Farida Afroʻz (1956)

Farida Afroʻz (1956)

Farida Afroʻz (1956)

Mundarija скрыть
Farida Afroʻz (1956)
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Farida Afroʻz 1956 yil 5 martda Fargʻona vodiysining Uchkoʻprik tumanidagi Xonxoʻja qishlogʻida tugʻilgan. Qoʻqon shahridagi 10-oʻrta maktabni bitirgach, Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining tarix fakultetida oʻqidi (1972–1978).
U ish faoliyatini Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyot muzeyida kichik ilmiy xodimlikdan boshladi. Uchkoʻprik tumanidagi “Isteʼdod” ijodkorlar uyushmasi raisi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat jamoatchilik markazi huzuridagi “Shuur” ijodiy korxonasi direktori, Adliya vazirligi muassisligidagi “Hayot va qonun” yuridik jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida sanʼat boʻlimi boshligʻi, “Yozuvchi” nashriyotida bosh muharrir, “Al-Afroʻz” MCHJning bosh direktori boʻlib ishladi. Hozir “Afroʻz rekords” ovoz yozish studiyasining rahbaridir.
Farida Afroʻzning “Qirq kokilligim” (1986), “Iztirob koʻylagi” (1992), “Tunlar isyoni” (1994), “Koʻzim manim…” (1999), “Qurbonjon dodxoh” (tarixiy drama, 2000), “Oʻzimdan oʻzimgacha” (2001), “Poka yest na zemle razluka” (2004), “Ot Faridiʼ Afruz” (Moskva, 2004), “Gun aydin” (Istambul, 2004), “Ushshoq” (2004), “Tasbih” (2008), “Oʻsha kun – bugundir” (2012) nomli sheʼriy toʻplamlari chop etilgan.
Oltin olma ardoqladim bogʻimda,
Alvastilar uzib ketdi bagʻrimdan.
Ichsa ilon oʻlar edi qonimdan,
Endi sening bogʻlaringda kuz yigʻlar,
Endi mening qismatimda soʻz yigʻlar.
 
Shoira yapon, turk sheʼriyatidan namunalarni, shuningdek, Anna Axmatova asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilgan.
Farida Afroʻz 1999 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

Farida Afroʻz (1956)