Uzoq Joʻraqulov (1967)
Uzoq Joʻraqulov (1967)
DO`STLARGA ULASHING:
Ilmiy darajasi
Filologiya fanlari nomzodi
Umumiy maʼlumot
U. H. Joʻraqulov 1967 yil 1 yanvarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tugʻilgan.
U. H. Joʻraqulov 1988 yilda, Toshkent davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti kechki boʻlimiga oʻqishga kirgan. 1994 yilda tugatgan. 1998 yilda “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” (10.01.03–Adabiyot tarixi; 10.01.08–Adabiyot nazariyasi) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan.
Respublika matbuotida 100dan ortiq maqolasi eʼlon qilingan. 5ta kitobi nashr etilgan. Respublika va xalqaro ilmiy konferinsiyalarda maʼruzalar qilgan.
Olgan taʼlimi va mehnat faoliyati
1985–1987 yy. – Harbiy xizmatda
1988–1994 yy. – Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻZMU) talabasi
1994–1997 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti aspiranti
1997–2004 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi katta oʻqituvchisi
2004–2013 yy. – Oʻzbekiston Miliy universiteti “Oʻzbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqalar” kafedrasi dotsenti
12.2013 dan (25.12.2016gacha) OʻzMU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
Hozirda qaysi fandan dars berayapti?
Badiiy tahlil asoslari.
Yangi oʻzbek adabiyoti tarixi.
XX-XX1 asrlar adabiyoti.
Ilgari dars oʻtgan fanlari
Adabiyot nazariyasi.
Yangi oʻzbek adabiyoti tarixi
Hozirgi adabiy jarayon
Rus adabiyoti tarixi
Jahon adabiyoti tarixi
Ilmiy faoliyati
v) Ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari roʻyxati:
Osoyish ayyomi. XX asr oʻzbek adabiyoti masalalari. – T.: Fan, 2012. – B. 151-158.
Xos kalom xosiyati. Sharq yulduzi, 2013,3-son. – B. 129-132.
Koʻzgu siniqlari yoxud aytilmagan soʻz qudrati. Yoshlik, 2013,5-son. – B. 4-7.
XX asr jahon adabiyotshunosligi dargʻasi. Jahon adabiyoti, 2013, iyul. – B. 132-133.
Ishq qismati shu azal-abad (A. Qodiriy “Oʻtkan kunlar”). Tafakkur jurnali, 2014,3-son. B. 262-263.
“Hayrat ul-abror”da yer va koinot tasviri. OʻzMU xabarlari jurnali, 2014,1/3-son. B. 54-61.
Mixail Baxtin kashfiyotlari. Jahon adabiyoti jurnali, 2014, noyabr. B. 142-151.
“Oʻtkan kunlar” romanidagi syujet poyetikasiga doir. Abdulla Qodiriy ijodining milliy gʻoya targʻiboti va barkamol avlodni tarbiyalashdagi roli. Ilmiy maqolalar toʻplami.-T., 2014. B. 13-24.
Baxtin M. Romanda zamon va xronotop shakllari. Tarjimon, soʻzboshi, sharh va izohlar muallifi U. Joʻraqulov. – T.: Akademnashr, 2015.12,15 b. t.
Mixail Baxtin kashfiyotlari. – Jahon adabiyoti jurnali, 2014, noyabr. B. 143-153.
Mangu bedorlik. Tafakkur jurnali, 2015,2-son. B. 74-81.
Roman xronotopi masalasiga doir. TDPU ilmiy axborotlari jurnali, 2015, №1 (2). B 64-68-bet.
Nazariy poetika masalalari: Muallif. Janr. Xronotop. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi matbaa-ijodiy uyi, 2015.22,25 b. t.
Komediyalar muarrixi. Oʻzbekiston matbuoti jurnali, 2016,3-son. B. 35-39.
Uzoq Joʻraqulov (1967)