1-sinfga elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tish: shoshiling, 7 kun qoldi

1-sinfga elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tish: shoshiling, 7 kun qoldi

So‘ngra, sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymati yozilib, “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosiladi.

Chet tili imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali, ya’ni my.dtm.uz saytiga kirilganda dastlab “Tizimga kirish” oynasi ochiladi.

Oldin ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar telefon raqami va parolini kiritgan holda “Kirish” tugmasini bosib, tizimga kirishi va undan foydalanishi mumkin.

1.Ro‘yxatdan o‘tish

Tizimdan birinchi marta foydalanayotganlar esa ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Buning uchun “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasi bosiladi.

Mazkur oynaga telefon raqam va parol (foydalauvchi tomonidan o‘ylab topilgan ixtiyoriy parol) yoziladi.

So‘ngra, sahifada keltirilgan arifmetik ifodaning qiymati yozilib, “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosiladi.

Telefon raqamini tasdiqlash uchun tizimga kiritilgan telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.

Tasdiqlash oynasiga SMS-xabarda yuborilgan 5 xonali raqam kiritiladi hamda “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

“Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limiga jismoniy shaxsni shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi, pasport raqami va millati kiritiladi va qonun doirasida ma’lumotlardan foydalanishga rozilik bildirilib, “Saqlash” tugmasi bosiladi.

“Doimiy yashash manzili” bo‘limidan viloyat va tuman (shahar) tanlanib, to‘liq manzil yoziladi. So‘ngra, “Saqlash” tugmasi bosiladi.

“Umumta’lim muassasasi” bo‘limiga foydalanuvchi tamomlagan ta’lim muassasasi ma’lumotlari kiritiladi va “Saqlash” tugmasi bosiladi.

Agar talabgor ta’lim muassasasini tamomlamagan bo‘lsa, “Yopish” tugmasini bosib, mazkur bo‘limni to‘ldirmasligi mumkin.

Shundan so‘ng, talabgor my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi.

2.Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinoviga onlayn ariza berish

Endi chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovi (xalq tilida CEFR) uchun ro‘yxatdan o‘tishni ko‘rib chiqamiz.

Buning uchun bosh sahifadan “Milliy sertifikatlar” bo‘limiga kiriladi.

Mazkur bo‘limdan talabgor test topshirmoqchi bo‘lgan chet tili tanlanadi.

Shundan so‘ng, foydalanuvchiga oferta shartnomasi taqdim etiladi.

Oferta shartlari bilan tanishgandan so‘ng, “Shartnoma shartlarini qabul qilish” tugmasi bosiladi.

Mazkur sahifadan imtihon topshirish oyi, imtihon topshirish hududi va tilni bilish darajasi tanlanadi va “Saqlash” tugmasi bosiladi.

Bunda talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovida ishtirok etishni tasdiqlash uchun talabgorning telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.

Tasdiqlash oynasiga SMS-xabarda yuborilgan 5 xonali raqam kiritiladi hamda “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

Shundan so‘ng, test sinoviga to‘lovni amalga oshirish uchun invoys hosil bo‘ladi.

To‘lovni Click, Payme, UPAY kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish (14 xonalik invoys raqamiga) mumkin.

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, test sinovi uchun “Ariza” shakllanadi. Mazkur arizani yuklab olish lozim.

3.Hujjatlarni taqdim etish

Test sinovi uchun ariza berib, to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, tegishli hujjatlarni Davlat test markaziga taqdim etish lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar (hujjatlar talabgorning shaxsan o‘zi tomonidan topshiriladi):

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) nusxasi;

onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;

to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlar test belgilangan oyning dastlabki 5 ish kunida Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida qabul qilinadi.

Mavzuga doir

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

DTM chet tilidan ijodiy imtihon tartibi va savollar namunalarini e’lon qildi

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

Kirish imtihonlarida chet tilidan ijodiy imtihon qanday o‘tkazilishi rejalashtirilyapti?

6 ta OTM abituriyentlari chet tilidan ijodiy imtihon topshiradi. Bu bo‘yicha nimalar aniq va noaniq?

Chet tili darajasi bo‘yicha test natijasini e’lon qilish muddati 1 haftagacha qisqartirildi

OTMga kirishda majburiy fanlar blokiga chet tili ham qo‘shiladi

Xorijiy tillarni oʻrganishga – 15 mlrd soʻm

1-sinfga elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tish: shoshiling, 7 kun qoldi!

2021-2022 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlanganidan xabaringiz bor. Ushbu tartib tajriba tariqasida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyat markazlaridagi shaharlarda amalga oshirilmoqda.

Buning uchun, ota-onalar yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan mikrohududdagi joylashgan maktabga farzandlarini joylashtirish uchun my.maktab.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Elektron ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 5 iyul kuni (shu kuni ham ishlaydi) yakunlanadi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar my.maktab.uz elektron platformasi orqali 40 mingga yaqin ota-onalardan farzandlarini 1-sinfga joylashtirish bo‘yicha arizalar kelib tushdi.

Elektron ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni @mymaktab_uz Telegram-kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Qiziqarli malumotlar
1-sinfga elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tish: shoshiling, 7 kun qoldi