o`qituvchilar tasviriy san`at xonasini jiHozlashda unga ortiqcha e`tibor berib yuboradilar. Hattoki, o`quvchilarning chizmachilikdan chizmalarini, bolalar rasmlarining ko`rgazmalarini, turli ko`rgazmali qurollarni, san`at asarlari reproduksiyalarini devorlarga osib qo`yishadi. Geometrik va gipsli shakllar, qush tulumlari va meva sabzavotlarning mulyajlarini ochiq saqlashadi, turli lozung va chaqiriqlar Ham bo`ladi. Xonaning yuqori qismini buyuk rassomlarning portretlari bilan to`lg`azib tashlash Hollari Ham tez-tez uchrab turadi. Hattoki shunday Hollar Ham bo`ladiki, xona devorlarida bo`sh joy qolmaydi. Bu yo`sinda bezatishning zarari shundaki, xonada turli-tuman qurollar, ko`rgazmali materiallarning ko`pligi, ularning ranglari xonaga kirgan o`quvchi ruHiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada, o`quvchi o`zini sinfda siqilib qolayotgandek His qiladi va xonadan tezroq chiqib ketishga Harakat qiladi.
Ba`zan, xonalar uning jiHozi va badiiy bezagi yillab o`zgarmay turaveradi. Natijada, ular o`quvchilarni me`dasiga tegadi va ularni mutlaqo qiziqtirmay qo`yadi. Natijada bu erdan bolalar yangi ma`lumot va yangi taassurotlar ololmaydilar.
Xonaning devorlarini tinch, sokin ranglar bilan bo`yash maqsadga muvofiqdir. CHunki, keskin va yorqin ranglar bolalarni tez toliqtiradi. SHuningdek, xonadagi eshik, deraza, pol, shift, doska kabilarning ranglarini Ham xonaning umumiy rang gammasiga bo`ysundirish lozim. Ular bir-birlaridan och-to`qligi bilan, rang tusi, to`yimliligi bilan keskin farq qilmagani ma`qul. Xona devorlarida turli-tuman, umuman, rang-barang ko`rgazmalarning bo`lishi dars jarayonida ba`zi bolalarning e`tiborini o`ziga tortadi. Natijada, bola chalg`iydi, unga o`qituvchining nutqi e`tibordan qoladi. Bular Hammasi xonada olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
SHuning uchun Ham tasviriy san`at xonasida ortiqcha narsalarning bo`lmasligi, sinfda mashHur rassomlardan birontasining portreti, texnika vositalari (u Ham usti yopiq Holda), tuvakli gullarni sinf burchagining bo`lishligi etarlidir. Ko`rgazmali qurollar esa maxsus shkaflarda (o`quvchilarni ko`zi tushmaydigan joyda) saqlanishi lozim. Turli xil ko`rgazma, fotostend va e`lonlar, diplom va yorliqlarni maktab yo`lagiga (tasviriy san`at xonasiga yaqin joyga) o`rnatish maqsadga muvofiqdir.
Maktabda tasviriy san`at xonasi ko`rgazmali qurollar, texnika vositalari va boshqa jiHozlar saqlanadigan, ta`lim-tarbiya ishlari olib boriladigan madaniyat o`chog`idir.
YUqorida qayd qilib o`tganimizdek, xonaning tashkiliy, o`quv-metodik, tarbiyaviy ishlari shunchalik ko`p va turli-tumanki, ularni faqat reja asosida olib borgandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin. Rejada tadbirning mazmuni, o`tkaziladigan vaqti, unga javobgar shaxslar, tadbirning o`tkazilishi, ish tartibi uchun joylar ajratilgan bo`ladi. O`qituvchida bunday rejaning tayyorlanmaganligi tasviriy san`atdan xonada olib boriladigan ishlarining chala-chulpa, pala-partish, tartibsiz bo`lishiga olib keladi. Hattoki, ba`zi muHim ishlar o`qituvchining e`tiboridan butunlay tushib qolishi Ham mumkin. SHuningdek, rejaning bo`lmasligi tadbirlarning epizodik xarakterda bo`lishiga olib keladi. CHunki, uni o`tkazishga ajratilgan vaqt niHoyatda chegaralangan bo`ladi va natijada ish sifati pasayadi, ular bolalarda yaxshi taassurot qoldirmaydi. Quyida tasviriy san`at xonasida olib boriladigan ish rejaning namunasi berilgan.
o`tmaganligi Haqida belgi
Поиск материала «Санъати тасвирӣ, 3 синф, Исоқова М., Ҳасанов Р., Ҳайдаров Б., 2014» для чтения, скачивания и покупки
Найденные материалы, документы, бумажные и электронные книги и файлы:
Ниже показаны результаты поиска поисковой системы Яндекс. В результатах могут быть показаны как эта книга, так и похожие на нее по названию или автору.
Search results:
Санъати тасвирӣ . Дар бораи мавод назари худро нависед. Дараҷа: Китоби дарсӣ барои синфӣ 5. Бойназаров Б. Санъати тасвирӣ . Китоби дарсӣ барои синфҳои 5-6. Душанбе, Маориф, 2016. 144 саҳ. ravshanfikr.tj
Мандиев Орифжон. Тасвирий санъат 3 – синф . Оценка 4.9. docx. Uyga vazifa: Ijodiy ishlar. Скачано с www.znanio. Tasviriy san’at 3 – sinf 3 -”G” 10. Davomat. Darsga hozirlik ko’rish. znanio
Канцтовары: бумага, ручки, карандаши, тетради. Ранцы, рюкзаки, сумки. И многое другое. my-shop Купить
Бойназаров Б.И. Санъати тасвирӣ . Китоби дарсӣ барои синфи 7-уми мактаби таҳсилоти умумӣ. Душанбе “Торус” 2013, -110 саҳ. Бойназаров Б.И. Санъати тасвирӣ . ravshanfikr.tj
Санъати тасвирӣ . Китоби дарсӣ барои донишомӯзони синфи 1-уми мактабҳои таълими миёнаи умумӣ. Нашри шашуми мукаммалгардида. Раҳим Ҳасанов . — Тошканд: Ғафур Ғулом, 2010. — 56 с. Фаро кашидан: san_tasviri_1_2010_uz.djvu 2,57 Mb. Санъати тасвирӣ . Китоби дарсӣ барои донишомӯзони синфи 3 -юми мактабҳои таълими миёнаи умумӣ. Нашри дуюм. М . Исоқова , Р . Ҳасанов , Б. Ҳайдаров , А. Сулаймонов, С. Ҷумъаниёзова, Б. Азимов. zarowadk
Олами ҳайвонот. Тасвири атрофи мактаб. Композитсия дар мавзуи ҳунаромузӣ. Тасвири мевадову баргдо (натюрморт). Сохтани муҷассамаҳои парандагон. www.studmed
САНЪАТИ ТАСВИРӢ , як соҳаи санъати пластикист, ки санъати рассомӣ, графика, ҳайкалтарошӣ ва суратгириро (манзара, портрет, фотоэтюд ва ғайра) дар бар мегирад. Санъати тасвирӣ воқеияти реалию предметҳои мавҷударо тавассути образҳои аёнию идашаванда ва дар шақли табииашон (мувофиқи аслаш) тасвир менамояд, барои ифодаи онҳо аз методи умумикунонӣ, типикунонӣ, инчунин им-кониятҳои гуногуни ҳаҷм, фазо, масофа, ранг ва ғайра истифода мебарад. kitobam
22.10.2020. Духтури хуби гинеколог дар Душанбе. 30.09.2020. Скачать покер на Андроид: ТОП лучших покер румов. 21.08.2020. Гуногун. Кор дар Европа барои ронандагон аз Тоҷикистон. 03.12.2022. Рӯйхати истеҳсолкунандагони мебел дар Тоҷикистон. 13.11.2022. Теги: санъати тасвирӣ синфи 5. Замини зебои қирғиз. komron
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 3 sinf uchun Tasviriy sanat kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . www.Test-uz
Бесплатно. Android. Категория: Книги и справочники. Хонандагони азиз, вазифаи асосии фанни санъати гасвирӣазомӯзишижанрҳои гуногуни ин санъат ва зебопарастӣ иборат мебошад. Ҳангоми омӯзиши фанни санъати тасвирӣ бо тарзи тасвир, фаъолияти эҷодӣ, намудҳо ва жанрҳои санъати тасвирӣ ва асарҳои рассомони ҷаҳон шиносоӣ пайдо мекунед. Инчунин дар рафти иҷрои корҳои амалӣ ба тарзҳои консгруктивӣ, фарқи шакли маводди таълимй, тасвир аз асл, тарзи ҷобаҷогузории тасвир дар рӯйи коғаз, фарқи дурахшонии тобиш ва силсилаи рангҳо. apkpure
Учебники на таджикском языке. Ройгон фаро кашидани китоби ( скачать бесплатно книгу) ‘ Санъати тасвирӣ . Китоби дарсӣ барои донишомӯзони синфи 3 -уми Ӯзбекистон’. Агар шумо аз ягон саҳифаи сомона ба ин ҷо гузашта бошед, бешубҳа, интихобатон дуруст аст, пас тугмаи «Фаро кашидан»-ро пахш намоед. Файли хостаатон ” Санъати тасвирӣ . Китоби дарсӣ барои донишомӯзони синфи 3 -уми Ӯзбекистон” пас аз чанд сония фарокаш мегардад. zarowadk
Учебники на таджикском языке. Ройгон фаро кашидани китоби ( скачать бесплатно книгу) ‘ Санъати тасвирӣ . Китоби дарсӣ барои синфи 7_2013’. Китоби дарсӣ барои синфи 7_2013. Агар ба ин саҳифа тасодуфан даромада бошед, аз шумо хоҳиш мекунем, ки барои дар бораи файли фарокашшаванда маълумоти пурра пайдо кардан ба саҳифаи «Бойгонии дарсномаҳои тоҷикӣ» гузаред. Агар шумо боварии комил дошта бошед, ки ин файл ба шумо маълум аст ва онро ҷустуҷӯ доред ва интихобатон дуруст аст, он гоҳ тугмаи «Фаро кашидан»-ро пахш намоед. zarowadk
Бесплатно. Android. Категория: Книги и справочники. Хонандагони азиз, вазифаи асосии фанни санъати гасвирӣазомӯзишижанрҳои гуногуни ин санъат ва зебопарастӣ иборат мебошад. Ҳангоми омӯзиши фанни санъати тасвирӣ бо тарзи тасвир, фаъолияти эҷодӣ, намудҳо ва жанрҳои санъати тасвирӣ ва асарҳои рассомони ҷаҳон шиносоӣ пайдо мекунед. Инчунин дар рафти иҷрои корҳои амалӣ ба тарзҳои консгруктивӣ, фарқи шакли маводди таълимй, тасвир аз асл, тарзи ҷобаҷогузории тасвир дар рӯйи коғаз, фарқи дурахшонии тобиш ва силсилаи рангҳо. m.apkpure
Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 7- синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин. Cўнгги йилларда нашр қилинган 7 синф дарсликлари. idum
Bu bazamizda 3-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin. Download Telegram. Tabiiy fan 3–sinf Òqituvchi: Yunusova Mohira Mavzu: Tog’ jinslari va menerallar 26- dars Jizzax viloyati Jizzax shahar17-maktab. t
ЛитРес – это самая большая библиотека электронных книг. Покупай, скачивай, читай и слушай лицензионные электронные книги и аудиокниги для компьютеров, телефонов и планшетов. На LitRes публикуются отзывы, рейтинги книг, рекомендации, рецензии, информация об авторах. www.litres Купить
Интернет-магазин My-shop – интернет магазин, где можно купить более 700 тысяч книг любого жанра, автора и тематики. Учебники по выгодным ценам с доставкой в Москве, Санкт-Петербурге и других городах России! Книги почтой с доставкой на дом и самовывозом. my-shop Купить
Канцтовары. Низкие цены на любые канцтовары для детей и взрослых, для работы и учёбы. Письменные принадлежности. Карандаши, ручки, стержни, фломастеры, чернила, тушь, маркеры – любые письменные принадлежности. Бумажные канцтовары. Широкий выбор тетрадей, дневников, альбомов быстро и дёшево купить бумажные канцтовары. Ранцы, рюкзаки, сумки. Всевозможные сумки и косметички, ранцы с наполнением и без, рюкзаки со скидками и сумки для ноутбуков. Канцелярские мелочи. Ластики, ножницы, точилки, подставки и линейки, степлеры, дыроколы, корректоры, скотч и клей. my-shop Купить
Лабиринт – это самый большой интернет магазин бумажных книг. Покупай и заказывай книги! Доставка почтой, курьером, через сеть пунктов самовывоза в Москве, Санкт-Петербурге и других 30 городах России. Доставляем также в другие страны СНГ и мира! На официальном сайте «Лабиринта» публикуются рейтинги книг, отзывы, рекомендации, рецензии и информация об авторах, издательствах, правообладателях, сериях книг. www.labirint Купить
Интернет-магазин Читай-Город – Здесь вы можете купить книги всех жанров и направлений по самым выгодным ценам с бесплатной доставкой в Москве, Санкт-Петербурге и других городах России! www.chitai-gorod Купить
На данной странице Вы можете найти лучшие результаты поиска для чтения, скачивания и покупки на интернет сайтах материалов, документов, бумажных и электронных книг и файлов похожих на материал «Санъати тасвирӣ, 3 синф, Исоқова М., Ҳасанов Р., Ҳайдаров Б., 2014»
Для формирования результатов поиска документов использован сервис Яндекс.XML.
Нашёлся 1 млн ответов. Показаны первые 19 результата(ов).
3 sinf tasviriy san’at kitobi skachat
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Sinfdan tashqari o‘qish kitobi 3
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:
Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Hurmatli aziz o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalar! Qo‘lingizdagi kitob «Maktab kutubxonasi» rukni ostida tuzilgan bo‘lib, kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan 4 ta kitobning uchinchisidir. Kitobda maktab o‘quv dasturiga qo‘shimcha material sifatida bolalarning bilim saviyasi, qiziqishlari, o‘zlashtirish darajalari va yoshini hisobga olib afsona, rivoyat, ertak, she’r, topishmoq, maqol, tez aytish, krossvord va harakatli o‘yinlar berilgan bo‘lib, bolajonlarni bilimlarning beg‘ubor rangli olamiga sayohat qilishlariga hamda kitobga bo‘lgan qiziqishlarining yanada ortishiga yordam beradi.
tasviriy san’AT METODIKASI FANINING TARIXI tasviriy san’at o’quv fani, uning maqsadi va vazifalari
Tasviriy san’at o‘qitishiga doir eng qadimgi va o‘rta asr bosiilaridagi (Misr, Yunon, Qadimgi Rim) ma’lumotlar. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasini rivoj iantirishda Uyg’onish davri rassomlarining xizmatlari (Chennino Chennini, Leon Alberti, Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer). XVII-XIX asriarda G’arbiy Yevropada rasm chizishni o‘rgatish metodikasiga bo‘lgan turli qarashlar. XVIII-XIX asriarda Rossiyaning pedagogika o‘quv yurtlarida tasviriy san’at fanining o‘mi. LD. Preysler, A.G. Sapojnikov, G.A. Gipiuslaming tasviriy san’at o‘qitish metodlarining rivojlanishidagi o‘mi. P.P. Chistyakov, D.N. Kardovskiylaming pedagogik qarashlari va tasviriy san’at o‘qitish uslublari. Misr. Yunoniston. Rim. Jahonda tasviriy san’atni o‘qitilishiga dastlabki ma’lumotlar qadimgi Misr va Yunonistonda eramizdan avvalgi III asrlarga doir materiallar mavjud. Qadimgi Misrda tog‘ qoyalariga o‘yib ishlangan haykaliar, shuningdek, rangtasvir asarlaii o‘zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilami hayratga solib kelmoqda. Kishilar o‘z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo‘llar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o’tkazib kelganlar. Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o‘rgatishga doir tarixiy manbalar guvohlik beradi. Tasviriy san’atni 0‘qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug‘ullanib kelganliklari ko‘proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Misr maktablarida rasm ishlashga o‘rgatish rnuntazam ravishda chizmachilik bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda maktabni tugallab chiqayotgan yoshlar ma’lum may don yuzasini o‘lchash va uni qog‘ozga tushura oladigan, bino planini chiza oladigan, ariq va kanallarning sxemasini tasvirlay oladigan bo’lishlari talab etilgan. 17 Rasm bolalarni yozish savodini chiqarishda ham katta ahamiyatga ega boMgan. Masalan, harfni o‘rgatish uchun narsalaming tasviri chizdirilgan. Bolalami rasm chizishga o’rgatishda qo‘lni erkin harakat qilishiga alohida e’tibor berilgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog‘ozlarda bajarilgan. Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o’qiganligi sababli ularga nihoyatda yuqori talablar qo‘yilgan. Shuning uchun ham talab va ko‘rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, hattoki, yog‘och bilan kaltaklangan. Misr maktablarida rasm chizishga o‘rgatish nazariyasi bor-yo‘qligi ma’lum bo‘lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo‘llanilgan. 0 ‘qituvchilar rasm chizishni (shakl, rang, o‘lcham, tuzilishi v.b.) tabiatni kuzatish asosida emas, ko’proq namunadan, sxemadan ko‘chirish orqali o‘rgatganlar. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Misrda rasm chizishga o‘rgatish qadimgi Yunonistondan ancha avval boshlangan. Italiyalik XV asr me’mori, artisti, yozuvchisi va olimi L.B.Alberti shunday deb yozadi: «Misrliklaming yozishicha, rangtasvir ishlash ularda Yunonistondan 6 ming yil avval mavjud bo‘lgan» . Rasm chizishga o‘rgatish qadimgi Yunonistonda ham o‘ziga xos yo‘nalishda amalga oshirilgan. Ularda rasm ishlashga o‘rgatishda tabiatni, butun borliqni o‘rganishga, unda go‘zalliklami idrok etishga alohida e’tibor berilgan. Rasm ishlash uchun yog’och taxta ustiga asalari mo‘mi surtilgan va uning ustini bo‘yoq bilan sidirg‘a bo’yalgan. Rasm ana shu yuza ustiga o‘tkir metall yoki suyak bilan chizilgan. Noto‘g‘ri chizilgan rasm qo i bilan ishqalanib, chiziqlar o‘mi to‘ldirib o‘chirilgan. So‘ngra tekis yuzaga yangi rasm ishlangan. Eramizdan avvalgi 432-yilda yunon haykaltaroshi Poliklet inson tanasi a’zolari 0‘rtasidagi mutanosiblik, proporsionallikka doir namuna sifatida «Dorifor» haykalini yaratdi. Keyinchalik u barcha maxsus badiiy va badiiy bo‘imagan maktablarda o‘rgatildi. Yunon rassomlari borliqni va turmushdagi go‘zalliklami kuzatish asosida tasvirlashni qonun va qoidalarini ishlab chiqqanlar. Ulaming fikricha Qadimiy Yunon. Poliklet. Inson tanasining mutanosibligi. go‘zallik, ko‘proq xushbichim, tartib, ritm va simmetriya, bo‘laklar 0‘rtasidagi mutanosiblik, to‘g‘ri matematik munosabatlarda ifodalanadi. Keyinchalik Yunonistonda rasm ishlashning bir necha o‘ziga xos maktablari paydo bo‘lgan. Ular orasida tasviriy san’at va uni o‘qitish taraqqiyotida Sikion maktabi katta rol o‘ynagan. Bu maktabda o‘qitish ishlari ilmiy asosda tashkil etilgan bo‘lib, bolalar ko‘proq tabiatga, uning qonuniyatlarini bilishga qaratilgan. Bu maktabni bitirganlar orasida Pamfildek mashhur rassomlar ham bo‘lgan. Pamfil rasm chizishning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Bu haqda uning zamondoshi Pliniy shunday deb yozgan edi: «Uning sa’y-harakati bilan awal Sikionda, so‘ngra Yunonistonda hamma bolalarga rasm chizishni o‘rgatish lozimligi belgilab qo‘yilgan. Boshlang‘ich ta’lim rasm chizishdan boshlanishi qayd qilingan edi». Uyg‘onish davri. Uyg‘onish davrida Italiya tasviriy san’ati va uni o‘qitish metodi katta rol o‘ynagan. Bu davrda rasm chizish umumiy ta’lim beradigan o‘quv predmetlari qatoriga kiritildi. Mashhur 19 rassomlardan Chennino Chennini, Leon Batista Alberti, Leonardo da Vinchilar bu borada e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Ularning asarlarida fan va san’at o‘rtasidagi aloqalar, proporsiya, perspektiva, anatomiya masalalari asosiy o‘rinni egalladi. Ularning fikrlariga ko‘ra naturaga qarab rasm ishlash o‘qitishning asosini tashkil etishi lozim hisoblangan. Ayniqsa, Leonardo da Vinchi tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi rivoj lanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘zining «Книга о живописи» nomli ishida rassomlikni jiddiy ilmiy fan sohasi deb qaraydi. U ko‘p yillar davomida anatomiya, rang, kishi a’zolari o‘rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlarini ishlab chiqqan. Tasviriy san’atni o‘qitishni takomillashtirishda Uyg‘onish davrining nemis rassomlaridan A.Dyurerning xizmatlari katta bo‘ldi. U birinchi bo’lib rasm ishlashni yengillashtirish uchun geometrik metodni o‘ylab topdi. Uning fikricha, har qanday buyum, narsalar asosida geometrik jism shakli yotadi. Shuning uchun u yoki bu narsalarni tasvirlashda avval geometrik jism shaklini chizib olinishi lozim, keyin ular umumlashtirilib, haqiqiy tasvir hosil qilinadi. Keyinchalik uning bu metodi Dyupyui, Ashbe, Chistyakov kabilarning pedagogik faoliyatlarida keng qo‘llanila boshlangan. Hozirgi kunlarda ham bu metod o‘z kuchini yo‘qotganicha yo‘q. A.Dyurer. Apparat yordamida perspektivada tasvirlash. Setka orqali perspektivada tasvirlash. 20 Uyg‘onish davri rassomlarining katta xizmatlari shundan iborat bo‘ldiki, ular tasviriy san’atda anatomiya, perspektiva, yorug‘-soyaning benihoyatda katta ahamiyatini asoslab berdilar. Natijada san’at asarlari o‘zining yuksak badiiyligi va haqqoniyligi bilan tomoshabinlarni loi qoldiradigan bo‘Idi. A.Dyurer. Bosh konstruksiyasini tasviri. Shon. Qalamtasvir. Shunga qaramasdan tasviriy san’atni o‘qitish tizimini yaratish ularga nasib etmadi. Bu muammolar, asosan, XVI asrdan boshlab yechimini topa boshlagan. Bir qator akademiyalar tashkil etilishi ishni yengillashtiradi. Bunday akademiyalar Florensiya, Rim, Balon kabi shaharlarda ochildi. Avvalgi vaqtlarda bunday maktablar xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, endi davlat va jamoalar ham bunga o‘z ulushlarini qo‘shaboshlagan edilar. Bu o‘quv yurtlari orasida mashhur rassom, haykaltarosh va muallim aka-uka Karrachilar hamda uning amakivachchalari Agostino va Annibale tomonidan ochilgan badiiy Akademiya ko‘proq iz qoldirdi. Ular yaratgan o‘qitish tizimida o‘quv materiallarini qisqa vaqtda o’zlashtirish, o’quvchilami ilmiy bilimlar, muntazám mashq, qonun va qoidalar asosida rasm ishlash malakalarini hosil qilish asosiy o‘rinni egalladi. 21 S.Bottichelli. Nisbat kanoni. 0 0 F.Dyupyui modellari. G.Golbeyn. Qoralamalar. Bu rassom-o‘qituvchilar 0‘zlaridan awal o‘tgan rassomlaming tajribalari va yutuqlarini umumlashtirib, talabalarni shu asosda o‘qitishga harakat qildilar. Ular o‘z faoliyatlarida yorug’-soya, kolorit, rang, konstruksiya, anatomiya, perspektiva masalalariga alohida e’tibor berdilar. Ayrim tarixiy va san’atshunoslik ma’lumotlariga qaraganda A.Dyurer tomonidan bir qator nazariy va amaliy qo‘llanmalar yaratilgan. Lékin ulardan ayrimlari saqlanib qolgan, xolos. Akademik tizimiga ko‘ra jiddiy ilmiy bilimlarsiz rasm ishlashni o‘rganib bo’lmaydi. Bolalar rasm chizish orqali borliqni bilib boradilar. Bu sifat har bir shaxs uchun, u qaysi sohaning mutaxassisi ekanligidan qat’i nazar zarur deb hisoblandi. XVII-XIX asrlarda G‘arbiy Yevropa. Keyinchalik Baloni akademiyasi ta’sirida Parijda, Venada, Berlinda, Madridda, Peterburgda, Londonda ana shunday akademiyalar ochildi. 22 Tasviriy san’atni hamma umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilishining foydali ekanligi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy tomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida rivojlantirildi. Umumiy ta’lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz olimi J.Jssoning fikrlari diqqatga sazovordir. U o‘zining «Емил или воспитание» nomli kitobida borliqni bilishda naturaga qarab rasm ishlashning ahamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha rasm chizishni ko’proq tabiat qo‘ynida amalga oshirish samaralidir. Chunki, bolalar tabiat qo‘ynida narsalami haqiqiy rangi, perspektiv qisqarishlarini ko‘rgazmali ravishda o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar, uning qonunlarini ongli ravishda tushunib yetadilar. Yevropa pedagoglari orasida rasm chizishni umumiy ta’lim maktablarida alohida o‘quv predmeti sifatida o‘qitilishi va uni takomillashtirishda I.V.Gyote (Germaniya), I.G.Pestalotssi, I.Shmidt va P. Shmidt (Shvetsariya), A. Dyupyui va F. Dyupyuilar (Fransiya) katta hissa qo‘shdiIar. Umumiy ta’lim maktablarida rasm ishlashda natural metoddan ko‘ra geometrik metodlarni afzalliklarini N.Pestalotssi, P.Shmidt va I.Shmidt kabi pedagoglar yoqlab chiqdilar. Natijada, maktablarda rasm chizishga o‘rgatishda ikkita qarama-qarshi natural va geometrik metodga asoslangan ikki oqim paydo boidi. Naturaga asoslangan rasm chizishni ustunliklarini Ya.A.Komenskiy, J.Jsso, I.V.Gyotelar yoqlagan boisalar, geometrik metodni ko‘proq I.G.Pestalotssi, I.Shmidt va P.Shmidt, F.Dyupyuilar asoslashga harakat qildilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan geometrik metod Yevropaning ko‘p mamlakatlarida qoilanila boshlandi. Shunday qilib, XIX asr o‘rtalariga kelib, Yevropada rasm chizish fan tarzida umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilishi ancha rivoj topdi. Bu sohada rassom va muallimlardan tashqari san’atshunoslar, pedagog, psixologlar, shifokorlar shug‘ullana boshladilar. Rasm chizishni 0‘qitish metodologiyasiga doir bir qator adabiyotlar nashr etila boshlandi. Bu borada Kulman, Prang, Eisner, Baumgml, Ausberg, Braunshvig, Tedd kabilar jonbozlik ko‘rsatdilar. Bular tomonidan yaratilgan adabiyotlarda rasm chizish qoidalari, uning metodikasida qarama-qai’shi fikrlar boisa-da, biroq natural metod borasida bunday qarama-qarshi fikrlar ro‘y bermadi. XVIII-XIX asrlarda Rossiya. Rasm chizish Rossiya maktablarida umumiy ta’lim o‘quv predmeti sifatida XVIII asming boshlarida paydo boidi. Bu davrda rasm chizish Dengiz akademiyasi, xirurgiya maktabi. 23 kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi gimnaziyada, qizlar tarbiya bilim yurtida o’qitilgan. Bu o‘quv yurtlarida rasm chizishga o‘rgatish rassomlar tayyorlash uchun emas, balki yoshlami kasbiy faoliyati va kelajak hayotlarida foydalanishlari uchun kerak bo‘ladigan soha deb qaralar edi. A.Sapojnikov. Boshning simli modeli. 1934-yilda rus rassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy ta’lim maktablari uchun «Rasm chizish kursi» nomli darslikni yaratdi. Mazkur darslik naturaga qarab rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistik rasm ishlash asosida qurilgan bo‘lib, unda perspektiva, yomg‘-soya qonunlari ham o‘z aksini topgan edi. Shu bilan bir qatorda Sapojnikov sim, karton, gips kabi materiallardan narsalar tuzilishi, perspektiv qisqarishi, hajmiga doir metodik ko‘rgazmali qurollar majmuasini ham yaratdi. Muallifning tavsiyalariga ko‘ra har qanday natura asosiga turli hajmli va yuzali geometrik shakllar yotishi, shuning uchun ham rasm chizishda geometrik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon etilgan.
Rossiyada tasviriy san’atni umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilishiga doir yirik fundamental asar yaratganlardan biri G. A. Gippius bo‘1di. Uning «Очерки теории рисования как обшего учебного предмета» nomli asarida o‘sha davrdagi rasm chizishga o‘rgatishdagi eng ilg‘or g‘oyalar o‘z aksini topgan edi. Rossiya maktablarida rasm chizish ommaviy tarzda o‘qhila boshlangach rassom-o‘qituvchilaming yetishmasligi muammosi paydo bo‘ladi. Maxsus 0‘qituvchilar tayyoriash maqsadida 1825-yilda Moskvada Stroganov nomidagi texnikaviy rasm bilim yurtida yangi bo‘lim ochilib, unda rasm o‘qituvchilari tayyorlana boshladi. 1879-yildan esa SankPeterburg badiiy akademiyasi qoshida rasm o‘qituvchilari tayyorlovchi kurs ochildi. Bu kurslar uchun dastur, metodik materiallar tayyorlashda badiiy akademiya professori P. Chistyakov faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda tuzilgan dastur va qoilanmalarda A.Sapojnikovning geometrik ko‘chirish metodlari amaliyotdan chiqarilib, maktabda rasm darsi faqat natural metod asosida rasm ishlashdan iborat ekanligi qayd qilindi. Mazkur dastur va qo‘llanmalarda bolalar tasviriy faoliyatlariga erkinlik berish lozimligi ham belgilab qo‘yildi. Rasm chizish muammolaiini hal qilishda XIX asr boshlarida Moskva va Peterburg shaharlarida tashkil etilgan «Rasm o‘qituvchilari jamiyati» e’tiborga loyiq ishlami amalga oshirdi. Bu davrda mutaxassislar orasida rasm chizishga o‘rgatish 25 masalalari katta qiziqish uyg‘otgan boMishiga qaramasdan, bu sobada] qarama-qarshi g’oyalar ham kuchaydi. Ana shundaylardan biri I formalistik oqim edi. Bu oqimning vakillaridan Kershenshteyner val Dyupyui g‘oyalarini Rossiyada tashviqot qilishda Bakushinskiy katta rol 1 o‘ynadi. Uning fikricha badiiy tarbiyada «Maktab» kerak emas, i bolalarni o‘qitish ham kerak emas, ular xohlagan ishlarini bajarsinlar,! 0‘qituvchi faqat kuzatib turishi lozim. 1918-yilda Peterburgda nashr etilgan V.I.Beyer va A.K.Voskresenskiylaming «Рисование на началной ступени обучения в связи с лепкою и черчением» nomii qoMlanmalarida naturaga qarab rasm ishlash, illyustrativ rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash va suratlarni kuzatish boiimlari mavjud edi. 1931-yil 5-sentabrdagi «0 начальной и средней школе» nomli davlat qarori asosida maktab dasturlarida bu o‘quv predmetining maqsad va vazifalari qayta ko‘rib chiqildi. Rus sovet badiiy ta’limining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatganlardan biri D.N.Kardovskiy edi. Bu badiiy ta’lim tizimi realistik san’at prinsiplariga asoslangan bo‘lib, D.N.Kardovskiyning tashabbusi va sa’y-harakati bilan 1942-yili Moskva pedagogika instituti qoshida badiiy-grafika fakulteti ochildi. Ш D.Kardovskiy. Rasm chizish qoMlanmasidan. Rossiyada rasm chizish metodikasini takomillashtirishda 1933- yilda tashkil topgan «Bolalar badiiy tarbiyasi markaziy uylari» muhim ahamiyat kasb etdi. Bu markaz faoliyati bilan bogiiq holda P.Ya.Pavlinovning «Графическая грамота», N.Radlovning «Рисование с натуры», «Сборник заданий.по рисованию», Ya.Bashilov va E.Kondaxchanlarning «Детский рисунок» va boshqa qoilanmalari chop etildi. Rossiyada, shuningdek, sobiq Respublikalarda rasm chizishni rivojlanishida 1943-yilda tashkil topgan Rossiya pedagogika fanlari akademiyasi katta rol o‘ynad¡. 26 Keyinchalik bu akademiya asosida 1967-yilda sobiq pedagogika lanlari Akademiyasi tashkil topib, uning tarkibida badiiy tarbiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi. Bu institut umumiy o‘rta ta’lim maktablarida estetik tarbiyaga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borishda asosiy markaz bo‘lib qoldi. Bu borada Rossiya Maorif vazirligi tasarrufida tashkil etilgan maktablar ilmiy tadqiqot instituti va uning tasviriy san’atni o‘qitishga oid laboratoriyasi diqqatga sazovor ishlarni olib bordi. Rossiyada ikkinchi jahon urushidan so‘ng samarali faoliyat ko‘rsatganlardan biri E.Kondaxchan edi. U o‘zining «Методика преподавания рисунка в средней школе» nomli qo’llanmasida bu boradagi ilg‘or tajribalarga asoslanib realistik san’at va rasm chizishga o‘rgatishning asosini naturaga qarab rasm ishlash egallashi lozim deb yozdi. U Rossiyada 1925-50-yillarda keng tashviqot qilib kelingan Bakushinskiyning «Erkin tarbiya» nazariyasiga qarshi chiqib, ta’lim va tarbiyada o’qituvchining katta rahbarlik faoliyatini qattiq turib himoya qildi. U «Erkin tarbiya» nazariyasi o‘qituvchi rolini kamaytiruvchi va o’qitishda tartibsizlikni vujudga keltiruvchi «metod» deb o‘z g’oyalarini asoslashga harakat qildi. XX asrning ikkinchi yarmida o‘qitish metodikasiga doir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada, rasm chizish bo‘yicha 1963-70-yillarda I-VI sinflar uchun sinov darsliklari tayyorlanib, nashr etildi. Bu darsliklar V.V.Kolokolnikov (1 va 2-sinflar), S.A.Fyodrov, M.N.Semyonova (3 va 4-sinflar), E.E.Rojkova, E.L.Xersonskaya (5-sinf), L.L.Makoed (6-sinf)lar muallifligida tayyorlandi. Rossiya maktablarida ta’lim mazmunini isloh qilish borasida hukumat qarorlari asosida rasm chizish o‘quv predmetini maqsad va vazifalari va ta’lim mazmuni bir necha bor qayta ko‘rib chiqildi. Natijada, 1970-yilda «Рисование» o‘quv predmetining nomi «Tasviriy san’at» deb o‘zgartirildi. Bu nomda tayyorlangan dasturda estetik tarbiya vazifalari hamda rassomlar asarlarini o‘rganilishiga doir qismlar kengaytirilgan edi. V.E.Savínskiy. Qalamtasvir. 27 Rossiyada XX asrning ikkinchi yarmida «Tasviriy san’at» o‘quv predmetini o‘qitilishini yaxshilashda bir qator pedagog olim va metodistlar faollik ko‘rsatdilar. Natijada «Рисование» darsliklaridan tashqari ko’plab ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar nashr etildi. Bunda G.V.Labunskaya, V.V.Alekseeva, V.S.Sherbakov, A.G. Shimanskaya, A.V.Karlson, G.I.Orlovskiy, R.I. Korguzalova, A.S. Brajnikova, N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, E.V.Shoroxov, T.Ya. Shpikalova, B.P.Yusov kabilar samarali mehnat qildilar. Bosh tasvirining metodik bosqichi. A.Solovyev, G.Smirnov, E.AIekseyeva. « 0 ‘quv qalamtasvir» qoMlanmasidan. Rossiyada tas iriy san’atni o‘qitishning psixologik asoslari haqida ham ilmiy tadqiqotlai- olib borilib, bu haqda bir qator adabiyotlar nashr etildi. Rossiyada 1970-yillarga kelib, umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’atni o’qitish mazmunini to‘g‘ri belgilash va uni takomillashtirish borasida bir qator olim va rassomlar guruhi paydo 28 ho‘ld¡. Bulardan biri badiiy tarbiya ilmiy tadqiqot instituti tasviriy san’at laboratoriyasining mudiri, professor B.P.Yusov, ikkinchisi Rossiya maktablar ilmiy tadqiqot institutining tasviriy san’at laboratoriyasining mudiri, professor V.S.Kuzin, uchinchisi sobiq Ittifoq rassomlar Uyushmasining kotibi, uyushma qoshidagi estetik tarbiya komissiyasining raisi rassom B.M.Nemenskiy edi. Ular mustaqil ravishda alohida-alohida olim va metodistlar guruhini tashkil etib, tasviriy san’atdan sinov dasturlarini yaratdilar. Birinchi va uchinchi guruh olimlari tomonidan tuzilgan dastur «Tasviriy san’at va badiiy mehnat» deb nomlanib, u I-X sinflarda o‘qitish uchun moijallangan edi. B.P.Yusov rahbarligida tuzilgan dastur har bir sinfda bu o‘quv predmetini ikki soatdan o‘qitilishini nazarda tutgan edi. V.S.Kuzin rahbarligida tuzilgan dastur esa 1-7-sinflarda haftasiga 1 soatga moijallangan edi. Bu dasturlar 1985-yillarga qadar sobiq ittifoqining o‘ndan ortiq maktablarida sinovdan o’tkazildi. Bu dasturlar katta ijobiy natijalar berganligiga qaramasdan amaliyotga joriy etilmadi. Biroq, undagi ayrim ilg‘or g‘oyalar yangi tuzilgan dasturlarda o‘z ifodasini topdi. Rossiyada 1970-2000-yillar davomida olib borilgan ishlar mazmuni turli-tuman boidi. U estetik va badiiy tarbiyaga doir xalqaro, federatsiya miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish, ilmiy-metodik to‘plamlar naslir etish, o‘quvchilaming ijodiy ko‘rgazmalarini tashkil etish yo‘nalishlarida amalga oshirildi.
1.1 TASVIRIY SAN’AT M ETODIKASINING UMUMIY MASALALARI
Tasviriy san’at metodikasi fanining mohiyati «Metod» yunoncha so‘z b o ‘lib, «tadqiqot yo’li», «bilish usuli» m a’nosini anglatadi. Pedagogikada o‘qitish metodlari deganda, o’quvchilarning bilim, mahorat va malakalarini egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilarning qo‘llagan ish usullari tushuniladi. Metodika ta ’lim -tarbiya jarayonida o ‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining, mazmunining xususiyatlarini qarab chiqadi. Ma’lumki, o’qitish jarayonida xilma-xil metodlar qo’llaniladi. Bu yerda ta ’lim usuli, o’quv materiallarining joylashishi (o’quv rejasi, dasturi), ta ’lim tamoyillari va o’quv-tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. «Metodika» so’zining ma’nosi, avvalo , ta ’lim va tarbiyadagi samarali usullarining majmuyi hisoblanadi. Tasviriy san ’at m etodikasi oldida pedagogika fanining tarm o g ‘i sifatida quyidagi vazifalar turadi:
1. Tasviriy san’at m etodikasining aniq m aqsadlari va uning fan sifatida bilim berish ham da tarbiyaviy aham iyatini aniqlash.
2. Tasviriy san’at m etodikasining m azm uni va tuzilishini aniqlash.
3. O ‘quvchilam ing chuqur bilim, ko’nikm a va m alakalam i egallashda eng samarali uslub, vosita va shakllarini ishlab chiqishi.
4. O ‘quvchilam ing bilim olish jarayonini kuzatish va tadqiqot ishlarini olib borish.
Tasviriy san ’at metodlari deganda, o’qituvchining o’quvchilar bilan ishlash usullari natijasida o’quv m ateriallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va o’zlashtirish darajasining oshirilishi nazarda tutiladi. H ar bir o’qitish m etodlari o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim lar m azm uni (hajm i)ga m onand tarzda ta ’lim maqsadiga, o’quvchilam ing yosh va fiziologik xususiyatlariga bog’liq. O ‘qitish usuli — bu ta ’lim -tarbiyaning alohida qism lari hisoblanib, ularning yig’indisi o ‘qitish m etodlariga kiradi. U m um iy yo‘nalishga qaratilgan m a’lum bir o bqitish m etodlari va usullarining m ajm uasidan o’qitish tizim ituziladi. Shunday qilib, tasviriy san ’at m etodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlarni nazariy qism larini um um lashtirib, am aliyotda sam arali natijalar bergan o ‘qitish m etodlarini taqdim etadi. M etodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san’atni o’rgatish qonun va qoidalarini ta ’riflab bergan holda, kelajak avlodni tarbiyalashning zam onaviy m etodlarini belgilaydi. Am aliy metodika — ta ’lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o’rganadi.
Metodika so‘zi avvalo ta’lim va tarbiyaning samarali usullarini majmui ma’nosini bildiradi, mazkur darslik umumta’lim maktablarining boshlangich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining bir qator jihatlari ko‘rib chiqiladi. Tasviriy san’at o‘qitish metodlari deganda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullari natijasida o‘quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va o‘zlashtirish darajasini oshirilishi nazarda tutiladi. Har bir o‘qitish metodlari o‘quvchilar egallashi lozim boigan bilimlarining mazmuni (hajmi)ga monand tarzida ta’lim maqsadiga, 0‘quvchilaming yosh va fiziologik xususiyatlariga bogiiq. «Usul» iborasi pedagogik adabiyotlarida tez-tez uchrab turadi. 0 ‘qitish usuli – bu ta’lim-tarbiyada alohida qismi hisoblanadi, ulaming yigindisi o‘qitish metodlariga kiradi. Umumiy yo‘nalishga qaratilgan ma’lum bir o‘qitish metodlari va usullarining majmuasidan o‘qitish tizimi tuziladi. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlaming nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan o’qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san’atni o‘rgatish qonun qoidalarini ta’riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi. Amaliy metodika, ta’lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o‘rganadi. Pedagogik mahorat ko‘nikmalarini 0‘rganish uni egallashga qaratilgan ma’lum iste’dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (moyilliklar) mavjud boiishini talab etadi, chunki metodika fani san’at pedagogikasining mashaqqatli murakkab va juda mas’uliyatli sohasidir. Demak, tasviriy san’atni 0‘qitish metodikasi fani pedagogika ilmining o‘quvchilami tasviriy san’atga o‘rgatish mazmuni, vazifalari va metodlarini o‘qitishning mazmuni, vazifalarini va metodlarini aniqlovchi, ijodiy ishlardagi oqilona usullarini o‘rganuvchi, ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalariga tayangan holda samarali o‘quv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yo‘llarini tadqiq etuvchi sohasidir. Tasviriy san’at metodikasi metodika fanining boshqa sohalari kabi umumiy va xususiy turiarga ajratiladi. Umumiy metodika – o‘quv fanning nazariy qismini asoslariga qarashli savollami va ko‘pchilik fanlarga tegishli o‘qitish usul va uslublarini qo‘llanishlarini ko‘rib chiqadi. Bular quyidagilar: – tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalari; -tasviriy san’at fani dasturiarining tuzilishi va mazmuni; – o’qitishning tashkiliy shakllari va metodlarini ishlab chiqish; – ko’rgazmali metodik vositalami tadqiq qilish va tanlash (o‘quv ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari); – tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan bog’liqligi (adabiyot, musiqa, biologiya, tarix); -tushunchalami, iboralami ta’riflash va boshqalar. Xususiy metodiica – biron-bir o‘quv fanining o‘qitish uslubi nazarda tutiladi. – ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi; – amaliy va ijodiy ishlaming mazmunlari aniqlanadi va h.k. Hozirgi kundagi rasm o‘rgatish metodikasi birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika shakllanishi va murakkab taraqqiyot yoiini bosib o‘tdi. Respublikamizda tasviriy san’atni 0‘rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlaming qator izlanishlari, o‘quv qoilanmalaming ahamiyati juda katta o‘rin tutadi. Badiiy pedagogika metodika sohasidagi so‘nggi yutuqlari ko‘rsatilgan va talabalami pedagogik faoliyatga tayyorlash, ulami metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish, o‘qitish san’atini egallashsga yordam berishni o‘ziga asosiy maqsad qilib qo’ygan.
1.2 TASVIRIY SAN’AT O’QUV FANI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Ma’lumki, Oliy va o’rta maxsus pedagogika o‘quv yurtlarida ta’lim mazmuni kunning eng dolzarb vazifalaridan biri boiib turibdi. Bu vazifani hal etish hozirgi davr o‘qituvchisini o‘z fani doirasida chuqur va keng bilimli, shuningdek, ijodkor va izlanuvchan bo’lishini talab qiladi. Shu maqsadda boshlangich ta’lim va tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» fani o‘qitiladi. Bu fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlangich sinflardagi «Tasviriy san’at» darslarini o‘qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san’at asarlaridagi go’zallikni ko‘ra bilish va idrok etish, badiiy did, ko’rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasawur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy qobiliyatiami o‘stirishdan iborat. «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kursining asosiy vazifalari quyidagilar: – boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilarida tasviriy san’at metodikasi bo‘yicha bilim va malakalami hosil qilish va o‘stirish; – boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga tasviriy san’atning nazariy va amaliy asoslari (yonig‘, soya, perspektiva, kompozitsiya) haqidagi bilimlarni puxta egallashga yordam berish; – boiajak boshlangich sinf o’qituvchilarida rasm ishlash va badiiy ijod bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish; – o‘zbek va jahon xalqlari tasviriy, amaliy va me’morchilik san’ati bilan yaqindan tanishtirish va chuqur o‘rgatish; – tasviriy san’at o‘qitish metodikasining o‘ziga xos rivojlanishi tarixi, maqsad va vazifalari, nazariy asoslari haqida ma’lumot berish; – talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoilari bilan tanishtirish.
Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi mashg’ulotlarida fanning nazariyasi va o’qitish usullari, shuningdek, tasviriy san’at asoslari hamda uning tarixi masalalariga alohida e’tibor berilgan. «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kitobi ketma-ketlik bosqichlari asosida tasvirlar chizish, mustaqil ravishda tasviriy va amaliy mavzularga kompozitsiyalar ishlash, loy va plastilindan har xil narsalar haykalchalarini yasash, rang xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, tasviriy san’at tarixi asoslarini o‘rganish hamda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasiga oid materiallami o‘z ichiga oladi. Talabalarga ta’lim berishning asosiy shakllari: ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar ishlari va mustaqil tayyorianish. Talabalar ma’ruzalarda tasviriy san’at fani va uni o‘qitish metodikasining nazariy asoslari, metodlari va uning tarixiy rivojlanishini o’rganadilar, tasviriashning nazariy asoslari, san’at tarixidan qisqacha ma’lumotlar hamda umumta’lim boshIang‘ich maktablarining tasviriy san’at bo‘yicha dasturlari mazmuni bilan tanishadilar. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar qalam yordamida tasvirlashning oddiy asoslaridan boshlab murakkab narsalarni tasvirlashgacha boMgan chuqur bilim va amaliy malakalami o‘zlashtiradi, rangtasvir va kompozitsiya bo‘limlarida rang bilan ishlash xususiyatlarini amalda bajarish, badiiy asarlarga esa illyustratsiyalar ishlashni o‘rganadilar. Shuningdek, umumta’iim maktablarining boshlang‘ich sinf dasturlariga muvofiq talabalar mavzuli-tasvirli rejalar, dars turlariga ishlanmalar tuzadi, ularga didaktik materiallar tayyorlaydi hamda badiiy bezak san’ati va amaliy grafik ishlar, haykaltaroshlik bilan shug‘ullanish nazarda tutilgan. Rasm chiza bilish va hamma masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay yangi g‘oyalar va iasawurlami vujudga. keltiradi, shaxsni badiiy rivojlantirishda muhim o‘rinni egallaydi. Metodika ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunining xususiyatlariga qarab chiqadi. Ma’lumki, maktabda o‘qitishning xilma-xil metodlari qoilaniladi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining joylashishi (o‘quv, reja, dastur), ta’lim prinsiplari va yana (so‘ngida), o‘quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. «Metod» so‘zi grekcha boiib, «Tadqiqot yoii» «bilish usuli raa’nosini anglatadi. Pedagogik o’qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilaming bilim, mahorat va malakalarini egallashida, ulaming ijodiy qobiliyatlarini rivoj lantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilaming qoilagan ish usullari tushuniladi.
0 ‘qituvchi tasviriy san’at darslarining tashkilotchisi, rahbari va ilhomchisi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga dastur asosida o‘qitiladigan tasviriy san’at mashg‘ulotlari narsaning asliga qarab tasvir chizish; xotira va mavzu asosida tasvir chizish; dekorativ amaliy san’at va haykaltaroshlik; san’atni idrok qilish kabi turiarda olib boriladi. Quyida biz tasviriy san’at fanning turiarini ko‘rib chiqamiz. 0 ‘qituvchi tasviriy san’at darslarida o‘quvchilami dars mavzusiga aktivlashtirish uchun dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati va uni chizish qoidalarini tushuntirishi zarur. Ba’zida o‘qituvchilar tasviriy san’at darslarini tashkil etish uchun o‘quvchilarga dars mavzusi yuzasidan savollar berib, unga berilgan javoblami to‘Idirish kabi vositalardan foydalaniladi. 0 ‘quvchiíar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko‘nikmaga ega bo’ldilar, o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilaming mustaqil ishlariga yordam berishi, rag‘batlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida ko‘rsatish, ulami o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlashida rahbarlik qiladi. 1.2. Shaxsning badiiy madaniyati va ma’naviyatini rivojlanishida tasviriy san’atning o‘rni Insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi san’atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san’ati kabi boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. San’atning har bir turi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aks ettirishda har xil vositalardan foydalanadi, masalan, adabiyot – so’zdan, musiqa – tovushlardan, tasviriy san’at – rang va chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga, har bir san’at turi o‘z ichida yana xillarga va janrlarga bo‘linadi. San’atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga sabab bo’lib kelgan. San’atning eng qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri – tasviriy san’atdir. Odatda real borliqni badiiy obrazlarda, mavjud predmetlami tabiiy shaklini o‘ziga o‘xshatib umumlashtirib ifodalaydi hamda predmetlaming hajmi, o‘zaro fazoviy joylashuvini va hokazolarda aks ettiradi. .. á S.Rahmetov. Istirohat bogMda kuz. San’atkor o‘z asarida voqea, hodisa, holatning ma’lum bir zumdagi ko‘rinishini ifodalab, u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilaming ma’naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasawur qiladi. Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o‘ziga o‘xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali awalo o’zining fikr va tuyg’ularini tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Ishlamoqchi boMgan tasvirida awalom bor g‘oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini quradi, shu yo‘lda izlanadi, dastlab hayotni o‘rganib, naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san’atida predmetlaming shakli, hajmi, rangi, ulaming o‘zaro muvozanatini to‘g‘ri ko‘rsatishda rasmni aniq va to‘g‘ri ishlashning juda muhim ahamiyati bor. San’atkor o‘z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi mahsuloti bo‘lgan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo‘lgan hodisalarning ayrim jihatlari o‘zgartilib. 10 bo‘rttirib ko‘rsatishi ham mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tasviriy san’at asarlari – insondagi ajoyib fazilat – borliqni bilish, uni o‘rganish va sirlarini ochishga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishga ta’sir ko‘rsatadi. Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar uyg‘otadigan, kishini ruhlantirib, ma’naviy olamini boyitadigan san’at turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san’at inson shaxsining shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Pedagogika instituti va universitetlarining pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarida ta’lim oluvchi talabalar tasviriy san’atdan maxsus bilim va malakalarga ega boMishi o‘quvchilarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni, fazoviy tasavvurini, buyuk rassomlar asarlarini go‘zalliklarini ko‘ra bilishga va ulami hissiy idrok etishga olib keladi. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi bo‘yicha toia bilimlarga ega boiish, ayniqsa, 0 ‘zbekistonda va chet ellarda fanning o‘qitish tarixi, o‘quv fanning maqsad va vazifalari, ta’limning mazmuni, shakllar, usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish tasviriy san’at o‘qituvchi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bugungi o‘quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizaynkonstmktor, muhandis, shifokor, o‘qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo‘ladilar. Ulami har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo‘ladi. Hatto uy bekasi ham rasmni ko‘ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur faoliyatidir. Hozirgi davrda har bir erkak zoti mashina haydashni, texnika bilan shug‘ullanishiga, uy bekalarini esa dazmol, tikuv mashinasi, radio, televizor, kir yuvish mashinalari, muzlatgich, elektr plita, sut, qaymoq olish mashinalari kabi yuzlab texnik buyumlar bilan shug‘ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish va ularni sozlash ucliun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni, grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega bo‘lishi uning o‘ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko‘ra fransuz faylasufi Didro, bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, – «Qaysi bir mamlakatda rasm chizislini o‘qish-yozish kabi bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va oitda qoldiradi» – degan edi.’
2.1. O‘RTA OSIYO VA O’ZBEKISTONDA TASVIRIY SAN’ATNING O’QITILISHI
Sharq miniatyura maktablarining rivojlanishi va ularning uslublari. O‘rta Osiyo, Eron, Hind, Misr miniatyurasi. Kitoblarga bezak ishlash maktabi (K.Behzod). Samarqand, Shoxruxiya, Buxoro maktablari. 0 ‘zbekistonda tasviriy san’atni o’qitilishiga doir dastlabki ma’lumotlar. 0 ‘zbekis-tonda XX asr boshlarida tasviriy san’atni o‘qitilishi va shakllanishi. Tasviriy san’at o‘qituvchilarini o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi. 0 ‘zbekiston hududida eramizdan avval ham tasviriy san’atning rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik turlari nihoyatda rivojlangan bo‘lib, ularning namunalari Varaxsha, Afrasiyob, Qalchayon, Tuproq qal’a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo‘yqirilgan qal’a, Ajina tepa, Teshik qal’a va boshqa bir qator joylardan topilgan. Bu asarlar eramizdan avvalgi IV-I asrlarda yaratilgan bo‘lib, ulaming yoshi 5-6 ming yilga to‘g‘ri keladi. Bu asarlaming badiiyligi hozirgi zamon rassomlari va haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlami o‘sha davrda to‘plangan ilg‘or tajriba, tasviriy san’at maktablarisiz yaratish mumkin emas. Ma’lumki, san’at bir necha avlodning ko‘p yillar davomida shakllangan an’analari, ustaning shogirdga o‘tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so‘zsiz umumiy badiiy ta’lim yo‘nalishida bo‘lmasa ham, kasbiy badiiy ta’lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma’lum davrlarda 0 ‘zbekiston hududidagi san’at taraqqiyotida uzilishlar ro‘y berganligining sabablari, Iskandar Zulqaynar, mo‘g‘illar, arab, rus istilollariga borib taqaladi. Amir Temur mustaqil davlat tuzgan davrda tasviriy san’atning miniatyura turini gullab-yashnagani ham buning yaqqol dalilidir. Amir Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi shunchalik tez rivojlandiki, u nafaqat Sharq, hattoki Yevropa mamlakatlari san’atiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Hirot miniatyura maktablari bilan bir qatorda Bag‘dod, Tabriz, Sheroz, Ozarbayjon, Hind, Isfaxon, Turk miniatyura maktablari ham shakllandi va rivojlandi. Mazkur miniatyura maktablarida, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarida san’atshunoslik asoslari, rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bo‘limlari mavjud bo’lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy 30 ta’lim tizimlari o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘yib boimaydi. Tasviriy san’atning nazariy asoslari hisoblangan rang, hajm, perspektiva, kompozitsiya asoslari kabilar, ham kasbiy, ham umumiy ta’lim tizimida o‘rganiladi. Faqat tasviriy san’atni o‘qitilishida talaba va bolalaming yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari hisobga olinishi lozim, xolos. Tasviriy san’at tarixida buyuk naqqosh va musawir Kamoliddin Behzodga Hirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura rangtasviri sirlarini o’rgatgani haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, ustoz Mirak naqqoshning Hirot «Nigoristoni» (San’at akademiyasi) bo‘lganligi va unda Kamoliddin Behzod tarbiya olganligi ham ma’lum. Professor Orif Usmonov o‘zining «Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi» nomli kitobida Behzod Tabrizda yashagan vaqtda nafis tasviriy san’at maktabini yaratganini qayd qiladi. U yerda musawir o‘z atrofiga eng iste’dodli yoshlami to‘plagani, ularga san’atining sirasrorlarini o‘rgatgani va Tabrizda Sulton Muhammad, Mirzo Amir, Oqo Mirak, Muzaffar Ali, Sulton Muhammad Nur, Shomuhammad Nishopuriy, Yusuf Mullo, Mir Ali, Rizo Abbosiy, Mahmud Muzahhib, Mavlono Yoriy, Hasan Bag’dodiy, Abdulla Sheroziy, Darvesh Muhammad, Mir Said Ali, Qosim Ali singari o‘nlab iste’dodli musawirlarni tarbiyalaganligini yozadi. Uning shogirdlari Behzodning tasviriy san’at uslubini davom ettirganlari ham rasmiy ma’lumotlardan ayon. 0 ‘zbekistonda hozirgi zamon ta’lim tizimining paydo bo’lishi XX asming birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Bir guruh fan va madaniyat vakillari Sankt-Peterburg va Moskvalik rassomlar Turkistonga yuboriladi. Bu rassomlar Turkistonning yirik shaharlarida badiiy studiyalar tashkil etdilar, o‘z asariarining ko‘rgazmalarini o‘tkazdilar. 1918-yilda Toshkentda badiiy kommuna ochiladi, bir yildan keyin Samarqandda Turkiston o‘lka badiiy xalq maktabi ishga tushadi. 1920- yilda Andijonda rangtasvir maktabi, yangi Buxoroda san’at to‘garagi tashkil etildi, musulmonlar uchun tasviriy san’at kurslari ochildi. Bir yildan so‘ng respublikada badiiy maktab va studiyalar soni 29 taga yetdi va unda shug‘ullanuvchilar soni 500 kishidan oshib ketdi. 1921-yili ochilgan badiiy politexnikumda 170 o‘quvchidan 150 tasi o‘zbeklar edi. 1924-yilda Toshkent tasviriy san’at muzeyi qoshida badiiy studiya ochildi. Unda M.Kupriyanov (Mashhur Kukrinikslar gumhidan), S.Chuykov, mahalliy yosh rassomlardan 0 ‘. Tansiqboyevlar yoshlar bilan mashg‘ulotlar olib bordilar. 1927-yilga kelib, Toshkent va 1929- 31 yilda 0 ‘zbekiston poytaxti hisoblangan Samarqandda badiiy bilim yurti tashkil etildi. Bu bilim yurtlariga ko‘proq mahalliy yoshlar qabul qilindi. Bu bilim yurtlarining asosiy maqsadi rassomlar tayyorlash bo‘lsa-da, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorlash borasida ham ma’lum rol o‘ynadi. Shu bilan birga ta’lim tizimida estetik va badiiy ta’lim masalalariga ham e’tibor qaratila boshlandi. Natijada maktab dasturlari qayta ko‘rib chiqildi. Rasm darslarining asosini naturaga qarab rasm ishlash, mavzu asosida rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, san’at haqida suhbat o‘tkazish mashg‘ulotlari tashkil etdi. Bu dasturlarda o‘lkashunoslik materiallari ko‘p bo‘lmasada, har qalay o‘z aksini topdi, eng muhimi bu dasturda darsdagi o‘qituvchining yetakchilik roli katta ekanligi belgilab qo‘yildi. 1924-yilga kelib, maktab o‘quv rejalarida rasm darslari o‘z o‘rnini topmagan bo‘lsa-da, ayrim rassomlar bolalar tasviriy ijodini rivojlantirishga harakat qildilai’. Ana shunday iqtidorli yosh grafik rassomlardan biri Iskandar Ikromov edi. U 1925-yilda «Maorif va o’qituvchi», keyin «Alanga» jumallarida rasm chizishga doir maqolalar e’lon qildi. 1932-yilga kelib, uning «Rasm chizishni o‘rganish qo‘llanmasi», 1933-yilda esa «Kitob va jurnallar qanday nashr etiladi» albomi nashr etildi. 1935-yilda rassomning «Harf yozishni o‘rgan» kitobi ham chop etildi. Bu maqola va kitoblar yagona mehnat va politexnika maktablari talablari asosida yaratilgan «Rasm» predmeti dasturlariga mos edi. Mazkur ishlar faqat umumiy ta’lim maktablari uchungina emas, balki tasviriy san’at studiyalai’i, klublar, havaskorlik to‘garaklari, grafikani mustaqil o’rganuvchilar uchun ham ahamiyatli bo‘ldi. 1920-yügi o‘quv rejalaiida san’atga doir o‘quv predmetlariga tegishli o‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, 1929-yilga kelib, bu kamchilik bartaraf etila boshlandi. Maktablarda maxsus rasm o‘quv predmetlari o‘qitila boshlandi. Lekin 0 ‘zbekiston maktablari Rossiya maktablari uchun yaratilgan dasturlar asosida ishlay boshladi. Bu dasturlar ma’lum miqdorda 0 ‘zbekiston sharoitiga moslab lokalizatsiyalashgan edi. Shu munosabat bilan 0 ‘zbekiston xalq morifi kommisarligi tegishli joylarga yuborilgan xatida shunday deyilgan edi: «Majmuaning maqsadi unga tegishli material mazmuni, majmua bilan ishlash metodlari lokalizatsiya qilinadi. 0 ‘qituvchi oldindan o‘lkashunoslik materiallarini to‘plab oigan holda, o‘z tumani hayotiga oid eng xarakterli jihatlami dasturga kiritadi». 32 Shu munosabat bilan boshlang‘ich sinf «Rasm va loy ishi» tlasturiga o‘lka materiallari kiritila boshlandi. Ular tevarak-atrof tabiatiga doir narsalar, 0 ‘zbekiston xalq amaliy san’atiga doir materiallar edi. Respublikamiz uchun tayyorlangan va nashr etilgan dasturlar mazmuni va vazifasi jihatidan Rossiya maktablari uchun tayyorlangan dasturdan deyarli farq qilmagan, lekin uning hamma bo‘limlarida mahalliy sharoit va materiallar ma’lum miqdorda hisobga olingan edi. Xususan, narsaga qarab rasm chizish darslarida Respublikamizga xos bo‘lgan predmetlar va tabiat mahsulotlari, dekorativ ishlar bo‘limida o‘zbek amaliy san’at namunalarini chizdirish tavsiya etilgan edi. 1939-yillarda maktablarda rasm darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarda tasviriy malakalami o‘stirish, ko‘proq rasm chizishga o‘rgatishdan iborat bo‘lishi lozim deb topildi. Shuning uchun ham rasm darslarida tarbiyaviy tomonlarga yetarlicha e’tibor berilmadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida va qisman undan keyingi yillarda ham rasm darslarining vazifalari o‘zgardi, uning mazmunida ta’limdan ko‘ra tarbiyaviy jihatlar kuchaytirilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga qaratildi. Shu maqsadda rasm darslari vatanparvarlik va baynalmilal mazmundagi tasviriy san’at asarlari bilan boyitildi. O‘zbekiston ganchkorlari. Xalq ustasi Q. Jalilov portreti. 1947-48-o‘quv yili uchin tuzilgan o‘quv rejada «Rasm» uchun haftasiga I sinfda 1 soat, II sinfda 1 soat, III-IV sinflarda 0,5 soat, V sinfda 1 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, natijada umumiy haftalik soatlar 4 soatni tashkil etdi. 33 1950-60-yillar davomida tayyorlangan va nashr etilgan dasturiarda «Rasm» o‘quv predmetining vazifasi oldin tuzilgan dasturlardan farq qildi. 1953-yilda nashr etilgan dastur «Rasm solish» deb nomlanib, u o‘quvchilami tarbiyalashda katta rol o‘ynashi ta’kidlangan boMsa, 1956-yilda nashr etilgan «Rasm» dasturida esa bu predmetning vazifasi o’quvchilami estetik jihatdan tarbiyalash vazifasiga xizmat qiladigan va o‘quvchilami har tomonlama kamol toptirishga yordam beradigan o‘quv predmetlaridan biri deb ko‘rsatildi. 1958-59-o‘quv yiliga kelib, o‘quv rejasida rasm chizishga ajratilgan soatlar oshdi va I-VI-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitila boshlandi. Umuman olganda, 50-yillarda Respublika hukumati tomonidan maktablarda rasm predmetining o‘qitilishiga boMgan e’tibor kuchaydi. Bu avvalo maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlashda o‘z aksini topdi. Ma’lumki, maktabda badiiy ta’limni rivojiantirish ko‘p jihatdan pedagogik kadrlar tayyorlashga bog‘liq edi. 1950-yillarda bu masala bilan Samarqand va Toshkent badiiy bilim yurtlarini birlashtirish natijasida tashkil topgan P.P. Benkov nomidagi badiiy bilim yurti shug‘ullana boshladi. Bu badiiy bilim yurti maktablarda rasm o’quv predmetlaming o‘qitilishini sifat jihatidan yaxshilashga ma’lum miqdorda ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir maktablar bilan bir qatorda, maktabdan tashqari olib boriladigan seminar, konferensiya, yigMlishlarda ham o‘z ifodasini topdi. Shuningdek, badiiy bilim yurtini bitiruvchilar maktablarda tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ham ishtirok etdilar. O‘zbekiston rassomlari: V.Qaydalov, A.Volkov, 0 ‘.Tansiqboyev va boshq. 34 Tasviriy san’atning o‘qitilishini takomillashtirishda 1955-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutida tashkil etilgan badiiy-grafika fakulteti katta rol o‘ynadi. Mazkur fakultetda kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlar orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlana boshlandi. Fakultetda dastlabki yillarda kadrlami kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlami Respublikamizning yirik rassomlari olib bordilar. Masalan, 0 ‘zbekiston xalq rassomi A.Abdullayev, 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassomlar Yu.Elizarov, M.Saidov, A.Yurovskiy, T.Oganesov, shuningdek, Leningrad badiiy akademiyasini va Moskva badiiy institutini endi bitirib’ kelgan yosh, lekin iste’dodli rassomlar R. Choriyev, N.Kovinina va boshqalar shular jumlasidandir. 1964-70-yillarda kadrlai- tayyoriash boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirildi. Bu davrda boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarida «Boshlang‘ich sinf va tasviriy san’at o‘qituvchisi» mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlandi. Bunday yo‘nalishlardagi mutaxassislar Toshkent, Urganch, Qarshi, Namangan pedagogika institutlarida tayyorlandi. Keyinchalik yana Toshkent va Buxoro pedagogika institutlarida badiiy-grafika fakultetlari ochildi. 1970-yilda tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent va Buxoro pedagogika institutlari bilan bir qatorda Andijon, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Angor, Xiva, Xo‘jayli, Shahrixon pedagogika bilim yurtlarida ham kadrlar tayyorlana boshlandi 1980-yil boshlarida tasviriy san’at o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha yiliga tayyorlangan kadrlar soni 800 kishidan ortdi. Bu faqat 0 ‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojlarini yaqin yillarda qondirish mumkinligini bildirar edi. Tasviriy san’atning o‘qitilishini yaxshilashda A.Shohamidov, M. Nabiyevlarning 1964-yilda nashr etilgan «I-IV sinflarda rasm darslari» metodik qo‘llanmasi, O. Apuxtinning 1965-yilda nashr etilgan «San’at haqida suhbatlar» nomli qo‘llanmalari 0‘qituvchilar tomonidan iliq kutib olindi. 1965-yildan boshlab tasviriy san’at o‘qitish metodikasi bo‘yicha darslik yaratishga kirishildi. 1969-yilda 1 sinf uchun «Tasviriy san’at» (A.Jiltsova, R.Hasanov); 1974-yilda II sinf uchun, 1976-yilda III sinf uchun «Tasviriy san’at» (R.Hasanov, A.Jiltsova); 1977-yilda IV sinf uchun «Tasviriy san’at» (R.Hasanov, B.Oripov va boshqalar) nashr 35 etildi. 1-3-sinflar uchun nashr etilgan darsliklar keyingi yillarda bir necha bor qayta chop etildi. Tasviriy san’at o‘qituvchilarining yetishmasligi natijasida 0 ‘zbekiston maorif vazirligi kollegiyasining 1974-yil 26-avgustda «Pedagogika o‘quv yurtlarida musiqa va ashula, tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash va bu predmetlaming Respublika umumta’lim maktablari va pedagogika o‘quv yurtlarida o‘qitilishini yanada yaxshilash haqida»gi qaror qabul qilindi. Tasviriy san’atning o‘qitilishini yaxshilash borasida qabul qilingan 0 ‘zbekiston maorif vazirligi kollegiyasining O‘zbekiston rassomlar uyushmasi boshqarmasi bilan hamkorlikdagi 1979-yil 27-iyunda «Maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari, 0‘qituvchilar va pedagogika o‘quv yurtlarining o‘quvchi-yoshlari badiiy tarbiyasini yanada yaxshilash choralari haqida» qabul qilgan qarori salmoqli o‘ringa ega bo‘ldi. 2.3. Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi Mazmuni: Tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi. Umumta’-lim maktablarda tasviriy san’at davlat ta’limi standarti va uning mohiyati. Maktabda tasviriy san’atdan o‘quvchilar bilimiga qo‘yiIadigan minimal talablar. 0 ‘qituvchilarni o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi. Mustaqillik yillarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasidan olib borilgan tadqiqotlar. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta’limini tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Shu maqsadda 1992-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun e’lon qilindi. Bu hujjatda ko‘rsatilgan reja va tadbirlami amaliyotga joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb qaraldi. Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi barcha o‘quv fanlari qatori «Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi kqnsepsiyasi» ham tayyorlandi va u 0 ‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi kollegiyasining 5-may 1993-yilgi 5-5-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsepsiyada qayd qilinganidek, uni tayyorlashda quyidagi omillar hisobga olingan edi: – mustaqil 0 ‘zbekiston sharoitidagi o‘zbek bolasini shakllantirishga bo‘lgan zamonaviy talablar; 36 – ta’lim-tarbiyani milliy madaniyat va san’at asosida amalga oshirishni kuchaytirish; – ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda O‘zbekiston Sharq mamlakati ekanligini hisobga olish va shu asosda badiiy ta’lim mazmuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish; – maktabdagi badiiy ta’limni amalga oshirishda bolalarni fikrlashga, ishga ijodiy munosabatda bo‘lishlikni kuchaytirish, ularni yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga qaratish; – maktabda bolalarni tasviriy san’atdan bilim va malakalarni puxta egallashlariga qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta’limni joriy etish; – O‘zbekiston maktablarida tasviriy san’at ta’limi mazmunini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish. Bu g‘oyalar so‘zsiz barkamol komil insonni shakllantirishga zamin bo‘lib, unda tasviriy san’atni o‘qitishning yaqin va uzoq yillarda rivojlantirishga moMjallangan yo‘nalishlari bayon etildi. Konsepsiyadan tegishli xulosalar chiqargan holda tasviriy san’atdan davlat ta’lim standarti va variativ dasturlarni ishlab chiqish ishlari boshlab yuborildi. Natijada 1-4-sinflar uchun 270 soatga mo‘ljallangan «Tasviriy san’at va badiiy mehnat», 1-7- sinflar uchun 245 soatga moHjallangan «Tasviriy san’at» dasturlari tayyorlandi. Shuningdek, 1-8-sinflar uchun mo‘Ijallangan 560 soatli «Tasviriy san’at» dasturi ham ishlab chiqildi. Bu dasturlar ko‘p nusxada nashr etilib, amaliyotga joriy etildi. Yangi dastur milliy mustaqillik mafkurasi asosida tayyorlangan bo’lib, u tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, ta’lim F.Berdiyev. Akademik M.Nabiyev portreti. 37 mazmuni, moddiy-texnikaviy asoslarda o‘z ifodasini topdi. Tasviriy san’at darsliklarini yaratish bilan bir qatorda o‘qituvchilar uchun o‘qüvmetodik adabiyotlar ham tayyorlandi. Natijada R.Hasanov va X.Egamovlaming birinchi sinf o‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at va badiiy mehnat darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997), R.Hasanovning 5-sinf 0‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997.) nomli qoMlanmalari chop etildi. 1996-1998-yillar davomida 1-4-sinflar uchun «Tasviriy san’at va badiiy mehnat» darsliklari yaratildi, biroq ulardan 1998-yilda faqat birinchi sinf darsligi chop etildi, xolos. Mazkur darslik 0 ‘zbekiston maktablari uchun rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qoraqalpoq tillarida ham nashr etildi. Boshqa sinflari esa 1999-yiIda yangi o‘quv rejalari va ta’limning davlat standartlari ishlab chiqiiishi munosabati bilan nashr etilmay qoldi. Ta’limning davlat standartida bu o‘quv predmetiga har bir sinfda haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan edi. 1997-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuni va «Kadriar tayyoriash milliy dasturi» hujjatlarining e’lon qilinishi katta tarixiy voqea bo‘ldi. Unda ta’lim sohasini 1997-2006 va undan keyingi yillar uchun ish rejasi va taraqqiyoti belgilab berilgan edi. «Kadrlar tayyoriash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlami o‘qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, xususan, uning «Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. Unda ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligi qayd etiladi’.
2.2. MUSTAQILLIK YILLARIDAGI TASVIRIY SAN’ATNI O’QITILISHI
Tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi. Umumta’-lim maktablarda tasviriy san’at davlat ta’limi standarti va uning mohiyati. Maktabda tasviriy san’atdan o‘quvchilar bilimiga qo‘yiIadigan minimal talablar. 0 ‘qituvchilarni o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi. Mustaqillik yillarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasidan olib borilgan tadqiqotlar. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda xalq ta’limini tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Shu maqsadda 1992-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun e’lon qilindi. Bu hujjatda ko‘rsatilgan reja va tadbirlami amaliyotga joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb qaraldi. Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi barcha o‘quv fanlari qatori «Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi kqnsepsiyasi» ham tayyorlandi va u 0 ‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi kollegiyasining 5-may 1993-yilgi 5-5-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsepsiyada qayd qilinganidek, uni tayyorlashda quyidagi omillar hisobga olingan edi: – mustaqil 0 ‘zbekiston sharoitidagi o‘zbek bolasini shakllantirishga bo‘lgan zamonaviy talablar; 36 – ta’lim-tarbiyani milliy madaniyat va san’at asosida amalga oshirishni kuchaytirish; – ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda O‘zbekiston Sharq mamlakati ekanligini hisobga olish va shu asosda badiiy ta’lim mazmuniga tegishli o‘zgartirishlar kiritish; – maktabdagi badiiy ta’limni amalga oshirishda bolalarni fikrlashga, ishga ijodiy munosabatda bo‘lishlikni kuchaytirish, ularni yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga qaratish; – maktabda bolalarni tasviriy san’atdan bilim va malakalarni puxta egallashlariga qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta’limni joriy etish; – O‘zbekiston maktablarida tasviriy san’at ta’limi mazmunini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish. Bu g‘oyalar so‘zsiz barkamol komil insonni shakllantirishga zamin bo‘lib, unda tasviriy san’atni o‘qitishning yaqin va uzoq yillarda rivojlantirishga moMjallangan yo‘nalishlari bayon etildi. Konsepsiyadan tegishli xulosalar chiqargan holda tasviriy san’atdan davlat ta’lim standarti va variativ dasturlarni ishlab chiqish ishlari boshlab yuborildi. Natijada 1-4-sinflar uchun 270 soatga mo‘ljallangan «Tasviriy san’at va badiiy mehnat», 1-7- sinflar uchun 245 soatga moHjallangan «Tasviriy san’at» dasturlari tayyorlandi. Shuningdek, 1-8-sinflar uchun mo‘Ijallangan 560 soatli «Tasviriy san’at» dasturi ham ishlab chiqildi. Bu dasturlar ko‘p nusxada nashr etilib, amaliyotga joriy etildi. Yangi dastur milliy mustaqillik mafkurasi asosida tayyorlangan bo’lib, u tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, ta’lim F.Berdiyev. Akademik M.Nabiyev portreti. 37 mazmuni, moddiy-texnikaviy asoslarda o‘z ifodasini topdi. Tasviriy san’at darsliklarini yaratish bilan bir qatorda o‘qituvchilar uchun o‘qüvmetodik adabiyotlar ham tayyorlandi. Natijada R.Hasanov va X.Egamovlaming birinchi sinf o‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at va badiiy mehnat darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997), R.Hasanovning 5-sinf 0‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997.) nomli qoMlanmalari chop etildi. 1996-1998-yillar davomida 1-4-sinflar uchun «Tasviriy san’at va badiiy mehnat» darsliklari yaratildi, biroq ulardan 1998-yilda faqat birinchi sinf darsligi chop etildi, xolos. Mazkur darslik 0 ‘zbekiston maktablari uchun rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qoraqalpoq tillarida ham nashr etildi. Boshqa sinflari esa 1999-yiIda yangi o‘quv rejalari va ta’limning davlat standartlari ishlab chiqiiishi munosabati bilan nashr etilmay qoldi. Ta’limning davlat standartida bu o‘quv predmetiga har bir sinfda haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan edi. 1997-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuni va «Kadriar tayyoriash milliy dasturi» hujjatlarining e’lon qilinishi katta tarixiy voqea bo‘ldi. Unda ta’lim sohasini 1997-2006 va undan keyingi yillar uchun ish rejasi va taraqqiyoti belgilab berilgan edi. «Kadrlar tayyoriash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlami o‘qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, xususan, uning «Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari»qismidauzluksizta’limningfaoliyatko‘rsatishprinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. Unda ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligi qayd etiladi’. Ushbu hujjat asosida barcha fanlar qatori «Tasviriy san’at» o‘quv predmetidan ta’limning davlat standarti ham tayyorlandi. Mazkur standartda o‘quvchilami 1-7-sinflarda tasviriy san’atdan o’zlashtirishlari lozim bo’lgan bilim va malakalar belgilab berilgan edi. Unda tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, faoliyat turlariga doir ko‘rsatmalar ham bayon etilgan bo‘lib, tasviriy san’at mashg‘ulotlarining turiari sifatida boriiqni idrok etish (1-4-sinflar), badiiy qurishyasash (1-4-sinflar),naturaga qarab tasvirlash (1-7-sinflar), san’atshunoslik asoslari (1-7-sinflar), kompozitsiya (1-7-sinflar) bo’limlari qayd qilindi. ‘ Kadrlar tayyoriash milliy dasturi. //Barkamol aviod 0 ‘zbeKÍston taraqqiyotining poydevori. – T.: «Sharq», 1997. bet. 44. 38 Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan davlat ta lim standarti bo‘yicha 1999-yilda o‘quv rejalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra tasviriy san’at o‘quv predmeti 1-7-sinflarda o‘qitilib, uning nomi hamma sinflarda «Tasviriy san’at» boiib qoldi. Bu o‘zgarishlar asosida yangi darsliklar 2001-yilda R.Hasanov tomonidan 1-3-sinflar uchun tayyorlandi. Bulardan birinchi sinfdarsligi 2001-2002-yillarda chop etildi. Mustaqillik yillarida tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlandi. Xususan, 2002-yilga kelib Toshkent, Buxoro, Namangan, Guliston, Andijon davlat universitetlarida, Nukus, Angren, Jizzax davlat pedagogika institutlarida maxsus fakultet va boiimlar faoliyat ko‘rsata boshladi. Tasviriy san’at o‘qituvchilari Xiva, Denov, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Andijon pedagogika bilim yurtlari qoshida ham tayyorlandi. Xullas, bugungi kunda maktab tasviriy san’atini o‘qitilishi, mashg‘ulotlarini takoniillashtirib borilishi va darslar samaradorligiga erishishning qator metodik asoslari ishlab chiqilgan boiib, ular asosida maktab tasviriy san’at o‘qituvchilari o‘zlarining tasviriy san’at darslari samaradorligi uchun qator metodik imkoniyatlarga egadirlar. Mustaqillik yillari o‘zgarishlar asosida yangi darsliklar 2001-yilda R.Hasanov tomonidan 1-3-sinflar uchun tayyorlandi. Bulardan birinchi sinf darsligi 2001-2002-yillarda chop etildi. Tasviriy san’atni o‘qitilishi, mashg‘ulotlami takomillashtirib borilishi sababli 2-3-sinflar uchun darslik M.Isoqova, R.Hasanov,B.Haydarov,A.Sulaymanov,S.Jumaniyozova, B.Azimovlar tomonidan 2009-2010-yillari chop etildi. 2011- yili yangi darsliklar yaratish bo‘yicha 4-5-sinflar uchun tend e’lon qilindi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
2014» для чтения, 3 синф, Исоқова М, Поиск материала «Санъати тасвирӣ, скачивания и покупки, Ҳайдаров Б, Ҳасанов Р