Yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etildi
- Сoaтигa иш ҳaқи: $ 25.62 – C $ 49.18
- Йилигa иш ҳaқи: $ 54,278 – C $ 113,982
- Сoaтигa иш ҳaқи: $ 28.70 – C $ 95.39
- Йилигa иш ҳaқи: $ 55,666 – C $ 115,110
- Сoaтигa иш ҳaқи: $ 21.20 – C $ 118.54
- Йилигa иш ҳaқи: $ 49,324- C $ 93,368
- Сoaтигa иш ҳaқи: $ 23.25 – C $ 119.39
- Йилигa иш ҳaқи: $ 54.325 – C $ 117.25
Yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etildi
Prezidentimizning joriy yil 14 iyul kuni “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, endilikda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari tijorat banklaridan garov ta’minotisiz kredit oladi va qishloq joylarda hizmat ko‘rsatishni tashkil etgan tadbirkorlar 5 yilgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi.
Mazkur hujjatning yana eng muhim jihati shundaki, bundan buyog‘iga ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oila a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda mikrokreditlar ajratiladi.
Birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi.
Qishloq tumanlarida (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etildi.
Qodir ShOYIMOV,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi bo‘limi mudiri
Turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida kredit ajratiladi
Bugungi kunda aholi, xususan, mehnatga layoqatli fuqarolarning salmog‘i oshib borishi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va uni oshirishning o‘ziga xos yangi shakllarini topishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, bugun mehnat bozoridagi bandlik muammolarini yechish va hal etishga davlat siyosati darajasida keng e’tibor qaratilmoqda.
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada tezlashtirdi. Chunki qarorga muvofiq, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish, samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ma’qullandi hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan aholi uchun bir qator qulayliklar yaratilishi, imtiyozlar ajratilishi belgilab berildi.
Mazkur qarorning eng muhim jihati shundaki, qishloq tumanlarida, sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ham ozod etiladi.
Yana bir yangilik. Endilikda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan aholi yuridik shaxs tashkil etmagan holda 3 nafargacha doimiy ishchilarni yollashga, ular bilan mehnat shartnomasi tuzishga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin qarindoshlarini, jumladan, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan bolalari va nevaralarining er-xotinlarini, mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan aka-ukalari va opa-singillarini, ularning er-xotinlarini yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti ishtirokchilari sifatida jalb qilishga haqli.
Eng ahamiyatlisi, kichik tadbirkorlik sub’ektlariga fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa, maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar tashkil etish va jihozlash hamda qishloq tumanlarida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish maqsadida eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratilishi belgilab berildi.
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” qarorda aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olingan ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda mikrokreditlar ajratilishiining belgilab qo‘yilishini ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, deb hisoblaydi. Bu kabi g‘amxo‘rliklar natijasida norasmiy mehnat qilayotgan fuqarolarni, ishsizlikdan aziyat chekayotgan opa-singillarimizni kichik biznesga jalb etish jarayonlari yanada kengayadi.
Ta’kidlash lozimki, qarordagi vazifalar ijrosini amalga oshirilishi o‘z navbatida “Har bir oila tadbirkor” dasturi ijrosini samarali ta’minlanishiga hamda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilalarning farovonligiga erishiladi.
Mazkur qizg‘in jarayonlarda O‘zLiDeP ham o‘zining dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘zining sa’y-harakatlarini yanada jonlantiradi va partiyaviy vositalar orqali qat’iy jamoatchilik nazoratini olib boradi. Eng muhimi, qarorning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.
Nilufar OTAYEVA,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi
Ijroiya qo‘mitasi
ayollar bilan ishlash bo‘limi
etakchi konsultanti
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Qiziqarli malumotlar
Yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlardan ozod etildi