Mahmud Koshgʻariy (XI asr)
Mahmud Koshgʻariy (XI asr)
DO`STLARGA ULASHING:
Mahmud Koshgʻariy Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoddirdi.
Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad boʻlib, kelib chiqishiga va tiliga koʻra Koshgʻariy nisbatini olgan. U XI asrda tugʻilib, yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar oʻrnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf boʻla boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan oʻlkalarda turkiy elatlar namoyondalari koʻpayib, turkiy tilga eʼtibor oshgan edi. Mahmud Koshgʻariy ham oʻzining uzoq yillar davomida bunyod etgan “Devonu lugʻatit turk” kitobini hijriy 469 (1074/75) yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan boʻlgan baland mavqeli Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bagʻishlagan. Asarning asosiy matni oʻsha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va Oʻrta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan boʻlib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Koshgʻariy asari, oʻzi taʼkidlashicha, “oldin hech kim tuzmagan va hech kimga maʼlum boʻlmagan alohida bir tartibda” tuzilgan. Unda koʻp shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar koʻrsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tugʻdirish uchun sodda va loʻnda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lugʻatda turkiy soʻz tuzilishi anʼanalari, jumladan soʻz tartibi, feʼl shakllari, soʻz etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif koʻrsatishicha, kitob 8 boʻlimdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir boʻlimda ot-ism soʻzlar, feʼllar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. “Devon” da 7500 dan oshiq turkiy soʻz va iboralar izohlangan. “De-vonu lugʻatit turk” ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan boʻlib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati oʻrtacha adabiy tildagi 10–12 soʻzga, shevaga oid bir soʻzga toʻgʻri ke-ladi, yaʼni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat oʻsha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega boʻlganini tasdiqlovchi qatiy dalildir. Lugʻatda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, oʻlka nomlari, daryo, togʻ, yaylov, vodiy, dara, yoʻl, dovon, koʻl, soy kabi joʻgʻrofiy atamalar, turli qabila, urugʻ, elat, sayyora, yudduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik koʻrsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin.
Alin topu yashardi, Urut oʻtin yashirdi, Koʻlning suvin kushardi, Sigir buva mungrashur.
Mazmuni:
Togʻ boshlari yashardi, Qurugʻ oʻtni yashirdi, Koʻl suvlari toshurdi, Sigir, buqa maʼrashur.
Bu bahor tasviri. Qish tasviri aksincha:
Keldi asin asnayu, Qozqa toʻpal usnayu. Kirdi budun qusnayu, Kara bulit koʻkrashur.
Mazmuni:
Keldi shamol huvillab, Boʻron boʻlib gʻuvillab, Xalq titrashur uvillab, Qora bulut guldirar.
Bu manzaralar chorvadorlar hayoti uchun islomdan oldingi davrda ham, keyinchalik ham xarakterli edi. Bu janrda jangaoma va marsiyalar singari dramatizm ruhi juda kuchli. Shu bilan birga romantik surur ham mavjud.
Devonda islom davr sheʼriyati asosan ishqiy, falsafiy-didaktik, madhiyaviy qasida va sheʼr namunalari bilan namoyon boʻlgan. Unda ham mazmun, ham shakliga koʻra Ahmad Yugaakiy dostoniga asos boʻlgan toʻrtliklarni eslatuvchi “aaba” qofiyali oʻn bir hijoli par-chalar uchraydi:
Yagʻa erur yoʻliguqin nangi tavar, Bilig eri yigʻisin nelik sevar, Tavar yigʻib suv aqin indi saqin, Qoʻrum kabi izisin qoʻdi suvar.
Mazmuni:
Dushman erur insonga molu tovar, Olim odam yovini qanday sevar, Mol yigʻishni sel kelish deb Mol egasini tosh kabi yumalatar.
Bilga eran savlarin algʻil oʻgut, Ezgu savi ezlasa oʻzga singar. Ardagi tila oʻgraning, boʻlma quvaz, Ardashsizin – oʻgunsa angma angar.
Mazmuni:
Olim kishi soʻzidan olgil oʻgit, Ezgu soʻzni eshitsang dilga singar. Ilm-hikmat oʻrgangin, boʻlma qaysar, Himmati yoʻq maqtanchoq yoʻl yoʻqotar.
Bu ilm-hunarga tashviq, olimga hurmat haqida boʻlsa, quyidagi bayt mehmondoʻstlik xususida:
Kelsa qali yagʻligʻ boʻlib yoʻnchigʻ uma, Kelur anigʻ boʻlmish anigʻ tutma uma.
Mazmuni:
Kelsa agar xonang uzra gʻarib mehmon, Bor narsanshi oddiga qoʻy, boʻl mehribon.
“Devonu lugʻatit turk”da keltirilgan qasida va qatralar mazmun jihatdan oʻsha davrning turkiyzabon shoiri Yusuf Xos Hojib dostoni mavzulari bilan juda uygʻundir. Shu jihatdan kam undagi parchalarni Ahmad Yugaakiyning “Hibat ul-haqoyiq”iga va Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari orasidagi davr sheʼriyatiga mansub ekanligini tan olish mumkin. Hatto dunyoning oʻtkinchi va bevafoligi, inson taqdirining oʻzgaruvchanligi haqidagi misralar ham bu tasavvurni taʼkidlab turadi:
Koʻzum yapsh savruqub quzi aqar, Bilnib ajun emgagin tugal uqar, Emgaksizmi turgʻu yoʻq munda tamu, Ezgulugug koʻrmazib ajun chiqar, Ajun quni yoʻdduzi tutchi tugʻar.
Mazmuni:
Koʻzim yoshi tirqirab quyi oqar, Anglab dunyo gʻamini tugal uqar, Mashaqqatsiz hayot bunda aslo, Ezgulikni koʻrmasdan ulur bigar, Tugʻilgan zot dunyoda mangu porlar.
“Devon”da, oz boʻlsa-da, dunyoning yaratilishiga oid, yaʼni kos-mologik mavzudagi satrlar ham uchraydi:
Tangri ajun toʻrutti, Chigʻri uzu tazginur, Yulduzlari chargashib, Tun-kun uza yurganur. Yaragti yashil chash, Savurdi urung qash, Tizildi qaraqush, Tun-kun uza yurganur.
Mazmuni:
Tangri olam yaratti, Falak doim aylanur, Yulduzlari saflashib, Tun-kun uzra burkanur. Yaratti yashil osmon, Yudduzlar yoʻli samon, Qoraqush yulduz-mezon, Tun-kun uzra burkanur.
“Devon”dagi sheʼrlarning badiiy saviyasi yuqori ekanligi, ularni yaratgan shoirlarning juda maʼlumotli boʻlgani, nafis va chuqur badiiy didga ega ekanligi olimlar tomonidan taʼkidlanadi.
Mahmud Koshgʻariy asarida dunyo xaritasi doira shaklida chizib koʻrsatilgan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Balasogʻun, Shosh, Oʻzgan, Isfijob, Margʻinon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador koʻrsatilgan. XI asr jugʻrofiy tasavvurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova kilinishi Koshgʻariyning qomusiy alloma ekanini yana bir marta isbot etadi.
Xulosa qilib aytganda, Mahmud Koshgʻariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, toʻplash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, tarix-joʻgʻrofiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi. Uning kitobida jamlangan aniq-ravshan maʼlumotlar VIII – XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham ogʻzaki xalq ijodi va turli lahjalarning boy manbai boʻlgani sababli imkon doira-sida batafsil tavsif etildi.
“Devonu lugʻatit turk”ni oʻsha davrlarda Markaziy Osiyo minta-qasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqidagi qomusiy asar deb atash mumkin. Bu asar ustida tadqiqotlar olib borgan Fitrat, S. Mutallibov, I. V. Stebleva, V. V. Reshetov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov kabi olimlar Mahmud Koshgʻariyni qadimgi turkiy tillarni oʻrganishga buyuk hissa qoʻshgan oʻz davrining oʻta bilimdon olimi ekanligini taʼkidlaydilar. “Devonu lugʻatit turk” 3 tomda oʻzbek tilida nashr etilgan. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Mahmud Koshgʻariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi deb tan oladi.
Mahmud Koshgʻariy (XI asr)