O’tgan kunlar kitob yuklash
Qodiriy 20-yillarning oʻrtalarida yozgan «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpoʻlat tajang nima deydir?» hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini oʻzgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va gʻoyalari oʻz ifodasini topgan.
Abdulla Qodiriy – O’tgan kunlar – Tarixiy roman
Abdulla Qodiriy – oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi,buyuk adib,jasur publitsist, mohir hajv ustasi, mahotatli tilshunos va tarjimon.
U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tugʻildi. Avval musulmon maktabida (1904—1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908—1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916—1917) taʼlim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907—1915). 1917 yil Oktyabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar oziqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili «Mushtum» jurnalini taʼsis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925—1926) oʻqidi. 1919—1925 yillar oraligʻida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar eʼlon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shugʻullandi.
Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Choʻlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.
Abdulla Qodiriy. Oʻtgan kunlar 1914—1915 yillarda Abdulla Qodiriyning «Ahvolimiz», «Toʻy», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi sheʼrlari, «Juvonboz», «Uloqda», «Jinlar bazmi» kabi hikoyalari, «Baxtsiz kuyov» dramasi bosilib chiqdi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman «Oʻtgan kunlar»ni yaratdi (1919—1920). Asar 1922 yili «Inqilob» jurnalida, 1924—1926 yillarda har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani — «Mehrobdan chayon»ni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib «Obid ketmon» qissasini yozdi.
Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning «Fizika» (1928), N.V. Gogolning «Uylanish» (1935), A.R. Chexovning «Olchazor» (1936) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan «Toʻla ruscha-oʻzbekcha lugʻat»ni (1934) tuzishda ishtirok etdi.
Qodiriy 20-yillarning oʻrtalarida yozgan «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpoʻlat tajang nima deydir?» hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini oʻzgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va gʻoyalari oʻz ifodasini topgan.
Maʼrifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol gʻoyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.
Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning «Oʻtgan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uygʻur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar.
OʻzMU professorlari M. Qoʻshjonov,U. Normatov, B. Karimovlar Qodiriy hayoti va ijodi boʻyicha samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
1991 yili Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga koʻra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib «Mustaqillik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, katta koʻchalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda koʻplab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.
Цитата:
Yozmoqg’a niyatlanganim ushbu – “O’tkan kunlar”, yangi zamon ro’monchiligi bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydonga chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kecha turgan qusur va xatolardan chochib turmadim.
Moziyg’a qaytib ish ko’rish xayrlik deydilar. Shunga ko’ra mavzuni moziydan, yaqin o’tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo’lg’an keyingi “xon zamonlari” dan belguladim.Abdulla Qodiriy
O’tgan kunlar kitob yuklash
Sharq durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o’zgacha badiiy talqin qilinadi. Shuningdyek, vatanparvarlik, olijanoblik, vafo va xiyonat, havas va hasad, zamon taloto’plari tilga olinadi. Ham tarixiy, ham adabiy chizgilar, shoirona go’zal so’zlar, byetakror tasviriy ifodalar, asar qahramonlari tilidan aytilgan bugungi kun yoshlarining tilida ham syevimli iboralarga aylanib qolgan otashin so’zlar. shubhasiz, asarni o’qimaslik, qayta-qayta mutolaa qilmaslikning iloji yo’q.
Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring
Elektron kutubxona
- O’quv adabiyotlar
- Monografiyalar
- Badiiy adabiyotlar
- Uslubiy qo’llanmalar
- Avtoreferatlar va dissertatsiyalar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Bizning manzil
- Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
- +998 (66) 233 28 63
- sammu@sammu.uz
Xarita
Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
O Tgan Kunlar Audio Kitob – Бесплатно скачать Mp3
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу O Tgan Kunlar Audio Kitob в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Abdulla Qodiriy Oʻtkan Kunlar 1 Qism длительностью 372.43 MB, размер файла 4 ч, 42 мин и 59 сек.
Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.
Сейчас слушают песни
O Tgan Kunlar Audio Kitob
Лсп Номера Speed Up Nightcore
Петрановская Как Ты Себя Ведешь
Чеченские Песни Из Тик Тока
К Черту Любовь Speed Up
Песня Не Плачет Не Плачет Подружка Моя Караоке
Палоло Или Как Я Путешествовал
Релаксация Звуки Моря И Дельфинов 30 Минут
Gol Pari Rauf Andkhoye
Новые Цыганские Песни
Миран И Реян Коллекция Лучших Клипов
Pitbull International Love Speed Up
Где Брать Осколки И Кристаллы В Игре Марвел Битва Чемпионов
Money Rain Без Мата
Музыка С Резким Переходом
Бой Бой Бой Песня
Белая Ночь Салтыков Acapella
Copyright ©Gtxmusic.com 2023
All Rights Reserved
Почта для жалоб и предложений: [email protected]
Слушайте и скачивайте бесплатно mp3 музыку. Популярная и свежая музыка всегда доступна для скачивания бесплатно!
Qiziqarli malumotlar
O’tgan kunlar kitob yuklash