Tarixiy muhammadiy kitob narxi

Tarixiy muhammadiy kitob narxi

Copyright © Savatcham.uz 2022

Tarixi Muhammadiy

Something short and leading about the collection below—its contents, the creator, etc. Make it short and sweet, but not too short so folks don’t simply skip over it entirely.

Tarixi Muhammadiy

Tarixi Muhammadiy Alixonto’ra Sogʻuniy avlodlarga Paygʻambarimiz alayhissalomning muborak hayotlariga va benazir xulqlariga bagʻishlangan “Tarixi Muhammadiy” asarini bitib qoldirdi. Ushbu kitob Rasululloh alayhissalomning go’zal siyratlarini yoritib beruvchi muhim va qimmatli manbadir. Undagi maʼlumotlar haqqoniy dalillarga asosan to’plangan. Shuningdek, ushbu kitob dinimizning shonli o’tmishi, Asri saodat davri haqida batafsil hikoya qiladi. QR-kodlarni qoʻl telefoningiz kamerasi yoki maxsus QR-kodlarni ochish uchun moʻljallangan mobil ilovalar yordamida ishga tushirishingiz va kitobdan joy olgan hikoyalarni audio shaklida internet orqali tinglash imkoniyatingiz mavjud. Sahifalar soni: 712 bet Bichimi: 17×24 sm Muqovasi: Qattiq ? O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish bepul!

Narxi: 287000 UZS

Album example is © Bootstrap, but please download and customize it for yourself!

Copyright © Savatcham.uz 2022

Tarixiy muhammadiy kitob narxi

لَقَدْ جَاءكُمْ رَسُولٌ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِالْمُؤْمِنِينَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ (١٢٨)

«Batahqiq, sizlarga o‘zingizdan bo‘lgan, mashaqqat chekkaningiz uning uchun og‘ir bo‘lgan, siz (ning saodatga yetishishingiz)ga tashna, mo‘minlarga mushfiq, mehribon Rasul keldi ». (Tavba surasi, 128-oyat).

Olamlarga rahmat bo‘lgan, oxir zamon Payg‘ambarining insonlar orasidan chiqishi butun insoniyat uchun katta faxrdir. Muhammad alayxissalom insoniyatning mashaqqat chekishi, qiyinchilikda qolishni aslo istamaydigan, og‘ir ishlarnida yengil qilgan, yaxshiliklar bashoratini olib kelgan Payg‘ambardir. Insoniyatning saodatga yetishiga nihoyatda tashna bo‘lgan Payg‘ambardir. Dunyo tarixida Muhammad alayhissalomchalik insoniyatga karamli va mehribon kishi bo‘lmagan.

Muhammad (s.a.v.) Rabi’ul avval oyining o‘n ikkinchi sanasida, milodiy 571-yil aprel oyida dushanba kuni dunyoga keldilar. Otalari Quraysh aslzodalaridan, xulqi go‘zal, ko‘rkam va omonatdor bo‘lgan Abdulloh ibn Abdulmuttalibdur. Onalari Omina binti Vahbdur.

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning ismlari

Muhammad Ibn Abdulloh

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning

otalarining ismlari

Abdulloh Ibn Abdulmutalib

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning

onalarining ismlari

Omina binti Vahb

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning tug‘ilgan yillari

Milodiy 571-yil voqeasidan 50-55 kun oldin

10-12-ra’biul avval oyi dushanba tongi

Bomdod vaqti Makka shahrida

Amakilari Abu Tolibning uyida dunyoga keldilar

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning millatlari,

urug‘lari, Qabilalari

Arab, Hoshimiy, Quraysh

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning

Otalarining vafotlari

Fil voqeasidan oldin onalari qornida homila ekanliklarida Otalari 25 yoshda vafot etganlar

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning

Onalarining vafotlari

Onalari Payg‘ambarimiz (s.a.v) 6 yoshda Otalarini qabri va qarindoshlari ziyorati uchun Madinaga borganlarida betob bo‘lib Abvo qishlog‘ida vafot etganlar

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning ko‘krak yorishlari (Shaqqu as-sodr)

4 yoshlarida milodiy 575-yil Banu Sa’d qabilasida

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning bobolari

Abdulmutallibning vafoti

Payg‘ambarimiz (s.a.v) 8 yosh vaqtlari bobolari Abdulmutallib vafot qildi. Amakilari Abu Tolib o‘z qaramog‘iga olgan

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning dunyoga kelishlarida Doyalari

Shifo binti Avf. Abdurahmon ibn Avf (r.a)ning onalari

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning enagalari

Shaymo binti Horis, Ummu Ayman Baraka binti Sa laba onalaridan so‘ng to balog‘atga yetguncha enagalik qilganlar

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ni emizgan onalari

Omina binti Vahb (o‘z onalari) 7 kun, Suvayba Aslamiyya bir necha kun, Hamza (r.a)ning emizgan Banu Sa’adlik ayol bir marta, Halimayi Sa’diyya (r.a) 2 yil

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning payg‘ambarliklari

Milodiy 610-yil avgust, Makkai Mukarrama, Nur tog‘i, Hiro g‘orida

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ga ilk vahy nozil bo‘lishi

Birinchi vahy “Alaq” surasining 1-5 oyati Bir oydan so‘ng ikkinchi vahy “Muddassir” surasining 1-7 oyati nozil bo‘lgan

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning Kitoblari, Dinlari, Sharia’tlari va yo‘llari

Quro’ni Karim, Islom, Islom sharia’ti yoki Muhammadiya, Sirotul Mustaqim

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning payg‘ambarlik davrlari

Makka davri 12.5 yil Madina davri 10 yil davom etgan

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning hijratlari

53 yoshlarida milodiy 622-yil 12-sentabr tongida Makkadan Madinaga hijrat qilganlar

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning yoshlik va o‘spirinliklarida qilgan ishlari

Yoshliklarida qo‘y boqib cho‘ponlik qilganlar. O‘spirinliklaridan to payg‘ambar bo‘lguncha tijorat bilan shug‘ullanganlar. Payg‘ambar bo‘lgach risolatni yetkazganlar.

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning vafotlari

Milodiy 632-yil 6-iyun Hijriy 11-yil 12-rabiyu’l avval Dushanba (Choshgoh) payti

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning vafot etgan joylari

Madinai Munavvara Masjidun Nabaviyning sharqiy devoriga tutashgan hujrai saodat

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning muborak Jasadlarini yuvib kafanlagan zotlar

Abbos inb Abdulmuttalib, Ali ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos, Qusayn ibn Abbos, Usoma ibn Zayn, Avs ibn Xavlo va Shuqro (ra.)

Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v)ning ahli baytlari, ayollari

1. Hadija binti Huvaylid

2. Savda binti Zam’a

3. Oisha binti Abu Bakr

4. Hafsa binti Umar

5. Zaynab binti Huzayma

6. Ummu Salama binti Abu Umayya

7. Zaynab binti Jahsh

8. Juvayriya binti Horis

9. Sofiya binti Huyay

10. Ummu Habiba binti Abu Sufyon

11. Maymuna binti Horis Joriyalari

12. Rayhona (r.a)

13. Moriya Qibtiyya (r.a)

Qiziqarli malumotlar
Tarixiy muhammadiy kitob narxi