Kitob hayot darslik
Aqlliroq bo’lishga yordam beradi
O’zgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob ro’yhati
Odamlar bilan muloqot qilish, maqsadlarga erishish, aqlliroq, samaraliroq va bahtliroq bo’lishga yordam beradigan kitoblar.
Oldga qo’yilgan maqsadga erishishni o’rgatadi
1. “Bu yili men…”, M. Dj. Rayan
O’zimizning hayotimizni yaxshi tomonga o’zgartirishga qanchalar ko’p va’da beramiz, ammo biroz vaqt o’tib, boshqa va’dalarni beramiz yoki ular to’g’risida umuman esdan chiqaramiz? Bu kitob o’z imkoniyatlarini ishga solish va oldga qo’yilgan maqsadlarga erishishni o’rgatadi. Unda taniqli biznes-murabbiy va ruhshunoslik bo’yicha lektor M. Dj. Rayan muvafaqiyatning asosiy qismi niyat qilish paytidayoq shakllanishini aytib, o’z oldiga vazifalarni qo’yish va ularni bajarish to’g’risida amaliy maslahatlari bilan o’rtoqlashadi.
2. “Yutuqlar psixologiyasi”, Xaydi Grant Xelvorson
Bu kitobda ijtimoiy psixologiya sohasidagi mutaxassis Xaydi Grant Xelvorson o’quvchilarga o’zining oldiga to’g’ri maqsadlarni qo’yishga yordam beradi, irodani chiniqtirish bo’yicha maslahatlar beradi va muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi fikrlashdan qochish yo’llari to’g’risida yozadi.“Yutuqlar psixologiyasi” qo’yilgan maqsadlarga mustaqil ravishda erishishga va boshqalarni shunga undashga o’rgatadi. Shuning uchun ham u boshqaruvchilarga hamda ota-onalarga juda mos keladi.
3. “Odat hukmronligi”, Charlz Daxigg
Muvafaqiyatga yo’l to’g’ri odatlarni ishlab chiqarish orqali o’tadi. “Odat hukmronligi” kitobida New York Times gazetasining jurnalisti Charlz Daxigg kundalik marosimlar qanday shakllanishini va inson o’zini muvaffaqiyatga dasturlab qo’yishi uchun ularni qanday qilib o’zgartirish mumkinligini ta’riflaydi. “Odat hukmronligi” yuksak maqsadlarga ega odamlar bilan birga o’z hayotini yaxshi tomonga o’zgartirish istagidagilarga ham yordam beradi.
4. “Iroda kuchi”, Kelli Makgonigal
Bu kitob — iroda kuchini tarbiyalash bo’yicha haqiqiy yo’riqnoma. Unda Stenford universitetining professori, falsafa doktori va ruhshunos Kelli Makgonigal o’ziga berilgan va’dalarni bajarish uchun nimani va qanday qilish kerakligini hikoya qiladi. Igor Mann gapiga qaraganda “Iroda kuchi”ni o’qishga kirgan har bir talabaga imtihonlar daftarchasi bilan berib, dastlabki imtihon esa aynan shu kitob bo’yicha bo’lishi kerak.
5. “Hech qachonlardir”, Yelena Rezanova
Ayrim paytlarda maqsad sari yo’l bizdan keskin o’zgarishlarni talab qiladi.“Hech qachonlardir” hayotning qotib qolgan tarzidan voz kechib yarim yo’ldan qaytmaslikka yordam beradi. Kitob avtopilotdagi hayotdan voz kechishnining har bir bosqichi alohida ko’rib chiqilgan olti qismga bo’lingan. Kitobni o’qib bo’lganidan keyin avvalgi bir xillikdan qat’iy voz kechish mantiqan to’g’ri, qonuniy va hech ham vahimali bo’lmay ko’rinadi.
Odamlar bilan til topishga o’rgatadi
6. “Sizni boshdan-oyoq eshityapman”, Mark Goulston
Mark Goulston —politsiya va FBR muzokarachilarini o’rgatuvchi ruhshunos. O’z kitobida u ishonch uyg’otib istalgan narsaga erishish uchun odamlar bilan muloqotda bo’lishni o’rgatadi. Uning uslubida faqat manfaatparastlikka oid hisobnigina ko’rish noto’g’ri: Goulston tavsiyanomalari odamlar bilan g’arazli qiziqishsiz til topishga yordam beradi.
7. “Maxsus xizmatlarning uslubi bo’yicha tarovatni yoqamiz”, Djek Shafer va Marvin Karlins
Bu kitobda esa odamni qanday qilib avrash, unga yoqib qolish va o’zingiz istagan narsani bajarishga majbur qilish sirlari hikoya qilinadi. Bu tilyog’lamalik bo’yicha yo’riqnoma emas. Muallif faqat ayrim odamlar boshqa odamlarga yoqimli narsalarni qilishga yordam beradi. Gohida o’z manfaatlarini ko’zlab ham!
8. “Qanday qilib xohlagan odam bilan gaplashib ketish mumkin”, Mark Roudz
Bu kitob odamlar bilan muloqot paytida o’ziga nisbatan ishonchsizlikni yengishga yordam beradi. Tadbirkor va biznes-murabbiy Mark Roudz qanday qilib psixologik g’ovlardan o’tish, inkor qilinishdan qo’rqishdan qutilish va shu holda suhbatni boshlash sirlari to’g’risida hikoya qiladi.
9. “Mijg’ovlar bilan qanday gaplashish kerak”, Mark Goulston
Afsuski, hayot bizni faqat xushfe’l insonlar bilangina ro’baru qilavermaydi, gohida juda ham yoqimsiz, mutlaqo mijg’ov odamlar bilan ham uchrashtiradi. “Sizni boshdan-oyoq eshityapman” kitobidan tanish psixiatr Mark Goulston konstruktiv suhbat qurib bo’lmaydigan kimsalar bilan minimal zarar va maksimal foyda bilan qanday muloqotda bo’lish kerakligini hikoya qiladi.
10. “Hech qachon bir o’zingiz ovqatlanmang”, Keyt Ferratstsi
Aloqalar —muvaffaqiyatning tarkibiy qismlari bo’lgan omad, iste’dod va tirishqoqlikdan zarracha kam bo’lmagan yana bir bo’lagi. Har qalay— yon daftarchasida prezidentlar, rok-yulduzlar hamda taniqli tadbirkorlarning telefon raqamlari bo’lgan netvorker Keyt Ferratssi aynan shunday, deb ta’kidlaydi. Muallif foydalitanishlarni ushbu kitobda ta’riflab bergan aloqa o’rnatish strategiyalari tufayli orttirgan.
Romantik munosabatlarni qurishga yordam beradi
11. “Bitta to’lqinda”, Emi Benks va Li Xirshman
Bu kitobda psixiatr Emi Benks boshqa odamlar bilan yaqinlashish imkonini beruvchi to’rt narsa: vazminlik, qabul qilish, rezonans va energiya to’g’risida hikoya qiladi. Kitobdagi zamonaviy neyrobiologiya yutuqlariga asoslangan amaliy vositalarmiyani mustahkam munosabatlarga “moslashtirish” imkonini beradi.Olingan ko’nikmalardan nafaqat romantik, balki hamkasblar yoki oila a’zolari bilan qurilajak munosabatlarda ham bemalol foydalanish mumkin.
12. “O’xshash bo’lmaganlar ittifoqi”, Itsxak Adizes, Iexezkel, Rut Madanes
Qarama-qarshiliklar bir-biriga tortiladi, ammo bunday munosabatlarni saqlab qolish juda ham oson emas. Mualliflar agar siz hamkoringizdan keskin farq qilsangiz qanday qilib mojarolardan qochish va bahtli oila qurish uchun ushbu farqlardan qanday qilib foydalanish mumkinligi to’g’risida hikoya qiladilar.
Kitobning asosida biznes-rahbarlar o’z bo’yniga olishi kerak bo’lgan to’rt vazifani ko’zlovchi Itsxak Adizesning uslibiyati yotadi. Gumanitar bilimlar sohasidagi magistrlar Iexezkel va Rut Madanes bu uslubiyatni romantik munosabatlar sohasida qo’llab ko’rib shuni aniqladilarki, bunday muomala maishiy arazlarni chetlab o’tishga yordam berar ekan.
13. “Yaqinlik qo’rqinchi”, Ilse Sand
Ayrimlar munosabatlarni mustahkamlashga urinayotgan bir paytda, boshqalar ularni xatto o’rnata olmaydi ham. Ko’p hollarda bunga sabab o’rnida nimjon bo’lib ko’rinib qolishi qo’rqinchi xizmat qiladi. Daniyalik psixoterapevt Ilse Sand hayotdan misollar keltirib, ruhiy himoyalanishning turli variantlari yordam bermay, aksincha to’laqonli hayot kechirishga halaqit berishini va ulardan qutilish yo’llarini tushuntiradi.
14. “Meni qattiqroq quchoqla”, Syu Djonson
Taniqli oilaviy terapevt Syu Djonson muhabbat o’zi nima ekanligi, nima uchun u o’tib ketishini va nimaga biz uni shunchalar qumsashimizni hikoya qiladi. Muallif tanglik paytlarida odamlarni biri-biriga bo’lgan ixlosini kuchaytirish va hamkor bilan hamjihatlikka erishishga yordam beruvchi suhbat uchun yetti g’oya bilan bo’lishadi.
Muammolar xatto eng bahtli juftliklarda ham yuzaga keladi. “Meni qattiqroq quchoqla” kitobi shu muammolarni boshdan kechirib yana yaqinlikka erishishga yordam beradi.
15. “Biznes va yoki muhabbat”, Olga Lukina
Yetakchilarning shaxsiy rivojlanishi bo’yicha maslahatchi Olga Lukina unga yordam so’rab murojaat qilgan odamlarning olti nafar voqealarini hikoya qiladi. Bu insonlar doimo kuchli bo’lishga va o’z muammolarini o’zlari hal qilishga o’rganib qolganlar.Xo’sh, psixoterapevt qabulida bo’lib qolganidan keyin ularning holatini qanday baholasa bo’ladi? Shaxsiy hayot bilan ish yoki xizmatdagi mavqe o’rtasida muvozanatni izlash— kechagina paydo bo’lib qolgan yangi muammo emas. Bahtimizga, kitob muallifi bu muammo yechimini hal etishni biladi.
Aqlliroq bo’lishga yordam beradi
16. “Guruchli hujum”, Maykl Mikalko
Kreativlik — rivojlantirish mumkin bo’lgan yana bir ko’nikma. Bunga Maykl Mikalkoning “Guruchli hujum” kitobi yordam beradi. Unda g’oyalarni samarali dunyo keltirish uchun uslublar va mashqlar bayon etilgan. Bu kitobda noandozaviy fikrlash borasidagi masalalar, o’yinlar hamda dushvor vazifalarni topib dunyoni o’zgartirib yuborgan ijodiy o’pirilmalar to’g’risida bilib olasiz.
17. “Matematik kabi o’yla”, Barbara Oakli
Gumanitar fanlar bilan shug’ullanuvchilarning ko’pchiligi matematik fikrlashning aniqligi va mantiqiga ular aqli hech qachon yetmaydi, deb hisoblaydi. Oklend universitetining professori Barbara Oakli bu farazni mutlaqo inkor qilib, aniqfanlar bo’yicha mutaxassislar foydalanadigan uslublarini o’rgatishga harakat qiladi. Muallif matematika sohasidagi tayanch bilimlar biologiya, moliya yoki psixologiya bo’lishidan qat’iy nazar istalgan sohada ma’lumotlarni o’zlashtirishga yordam berishi to’g’risida hikoya qiladi.
18. “Eynshteyn Oyda sayr qiladi”, Djoshua Foer
AQSHning hotira bo’yicha o’tkazilgan chempionatining g’olibi Djoshua Foer o’z hotirasini bir yil davomida mashq qilgani to’g’risida hikoya qiladi. Shu bilan birga “Eynshteyn Oyda sayr qiladi” kitobida eslab qolishning samarali uslublari, ming yilliklar davomidagi hotira vazifasiga bag’ishlangan o’tmishga ekskursiya va ilmiy tadqiqotlarning hulosalarini topish mumkin.
19. “Simpsonlar va ularning matematik sirlari”, Saymon Singx
“Simpsonlar” serialining ssenariynavislari jamoasiga matematika sohasidagi ilmiy unvonlarning egalari ham kiradi. Ajab emaski, multserialning lavhalari har kim uchun aniq-ravshan va tushunarli bo’lmagan joylarga to’la. Saymon Singx kitobi kundalik hayotda siz e’tibor bermay qolgan narsalar to’g’risida hikoya qiladi, madaniyat ashyolarida yashirin nomalarni izlashga o’rgatadi, ayrim matematik bilimlarni taqdim qiladi va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
20. “Skeptik”, Maykl Shermer
Biz doimo yangi axborot qabul qilamiz, ammo uning hammasi ham haqiqat emas. Maykl Shermer o’zining “Skeptik” kitobida haqiqatni aniqlash uchun oqilona yondoshishdan foydalanish to’g’risida hikoya qiladi va hayotdan gumrohlikning yorqin misollarini keltiradi. Bu kitob ayniqsa fanlarni chuqur tadqiq qilish istagidagilar uchun juda ham foydali.
Yaxshiroq ishlashni o’rgatadi
21. “Djeday texnikalari”, Maksim Dorofeev
Mahsuldorlik bo’yicha mutaxassis Maksim Dorofeev o’zining kitobida “fikriy yoqilg’i” terminini joriy qiladi— bu bizning mahsuldorligimizga ta’sir o’tkazadigan aqliy zahiralar. Boshqa paytlarda bajarish uchun bir kun vaqt sarflangan vazifani ayrim paytlarda bizatigi ikki soatda bajarishimizni muallif aynan “fikriy yoqilg’i”ning miqdori vasifatiga bog’liqligini tushuntiradi.
Favqulodda qobiliyatni kashf etish — ishning yarmi. O’z manfaatlari yo’lida undan foydalanishni o’rganish ancha muhimroq. Maksim Dorofeev bunga qanday erishish mumkinligi to’g’risida hikoya qiladi va “fikriy yoqilg’i”ni saqlash bo’yicha uslublari bilan o’rtoqlashadi
22. “Orzu qilish yetar, ish bilan shug’ullan!”, Kel Nyuport
Sobitqadamlik, tirishqoqlik va urinishlarga sarflangan yillar ma’lum bir sohada muvaffaqiyatga bo’lgan imkonlarni oshirib yuboradi, ammo uni hech kafolatlay olmaydi. Dunyoda aniq fanlarni zabt etishga yoki oddiy yozishni o’rganib olishga chorasiz uringan odamlar qancha? Kel Nyuport umidsizlikka tushganlarga umid bag’ishlab ularni qo’lidan kelgan sohada professional bo’lishga chaqiradi.
Ehtimol, chala dasturchi reklamada o’zini topar, omadsiz yozuvchi esa iqtisodchi vazifasida o’z bahtini topar, balki. Muallif orzu qilishni inkor etishga emas, hayotiy rejani tuzishda realist bo’lishga chaqiradi. Bunday nigoh achchiqlantirishi mumkin,ammo biroz fikr qilib hayotning bir necha yilini behudaga sarflashdan asrab ham qolishi mumkin.
23. “1-chi raqamli”, Igor Mann
“Mann, Ivanov va Ferber” noshiridan amaliy qo’llanma. U o’quvchiga o’z ishida eng zo’ri bo’lib qolishga yordam beradi.“Nomer 1” — hajmi bo’yicha juda ham katta bo’lmagan kitobcha. Unda faqat eng zarur narsalar bor: harakatlar rejasi, tavsiya qilingan adabiyotning ro’yxati va hozirning o’zidanoq yaxshiroq bo’la boshlashga undaydigan amaliy qismi.
24. “Komfort hududidan chiq”, Brayan Treysi
“Komfort hududidan chiq” — bu shaxsiy samaradorlikni oshirishning 21 uslubi. Ularning bir qismi Layfxaker o’quvchilarining har biriga tanish bo’lsa ajab emas. Muallif har kungi bitmas-tugamas vazifalarni rejalashtirish va filtrlash muhimligi to’g’risida hikoya qiladi va darhol ulardan foydalanishga kirishish maqsadga muvofiq bo’lgan qimmatli maslahatlarini beradi.
25. “Bir vazifalilik”, Devora Zak
Ko’p vazifalilik— diqqat bilan bajariladigan ish va samaradorlikning asosiy dushmani. Ruhshunoslik fanlaridan dars beruvchi Devora Zakbir necha ishni bir vaqtning o’zida bajara turib ko’p narsaga ulgurib bo’lmaslikning isbotini keltirib beradi. “Bir vazifalilik” axborot shovqinidan qutulish va vazifalarni birin keting bajarib, masalani samarali yechish imkonini yaratadi.
Yaxshi rahbar bo’lishga yordam beradi
26. “Oson bo’lmaydi”, Ben Xorovits
“Oson bo’lmaydi”— har qanday biznes egasiga, ayniqsa, o’z ishini ilk bor ochayotganlarga juda foydali bo’ladigan ma’lumotlarning ulkan to’plami. Bu kitobdagi maslahatlar murakkab vaziyatlarda yechim topishga yordam beradi, istehzoli va me’yorida kulgili tarzdagi hikoya qilinishi esa “Oson bo’lmaydi” kitobini nafaqat foydali, balki juda qiziqarli asar sifatida namoyon qiladi.
27. “Noldan birga”, Piter Til
“Noldan birga” kitobini o’zining o’qib chiqish kerak bo’lgan kitoblar ro’yxatiga xatto qachonlardir PayPal to’lov tizimining yaratuvchisi va shu kitobning muallifi Piter Tilning raqibi bo’lgan Ilon Mask ham kiritgan. O’z biznesini olib borish to’g’risida gap ketayotganida, eng yaxshisi bu sohada muvaffaqiyatga erishgan kishiga murojaat qilishdir. Tadbirkor va milliarder Piter Til o’z biznes yo’lining boshida strategiyani qanday tanlash to’g’risida hikoya qiladi va biznesning eng sodda bo’lsa ham, ish beruvchi sirlari bilan bo’lishadi.
28. “O’zi uchun o’zi MVA”, Djosh Kaufman
“O’zi uchun o’ziMVA” — orqasida jiddiy biznes-ma’lumotiga ega bo’lmagan, biroq o’z ishini ochish istagidagilar uchun amaliy qo’llanma va juda kuchli motivator. Kitobning muallifi Djosh Kaufman o’zi ham o’z kuchi bilan o’rganuvchining yo’lini bosib o’tib diplom bo’lgani yaxshi, ammo biznes qanday ishlashi to’g’risida ma’lumotni mustaqil olish mumkinligini tushunib yetgan.
29. “Yuqori samarador insonlarning 7 ko’nikmalari”, Stiven Kovi
“7 ko’nikma” —bu har bir biznes egasi yoki jamoa a’zosi o’zlashtirib olishi shart bo’lgan yetti nafar asosiy kalit qoidalar. Har birining boshida kalit ko’nikma ko’rib chiqiladi, masalan proaktivlik yoki sinergiya. Kitob dastlab 1989 yilda chop etilishiga qaramay unda bayon qilingan ma’lumotlar hamon juda dolzarb.
30. “O’z izingni qoldir”, Bleyk Maykoski
Ko’pchilik tadbirkorlarning hisoblashicha biznesdagi muvaffaqiyat —yaxshilik yaratish va odamlarga yordam berish istagining natijasidir. Bu g’oyani ommalashtiruvchilaridan biri Toms Shoes kompaniyasining yaratuvchisi Bleyk Maykoski. Toms Shoes — nafaqat o’zining mahsuloti bilan, bir juft sotib olingan paytda ikkinchi juft oyoq kasalliklari bilan kasallangan kam ta’minlangan bolalarga jo’natish tartibini joriy qilganligi bilan ham mashhur bo’lgan poyafzal ishlab chiqaruvchisidir. O’zining “O’z izingni qoldir” avtobiografik kitobida Bleyk Maykoski foyda keltiradigan samarali biznesni tashkil qilish to’g’risida hikoya qiladi.
31. “Kattalar uchun chet tili”, Rodjer Krez va Richard Roberts
Yangi tilni o’rganish uchun kech qoldim, deb o’ylasangiz qattiq adashasiz. Katta yoshda chet tilini o’rganishga miyaning “qotib qolgani” emas, odatda qat’iy intizom va irodaning yo’qligi halaqit beradi. Qanday tilni o’ranmoqchi bo’lganingizdan qat’iy nazar “Kattalar uchun chet tili” juda foydali dastgohingiz bo’ladi. Kitob mualliflari eslab qolish bo’yicha maslahatlari bilan bo’lishishadi va shug’ullanish odatini shakllantirish yo’llari to’g’risida hikoya qiladi.
32. “Yoz, qisqartir”, Maksim Ilyaxov va Lyudmila Sarycheva
Idoradagi boshqaruvchi, bankdagi xizmatchi, maktabdagi o’qituvchi — hamma doim nimanidir yozadi. Buodamlar o’zining matnlarini bilan yozuvchilar va jurnalistlardan zarracha kam bo’lmagan holda dunyoga o’z ta’sirini o’tkazadi. Maksim Ilyaxov va Lyudmila Sarycheva “Yoz,qisqartir” kitobida qisqa va aniq matn yaratish bo’yicha o’zining andozaviy retsepti bilan bo’lishishadi va hulosalarni biz har kuni duch keladigan misollar bilan tasdqilaydi.
33. “30 kundan keyin surat chiza olasiz”, Mark Kistler
Bu qo’llanma surat chizish — mutlaqo tug’ma ko’nikma, degan fikrga qarshi chiqadi. Unvonli o’qituvchi Mark Kistlerning kitobida qadamba-qadam ko’rsatmalar, maslahatlar, tehnikalar, layfxaklar, shuningdek suratda chuqurlik taassurotini yaratish imkonini beruvchi to’qqizta asosiy qonunni topish mumkin.
34. “Tez o’qish”, Piter Kamp
Juda tez o’qish bilan birga iloj bor qadar ko’proq ma’lumotni o’zlashtirish professional adabiyotni o’rganishga to’g’ri kelgan har bir kishi uchun juda muhim ko’nikma.
Kitob o’zining oldiga qo’ygan maqsadi – sizni hayol tezligida o’qiy olishni o’rgatishdan iborat. Piter Kampning qo’llanmasi ilk bor chop etilgan kunidan 40 yil o’tgandan keyin ham unga bo’lgan qiziqish so’nmay, aksincha ortib borayotganini hisobga olsak – buuning haqiqatdan ham ishlashidan darak beradi.
35. “Har kuni fotosuratga ol”, Syuzan Tattl
“Har kuni fotosuratga ol”— zerikarli bo’lmagan tilda yozilgan va har qanday kamera bilan sifatli fotosuratlarni yaratish bo’yicha jozibador bezatilgan qo’llanma. Bu kitob bilan siz avtomatik rejimda suratga olishdan bosh torta olmay qolasiz, obyektivning ochiq turish vaqti hamda yorug’lik sezgirligi nima ekanligini bilib olasiz, ijtimoiy tarmoqlar uchun fantastik portretlar, manzaralar, hayvonlar va xatto taomlarning suratlarini yaratishni o’rganib olasiz.
Bahtliroq bo’lishga yordam beradi
36. “Miyani sevib qolgan g’alati qiz”, Vendi Suzuki
Neyrobiolog Vendi Suzuki miya mashg’ulotlarining noyob mashq bajarish usullari va badan bilan birga fikrlar shakliga ham ta’sir qiladigan jismoniy mashqlarning mualliflik uslublari bilan bo’lishishadi. Neyrobiologiya bilimlaridan foydalanga holda, muallif o’z miyasini qayta dasturlashga va shu tarzda o’zgarishga erisha olda. Endi esa, u o’z kitobxonlariga huddi shunday qilishga yordam berishga tayyor. Agar kunlardan bir kun uyqudan turib o’zingizga yoqmay ketayotgan bo’lsangiz — bu kitob aynansiz uchun.
37. “Hyugge. Daniyacha bahtning siri”, Mayk Viking
Fuqarolarining bahtliligi bo’yicha dunyo mamlakatlarining reytingida Daniya doimo yetakchilik qiluvchi o’rinlarda namoyon bo’ladi. Hamma gap “xyugge” — Daniyaliklarning asosida bir necha oddiy qoidalar yotgan hayot falsafasida. “Xyugge” dunyoqarashi biron bir moddiy narsaga emas, muhit va hissiyotlarga asoslangan, shuning uchun ham Daniya aholisining vakillari bahtning tarkibiy qismlarini oddiy kundalik narsalardan izlab topishni biladi. Mayk Viking kitobida xyugge qoidalari va bahtiyor Daniyaliklarning fikrlashiga iloji bor qadar yaqinlashish usullari bo’yicha o’nlab maslahatlar bayon etilgan.
38. “Yalqovlikning foydasi to’g’risida”, Endryu Smart
Ayrimlar bir vaqtning o’zida juda ko’p ishlarni bir yoqlik qilishga urinib, shu bilan birga taym-menedjment, ya’ni, vaqtdan unumli foydalanish san’atini o’zlashtirishga intilayotgan bir vaqtda, neyrofiziolog Endryu Smart yalqovlikni insonning oliy maqsadlaridan biri sifatida e’lon qiladi. Muallif bandlik bilan bog’liq bo’lgan muammolarning tub ildizini ochib tashlab, inson o’zini anglashi uchun uning asl yo’li bayramona turmush tarzi orqali o’tishini ta’kidlaydi. Bu kitob insonga o’z yalqovligidan uyalishni to’htatadi, erinchoqlikni o’z manfaatlari yo’li ishlatishni o’rgatadi, pirovard natijada tejagan asablaringiz hamda har bir daqiqangizni oqlaydi. Kitobga baho berish o’zingizga bog’liq.
39. “Oqim”, Mixay Chiksentmixayi
Ijodiy shaxslarni tadqiq qilayotgan paytda muallif ular dili yorishish paytida oqim holatini his etishlaridan bahtli ekanligini aniqladi. Ushbu oqimda hozir bo’lish juda ham oson emas: bu katta e’tibor va kuchlanishlarni talab etadi, bahtning o’zi esa –biz bilan sodir bo’ladigan narsa emas, uni his etishni o’rganish kerak bo’lgan san’at.
40. “Yo’q” deya olish qobiliyati”, Petra Kuntse
Bu kitob aslida siz xohlagan narsani – kerak bo’lganda odamlarga “yo’q” javobini berishni o’rganib olib, o’zingizga ishonch hosil qilishni aniqlab olishga yordam beradi. Petra Kuntse ta’kidlashicha, “yo’q” deya bilish sizni oqibatsiz odam qilib qo’ymaydi, u faqat o’z ehtiyojlaringizga quloq solish hamda o’z manfaatlaringizni himoyalashga yordam beradi.
“Yo’q” deya olish qobiliyati” interaktiv va bo’sh hoshiyalarga ega bo’lgan maxsus daftarga o’xshaydi. Muallif hamma javoblar allaqachon tayyor, ularni faqat ovoza qilishdan qo’rqmaslik kerakligiga ishora qiladi.
Kitob hayot darslik
«O’qish – o’sish demakdir»
Loyihalar:
Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
About
Blog
Apps
Platform
Elektron kitobxona
17.3K subscribers
• Agar kambag‘allik va johillikka qarshi kurashmasak, bir kun kambag‘al va johillarga qarshi kurashishga majbur bo‘lamiz.
• Mutaxassislarning vatandan chiqib ketishi vatanga xiyonat emas. Balki bu holat vatan bo‘lishga yaraydigan muhitni izlab ketishdir.
• Agar yolg‘onni yetarli miqdorda takrorlasang, yo ilmiy haqiqatga yoki siyosiy nazariyaga aylanadi. (Ayman Yog‘iy)
• Xalqlar ma’rifati qanchalik oshsa, istibdod shunchalik kamayadi. (Molik ibn Nabiy)
• Elitasi istiqlol mas’uliyatini bo‘yniga ololmagan xalqlarga ozodlik juda og‘ir yuk bo‘ladi. (Molik bin Nabiy)
• Tinchligi uchun erkini qurbon berganlar, ikkovisiga ham haqli emaslar. (Benjamin Franklin)
• Haqiqat erkinlikdan hech qachon qo‘rqmaydi. Undan faqat egrilik, jaholat va adolatsizlik xavfsiraydi. (Shayx Muhammad Gʻazzoliy)
• Birov saning ustingga faqat egilganingdagina minib olishi mumkin. (Martin Lyuter King)
– Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan nuktalar (3)
6.9K views edited 13:52
«Ayol kishining nimaligini xudoning oʻzi biladi, men ularni miridan-sirigacha oʻrganganman! Lekin qilgan gunohing uchun undan bo’yningni egib kechirim so’rab koʻr-chi, «oldingizda aybdorman, kechiring, boshqa qilmayman», deb bor-chi, ana undan keyin bilasan nima bo’larkin, boshingga ta’nadashnomlar do‘lday yogʻiladi! O’la qolsa boʻldi, kechirdim demaydi, seni lattaday ezadi, tahqirlaydi, aslida bo’lmagan narsalarni bo’ldi deb yuzingga soladi, hech narsani unutmaydi, yana oʻzidan ancha narsalarni ham yoniga qo’shadi, ana undan so’ng, balki, kechirganday boʻlar. Yana buni ularning eng yaxshisi qiladi! Hamma narsalarni qirib-qirtishlab boshingdan ag’daradi – ular hammasi shunaqa, teringni shilib oladi, bu farishtalarning hammasi bitta qolmay xuddi mana shunaqa. Ammo ularsiz biz bechoralarga kun yo’q! Azizim, senga ochig’ini aytay, har qanday o’zini tanigan-bilgan, risoladagi odam, kim boʻlmasin, qandaydir bir ayolning tovoni ostida yashashi kerak. Mening e’tiqodim shu; e’tiqod emas, hissiyot. Erkak keng bagʻirli olijanob boʻlmogʻi darkor, bu erkakni aslo pastga urmaydi. Jasur qahramonni ham yerga urmaydi, Sezarni ham pastga urmaydi! Shunday bo’lsa ham, baribir, kechirim so’rama, hech qachon, hech qanday holda soʻrama. Bu qoida esingda tursin, buni senga akang Mitya aytyapti, u xotinlar tufayli halokatga giriftor bo’ldi».
– Fyodor Dostoyevskiy. “Aka-uka Karamazovlar” romanidan
Yangi loyiha
Sahifamizda o‘zbek tilida yangi nashr etilgan kitoblar haqida kichik ma’lumotlar berib borishni reja qilyapmiz. Davomli va xayrli qilsin.
Beriluvchi (tavsiyamonand) kitoblar shaxsiy qarash va izlanishlar natijasi o‘laroq taqdim etiladi.
@e_kutubxona
• Kitob nomi: «G’oyam»
• Muallif: Najmiddin Erbaqon
• Tarjimon: Oybek Xaydarov
• Nashriyot: Azon kitoblari
• Til: O’zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 312
• Muqovasi: Yumshoq
• Chop etilgan yili: 2022
Ushbu kitob Turkiyaning davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri, bir nechta partiyalarning taʼsischisi va rahbari bo‘lgan Najmiddin Erbaqon qalamiga mansub memuar asardir.
Narxi qancha?
• Azon kitoblari: 34 ming so’m
• iBooK: 40 ming so’m
• Asaxiy Books: 45 ming so‘m
Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
7.2K views edited 06:00
Islom feminizmi
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”da 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi:
“Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy ma’a Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar.
Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir.”
P.S.: Ba’zilar O‘rislar kelib ayol-qizlarimiz ilm oladigan bo‘ldi deyishar edi. 17 yoshli Ra’noning ilmi Zulfiya mukofotini olganlar uyoqda tursin, Zulfiyaning o‘zida ham bo‘lmagan bo‘lsa kerak.
«Vatan qachon xarob bo‘ladi?
– Qachonki johil qahvaxonada o‘tirganini, universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi.»
– Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan
BIR ZAMONLAR g‘alati va miqti gavdali bir yigit yashagan ekan. U hayotda eng muhimi deb quyidagi uchta narsani bilardi:
1. Sochini hamma qaratgan tomonga emas, balki boshqa tomonga qaratib taraydi.
2. Kichkina, g‘alati mo‘ylov qo‘yadi.
3. Bir kun kelib dunyoni boshqaradi.
O‘sha yigit uzoq vaqt davomida tentirab yurib, dunyoni qanday qilib egallashi mumkinligi haqida o‘ylagan, rejalar tuzgan va kunlardan bir kuni nogahon eng mukammal reja miyasiga kelgan. U bolasi bilan yetaklashib ketayotgan onani ko‘rib qolgan. Ona o‘g’liga tinmay tanbeh beraverganidan bola yig‘lay boshlagan. Bir necha daqiqadan so‘ng ona farzandi bilan juda yumshoq ohangda gaplashgan va bola bir zumda tinchlanib, hatto tabassum qilgan. Yigit o‘sha onaning oldiga yugurib kelib, uni quchoqlagan va:
— So‘zlar! deya jilmaygan.
— Nima?
Ayolning savoli javobsiz qoldi. Yigit allaqachon ketib qolgan edi.
Ha, Fyurer dunyoni so‘zning kuch-qudrati bilan zabt etishga qaror qildi.
— Qurolga umumun ishim tushmaydi, chunki buning hojati yo‘q, — dedi u.
Ammo u anoyilardan emasdi. Uni umuman ahmoq odam deb bo‘lmas edi. Uning ilk hujum rejasi iloji boricha Vatanining hamma joyida so‘z ekib o‘stirishdan iborat edi. U har bir so‘zini kecha-yu kunduz parvarish qildi, ayamay ozuqa berdi. U butun Germaniya bo‘ylab so‘zlarning bepoyon o‘rmonlari paydo bo‘lishini kuzatib turdi. Xalq qolipga solingan fikr egalaridan tarkib topa bordi.
SO’ZLAR O‘SIB DARAXTGA AYLANGACH, bizning yosh fyurerimiz nishonlar o‘sib chiqishi uchun boshqa urug’larni sepdi va ular ham asta kurtak yoyishdi. Nihoyat fursat yetib kelgach, fyurer ishga kirishdi.
U odamlarni o‘zining ulug’vor bag‘riga yuragiga chorladi. O‘z qo‘llari bilan o‘rmonlardan uzib olgan eng go‘zal, eng qabih so‘zlari bilan boshqalarni o‘ziga qahrabodek torta boshladi. Ular kelishdi.
Ularning barchasi konveyerga o‘tkazildi va yugurik mashina orqali o‘n daqiqa ichida butun umrga arzigulik narsalar ko’rsatib chiqildi.
Og‘izlariga so‘zlar quyildi. Vaqt tushunchasi yo‘qolib qoldi. odamlar o‘zlari bilishlari kerak bo‘lgan hamma narsani bilib oldilar. Ular gipnozga tushib qolishdi.
Keyingi bosqichda ularga tegishli nishonlar tarqatildi va hamma o‘zida yo‘q baxtiyor bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay, ulug‘vor qabih so‘zlar va nishonlarga talab shu qadar oshib ketdiki, o‘rmonlar kengayishi bilan katta miqdorda daraxtlarni parvarishlovchi qo‘shimcha kuch topish zaruriyati paydo bo‘ldi. Ba’zi birovlarning ishi daraxtlarga tirmashib chiqish va pastda turganlarga so‘zlarni uzib uloqtirishdan iborat edi. Ularning og‘ziga fyurerning odamlaridan qolgan-qutgan so‘zlar quyilar edi.
– Markus Zusak. “Kitob o‘g‘risi”
#Oy_tavsiyalari
Fevral oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari
• Diniy-ma’rifiy:
“Vasatiya – hayot yo‘li” (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
• Jahon adabiyoti:
“Farengeyt bo’yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)
• O‘zbek adabiyoti:
“Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)
• Biografik:
“Stiv Jobs” (Uolter Ayzekson)
• Shaxsiy rivojlanish:
“Liderlik qonunlari” (Teodor Ruzvelt)
• Mumtoz:
“Mantiq ut-tayr” (Fariduddin Attor)
• Tarix:
“Alvido, Vatan” (A’zam Hoshimiy)
• Ilmiy-ommabop:
“Oq nilufarlar yurtida” (Grigoriy Petrov)
14.1K views 12:25
”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №168 mutolaa uchun Oybekning “Navoiy” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 11-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
Ko‘p kuzatyapman, o‘zbeklar orasida ham “bla. bla. bla. ” deyish urf bo‘libdi.
Yana o‘risga taqlid! Yana o‘ylamay o‘rischa so‘zlarga sig‘inish! Yana o‘zbekchani kamsitish!
Kirmagani shu qoluvdi o‘zi! Muncha birovnikini yaxshi ko‘radigan millatmiz?!
Ichimizda “Meniki emassan sen! Tur yo‘qol! Menga o‘zimizniki yetadi!” degizdiradigan tuyg‘u yo‘qmi?! Qolmaganmi?! O‘lganmi?!
Do‘stlar! Aka-uka va opa-singillar!
Tilning ham o‘ziga yarasha mahramiyati bor. Til yetti yot begonalar ruxsat so‘ramay bostirib kirib ketaveradigan karvonsaroy emas! Har bir millat o‘z tilini xuddi qizini, opa-singlisini, xotini va onasini yomon ko‘zlardan, tajovuzlardan asragandek asrashi lozim!
Oldin ham ko‘p yozganman: TIL DAYUSI bo‘lib qolmaylik! Tilimizga rashkli, qizg‘anchiq bo‘laylik!
O‘zbek tilimizda ko‘plar qo‘llayotgan shu “bla. bla. bla. “ni aniq ifodalaydigan “valaqlash” degan juda chiroyli so‘z bor. “Valaqlayapti”, deng. “Valaqlama!” deng. “Valaqi-salaqi”, deng. Juda agar uch marta takrorlamoqchi bo‘lsangiz, “valaq. valaq. valaq. ” deng! Aytmang shu “bla. bla. bla. “ni!
Bo‘ladi-ku axir! O‘ris emassiz-ku axir! O‘zbeksiz-ku axir!
Oldin bilmagan yo unutgan bo‘lsangiz, endi bilib oldingiz. Iltimos, keling, bugundan boshlab shu o‘rischa “bla. “ni tilimizdan siqib chiqaraylik, kelgan yeriga haydaylik, o‘rniga o‘zimizning so‘zni tiklaylik! Yashataylik!
– Nurulloh Muhammad Raufxon
Har bir musulmon quyidagilarni bilishi kerak:
1) Liberalizm
2) Islomning fikriy/intellektual tarixi
3) Zamonaviy/modern davlat tushunchasi
4) Sekulyarizm
5) Feminizm
Agar siz bu haqda hech narsa bilmasangiz, na o‘zingizni, na oilangizni va farzandlaringizni modernizatsiya hujumidan himoya qila olmaysiz.
«Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko’p yuborgan edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham hamma vaqt tarix o’qimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun mas’uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz sizlarning tadbir va harakatingizga bog’liqdir. Shuning uchun siz tarix oynasiga qarab turmog’ingiz kerak. Qaysi davrlarda qaysi sabablar bilan yurtlar obod boʻlgan, ellar shod-xurramlik ko’rgan ham qaysi zamonlarda va ne sabablardan mamlakatlar halok boʻlgan bularni o’rganmoq darkor. Aql va adolatning yorug’ kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan koʻrsata olmagan. Ulug’ bobongiz Temurxon tarixni shunday yaxshi bilur ekanlarki, u zamonning ibn Xoldun kabi eng peshqadam muarrixlarni hayratda qoldirganlari toʻgʻrisida ma’lumotlar bor».
Agar musulmon Islom kelajagi undan talab etadigan ilmiy va iqtisodiy faoliyatni unutgan holda, Ka’ba oldida umrbod ibodat bilan mashg‘ul bo‘lsa ham, bu ishi uni Alloh oldida hech narsadan behojat qilolmaydi.
Zero, zavodlar qurish masjidlar qurish bilan barobardir!
– Shayx Muhammad Gʻazzoliy
#Maqola
Haqiqatparvarga 7 tavsiya
1. Boshingizga biron ish tushganda «haqiqatni aytganim uchun tazyiq qilyaptilar», demang. «Qarashlarim, fikrim, e’tiqodim, tadqiqotim uchun, kasbiy, vatandoshlik burchimni ado etganim yoki faktlarni yoritganim uchun» deng. Chunki yakuniy haqiqatning egasi siz emassiz. Haqiqatning egasi inson bo‘lsa, u haqiqat emas.
2. O‘zgalarning ham fikri, e’tiqodi va ular fakt deb hisoblagan asoslari bor. Ularni eshitishni va tushunishni o‘rganing. Tushunish qabul qilish degani emas. Lekin tushunmay hech narsani qabul qilmang. Bahsda birovning argumentini tushunib, uning asos-dalillarida zaiflikni ko‘rsata bilgan g‘olib bo‘ladi. Eng baqirog‘i emas.
3. Ehtiroslarning buzg‘unchi kuchi bor. Uning yaratuvchanlik xususiyati ham bor. Ehtiros qamrab olganda, uni nimaga yo‘naltirish sizning qo‘lingizda. Oxir oqibatni o‘ylash to‘g‘ri qarorni belgilaydi.
4. «Haqiqatgo‘ylik» birovlarning haqini, nomusini toptash uchun ruxsat emas.
5. Har qanday mafkura faktlar oldida bo‘yin egishi lozim. Mafkurangizga mos faktlarni tanlab, to‘g‘ri kelmaganini tashlab yuborish g‘irromlikdir. Faktlar noyob, qimmatbahodir. Tekshirilgan narsani fakt deb atash mumkin. Yaxshi tekshirilmagan ma’lumot asosida fikr yuritadigan bo‘lsangiz, buni o‘zingiz va boshqalar oldida tan oling: taxmin, fikr, mulohaza, gipoteza shakllari samimiy muloqotga yo‘l ochadi.
6. Haqiqat haqida savol berish, uni gumon ostiga olib tadqiq etishdan hech kim to‘silmagan. Hatto farishtalar Allohdan nima uchun Odamni yerga xalifa qilinishi haqida so‘radilar.
7. Haqiqatparvarni halok qiluvchi narsa kibrdir. Iblis kibrga mubtalo bo‘lgan «haqiqatgo‘y» edi.
– Jamshid Muslimov
“Ba’zi kishilar mening da’vatlarimni eshitib, meni taraqqiyotga qarshi, rivojlanishdan uzoq inson, deyishibdi. Taajjub.
Men mashinaning o‘rniga eshak mining, samolyotni qo‘yib tuya mining, elektr tokini o‘chirib qo‘yib sham yoqing, shifoxonalarni qo‘yib sahrodagi o‘t-o‘lanlar bilan davolaning, agar sizga qarshi dushmaningiz raketa, samolyot va tanklar bilan urushsa siz ularga qarshi nayza, qilich va kamon bilan kurashing, deydigan jinniga o‘xshaymanmi?!
Yo‘q azizlar! Bu gapni faqatgina jinni aytishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasini uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrga avvalgi asrlarda Fir’avnlar, Finikiyaliklar, Xusiylar, Bobilliklar, Yunonlar va Rimliklar kabi yaqin sharq davlatlari asos solishgan.
Ikkinchi davrga esa o‘rta asrlarda musulmonlar asos solishgan. O‘rta asrlarda Yevropa zulmat, qorong‘ulik, qoloq va vahshiylik ichida edi. Ammo islom sharqida taraqqiyot va madaniyat asri boshlangan edi.
Uchinchi davrga esa hammaga ma’lum Yevropaliklar asos solishdi. Ammo biz musulmonlar bu taraqqiyotga begona emasmiz. Bu taraqqiyotning manbasi aslida bizmiz. Bunda biz sherikmiz. Ammo biz bir zamon uyquda qoldik. Karvon o‘tib ketdi. Biz makonimizni yo‘qotib qo‘ydik. Uyg‘ongach yo‘qotganimizni topish uchun yugurdik. Uyg‘onishimiz bilan biz oldin ko‘rmagan, bizga begona bo‘lgan narsalarni ko‘rdik. Darrov ikkiga bo‘lindik. Birinchi guruh u narsalarni fahmlamasdan, tushunmasdan, ajratmasdan olaverdi. Bu xato edi. Aslida dinimizdagi sobit asoslarga xilof kelmaydigan, odatlarimizga zid bo‘lmagan, bizga manfaatli bo‘lgan narsalarni olishimiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Nega endi madaniyat ne’matlarini tark qilishimiz kerak?!
Bugun bizdagi eng faqir kishi ham xalifa Abdulmalik ibn Marvondan yaxshi yashaydi. Abdulmalik ibn Marvonning tishi yemirilib kovak bo‘ldi. Undan sassiq hid chiqa boshladi. Uni davolash, plomba qo‘yish uchun shifokor topa olmadi o‘shanda. Bugun eng faqir inson ham tishi og‘risa shifokorga borib tishini davolab plomba qo‘ydirishi mumkin.
Xalifa Horun ar-Rashid Bag‘doddan Makkaga borishi uchun tuyada yoki biror hayvonda ikki oy yo‘l bosishi lozim edi. Biz esa bu masofani samolyotda ikki soatda bosib o‘tayapmiz.
Xalifa Abu Ja’far Mansur ichaklari og‘rishidan qattiq dard chekar, oddiy tabletkalarni topa olmas edi. Bizdan oddiy odam uni topib, ichaklarini virus va mikroblardan tozalashi, og‘rig‘ini qoldirishi mumkin.
Madaniyatning bu ne’matlarini tark qilishimiz kerak deb kim aytdi?! Axir Alloh taolo Qur’oni Karimda:
“Alloh o‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!“, deb ayt”, deydi-ku!
Yo‘q! Ammo biz aytamizki, garchi barcha insonlar uni taraqqiyot deb bilsada, usiz yashab bo‘lmaydi deb hisoblasada, Yevropadan bizning aqidamizni buzadigan, bizni haromga tushiradigan narsalarni olmaymiz!
– Ali Tantoviy rohimahulloh
5.7K views edited 11:04
Har qanday mustamlakachilik hikoyasidan oldin mustamlaka bo‘lishga munosib millat hikoyasi bo‘ladi.
– Molik bin Nabiy
”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №169 mutolaa uchun Markus Zusakning “Kitob o‘g‘risi” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 25-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
Ijtimoiy, siyosiy, boshqaruvga oid va oilaviy qoida.
VATAN QURTLARI
1970-yilda Kuba o‘z fuqarolarini Amerikaga ko‘chib o‘tishini man qiluvchi qonun chiqardi. Maqsad Amerika razvedkasining Kuba fuqarolaridan Kuba yetakchisi Fidel Kastroga qarshi foydalanishining oldini olish edi.
1980-yil Amerika Kubani yana tashvishga qo‘yishni maqsad qildi. Prezident Jimmi Karter Kubaliklar uchun Amerikaning quchog‘i ochiq ekanini, ularga maosh va bepul uy-joylar berishlarini aytdi.
Fidel Kastro Gavana portida 600 ta kema tayyorladi. 125 ming inson yig‘ildi. Kastro: “Kim Amerikaga ketishni xohlasa marhamat, ketaversin“, dedi.
Muhojirlarga juda ko‘p jinoyatchilar, qamalganlar qo‘shildi. Ular Amerika tomon yo‘lga chiqishdi.
Amerika muhojirlarning ko‘pligini ko‘rgach ularning istiqboliga chiqmadi. Ular bir necha hafta kishilar va dunyoning ko‘z o‘ngida dengizda qolib ketishdi. O‘nlab qarilar, yosh bolalar va ayollar vafot etishdi. Nihoyat ularni Guantanamodagi boshpanalarga joylashtirishdi.
Qizig‘i, ular ketgach Kubaning iqtisodi ko‘tarila boshladi. Savdo, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Fidel Kastro ular haqida shunday degan edi:
“Anavi qurtlar bizning ichimizda joylashib olgan Amerikaliklar edi“.
Karter o‘zining ahmoqligi sabab ko‘p tanqidlarga uchradi. Saylovda mag‘lubiyatga uchradi. Yangi prezident Reygan shunday degan edi:
“Agar muhojirlar Kubada qolishganda Kastro aniq sinar edi”.
Ibrat:
Har-bir vatanning o‘z qurtlari bo‘ladi. Ular vatanning kulfati va harob bo‘lishiga sabab bo‘lishadi. Ularning vatandan chiqib ketishi kishilarga rohatdir. Kim ketmoqchi bo‘lsa ketsin. Vatan o‘z aholisigadir! Xoinning vatani bo‘lmaydi!
_
Bu yerda oilam, yurtim kelajagi deb chetda yurganlar emas, aksincha vatanga tupurib qo‘yganlar nazarda tutilgan.
Kitob hayot darslik
26 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti
Super hayot
200 hayot darsi
Omma psixologiyasi
Atom odatlar
Tana va ruhni tarbiyalash
Tentakning tajribasi
Do’st orttirish va odamlarga ta’sir o’tkazish
O’z-o’ziga ishonch xosil qilish va omma oldida so’zlash
Chinakam ota – onalik san’ati
Super hayot
Robin Sharmaning “Super hayot” nomli kitobi ong, tana va tafakkurni takomillashtirish uchun 30 kunlik dasturni o‘z ichiga oladi hamda super hayotning siz bilmagan 200 ta siri ham shu kitobda mujassam. Aziz kitobxon, qarshingizda turgan kitob g‘oliblar uchun dasturdir. Bu dastur bilan qiziqayotganingiz va kitobni varroqlayotganingizning o‘zi sizning ko‘pchilikdan ajralib turishingizni isbot qiladi. Shu bilan birga kamolotga erishish yo‘lida o‘zingizning ong, tana fe’ l-atvoringiz ustidan g‘olib-hokim bo‘lishga qat?iy qaror borligini ko‘rsatadi. Ushbu kitobni o‘qib o‘z-o‘zingizni qayta kashf qilishingiz uchun chaqiriqni labbay deya qarshi olish va shaxsiy imkoniyatlaringiz chegarasiz ekanligini isbot qilishingiz mumkin.
200 hayot darsi
Amerikaning taniqli yozuvchi va gumanist mutafakkiri Robin Sharmaning bestseller asarlaridan biri ”200 hayot darsi” asari 3tilda yozilgan.
Omma psixologiyasi
Gustav Lebonning “Omma psixologiyasi ” asari birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan. Kitobxonlar e’tiborini bugungi kungacha yo‘qotmay kelyapti. Necha yil o‘tgan bo‘lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o‘qishadi.
Atom odatlar
Atom odatlar- aniq maqsadga oʻzingizni oldindan qanday tayyorlash haqidagi sinalgan yoʻriqnoma. Agar oʻrgangan feʼl-atvoringizni oʻzgartirish qiyin kechsa, muammo oʻzingizda emas, balki tutgan yoʻrigʻingizda. Yomon odatlar ularni oʻzgartirishni istamaganingiz uchun emas, balki notoʻgʻri oʻzgarishlarga amal qilayotganingiz uchun ham yoʻqolmaydi.
Tana va ruhni tarbiyalash
Ushbu kitob Sizni o‘zingizni anglashdek hayratlanarli yo‘ldan boshlab boradi. Norbekov tizimining xususiyatlari bilan tanishishda davom etar ekansiz, ko‘rish, eshitish qobiliyatini yaxshilash, hissiyotlarni mashq qildirish bo‘yicha va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalarga ega bo‘lasiz, ayollar esa ko‘plab muammolarga yechim topib, sezgilarining to‘laqonli tiklanishiga ko‘mak beradigan vositasiz ginekologik automassaj texnikasiga ega bo‘lishlari mumkin. Kitobda ilova qilinayotgan barcha mashqlarning bajarilishi juda oddiy va turli yoshdagi odamlarga: ayollar, bolalar, katta yoshdagilar, hatto o‘zini qariyaga chiqarib qo‘yganlarga mo‘ljallangan va bajarilishi oson. Bu mashqlar ijro etuvchiga yoshlik va salomatlik bag‘ishlovchi jozibali raqs nafosatini eslatadi.
Qiziqarli malumotlar
Kitob hayot darslik