Oyoq kiyimlar borasida sizga asqatadigan layfxaklar

Oyoq kiyimlar borasida sizga asqatadigan layfxaklar

Barchasi ayol va qizlarimiz uchun! Ish vaqti: 10:00-22:00 Manzil: @vipbrandwomenmanzil ❌ Yetkazib berish xizmati mavjud emas! Murojat uchun +998-93-835-41-14 +998-93-836-41-14 +998-97-434-08-43

About 19 channels for “kiyimlar”

Assalomu alaykum aziz opa singillar kanalimga xush kelibsizlar, bu kanalda sizlarga ro’zg’or uchun kerakli buyumlarni tikish va yasashni shu qatorda turli xildagi liboslar tikish va bichishni bolalarga uchun kiyimlar, eleta pardalar, sipartivni kiyimlar, turli xildagi peredelkalar, xijop kiyimlar, kelinlarimiz uchun liboslarni tikib o’rgatamiz hamda zakazga tikib beramiz, o’ylaymanki bu kanal sizlarga manzur keladi , agar savollaringiz bolsa kamentaryaga yozib qoldiring! Albatta javob yozaman, zakazga uchun manzilimiz Toshkent shaxri biz bilan bog’lanish uchun telegram nomerimiz 90-392-54-94Etiboringiz uchun raxmat sizni kanalimga Katie qolaman

Oydinoy Tuxtayeva

Имиджмейкер, стилист Ойдиной Тухтаеванинг расмий канали ✔️Индивидуал консультациялар; ✔️Шопинг, харид килишда ёрдам; ✔️Гардеробни тахлил килиш; ✔️Дидни ошириш курслари “Стилингизга мос либослар харид қилиш” номли 3 кунлик бепул марафонда қатнашиш учун қуйидаги силка устига боиснг https://t.me/+yb5mYS8NL7Y4NWUy

VIP BRAND WOMEN

Barchasi ayol va qizlarimiz uchun! Ish vaqti: 10:00-22:00 Manzil: @vipbrandwomenmanzil ❌ Yetkazib berish xizmati mavjud emas! Murojat uchun +998-93-835-41-14 +998-93-836-41-14 +998-97-434-08-43

Vip Brand

Sifatli erkaklar kiyim do’koni. Yetkazib berish xizmati mavjud Ish vaqti: 10:00-22:00 (har kuni) Bizning Manzil : Bizning manzil: Yunusobod 15 Bizning manzil: G’uncha ko’chasi Bizning manzil: Vega Centre Bizning manzil: Farhod ko’chasi Bizning manzil: Teatralniy chorahasi Bizning manzil: Chirchiq shahar Bizning manzil: Ecobozor Yangi filial manzili: Qo’yliq 1 mavze (Mirobod tumani) Aloqa uchun: +998930080000 +998977616666

URGUT BOZOR

Kanalmimizda Urgut bozorining eng arzon optom maxsulotlari abzor qilinib boriladi Urgut bozorining eng arzon maxsulotlari bizning kanalda +998938503110 Mening //Pochtam// boqiyevsunnat00@gmail.com

Oyoq kiyimlar borasida sizga asqatadigan layfxaklar

Do‘kondan tufli xarid qilasiz-u, u oyog‘ingizga loppa-loyiqdek ko‘rinadi. Biroq uyga olib kelib kiyishni boshlaganingizda muammolar paydo bo‘ladi. U oyog‘ingizni siqishi, sirpanishi yo bo‘lmasa, terlatib yuborishi mumkin. Bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun nima qilish kerak? Siqilmang. Bizda bu holatlarni zudlik bilan bartaraf etadigan turli usullar mavjud. Ular yordamida oyoq kiyim bilan bog‘liq har qanday muammoga yechim topish mumkin.

Oyoqda qadoq paydo bo‘lmasligi uchun
Oyoqdagi qadoq va suvli pufakchani davolash uchun oddiy sharikli dezodorantlar qo‘l keladi. Uni oyoq terisiga surtib, qurishini kuting. Keyin oyoq kiyim ichiga ham dezodorant purkab, kiyib yurish mumkin .

Sirpanuvchi oyoq kiyim

Yangi oyoq kiyimingiz hadeb sirpanib ketyaptimi? Uning ostini qumqog‘oz bilan biroz ishqalang. Faqat me’yoridan oshirib yubormang.

Gʻichirlasa.
Tuflining g‘achir-g‘uchur ovozi joningizga tegdimi? Yangi oyoq kiyimdan voz kechishga shoshilmang. Bu kamchilikni yo‘qotsa bo‘ladi. Tufli ichiga biroz bolalar kukunidan sepasiz. Shunda g‘ichirlash qoladi.

Oyoq kiyimlar ustining qayrilib qolishi

Agar tabiiy charmdan ishlangan oyoq kiyimi buklanib qolsa, o‘sha joyning ichki tomonini ag‘darib, bug‘ bilan biroz ishlov bering. Bu jarayondan so‘ng tufli yangidek ko‘rinadi.

Baland poshna og‘ritsa

Baland poshnada yuradigan xonimlar 2-3-barmoq orasidagi og‘riqlardan yaxshi xabardor. Bunga sabab, oyoq tagidagi nerv va qon aylanishining buzilishi hisoblanadi. Baland poshnalar salbiy xususiyatini kamaytirish uchun 4-5-barmoqlarni tibbiyot plastiri bilan bog‘lab qo‘ying. Bu ahvolingizni ancha yengillashtiradi.

Etik tor kelsa
Etik ichini biroz kengaytirish uchun unga bir necha bog‘lam gazetani yaxshilab tiqing. So‘ng uni bir necha kun qoldiring. Gazeta bog‘lamlari oyoq kiyimni ancha kengaytiradi. Zarurat tug‘ilsa, buni yana takrorlash mumkin.

Agar vyetnamkalar barmoqlaringizni qirsa

Vyetnamka eng qulay oyoq kiyimi hisoblanadi. Biroq u ham sizga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Agar rezina bog‘lari barmog‘ingizga botsa, ularni atlas yoki ipak mato bilan o‘rab chiqing.

Noxush hid
Oyoq kiyimi o‘zidan noxush hid taratyaptimi? Kechqurun ichiga bir nechta quruq paketli choyni tashlab qo‘ying. Ertalab noxush hiddan asar ham qolmaydi.

Suv dog‘lari
Suv tomgach, ko‘pincha oyoq kiyimida dog‘ qoladi. Undan xalos bo‘lish yo‘li juda oson. Tish pastasiga biroz sirka aralashtirib, tuflini arting va toza suvda yuvib tashlang.

Rezinadan qilingan oyoq kiyim

Bolangizni turli yiqilishlardan himoya qilmoqchi bo‘lsangiz, rezina tapochka tagiga bir necha qator issiq kley yurg‘izib chiqing.

Yaltirashi uchun!

Laklangan oyoq kiyimi avvalgidek yaltirab turishini istasangiz, ustiga oyna yuvish vositasidan sepib, mayin mato bilan arting.

Agar oyoq kiyimi siqsa
Yangi oyoq kiyimi sizga mos tushishi uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. Bunga chidab o‘tirish kerak emas. Oyoq kiyimga qalin jun paypoq kiydirib, ustidan fen bilan qizdiring. Aynan siqayotgan joylariga ko‘proq e’tibor qarating.

Oyoqlar terlasa

Gipergidroz – ko‘pchilikka tanish hodisa. Oyoqni doim xushbo‘y saqlash uchun tovon qismiga kundalik gigiyenik prokladkadan qo‘ying. Ularni tez-tez almashtirib tursangiz, oyoq kiyimingizdan doim yaxshi hid taralib turadi.

Qirilgan joylar

Oyoq kiyim yuzasidagi qirilgan joylarni tibbiyot yoki texnik vazelin yordamida tekislash mumkin. Paxtali cho‘p yordamida qirilgan yuzaga vazelinni surtib, mayin harakatlar bilan uni yoyib chiqamiz.

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Dunyodagi eng qimmat narxdagi ayollar oyoq kiyimlari

1. Narxi 500 ming dollarni tashkil qiladigan mazkur tufli, «Brilliant orzu» deb atalishi bejiz emas. 1420 ta brilliant bilan bezalgan poyabzaldagi toshlari 30 karatni tashkil qiladi. Dizayner Styuart Vaysmanning ijod namunasi bo‘lgan mazkur model, 2007 yilda o‘tkazilgan Oskar taqdirlash marosimida Anika Noni Rouz tomonidan kiyilgan.

2. Ikkinchi qimmatbaho oyoq kiyimning muallifi ham Styuart Vaysman hisoblanadi. Faqat mazkur model, brilliant bilan emas, 642 dona birma yoqutlari bilan bezalgan. Bosonojka narxi 1,6 million dollarga baholangan.

3. Uchinchi go‘zallik namunasi dizayner Styuart Vaysman tomonidan taqdim qilingan bo‘lib, bosonojka bezagi bo‘yinga taqiladigan taqinchoqni esga soladi. Olmos va tanzilit toshlari bilan bezatilgan poyabzal narxi 2 million dollarni tashkil qiladi.

4. Yuqoridagi modellar bilan solishtirilganda unchalik emasdek tuyuladigan poyabzal yuzasi platina bilan qoplangan hamda 565 dona brilliant bilan bezatilgan. Bu oyoq kiyimning narxi ham 2 million dollarni tashkil qiladi.

5. Charmdan ishlangan ushbu tufli tilla bilan qoplanib, 236 dona brilliant bilan bezatilgan. Poyabzal narxi 17 million dollar etib belgilangan.

Qiziqarli malumotlar
Oyoq kiyimlar borasida sizga asqatadigan layfxaklar