Naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibi yangilandi
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining “O’zbekiston Respublikasida nakd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizomni tasdiklash hakida”gi Qarorini ro’yxatdan o’tkazdi.
Mazkur qaror bilan O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida»gi, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida»gi qonunlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: to’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblar; inkasso bo’yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi: memorial order,to’lov topshiriqnomasi; to’lov talabnomasi; inkasso topshiriq-nomasi; akkreditivga ariza; tijorat bankining hisob-kitob cheki (bundan buyon matnda chek deb yuritiladi).
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (bundan buyon matnda BPK deb yuritiladi) foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchi o’rtasida tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank hisobvarag’i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo’yilgan bo’lmasa, bank tegishli to’lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag’larni mijozning hisobvarag’iga kirim qilishi yoki mablag’larni uning hisobvarag’idan hisobdan chiqarishi shart.
Banklar mijozning topshirig’iga binoan elektron to’lovni tegishli to’lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo’lsa, amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to’lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to’lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Banklar «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, hisobvaraqlar bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Mablag’larni oluvchilarning roziligi mavjudligidan qat’i nazar, to’lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mablag’lar mablag’larni to’lovchining hisobvarag’idan hisobdan chiqa-rilgandan so’ng, mablag’larni oluvchining hisobvarag’iga o’tkaziladi, cheklar va BPKlar bo’yicha hisob-kitob qilish bundan mustasno.
Talablarni bajarish uchun mablag’larni oluvchining hisobvarag’ida yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan taqdirda, mablag’larni hisobdan chiqarish Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini hisobdan chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga muvofiq, navbat bo’yicha amalga oshiriladi.
Mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchi tomonidan tuzilgan shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun to’lanishi zarur bo’lgan penyani hisoblash va undirish bo’yicha banklar javobgar bo’lmaydi.
Mijoz amalga oshirilgan hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha yuzaga kelgan barcha masalalar bo’yicha unga xizmat ko’rsatuvchi bankka murojaat qiladi. Bank va mijoz o’rtasidagi nizolar ular o’rtasida tuzilgan bank hisobvarag’i shartnomasiga muvofiq hal etiladi. O’zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda sud orqali hal etiladi.
Banklar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlaridan Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali milliy valyutada amalga oshiriladi.
Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlar Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Bundan tashkri, Nizomda hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni ijro qilish, memorial orderlar bilan hisob-kitoblar, to’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, to’lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar, inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar, cheklar bilan hisob-kitoblar, BPK – bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to’lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o’z saqlovchisiga bank hisobva-rag’idagi mablag’lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar, yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish vaqtida mablag’larni hisobdan chiqarish qoidalari haqida batafsil yoritilgan.
O’zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi belgilandi

«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonun va yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirgani munosabati bilan tegishli tuzatishlar kiritish zarurati yuzaga keldi, deb yozadi Norma.
Nizomning ayrim normalari chiqarib tashlandi (tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari orqali hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi boblar), ayrimlari esa to‘ldirildi. Chunonchi, yangilangan versiya hujjatda foydalaniladigan bir qator asosiy tushunchalar bilan to‘ldirildi. «Operatsiya kuni», «valutalash sanasi», «1-son kartoteka», «2-son kartoteka», «masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi», «elektron to‘lov vositalari» va boshqalar singari tushunchalarga ta’rif berildi.
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish tartibiga tuzatish kiritildi. Ular to‘lovchining bankiga yoki mablag‘larni oluvchiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi. «Qog‘ozdagi» topshiriqnomalar uch nusxada beriladi. Ularning ikkitasi ijro uchun bankda qoldiriladi, uchinchisi esa qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda bankning mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi.
Mablag‘larni oluvchining bankiga inkasso topshiriqnomasi taqdim etilganda ikkita nusxasi tegishli jurnalda qayd etilgan holda pochta xizmati orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi. ERI bilan tasdiqlangan elektron shakldagi inkasso topshiriqnomalari to‘lov tizimi orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga ijro uchun yuboriladi.
Hujjat 13.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma‘lum tizim asosida olib boriladi. Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‗z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish oldida qo‗yilgan talablarni oladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o‗tishi bilan o‗zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda huquqiy me‘yorlarda ko‗zda tutilgan, pul mablag‗larining maqsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‗iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4ta shaklidan foydalanadi.
- To‘lov topshiriqnomalari
- Cheklar
- Hujjatlashtirilgan akkreditivlar
- Inkasso
- inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar;
- akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar;
- bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar;
- ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
- veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
- to‗lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
- akkreditiv bo‗yicha hisob-kitoblar;
- inkasso bo‗yicha hisob-kitoblar;
- cheklar bilan hisob-kitoblar.
- memorial order;
- to‗lov topshiriqnomasi;
- to‗lov talabnomasi;
- inkasso topshiriqnomasi;
- akkreditivga ariza;
- tijorat bankning hisob-kitob cheki.
Banklar memorial orderlardan fuqarolarning, olib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‗liq bo‗lmagan holda, yozma topshiriqnomalari bo‗yicha naqd pulsiz pul mablag‗larini o‗tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.
Tijorat banklari o‗z operatsion xarajatlarini naqd pulsiz tartibda amalga
oshirayotganda memorial order tuziladi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo‗natilganidan so‗ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo‗li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida to‗g‗rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‗rtasida tuzilgan shartnomada ko‗rsatib o‗tilgan bo‗lishi shart.
To‗lov topshiriqnomasi – mijozning unga xizmat ko‗rsatuvchi bankka o‗z hisobvarag‗idan oluvchining hisobvarag‗iga ma‘lum bir summani o‗tkazish to‗g‗risidagi topshirig‗ini anglatadi.
To‗lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar bo‗yicha hujjatlar aylanishini quyidagi rasm orqali ko‗rish mumkin:
Qiziqarli malumotlar