Kuyish — turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari
Bu borada Abdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bogʻliq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shuncha kuchli boʻladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yoʻl qoʻysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” [1:8], deb taʼkidlagan.
ISLOMDA OILA MUNOSABATLARI VA ER-XOTIN OʻRTASIDAGI MUSHTARAK HUQUQLAR
Bugun butun dunyo oila instituti inqiroziga, xususan, nikohlar beqarorligi, ajrashishlar soni ortishi, nikohsiz tugʻilishlar koʻpayishi, oilaviy hayot va farzand tarbiyasiga toqatsizlik kabi muammolarga toʻqnash kelyapti. Olimlar bunday muammolar millatning maʼnaviy tanazzuliga sabab boʻlishi mumkinligini ilmiy jihatdan asosladi.
Bu borada Abdurauf Fitrat: “Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bogʻliq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shuncha kuchli boʻladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yoʻl qoʻysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi” [1:8], deb taʼkidlagan.
Oila borasidagi diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlarni kuzatsak, oila barqarorligida er-xotin munosabatlari asosiy oʻrin tutishini koʻramiz. Masalan, islomda nikoh orqali inson va oilani ulugʻlashga, erkak va ayolning huquqlariga, ularning shaʼniga va oilada tinchlikni saqlashga katta eʼtibor qaratilgan: “Ayollar (uchun belgilangan huquqlar) oʻz meʼyorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir” [2:36].
Burhonuddin Margʻinoniyning “Hidoya” asarida yozilishicha, oila va nikoh masalasida maʼrifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega hukmlardan biri ayolning nikohda qanday haq-huquqlari borligi haqidagi bilimga ega boʻlishidir: «Nikohning asl mohiyati haqida ilm boʻlishi shart. Chunki, qiz bola faqat ilm boʻlgandagina tasarruf eta oladi. Bu dunyo ilm olish dunyosi, bunda johillik uzr boʻlolmaydi» [3:675]. “Hidoya”da oila va nikohga oid hukmlarning ijtimoiy ahamiyatga ega tomoni erkak va ayolning ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy va aqliy jihatdan bir-biriga teng boʻlishiga eʼtibor qaratilganidir: «Nikohda tenglik eʼtiborga olinadi. Paygʻambarimiz (S.A.V.) aytganlarki: “Ogoh boʻlingki, ayollarni faqat oʻzlariga teng boʻlgan kishigagina bersinlar” [3:680].
Islomda er-xotin oʻrtasidagi munosabatning davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar joriy qilingan. Bunda oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va aʼzolari boʻlmish er va xotinning har biriga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq-huquqlari ham belgilab berilgan. Bu haqda Qurʼonning bir qator suralarida oyatlar keltiriladi: “Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshligʻi sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sababi – Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (baʼzi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar oʻz oilasiga) oʻz mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir” (Niso surasi, 34-oyat) [4:390]; “Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir” (Baqara surasi, 228-oyat) [3:398]. Agar er va xotin bu qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmasidagi burch va masʼuliyatini his qilib sidqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday oilada tugʻilgan farzandlar ham goʻzal tarbiya topadi va ulardan jamiyatga foydasi tegadigan insonlar yetishib chiqadi. Islom dini har bir er va xotin uchun oʻziga xos huquqlarni ishlab chiqish bilan birga, ularga muayyan majburiyatlarni ham yuklagan. Bularning baʼzilari er va xotin oʻrtasida mushtarak boʻlsa, baʼzilari erga, baʼzilari xotinga tegishlidir.
Xotinning er zimmasidagi haqqi erning oʻziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri zimmasida mahr va nafaqa singari shaxsiy va moliyaviy haqlari bor. Ular quyidagilar:
- Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir. Zero, Alloh taolo Oʻz Kitobida: “Ayollar bilan yaxshilik ila turmush kechiring. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada koʻplab yaxshiliklarni paydo qilsa!”, deya amr etgan (Niso surasi, 19-oyat) [3:402]. Bu amr erning xotinga yaxshi muomalada boʻlishini, tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishini, baʼzi xatolariga koʻz yumishini taqozo etadi. Shuningdek, ayolni tarbiyalash va unga dunyoyu oxiratda foydasi tegadigan narsalarni oʻrgatib, taʼlim berishni ham nazarda tutadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir hadislarida: “Moʻmin er moʻmina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini yomon koʻrsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi boʻlib ketaveradi”, deyiladi (Imom Muslim rivoyati). Yaʼni, er xotinining ayrim feʼlidan gʻazablansa, oilani buzib yuborishga shoshilmasligi, shu tufayli xotinini yomon koʻrib qolmasligi lozimligi, balki uning yaxshi odatlarini ham koʻz oldiga keltirib, shu bilan koʻnglini toʻq qilib yurishi kerak. Shuningdek, er xotiniga xushfeʼl boʻlishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot kechirishi, ozor yetkazmasligi kerak. Bu bilan er Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilgan boʻladi.
- Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi mahrdir. Bu – ayolni ikrom qilish, unga yaxshilik qilish bobidan. Alloh taolo Qurʼoni karimda erlarni ayollarning bu haqqiga rioya qilishga chaqirib: “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz” (Niso surasi, 4-oyat), deb amr etgan.
- Er xotinning ozorini koʻtarishi, u gʻazablanganida va jahli chiqqanida muloyim boʻlishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.)dan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini koʻrmadim”.
- Erkak ayolining or-nomusini saqlashi kerak. Oqibati buzuq boʻladigan har qanday holatga beparvo boʻlmaslik lozim. Ammo yomon oʻy, oʻta talabchanlik va gumonda haddan oshish durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan bunday rivoyat qiladi: “Rasululloh (S.A.V.) erni oilasini xiyonatda gumon qilib, uyga kechqurun kelishdan qaytarganlar”.
- Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli taʼminlashi kerak. Er oilasiga sarflagan xarjlari uchun ajr va savobga erishadi. Imom Buxoriy va Muslimning “Sahih”larida bunday keltirilgan: “Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning rivoyat qilishicha, Paygʻambarimiz (S.A.V.) dedilar: ” Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining ogʻziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor». Shuningdek, bu masalada, yaʼni nafaqa masalasida er oʻzining iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib ish koʻradi. Alloh taolo Qurʼoni karimda bunday marhamat qiladi: “Boy-badavlat kishi oʻz boyligidan (yaʼni, oʻz boyligiga yarashadigan tarzda) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambagʻal) boʻlsa, u holda Alloh oʻziga ato etgan narsadan (oʻz holiga yarasha) nafaqa bersin. Alloh hech bir jonga Oʻzi unga ato etgan narsadan boshqa narsani yuklamas. Alloh tanglik – kambagʻallikdan soʻng yengillik – boylikni ham paydo qilur” (Taloq surasi: 7-oyat) [2:559].
- Er xotinining iffatini saqlashi lozim. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir.
- Er xotinini yaxshi koʻrsa, juda hurmatlashi lozim, yomon koʻrsa, zulm qilmasligi kerak. Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajrashsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar xoʻrlaydi.
Erning ham oʻz xotini oldiga i sharʼiy haq-huquqlari belgilangan. Zero, oilaning davomiyligi er-xotinning bir-biridan roziligi va haqlarini ado etishiga bogʻliq. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilar:
- Xotinning er oldidagi eng birinchi burchi yoxud erning oʻz ayolidagi eng birinchi haqqi – bu ayol kishining eriga hurmatli va itoatkor boʻlishidir. Ayol Allohga maʼsiyat hisoblanmaydigan barcha ishda eriga itoat qilishi lozim. Ayol kishi oilada oʻjar-qaysar boʻlsa, unday oilaning davomiyligi va mustahkamligi haqida gap ham boʻlishi mumkin emas. Ayolning eriga hurmatli boʻlishi naqadar buyuk fazilat va baxt ekani haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: “Ayol besh vaqt namozini oʻqisa, (yilda) bir oy (farz) roʻzasini tutsa, oʻz farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga “jannatning istagan eshigidan kir!”, deyiladi” (Tabaroniy rivoyati).
- Erning ayol ustidagi bu haqqi, yaʼni ayol kishi muboh ishlarda eriga itoat qilishi doirasiga ayol kishi erining ruxsatisiz nafl roʻza tutmasligi, uning ruxsatisiz nafl haj qilmasligi, unga aytmasdan uydan chiqmasligi, uning roziligisiz uydagi narsalardan birovlarga sadaqa va ehson qilmasligi ham kiradi. Shariatda erga itoat qilish ayol kishiga vojib boʻlishining hikmatlaridan biri shuki, erning oʻz ayolidagi haqlari va fazli oilaning boshqa aʼzolariga nisbatan buyukdir. Er tufayli ayol oilaning hurmatli bekasiga aylanadi, yomon koʻzlardan va yomonlardan muhofaza qilinadi, himoyalanadi.
- Ayol kishi asosiy vaqtini farzand tarbiyasi bilan oʻtkazishi lozim. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Barchangiz rahbardirsiz va barchangiz qoʻl ostingizdagilardan soʻralursiz. Amir rahbardir. Er kishi oʻz oilasiga rahbardir, ayol kishi erining uyida va uning farzandlariga rahbardir”, deydilar [4:358].
- Xotin erining haqqini hurmat qilishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar: “Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz uyiga begona erkakni kiritishi halol boʻlmaydi” (Imom Buxoriy, Muslim rivoyat qilgan).
- Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi boʻlishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Xotin kishi nochorligi uchun gʻazablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga oʻtishidan qoʻrqib, undan hojatdan ortigʻini talab qilmasligi lozim. Aksincha, erini ham qanoatga undab, harom yoʻllardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib bunday derdi: “Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo doʻzax oloviga chiday olmaymiz”.
Ayol kishi erining tuygʻularini hurmat qilishi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan ishlardan yiroq boʻlishi va erining moliyaviy sharoitini hisobga olishi, erining uydan tashqaridagi masʼuliyatini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta boʻlmasligi yoki bu borada eriga bosim oʻtkazmasligi lozim. Shuningdek, eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Baʼzi ayollar nuqul boshqa oilalarda erning xotiniga sarflagan narsalarini misol qilib, eridan xuddi shunday taʼminot talab qiladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuygʻularini oʻzining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi boʻladi.
- Xotin erining doʻstiga notanishdek boʻlishi lozim. Eri uyida boʻlmaganida, uning doʻsti eshik qoqsa, u bilan soʻzlashmasin. Aks holda, bu rashk va janjalga sabab boʻlishi mumkin.
- Xotin goʻzalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk boʻlsa, yomon koʻrmasligi, agar boy boʻlsa, moli bilan gʻururlanmasligi kerak. Erning qarindoshlarini hurmat qilishi va qadrlashi lozim.
- Xotin farzandlarini ham hurmat qilishi, ularni urishib, laʼnatlashdan tiyilishi lozim. Bu farzand tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Er – oila rahbari. Ayol eriga hurmat va itoatda boʻlsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan boʻladi. Natijada oilada ahillik, muhabbat hukm suradi va u mustahkam boʻladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishi va boshqa koʻplab noxushliklarga sabab boʻladi. Ammo bu ayol kishi xohlasa ham, xohlamasa ham oilada yashashga majbur, uning ajrashishga haqqi yoʻq, degani emas. Islomda ayol kishi ham ajrashish huquqiga ega. U buni “xuluʼ” yoʻli bilan bajaradi. “Xuluʼ” “kiyim yechish” maʼnosini bildiradi. Shariatda esa, xotin kishining arz qilish orqali eri bilan ajrashishiga “xuluʼ” deyiladi, yaʼni ayol ajrashmoqchi boʻlsa, qozixonaga ariza berib ajrashish huquqiga ega boʻladi [5].
2020 yil 6 avgust kuni Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasida “Musulmon jamiyatlarida oilaviy munosabatlardagi muammolar: Sabab va yechimlar” [6:121] mavzusida xalqaro mutaxassislar va yurtimizdagi islomshunos olimlar, imom-xatiblar, diniy bilim yurtlari mudirlari va talabalar ishtirokida video-seminar oʻtkazildi. Unda islom ilmlari boʻyicha yetuk olim, Tatariston Respublikasidagi Bulgʻor islom akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi) professori Shayx Abdurazzoq Saʼdiy ishtirok etdi va ajrashishlarning yechimi sifatida quyidagi tavsiyalarni sanab oʻtdi:
– oila qurishdan avval kuyov yo kelinning mol-davlati, shon-shuhratiga emas, tarbiyasi va axloqiga, maʼnaviy goʻzalligiga eʼtibor qaratish lozim;
– oʻzaro kelishmovchiliklar kelib chiqqanda, darrov ajrashmasdan, oʻrtani isloh qilish va yarashtirish uchun ikki tomondan vakillar chaqirish;
– iqtisodiy kamchiliklar boʻlganda, boriga qanoat qilish va sabrli boʻlish;
– diniy idora oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasi, taloqning oqibatlari kabi mavzularda juma tezislarini ishlab chiqishi va musulmon ommasiga yetkazishi;
– oilalarda vujudga kelayotgan nohaqlik, zulm va ajrashishlarning oldini olish maqsadida diniy idora tizimida fiqhiy ilmga ega 2-3 kishidan iborat yetuk mutaxassislar hayʼatini tuzish va muammolarga oʻz vaqtida yechim topish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.: Maʼnaviyat, 2000.
Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –T.: Toshkent islom universiteti, 2004.
Burxonuddin Margʻinoniy. Hidoya, I-jild, Nikoh kitobi: –T.: Adolat, 2002.
Islom odoblari ensiklopediyasi. –T.: Hilol-Nashr, 2019.
Oybek Neʼmatulloh, Ilhomjon Murod Ali. “Islomda oila” muammo va yechimlar. –T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2019.
Kuyish — turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari
Kuyish – terining xavfli shikastlanishi bo‘lib, bunda nafaqat teri balki boshqa a’zolar ham zararlanadi. Ayniqsa kuyish buyraklar, yurak, moddalar almashinuvini buzishga, tana harorati oshishiga, qayt qilish va boshqa asoratlarga olib keladi. Kuygan vaqtda nima qilish kerak, shikastlangan insonga qanday birinchi yordam berish kerak ? Axir, insonning keying ahvoli va hatto uning hayoti ham ko‘rsatilgan birinchi yordamga bog‘liq.
Kuyishda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
Kuyish deganda to‘qimalarning kimyoviy va termik ta’sirlar natijasida travmatik jarohati tushuniladi. Yuqori harorat bilan kuyish ko‘pincha yong‘in sodir bo‘lganda, issiq jismlar, suv, yog‘ va boshqalar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Kimyoviy kuyish esa teri qoplamasiga ishqor, kislota va og‘ir metall tuzlari tushganda kelib chiqadi. Aynan kuyish, inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi. Shuning uchun ham har bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan elementar harakatlarni bilishi shart. Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak:
- Jarohatlovchi manbani olib tashlash, kuygan kiyimlardan halos etish kerak;
- 10-20 daqiqa davomida kuygan sohani muzlatish zarur (uzoq muddatga muzlatish qon tomirlarni kuchli spazmiga olib keladi, qon bilan ta’minlanishni buzadi), bu terining kuyish chuqurligini kamaytiradi, to‘qimalar zararlanishini va og‘riq hissini kamaytiradi. Kuygan sohani muzlatish faqatgina kuygandan keyin 2 soat davomida bajariladi;
- Og‘riqsizlantirish, undan keyin kuygan sohaga steril bog‘lam qo‘yish, agar kuyish katta sohani egallagan bo‘lsa, toza yopinchiq bilan yopib qo‘yish kerak;
- Birinchi darajali kuyishlarda maxsus kuyishda qo‘llaniladigan moddalardan foydalansa bo‘ladi. Agar yosh bola kuygan bo‘lsa, terini qayta ishlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Bolalarda kuyishda eng asosiy qilinishi kerak bo‘lgan chora antiseptikadir. Ota-onalar doimo savollar berishadi, kuyganda paydo bo‘ladigan pufakli yaralarni qanday qilib zararsizlantirish va og‘riqni qanday kamaytirish mumkin? Briliant yashili (Бриллиантовый зелёный) va yod eritmasi haqida unuting, bolakayning nozik terisiga bunday vositalar qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi pediatrlar antiseptik vosita sifatida kumush tuzlari eritmalaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Masalan, «Surfalgin» preparati bakteriyalardan himoya qiladi, regeneratsiya (bitish) jarayonini tezlashtiradi va har qanday bolalar terisiga mos keladi.
Kuyganda umuman mumkin emas!
- Jatohatlangan sohani o‘simlik moyi va kraxmal bilan yuvish;
- Spirt saqlovchi preparatlardan foydalanish, yod va shu kabilar;
- Teridagi pufaklarni mustaqil ravishda “yorish”;
- Teriga yopishib qolgan kiyimlarni mustaqil ravishda olib tashlash;
- Kuygan sohaga maz surtish;
- Bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida siydikdan foydalanish.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Mavsumiy allergik rinit – tashxislash va davolash choralari ( 2-qism )
Kuyish klassifikatsiyasi va uning darajalari
I darajadagi kuyish
Bu turdagi kuyish, 50-70 gradusda bo‘lgan jismlar va suyuqliklar bilan kontaktda bo‘lganda kuzatiladi. Bunda kuyish terining yuza qavatlarini qamrab oladi. Birinchi darajali kuyish unchalik ham xavfli emas. Bunday darajadagi kuyishda teri sohasi qizaradi, kuchli achishadi va og‘riydi. Birinchi navbatda kuygan sohani muzlatish va antiseptik vosita bilan qayta ishlash kerak. Ushbu holatda xalq tabobati vositalaridan ham foydalansa ham bo‘ladi. Odatda jatohat bir necha kundan keyin bitib ketadi, terida pigmentatsiyasi yo‘qolgan soha paydo bo‘ladi. Agar kuyish teri sohasining 25 %ini qamrab olsa, yuqorida keltirilgani kabi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi.
II darajadagi kuyish
II darajadagi kuyish, terining 70-100 gradusdagi jismlar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Shu darajadagi kuyishga nafas yo‘llarining har qanday kuyishlarini kirg‘azish mumkin. Terining yaqqol ko‘rinadiga qizarishi va bir-ikki soatlardan keyin pufakchalar paydo bo‘lishi, ularning ichi suyuqlik bilan to‘lishi yuzaga keladi. Pufaklarning yorilishi (o‘zi mustaqil, mexanik ta’sirlarsiz) dan keyin terida qizil dog‘ saqlanib qoladi. Odatda jarohatning bitishiga ikki hafta vaqt sarfalanadi, albatta jarohatga infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa.
Bunday darajadagi kuyishda turli xildagi maz va moylardan foydalanish mumkin emas, shu bilan birga xalq tabobati vositalarini ham mustaqil qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday vositalar og‘riq hissini sezilarli darajada kamaytirsa ham, infeksion bakteriyalar uchun ozuqa muhuti va qulay sharoit yaratib berishi mumkin, bu esa jarohatning tiklanishiga halaqit beradi. Kuyish sodir bo‘lgandan keyin tez tibbiy yordam chaqirish zarur, yordam kelgunga qadar jarohatlangan sohaga steril quruq bog‘lam qo‘yish kerak. Demak II darajali kuyish 14 kunlardan keyin bitishni boshlaydi, nafas yo‘llarining har qanday kuyishlari II darjadagi kuyishga kiradi.
III va IV darajadagi kuyish
III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi, ularning anatomik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Keng hajmdagi soha kuyganda oqibat ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Kuyishning shu darajasida, jarohat olgan bemorda kuyish shoki kelib chiqadi, chunki bemor juda kuchli, chidab bo‘lmaydigan og‘riqni his qiladi, buning natijasida es-hushini yo‘qotadi va atrof muhitni his qilmay qo‘yadi. Shok holatida qon bosimi tushib ketadi, pulslar soni ortadi. Bunday holat yog‘, bug‘, qaynoq suv bilan teri sohasining 10 foizdan 30 foizgacha jarohatlanishidan kelib chiqadi. Zararlangan terida chuqur yaralar paydo bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi chandiq qoladi. Ayrim hollarda bemor nogiron bo‘lib qoladi.
IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas!
Ushbu maqolani ham o‘qing: Qishki avitaminoz nimasi bilan xavfli?
Jarohat olgan inson o‘zi harakat qila olmasa, uni ko‘tarish talab qilinadi, bunda zararlangan sohalarni yopinchiqlar bilan himoya qilish zarur. Tibbiy yordam chaqirib, bemorga og‘riqsizlantiruvchi preparatlar va ko‘proq suyuqlik ichirish kerak bo‘ladi.
Issiq suvdan kuyish kuzatilsa, nima qilish mumkin?
- Qaynoq suv to‘kilgan kiyimlarni yechish kerak;
- Kuygan teri darjasini aniqlash kerak (inson kafti 1 % hisoblanadi). 10 % dan ortiq kuygan sohada, ya’ni 10 kaftga teng, tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur;
- Jarohatlangan sohani “Pantenol” eritmasi bilan qayta ishlash;
- Agar kuygan soha qo‘lda bo‘lsa, qo‘llarni pastga osiltirgan holda ushlamaslik kerak, shunda shish paydo bo‘lishini kamaytitishga erishiladi;
- Birinchi va ikkinchi darjali kuyishlarda terining jarohatlangan sohasiga sovuq suv shimdirilgan bog‘lam qo‘yish kerak. Har ikki-uch daqiqada bog‘lamni almashtirib turiladi (20 daqiqa davomida, agar teri qoplami buzilmagan bo‘lsa);
- Pufaklar paydo bo‘lsa, ularni mustaqil ravishda yorishga harakat qilmang;
Bug‘ bilan kuyganda nima qilish kerak?
- Jarohatlangan sohani sovutish, isigan kiyimlarni yechish kerak;
- Teri sohasining 10 % dan ortiq qismi zaralanganda shifokorga murojaat qilish zarur;
- Kuygan sohaga moy surish, pufaklarni yorish hatto ularga qo‘l bilan tegish ham mumkin emas.
Moy bilan kuyganda qanday yordam ko‘rsatish mumkin?
- Qanyoq moy tushgan teri sohasini sovuq oqar suvda ushlab turish;
- Agar moy bilan kuygan soha 1 %ni tashkil qilsa yoki moy ko‘zga tushgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qlish zarur. Shifokorgacha jarohatlangan sohaga steril bog‘lam qo‘yish kerak. Analgetiklardan foydalansa ham bo‘ladi (agar bunga malakangiz yetsa): novakain eritmasi (4-5 %), lidokain, albutsid eritmasi (10-20 %), levomitsetin (0,2 %) eritma.
Dazmol bilan kuyganda nima qilish kerak?
- Kugan sohaga moy yoki glitserin surtiladi;
- Jarohatlangan sohaga lavlagi, karam qo‘yilib, har 10 daqiqada almashtirib turish;
- Shu sohani suv bilan sovutish va soda sepib qo‘yish;
- Kuygan sohani hom tovuq tuxumi bilan qayta ishlasa ham bo‘ladi.
Agar kuyish pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechsa, yuqoridagi muolajalarni qo‘llamang, shifokorga murojaat eting!
Kimyoviy kuyish ro‘y bersa, qanday yordam ko‘rsatish zarur?
Kimyoviy moddalar bilan kuyishda davo, kimyoviy modda tabiatiga qarab o‘tkaziladi. Albatta, birinchi yordam uchun tez tibbiy yordam chaqiriladi. Yordam kelgunga qadar zararlangan sohadagi kiyim yechiladi yoki kesib olib tashlanadi. Zararlovchi moddani yo‘qotish uchun, sovuq oqar suv ostida 20-30 daqiqa davomida ushlab turiladi. Agar kuyish noma’lum tabiatli kimyoviy modda ta’sirida kelib chiqsa, oqar suv ostida ushlab turmagan ma’qul, chunki suv kimyoviy moddaning ta’sirini kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Agar kuydirovchi modda oltingugurt kislotasi bo‘lsa, uni rezina qo‘lqoplar kiygan holda, quruq salfetka bilan shimdirib olish kerak. Shundan keyingina oqar suv bilan chayish va quruq steril bog‘lam qo‘yish zarur.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Mavsumiy allergik rinit – alomatlar, kelib chiqish sabablari va tashxislash ( 1-qism )
Bunday holatda dori preparatlari shifokor tomonidan buyuriladi, chunki ular kimyoviy modda bilan reaksiyaga kirishib o‘ta og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Agar kimyoviy modda tabiati aniq bo‘lsa, masalan kislota bilan kuyganda 2 %li soda eritmasi bilan, kimyoviy modda ishqor bo‘lsa – bor kislotasi qo‘shilgan suv bilan yoki limon kislotasi bilan yuvsa bo‘ladi. So‘ngra quruq va steril bog‘lam qo‘yish kerak.
Har qanday regeneratsiyani kuchaytiruvchi preparatlar qat’iy shifokor tomonidan buyuriladi. Odatda bunday kuyishni davolash uchun uzoq muddat talab qilinadi, davo muolajalari tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Bemorning ahvolini yaxshilash, bitish jarayonini tezlashtirish, sovutish va terini yumshatish maqsadida, jarohatlangan sohaga aloe bargidan foydalaniladi. E vitamin ham mahalliy zararlangan soha regeneratsiyasini kuchaytiradi va chandiq qolishini kamaytiradi. Ichki davoga vitamin E, A, C, B lar kapsula ko‘rinishida buyuriladi.
Kuyishda xalq tabobati vositalari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, xalq tabobatida vositalari bilan faqatgina I darajali kuyishlar, teri qoplamasining katta hajmda bo‘lmagan jarohatlanishida foydalansa bo‘ladi.
Kuygan sohaga xom kartoshka, qovoq va sabzi qo‘yish ham yordam beradi. Har qanday sabzavot qirg‘ichdan o‘tkazilib, steril bog‘lam yordamida kuygan joyga qo‘yiladi. Bog‘lamni 10-15 daqiqada lamashtirib turish tavsiya etiladi;
Yana bir samarali usul, og‘riq va qizarishni oldini olish uchun na’matak, dub (eman) ildizi eritmalari bilan primochkalar qilish kerak. Buning uchun tayyor eritmani dokaga shimdirib kuygan sohaga bog‘lash kifoya. Bog‘lam har 15 daqiqada almashtirib turiladi;
Sut mahsulotlari ham og‘riqni yaxshi oladi. Kuniga 3 mahal, yarim soatda kefir yoki smetana bilan kuygan sohani primochkalar qilish lozim;
Asal – bakteritsid ta’sir ko‘rsatishi qadim zamonlardan beri ma’lum. Uning og‘riqni kamaytirish, regeneratsiyani tiklash xususiyati bor;
Issiq va qaynoq buyumlardan foydalanayotganda ehtiyot bo‘ling, kimyoviy moddalarni ishlatayotganingizda ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring, doimo ogoh bo‘ling. Kuyish ro‘y bersa, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling va shifokorga murojaat eting.
Savol: Assalomu alaykum. Ismim Qosimjon, 3 yoshli o‘g‘lim bor. Uning chap qo‘li kuyganligi sabab, kuygan joyi oqarib qoldi. Bu holatni bartaraf qilish mumkinmi? Qanday maslahat berasizlar? Oldindan rahmat.
Javob: Agar o‘sish qavati kuygan bo‘lsa, teri oqarib, chandiqlanib qoladi va bu rang boshqa o‘zgarmaydi. Bu 2 B-3 darajadagi kuyishda kuzatiladi. Agar 1-2 A darajadagi kuyish kuzatilgan bo‘lsa, teri o‘z rangiga qaytadi. Kombustiologga ko‘rining.
© Javlon Abdullayev, shifokor.
ATF.UZ — Onlayn tibbiy konsultatsiya.
Diqqat! Yuqori darajadagi kuyishlar inson hayoti, ayniqsa, bolalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun bu kabi baxtsiz holatlar kuzatilsa, “Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qiling! Sizning va yaqinlaringizni salomatligi o‘z qo‘lingizda! Salomat bo‘ling!
Kiyimni Yechish – Скачать mp3 бесплатно
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Kiyimni Yechish в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию EUROSTICK MARE Di MODA MAREDAMARE 2016 Fashion Channel длительностью 1 мин и 18 сек, размер файла 1.71 MB.
Сейчас слушают
Kicka Say It I Got It Atr Art Production
Krazy Blacx Kitchen Talk Feat Krazy Blacx
Чеченская Песня Къорда Ца Деш Хьан Б1Аьра Хьоьжар Вар Со
Эрлан Андашев Жаным На Гитаре
Bankroll Bonez Circumstances
Песня Мы Опасность От Дамбо Мюзик
Partyface Sounds Radal
Carmen Fantasy Леонид Коган
В Старой Деревушке В Маленькой Избушке
Kupla X Lesspeople The World Was Ours
Ahmed Helmy R4Ve 101 Chromatic
Симфоническое Кино Хочу Перемен Виктор Цой Георгий Каспарян
M19 Miss Wahna Die
Скачать Песню Барная Стойка Соль На Лимоне
Arthur Of The Britons Suite I Flourish For A King Paul Lewis Royal
Qiziqarli malumotlar
darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari, Kuyish — turlari