Yomg‘ir haqida sara sherlar to‘plami

Yomg‘ir haqida sara sherlar to‘plami

 

Yomgʻir seni kutgandim

Yomgʻir… Seni kutgandim uzoq,
Senga ilhaq boʻlgandim, tushun.
Mogʻor bosib ketgan bagʻrimni,
Bir tozalab olmoqlik uchun.

Soyabonsiz kezaman… tunni,
Bezagandir tomchilar raqsi.
Shunday lahza bir tomchi yomgʻir,
Boʻlib qolsang qanchalar yaxshi.

Qancha dardga qalqon er koʻksim,
Nega buncha ojiz qoldi, ayt?
Yuvgin manim alamlarimni,
Bu gʻamlarni ozgina kamayt.

Bu yomgʻirda hech kim koʻrmaydi,
Yuragimga bir quloq solay.
Yigʻlash mumkin koʻkka qoʻshilib
Koʻzlarimni yigʻlatib olay.

Er kishiga uyat… yigʻini,
Ozod qilsa qaroqlaridan.
Tomchi boʻlib tushsa ne chora,
Ezilgan dil varoqlaridan.

Qaqrab qolgan koʻz yoshlarini,
Bir qiz uchun oqizgan tentak.
Ketmaguncha yurak yuvilib,
Hali qancha yomgʻirlar kerak.

Sen ham yigʻi boʻlsang, ay yomgʻir,
Ogʻushingda erib ketsin dard.
Bir tomchi yosh endi uyatmas,
Yigʻab tursa osmonday joʻmard.

Bu ashklarning mamlakatida,
Soyabonsiz yashamoq ogʻir.
Silab oʻtar boshim ohista,
Toza yomgʻir, bokira yomgʻir.

Yomg’ir yog’ar takror

Yomg’ir yog’ar takror va takror,
Uyqu eltadi kipriklarimni,
Va nogoh tush ko’raman uzundan uzoq,
Uyg’onib ketaman xorg’in olib tin.

Hayot jumboqlarin yecha olmay xun,
Kimnidir ayibdor etaman bu kun,
Mahzun laxzalarda ko’glimgan kirgan,
Bir iliq tuyg’uga bo’laman maftun.

Yomg’ir yog’aver yog’aver ko’roq,
Yuvib ket ko’limni charchoqlarini,
Qalbimda qolmasin qolmasin biroq,
Men yozay hayotni ardoqlarini.

Yomg‘irjon

Yomg‘ir, yomg‘ir, yomg‘irjon,
Yog‘asan marjon, marjon.
Tomchilab ne so‘zlaysan,
Qay manzilni ko‘zlaysan?

Chaqnaydi goho chaqmoq,
Cho‘chitadi qaldiroq.
Selday quyasan ba’zan,
Yurish bo‘lmaydi oson.

Daraxtlar chapak chalar,
Bargini yuvib olar.
Musaffo bo‘lar haryon,
Ishing ham emas oson.

Kutayapman yomg’ir ostida

Yurak qoldi jabir ostida,
Dard atalmish og’ir ostida,
Tashqarida yo’lingga qarab,
Kutayapman yomg’ir ostida.

«Tinmaydi-yov » yomg’ir bugunlar,
Kim uyiga yugur — yugrlar,
Menchi dilga tugib tugurlar,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Bilinmaydi ko’zingdagi nam,
Senda men yo’q , menga sensan kam,
Kelmasliging bilib tursam ham,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Goho sovuq kelib jim chaqar,
Gohi o’yib olib chim chaqar,
Ustimdan suv , qalbdan qon oqar,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Odamlardan bo’ldim tashqari,
Ko’rgan deydi telba — teskari,
Ayni ketgan kuning singari,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Yomg’irdan so’ng chiqar kamalak,
Lek sen yo’qsan sochi jamalak,
Yum — yum yig’lar xattoki falak,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Ko’rinmaysan balki kelgansan,
Kutishimni yaxshi bilgansan,
«Uyga kir» de biroz tergab San,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Men yashayman Kim? Qani? Uchun,
Yomg’ir senga yoqqani uchun,
Bugun yomg’ir yog’gani uchun,
Kutayapman yomg’ir ostida.

Tilak qoldi sabr ostida,
Sevgim endi qabir ostida,
Har tomchisi o’qdek tegsa ham,
Kutayapman yomg’ir ostida.

 

Tog‘da yomg‘ir

Tomchilar yumalab tushar bemalol.
Yuvib ketmoqchi dil zimistonini.
Sharros yomg’irlarga to’yingan hayol.
Ushlagisi kelmas soyabonini.

Tog’ni qulatgudek qichqirar burgut.
Bajarilmagandek uning talabi.
Suppayib turibdi yolg’izgina tut.
Xuddi axdlashgani kelmagan kabi.

Bir tuyoq siqqulik yotar yo’laklar.
G’orlar vahimali qarayveradi.
Tunning hukmdori ko’rshapalaklar.
Hanuz uxlaydilar, uxlayveradi.

Tog’ning yelkasiga osilgan falak.
Ulkan xarsangtoshlar yotar qalashib.
Bulutga qo’lini silkitirar chechak.
Va, yomg’irning g’ayrati ketadi toshib.

Shimoldan bir sovuq nafas ufurib.
Boshlanar yomg’ir va qorlarning jangi.
Yomg’ir boshlab kelgan sellarni ko’rib.
Oqarib ketganday terakning rangi.

Ko‘z yosh to‘kdi yomg‘ir

Bulut yugurib zir-zir,
Ko‘z yosh to‘kdi, bu – yomg‘ir.
Shamol uni chayqatdi,
Egnimga tomchi otdi.

Qo‘ldan uchdi soyabon,
Ushlolmay bo‘ldim hayron.
Shamol quvsa bulutni,
U do‘stlikni unutib

Qildi meni shalabbo,
Cho‘mildim-ku men go‘yo.
Eh, yomg‘ir, yomg‘ir, yomg‘ir,
Do‘st edik-ku biz axir!

Yuvib ket yomg’ir

Chaqmoq chaqib, qaro osmonda.
Kimlarnidur qo’rqitgan yomg’ir.
Qolsam alam ichra zamonda.
Ko’z yoshimni berkitgan yomg’ir.

Yig’laganim yetadi meni.
Sen yig’lama, kulib ket yomg’ir.
Tutib turay senga ko’ksimni.
Dardlarimni yuvib ket yomg’ir.

Oqib tushding tarnovlarimdan.
Sajdagoxim tavoblaridan.
Gunoxim ko’p savoblarimdan.
Gunoxlarim yuvib ket yomg’ir.

Yuzimga yog’, kaftlarimga yog’.
Qalbimga yog’ dardlarimga yog’.
Alamlar alanga, yurak to’la dog’,
Yuragimni yuvib ket yomg’ir.

Yopib qo’yolmadim o’tmish darchasin.
Doim ezaverar qalbim parchasin.
Xotiralar barcha barchasin.
Bitta qo’ymay yuvib ket yomg’ir.

Yig’lab keldingmi yomg‘ir

Sokin tunni tinchini buzib.
Meni yo’qlab keldingmi yomg‘ir.
Ketdim yordan ko’ngilni uzib.
Shunga yig’lab keldingmi yomg‘ir.

Yog’ib meni suyib ket yomg‘ir.
G’amlarimni quvib ket yomg‘ir.
Ko’chalarda bizlardan qolgan.
Izlarni xam yuvib ket yomg‘ir.

Xech eslagim kelmas o’shani.
U siz endi netaman yomg‘ir.
Menga ko’rsat u yo’q go’shani.
O’sha yerga ketaman yomg‘ir.

Yomg’ir yog’sa-yu, yuvilib ketsam

Bir yaproq bo’lsam, daraxtga osilgan,
Kuz kelsa-yu, hazon bo’lib sochilib ketsam.

G’ubor bo’lsam oyoq ostida bosilgan,
Yomg’ir yog’sa-yu, yuvilib ketsam.

Yoki bir tosh bo’lsam, cho’qqining bag’rida,
Mayin sabo ta’sirida yiqilib tushsam.

So’ngra ko’milib dengiz qarida,
Hammaning yodidan abadga o’chsam.

Hamma unutsa… eslamasa bir zumga,
Ko’milib ketsam tuproqning tub-tubiga,

Yoshlarni to’xtatsa edi tuproq kirib ko’zimga,
Qurtlar teshsa tanamni, sezilmasa o’zimga.

Yomg’ir bo’lsam, tomchilab yerga talpingan,
Singib ketardim zaminning qat- qatiga.

Izlashsalar topolmasdi bir bor atiga,
Shunda tog’lar qulardi men oshiqning jur’atiga.

Qor bo’lolsam edi, pokiza- beg’ubor,
Xorigan dillarga halovat bag’ishlardim.

Shunda ko’z yoshlarni muzlatib tashlardim,
Zum o’tmay esa alvido aytib, eriy boshlardim.

Yoki ko’z yosh bo’lsam, onamning ko’zida,
Bir bor yig’laganda to’kilib ketsam,

Yerga to’kilmasdan, qolib yuzida,
Lablari oldida qurib bitsam.

Pardek yengil bo’lsamu, shamollar uchirib ketsa,
Hech kimga sezdirmay yo’qolib qolsam.

Ul shamol meni bulutlar qariga eltsa,
So’ngra hech kim topolmasa… abadga qolsam.

Suv ostiga cho’kkan bir qism,
Cho’g’dek… so’nsam-u, abadga yo’qolsam.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Assalomu alayko’m. Yomg’ir haqidagi sherlar juda zo’r ekan. Sohiba Yusupova : Ajoyib lekin bundan ham mahzunrog’i kerak edida.

Haqiqatdan ham juda ajoyip so’zlardan foydalanilgan ekan. Yomg’ir haqidagi bu sherlar menga juda yoqdi.

Iltimos yana yomg’ir haqida sherlardan bo’lsa yaxshi bo’lardi.

Assalomu aleyko’m, shu sherlar orasida menga «kutayapman yomg’ir ostida» degan sher shu darajada yoqdiki, uni o’qib tasirlanib ketdim.

Assalomu alayko’m yurtdoshlar, yurtimizda yomg’ir yog’ayotgan bir paytda, yomg’ir haqida sher yodlashga qaror qildim.

Ushbu she’rlar juda go’zal, eng «Go’zal yomg’ir ostida» degan she’r juda ham menga yoqdi, yana yomg’ir haqida she’rlar yozing.

Yomg’ir haqidagi sherlar judayam yoqdi menga, ijodingizga omad tilab qolaman. Yomg’ir haqidagi barcha she’rlar juda ta’sirchan, qiziqarli. Menga juda yoqdi. Assalomu alayko’m. Yomg’ir haqidagi sherlar menga rosa yoqdi. Ishlaringizga omad tilab qolaman. Salom hammaga. Yomg’ir haqidagi sherlarga gap yo’q. So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

«25-May So’nggi Qo’ng’iroq» she’rlar to’plami

bugun sog’inchdan otadi tonglar tongdan sog’inaman seni sinfdosh.

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,

Turli xil sohadan berasiz ta’lim.

Uni tinglaganda kichik jussam ham,

Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,

Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.

Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,

Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Ko’zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim,

Maktab dargohini tark etar bu kun.

Yangi hayotga ham qo’yishar qadam,

Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.

Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor

To’qqiz yillik bolalikka yasaysiz yakun.

Endi xayot darsxonangiz bo’lar maktabda,

Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.

Bilmaman, balki joningizga tekkan bu jarang

Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.

Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,

Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!

Axir oson bo’lmagandir 9 yil kutmoq,

Bekor sarf bo’lmagandir 9 yil umr.

Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,

Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.

Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,

Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,

Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib

Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.

Alifboni tanimagan sofdil qizaloq

Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.

Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq

Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.

9 yilda 9 mingta quvonchu-tashvish:

Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.

Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,

Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.

Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,

Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.

Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar,

Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.

Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,

Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:

Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,

Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,

Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,

Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,

Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,

Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,

Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,

Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,

Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,

Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,

Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,

Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,

Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,

Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,

Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,

Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,

Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,

Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,

Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,

Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Dillarni titratib so’ngi qo’ng’roq,

Maktab dargohidan qiladi yiroq.

Ustozlarim ko’zidan tirqiraydi yosh,

Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq

 

Qiziqarli malumotlar
Yomg‘ir haqida sara sherlar to‘plami