Oydin Hojiyeva (1942)
Oydin Hojiyeva (1942)
DO`STLARGA ULASHING:
“Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1965–1976), “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri (1976–1985), “Gulxan” jurnali (1985–1994), “Saodat” jurnali (1994–2013), jurnal ilovasi “Gulchehralar” gazetasi bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi.
Oydin Hojiyeva tarjimon sifatida Sh. Petefi, A. Mitskevich, R. Kazakova, M. Dilboziy, E. Ognetsvet, Gulruxsor, M. Abulqosimova, F. Ungarsinovalarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham bir qator asarlari rus, ukrain, qozoq, qirgʻiz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillariga tarjima qilindi.
Oydin Hojiyeva ona va bola mavzusiga bogʻishlangan dolzarb maqolalari bilan ham tilga tushdi. “Ruhimizga yongʻin tushmasin”, “Meni iztirobga solar bu oʻylar”, “Millatning qaygʻusi nima?” kabi publitsistik maqolalarida mustaqillikka erishish ostonasida til masalalari, oʻzbek xotin-qizlarining ogʻir dala mehnati muammolarini dadil koʻtardi. Oʻzbekiston xotin-qizlar harakatini faollashtirishda, yoritishda jonbozlik koʻrsatdi. “Milliy va ijtimoiy barkamollik” jamgʻarmasiga rahbarlik qildi (1993–1995).
Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva fidokorona mehnatlari, mustaqillikni mustahkamlash borasidagi faoliyati, badiiy adabiyotimiz ravnaqi yoʻlidagi samarali xizmatlari uchun “El-yurt hurmati” (1999) ordeni bilan mukofotlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
Oydin Hojiyeva (1942)