Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M, 2019

Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M, 2019

1. mushrif 2. dodhoh 3. parvonachi 4. muftiy

9-sinf O’zbekiston tarixi. I bo’lim

1. Buxoro Amirligidagi yirik savdo-sotiq hunarmandchilik va madaniy markazlar hisoblangan shaharlar berilgan qatorni aniqlang.

1.Qarshi 2. Xo’jayli 3. Kitob 4. Hazorasp

5. G’uzor 6. Termiz 7. Sherobod 8. Hisor

9. Ko’lob 10. Shahrisabz

A) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10 C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8

B) 2, 3, 4, 5, 7, 9, 10 D) 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10

2. O’rta Osiyo xonliklaridan qaysi birida ijaraga yer olgan dehqonlar “yarimchilar” deb atalgan?

A) Xiva xonligi C) Buxoro amirligi

B) Qo’qon xonligi D) A va B to’g’ri

3. XIX asrda Buxoro amirligi chegarasi g’arbda ………?

A) Amudaryo chap qirg’og’idan boshlangan

B) Qo’qon xonligi bilan tutashgan

C) Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan

D) Pomir tog’larigacha bo’lgan

4. Qays shaxsning Qo’qon xonligidagi eng mashhur xattot bo’lgan?

A) Muhammad Yunus C) Turdi Ali

B) Mirzo Mahmud D) Fazliy Namangoniy

5. Buxoro amirligidagi lavozimlar vazifasi bilan to’g’ri berilgan qatorni aniqlang

1. mushrif 2. dodhoh 3. parvonachi 4. muftiy

a) oliy hukmdor farmonlarini elon qilgan

b) amirlikda soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va

ularni hisobga olib borishga javobgar kishi

c) xalqning shikoyatlari bilan shug’ullangan

d) diniy-huquqiy masalalarni bajarilishi va ularga

amal qilinishi bilan shug’ullangan

A) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d C) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d

B) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d D) 1-a 2-b; 3-c; 4-d

6. O’rta Osiyo xonliklaridan qaysi birida askarlik xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod qilingan?

A) Buxoro amirligi C) Xiva xonligi

B) Qo’qon xonligi D) B va C

7. Buxoro amirlikda amirlik hujjatlarini yuritishga javobgar kishi?

A) mirzaboshi B) mushrif C) dodhoh D) muftiy

8. XIX asrda xalq orasida nechta doston mavjud bo’lgan?

A) qirqqa yaqin C) ellikka yaqin

B) yuzdan ortiq D) yuzga yaqin

9. Ogahiyning asarlari berilgan qatorni aqniqlang?

1. «Riyoz ud-davla» 2. «Ravzat us-safo» 3.«Zubdat ut-tavorix» 4. «Navodir ul-vaqoe’»

5. «Gulshani davlat» 6. «Shohidi iqbol»

A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3

10. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi qaysi davlatlar bilan chegaradosh bo’lgan?

A) Xiva va Qo’qon xonliklari, Eron, Hindiston, qozoq juzlari

B) Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Xiva va Qo’qon xonliklari

C) qozoq juzlari, Xitoy, Eron, Xiva va Qo’qon xonliklari.

D) Eron, Afg’oniston, Qo’qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari

11. XIX asrda Buxoro amirligi chegarasi sharqda ………?

A) Amudaryo chap qirg’og’idan boshlangan

B) Qo’qon xonligi bilan tutashgan

C) Xiva xonligi chegaralarigacha borgan

D) Pomir tog’larigacha bo’lgan

12. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligi chegarasini tomonlari bilan to’g’ri ko’rsating.

1) g’arb 2) sharq 3) janub 4) shimol

a) Eron b) Buxoro amirligi c) Kaspiy dengizi

d) qozoq juzlari yerlari.

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c

B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b

13. Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasidagi nizoli vaziyatga sabab bo’l­gan hududlarni aniqlang.

A) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non

B) Sherobod, Hisor, Kofirnihon

C) Kо’lob, Vaxsh, Qo’bodiyon

D) Xo’jand, O’ratepa, Hisor, Pishpak

14. Qo’qon xonligi hududi Buxo­ro amirligi va Xiva xonligidan nimasi bilan farqlanadi?

A) tog’lar, qirlar va to’g’lardagi serunum yerlarga boyligi bilan

B) kichik pastekisliklar, yirik tog’lar va serhosil yerlarga boyligi bilan

C) sersuv daryolar, so’lim vodiylar va serhosil yerlarga boyligi bilan

D) sersuv daryolar, o’rmonzorlar, tog’lar va ko’llarga boyligi bilan

15. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida kimlardan iborat kengash faoliyat ko’rsatgan?

A) mehtar, qo’shbegi, inoq

B) inoq, otaliq, biylar

C) mirzaboshi, qozikalon, qo’shbegi

D) qo’shbegi, mehtar, otaliq

16. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xon­ligida xazina ishlari va davlat xarajatlarini qaysi lavozim egasi nazorat qilib borgan?

A) mushrif B) devonbegi C) mirzaboshi D) mehtar

17. XIX asrda O’rta Osiyo xonliklari aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli qay darajada ekanligi nima bilan belgilangan?

A) egallab turgan mansabi yoki jamiyatdagi e’tibori bilan

B) davlat lavozimlarida ishlash yoki ishlamasligi bilan

C) yerga egalik tartibi va to’lanadigan soliq va to’lovlarning miqdori bilan

D) harbiy lavozimlardagi mavqeyi bilan

18. O’rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilikning ma’lum bir sohasi rivojlangan bo’lib, shaharlar va hunar turlarini to’g’ri ko’rsating.

1) Rishton; 2) Chust; 3) Buxoro; 4) Xiva;

a) do’ppichilik, pichoqchilik b) atlas to’qish, do’ppichilik c) me’morchilik, ganchkorlik

d) zargarlik e) kulolchilik

A) 1-е, 2-a, 3-d, 4-c, 5-b C) l-e, 2-a, 3-c, 4-d, 5-b

B) 1-d, 2-å, 3-e, 4-c, 5-b D) 1-е, 2-c, 3-d, 4-a, 5-b

19. Quyidagi me’moriy inshootlarni qurilgan yili bilan to’g’ri ko’rsating.

1) Muhammad Aminxon madrasasi 2) Sulton Murodbek madrasasi 3) Hokim Oyim madrasasi 4) Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi

5) Muhammad Rahimxon madrasasi

6) Xudoyorxon saroyi

a) 1851-1855 b) 1871-yil с) 1872-yil d) 1862-yil

e) 1869-1870 f) 1863-1870

A) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f

B) 1-a, 2-c, 3-e, 4-d, 5-b, 6-f

C) 1-a, 2-c, 3-e, 4-b, 5-d, 6-f

D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c, 6-f

20. XIX asrda O’rta Osiyo xalqlari orasidagi dostonlarning aksariyatida qanday g’oya yetakchilik qilgan?

A) ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi

B) hukmdorlar, sarkardalarning g’ayritabiiy jasoratlari

C) xalqni ma’rifatli qilish

D) oxiri fojiaviy voqealar bilan tugaydigan ta’sirchan g’oyalar

21. Xiva xonligiga N. Muravyov boshchiligida Rossiya elchilari kelgan yili .

A) Shermuhammad Munis vafot etdi

B) Baroqxon madrasasini ta’mirlash ishlari boshlandi

C) «Ravzat us-safo» asari o’zbek tiliga tarjima qilina boshlandi

D) Ahmad Donish Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlariga sayohat qildi

22. Ollohqulixon, Muhammad Aminxon va Muhammad Rahimxon madrasalari qanday usuldagi me’morchilik an’anasida bezalgan edi?

A) yorug’lik tushishiga qarab u o’z rangini oltin rangidan niliy yoki bo’zranggacha o’zgartirib turuvchi bo’yoqlar bilan

B) peshtoqlarga qushlar va hayvonlar rasmi aks ettirilgan kufiy yozuvlar bilan

C) har bir g’ishtning alohida-alohida ranglar bilan bo’yab, har xil shakllar yasalishi bilan

D) tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshinlar bilan

23. Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida keltirilishicha, milliy teatr san’atimizning qadimiy ildizlari nimalarga borib taqaladi?

A) baxshi va shoirlarning qahramonlik eposlariga

B) xalq o’yin va tomoshalariga

C) hukmdorlar saroyida tashkil etilgan san’at truppalariga

D) qadimgi xalqimizning asrlar osha davom etayotgan mehnat mashg’ulotlariga

24. Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi sohalariga javobgar lavozim?

A) mirzaboshi B) dodhoh C) mushrif

25. Buxoro amirligining markaziy qismi qayerda joylashgan?

A) Zarafshon vodiysi C) Qashqadaryo vohasi

B) Buxoro vohasi D) So’g’d vohasida

26. Xiva xonligi bekliklarga bo’linib, ularni kim bosh­qargan?

A) xon tomonidan tayinlangan beklar va to’ralar boshqargan

B) xon tomonidan o’z qarindoshlari va yaqinlari bosh­qargan

C) xon tomonidan tayinlangan mahalliy hokimlar va noiblar boshqargan

D) xon tomonidan tayinlangan otaliqlar boshqargan

27. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xon­ligida eng yuqori harbiy lavozim qanday atalgan?

A)to’pchiboshi B)yasovulboshi C)amirilashkar D)mirshabboshi

28. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Turkmanistondagi qaysi hududlar kirgan?

A) Vaxsh, Panjikent, Kofirnihon

B) Marv, Hisor, Vaxsh

C) Ko’lob, Darboz, Qorategin

D) Mug’ob daryosi vohalaridagi joylar

29. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Tojikistondagi qaysi hududlar kirgan?

A) Vaxsh, Panjikent, Kofirnihon

B) Marv, Hisor, Vaxsh

C) Ko’lob, Darboz, Qorategin

D) Mug’ob daryosi vohalaridagi joylar

30. O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida azaldan qaysi kasb egalariga hurmat bilan qaralgan bo’lib, u kasbni egallash yaxshi fazilat hisoblangan?

A) tabiblik B) dehqonchilik

C) miroblik D) hunarmandchilik

31.XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida tashqi aloqalarni yuritish bilan qaysi mansabdor shug’ullangan?

A) qo’shbegi B) ko’kaldosh C) devonbegi D) mehtar

32. Noto’g’ri hukmni toping?

A) Ahmad Donish 1865-yil amir Muzaffar taklifi bilan “Munozir ul-kavokib” nomli geometriyaga oid asarini yozadi

B) Mo’yi Muborak madrasasining qurilishi XX asr boshida tugallandi

C) Buxoro amirligi XIX asrda 40 beklikka bo’lingan bo’lib, ularni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan

D) XIX asrda Qo’qon xonligida o’zbeklardan tashqari qirg’izlar, tojiklar, qozoqlar, uyg’urlar, yahudiylar va hindlar yashagan

33. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida tartib-intizom ishlariga qaysi mansab egasi mas’ul bo’lgan?

A) amirlashkar C) mirshabboshi

B) yasovulboshi D) to’pchiboshi

34. Quyidagi qaysi shaharlarda hunarmandchilikning zargarlik sohasi rivojlangan?

1) Buxoro 2) Marg’ilon 3) Xiva 4) Qo’qon

5) Hirot 6) Samarqand 7) Chustda

A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 3, 4, 6

35. Qays shaxsning Qo’qon xoni saroyida nufuzi baland bo’lgan va ba’zan madaniy tadbirlarda xon undan maslahatlar olgan?

A) Muhammad Yunus B) Mirzo Mahmud

C) Turdi Ali D) Fazliy Namangoniy

36. Notog’ri berilgan javobni toping?

A) XIX asrda binolarni bezashda kufiy, rayhoniy, nastaliq kabi yozuv namunalaridan foydalanishda davom etildi

B) Muhammad Yunus tomonidan 1859-yilda yozilgan “ Xudoyqul anvar “ asarida Umarxon davri voqealari batafsil bayon etilgan

C) 1859-yilda Baroqxon madrasasini ta’minlash ishlari boshlanadi

D) 100 dan ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi o’zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi

37. XIX asr o’rtalarida Toshkent shahrida qadimiy inshootlardan qay birining ta’mirlash ishlari boshlangan?

A) Tillashayx jome masjidi

B) Mo’yi muborak madrasasi

C) Hokim Oyim madrasasi

D) Hazrati Imom majmuasi

38. Quyidai inshootlardan qay biri Toshkentdagi Baroqxon madrasasining qarshisida bunyod etilgan edi?

A) Tillashayx jome masjidi

B) Mo’yi muborak madrasasi

C) Hokim Oyim madrasasi

D) Hazrati Imom majmuasi

39. Quyidagilardan Munis yashagan yillarni toping.

A) 1778-1829 B) 1809-1874 C) 1827-1897

40. Quyidagi qaysi shaxs faqat Buxoro amirligi emas, balki O’rta Osiyoning boshqa xonliklarida ham eng ko’zga ko’ringan madaniyat arbobi sifatida tanilgan edi?

A) Muhammad Yunus B) Munis

C) Ahmad Donish D) Ogahiy

41. Quyida keltirlgan qaysi ijodkorning faoliyatidagi she`riyati, tarixnavisligi va tarjimonlik faoliyati O`rta osiyo hududida emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida ham chuqur iz qoldirgan edi?

A) Muhammad Yunus B) Munis

C) Ahmad Donish D) Ogahiy

42. Quyidagi qaysi shaxs O’rta Osiyoda insonparvarlik va demokratik an’analarga asos solgan?

A) Alisher Navoiy B) Forobiy

C) Ahmad Donish D) Turdi Farog’iy

43. Xiva xonligida harbiy bo’linmalarga kimlar rahbarlik qilganlar?

A) mingboshilar B) lashkarboshilar

C) mirshablar D) yasovullar

44. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan?

A) devonbegi B) shayxulislom

C) qo’shbegi D) mehtar

45. O’rta Osiyo davlatlaridan qay birida davlat boshqaruvi, moliya, sud, mirshablik va harbiy ishlar

hukmdorning qarindoshlari, o’ziga yaqin odamlar tomonidan boshqarilgan?

A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi

C) Qo’qon xonligi D) Toshkent bekligi

46. O’rta Osiyo davlatlaridan qay birida hukmdor cheklanmagan ma’muriy, harbiy hokimiyatga ega bo’lgan?

A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi

C) Qo’qon xonligi D) Toshkent bekligi

47. O’rta Osiyo davlatlaridan qay birida hukmdor cheklanmagan siyosiy, ma’muriy va harbiy hokimiyatni o’z qo’lida mujassamlashtirgan?

A) Buxoro amirligi B) Xiva xonligi

C) Qo’qon xonligi D) Toshkent bekligi

48. O’rta Osiyo xonliklarida oliy hukmdor cheksiz . hokimiyatiga ega bo’lgan?

A) siyosiy, ma’muriy, sud

B) ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy

C) siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy

D) ma’muriy, ma’naviy, siyosiy

49. XIX asr o’rtalariga kelib, xonliklardagi aholining aksariyati qaysi tilda so’zlashar edi?

A) fors B) o’zbek C) arabcha D) tojik

50. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealar berilgan javobni toping.

1. Yangi Granada Venesuela bilan birlashib, Buyuk Kolumbiya nomini oldi; Munis Mirxondning “Ravzat us-safo” asarini tarjim aqilishni boshladi

2. Afg’oniston hukmdori Do’stmuhammad vafot etdi; Xudoyorxon saroyi qurilishi boshlandi

3. Hindistonda Sipohilar qo’zg’oloni boshlandi; Ahmad Donish Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat qildi

4. AQShda fuqarolar urushi tugadi; Ahmad Donish Amir Muzaffar taklifi bilan “Manozir ul-kavokib” asarini yozdi

5. Hindistonni Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi; Muhammad Yunus tomonidan “Xudoyqul anvar” asari yozildi

6. Fransiyada Lui Napaleon Banopart tomonidan davlat to’ntarishi o’tkazildi; Xivada Muhammad Aminxon madrasasi qurilishi boshlandi

A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 5, 6

C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 5, 6

Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M., 2019

Siz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarisiz. Jahon tarixini o‘rganishda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning dunyoda, yon atrofimizda jamiyatimizdagi barqaror vaziyatni izdan chiqarish, odamlar o‘rtasiga nifoq solish, dushmanlik urug‘ini sepish, turli mojarolarni keltirib chiqarish va hatto qon to‘kilishini istayotgan kuchlar ham, afsuski, yo‘q emas“, degan so‘zlarini esda tutishingiz va uning ildizlari XIX asr oxiri – XX asr boshlariga borib taqalishini bilishingiz zarur.
Siz umumiy o‘rta taUim maktabining 9-sinfiga qadam qo‘ydingiz. Siz 8-sinfda „Jahon tarixi“ bo‘yicha XVI asr boshlaridan XIX asming ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘rgandingiz. Bu davrda jamiyat taraqqiyotida rivojlanish kuckaydi. Ishlab chiqarish yiriklashdi. Siyosiy demokratiya rasmiylashib yuqori tabaqalarning hukmronlik shakllari takomillashdi. Sitjahon tarixining eng qiziqarli, shu bilan birga, murakkab dayrini o‘ganasiz. Chunki bu davrda dunyoda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrning asosiy belgisi – ishlab chiqarishda monopolistik kapitalizm qaror topdi. Turli xil sindikatlar, kartellar konsernlar yuzaga keldi. Ishlab chiqarish markazlashdi, хrijga chiqarish boshlandi. Bir qator davlatlar 100 yilda erisha olmagan taraqqiyotga erishdilar.

Chetga kapital chiqarish muhim ahamiyat kasb etdi.
Monopoliyalar, moliya oligarxiyasi foydani ko‘paytirishga harakat qilib, chetga endi tovarlarni emas, balki kapital chiqarishga alohida ahamiyat bera boshladilar. Chunki endilikda tovar chiqarishdan ko‘ra, chet mamlakatlarga kapital chiqarish, ya’ni ularga foiz evaziga kreditlar berish, tabiiy boyliklarni arzonga sotib olish, u yerlarda eng arzon ishchi kuchi hisobiga boylik orttirish imkonini beruvchi korxonalar qurish foydali bo‘lib qoldi.

Shunday qilib monopoliyalar chetga kapital chiqarishni uni o‘z mamlakatlari iqtisodiga solishdan afzal ko‘rar edilar, bu hol metropoliyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qila boshladi.

Shu tufayli, 1900-1913-yillarda industrial davlatlar chetga chiqargan kapitalning hajmi ikki barobar oshganligi bejiz bo‘lmagan edi.

MUNDARIJA.
Kirish.
I bo‘lim JAHON XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA.
I bob. DUNYONING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY MANZARASI.
1-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o‘zgarishlar.
2-§. Industrial sivilizatsiya.
II bo‘lim YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI.
II bob. G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARI XIX ASR OXIRIVA XX ASR BOSHLARIDA.
3-§. Fransiya-Prussiya urushi va uning yakunlari.
4-§. Fransiyada Uchinchi Respublika va 1871-yil 18-mart davlat to‘ntarishi.
5-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot.
6-§. Fransiyaning ichki siyosati.
7-§. Fransiyaning tashqi siyosati.
8-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Imperiyaning tashkil topishi.
9-§. Imperiyaning ichki siyosati.
10-§. Imperiyaning tashqi siyosati.
11-§. XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
12-§. Buyuk Britaniyaning ichki siyosati.
13-§. Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati.
III bob. XIX ASR OXERI – XX ASR BOSHLARIDA AMERIKA DAVLATLARI.
14-§. Amerika Qo‘shma Shtatlari.
15-§. AQSHning ichki siyosati.
16-§. AQSHning tashqi siyosati.
17-§. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari.
18-§. Lotin Amerikasining boshqa davlatlari.
IV bob. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYAIMPERIYASI, MARKAZIY VA JANUBI-SHARQIY YEVROPA DAVLATLARI.
19-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli.
20-§. Rossiya imperiyasining tashqi siyosati.
21-§. Rossiyada Davlat dumasining tashkil etilisihi.
22-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi.
23-§. Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosati.
24-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Italiyа.
25-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolqon davlatlari.
III bo‘lim OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI.
V bob. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA OSIYO DAVLATLARI.
26-§. XIX asming oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya.
27-§. XIX asming oxirida Xitoy.
28-§. XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli.
29-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindiston.
30-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Eron.
31-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Afg‘oniston.
32-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Usmonli davlati.
VI bob. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA AFRIKA MAMLAKATLARI.
33-§. Shimoliy Afrika mamlakatlari.
34-§. Tropik va Janubiy Afrika.
VII bob. 1914 – 1918-YILLARDAGI BIRINCHI JAHON URUSHI.
35-§. Birmchi jahon urushining boshlanishi va borishi.
36-§. 1916-1917-yillardagi urush harakatlari.
37-§. Birinchi jahon urushming yakunlari vaoqibatlari.
IV bo‘lim FAN VA MADANIYAT
III bob. XIX ASR OXIRI – XX ASRNING BOSHLARIDA FAN VA MAD ANIYATNING RIVOJLANISHI.
38-§. Moddiy ishlab chiqarishda texnika va fan taraqqiyoti.
39-§. Aniq va tabiiy fanlar rivoji.
40-§. Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at.
41-§. Adabiyot.
Ilova.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jahon tarixi, 9 sinf, Lafasov M., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Qiziqarli malumotlar
2019), 9 sinf, Jahon tarixi, Lafasov M