Kitob mening do‘stimsan» tadbir ssenariysi

Kitob mening do‘stimsan» tadbir ssenariysi

1-BOSHLOVCHI: — Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog‘i, tafakkur xazinasi, balki insonga do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi.

Alifbe bayrami ssenariylar va ko’rgazmalar to’plami

Mazkur sahifamizda 1-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan alifbe bayrami uchun kerak bo’ladigan ssenariylar va har xil ko’rgazmalar jamlangan.

Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarimiz Alifbe bayramiga tayyorgarlik jarayonida foydalaniladigan barcha ko’rgazmalardan foydalanib yuklab olishlari mumkin.

«Kitobim-Oftobim» tadbir ssenariysi

Maktab zali bayramona bezatilgan. Mehmonlar taklif qilingan.
O’qituvchi. Salom aytamiz sizga qalbning qo’ridan,
Sizlarga joy berib qalbning to’ridan.
Og’zimizda erur ushbu bir kalom,
Xush kelibsizlar salom-assalom.
Assalomu-alaykum hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, mehribon ota-onalar.
Barcha-barchangiz “Alifbe bayramimizga” xush kelibsizlar.
Hozir bayramimizga bayram sababchilari bo’lgan jajji 1 — “G” sinf
o’quvchilarini taklif etamiz.
Marhamat bolajonlar:
O’quvchilar musiqa sadosi ostida davraga kirib kelishadi va ular tartib bilan
saflanib turadilar va O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini
kuylaydilar.
O’qituvchi: Aziz mehmonlar, bolajonlar bugungi bayramimizni ochib berish
uchun so’zni maktab direktoriga beramiz.
Shundan so’ng navbat o’quvchilarga beriladi.
1- o’quvchi: So’zimning boshi salom,
Salom eng yaxshi kalom.
2- o’quvchi: Shuning uchun avvalo,
Onajonlar assalom.
1-o’quvchi: Bizga ilm o’rgatgan,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan,
Mehribonu talabchan.
Aziz ustozlar sizga Assalomu — alaykum.
Savodxonlik bayrami
2-o’quvchi: Yaxshi o’rtoq dugona Bir-biriga parvona Mening uchun yagona
Sinfdoshlarim sizga Assalomu-alaykum
1-o’quvchi: Muborak ayyomingiz,
Dillar quvonchga to’lsin
Alifbe bayramingiz
Barchaga qutlug’ bo’lsin.
O’qituvchi: Qani menga aytingchi biz qayerda yashaymiz?
O’quvchilar: O’zbekistonda.
O’qituvchi: O’zbekiston qanaqa davlat?
O’quvchilar: Mustaqil Davlat
O’qituvchi: 2013yilda O’zbekistonning necha yilligini nishonladik?
O’quvchilar: 22 yilligini.
O’qituvchi: O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin o’zining nimalariga ega
bo’ldi.
O’quvchilar: Bayrog’i, tamg’asi, madhiyasiga. Shundan so’ng o’quvchilar
bayroq, tamg’a va madhiyani madh etib she’rlar aytishadilar.
O’zbekiston bayrog’i,
Hilpirar to’rt xil rangda.
O’zbegim madhiyasi
Yangraydi har kun tongda.
Tamg’asida baxt ramzi
Xumo qushi aks etgan.
Paxtasining dovrug’i
Butun johonga yetgan.
Bayroqdadir to’rt xil rang,
Barcha rangda ma’no bor.
Boshidan ta’riflang-chi
Bilurmisiz bolalar?
Tamg’amizda tog’lar bor,
Daryolar bor, bog’lar bor.
O’ng tomoni paxtazor,
Savodxonlik bayrami
Chap tomoni bo’g’doyzor.
Chambarakga o’ralgan,
Vodiy uzra quyosh bor.
Hurligimizning ramzi,
Humo degan qushi bor.
Erksevar O’zbekiston Madhiyangni kuylaylik Jonajon O’zbekiston.
O’qituvchi: Balli bolajonlar barchasiga ekansiz tanish.
Shundan so’ng o’quvchilar, “Vatanim-jon-Vatanim” qo’shig’ini aytishadi.
“Vatanim-jon-Vatanim”
“Vatanim-jon-Vatanim”
Ko’zim quvnab ko’rganim
Istiqloldan kulganim
O’zbekiston gulshanim.
Barcha olib bag’ringda,
Ulg’ayganman mehringdan.
“Vatanim-jon-Vatanim”
O’zbekiston gulshanim.
Sen o’xshaysan onamga,
Maqtay butun olamga
“Vatanim-jon-Vatanim”
O’zbekiston gulshanim.
O’qituvchi: Sinf o’quvchilari “O’zbekiston” haqida she’r aytishadi va
qo’llaridagi harflar bilan
“O’zbekiston” so’zini hosil qilishadi.
O’ — O’zligim topdi hur o’zbek elim
Z — Zuhraday charaqlar porloqdir yo’ling
B — Baxt qushi boshimda, maqsadim ulug’
E — Erkim o’z qo’limda niyatim qutlug’
K — Kamolot cho’qqisi nuqtamiz oxir
I — Insoniyat o’yi ezgulik, axir
S — Sadoqati iymon ish sabr-bardosh
Savodxonlik bayrami
T — Totuv yashar xalqlar yelkadosh qardosh
O — Olamni asraylik tinch bo’lsin jahon
N -Nomi tilda doston,jon O’zbekiston
O’qituvchi: Balli bolajonlar! Qani ayting-chi, O’zbekistonda Davlat tili qaysi
til?
O’quvchilar: O’zbek tili
O’quvchilar “O’zbek tili” haqida she’rlar aytishadilar.
Tilim-Davlat tilidir,
Oshdi qudrati, qadri,
Boshqa tillar ichida Tikladi chinor qaddin.
Kim axir qilmay, risand Unitar o’z tilini!
Unitar urf-odatin Tarixini elini?
Kim bag’ishlab jon-tanin,
Sevsa elin chinakam Sevsa ona Vatanin,
Sevar ona tilin ham.
Ona tilim jonu dilim,
Sening bilan biyron tilim
Ona tilim, bobo tilim
Sevar seni yurtu elim
Ona tilim, konu ilm,
Sen-la olay chuqur bilim.
O’qituvchi: Balli bolalar, Prezidentimiz 2014 yilni qanday yil deb e’lon
qildilar?
O’quvchilar: “Sog’lom bola yili”.
O’qituvchi: Rahmat bolajonlar Aziz ota-onalar Shirin-shakar bolalar, Bayram
shodlik muborak, Savodxonlik muborak!
O’quvchilar Avval kitob-varaqlab,
Suratlar axtarardim
Rasm yo’q betga ixlab
Zerikishla qarardim.
Yendi olib kitobni,
Shirillatib o’qiyman
Savodxonlik bayrami
Guyo quchib oftobni
O’zim ham she’r to’qiyman.
Bilsangiz bor bir kitob
Kitoblaming bobosi
Kitobmas guyo oftob
Yo’qdir uning bahosi
Bu bayram sababkori
Bilimlar poydevori
Ma’nosi shirin so’zi
Qani “Alifbe” o’zi
Alifbeni chaqirsak
Va unga so’zni bersak
Alifbejon kel tezroq
Do’stlaring senga muhtoj
Davraga “Alifbe kitobi” kirib keladi.
Salom aziz bolalar Chiroyli dil lolalar Bilasizlarmi meni? Birinchi Alifbeni?
Hamma bilimning boshi Bilimdonlarningjoni Meni hurmat qilsangiz
Harfimni-chi bilsangiz Seving hamma kitobni Bo’lasiz so’zsiz olim.
Alifbejon sengadir ta’zim Sen tufayli biyrondir so’zim.
Xush bolalar aytingchi, chindan Nimalarni bildingiz mendan?
Ko’p narsani kitobim
Mana eshit oftobim Chiziqchalar-chizishni O’qishni va yozishni Yasha zehnli
bola Nima o’rganding yana?
Bo’g’indan so’z tuzishni,
Hamda matn o’qishni.
Aytchi dono qiz qani,
Sen o’rganding nimani?
Topishmoqlar topishni,
Savodxonlik bayrami
She’r va maqol aytishni.
Shirin-shakar bolalar Bog’aro gul lolalar Alifboda harf nechta?
Bilsangiz ayting shartta.
6 ta unli tovush bor 23 ta undosh bor 3 tasi harf birikma 1 tasi tuluq belgi.
O’qituvchi: Navbat endi sizlarga,
Jajji o’g’il-qizlarga
Boshlab sizni keng yo’lga
Tovushlar kirsin tilga.
Harflar tilga kiradi.
A — Assalom avvalo aziz jonajon Alla aytib katta qilgan onajon.
B — Buyuk bobosi bor boshida bugun Butun el tanidi yurtimni bugun
D- Dildan deyman ona vatanim O’zbekiston-mening Vatanim
E — Elim deb, yurtim deb yashayman faqat El yurt baxti-mening baxtimdir abad
F — Fido bo’lsin bu jonim Faqat omon bo’lsin Vatanim
G — Gulla go’zal gulgun diyorim Gul maskanim O’zbekistonim
H — Hayotim hur o’lkam baxtimdir Hur o’lkam baxti deb faqat Yashayman har vaqt.
I — Ismingizdir Islom bobojon Istiqiolni bergan jonajon
J — Jaranglaydi jajji sho’x so’zim Jahon tanir bu kun ovozim.
K- Kamolingni kulib kuylayman Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.
L — Lolaman lov-lov yonar yoragim Xalqqa mehnat qilish orzu tilagim.
M — Mana men mardona mashhur makonman Siz tug’ilib o’sgan O’zbekistonman.
N — Non aziz, non ila hayotdir inson, Non ushog’in surtgin ko’zingga bolajon
O — Onak yurt onajon O’zbekistonim, Ona kabi aziz jonu jahonim.
P — Poytaxt-Toshkent porlagin yurtim Paxtaga kon makonim O’zbekistonim.
Q — Qo’limda qalamim she’r bitay sizga Onajon doston kam ta’rifingizga
R- Rahatbaxsh yurt, bir jannatmakon Rost so’zlasam bu O’zbekiston
S — Salom sevimligim serquyosh diyor Senga shirin so’zla aytaman alyor
T — To’yingga to’yona tilda dostonim 18 yoshing qutlug’ O’zbekistonim
U — Unitmayman ustozim ulkan mehringiz Umrbod yodimda har bir so’zingiz.
V- Vatanim volidam va tanda jonim Vatan ishqi bilan o’tar har onim
X — Xalqimning ovozi baland har onda Humo qushi uchar chamanda
Y — Yillar o’tib, yillar o’tibdi, Yurtim istiqlolga erishdi
Savodxonlik bayrami
Z — Zamonam zo’r, zorim yo’q eldan Zamonamni qo’llayman dildan
O’ — O’zbekiston o’z tamg’am o’z bayrog’im bor, O’zbek madhiyasi tillarda doston
G’ — G’ururla g’oliblik bayrog’i qo’lda Elimning madhiyasi jaranglar tilda
Sh — Shamolman, shamol kabi shoshaman har on Bilimlar maskani, maktabim tomon
Ch — Chamanning chiroyli guli o’zingiz, Ustozim duru gavhar har bir so’zingiz.
NG — Rahmat sizga muallim, Berdingiz bizga ta’lim
Alifbe: Bolajonlar siz mendan
Ko’p narsalar bilibsiz
Duru gavhar teribsiz
Ruxsat etti siz bilan
Hayrlashib ketaman
Do’stim o’qish kitobni
Endi taklif etaman
Hamma: Hayr Alifbejonim
Rahmat yo’llab qolamiz
Omon bo’lgin biz senga
Oq yo’l tilab qolamiz
“O’qish”, “Matematika” kitoblari kirib kelishadi.
O’quvchi: o’rin yo’q toliqishga
Kirishaylik tez ishga
Tanishaylik siz bilan
So’z beraylik o’qishga
Chorla o’qish kitobi
“O’qish” kitobi. Menman “O’qish” kitobi.
“Alifbenning o’rtog’i”
Tez va ravon o’qishni
Butunlay unitasiz
Kechikishni tashvishni
Goho kulasiz shodon
Goho o’ylab qolasiz
O’zim ustoz bilimdon
O’qib dono bo’lasiz.
Savodxonlik bayrami
Hamma: Kitobim xush kelding sen
Didim xushnid etting sen
“O’qish” kitobi. Men bir chuqur quduqman
Limmo-limdir suvlarim
Qonib qonib ichasiz
Bahoingiz 5 do’stlarim
Faqat bo’yab yuzumni
Iflos qilib qo’ymangiz
Yirtib zar varag’imni
Ko’p uyatga qo’ymangiz.
Hamma: Kitobim bo’l xotirjam
Ozor bermaymiz hech ham
O’quvchilar: “O’zbekistonim” sherini aytib beradilar.
1. “Alifbe” dan o’rin olgan
Bir kam o’ttiz harflarni
“Alla”, “Anor”, “Bahor”, “Bayroq”
Kabi oddiy gaplarni
O’qituvchi: Balli bolajonlar endi o’quvchilar ijrosida “Ustozlar” qo’shig’ini
tinglaymiz.
“Ona” haqida she’rlar tinglaymiz.
1. Dunyoga keldimu men sizni ko’rdim
Mehr bulog’idan kuch, quvvat oldim
Nomingiz ushbu kun she’rimga soldim
Munisim, mushfiqam onajonim.
2. Oromdan oz kechib bo’lib parvona
Dardimni oldingiz siz yona-yona
Olamda tengi yo’q siz-siz yagona
Munisim, mushfiqam onajonim.
Qo’shiq: “Onajon” sinf o’quvchilari ijrosida.
O’qituvchi: Balli bolajonlar. Endi tayyorlab kelgan kuy-qo’shiqlarimizni namoyish
etamiz.
Marhamat aziz mehmonlar tinglab, tomosha qiling.
Savodxonlik bayrami
Kecha so’ngida tabrik uchun so’z mehmonlarga, o’qituvchi va ota-onalarga beriladi.
O’qituvchi: Raxmat aziz mehmonlar. Kechamizga tashrif buyurganingiz uchun
tashakkur.

«Kitob mening do‘stimsan» tadbir ssenariysi

1-BOSHLOVCHI: — Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Har ishda chaqqon kichkintoylar, aziz kitobxonlar.

2-BOSHLOVCHI: — Mana bugun biz “Kitobxonlar bayrami”ga bag‘ishlab “Kitob mening do‘stimsan” tadbirini uyushtirdik. Bugungi davramizni ochiq deb e’lon qilamiz.

1-BOSHLOVCHI: — Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog‘i, tafakkur xazinasi, balki insonga do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi.

2-BOSHLOVCHI: — U yuraklarni-yuraklarga tutashtiruvchi, qalbga ajoyib nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir. Kitobga oshno bo‘lgan odam o‘z umrini chiroyli o‘tkazishga, odamlarga faqatgina yaxshilik tilashga harakat qiladi.

1-BOSHLOVCHI: — Allomalar va buyuklar ham barcha muvaffaqiyatlari, yaratgan kashfiyotlari uchun kitobdan minnatdor bo‘ladilar.

1-BOLA: — Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q, undan ortiq g‘amxo‘r yo‘q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo‘q.

2-BOLA: — Go‘zal, dono xatti-harakatdan tug‘iluvchi ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun kitobdan minnatdormiz.

3-BOLA: — Taraqqiyotning umumiy ko‘lami­da har bir xalqning o‘rni o‘sha xalq o‘gitlari, kitoblarning soni bilan belgilanadi.

4-BOLA: — Kitobsiz uy — jonsiz toshday gap.

5-BOLA: — Kitoblar xazinasi, umuman olganda, hayotning o‘ziga xos badiiy ko‘zgusidir.

Qo‘shiq. Kitob mening do‘stimsan.

Yosh o‘ynoqi ko‘zlarim,
Shuur olar kitobdan.
Tarkib topib so‘zlarim,
Baxtim kular kitobdan.

Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.
Jovon ichra joylashgan
Quyosh sochib nur-ziyo.

Har yaxshilik, har yomon,
Qat-qatida joylashgan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.

Barcha bilmas qahramon,
El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqatib,
Qonib o‘qish bir odat.

Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.

1-BOSHLOVCHI: — Darhaqiqat, kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas. U dillarni uyg‘otib munavvar etish bilan birga mavjudot sirlaridan ogoh qiladi. Yashashdan saboq beradi, qiyinchiliklarni yengish yo‘llarini, yaxshilik bilan yomonlikni, oq bilan qorani ajratishga o‘rgatadi.

2-BOSHLOVCHI: — Kitob zehnlarni charx­lab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi.

1-BOSHLOVCHI: — Kitob bayrami nur quyosh bayramidir. Kitob yolg‘izligingda hamroh, g‘amginligingda tabib bo‘ladi.

2-BOSHLOVCHI: — Barcha ilmparvar, odil podsholarning saroylari qoshida kutubxonalari bo‘lgani bejiz emas. Odamzod kitobsiz johilga aylanadi, kitob nuridan bahra olmasa, jaholat bot­qoqiga g‘arq bo‘ladi.

“Kitob” rivoyati asosida sahna ko‘rinish.

O‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kun u vazirlarini chaqirib ularga: “Dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa nima?”, — deb savol beribdi. Vazirlar saroy a’yonlaridan so‘ra­shibdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi. Birovi dunyoda eng zo‘ri qilich desa, ikkinchisi non debdi. Hamma o‘z bilganini aytibdi. Bu xabarni vazirlar podshoga yetkazishibdi. Shunda podsho ularning bu javobi noto‘g‘ri ekanligini aytibdi.
Shunda vazirlar: – Podshohi olam bizga muh­lat bering, — deyishibdi.
Podsho: – Sizlarga uch kun muhlat beraman, — debdi darg‘azab bo‘lib.
Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Undan vazirlardan birining xabari bor ekan.Vazir podshoning savollariga shu donishmand javob bera olishini bilibdi va uni izlab topibdi. Vazir unga podshoning savollarini aytibdi.
Donishmand hech ikkilanmay dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluv­chi narsa bu – kitob, – deb javob beribdi. Do­nish­mandning javobi podshoga ham ma’qul tu­shibdi.

1-BOSHLOVCHI:
— Kitob do‘sting bo‘lsin, undan bilmaganing bilib ol,
Dunyo ko‘rib olim bo‘lay desang faqat bilim ol.

2-BOSHLOVCHI:
— Kitob quyosh bo‘lsa, maktab bir jahon,
Unda kamol topar haqiqiy inson.

1-BOSHLOVCHI: — Qadimda ota-bobola­ri­miz kitobni qo‘llariga olgach, uni avval o‘pib, keyin ko‘z­lariga surtganlar. Uning bir varag‘ini ham yirtmaganlar. Har xil joylarga tashlamaganlar. Kitobni muqaddas deb bilganlar.

2-BOSHLOVCHI: — Kitob uni ko‘p o‘qigan odamga omad, quvonch olib kelishi, shub­hasiz. Odamlarning yaxshi kunlarida kitobning hissasi bor.

She’r. Kitob deydi

Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo‘lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog‘im.

1-BOSHLOVCHI: — Yana donolar fikrlariga quloq tutaylik.

1-BOLA: — Kitoblar aql farzandlari.

2-BOLA: — Kitob fikrlash qobilyatimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir. U aqliy tamballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur, quvvat.

3-BOLA: — Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘st­dir.

4-BOLA: — Biror yaxshi kitobni o‘qib o‘z xayotlarida mutlaqo yangi lavha ochgan kishilar ozmunchami?!

5-BOLA:— Goho odam kitobni o‘qib tugatganda mutlaqo o‘zgarib qoladi. Eng mag‘rur aql egalari-yu, o‘ta nazokatli shaxslar ham bu joziba qarshisida bo‘yin egadilar.

6-BOLA: — Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat ehtirom bilan qadam qo‘ymoq lozim.

7-BOLA: — Kitob yolg‘izlikka do‘st, uni o‘qish bilan odam o‘zligini anglaydi.

8-BOLA: — Yurakka tekkan birinchi kitob-bamisoli birinchi muhabbat.U kelgusida insonning butun tuyg‘ular olamini beixtiyor o‘ziga jalb etadigan jilvagar ko‘zgudir.

1-BOSHLOVCHI: — Aziz bolajonlar, kitob haqida qancha gapirsak ozlik qiladi. Biz kitobning qadriga yetib, uni asrab-avaylashimiz kerak. Kitob aql chirog‘i, kitob bebaho boylik. Kitob xazina, bilim.

2-BOSHLOVCHI: — Hurmatli ustozlar, aziz bolajonlar. Shu bilan bugungi “Kitob — mening do‘stimsan” mavzusidagi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Barchangizni kutubxonamizning faol kitobxonlari bo‘lib qolasiz, deb umid qilamiz.

Oxshash xabarlar:

  • “ Sizga ta’zim, ustozu muallim!” tadbir ssenariysi
  • Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
  • SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi
  • 8-mart xotin-qizlar tadbir ssenariysi
  • “Navro’z” bayrami tadbir ssenariysi
  • Fizika fanidan tadbir ssenariysi
  • Biologiya fanidan tadbir ssenariysi
  • 5 ta muhim tashabbus (Tadbir ssenariysi)
  • “Assalom fizika” tadbir ssenariysi. Fizika fani oyligi uchun
  • “Al-Xorazmiy buyuk matematik” tadbir ssenariysi
  • ”Vatan himoyasi muqaddas burch” nomli tadbir ssenariysi
  • “Kim bo’lsam ekan?” nomli tadbir ssenariysi
  • ‘Kasblar ko’pdir dunyoda,Men-chi men kim bo’laman’ nomli…
  • 1-Sentyabr mustaqillik tadbir ssenariysi
  • Xayr bog’cha, Salom maktab tadbir ssenariysi

Qiziqarli malumotlar
«Kitob mening do‘stimsan» tadbir ssenariysi