Ona haqida sara sherlar to‘plami

Ona haqida sara sherlar to‘plami

Nohaq qon yerda yotmas.

Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar to’plami.

Arzon bo’lsa, oluvchidan insof ketar,
Qimmat bo’lsa — sotuvchidan.

Bir xotir, ikki xotir,
Uchida urib qotir.

Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor.

Birovni qarg’asang, o’zingga urar.

Boyning gapi — o’ng,
Yo’qning gapi — to’ng.

Buzilgan uydan bulovich olma.

Vijdondan kechgan yiqilar.

Da’vogar sust bo’lsa,
Qozi muttaham bo’lar.

Da’vogaring xon bo’lsa,
Arzingni olloga ayt.

Yetim-etim demangiz,
Yetim haqin yemangiz.

Tavsiya etamiz :

Jabiga sabr chidamas.

Jallob — turgan-bitgani qallob.

Jangal o’zini bog’ aylar.

Jon berganga joy ber,
Joy beiganga jon ber.

Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Toqqa chiqmasang, do’lona qayda.

Zamonaning ozgani —
Otdan eshakning o’zgani.

Zar ham zo’rniki,
Zan ham zo’rniki.

Insof — sari baraka.

Insofi borning barakati bor.

Insofi yo’qning imoni yo’q.

Insofli oshini yer,
Insofsiz — boshini.

Ish bitdi,
Eshak loydan o’tdi.

Yiqilganni tepib o’tma, suyab o’t.

Ketmon olsang, zanglatma,
Egasini qatnatma.

Kimning moli, puli bo’lsa,
Avliyoning o’g’li shul.

Dunyo, moli bo’lmasa,
Tomni teshgan o’g’ri shul.

Kulni o’z kumochingga tortma.

Ko’mirni o’g’irlagan temirchi,
Baloga qolgan ko’mirchi.

Ko’pirsang ham, tupurma.

Ko’r bo’lsang ham, ko’mamak bo’lma.

Ko’rgan kuningni unutma,
Xom chorig’ingni quritma.

Noinsofga erk bersang, elni talar.

Noinsofni tuzkonda ko’r.

Noshukurda shukur bo’lmas,
Nonko’rda — uzr.

Nohaq qon yerda yotmas.

Odil kishi oyday,
Oqib turgan soyday.

Otang — tarozi, onang — tarozi.

Otgan qolmas baloga,
Aytgan qolar baloga.

Otdan bo’lgan o’t yeydi,
Itdan bo’lgan et yeydi.

Palla-palla — shu palla,
Adolatda — bir kalla.

Pora do’zax eshigini ochar.

Pora kanda bo’lmasa, parokanda bo’lasan.

Poraxo’r — boyimas,
O’g’ri — koyinmas.

Poraxo’r besh qo’lini og’ziga tiqar.

Poraxo’rning tavbasidan qo’rq,
Mug’ombirning — yig’isidan.

Poraxo’rning qo’li to’rtta,
Ko’zi — beshta.

Semiz — «ko’rkam»,
Boy — «chechan».

Sotuvchi sakkizga sotmaydi,
Oluvchi oltiga olmaydi.

Suv keltirgan — xor-u zor,
Ko’za sindirgan — aziz.

Tegirmon navbati bilan.

Tomosha — ko’rniki,
Zamona — zo’rniki.

Tosh qo’ygan tosh olar,
G’isht qo’ygan g’isht olar.

Tog’dagi kelib bog’dagini quvibdi.

Turkistonda qo’y bir so’m,
Kela-kela o’n bir so’m.

To’ng’izdan o’q ayama.

To’yar-to’ymas oshi,
Charchaguncha ishi.

Tavsiya etamiz :

Adolat insof va insofsizlik haqida — 2

Xatoning yo’ldoshi — jazo.

Yuribsan bu so’qmoqqa,
Chidarsan bu to’qmoqqa.

Yursang sayoq,
Yersan tayoq.

Yaxshiga ipak ilashur,
Yomonga tikan ilashur.

Yaxshiga kun yo’q,
Yomonga — balo.

Yaxshiga tinim yo’q,
Yomonga o’lim yo’q.

Yaxshiga yaxshi bo’l,
Yomonga — yomon.

O’l, desang kampirga ham yoqmas.

O’lmoqning jazosi — ko’mmoq,
Yomonning jazosi — urmoq.

O’t bergan o’tini olar,
Suv bergan — suvini.

O’tniki — o’tga,
Suvniki — suvga,
Yonga qoldi qatiqning puli.

O’qloq o’qtalganga to’qmoq o’qtal.

O’g’ri bo’l, qaroqchi bo’l, insofli bo’l.

O’g’rining uyi ko’p,
To’g’rining uyi yo’q.

Qarz, qarzni berish farz.

Qashqir tumshug’idan ilinar.

Qovunning sarasini it yer,
Olmaning sarasini — qurt.

Qo’yni ham o’z oyog’idan osarlar, echkini ham.

Har yerda xo’roz bir xil qichqirar.

Har kim fe’liga yarasha olar.

Har kim qazigan chuqurga o’zi yiqilar.

Haq joyda qaror topar.

Haq ishni xalq qo’llar.

Haq nohaq bo’lmas.

Haq egilar, nohaq sinar.

Haq egilsa ham, sinmaydi.

Haq o’z do’ppisining tagida.

Haq o’tar, haqlik yutar.
Haq — hamisha g’olib.

Haq haqqa chiqar,
Nohaqning bo’yni sinar.

Haqiqat — osmonda,
Narvoni — hamyonda.

Haqiqat o’tda ham kuymas,
Suvda ham cho’kmas.

Haqiqat qilni qirq yorar.

Haqiqatning yuzi — yorug’, qo’li — uzun.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami

Ona haqida sara sherlar to‘plami

Men sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmayman,
Tunlari charog‘on shunday shaharda,
Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,
Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman.
Mana, men ketyapman tosh yo‘lda ko‘zim,
Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos.
Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim,
Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmasman.
Tunlari charog‘on shunday shaharda,
Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman.
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha siz sog‘ bo‘ling deb,
Sog‘ingan o‘g‘lingiz – Muhammad Yusuf.

U inson siz emas onajonimdir (4 qator)

Men uni sevaman juda ham qattiq,
U ertak emas chin xaqiqatdir.
U mening borlig‘im jonajonimdir,
U inson siz emas onajonimdir.

Ahad Qayum: Ona haqida sher

Onam mehri yetib ortadi.
Mayli dunyo beshavqat bo‘lsin.
Men baxtliman ey birodarlar.
Mayli dunyo g‘azabga to‘lsin.
Onam mehri yetib ortadi.
Nima kerak, do‘stning oh-vohi.
Birkun kelib yordam so‘rasang.
Tanimasga oladi goxi.
Onam mehri yetib ortadi.
Kerak emas, soxta kalomlar.
Bir bor «o‘glim» desa yetadi.
Kerak emas, o‘zgacha nomlar.
Onam mehri yetib ortadi.
Sevganimni daldasi shartmas.
U xam birkun ortga qaytadi.
Kutmayman xam, qaytmasa qaytmas.
Onam mehri yetib ortadi.
Butun dunyo shavqat qilmasin.
Birbor boshimni silagani bas.
Mayli dushman yaram tirnasin.
Onam mehri yetib ortadi.
Ey yoronlar sizdan kutmayman.
Onam borki yuragim butun.
Ul zot borki alam yutmayman.
Onam mehri yetib ortadi.
Qolganlar bir kuni minnatlar.
Shuning uchun menga topilmas.
Onamdanda qadri qimmatlar.
Mehribon ko‘rsatma o‘zingni.
Men uchun namlama ko‘zingni.
Ey yorim, bo‘lmagin so‘zimni.
Ona mehri yetib ortadi.

Onangni rozi etsang (8 qator)

Onangni rozi etsang,
Zamon seniki.
Na zamon zaminu,
Osmon seniki.
Agar otangni xam,
Rozi eta olsang.
O‘n sakkizming olam,
Jaxon seniki.

Onam der jon bolam o‘zingni asra

Onajonlar haqida juda ajoyib sher.
Dunyo ko‘rinsa gar menga zim-ziyo,
Omad ham qilmasa bir karra qiyo,
Ko‘rinsa har nima shunchaki ro‘yo,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Do‘stlarim dushmanni ishini qilsa,
Dushmanim bildirib ortimdan kulsa,
Ikkisi bir bo‘lib pichoqlar ursa,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Tunlari ko‘zlari ilinmay kutar,
Havotir olaru, zaxarlar yutar,
Ko‘nglidan xadiklar bir pastda o‘tar,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Deydilar dunyoni ishi tinmaydi,
Ozgina tin bolam xech kim bilmaydi,
Yiqqan davlatlaring do‘stlik qilmaydi,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
Qara sochlaringa qo‘nibdi qirov,
Endi qirqqa kirdi demaydi birov,
Sog‘indim tizzamda uxlashing birrov,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!
O‘tirgin ozgina suhbat quraylik,
Mahallani biroz yayyov yuraylik,
Bir kunga tashvishni qo‘yib turaylik,
Onam der eh bolam, o‘zingni asra!
Yugur yugurlaring tugamas hecham,
Ishdan qaytguningcha tushadi kech ham,
Men uchun ehtiyot qilsa, bas egam,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Farishtam onam

Onalar haqida eng sara sherlardan biri.
Mexribon, xushzabon, ko‘ngli oppog‘im,
So‘zlari shirindur, qalbi yumshog‘im,
Dilimga g‘am qayg‘u, o‘rnashgan onim,
Ko‘nglimni ko‘targan mexribon onam,
Barchadan mexribon, farishtam onam!
Dard kelsa yengasiz, bizga bildirmay,
Bizni kuldirarsiz, o‘zingiz kulmay,
O‘zingiz u joyga, bir bora bormay,
Xoji inson bo‘l deb, duo qilganim,
Barchadan mexribon, farishtam onam!
Doimo bolam deb, nafsim deb yurdim,
Bolam baxtli bo‘l deb, yeldim, yugurdim,
Xotinim aytganin, doim shay qildim,
Tug‘ilgan kunda gul, olmagan onam,
Sabrli, qadrli, farishtam onam!
Dardingiz olayin, munis onajon,
G‘am ko‘rmang, yuzingiz kulsin onajon,
Bizning baxtimizga sog‘ bo‘ling xar on,
Ozgina dard ko‘rsam, doim parvonam,
Barchaga mexribon, farishtam onam!
Yig‘lamangiz chidolmayman, yey onam,
Siz keragim, siz munisam, farishtam,
Xizmatingiz ayting tayyorman xar dam,
Barchani ko‘ngliga, yo‘l topgan onam,
Shoxruxga mexribon farishtam onam!

Tug’ilgan kun uchun onalarga atalgan sherlar

Agar so‘rasalar jannatni mendan,
Onajonim oyog‘i ostida ana,
Bizni ulg‘aytirib barkamol qilgan,
Aziz suyanchig‘im, mexribon ona!
Muborak ayyomingiz,
Jannatim, onajonim.
Doim omon bo‘lingiz,
Suyangan mexribonim!
Ayyomingiz bilan, qutlamoq istab,
Bugun poyingizda qilamiz tazim.
Yelkamda Makkaga borsam ko‘tarib,
Shunda xam uzilmas farzandlik qarzim!
Tavallud kuningizda,
Barchamiz qarshingizda.
Muborakbod etamiz,
Sizga gullar tutamiz!
Tosh kelsa kemirib, simirib suvni,
Qiyinchiliklarni pisand qilmasdan,
Voyaga yetkazib, xozir xam bizni,
Kech qolsak, kutasiz uxlay olmasdan!
Tavallud kun muborak.
Onajonim ushbu kun.
Yo‘llaymiz Sizga tabrik,
Tazimdamiz biz bugun!
Ona ulug‘, ona muqaddas,
Ezozlamoq farzandlarga burch.
Keksaysa xam, vaqt topib bir pas,
Bizdan xabar olar, topib kuch!
Ayyom bilan qutlug‘lab,
Barcha tilaklar Sizga.
Qalbdan gulchambar qilib,
Qo‘yamiz poyingizga!

Onamga sog‘inchimni aytay desam

Ona haqida tasirli sher.
Sog‘inchimni aytay desam, so‘z qolmadi,
Yig‘lay desam daryosi bor, ko‘z qolmadi.
Bag‘r nima bilmay qoldim onajonim,
Bag‘rim kuyib yonay desam, o‘t qolmadi!
Umr o‘zin karvonida o‘tib borar,
Ammo sizsiz, dunyo go‘yo cho‘kib borar.
Kulib turgan chexrangizni Onajonim,
Topolmayin yo‘qlik meni yutib borar!
Oxlarimni yozaversam qalam yig‘lar,
Sizsizlikka qasd qilgandek, alam yig‘lar.
Xovlidagi rayxonlar xam onajonim,
Chakkangizga taqilmasdan titrab yig‘lar!
Oppoq ro‘mol taxlangancha qolib ketdi,
Bolam degan so‘zlaringiz qolib ketdi.
Osmon qoldi, zamin qoldi onajonim,
Endi diydor, qiyomatda qolib ketdi!
Boray desam vaqt etagim ushlab turar,
Bu dunyoda risq, nasiba ushlab turar.
Ikki dunyo kelisholmay onajonim,
Sizni unda, meni bunda ushlab turar!
Bir kun diydor nasib bo‘lar, ishonchim bor,
Bag‘ringizga bosh qo‘ygani, umidim bor.
Sizni biram sog‘inganman onajonim,
Sizga qancha aytolmagan gaplarim bor!
Pichirlayman o‘z-o‘zimga nedur so‘zlab,
Qo‘llarimda suratingiz turar bo‘zlab.
Shu bir parcha qog‘oz bilan onajonim,
To tonggacha dardlashaman sizni izlab!

Onajon bir sendek inson ko‘rmadim

Xech kimsa bo‘lolmay sendek birdona,
Xech kimsa turolmas sabr mardona,
Jonini berolmas takror yana yana,
Onajon bir sendek inson ko‘rmadim.

Onam jannatimdir, onam boyligim

Chidaysan bolam

Jismimni ko‘tarib turibdi tuproq,
Yerning ustidaman, yo‘q zarra nolam.
O‘zi chorlar bir kun bag‘riga, biroq,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.
Hay dunyo, o‘zingni bir pulga sotding,
Kalava topding-u, uchin yo‘qotding.
Men kabi oxiri g‘aflatda qotding,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.
Inson ezgulikdan topgay farog‘at,
Nima zarur unga zulmu qabohat.
Kimdir urishtirib, qilgaydir rohat,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.
Yerni ham, ko‘kni ham ayladim tavof,
Lekin hech biridan chiqmadi javob.
Bo‘g‘zimda Nega?, deb qotdi bir xitob,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.
Dunyoga boqmadim men aslo yovdek,
Goho to‘ssa hamki yo‘limni g‘ovdek.
Har holda, gaplashdik ikki soqovdek,
Mensiz qolganingda chidaysan, bolam.

Abdulla Oripov sheri: Onajon

Necha kunki yo‘q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo‘llarida oq elpig‘ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko‘zlarida hayajon.
Yotar payting bo‘ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Fig‘onimdan chiqar dud.
Yig‘lama, deb qo‘llarimga
Tutqazarlar so‘ng tobut.
Tongda ruhsiz ko‘z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir o‘zing der eding-ku,
Silab o‘ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o‘zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag‘rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo‘lmay har kim
Yoshab o‘tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o‘tsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.

Onang mehmon, otang omonat

Mast etmasin olqishlar zo‘ri,
Uzun-kalta xushtaklar jo‘ri.
Arslonmisan yo oqsoq bo‘ri,
Onang mexmon, otang omonat.
Yuzda ajin, soch oq, xasta xol,
Turmush yuki dasti qaddi dol.
Allasi xush, topgani xalol,
Onang mexmon, otang omonat.
Kuzak kelib, ko‘klami ketgan,
Xech kam bo‘lmas qadriga yetgan.
Tomchi suvni sendek er etgan,
Onang mexmon, otang omonat.
Yuz ranjingga bilmas bir araz,
Sen xaqingda qilmas shum faraz.
Mexri tekin, tengsiz, beg‘araz,
Onang mexmon, otang omonat.
Chigal-chalkash dunyo shaxmati,
Kimda xuzur, kimda zaxmati.
Bil duosi Xaqning raxmati,
Onang mexmon, otang omonat.
Sen bazmda bedor qo‘sh tuni,
Ko‘nglini ol nasib xar kuni.
Qaytar dunyo deydilar buni,
Onang mexmon, otang omonat.
Do‘st topilar xar xolat, xar yosh,
Juftu-bandlar omon bo‘lsa bosh.
Xech topilmas ser sabr, ser dosh,
Onang mexmon, otang omonat.
Otasizlik alam bu, bu dard,
Onasizlik yuvsa ketmas gard.
Ikki dunyo siring sotmas mard,
Onang mexmon, otang omonat.
Dunyo makkor, aldamchi omad,
Tuproq tuproq bo‘lguvchi qomad.
Sen etgan G‘ulomjon Normat,
Onang mexmon, otang omonat.
Kerak emas qarsaklar zo‘ri,
Zal titratar xushtaklar jo‘ri.
Arslonmanmi yo oddiy bo‘ri,
Onam mexmon, otam omonat.

Dunyolarni dunyo qilgan ona emasmi

Dunyolarni dunyo qilgan ona emasmi.
Alisherni shoir qilgan ona emasmi.
Uzun yo‘llar yurib xoldan toysada.
Charchamadim bolam degan ona emasmi.

Onajonim qarib boryapti

Ayriliqning qilichi o‘tkir,
Qo‘rquv yuragimni yoryapti.
Tan olishlik naqadar og‘ir,
Onajonim qarib boryapti.
Qayg‘ulardan yuzim yorishmas,
Insonki tuproqqa qorishmas.
Manim xamon ishim yurishmas,
Onam esa qarib boryapti.
Onamning bilmayman men jinni,
Dardi ko‘pmi yoxud ajini.
Alam qatl qilyapti meni,
Onam esa qarib boryapti.
Men nixolman aqlim karaxtdir,
Doood volidam keksa daraxtdir.
Bu yuragim g‘amga poytaxtdir,
Onam esa qarib boryapti.
Ukamdan ayrildim chidadim,
Otamdan ayrildim yig‘ladim.
Xammasidan to‘ydim charchadim,
Onam esa qarib boryapti.
Bo‘ylaridan o‘zmishdir bo‘yim,
Sher xaqida xayolim o‘yim.
Shoshmayapman qilmoqqa to‘yim,
Onam esa qarib boryapti.
Tashlandiq cherkovdek xarobman,
Qadaxdan to‘kilgan sharobman.
Bulut yuzin to‘sgan oftobman,
Onam esa qarib boryapti.
Yallo qilayapman xorijda,
Bir kun London bir kun Parijda.
E, vox meni tuqqan farishta,
Onam esa qarib boryapti.
Jon volidam bamisli Orol-
Dengizidek qurib boryapti.
Anduxlarga bo‘lmishman karol,
Onajonim qarib boryapti.

Bag‘rimda ummon qalbimda raxmon

Bag‘rimda ummon qalbimda raxmon,
Yig‘lasa qo‘shilib yig‘laydi osmon.
Baxtimga doim bo‘lsin sog‘-omon,
Dunyoda yagona mexribon onam.

Onang kelsa mexir bilan

Onang kelsa yo‘llarini,
Mexir bilan kutib olgin,
Taob qilib qullarini,
Duosini olib qolgin.
Dunyolikka ko‘ngil boylab,
Kutdirmagin yilu oylab,
Yuragiga quvonch joylab,
Duosini olib qolgin.
Ajal mag‘lub etmasidan,
Bu dunyodan o‘tmasidan,
Fursat qo‘ldan ketmasidan,
Duosini olib qolgin.
Xech bo‘lmasa yilu oyda,
Umrin tila pana joyda,
Bu yurushdan yo‘qdir foyda,
Duosini olib qolgin.
Eng nozanin gul xam so‘lar,
Ertami kech xamma o‘lar,
Oxiratda kerak bo‘lar,
Duosini olib qolgin.
Yarasiga zaxar sepib,
Yiqilganni o‘tma tepib,
Onajoning poyin o‘pib,
Duosini olib qolgin.

Ona diydoringiz naqadar yaxshi

Ona diydoringiz naqadar yaxshi,
Ona so‘zlaringiz biram yoqimli.
Mexr quyoshingiz olamning naqshi,
Men sizla baxtliman, judayam baxtli.
G‘am emas erishib bo‘lmas orzular,
Meni sevmasalar qilmaydi alam.
Dilimni cho‘ktira olmaydi bular,
Axir mexribonim yonimda onam.
Qancha mexr mavjud menda bilmayman,
Ammo bilganim shu bari siz uchun.
Men sizni xammadan yaxshi ko‘raman,
Bundan ortig‘iga yetmaydi kuchim.
Men qancha qilsam xam xizmatingizni,
Qarzimni uzmoqqa yetmas xayotim.
Adog‘i ko‘rinmas ximmatingizni,
Siz mening borlig‘im, sizsiz bayotim…
Sizni ta’riflashga ojiz tilimdan,
She’r bo‘lib qog‘ozga uchdi shu so‘zlar.
Men faqat xoxlayman shuni dilimdan,
Xamisha sevinsin sizdagi ko‘zlar.
Sizni tarbiyangiz bizga bo‘lgan jo,
Sizni duoyingiz madadkor doim.
Takror qilayapman sendan iltijo,
Onamni panoxda asra Xudoyim.

Onajonim yonida edim

Savol bermang, qayda eding deb,
Yuragimni ezmang xadeb,
Qo‘ymay deya, yolg‘izlatib,
Onajonim yonida edim.
Tebratdilar belanchakda,
Bir qo‘li tandir o‘choqda,
Yetti bola bir quchoqda,
Onajonim yonida edim.
Yolg‘iz qo‘ymas edi xech xam,
Farzandlarin Mushfik onam,
Qanday yolg‘iz qo‘yay men xam,
Onajonim yonida edim.
Parvona bo‘lib bizga onam,
Chekdi tashvish, chekdilar g‘am,
Nechun, endi bo‘lmay, xamdam,
Onajonim, yonida edim.
Tikan kirsa qo‘limizga,
Ox, tortgan, yosh olib ko‘zga,
Quvonchi yo‘q bizdan o‘zga,
Onajonim yonida edim.
Dardimizga dardman bo‘lib,
Nochora bir gulday so‘lib,
Ketdilar gul yetim qilib,
Onajonim yonida edim.

Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun

Bu dunyoda mexr oqibat ustun,
Musofir yurtlarda yurganing uchun.
Sog‘inib intizor kutib turganda,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?
Xar zum xavotirda soatga qarab,
Xar kun duosida olmading so‘rab.
Goxida pinxona sog‘insa yiglab,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?
O‘zing uchun yelib, baxtingni topding,
Do‘stu oshnolarga vaqtingni topding,
Shu kunlarga yetib qadringni topding,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?
Nogaxon bolanga bir ozor yetsa,
Ko‘zinga dunyo tor, kuning bo‘lar tun,
Sen deb tunlari beorom o‘tsa,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?
Onasi qololmay darddan qutqarib,
Mozorga borarlar gullar ko‘tarib,
Mexrga zor bo‘lib qolibdi qarib,
Onanga qo‘ng‘iroq qildingmi bugun?
Mana shu kunlarda bir o‘ylab ko‘rgin,
O‘zing uchun olding qancha zo‘r kiyim,
Aytgin onang uchun ne qilding do‘stim,
Bir marta qo‘ng‘iroq qildingmi bugun!

Mexribonim onajon

Saxar turib ertalab,
Tandirga o‘tin qalab,
Yopardilar issiq, non,
Mexribonim onajon.
Dilimdagin topardi,
Sutli patir yopardi,
Kunlar shunday o‘tardi,
Onam yopgan nonni sog‘indim.
Osh qilardi til yorar,
Sog‘inchim ortib borar,
Ko‘zi xar kun yo‘l qarar,
Onam yopgan nonni sog‘indim.
O‘zga yurtni makon qilib,
Uy qadrini endi bilib,
Yolg‘ondan yuramiz kulib,
Onam yopgan nonni sog‘indim.
Ba’zan ko‘zlar yoshlanar,
Peshona-chi? Mushlanar,
Balki xayot endi boshlanar,
Onam yopgan nonni sog‘indim.
Yuramiz sanab kunlar,
Uyqu yo‘q, bedor tunlar,
O‘tib ketar oy yillar,
Onam yopgan nonni sog‘indim.
Nasb uyga qaytamiz,
Bu kunlarni kutamiz,
Shu so‘zlarni aytamiz,
Onam yopgan nonni sog‘indim.

Mening Onam dunyodir

Ona haqida 8 qator sher.

Mening Onam dunyodir,
Mexr to‘la daryodir.
Zimistonda yo‘limga,
Nur to‘shagan ziyodir.
Mening Onam bir daraxt,
Jannat poyidagi taxt.
Bu o‘tkinchi olamda,
Onam omad Onam baxt.

Gul bilan bezanib turmasin xonam

Gul bilan bezanib turmasin xonam,
Mayli yomg‘ir bo‘lsin, mayli qor bo‘lsin.
Otamning baxtiga sog‘ bo‘lsin onam,
Onamning baxtiga otam sog‘ bo‘lsin!

Yuragimga yaqin durdonam onam

Yuragimga yaqin durdonam onam!
Asrab avaylagan yagonam onam!
O‘ziga sevdirib o‘rgatib qo‘yib!
Endi tashlab ketmang yagonam onam!

Boylik armon bo‘lsa xam

Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash

Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash,
Xam egilsa, bu egilmas bosh,
Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu xolimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar onam yig‘laydi,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydi!

Dadam bor mening

Bolasi deb ishlab tolmagan,
Yo‘lim kutgan odam bor mening.
Sog‘inganin ayta olmagan,
G‘ururi tog‘ dadam bor mening!

Onam bor mening

Azobda xam gerdayib turgan,
Tikan to‘la tanam bor mening.
Olis qishlog‘imda entikib kutgan,
Bir mushtipar onam bor mening!

Onam ko‘zimga nur

Onam ko‘zimga nur yo‘limga ziyo,
Onam buyuk siymoyu farishta go‘yo.
Men uchun qo‘l ochib qilganda duo,
Jannatlarga aylanar men uchun dunyo!

Faqatgina onam

Faqatgina onam qadrim bilarkan.
Faqatgina onam dardim olarkan.
Oyog‘imdan chalsa do‘stu-dushmanim.
Faqatgina onam dildan yig‘larkan.

Ona qarang, quyosh qovog‘ini solyabdi

Ona qarang, bugun quyosh qovog‘ini solyabdi.
Olisda-ku o‘zi ammo, ko‘z nurimni olyabdi.
U xam bildi musofirda sizdan olis yurganim.
Onam deb tunda yotib, onam deya turganim.
Nima qilay, yigitmanda, o‘z tishimni tirgayman.
Xayolimda xarkun uyga, gul ko‘tarib kirgayman.
Xar faslda, xar xil sog‘inch, bardoshimni sinaydi.
Sog‘inch o‘lgur yomon narsa, juda meni qiynaydi.
Shukur deyman Olloximga, shu tuyg‘uni berganga.
Nima yetsin ona risqin, xalol topib terganga.
Sabr deyman ibodatda, duoga ochib qo‘lim.
Xech yopmasin bu dunyoda Olloxim mening yo‘lim.
Ona aytay, xatto oy xam bugun g‘ashi kelmoqda.
Sizni maqtab she’rlar yozsam, mendan nurin olmoqda.
Xaqiqatga oy xam onam, xo‘p degisi kelmaydi.
Undan boshqa necha oy bor, nodon shuni bilmaydi.
O‘zga yurtda davlat bersin, lekin sizga qaytaman.
Ko‘ringuvchi farishtamsiz, bor ovozda aytaman.
Mana onam yana she’rda, sizni yeslab ovundim.
Qirg‘og‘i yo‘q sabri daryo, sizni juda sog‘indim!

Otam va Onamdan ayirma hayot

Zamonlar aylanish charxin yo‘qotsa.
Yaxshiga yomonlar tinmay tosh otsa.
Kiprikda yoshlar xam artilmay qotsa.
Sabrimning kosasin to‘ldirma xayot.
Otam va Onamdan ayirma hayot.

Bolam deb nigoxi g‘unchadek so‘lgan

Bolam deb nigoxi g‘unchadek so‘lgan,
Og‘ir sinovlarda ne bo‘lsa bo‘lgan.
Yuzi qayg‘ursada ko‘zlari kulgan,
Jannat xidi kelgan rayxonim Onam!

Onajon yoningizga borayapman

Ona, dunyo tashvishidan xorib qoldim,
Vaqt xukmiga chidolmay gox, nolib qoldim.
Mana bugun, sizni yodga olib qoldim,
Umrim mezon, menchi o‘yga tolayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!
Men baxtliman bag‘ringizda onam faqat,
Dalli dunyo bo‘lsa xamki xo‘p beshafqat,
Osmon olis, zamin zarang, anqodir baxt,
Guvalakdek, uvalanib, nurayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!
Ko‘kka qo‘lim cho‘zsam qo‘lim yetmayapti,
Yugursamda, sizga yo‘lim yetmayapdi.
Sizsiz xatto, qultum suv xam o‘tmayapti,
Diydoringiz olovida yonayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!
Sizsiz menga bu dunyoni zavqi nima?
Sizsiz kelgan shodligiyu, shavqi nima?
Tashvishlarim, to‘siq bo‘lmang, siz yo‘lima.
Ona, sizsiz yaproq kabi so‘layapman,
Mexr istab, yoningizga borayapman!
Dil qatiga olis damlar xissin solib,
Umringizni Xaqdan so‘ray ming yolvorib,
Sitamlardan sitilgan bir jonim olib,
Jannatdayin bag‘ringizni qumsayapman,
Kuting, Ona, yoningizga borayapman!

Otam bilan Onamni asragin Olloh

Ona haqida qisqa (4 qatorlik) sherlar to’plami.Egilmasin otamning mag‘rur boshlari.
Oqmasin onamning ko‘zdan yoshlari.
Iltimos faqatgina o‘zing bo‘l panox.
Otam bilan onamni asragin Olloh.

Olloh bergan uzoq umrni ko‘ring

Olloh bergan uzoq umrni ko‘ring,
Bolam deb jonini talashgan onam.
Dunyo turgunicha yonimda turing,
Boshiga ro‘mollar yarashgan onam.

Yoningizdan jilmay

Yoningizdan jilmay, quvonchga to‘lib,
Dunyolarga sig‘may, qiyqirib, kulib,
Bir zumga bo‘lsa-da, yosh bola bo‘lib,
Orqangizdan yurgim keldi, onajon.

Onamdir dunyoda eng xolis ko‘zgu

Ona haqida 4 qator (qisqa) sherlar.
Onamdir dunyoda eng xolis ko‘zgu,
Qolgani yolg‘ondir shirin aldamlar.
Shu paytgacha yashap anglaganim shu,
Onamdan boshqasi oddiy odamlar.

Ona va farzand suxbati

– O‘g‘lim, agar mening ko‘zlarim nurini yo‘qotsa, nima qilasan?
– Sizni yurtimizdagi eng yaxshi shifoxonoga olib boraman, onajon.
– Agar meni u yerda davolay olishmasa-chi, bolam?
– U xolda sizni dunyodagi eng yaxshi shifoxonaga olib boraman, onajon.
– Ular xam meni davolay olishmasa-chi, o‘g‘lim?
– U xolda sizga umr bo‘yi g‘amxo‘rlik qilaman, onajon.
– Seni yaxshi ko‘raman, raxmat, bolajonim!
– Agar meni ko‘zlarim nurini yo‘qotsa, nima qilardingiz, onajon?
– Senga ko‘zlarimni berardim, bolam.

Ona bor dunyoda yashash boshqacha

Ona bor dunyoda yashash boshqacha.
Onani tarifiyu mexri boshqacha.
To‘lsa xamki xatto to‘qson yoshgacha.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Yashaydi onamiz bizlarni o‘ylab.
Tunu kun Hudodan baxtimiz so‘rab.
Onasiz qolganlar to‘ymaydi yig‘lab.
Ona bor dunyoda yashash boshqacha.
Odamda martaba obro‘ bo‘lsa xam.
Qo‘lida millionlab puli bo‘lsa xam.
Yonida otasi xayot bo‘lsa xam.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Onalar doimo xurmatda bo‘lsin.
Farzandin baxtini albatta ko‘rsin.
Yetimlik dardini azobi ko‘rsin.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Yetimlik dardini yetim biladi.
Uning bu dunyosi bir kam bo‘ladi.
O‘zidan o‘tkanin o‘zi biladi.
Ona bor dunyoda yashash boshqacha.
Onangiz umriga umr tilayman.
Bir umr tugalmas baxtni tilayman.
Onasi yo‘qlardan uzur so‘rayman.
Ona bor xayotda yashash boshqacha.
Onam bor Ollohga shukur qilaman.
Ularga ming bora tazim qilaman!

Jannatginam onajon

Men jannatni orzu qilsam orzularim ushalgan.
Armon mendan begonadir, baxt yo‘limga to‘shalgan.
Nurga to‘la koshonadir, onalar bor xonodon.
Men baxtliman, yonimdasiz. Jannatginam onajon.

Onam qani demagan bormi

Ona faryodi

Ona haqida uzun (11 kuflet) sher.
Tor qornimda to‘qqiz oy yashab.
Va tug‘ulding guldayin yashnab.
Bugun esa ko‘zlarim yoshlab.
Oqibating shumidi bolam?
Ko‘zim yoshlab, yuragim dog‘lab.
Xijronlarga vujudim bog‘lab.
Mexribonlik uyiga joylab.
Oqibating shumidi bolam?
O‘z-o‘zimni so‘roqlab pinxon.
Deyman qayda adashdim, qachon?
Ko‘zlarimda yosh marjon-marjon.
Oqibating shumidi bolam?
Bo‘lsin debon quvvat xamda qut.
Ko‘krak tutib bergandim-ku sut.
Naxot bari bo‘ldimi unut.
Oqibating shumidi bolam?
Alla aytib boshing silardim.
Yaratgandan baxting tilardim.
Faqat mexring umid qilardim.
Oqibating shumidi bolam?
Otangdan so‘ng tul bo‘lib qoldim.
Parvarishsiz gul bo‘lib qoldim.
Ichim yonib qul bo‘lib qoldim.
Oqibating shumidi bolam?
Ko‘zga yaqin bo‘ldi deb bolam.
Tuf-tuf derdim, ortingdan xar dam.
Dod, men uchun tor bo‘ldi olam.
Oqibating shumidi bolam?
Mexribonlik uyi-mexrli.
Men kabilar bunda qadrli.
Diydang buncha qattiq qaxrli.
Oqibating shumidi bolam?
Mayli meni olib ketmagin.
Men-la o‘zing abgor etmagin.
Faqat bitta iltimosim bor.
Bolajonim, kel rad etmagin.
Bu yer yozda issiq bo‘larkan,
Kondisioner kerak bo‘larkan.
Puling ko‘p-ku, xamma xonaga.
Kondisioner qo‘ysang bo‘larkan.
Men-ku o‘rganib qoldim xozir.
Biroq bolam, sen sal besabr.
Sen xam bir kun, kelasan axir.
Oqibating shu yerdir bolam.

Musofir O‘g‘lingiz sog‘indi ona

Begona yurtlarda farishta yuzni.
Tushda xam ko‘rmadim xatto bir bora.
Xar kungidan ko‘proq, xar kuni sizni.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.
Ishdan kelganimda sovuq devorlar.
Go‘yoki «uf» tortib tirishib chorlar.
Qo‘limda qalamim, dilimda zorlar.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.
Qiynalaman aytmoq uchun bu so‘zni.
Uyalaman yoshga bermoqqa ko‘zni.
Lek tong saxar yopgan nonlaringizni.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.
Taqdirda bor ekan deya yuribman.
Shu bilan o‘zimni aldab turibman.
Kunda ming xil bo‘lib yashab yuribman.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.

Shaxar nurga to‘la, ichim bechiroq.
Chunki men onamdan olisman, uzoq.
Sizni xar kun, xar on xammadan ko‘proq.
Musofir o‘g‘lingiz sog‘indi ona.

Kechiring ona

Nozik qo‘lingizda gulmas qadoqlar.
Mendan topganingiz faqat g‘amxona.
Men sabab sochingiz bosibdi oqlar.
Farzand bo‘lolmadim kechiring ona.

Andisha va andishasizlik haqida maqollar

Beobro’ bilan bel bog’lama,
Bekorga qadring ketar.

Bir pul berib yig’latdim,
Ming pul berib yupatdim.

Birov burab gapirar,
Birov qarab gapirar.

Borar yeringga tosh otma.

Bo’rini ayasang, seni talar.

Gado arazlasa, to’rvasiga ziyon.

Yetimni siylasang, chorig’i bilan to’rga chiqar.

Jag’ingga yem berma.

Jinni jinnihgin bilmas.

Yiqilgan kurashga to’ymas.

Ko’ngil tortmas yerga oyoq tortmas.

Lo’lidan bek chiqsa, chodiriga o’t qo’yar.

Lo’lidan botir chiqsa, avval o’z chodirini chopar.

Lo’lidan savdo qildim,
Boshimga g’avg’o qildim.

Martaba tegdi hundiga,
Betini yuvdi yundiga.

Mevani po’sti saqlar.

Oldin pichoqni o’zingga ur,
Og’rimasa, birovga ur.

Oldingga osh tortsa, otasining xunidan kech.

Otang to’ng’iz bo’lsa, boylab boq.

Oshgan bo’lsang, osarlar,
Yuvvosh bo’lsang, bosarlar.

Oshnangdan tuya so’ra,
Uyalsa, biya berar.

Pashshaning mahmadanasi axlatga qo’nar.

Puli ko’pning ko’zi ko’r.

Rajab tulki qorovul bo’ldi,
Xotini erovul bo’ldi.

Rajab tulki tegirmonchi bo’ldi,
Xotini o’maronchi bo’ldi.

Sen birovdan kulma,
Senga ham kulguvchilar bor.

Surlik xo’rlik keltirar.

Sutsiz sigir suzag’on kelar.

So’zlasam, shaq-shaq deydi,
So’zlamasam, ahmoq deydi.

So’zli shallaqidan so’zsiz pismiq yomon.

Tavakkal andisha bilmas.

Tavakkal — nor, andisha — xor.

Tanbalga kunda to’y.

Tepsa — tebranmas bo’lma.

Tuzini yeb, tuzlig’iga tupurma.

Turkman to’rini bermas.

Tuyaning dumi kalta bo’lsa ham, tulkidan dum so’ramas.

To’yda to’ningni qistama.

Urishqoq xotin bor qishloqqa qo’riqchining hojati yo’q.

Uyalmagan baxshi bo’lar,
Erinmagan — eshikchi.

Uyalmagan buyurmagan oshni yer.

Uyalmasning hazi ko’p.

Uyati yo’q o’g’il yomon,
Qilig’i buzuq qiz yomon.

UyatUga — uch kun hayit,
Uyatsizga — har kun hayit.

Xotin erka bo’lsa,
Eriga serka bo’lar.

Xotin g’ayratli bo’lib, qozon qaynatmas,
Qozon qaynatsa ham, cho’mich o’ynatmas.

Xotining oltinga o’ch bo’lsa,
Zargarga o’ynash bo’lar.

Shaltoq bo’lsang ham, shilqim bo’lma.

Shaltoqdan shilqim yomon.

Er yursa, yo’li ochilar,
Xotin yursa, yuzi ochilar.

Eri eshikdan chiqsa, xotin teshikdan chiqar.

Etak ko’tarib, el oldiga chiqar bo’lma.

Echkini yo’qlasang, qulog’i ko’rinar.

Eshak semirsa, egasini tepar,
It semirsa, egasini qopar.

Yuz qizili ketar,
Yuz xijili ketmas.

Yuzi qattiq nasib etmaganni yer.

Yuzi qizilni uyaltirib bo’lmas.

Yuzsiz xotin — tuzsiz xotin.

Yuzsiz, yuzsizning so’zi — tuzsiz.

Yalangoyoqqa daryoning ikki tomoni ham bir.

Yalang’och suvdan toymas.

O’rdak o’zini g’oz sanar,
Chumchuq o’zini boz sanar.

O’rik o’rikni ko’rib ola bo’ladi,
Odam odamni ko’rib balo bo’ladi.

Qamish suvdan to’ymas,
Yomon xotin — to’ydan.

Qiliqsiz bilan ishtonsiz — ikkisi bab-baravar.

Husn — so’zda, uyat — ko’zda. i qil�r �X0i qilma.

Mullaning sallasi oq,
Yuragi — qora.

Mullaning saxiyligi — tilida.

Mullaning semizidan qo’rq,
Tabibning — orig’idan.

Mullaning qorni ochsa, nomozi tugar.

Mullasi ko’p elning to’qlisi haromga chiqar.

Muttahamdan gap so’rasang, berasi ko’p,
To’radan gap so’rasang, ertasi ko’p.

«Nun» — mullaga chanoq un.

Odamning buzug’i ham qozi,
Buzg’unchisi ham.

Odamning to’rasi xushmas,
Otdan tushsa ham, egardan tushmas.

Oy botsa ham, boy yotmas.

Oy chiqsa ham, boyga chiqsin,
Kun chiqsa ham, boyga chiqsin.

«01ing-oling» deganda,
Haromi yo’q eshonning.

«Bering-bering» deganda,
Oromi yo’q eshonning.

Olio berganni mullo bermas.

Og’zi qiyshiq bo’lsa ham,
Boyning o’g’li gapirsin.

Pirim,
Pirimda qoldi bir mirim.

Piringning ham piri bor.

Podsho zolim bo’lsa, yurt to’zar,
Podsho odil bo’lsa, yurt o’zar.

Podsho taxtidan toysa,
Vaziri gado bo’lar.

Podsho fuqaro bilan podsho.

Podshoning kuragi uzun.

Podshoning qo’ltig’i keng.

Podshoning holi tang bo’lsa,
Gadoni axtarar.
Gadoning holi tang bo’lsa,
Xudoni axtarar.

Savodsiz mullaning sallasi katta.

Sallaga boqma, kallaga boq.

So’fi kavush o’g’irlar,
Eski choponni o’g’ri qilar.

So’fi so’g’on yer,
Topilsa, yo’g’on yer.

Taassub qilma boyga,
Keting tegadi loyga.

Tekin sharobni qozi ham ichar.

Tuyaning dumi yerga tegar,
Xo’janing qizi erga tegar.

To’raga ishing tushsa, chaynamay yutar.

To’g’ri gap eshon-u qoziga yoqmas.

Xon bor yerda qon bor.

Xon boqdi — xudo boqdi.

Xon ko’p bo’lsa, yov ko’p bo’lar,
Bek ko’p bo’lsa, dov ko’p bo’lar.

Xon odillik qilmasa,
Xonumondan ayrilar.

Boy xayrlik qilmasa,
Bor molidan ayrilar.

Xon xonga yig’lar,
Xon — xotiniga.

Xon xondan qo’rqar,
Xon — xotinidan.

Xon qoshida qorang bo’lsa,
Qora kemang qirda yurar.

Xonni odil dedilar,
Xonumondan ayrildik.

Boyni xayrh dedilar,
Bor-u yo’qdan ayrildik.

Xo’ja, mulla el buzar,
Cho’p-chor yer buzar.

Xo’ja ochdan o’lar,
To’ra — tomoqdan.

Xo’jadan qiz ohsh —
Patirdan qil olish.

Xo’jam dedim, belim sindi,
Belimgina emas, qo’lim sindi.

Xo’jamning qorni to’q,
Quli bilan ishi yo’q.

Xo’janing aqli tushdan keyin kirar.

Chorakor choraklab olar,
Boy akam — botmonlab.

Shariatda sharm yo’q.

Shariatning yo’li ko’p.

Erkin qo’ysang xo’jani,
Yotib ichar go’jani.

Eshak Makkaga borib hoji bo’lmas.

Yangi boyda tinim yo’q,
Eski boyda — uyqu.

Yantoqning yog’i yo’q,
Qozi, eshonning — sog’i.

O’ynashmagin amir bilan,
Amir urar temir bilan.

O’ynashmagin arbob bilan,
Arbob urar har bob bilan.

O’lanli yerda ho’kiz semirar,
O’limli yerda — mulla.

O’likning ko’zidan yosh chiqmas,
Eshonning uyidan osh chiqmas.

Qiyshiq arava yo’l buzar,
Qozi, mulla el buzar.

Qing’ir og’iz bo’lsa ham,
Boyning qizi er tanlar.

Qozi rishvasiz bo’lmas.

Qoziga bora berma, pora ber.

Qoziga borsang, qozi pulini tugib bor.

Qor boshiga qor yetar,
Xon boshiga xon yetar.

Qor yog’di deb sevinma,
Ayozlari bor.
Xo’ja keldi deb sevinma,
Niyozlari bor.
Qor yog’di deb suyunma,
Qirovlari bor.
So’fi keldi deb suyunma,
So’rovlari bor.

Qulluq qilsang to’raga,
Yiqilasan o’raga.

Qulni qui desang, o’lgisi kelar,
Bekni bek desang, kulgisi kelar.

Qo’ziqorin go’sht bo’lmas,
Domla-imom — do’st.

Qo’l qo’lni bilar,
Shariat — yo’lni.

Hayvon o’lsa, qarg’a shod,
Odam o’lsa, mulla shod.

Hamma hamma bilan,
Mulla g’umma bilan.

Hokim bo’lsang, xalqni bil.

Holingni hokimga ayt,
Bor-yo’g’ingni tashlab ket.

 

Qiziqarli malumotlar
Ona haqida sara sherlar to‘plami