Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida

Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida

Odamlarga o’z hayotlarini tibbiy amaliyotga bag’ishlash tavsiya etiladi, quyidagi fazilatlarni rivojlantirganlar:

Kitob haqida xulosa

Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu xol Xorazmda o’ziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi.

O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i – patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi.

O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri – 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi.

Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar.

Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.

O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari – so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan.

Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar – Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan.

Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O’rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX – VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o’rganish juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma manbalarga ko’ra ahmoniylar O’rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O’rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar to’plangan edi.

Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar paydo bo’lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko’pgina qabilalar va elatlar davlatchilik bosqichiga ko’tarila olmadilar.

Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oralig’ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq bu erda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni etishtirishga va yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish – chorvachilikka o’tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilik bu erdan qo’shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3-2-ming yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasida qalin tarixiy-madaniy aloqalar mavjud edi.

Arxeologik topilmalar shuni ko’rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalarida O’zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishining o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi.

Ilgarigi o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning shakllanishini ekspluatatsiyaning paydo bo’lishi yoki boshqa kishilar mehnati bilan yaratilgan mahsulotni o’ziniki qilib olishning vujudga kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga dushman sinflarga bo’linishi bilan bog’lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar ilk davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda.

Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug’orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi.

Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat-e’tiborga bo’lgan kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band bo’lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo’jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy-badavlat kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro’-e’tibori sabab bo’lgan xolos. Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to’q oilalarning paydo bo’lishiga olib keldi va asta-sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan o’g’ilga o’ta boshladi.

O’rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi.

O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid birorta yozma ma’lumotlar yo’q. O’zbekistonning bu davrga oid tarixi faqatgina arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilib, ular jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to’liq ochib bera olmaydi.

O’zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim yozma manbalarida o’lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlari, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud.

«Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So’g’d tuprog’ida paydo bo’lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlari bilan bog’lanadi. «Avesto» kitoblari quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi: qadimgi geografik tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi haqida ma’lumotlar.

Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI – IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O’rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan.

Bu borada O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan.

«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O’rta osiyo tarixiy viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko’rsatib berilgan:

«Avesto» Qadimgi fors yozuvlari Yunon tarixchilari
Mouru Marg’un Marg’iyona
So’g’da So’g’uda So’g’diyona
Bahdi Baqtrish Baqtriyona
Xvarizam Xvarazmin Xorasmiya
Partava Parfiyona
Tur, danu Shak, sak Saklar, massagetlar

Mouru Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyona erlari Murg’ob vohasi, So’g’diyona – Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona (Baqtriya) – Afg’onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm – Amudaryoning o’rta va quyi qismidagi erlarini o’z ichiga olgan.

Saklar O’rta Osiyo va Qozog’istonning tog’lari, dashtlari va cho’llarida yashagan ko’chmanchi chorvador qabilalaridir. Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo’lingan: saka tigraxauda «tigra» – bu «o’tkir», xauda – «bosh kiyim», «saka-xaumovarka» – «xaomani ulug’lagan saklar» («xaoma» – «iuqaddam ichimlik»), «saka tiay darayyo» – «daryo, dengiz narigi yog’idagi saklar».

Saklarning yodgorliklari – qadimgi qabristonlar va mozor – qo’rg’onlar juda keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol dengizi atrofidan Balxash ko’ligacha, pomir va Tangritog’ o’lkalarida, Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). Saklar xo’jaligida chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lgan. Bu kabilar qoramol mayda chorva hamda otni ko’plab urchitganlar. Saklarning yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi.

XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon tarixshunosligida O’rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo’lishi muammolarini o’rganishda «Avesto»dagi ma’lumotlar, Gekatey va Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari asos bo’lib xizmat qildi.

Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha mavjud bo’lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so’z yuritganlar.

1. Arshayyona – O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning uyushmasi;

2. Ayyornam Vayjo – bu ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada bo’lgan «Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati;

3. Qadimgi Baqtriya davlati.

Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan Kavi Vishtasining podsholigi bo’lib, miloddan avvalgi IX – VIII asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg’iyona va Amudaryo va o’rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar.

Bu masala ko’plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo’lgan bo’lsa-da, «katta Xorazm» muammosi to’la echimini topmagan. Bu ilmiy nazariya Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo’lgan. Gerodot yozadi: «Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog’ bilan o’ralgan, tog’ni esa beshta dara kesib o’tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo’lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan. Forslarning hukmronligi boshlang’ich vodiy fors podshosi hukmronligiga o’tgan. Vodiyni o’rab olgan tog’dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi».

Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo’nalishda Kopetdog’ yonbag’irlarida joylashganlar.

Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo’lib, bu davlatni forslar podshosi Kir II tomonidan bo’ysundirilgandan so’ng xorazmliklar Quyi Amudaryo – hozirgi Xorazm viloyatiga ko’chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko’ra, xorazmliklarni Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar siqib chiqarganlar.

S.P.Tolstov, Ya.G’ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo’lib, xorazmliklar O’rta Osiyoning janubidan ko’chib kelmaganlar. Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo’lgan.

Miloddan avvalgi 700-540 yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo’lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralir Marg’ob vohasi. Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan bo’lishi mumkin.

O’rta Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yiriklaridan biri bo’lgan. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o’lkalar chegaradosh bo’lgan.

Marg’iyona va So’g’diyona qadimg Baqtriya davlatining ayrim qismlari bo’lganligi haqida turli manbalar xabar qiladi. Qadimgi fors podshosi Doro I ning Marg’iyonadagi Frada boshchiligidagi qo’zg’olonni (mil.avv. 521 y.) tor-mor qilishi haqida Behistup yozuvlaridagi xulosa: «mana nimalarni men Baqtriyada qildim». Doro III davrida Baqtriya va So’g’diyona birlashtirilgan o’lka bo’lib, unda Bess ismli satran hokimlik qilgan vaziyati va Marg’iyona, Baqtriya hamda So’g’diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o’xshashligi ham shular jumlasidandir.

Arxeologik manbalarga ko’ra, Baqtriya va So’g’diyona viloyatlariga nisbatan, Xorazm tuprog’ida miloddan avvalgi IX – VIII asrlarga oid paxsa yoki xom g’ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa devorlari va turli inshootlar topilmagan. Sopol idishlar qo’lda yasalgan va kulolchilik charxi bu davr mahalliy hunarmandchiligida noma’lum bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilar shu vaziyatni hisobga olib, ahamoniylargacha bo’lgan davrda Xorazm tuprog’ida yirik davlat tashkil topmagan deb xulosa chiqarganlar.

Ammo, shunga e’tibor berish kerakki, miloddan avvalgi VII asrning oxirlariga kelib, qadimgi Xorazm shahar markazlaridan biri Qo’zaliqir mudofaa devorlarining tuzilishi bilan Baqtriyadagi Qiziltepa shahar devorlarini tuzilishida ancha o’xshashliklar topildi. Baqtriya va Xorazm shahar markazlari mudofaa devorlarining o’rtasida jangchilar yurishi uchun maxsus yo’lak bo’lgan. Shahar devorlari ustiga o’q otish uchun mudofaa burjlari qurilgan. Devorlarda har 2 metrda shinaklar qoldirilgan. Demak, shu davrga kelib Xorazm tuprog’ida yirik shahar markazlari paydo bo’ldi.

O’rta Osiyo viloyatlarining madaniy o’xshashliklariga sabab xalqlarning qo’shni-qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-sotiq, madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivodlangan madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining Xorazm chegaralari yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi. Agar ko’rsatib o’tilgan fikrlar, jumladan, oxirgisi to’g’ri bo’lsa, qabilalarning ko’chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan Janubiy viloyatlarning vakillari va mahalliy aholisi qo’shilish natijasida yangi madaniy va etnik jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu vaziyat, arxeologik va antropologik ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyo va xususan O’zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida ancha taraqqiy topgan.

Misol uchun, miloddan avvalgi IX – VIII asrlarda Janubiy So’g’diyonada (Qashqadaryo vohasi) charxda ishlangan idishlarning paydo bo’lishi, qurilishida g’isht bilan naxsaning ishlatilishi, uy-qo’rg’onlar va ayrim qal’alarning bino qilinishi Baqtriyaning So’g’diyonaga madaniy ta’sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba’zi tumanlarning o’zlashtirilishini tasdiqlaydi.

Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo o’rta oqimi qismidan tortib Orolga yaqin bo’lgan erlarda vujudga kelgan, degan xulosaning to’g’riligi tasdiqlandi. Bu davlat Marg’iyonadagi Marv atrofida shakllanmagan, chunki manbalarga ko’ra, Marg’iyona qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati bo’lgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi erlar orqali o’tgan. Shu erlarda bir-biriga ro’para holatda ikkita qadimgi istehkom – Odoytepa va Qushqal’a qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan erlar So’g’diyona, Marg’iyona va Baqtriyaga tegishli o’lkalarga borib taqalgan Balki shuning uchun ham Gekaney xorazmliklar viloyatini parfiylardan sharqiy tomonda joylashtirgan Gerodot esa parfiyaliklar va xorazmliklarini erlari chegaradosh bo’lgan deb ko’rsatgan.

Kir II O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarini istilo qilib, shu erning bir qismi aholisini yurtimizning shimoliy viloyatlariga siqib chiqarish mumkin edi, ammo Qadimgi Xorazm davlatining vujudga kelishi turli murakkab madaniy, etnik va siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, ahamoniylar davridan oldingi zamonlarda boshlangan.

Miloddan avvalgi VII – VI asrlarda shakllangan va ancha yirik bo’lgan Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlarining aholisi qon-qarindosh elatlar bo’lib, bir-biriga o’xshash tilda gaplashganlar va yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning hududiy bo’linishi ko’zga tashlanib o’rtoqlashuv jarayoni kuchaydi. Shaharlar qishloq xo’jalik ekinzorlari bilan o’ralib, qal’alar paydo bo’ldi, muhim savdo yo’llari bo’yicha tayanch istehkomlar qurildi, turli makonlar qurilishida mudofaa inshootlarning ahamiyati birinchi o’ringa chiqdi, mustahkam qal’a-panogohlar qurildi, makonlarning harbiy-ma’muriy, hunarmandchilik yoki qishloq xo’jalik faoliyati yanada ko’proq yuzaga chiqdi.

O’zbekistonning turli viloyatlarida arxeologlar qadimgi shahar xarobalarni topib tekshirdilar. Ko’plab arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, bu shaharning ba’zilarning yoshi 2700 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Erqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu qadimiy shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob, Marokanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqo’rg’on) hududlarida davom etdi. Ya’ni, O’zbekistonning ko’pgina zamonaviy shaharlari ancha qadimgi shaharlar tarixi bilan yaqin aloqadorlik ko’zga tashlanib turibdi.

Eng qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o’ralganligidir. Devorlar suv to’ldirilgan chuqur xandaq bilan o’ralgan bo’lib, bu mudofaa tizimi ancha mustahkam edi. Shaharlar ichki qal’a, aholini guzarlari, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo qatorlari joylashgan qismlardan iborat bo’lgan. Shahar atrofidagi soy va anhorlar bo’ylarida dehqonlarning uy-qo’rg’onlari joylashib, ular bog’lar, ekinzorlar bilan o’ralgan edi. Dehqon xo’jaliklarini asosan katta ota urug’i oilalarning vakillari tashkil etgan. Ular alohida uy-joylar, xo’jalik va tomorqa binolarga hamda hosildor erlariga egalik qilganlar. Bundan uy-qo’rg’onlar, Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizilcha) va Samarqand atrofida (Qo’rg’oncha) topib tekshirilgan.

«Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, urug’-«vis» (ayrim qishloq jamoasi 185 ta katta oila a’zolaridan iborat bo’lgan (75-90 kishi). Surxondaryodagi Qiziltepa shahri atrofida to’rtburchak shaklida qurilgan qadimiy uy-qo’rg’onlar (Qizilcha) 3-4 qo’shni uylardan iborat bo’lib, alohida joylashgan ayrim qishloq jamoasini tashkil qilganlar. Har bir katta oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va erga egalik qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo’lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug’-qabilaviy birlashuvidan ancha farq qilib, ilk davlat tizimi vujudga kelishi haqida dalolat beradi.

Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining shakllanishida va uning davlatchiligi paydo bo’lishida tub o’troq dehqon aholi alohida o’rin tutganligi haqida muhim tarixiy xulosaga kelish mumkin. O’rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi taraqqiyoti qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.

Ilk davlatlarning tashkil bo’lishida, jamiyat rivojining ichki qonuniyatlaridan tashqari (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi, hunarmandchilik, almashuv va savdoning tez rivojlanishi, sug’orma dehqonchilik va boshqalar) tashqi sabablar – kuchayib borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to’qnashuvlar ham ta’sir qildi.

Yuqorida keltirilganlardan ko’pi tasodifiy bo’lmay, aniq shart-sharoitlarga bog’liq edi. Miloddan avvalgi VII – VI asrlarda O’rta Osiyo va Qozog’istonning ko’pgina tog’ va dasht joylarida yilqichilik va ko’chmanchi chorvachilik keng tarqaldi. Ko’chmanchilar yarog’-aslahalar taraqqiyotida katta yutuqlarga erishib, qudratli harbiy kuchga aylandi. Uyushgan ko’chmanchi qabilalarning o’troq dehqonchilik vohalarga xavfi yanada kuchaydi. O’troq aholi uchun keng ko’lamdagi va ishonchli himoyani tashkil qilish zarur bo’lib qoldi. Shuning uchun ham Xorazm, Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyonadagi o’troq aholining harbiy-siyosiy ittifoqi (uyushmasi) shakllanishida, uyushgan ko’chmanchi qabilalardan tuzilayotgan harbiy xavf hamda ehtimol, Midiya podsholigining Shimoli-sharqiy Eron va O’rta Osiyoning janubiy chegaralariga bo’lgan hududiy bosqini sabab bo’ldi.

O’zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi geografik, hududiy ma’noda nafaqat O’zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki qo’shni viloyatlarda ham qadimda yuz bergan etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog’liq holda talqin qilinmog’i lozim. Tarixning qadimgi davrlarida ilk davlatlar orasida va ajdodlarimizning yashash joylari o’rtasida aniq ma’muriy chegaralar bo’lmagan. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va So’g’d chegaralari tabiiy bo’lib, yaqin hududlardagi o’troq yashash joylarning tabiiy geografik bo’luvchisi sifatida dashtlar, cho’l va tog’lardan foydalanilgan.

Xulosa qilib aytganda, yozma manbalar, arxeologik ma’lumotlar va zamonaviy tarixiy tadqiqotlar asosida O’zbekiston hududida ilk davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni quyidagi davrlar bilan belgilash mumkin:

1. Bronza davri. Miloddan avvalgi 2 ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida va janubiy O’zbekistonda unchalik katta bo’lmagan dehqonchilik vohalari asosida (misol uchun, qadimgi Sherobod vohasi) ilk davlatchilik tizimiga o’tish davri.

2. Bronza davridan temir asriga o’tish davri. Miloddan avvalgi IX – VIII asrlar. Mayda davlat tashkilotlarning rivojlanishi va yirik harbiy-siyosiy uyushmalarning vujudga kelishi. Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm.

3. Ilk temir davri. Miloddan avvalgi VII – VI asrlar. Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya misolidagi yirik davlat uyushmalarining paydo bo’lishi.

«Avesto»da huquqiy munosabatlar. «Avesto» va zardushtiylarning ta’limoti inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari ma’lum qonun-qoidalarga asoslangani haqida ma’lumot beradi.

O’rta Osiyo xalqi davlatchilik tarixi Dovon davlat tarixi bilan uzviy bog’liq. Bu davlat shu nom bilan Xitoy manbalarida tilga olinadi (boshka manbalarda «Parkana», deyilgan). Dovon davlati taxminan miloddan avvalgi III asrda paydo bulgan.

Dovon davlatini tadkikotchilar kadimgi Fargona xisoblaydilar. Yozma manbalarga kura, «Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shaxar bor: axolisining soni bir necha yuz mingga etadi». Olimlar aytishicha, kadimgi Fargonada 300 ming axoli yashagan. Shaxarlarning ichida davlat poytaxti Ershi shaxri aloxida axamiyat kasb etgan. Miloddan avvalgi 104-101 yillarda Xitoy kushinlari Dovonga yurishlar kilib Ershi shaxrini kamal kiladilar. Shu paytda Kang davlati kushinlari yordamga kelib, xitoyliklarga karshi kurashda faol katnashdilar. Xitoy lashkarlari sulxga rozi bo’lib Dovonni tashlab chikadilar.

Dovon davlatining axolisi dexkonchilik bilan shugullangan. Kadimshunoslarning tadkiklari natijasida Fargonada kup sonli uy-kurgonlar, kishlok va shaxar xarobalari topib tekshirilgan. Ular ayrim xosildor dexkonchilik tumanlarida joylashgan.

Kadimgi Fargona kishlok xujaligi, xunarmandchilik va binokorlik yuksak darajada rivojlangan ulka edi. Dovon dexkonlari arpa, sholi, bugdoy va beda etishtirish, bogdorchilik va uzum etishtirishda katga yutuklarga erishganlar.

Fargona uzining «samoviy» otlar zoti bilan mashxur bulgan. Xitoy imperatorining Dovonga bostirib kirishi sabablaridan birini yozma manba shunday ochib beradi: «Dovon davlatining Ershi shaxrida garoyib otlar mavjudligi xakida saroyga xabar keldi. Imperatorning «samoviy» otlarga ishtiyoki ortdi».

Dovon davlati Xitoy, Xindiston va boshka Shark mamlakatlari bilan bulgan xalkaro savdoda muxim urin tutgan.

Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustakil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu xol Xorazmda uziga xos maxalliy davlatchilik tizimi rivojiga muxim omil bo’ldi.

“Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida

“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” romani haqida hikoya qiladi.

Fleshbek

Ernest Xemingueyni eng sevimli adiblarimdan biri deb hisoblayman. Deyarli barcha kitoblarini o‘qib chiqqanman desam adashmayman. Bular ichida eng yengil o‘qiladigan va shu bilan birga o‘zida juda katta yukni ko‘targan asar, shubhasiz, “Chol va dengiz”dir. Yozuvchiga Nobel mukofotini ham aynan shu asar olib kelgan. Bolaligimda bu kitob ta’sirida hattoki do‘stlarim bilan yog‘och sol yasaganman, kanalda oqib, o‘zimni asar qahramoni sifatida tasavvur qilganman. Baliq oviga borsam, hamisha yodimga kelardi, qaytib kelib esa o‘zimga yoqqan eng ta’sirli dialoglar qismini qayta-qayta o‘qirdim.

Asar haqida

“Chol va dengiz” – amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning 1952-yilda Bagama orollarida yozilgan va nashr etilgan romani. Xemingueyning hayoti davomida nashr etilgan so‘nggi taniqli asari. Kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayotidagi eng katta o‘ljaga aylangan ulkan marlin bilan ochiq dengizdagi jangi haqida hikoya qiladi.

Asarning kitob versiyasi 1952-yil 1-sentabrda chop etilgan. Tiraji 50 ming nusxadan iborat bo‘lib, Charlz Tannikliff va Raymond Sheppardlar chizgan oq-qora rasmlar bilan boyitilgan.

1953-yil may oyida Xeminguey faoliyati uchun Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Chol va Dengiz”ning muvaffaqiyati Xemingueyni dunyoga mashhur qildi. Asar hozir dunyoning ko‘p davlatlarida, maktablaring adabiyot darslarida o‘rganilmoqda.

Syujet

Santyago ismli chol Kubadagi kichkina baliqchi qishloqda yashaydi va yolg‘iz o‘zi baliq tutadi. So‘nggi marta u 84 kunni dengizda o‘tkazgan, ammo hech narsa tutolmagan. Ilgari Manolin ismli bola u bilan baliq ovlagan, u cholga juda ko‘p yordam bergan, ammo bolaning ota-onasi Santyagoni omadsiz deb hisoblab, o‘g‘liga boshqa qayiqda dengizga borishni buyurgan.

Foto: Google Photos

Chol Manolinga baliq ovlashni o‘rgatgan va bola Santyagoni yaxshi ko‘radi, unga yordam berishni xohlaydi. U xo‘rak uchun sardina sotib oladi, cholning kulbasiga ovqat olib keladi. Chol azaldan qashshoqlikka ko‘nikkan.

Ular bola bilan baliq ovi hamda taniqli beysbol o‘yinchilari haqida suhbatlashishadi. Kechasi chol yoshligidagi Afrikani va “qirg‘oqqa chiqqan sherlarni” tushlarida ko‘radi.

Ertasi kuni ertalab chol baliq oviga boradi. Bola unga yelkanni ko‘tarishda, qayiqni tayyorlashda yordam beradi. Cholning aytishicha, bu safar u omadga ishonadi.

Baliq ovlovchi kemalar birin-ketin qirg‘oqdan suzib, dengiz tomon yo‘l oladi. Chol dengizni yaxshi ko‘radi, uni ayol kishini eslagan kabi entikib o‘ylaydi. Ilmoqqa xo‘rakni ilgandan so‘ng Santyago qushlar va baliqlar bilan xayolan muloqot qilib, asta-sekin suzadi. Yolg‘izlikka o‘rganib qolgan chol o‘zi bilan o‘zi gaplashadi.

Oldin o‘zi yolg‘iz qolganida u kuylardi; u ba’zan hatto tunda, katta yelkanli qayiqlarda suzganda yoki toshbaqalarni ov qilganda ham qo‘shiq aytgan.

Chol okeanning turli jonzotlarini biladi va ularga juda yumshoq munosabatda bo‘ladi.

Avvaliga Santyago kichkina tunets balig‘ini ushlaydi. U tunetslar suruvi atrofida uning xo‘raklarini yaxshi ko‘ruvchi katta baliq bor deb umid qiladi. Ko‘p o‘tmay chol qarmoq o‘rnini bosadigan yashil novdaning yengil silkinishini sezadi. Qarmoq ipi pastga tortila boshlaydi va chol qo‘lga tushgan juda katta baliqning vaznini his qiladi.

Chol qalin baliq ovlash ipini tortib olishga harakat qiladi, ammo u muvaffaqiyatga erishmaydi – katta va kuchli baliq u bilan birga yengil qayiqni tortib ketadi. Chol uning yonida bola yo‘qligidan afsuslanadi – Santyago baliq bilan olishayotganida Manolin boshqa qarmoqlardan o‘lja oli turishi mumkin edi.

Oradan taxminan to‘rt soat o‘tadi. Oqshom yaqinlashmoqda. Cholning qo‘llari tilinib ketgan, baliq ovlash ipini orqasiga tashlaydi va uning ostiga qop qo‘yadi. Endi Santyago qayiq tomon suyanib, biroz dam olishi mumkin.

Qarilikda odam yolg‘iz qolishi mumkin emas. Ammo, bu muqarrar.

Tun. Baliq qayiqni qirg‘oqdan uzoqroqqa tortadi. Chol charchagan, lekin baliq haqidagi o‘ylar uni bir lahza tark etmaydi. Ba’zan u unga achinadi – katta, kuchli va keksa baliq, chol yashashi uchun o‘lishi kerak. Santyago baliq bilan gaplashmoqda: “Men o‘lgunimcha sendan ajralmayman”.

Cholning kuchi tugayapti, baliq esa charchamaydi. Santyago tongda tunets yeydi – uning boshqa ovqati yo‘q. Chol baliq suv yuzasida paydo bo‘lishiga umid qiladi va keyin uni nayza bilan o‘ldirishi mumkin.

Nihoyat, suv yuzasida baliq paydo bo‘ladi. U Quyoshda tovlanadi, boshi va orqasi to‘q binafsha rang, burnining o‘rniga esa – qilich, xuddi beysbol bitasi kabi uzun. U qayiqdan ikki fut uzunroq.

Sirtda paydo bo‘lgan baliq yana chuqurlikka kirib, qayiqni tortib ketadi va chol uni ushlab turish uchun kuch to‘playdi. Xudoga ishonmasa-da, duo o‘qiydi.

Yana bir kun o‘tadi. O‘zini chalg‘itish uchun, chol beysbol o‘yinlarini eslaydi. U Kasablankadagi qovoqxonada bir vaqtlar portning eng kuchli odami bo‘lgan qora tanli odam bilan qanday qilib kuch sinashganini, ular kun bo‘yi stolda qanday qilib qo‘llarini tushirmasdan o‘tirganlarini va oxir-oqibat qanday qilib g‘alaba qozonganini eslaydi. U bunday janglarda bir necha marotaba qatnashgan, g‘alaba qozongan, ammo keyin baliq ovlash uchun o‘ng qo‘l kerak deb qaror qilib, bu ishni tashlab yuborgan.

Baliq bilan jang davom etmoqda. Santyago o‘ng qo‘li bilan qarmoq ipini ushlab turadi. Kichik qarmoqqa makrel balig‘i ilinadi. Chol u bilan kuchini mustahkamlaydi, garchi bu baliq mutlaqo mazasiz bo‘lsa ham. U ovqatlanadigan hech narsaga ega bo‘lmagan katta baliq uchun achinadi, ammo uni o‘ldirishga bo‘lgan qat’iylik pasaymaydi.

Tunda baliq suv yuzasiga chiqadi va aylana suza boshlaydi. Bu baliq charchaganining belgisidir. Chol baliq ovini tugatish uchun nayza tayyorlamoqda. Keksa Santyagoning charchoqdan fikrlari chalkashib ketadi va uning ko‘zlarida qora dog‘lar raqsga tusha boyshlaydi. Chol qolgan bor kuchini to‘playdi va baliqning biqiniga nayza sanchadi.

Keyin baliq hayotga qaytadi, garchi allaqachon o‘limni bo‘yniga olgan bo‘lsa-da, go‘zalligi bilan maqtangandek suv sathidan ko‘tariladi.

Ko‘ngil aynish va kuchsizlikni yengib, chol baliqni qayiqning yon tomoniga bog‘lab, qirg‘oqqa tomon buriladi.

Qon hidiga suzib kelgan birinchi akula paydo bo‘lgunicha oradan bir soat o‘tadi. U qayiqqa yaqinlashadi va baliqni tishlari bilan yirtishni boshladi. Chol uni bosh suyagidagi eng himoyasiz joyiga nayza bilan uradi. U nayza, arqon va ulkan baliq parchalarini sudrab, suv tubiga sho‘ng‘ib ketadi.

Santyago yana ikkita akulani eshkakka bog‘lab qo‘yilgan pichoq bilan o‘ldiradi. Akulalar baliqning kamida chorak qismini olib ketadi. To‘rtinchi akulada pichoq sinadi va chol kuchli to‘qmoqni qo‘liga oladi.

Foto: Google Photos

U qayiqqa akulaning har bir hujumi bir parcha uzib olingan go‘shtni anglatishini va endi baliq qoni dengizda magistral kabi keng iz qoldirganligi dunyodagi barcha akulalarni chorlashini biladi.

Keyingi akulalar guruhi Quyosh botishidan oldin kemaga hujum qiladi. Chol ularning boshlariga to‘qmoq bilan urib, haydab yuboradi, lekin tunda ular qaytib keladi. Santyago avval yirtqichlarga qarshi to‘qmoq bilan, keyin esa rumpelning o‘tkir parchasi bilan kurashadi. Nihoyat, akulalar suzib ketadi: ular uchun ovqatlanishga boshqa hech narsa qolmagan edi.

Chol kechqurun ko‘rfazdagi kulbasiga kiradi. Tutqichni yechib, yelkanni bog‘lab, uyi tomon yuradi. Chol bir zum orqasiga o‘girilib, katta baliq dumini va oq suzgichini ko‘radi.

Bola cholning kulbasiga keladi. Santyago uxlamoqda. Bola cholning yarador kaftlarini ko‘rib yig‘laydi. U cholga qahva olib kelib, uni tinchlantiradi va bundan buyon ular birga baliq ovlashiga ishontiradi, chunki u hali ko‘p narsalarni o‘rganishi kerak. U cholga omad olib kelishiga ishonadi.

Ertalab baliqchilar bahaybat baliq qoldiqlaridan hayratda qoladi. Boy sayyohlar qirg‘oqqa keladi. Ular baliqning ulkan dumi bilan uzun oq umurtqasini ko‘rib hayron qoladi. Ofitsiant ularga nima bo‘lganini aytib berishga harakat qiladi, lekin ular hech narsani tushunmaydi – ular bunday hayotdan juda uzoqda edi.

Bu paytda chol uxlamoqda edi va tushida qirg‘oqqa chiqayotgan sherlarni ko‘rardi.

Tahlil

Kitobning birinchi jumlasiyoq (“Chol qayiqda yolg‘iz o‘zi Golfstrimda baliq ovlardi. Dengizga chiqayotganiga mana sakson to‘rt kun ham to‘ldi, ammo hali bironta baliq tutganicha yo‘q”) kishini o‘ziga tortadi. Bu so‘zlar sodda va tuzilish jihatdan oddiy mustaqil birikma bilan qo‘shilgan ikkita mustaqil va yaxshi ifodalangan gapni tashkil etadi. Bu Xeminguey adabiy uslubini tavsiflovchi umumiy xususiyatlardir. Bu roman Don Kixotning sevgilisi Dulsineyani ko‘rish uchun yo‘lida dahshatli mahluqlarni qidirishiga o‘xshaydi. Adibning boshqa asarlarida so‘zlarni tejash, tajribani bevosita yetkazish uchun ishlatilgan bo‘lsa ham, bu asarda Xemingueyning mahorati shu qadar mustahkamlanganki, nasrning ko‘p qismi bir darajada bo‘sh bo‘lib, boshqasida ma’no bor; ya’ni jumlalar haqiqat bilan o‘ziga xos aloqani yo‘qotishga moyildir, lekin shu bilan birga ular she’riyat effektiga juda o‘xshash, umumiy va ramziy xarakterga ega bo‘ladi. Xemingueyning uslubi nima uchun juda ko‘p sharhlovchilar uning romanini fantastika emas, afsona sifatida ko‘rishini tushuntirishga yordam beradi.

Quyidagi jumlada qirq sonining qo‘llanilishi esa qisqa romandagi ko‘plab diniy alomatlarning birinchisidir. Qirq kun – Iso Masih sahroda Shaytonni yengishi uchun ajratilgan vaqt. “Qirq kundan keyin Manolinning ota-onasi ‘chol hozir aniq Salao, bu omadsizlikning eng yomon shakli’ deb qaror qildi”.

Bu jumla roman mavzularidan birini – o‘zgarmas taqdirga qarshi qahramonona kurashni ifoda etadi. Aslida birinchi xatboshidagi barcha so‘zlarda Santyagoning muvaffaqiyatsizligi aniq ko‘rinib turibdi. Masalan, “deyarli har kuni cholning dengizdan quruq qaytayotganligini ko‘rib bola ich-ichidan ezilar edi”. Yanada kuchliroq: “Dag‘al matodan to‘qilgan yelkan yamalaverib, olaquroq bo‘lib ketgan, o‘rog‘liq holda yaksoni chiqqan polkning bayrog‘iga o‘xshardi…”

Santyagoning tavsifiy tuzilishi, uning eski va qarigan tanasi tafsilotlari bilan davom etadi. O‘tmishdagi muvaffaqiyatlardan meros qolgan yaralar ham “uzoq suvsizlikdan qaqrab yotgan biyobon darzlari singari ko‘hna edi”.

Bularning barchasi Xeminguey tomonidan mohirona tarzda aytilgan “cholda nimaiki bor bo‘lsa, bari ham eski, faqat dengiz tusini olgan moviy, mardona odamlarnikiga xos quvnoq ko‘zlari bundan mustasno edi” degan so‘zlar bilan birdan o‘zgaradi. Bu muvaffaqiyatning ikki turi: tashqi, moddiy muvaffaqiyat va ichki ma’naviy muvaffaqiyat o‘rtasidagi dixotomiyaga e’tiborni jalb qiladi.

Santyagoga tashqi muvaffaqiyat yetishmasa ham, uning ichki muvaffaqiyati bilan, bu narsaning ahamiyati butkul yo‘qoladi. Bu tinimsiz ruhning moddiy boyliklar ustidan g‘alabasi, romanning yana bir muhim mavzusidir. Bundan tashqari, Santyago ko‘zlarining rangi, Xeminguey Santyagoni dengiz bilan tobora ochiq taqqoslashidan dalolat beradi, bu esa Santyagoning cheksiz ruhi va cheksiz dengiz kuchini bevosita uzviy bog‘liq ekanini anglatadi.

Santyago va Manolin o‘rtasidagi munosabatni bir jumla bilan xulosa qilish mumkin: “Chol bolaga baliq ovlashni o‘rgatdi, bola esa uni yaxshi ko‘rdi”. Manolin Santyagoning shogirdi, ammo uning munosabati faqat ish bilan chegaralanmaydi. Manolin Santyagoga qalban sig‘inadi, ammo bu butparastlik obyekti nafaqat bir paytlar bo‘lgan buyuk baliqchi, garchi hozirgi paytda u muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa ham, balki g‘oyaviy sig‘inish edi. Bu Manolinning cholga noyob va deyarli diniy sadoqatini tushuntirishga yordam beradi, Chol bilan baliq ovlamagani uchun Santyagodan uzr so‘raganida Manolin shunday deydi: “meni ketishga dadam undadi. Men bolaligimdan unga itoat qilishim kerak”, degan gapga Santyago javob beradi: “bilaman. Bu normal holat. Uning ishonchi kam”.

Ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlarning aniq iyerarxiyasiga qaramay, Santyago uning bola bilan tengligini ta’kidlaydi. Santyagoda bolani o‘rgatish uchun ozgina narsa borligini namoyish qilib, bu tenglik ikki do‘stning muqarrar ajralishini anglatadi va, bundan tashqari, bu bolani oqsoqoldan nima o‘rganishi haqida emas, balki keksa odamning hayotdan noyob saboqlarni o‘rganishi haqida hikoya bo‘ladi.

Kutilmagan tenglikning shunga o‘xshash turi, Xeminguey quruqlikda marlin va akulalar bilan ishlashning turli usullarini tasvirlab berganida paydo bo‘ladi. Garchi bu Santyago, marlin va akula o‘rtasidagi jangni namoyish qilsa-da, u ishtirokchilarga mos keladi. Dengiz janglariga qaramay, marlin va akulalar qirg‘in qilinadi va odamlar ulardan quruqlikda foydalanadilar; ularning dushmanliklari faqatgina dengizda aktual xolos, sohilda esa bu hech narsani anglatmaydi. Santyago va Manolin misolida bo‘lgani kabi, ushbu uyg‘unlik romanda tabiatning uyg‘unligi, katta fojiada qahramonning o‘z qurboniga yordam beradigan birlik singari tematik tashvishni namoyish etadi.

Xemingueyning asarlari inson va tabiat, kurash va qahramonlik, axloqiy kuch va yolg‘izlik, yo‘qotish va muvaffaqiyatsizlikning buyukligi bilan bog‘liq. “Chol va dengiz” ehtimol yozuvchining bu mavzular cho‘qqisidagi eng yuqori nuqtasidir. Shuning uchun ham biz har birimiz o‘zimizni uning asarlarida topa olamiz. Asarda markaziy mavzu mag‘lubiyat bo‘lsa-da, u muvaffaqiyatsiz bo‘lishini his qilganiga qaramay, oxirigacha kurashishni davom ettiradi. Bu esa, o‘z navbatida, insonga yanada ulug‘vorlik bag‘ishlaydi.

Boshqa tomondan, baliq ovi cholning baliq tutish qobiliyatiga ega ekanini o‘ziga isbotlash uchun ramziy ma’noga ega, garchi u qari bo‘lsa ham, yosh yigitning kuchiga ega bo‘lmasa ham, u hanuzgacha qari donishmand ayyorligi va tajribasiga ega edi.

Xulosa

Aslida bu hikoyada ko‘p narsa sodir bo‘lmaydi, lekin sizni birinchi sahifadan oxirgi sahifaga qadar butun diqqatingizni tortib oladi. Bu yerda men uchun eng kutilmagan narsa bu asarning yakuni bo‘lgan. Nazarimda, hamma narsa juda qayg‘uli tugashi kerak edi. Biroq bu ham yomon emas. Bunday yakun cholni qahramonga aylantirmaydi, lekin u eng qimmatli narsasini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgani sababli u yutqazmaydi. Bu yerda chol oddiy odam va bu hikoyaning go‘zalligi shunda.

Bu buyuk kitob, men undagi ajoyib, juda keng qamrovli fikrlashga undovchi dialoglarni tahlil qilib, muallif aytmoqchi bo‘lgan narsaning oxiriga borishni juda yaxshi ko‘rardim. Rostini aytsam, uni tahlil qilib va tahlilsiz o‘qib, men ikki xil kitobni topdim. Ulardan birida yakun juda qayg‘uli va depressiv, ikkinchisida esa umid, ishonch va kuchga to‘la edi.

Foto: Google Photos

Qiziq, nega odamlarni yana va yana dengizga chiqqisi kelaveradi? Biz faqatgina ovqat uchun dengizga boramizmi? Ovqat uchun ochlikdan ko‘ra kuchliroq ochlik bormi? U nima? O‘ylaymanki, hamma bu savollarga kitobni o‘qib chiqib, o‘ziga xos tarzda javob topadi. Xeminguey o‘zi uchun javobni ushbu kitobda bergan. Qabul qilish yoki qilmaslik sizga bog‘liq. Kitobni o‘qish oson, Xeminguey o‘z uslubida bemalol so‘zlaydi. Ta’rif sahifalari yoki nozik tarzda tasvirlangan psixologik portretlar yo‘q. Men barchaga bu kitobni, maqsadi ibtidoiy primitiv instinktlardan ustun bo‘lgan g‘arb stoitsizmining ajoyib yodgorligi sifatida o‘qishni tavsiya etaman.

Iqtiboslar

— Ammo inson bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo‘lib ketaverish uchun yaratilmagan, — dedi u. — Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi;

Chollar nega juda barvaqt turisharkin-a? Nahotki buni qolgan umrlaridan bir kunini bo‘lsa ham cho‘zish niyatida qilishsa?

Oldin qarz olasan, keyin sadaqa so‘raysan.

— Yaxshilab dam olgin, mitti qush, — dedi u. — Keyin sohilga qarab uchgin, har bir odam, qush va baliq singari sen ham chinakamiga hayot uchun qattiq turib kurashgin;

Chol dengizda kishi hech qachon yolg‘iz o‘zigina qolmasligini tushundi.

Qiziqarli faktlar

– Roman Charli Skribner va Xemingueyning adabiy muharriri Maks Perkinsga bag‘ishlangan va 1952-yil 1-sentabrda Life jurnalida nashr etilgan. Ikki kun ichida jurnal besh million nusxada sotilgan;

– Kunlarning birida Ernest Xeminguey har kimning yuragiga ta’sir qiluvchi eng qichqa hikoya yozishi mumkinligi haqida baxslashib qolgan. Bu baxsda u g‘olib bo‘lgan. Hikoya matni: “Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan” (For sale: baby shoes, never worn);

– Ernest Xeminguey hayoti davomida ko‘p marotaba o‘limga yaqin edi. U o‘ndan ortiq baxtsiz hodisa va tabiiy ofatda bo‘lgan, ov paytida ikki marotaba yaralangan, o‘rmon yong‘inidan omon qolgan, urushda esa jangda pulemyotlardan yaralangan va tanasidan 273 ta mina parchasi olingan. Ammo u hayotini joniga qasd qilish bilan yakunlagan. Achinarlisi, yozuvchining otasi, akasi, singlisi va nevarasi ham o‘z joniga qasd qilgan.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Tibbiyot

Shifokor mutaxassis, bu odamlarni davolaydi va turli kasalliklarning paydo bo’lishining oldini oladi, maxsus bilim va ko’nikmalarga asoslangan. Tibbiy kasb eng zarur va insonparvarlikdir, chunki dunyoda hayotdan qadrliroq narsa yo’q. Insonning taqdiri bu kasbdagi odamlarning faoliyatiga bog’liq.. Ba’zida qaror qabul qilishning biroz kechikishi bemorning o’limiga olib kelishi mumkin..

Shifokorning asosiy vazifasi bemorga tibbiy yordam ko’rsatishdir, kasallikning asl sababini aniqlash, inson salomatligini yaxshilash va saqlash.

turlari

Shifokorning turli sohalarini farqlang:

  • terapevtik sohadagi mutaxassislar, ular bemorlarni tekshiradi va ularga kerakli dori-darmonlarni buyuradi, qabul qilish bemorlarning tiklanishiga yordam beradi. Og’ir holatlarda shifokor tekshiruvni tayinlaydi yoki jarrohlik bo’limiga yo’llanma beradi;
  • jarrohlik har doim patologik zonalar va jarayonlarni yo’q qilish uchun jarrohlik aralashuv bilan bog’liq, inson tanasida uchraydigan. Ushbu kasb egalari ko’plab odamlarning hayotini saqlab qolishgan.;
  • marhumning o’limining sababini aniqlash uchun patologik yo’nalish zarur;
  • psixologik ixtisoslik hissiyotlarni boshqarishga imkon beradi, standart sifatida, ikkala patologik, ularni boshqaring.

Agar tibbiy faoliyatni tasniflash haqida gapiradigan bo’lsak, Biz ajratish mumkin:

  • farmatsevtlar, farmatsevtlar, farmatsevtlar, paramediklar;
  • go’zallik mutaxassisi, massajchi, proktolog;
  • hamshiralar, vasiylarga, psixoterapevtlar;
  • ftiziologlar, veterinariya vrachlari, virusologlar;
  • toksikologlar, bakteriologlar, oftalmolog;
  • ginekologlar, akusherlar, dermatologlar;
  • okulistlar, terapevtlar, kardiologlar;
  • rentgenologlar, psixonevrologlar.

Pediatrlar alohida e’tiborga loyiqdir. Bu odamlar bolalarni tug’ilishdan to voyaga qadar davolashadi.. Axir, siz psixomotor rivojlanishini kuzatishingiz kerak, to’g’ri holat, chaqaloqlarning vazni va bo’yi.

Stomatologiya kasbi talabga ega deb hisoblanadi – bu soha tibbiyotda alohida sohadir. Ertami-kechmi tish og’rig’i yoki kariyes har kimda uchraydi va bu erda siz shifokor yordamisiz qilolmaysiz. Muammolarni oldini olish uchun bemorlarni ma’lum vaqtdan keyin mutaxassisga ko’rsatish kerak.

Stomatologlar orasida ko’proq ixtisoslashgan shifokorlarni topish mumkin.: jarrohlar, terapevtlar, ortodontistlar, ortopedlar, periodontistlar. Bolalar stomatolog chaqaloqning to’g’ri tishlashiga g’amxo’rlik qiladi, tishlarni muhrlaydi, kattalar shifokori gum operatsiyasi qiladi, tishlarni tiklaydi

Bemorning sog’lig’i – shifokorning asosiy vazifasi, u qanday tibbiy faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’i nazar.

Shifokor kasbining tarixi

Qadim zamonlardan beri odamlar shifo bilan shug’ullanishgan. Ibtidoiy jamoalarda har bir aholi qonni qanday to’xtatish kerakligini bilar edi, tikuv, infektsiyani oldini olish, hatto tishlarni davolashga urinishlar bo’lgan. Ular o’tlar va boshqa foydali o’simliklar bilan davolandi.. Tarixdan oldingi qazishmalar haqida, ibtidoiy odamlar nafaqat sinishni davolay oladilar, balki kraniotomiyani ham bajaring. Shifokorlar ruhlardan yordam so’rashdi, quyma afsunlar, bu tiklanishiga yordam berdi va hatto qurbonlikni qo’llab-quvvatladi.

Keyinchalik tabiblar va shamanlar paydo bo’ldi. Bu odamlar juda ehtiyotkor edilar va o’simliklarning shifobaxsh va shifobaxsh xususiyatlarini bilishar edi..

Tibbiyot oldinga qadam tashladi, qadimgi yunon shifokori Gippokrat barcha bilimlarni birlashtirganida, insoniyat tarixi davomida olingan. Uni nafaqat qiziqtirardi, kasallikni qanday davolash kerak, ammo uning paydo bo’lishining sabablari. Bugungi kunga qadar har bir shifokor taniqli Gippokrat qasamyodini qabul qilmoqda, bu tibbiy faoliyatning asosiy maqsadi.

Inson a’zolarining tuzilishi haqidagi bilimlarni takomillashtirish uchun ko’p harakatlar qilingan.. Ushbu tadqiqotlar otopsi orqali amalga oshirildi.

O’rta asrlarda inkvizitsiya tibbiyotning rivojlanishini to’xtatish uchun har qanday yo’l bilan harakat qilmoqda., ammo, tibbiy muassasalar sharqiy mamlakatlarda ochilishda davom etmoqda, yaxshi shifokorlar kitob yozadilar va o’z bilimlarini yosh mutaxassislarga etkazadilar.

Penitsillinning kashf etilishi tibbiyot tarixidagi juda muhim lahzadir. Antibiotik ko’plab kasalliklarni engishga yordam berdi, ilgari o’lik deb hisoblangan.

Bugungi kunda shifokorlarning qurol-yarog’ida zamonaviy diagnostika uskunalari mavjud., bu to’g’ri tashxisni aniqlashga va kasallikni engishga imkon beradi. Biroq, ko’plab kasalliklar mutatsiyaga uchraydi, yangi shakllarga ega bo’lish, bu shifokorlarning erishilgan yutuqlardan qoniqishlariga to’sqinlik qiladi va ularni yangi muammolarni hal qilish yo’llarini izlashga majbur qiladi.

kasb bayrami

Dunyo shifokorlari o’zlarining kasbiy bayramlarini nishonlaydilar oktyabr oyining birinchi dushanbasida.

Ushbu sana tibbiyot fakulteti talabalari va barcha uchun tantanali tadbirga aylandi, tibbiy faoliyat bilan har qanday tarzda bog’liq bo’lgan kim.

Ijobiy va salbiy tomonlari

Shifokor kasbi ijobiy jihatlar bilan birga keladi:

  • talab;
  • yaxshi amaliyot bilan yaxshi daromad;
  • tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanish imkoniyati;
  • o’z-o’zini anglash;
  • bemorlarning minnatdor qarashlari.

Biroq, shifokorning ishi asoratlarsiz bo’lmaydi.:

  • uzoq o’quv davri;
  • bemorlarning salbiy reaktsiyalari, taklif qilingan davolanishga mos kelmaydiganlar;
  • tartibsiz ish soatlari;
  • kasallik alomatlarini aniqlash uchun bemor bilan uning intellektual darajasida suhbatlashish zarurati;
  • fidoyilik, sog’lig’ingizni ayamaslik, inson hayotini saqlab qolish uchun.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

Hamma ham kasb bo’yicha shifokor bo’lolmaydi. Bu birinchi navbatda odamlarga tegishli, bilan tavsiflanadi

  • qonni ko’rishdan qo’rqish;
  • nafrat va qattiqqo’llik;
  • pessimistik kayfiyat;
  • o’ziga ishonmaslik;
  • mas’uliyatsizlik.

Tibbiy nuqtai nazardan, odamlar shifokor bo’la olmaydi, ekan

  • eshitish yoki ko’rish qiyin;
  • surunkali xarakterdagi yuqumli kasalliklarga ega;
  • zaif vestibulyar apparatga ega;
  • asab-psixiatrik kasalliklarga ega;
  • nutq zaiflashadi.

kasb talablariga

Shifokorlarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • Oliy ma’lumot;
  • ish tajribasi;
  • aloqa psixologiyasini bilish;
  • shifokor lotin tilini bilishi shart;

Yaqinda yangilik kuchga kirdi, unga ko’ra Rossiya Federatsiyasi tibbiyot xodimlari, voyaga etmagan fuqarolar bilan ishlaydigan, ishga joylashish paytida sudlanganligi yo’qligi to’g’risidagi guvohnomani taqdim etishi shart. Agar qonun buzilishi faktlari mavjud bo’lsa, shifokor lavozimiga da’vogarning nomzodi ixtisoslashtirilgan komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.

Vazifa

Shifokor hech qachon ishsiz qolmaydi. Dunyo bo’ylab har bir ish kuni shifokorlari

  • yordam berish;
  • kasalliklarning sabablarini aniqlash;
  • diagnostika bilan shug’ullanadilar;
  • davolash;
  • kasalliklarning sabablarini oldini olish;
  • maslahat bering;
  • jamoatchilikka aytib bering, o’zingizni kasalliklardan qanday himoya qilish kerak;
  • yangi dorilar va davolashning progressiv usullarini ishlab chiqish.

Mas’uliyatni ixtisoslashuvga asoslangan holda batafsilroq ko’rib chiqishingiz mumkin:

  • terapevtlar klinikalarda yoki shifoxonalarda qabul qilishadi. Ular bemorlarni tekshiradilar, tashxis qo’yish va davolanishni tayinlash;
  • jarrohlar – operatsiyalarni amalga oshirish. Ularning ishi juda mas’uliyatli va aniq bilim va amaliyotni talab qiladi.;
  • patologlar – o’lim sabablarini aniqlash uchun o’liklarni oching;
  • psixiatriya va psixologiya – bemorlarni tekshirish va psixologik anormalliklarning sababini aniqlash va sog’lom emotsional holatni tiklashga yordam berish.

Shifokorning javobgarligi

Ko’p sonli vazifalardan tashqari, shifokorlar inson hayoti va sog’lig’i uchun juda katta mas’uliyatga ega..

Tibbiyot xodimlari o’zlarining ish vazifalarini yuqori sifatli bajarishlari shart.

Axir, dorilarni tanlashda bitta xato – bemorning o’limiga olib kelishi mumkin, va bunday harakatlar sud jarayonini talab qiladi va qonun bilan jazolanadi.

Doktorning vakolatlari

Shifokor bemorga davolanishni rad etishga haqlidir, agar u o’zini qobiliyatsiz deb hisoblasa yoki davolanish uchun zarur uskunalar bo’lmasa. Bunday holda, u bemorni yanada malakali mutaxassisga o’tkazishi kerak.

Siz bemorni keyingi boshqarishni rad etishingiz mumkin, agar bemor tibbiy muassasaning ichki qoidalarini buzsa va shifokorning ko’rsatmalariga rioya qilmasa, shartiga ko’ra, bemor va uning atrofidagilarning hayoti xavf ostida emasligi.

Shifokor bemordan uning kasalligi to’g’risida ishonchli ma’lumotlarni yashirishga haqlidir., agar bunday ma’lumotlar bemorning sog’lig’ini yomonlashtirsa.

Kasb xususiyatlari

Agar siz shifokor bo’lishga qat’iy qaror qilsangiz, lekin hali bilmayman, qanday mutaxassislikni tanlash kerak, jismoniy ma’lumotlaringizni tahlil qilishingiz mumkin.

Jarrohlar ingichka va uzun barmoqlarga ega. Bu operatsiyalarni osonlashtiradi..

Podiatristlarga kuch kerak. Axir, bo’g’inlar va umurtqalarni o’rnatish uchun – oson ish emas.

kasb asosiy xususiyati – shifokor “bemorga zarar etkazmasligi” kerak.

Amaliy etiket

  • Tibbiy axloq Gipokratik qasamyod bilan boshlanadi. Axir, unda xatti-harakatlarning asosiy tamoyillari yotadi.
  • Tashqi ko’rinish bemorga ishonchni kuchaytirishi kerak.
  • Yaxshi etkazilgan nutq. Mutaxassis bemorga shaxsiy muammolari to’g’risida shikoyat qila olmaydi, pul etishmasligi yoki yomon ish sharoitlari.
  • Imo-ishoralar bemorni ochiq muloqot qilish uchun joylashishiga yordam berishi kerak.
  • Shifokorga bemorni ko’rsatish taqiqlanadi, qaror qabul qilishda ikkilanasiz
  • Hamkasblarga hurmat
  • Shifokorga uchinchi shaxslarga yordam so’rab murojaat qilgan shaxs haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish taqiqlanadi.

Kerakli kasbiy ko’nikmalar va bilimlar

Har bir shifokor inson tanasining tuzilishini yaxshi bilishi kerak., va yuqori darajadagi ixtisoslashgan shifokorlar muammolarni to’liq tushunishlari shart, nima qiladilar.

U organlar haqida hamma narsani bilishi kerak, unga shifo berish ishonib topshirilgan va kim yaqin.

Shifokor muhim dori-darmonlarni mukammal darajada bilishi shart: ular nima uchun?, qanday murojaat qilish kerak, kontrendikatsiyalar. Siz ko’plab yangi mahsulotlar haqida xabardor bo’lishingiz kerak.

uchun, bemor bilan aloqa o’rnatish, psixologiyani bilishi kerak. Ishonchli muhit yaratish qobiliyati tibbiyot amaliyotida yuqori baholanadi. Ayniqsa, bunday bilim stomatologlarga yordam beradi, ginekologlar, proktologlar. Oddiy usullar yordamida bemorni shifokorga tayinlash og’ir mehnatga aylanmaydi., sog’liqqa foydali ta’sir ko’rsatadi.

Shifokorning shaxsiy fazilatlari

Odamlarga o’z hayotlarini tibbiy amaliyotga bag’ishlash tavsiya etiladi, quyidagi fazilatlarni rivojlantirganlar:

  • aql;
  • sezgi;
  • kuzatish;
  • sabr;
  • kirishimlilik;
  • o’ziga ishonch;
  • qat’iyat;
  • stressli vaziyatlarga hissiy qarshilik.

muhim, shifokor bo’lish, kim atrofdagi odamlarga g’amxo’rlik qiladi; ular, birovning qayg’usiga rahm qiladigan va dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirmoqchi bo’lgan.

Doktorning martaba

oldin, qanday qilib mustaqil ishlashingiz mumkin, Siz stajyordan rezidentga qadar qiyin yo’lni bosib o’tishingiz kerak bo’ladi.

Agar siz muvaffaqiyatli ishlasangiz, sizga bo’lim boshlig’i lavozimi taklif qilinishi mumkin.

Uning martabasining eng yuqori cho’qqisi – bu bosh shifokorning mavqei.

Boshqa variant ham bor – o’z klinikangizni oching. Malakali xodimlarni yollang va o’zingiz va odamlar manfaati uchun ishlang.

Ish joyi

Inson, professional shifokor, ko’pincha tibbiyot deb nomlanadi. Siz davlat shifoxonalarida shifokor sifatida ishlashingiz mumkin, yo xususiy klinikalarda.

Bunday mutaxassislar kerak

  • “Tez yordam” punktlari;
  • travmatologiya markazlari;
  • sog’lomlashtirish muassasalari;
  • stomatologik klinikalar;
  • tug’ruqxonalar;
  • morg;
  • veterinariya klinikalari;

Kasb barcha muassasalarda talabga ega, tibbiyot mutaxassisi zarur bo’lgan joyda ( maktablar, bolalar bog’chalari).

Shifokorlar qancha pul ishlashadi

Ko’pgina omillar shifokorning daromadiga ta’sir qiladi:

  • xususiy yoki davlat klinikasida ishlaysizmi;
  • ixtisoslashuv;
  • professionallik.

O’rtacha, shifokorlarning daromadi 390 uchun 780 dollar. ammo, nufuzli klinikalarning megapolislarida bu ko’rsatkich ancha yuqori bo’lishi mumkin.

Eng yuqori haq to’lanadigan tibbiy kasblar

Daromadli va eng mashhur mutaxassisliklar orasida stomatologiya va kosmetologiya.

Bir oz kamroq pul ishlang akusherlar, urologlar, ginekologlar.

Jarrohlar shuningdek, munosib daromadga ega, ammo ularning daromadi yuqoridagi toifalardan pastdir.

Odamlar yaxshi bo’lishadi, nima bo’ldi terapevtlar va pediatrlar. Ular doimo talabga ega.

Bugungi kunda shifokor kasbiga talab mavjud – psixolog, ovqatlanish mutaxassisi. Shuningdek, ular eng ko’p maosh oladiganlar ro’yxatiga kiritilgan.

Qanday qilib shifokor bo’lish kerak

uchun, shifokor sifatida ishlash ta’limga mablag ‘sarflash uchun katta kuch talab qiladi. Olti yil davomida anatomiya va tibbiyotning boshqa tarkibiy qismlarini o’zlashtirish kerak bo’ladi, ikki yil yashash uchun ajratish kerak bo’ladi, qayerda o’z ixtisosingizni o’zlashtirasiz, o’zingizni bag’ishlamoqchi bo’lgan narsangiz. Keyin mashq qilish vaqti keldi, bu erda tajribali shifokorlar sizning bilimlaringizni oshirishga va ularning boy tajribalari bilan o’rtoqlashishga yordam beradi.

Keyingi tibbiy kasblar 9 sinf

To’liq bo’lmagan o’rta ma’lumot bilan siz o’rta maxsus tibbiyot maktabini tugatishingiz va ishlashingiz mumkin:

  • hamshira yoki hamshira;
  • feldsher;
  • tish texnikasi;
  • qon quyish punktida laboratoriya yordamchisi;
  • akusher.

Agar xohlasangiz, o’rta maxsus ma’lumotni olganingizdan so’ng, siz universitetga kirishingiz mumkin.

Qiziqarli malumotlar
Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida