Hikmat maktublari – Epistles of Wisdom
Mohiyatan avvaliga kutubxona sifatida bunyod bo‘lgan «Bayt al-hikma»
“Bayt ul-Hikma” – musulmon dunyosi ilm-fan va madaniyatining
Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат
“Bayt ul-Hikma” – musulmon dunyosi ilm-fan va madaniyatining
2.2.“Bayt ul-Hikma” – musulmon dunyosi ilm-fan va madaniyatining
beshigi sifatida
O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida Bag‘dodda bunyod
etilgan «Bayt al-hikma» so‘zsiz, yirik ilmiy voqea sanaladi.
«Bayt al-hikma» o‘zbek tilida «Hikmatlar uyi» degan mazmunni anglatadi.
Bu iboradagi «hikmatlar» ortida o‘sha davrdagi qator fanlar, jumladan, falsafa,
tabobat, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, diniy ilmlar tushuniladi. Binobarin, «Bayt
al-hikma» birinchi navbatda, ushbu sanab o‘tilgan fanlar qolaversa, boshqa fan
yo‘nalishlarida ham ish olib borilgan ilm va tarjimalar dargohi bo‘lgan
Mohiyatan avvaliga kutubxona sifatida bunyod bo‘lgan «Bayt al-hikma»
ko‘p vaqt o‘tmay, u yerda jamlangan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish
markaziga aylandi. Keyinchalik esa, bu markaz tevaragida o‘z davrining eng yirik
olim va tarjimonlari to‘planib, ijod qildilar. Ta‘kidlash joizki, ularning o‘zagini
Movarounnahr va Xuroson olimlari tashkil etdi. Ayni paytda bu maskanda bir
tomondan, yunon, hind va fors tillaridagi ko‘plab nodir asarlarning jamlangani,
ikkinchi tomondan jamlangan kitoblarning eng noyoblari tanlab olinib, arab tiliga
o‘girilgani hamda muomalaga kiritilishi, uchinchi tarafdan esa, muhim asarlarni
yaratgan taniqli olimlarning «Bayt al-hikma»da to‘plangani, uni o‘rta asrlarning
eng mashhur ilmiy dargohiga aylanishi va ilmiy adabiyotlarda «Bag‘dod ilmiy
maktabi» va «Bag‘dod akademiyasi» degan nomlar bilan tanilishiga asos bo‘ldi.
«Bayt al-hikma» ta‘sis etilgan yil haqidagi ma‘lumotlar hozirga qadar
ma‘lum emas. U Bag‘dodning qaysi nuqtasida joylashgani borasida ham aniq bir
xulosaga kelish qiyin. Ammo u xalifa saroyining biror-bir qismida joylashgan
bo‘lishi kerak, deb taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, «Bayt al-hikma»ning
tashkil topishi ba‘zan faqat xalifa al-Ma‘mun ismi bilan ham bog‘lab
ko‘rsatiladiki, bu hakikatdan ancha yirokdir.
Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 34-bet.
Tarixdan ma‘lumki, 749 yilda Abu-l-Abbos Saffah (749-754) xalifa Marvon
II ni taxtdan ag‘dargach, xalifalikni boshqarish abbosiylar sulolasi qo‘liga o‘tadi.
Bag‘dod tez orada sharqda Markaziy Osiyogacha, g‘arbda Ispaniyaga qadar
kengaygan yirik davlatning poytaxtiga aylandi. Arablar, odatda, o‘zlari bosib
olgan mamlakatlarning boyliklarini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatish uchun barcha
imkoniyatlarni ishga solar edilar. Shu boisdan bu mamlakatlarning ham moddiy,
ham ma‘naviy boyliklari asta-sekin Bag‘dodga oqib kela boshladi. Ayniqsa, al-
Mansur, Horun ar-Rashid, al-Ma‘mun kabi Abbosiy xalifalar qadimiy qo‘lyozma
asarlar va yirik olimlarni o‘z saroylariga jalb etishga alohida e‘tibor qaratish bilan
bir qatorda, bu borada mislsiz jonbozlik ham ko‘rsatdilar. Natijada Bag‘dod tez
orada butun xalifalikda ilmiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega
bo‘lgan qulay shaharga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, olimlarning o‘sha yerda
ijod qilish ishtiyoqini oshirib yubordi.
Saroyda qulyozma asarlarni saqlash odati ummaviylar sulolasi davrida ham
mavjud bo‘lsada, bu ish abbosiy xalifalardan al-Mansur davrida doimiy jarayonga
aylandi, sifat va miqdor jihati ham tubdan o‘zgardi. Al-Mansur nodir qo‘lyozma
asarlarni to‘plashdan tashqari, o‘zga yurtlardagi olimlarni ham o‘z saroyiga jalb
eta boshladi. Uning saroyida Gundishopur maktabidan taklif etilgan turli diniy
e‘tiqodda bo‘lgan ko‘pgina olimlar, tabiblar, kimyogarlar, geograflar va
muhandislar xizmat qilgan. Ular orasida Bag‘dod shahrining qurilishida ishtirok
etgan astrologlar – eronlik an-Navbaxt (vaf. 777 y.) va basralik yahudiy
Menassiyalar (vaf. tax. 815 y.) ham bor edi. Musulmonlar orasida «Mashallax»
nomi bilan tanilgan Menassiya, al-Mansur, Horun ar-Rashid, al-Amin va al-
Ma‘munlar davrida eng mashhur astrologlardan biri edi.
Al-Mansur saroyida Gundishopur maktabidan Bag‘dodga taklif etilgan
qator tabiblar ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular ichida Baxtyashu oilasiga mansub bir
qancha xristian tabiblari bo‘lib, ularning eng yirik namoyandasi bo‘lmish Jibril ibn
Baxtyashu, xalifa al-Mansur uchun tabobatga oid ko‘pgina asarlarni yunon tilidan
arab tiliga tarjima qiladi. Jibril ibn Baxtyashuning o‘zi va bu oilaning undan ortiq,
boshqa tabiblari Bag‘dod shahrida uzoq yillar davomida tabiblik faoliyati bilan
Xurosonlik yirik kimyogar va tarjimon Jobir ibn Hayyon ham xalifa al-
Mansur davrida yashagan. Ibrohim al-Fazariy xalifa al-Mansurning topshirig‘iga
binoan, hindlarning astronomiyaga oid yirik qomusiy asari «Sindhind»ni sanskrit
tilidan arab tiliga tarjima qiladi
Yuqorida zikr etilgan asarlardan tashqari, al-Mansur uchun falsafa, tabobat,
falakiyot, riyoziyot, tarix, adabiyotga oid boshqa kitoblar ham tarjima qilingan.
Xalifa al-Mansur mazkur kitoblar, yozilgan noyob qulyozma asarlarni saqlash
uchun o‘z saroyidan maxsus joy ajratgan1. Shu tariqa «Bayt al-hikma»ning
yaratilishiga asos bo‘lgan saroy kutubxonasi paydo bo‘ldi.
Ammo bu kutubxonaning vazifasi kitobxonlarni zaruriy adabiyotlar bilan
ta‘minlash emas, balki to‘plangan nodir qulyozma asarlar, turli mamlakatlardan
keltirilib, arab tiliga o‘girilgan kitoblarni saqlashdan iborat bo‘lgan. Al-Mansur
davrida bu maskan hali «Bayt al-hikma» deb nomlanmagan edi.
Ma‘lumki, al-Mansurning o‘g‘li Muhammad al-Mahdiy ibn Mansur (775-785) va
nabirasi al-Hodiy ibn al-Mahdiylar (785-786) hukmronlik qilgan yillarda ilmiy
izlanishlar va tarjima faoliyatida katta siljishlar yuz berdi, deb bo‘lmaydi. Shu
sababdan ham ular davrida «Bayt al-hikma» bilan bog‘liq bo‘lgan sezilarli
o‘zgarishlar ruy bermagan, deb o‘ylaymiz.
Abbosiy xalifalar ichida eng dong taratgani Horun ar-Rashid (786-809) taxtga
o‘tirganidan so‘ng, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida katta
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu, albatta, «Bayt al-hikma»ga o‘z ta‘sirini o‘tkazmay
O‘rta asr manbalaridagi ba‘zi ma‘lumotlar «Bayt al-hikma» Horun ar-Rashid
davrida ta‘sis etilgan, degan xulosaga kelishga asos bo‘ladi. Jumladan, Ibn an-
Nadim o‘zining «al-Fixrist» kitobida vazir Sahl ibn Horun, astrolog Abu Sahl al-
Fadl ibn Navbaxt2 va nusxa ko‘chiruvchi A‘lon ash-Shu‘uvbiylar3 haqida so‘z
B.Abduhalimov.Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 36-bet.
yuritar ekan, ularni Horun ar-Rashidning «Bayt al-hikma»sida faoliyat ko‘rsatgan,
deb ma‘lumot beradi. Bundan, «Bayt al-hikma» Horun ar-Rashid davrida mavjud
edi, degan mantiqiy xulosa paydo bo‘ladi. Ehtimol, Horun ar-Rashid o‘z saroyida
jamlangan katta miqdordagi kitoblar, tarjimonlar va ulamolar uchun alohida joy
ajratib, unga «Bayt al-hikma» nomini bergan bo‘lishi mumkin. Shuni ham aytish
kerakki, «al-Fixrist» muallifi bu markazni ba‘zan «Bayt al-hikma», ba‘zan esa
«Hizanat al-hikma» iborasi bilan ataydi.
Ayni paytda o‘rta asrlarning yana bir mashhur mualliflaridan Yoqut al-Hamaviy
ham Ibn an-Nadimning fikrini tasdiklaydi.
Umuman, Horun ar-Rashid davrida «Bayt al-hikma» turli adabiyotlar
saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylandi.
U yerga kelgan taniqli ulamolar, tadqiqotchilar nafaqat turli mavzulardagi kitoblar
bilan tanishish, balki ularni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega edilar. Bu davrda
tarjima ishlariga bo‘lgan ahamiyat bag‘oyat ortib, «Bayt al-hikma»dagi asarlar
soni yanada ko‘paydi.
Ibn al-Kiftiyning bu markaz haqidagi fikrlari ham nihoyatda diqqatga sazovor. U
shunday deb yozadi: «Hakikatan, «Bayt al-hikma» turli ilmiy yo‘nalishlar markazi
bo‘lib, Horun ar-Rashid bu institut haqidagi fikrning ibtidosi edi. Uning o‘g‘li
xalifa al-Ma‘mun bu ishni amalga oshirdi. «Hikmat» so‘zi musulmon olimlarining
fikriga ko‘ra ilohiy ilmlar, hisob, tabobat va falakiyotni qamrab olgan»1.
Fikrimizcha, Ibn al-Kiftiy sanab o‘tgan ilmlar qatoriga falsafa ham kiritilsa,
Bag‘dod ilmiy maktabidan o‘rin olgan asosiy fanlar majmuasi to‘lik ifodalanadi
Horun ar-Rashidning kichik o‘g‘li al-Amin (809-813) davrida «Bayt al-
hikma»ning faoliyati birmuncha susaygan bo‘lsa, uning katta o‘g‘li al-Ma‘mun
davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Biz al-Ma‘munni –
katta, al-Aminni esa kichik o‘g‘il deb shartli ataymiz, aslida ularning har ikkisi
ham bir vaqtda, ya‘ni 786 yilda ikki onadan dunyoga kelgan. Al-Ma‘mun al-
Amindan olti oyga katta bo‘lishiga qaramay, xalifalik kursisiga avval al-Amin
B.Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 36-bet.
o‘tirgan. «Bayt al-hikma»ning taqdirida al-Ma‘munning o‘rni bag‘oyat yuksak
bo‘lgani tufayli, biz uning ilmiy va siyosiy faoliyati, shuning barobarida, har ikki
aka-uka munosabatlari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Al-Ma‘mun «Bayt al-hikma»ga alohida e‘tibor bilan qaradi. Natijada uning
davrida (813-833) «Bayt al-hikma»dagi ilmiy muhit misli ko‘rilmagan darajada
rivojlanib, u yerda yunon, fors va hind tillaridagi muhim kitoblarni arab tiliga
o‘girish, sharhlash bilan bir qatorda, mustaqil ilmiy faoliyat ham olib borilib,
yangi asarlar yozildi
. Al-Ma‘mun diniy ilmlar, falsafa, aniq fanlar bilan qiziqqan
va o‘zi ham ular bilan muntazam shug‘ullangan. Shuningdek, u tarjimonlar va
olimlarga har bir yozgan yoxud tarjima qilgan kitoblari uchun katta mukofotlar
tayinlagan. Al-Ma‘munning bevosita homiyligi ostida Yunoniston, Hindiston,
Rum, Eron va Marvdan «Bayt al-hikma»ga katta miqdorda turli mavzudagi
kitoblar kelib tushgan. Ularning ba‘zilari esa harbiy yurishlardagi o‘lja sifatida
Bag‘dodga olib kelingan.
Al-Ma‘munning qo‘llab-quvvatlashi bilan eng sara asarlar tanlab olinib,
arab tiliga o‘girildi. Umuman, bu davrda tarjimonlik ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib,
u yaxshi tashkil etilgan doimiy faoliyatga aylandi. Tarjimonlar alohida-alohida
guruhlarga bo‘linib ishlaganlar har bir guruhni albatta malakali, mohir tarjimon
boshqargan va so‘nggi tahrir uchun ushbu shaxs mas‘ul bo‘lgan. Tarjimalar,
odatda, yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga, ba‘zan esa yunon tilidan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri arab tiliga o‘girilgan. Aksar hollarda, tarjimalar kitob
matnlarining asli bilan taqqoslab amalga oshirilgan. Har bir tarjimonlar guruhi
tarkibida matn ko‘chiruvchi va kitoblarni muqovalovchi mutaxassislar bo‘lgan.
Binobarin, al-Ma‘mun davriga kelib, «Bayt al-hikma» tarkibida yirik kutubxona,
tarjima va asarlar yozish, ko‘chiruvchilar hamda muqovalash uchun ajratilgan
maxsus xonalar mavjud edi. Bag‘dodning ash-Shammosiya mintaqasi hamda
Damashq atrofidagi Qasiyun tog‘larida mavjud bo‘lgan rasadxonalar ham «Bayt
al-hikma» tarkibiga kirgan. Manbalarda al-Ma‘mun tasarrufidagi bu ikki mashhur
rasadxonaning «Bayt al-hikma» tarkibida bo‘lganini anglatuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ma‘lumotlar uchramaydi. Zero tarixdan ma‘lumki, al-Ma‘mun o‘z saroyiga
to‘plagan aksariyat astronomlar, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy, Yaxyo ibn Abu Mansur, Xolid al-Marvarrudiy,
al-Abbos al-Javhariy va boshqalar mazkur rasadxonalarda kuzatuv ishlarini olib
borganlar. Modomiki shunday ekan, fikrimizcha, bu ikki rasadxonani ham «Bayt
al-hikma» tarkibiga kiritish mumkin.
Yuqorida bayon etilgan ma‘lumotlar asosida «Bayt al-hikma»ning ta‘sis
etilishi haqida quyidagicha xulosaga kelish mumkin: Bag‘dod xalifalari saroyining
ma‘lum qismini egallagan «Bayt al-hikma»ning asosi – xalifa al-Mansur davrida
yaratildi, Horun ar Rashidning homiyligi ostida, u ancha kengaytirildi,
rivojlantirildi, o‘zining tarixiy «Bayt al-hikma» nomi bilan yuritila boshladi. Al-
Ma‘mun esa u yerda mashhur allomalarni to‘plab, ularga har taraflama ko‘mak
berdi, uning eng yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tarilishini va o‘sha davr uchun
o‘ziga xos ilmiy maktabga aylanishini ta‘minladi.
O‘rta asr manbalarida «Bayt al-hikma»ning tarkibi quyidagi qismlar va
olimu tarjimonlardan iborat edi, deb yaqqol ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar uchramaydi.
Lekin manbalardagi u yoki bu munosabat bilan keltirilgan fikr va mulohazalar, bu
markazning tarkibi haqida birmuncha tahliliy tasavvurlarni tiklash imkonini
beradi. Aftidan, «Bayt al-hikma» xalifalar saroyining ma‘lum bir qismini
egallagan bo‘lishi kerak. Unda to‘plangan adabiyotlarning ko‘pligi va shuhratiga
qaraganda bu kutubxona, ilm va tarjima markazi kattagina binoni egallagan. «Bayt
al-hikma»da astronomlar tajriba olib borgan ash-Shammosiya mintaqasi va
Qasiyun tog‘idagi rasadxonalar astronomik talablarga javob beradigan alohida
joyda bunyod etilgan. Ayni vaqtda olib borilgan izlanish va tajribalar mohiyati va
mazmuniga ko‘ra, «Bayt al-hikma» bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Shunga
o‘xshash qarashni tabiblar va shifoxonalar xususida ham bildirish mumkin.
Albatta, bu astronomlar, tabiblar va umuman, Bag‘doddagi boshqa allomalar al-
Ma‘mun saroyining, binobarin «Bayt al-hikma»ning ajralmas qismi bo‘lgani
«Bayt al-hikma»da, birinchi navbatda, katta kutubxona mavjud bo‘lgan. U
yerdagi kitoblarning umumiy soni haqida ma‘lumotlar saqlanmagan. Ba‘zan
zamonaviy arab tadqiqotchilari bu kutubxonada, hozirgi zamon kutubxonalaridagi
kabi barcha qulayliklar, ya‘ni fanlar va tillarga qarab taqsimlangan maxsus
xonalar va javonlar, o‘tirib mutolaa qilish uchun moslamalar, adabiyotlarni
tartibda saqlash, o‘quvchilarni kitoblar bilan ta‘minlovchi xizmatchilar,
mukammal mavzu fixristlari (kataloglar) va hatto, toliqqan o‘quvchilarning hordiq
chiqarishlari uchun musiqa xonalari ham mavjud edi, deb tavsiflaydilar. Bu kabi
tavsiflar o‘zining ba‘zi jihatlari bilan to‘g‘ri bo‘lsa-da, biroq ularda ma‘lum
ma‘noda mubolag‘a bor. Shubhasiz, «Bayt al-hikma» o‘z davrining eng namunali
kutubxonachilikning rivojiga katta hissa qo‘shgani aniq.
Ehtimol, «Bayt al-hikma»da kutubxonadan tashqari, tarjima, dars o‘tish,
nusxa ko‘chirish, muqovalash, hattotlik va umuman, ilmiy munozaralar yuritish
hamda kitob yozish bilan bog‘liq boshqa jarayonlarga mo‘ljallangan maxsus hujra
yoki xonalar ham bo‘lgan. Bunday xulosa chiqarishimizga «Bayt al-hikma» da
yuqorida keltirilgan vazifalar bilan shug‘ullanuvchi mas‘ul shaxslar bo‘lgani asos
Quyida bu mutaxassislarning ba‘zilari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tish
bilan bir qatorda, «Bayt al-hikma»dagi xodimlar tarkibi haqida asosiy
ma‘lumotlarni bir tizimga solishga harakat qilamiz.
Ma‘lumki, «Bayt al-hikma» al-Mansur, Horun ar-Rashid va al-
Ma‘munlarning shaxsiy e‘tibori, homiyligi va moliyaviy yordamida faoliyat
ko‘rsatgan. O‘sha davrning badavlat kishilari ulardan o‘rnak olib, kezi kelganda
«Bayt al-hikma»ni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaganlar. Bu esa, o‘z
navbatida markazdagi ijodiy faoliyat uchun yanada kengroq imkoniyatlar ochib
Xalifalardan keyin «Bayt al-hikma»ga mas‘ul shaxs vazir Sahl ibn Horun
edi. Manbalarda Sahl ibn Horunning «Bayt al-hikma» bo‘yicha maslakdoshi deb
Sa‘id ibn Horun ham eslatiladi. O‘z zamonasining fozil kishilaridan sanalgan, bir
qancha risolalar muallifi bo‘lgan bu shaxsga oid ma‘lumotlar deyarli
saqlanmagan. Ulardan birinchisiga nisbatan manbalarda «Bayt al-hikma»ning
egasi» («saxib») degan atama ishlatiladi. U «Bayt al-hikma»dagi lavozimlarning
eng oliysi hisoblangan, bu sohib «Bayt al-hikma»dagi barcha ishlarni boshqarish
bilan bir qatorda, ularga mas‘ul va javobgar ham bo‘lgan. Biz «saxib bayt al-
hikma»ni «Bayt al-hikma»ning boshqaruvchi egasi» deb tarjima qildik. Xuddi
shunday – «Bayt al-hikma»ning boshqaruvchi egasi» lavozimiga hozirga qadar
ismi ham, tarjimai holi ham to‘lik aniqlanmagan «Sallam» ismli yana bir shaxs
ham sazovor bo‘lgan. Manbalarda uning fors tilidan arab tiliga o‘girgan tarjimalari
haqida ma‘lumotlar uchraydi. Bu hol uning ham Sahl ibn Horun kabi fors
madaniyatiga mansubligini ko‘rsatadi. «Al-Fixrist» kitobida Sallamning Abu
Husayn ismli shaxs bilan hamkorlikda «Al-majistiy» kitobiga yozgan tafsiri ham
Manbalarda «Bayt al-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan bir qancha allomalarga
nisbatan «xazin», «amin», «mushrif» kabi biror faoliyatni idora etganini
anglatuvchi so‘zlar uchraydi. Bunday lavozimlarga ega olimlarning soni bir
vaqtning o‘zida bir nechta bo‘lganidan ish faoliyati o‘z mazmuni, tili yoki yana
boshqa birorta xususiyatiga ko‘ra qismlarga bo‘lingan, deb taxmin qilish mumkin.
«Bayt al-hikma»dagi bunday jarayonlarni boshqargan allomalar qatoriga
Muhammad al-Xorazmiy, Hunayn ibn Is‘hoq, Yuhanna ibn Mosavayh va
boshqalarni kiritish mumkin. Ularning har biri ma‘lum bir ilmiy yo‘nalishni
boshqargan. Ko‘rinadiki, bunday lavozimlarga eng yetuk allomalar tayinlangan.
Idora etuvchi mas‘ul boshqaruvchilar, olimlar va tarjimonlardan tashqari,
«Bayt al-hikma»da nusxa ko‘chiruvchilar, hattotlar, varroqlar, kitobxonlarga
xizmat ko‘rsatuvchilar, muqovalovchi ustalar kabi amaliy ishlarni bajaradigan
Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 38-bet.
xodimlar guruhi ham faoliyat ko‘rsatgan. Bu toifadagi xizmatchilar uchun alohida
xonalarning ajratilganligi ehtimoldan xoli emas.
Nusxa ko‘chiruvchilar, odatda, tushgan talablarga binoan «Bayt al-
hikma»dagi noyob kitoblardan yangi nusxalar tayyorlaganlar. Shu bilan bir
qatorda, ular yangi asarlardan nusxalar olib, «Bayt al-hikma»dagi kitob-lar sonini
adabiyotlar bilan doimo boyitib borganlar. «Bayt al-hikma»dagi eng mashhur
nusxa ko‘chiruvchi A‘lon ash-Shu‘uvbiy bo‘lib, u haqida keyinroq so‘z yuritamiz.
O‘rta asrlardagi «varroq»lik zamonaviy tilda «kitobfurush» mazmunini
beradi. Varroq kerakli asarni tanlaydi, unga munosib qog‘oz topadi, o‘zi
ko‘chiradi yoki ko‘chirtiradi, ko‘chirilgan asarni ko‘zdan kechiradi, agar xatosi
bo‘lsa tuzatadi, uning muqovalanishiga, do‘konlarga chiqishiga va sotilishiga
javobgar bo‘ladi. Varroqlarning aksari o‘z davrining ziyoli kishilari bo‘lgan.
Misol uchun, varroqlikni kasb qilganlardan biri – Ibn an-Nadim o‘zining «al-
Fixrist» asarini yozgan bo‘lib, hozirda bu kitob o‘rta asrlarga oid dastlabki, eng
muhim va ishonchli manbalardan biri sanaladi.
Qo‘lyozmalarni jildlash yoki muqovalash ishlari bilan «Bayt al-hikma»da
Ibn Abi al-Harish shug‘ullangan. O‘sha kezlari kitoblarni bezash, ularga turli
jilolar berish alohida san‘at turi darajasiga ko‘tarilib, mutlaqo yangi o‘zgarishlar
kiritiladi. Bu borada Ibn Muqla, Ibn al-Bavvab kabi mashhur hattotlar dovruq
«Bayt al-hikma»da faoliyat yuritgan mutaxassislar o‘z sohasining tom
ma‘nodagi mohir ustalari bo‘lib, xalifalikning turli burchaklaridan taklif etilgan,
turli millat va e‘tiqoddagi kishilar edi. Ular to‘plangan ilmiy markaz – «Bayt al-
hikma» esa o‘zining tarkibiy tuzilishiga ko‘ra nafaqat o‘sha davr uchun, balki
keyingi davrlar uchun ham mukammal namuna bo‘lib xizmat qildi. «Bayt al-
hikma»da olib borilgan ish jarayonini o‘rganish, bu markazning qanday vazifalar
bajarganini aniqlash imkonini beradi. Biz kuyida «Bayt al-hikma»ning asosiy
vazifalari ustida fikr yuritamiz.
«Bayt al-hikma», yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, dastlab kutubxona
sifatida vujudga keladi. Bu esa, «Bayt al-hikma» ta‘sis etilgan ilk davrlarda uning
asosiy vazifasi qo‘shni davlatlardan keltirilgan qadimgi yunon, fors va hind
tillaridagi turli asarlarni saqlash, jamlash va ularni ko‘paytirishdan iborat
bo‘lganini ko‘rsatadi. Kitoblar Bag‘dodda jamlanganidan so‘ng, tabiiyki, ularning
mazmunini bilish va tushunishga ehtiyoj tug‘iladi. Bu esa, keltirilgan kitoblarni
arab tiliga o‘girishni taqozo etardi. Shu tariqa «Bayt al-hikma»dagi eng dolzarb
masala – xorijiy tillardagi kitoblarni arab tiliga o‘girish va ularda ko‘rsatilgan
natijalarni tajribalar orqali qaytadan tekshirib chiqish edi. Tabiiyki, buning
uchun turli tillarni biladigan, yuqori malakali tarjimonlar guruhi kerak bo‘lardi.
Shu bois Bag‘dod hokimlari turli mamlakatlardan arab va boshqa qadimiy tillarni
biladigan mutaxassislarni «Bayt al-hikma»ga taklif eta boshladilar va ularga
tarjima ishlari uchun katta maosh tayinladilar. «Bayt al-hikma»dagi dastlabki
tarjimonlarning aksari qo‘shni mamlakatlardan taklif etilgan nasroniy, majusiy,
yahudiy, hind va musulmonlar bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi nafaqat oddiy
tarjimon, balki o‘z sohasining yetuk bilimdonlari va olimlari edi. Bu olimlar «Bayt
al-hikma»da tarjima va sharhlash ishlaridan tashqari, o‘zlarining nodir asarlarini
yozish barobarida ilmiy izlanishlar ham olib borganlar. Shu tariqa «Bayt al-
hikma» tarjimonlar, faylasuflar, matematiklar, astronomlar, tabiblar, shoirlar
kabi turli toifadagi olimlarning tez-tez uchrashib, ilmiy munozaralar olib
boradigan, bir-birlari bilan maslaxatlashadigan maskanga aylandi. Bu bilan uning
ilk tashkil etilgan vaqtdagi qo‘lyozmalarni saqlash va tarjima qilish vazifasi
kengayib, ular doirasiga ilmiy-amaliy tajribalar olib borish hamda shu tajriba
natijalariga asoslangan fundamental asarlarni yozish mas‘uliyati ham qo‘shildi.
Ba‘zi adabiyotlarda «Bayt al-hikma»da talabalarga darslar o‘tilgani va
uning qoshida shifoxonalar ham bo‘lgani xaqida so‘z yuritiladi. Darslar tashkil
etilganiga oid fikrlarni tasdiqlovchi aniq dallillarga ega bo‘lmasakda, biroq o‘sha
davrda shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullangan eng mashhur tabiblarning Horun
ar-Rashid va al-Ma‘mun tasarrufida faoliyat yuritgani manbalarda qayd etiladi
Ma‘lumki, al-Ma‘mun davrida katta muvaffaqiyatlarga erishgan fanlardan
biri bu – falakiyot edi. «Bayt al-hikma»dagi astronomlar qadimgi yunon olimlari
asarlarida ta‘riflangan natijalarni, qaytadan o‘zlarining tajribalari asosida tekshirib
chiqdilar. Jumladan, Batlamyusning «Al-majistiy» kitobida keltirilgan ko‘pgina
tajribalar, musulmon astronomlari tomonidan yana bir karra sinovdan o‘tkazildi va
erishilgan natijalar «al-Ma‘munning sinalgan jadvali» nomli mashhur asarda
Yuqorida biz bayon qilgan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, «Bayt al-hikma» tez
orada turli fanlar bo‘yicha ilmiy munozaralar, tadqiqotlar, amaliy tajribalar olib
boriladigan hamda nodir asarlar bitilgan, shuning barobarida, astronomik tajribalar
va shifokorlik bilan shug‘ullanishni keng ko‘lamda amalga oshirgan ilmiy
. «Bayt al-hikma»ning allomalar va tadqiqotchilar uchun
yaratib bergan qulay shart-sharoitlari, u yerdagi ilm sarchashmasidan ko‘pchilikni
bahramand etishi, ayniqsa, antiq davrga oid noyob ilmiy merosni saqlab qolib, uni
qaytadan tiklab, dunyoning turli burchaklarida ilm yo‘lida mayoq bo‘lib
kelayotgan allomalarga yetkazish markazning asosiy vazifalaridan biri edi.
Yuqorida zikr etilganidek, Movarounnahr va Xuroson hududlari IX asrning
boshlarida xalifa al-Ma‘mun tarafidan boshqarilgan. U Marv shahrida o‘n yil
yashagan bo‘lsa, shundan to‘rt yilida arab xalifasining Marvdagi noibi edi.
Keyingi olti yilida esa, u Marv shahrida istiqomat qilgani holda o‘sha yerdan
butun xalifalikni idora qiladi. Quyida biz al-Ma‘munning tarjimai holi va siyosiy
faoliyatini chetlab o‘tib, uning faqat ilmga munosabati ustida to‘xtalamiz.
Besh asrga yaqin davom etgan Abbosiylar davlati tarixida xalifa al-Ma‘mun (813-
833) davri ilm-fanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Bu esa ko‘p
jihatdan al-Ma‘munning ilm va ilm ahliga
Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 43-bet.
ko‘rsatgan e‘tibori, saxovati bilan belgilanadi. Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini
yaxshi anglab yetgan al-Ma‘mun, o‘zi boshqargan davlatda ilm-fanga katta umid
bilan qaradi va uni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat
qildi. O‘z tabiatiga ko‘ra tadbirkor, bilimdon, zukko, donishmand bo‘lgan xalifa
doimo kamolotga, bilimlarini chuqurlashtirishga intilgan. U har bir ilmiy masalani
o‘rganishga, uning tub mohiyatiga yetishga zavqu shavq bilan kirishar edi. Ibn an-
Nadimning ta‘kidlashicha, al-Ma‘munning o‘zi islom dini, tavxid, payg‘ambarlar
va xalifalarga bag‘ishlangan uch asar muallifi bo‘lgan. Ayni paytda u al-
Ma‘munni fiqh va kalom ilmlarini tushunadigan eng bilimdon xalifa, deb
Al-Ma‘mun allomalarni o‘z saroyiga to‘plab, ular bilan turli ilmiy mavzularda
munozaralar olib borishning shaydosi bo‘lgan. Munozaralarda o‘sha davrning
ko‘zga ko‘ringan donishmandlari ishtirok etganlar. Mazkur allomalar dunyoning
turli burchaklaridan taklif etilgan bo‘lib, ular orasida musulmonlar bilan birga
nasroniylar, yahudiylar va boshqa diniy e‘tiqod vakillari ham bor edi. Taqdir
taqozosi bilan xalifa saroyida to‘plangan turli millat va madaniyat vakillari o‘zaro
tajriba almashdilar, bir-birlaridan ilm o‘rgandilar. Natijada o‘sha davr fani va
madaniyatida yirik kashfiyotlar dunyo yuzini ko‘rdi va kelajakdagi yuksalish
uchun zamin hozirlandi.
Al-Ma‘mun saroyida xizmat qilgan Ja‘far ibn Muhammad al-Anmotiyning xabar
berishicha, Marvdan Bag‘dodga ko‘chib kelgan xalifa o‘z saroyiga Bag‘doddagi
olimlar, faqihlar va mutakallimlarning katta guruhini taklif etadi. Bu yerdagi ilmiy
munozaralardan keyin avvaliga yuzga yaqin, keyinroq esa, yana bir qancha faqih
va donishmandlarni tanlab oladi. Yana Ja‘far al-Anmotiyga ko‘ra, ilmiy
munozaralarning birida dasturxonga uch yuzdan ortiq noz-ne‘matlar tortiladi. Al-
Ma‘mun har bir taomni izohlar ekan, uning nima maqsadda iste‘mol qilinishini
sharhlab o‘tadi. Xususan, u safro va balg‘amga qarshi qanday taom tanovul
qilinishi, vaznni oshirish va kamaytirish uchun nima yeyish maqsadga
muvofiqligi, shuningdek, dasturxonga qo‘yilayotgan barcha noz-ne‘matlarning
inson salomatligida qanday o‘rin tutishini aytib beradi. Shunda munozaraga
yig‘ilgan olimlardan biri xalifaga qarab shunday deydi: «Ey musulmonlarning
amiri, agar biz tabobatni muhokama qilsak, sen uni tushunishda Joliyuvnusni, ilmi
nujum haqida suhbatlashsak Hurmusni, fiqhda esa Ali ibn Abu Tolibni
eslatmoqdasan. Saxovat bobida sen Hotamsan, notiqlikda tanho hamda saxiylikda
Ka‘b ibn Momani ortda qoldirasan». Bunga javoban xalifa: «Ey Ja‘far, shuni
bilginki, inson insondan faqat aqli, zakovati, xatti-harakatlari va boshqa
xususiyatlari bilan farlanadi. Aks holda bir shaxsning ikkinchi shaxsdan farqi
bo‘lmay qolgan bo‘lur edi», – deydi.
Al-Ma‘munning insonlar xaqidagi fikri ham diqqatga sazovor. Uning nazdida,
odamlar uch toifaga bo‘linadi: birinchisi taom singari bo‘lib, unga doimo ehtiyoj
seziladi, ikkinchisi esa, dori kabi goh-gohida zarurat talab qilinadi va nihoyat,
uchinchi turkum insonlar hamisha og‘riq singari kishiga zahmat yetkazishadi.
Al-Ma‘mun bobosi al-Mansur, otasi Horun ar-Rashid tarafidan saroyda to‘plangan
kitoblar sonini ko‘paytirdi. Saroydagi bu kutubxona Horun ar-Rashid davrida
«Bayt al-hikma» deb nomlana boshlagan edi. Keyinchalik u kutubxona doirasidan
chiqib, tarjima va ilm markazi vazifasini o‘tadi. Al-Ma‘munning «Bayt al-
hikma»ga bo‘lgan doimiy e‘tibori natijasida, uning ismi tarixiy manbalarda doimo
bu ilm dargohi bilan birga yod etilishi an‘anaga aylanib qolgan.
Al-Ma‘mun Rum xukmdorining qo‘l ostidagi boy kutubxonasini «Bayt al-hikma»
ixtiyoriga berishga ko‘ndira oldi. Ba‘zi kutubxonalarni esa u o‘z harbiy yurishlari
natijasida qo‘lga kiritilgan o‘lja sifatida Bag‘dodga keltirdi. Shu tariqa «Bayt al-
hikma» hind, yunon, fors, turkiy, suryoniy, nabatey, ibroniy (yahudiy), qibt
tillarida bitilgan asarlar jamlangan eng yirik markazga aylandi.
Xalifa «Bayt al-hikma»ga yig‘ilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish, o‘rganish
maqsadida saroyga tarjimonlarni taklif etadi. Ular orasida Hunayn ibn Is‘hoq,
Yuhanna ibn Mosavayh, Abu Sahl al-Fadl ibn Navbaxt, Yoqub al-Kindiy, Banu
Muso, Sobit ibn Qurra, Qusta ibn Luqa al-Baalbakkiy va boshqalar bor edi.
Asarlar avval yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga o‘girilgan. Chunki
o‘sha davrdagi tarjimonlarning aksariyati suryoniy tilini biladigan nasroniylar edi.
Uqliydis, Arastu, Joliyuvnus, Buqrot, Batlamyus kabi mashhur yunon
mutafakkirlarining asarlari arab tiliga o‘girilib, islom olamiga taqdim etildi. Al-
Mamun tarjima ishlariga katta e‘tibor berib, ularga homiylik qilardi va har bir
tarjima qilingan asar uchun ba‘zi hollarda, kitob vazniga teng mikdorda oltin inom
etardi. Al-Mamunning topshirig‘iga binoan, Batlamyusning «Al-majistiy»
asarining arab tiliga o‘girilishi musulmon astronomlari ijodida keskin
o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ular bu kitobni katta qiziqish bilan o‘rganib chiqib,
unga izoh hamda sharhlar yozishdi. «Al-majistiy»dagi ba‘zi fikrlarni qabul qilgan
bo‘lsalar, boshqalariga e‘tiroz bildirib, o‘z tajribalari orqali qaytadan tekshirishga
harakat qildilar. Shu tariqa ularning asarlarida yangi fikrlar va kashfiyotlar paydo
Shunisi e‘tiborga molikki, «Bayt al-hikma»da to‘plangan donishmandlarning
aksar qismini Xuroson va Markaziy Osiyo allomalari tashkil etgan. Ular o‘z
vaqtida al-Mamun bilan Marvda tanishib, keyinchalik xalifaning taklifiga ko‘ra,
Bag‘dodga ko‘chib o‘tgan edi. Al-Mamun saroyida ijod qilgan Markaziy Osiyo
olimlaridan Muhammad al-Xorazmiy, Yaxyo ibn Abu Mansur, Habash al-Hasib
Farg‘oniylarni sanab o‘tish mumkin. Bu olimlar al-Ma‘mun va undan keyingi
xalifalar davrida ko‘plab astronomik tajribalarda faol ishtirok etganlar. Umuman,
al-Ma‘munning ilm-fanga bo‘lgan e‘tibori natijasida, o‘sha davrdagi deyarli
barcha fanlarda xususan, riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya, falsafa,
mantiq, adabiyot, diniy ilmlarda qator yutuqlarga erishildi.
Qadimgi yunon donishmandlarining falsafa va mantiqka oid asarlarining arab
tiliga tarjima qilinishi al-Mamun va o‘sha davrdagi barcha allomalarda katta
qizikish uyg‘otdi. Musulmon mualliflari mazkur asarlarga izoh, sharh va
qisqartmalar tuza boshladilar va natijada o‘zlarining falsafa, mantiq, kalom ilmiga
oid yangi asarlarini yozdilar. Ayniqsa, o‘sha davrning yirik faylasuflari bo‘lmish
Yoqub al-Kindiy, Ahmad ar-Ravandiylar xalifaning qanoti ostida katta ilmiy
izlanishlarni olib bordilar
Avvalgi sahifalarda ta‘kidlaganimizdek, al-Ma‘mun zamonasida «ilm al-
kalom» tez sur‘atlar bilan taraqqiy eta boshladi. Al-Mamun shoir va adiblarga
katta e‘tibor bilan qaradi, uning saroyida adabiy va ilmiy mushoiralarning tez-tez
o‘tkazilib turilishi doimiy ananaga aylandi.
Ijtimoiy fanlar borasida asarlar yozishda qiyinchilik bo‘lmasada, biroq,
tabiiy fanlarda yunon olimlarining asarlarini tajribalar orqali tekshirish, yaьni
amaliy tajribalar bilan shug‘ullanish zarurati tug‘ildi. Shuning uchun al-Mamun
qo‘l ostidagi barcha allomalarga yunon olimlarining falakiyot, riyoziyot, tabobat
va kimyo sohasidagi meroslarini amaliy tajribalar orqali tekshirish vazifasini
qo‘ydi. Rejalashtirilgan kuzatuv va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida,
yangi shifoxonalar, rasadxonalar qurildi hamda ular uchun zarur tibbiy va
astronomik jihozlar, xususan asturloblar yasaldi.
Al-Ma‘munning tashabbusi bilan Damashqdagi Qasiyun tog‘ida va
Bag‘doddagi ash-Shammosiya xududida ikkita rasadxona bunyod etildi.
Rasadxonada faoliyat yurituvchi astronomlar Batlamyusning «Al-majistiy»
asaridagi ma‘lumotlarni tekshirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Tajriba
va tekshiruv natijalari esa, «Al-Ma‘munning sinalgan jadvallari» nomli mashhur
astronomik asarida o‘z aksini topdi. Al-Ma‘mun bir qator o‘tkazilgan tajribalarda
shaxsan o‘zi ishtirok etgan, ba‘zilarini esa kuzatib borgan. Xalifaning bevosita
ishtiroki va kuzatuvi ostida olib borilgan astronomik tajribalardan biri, Bag‘dod va
Damashq shaharlarida osmon ekvatorining ekliptika bilan kesishish burchagini,
ya‘ni eng katta og‘ish burchagini aniqlash bo‘lgan. Erishilgan natijalar – 23°35′ va
23°34’27” amalga oshirilgan tadqiqotlarning aniqligidan dalolat beradi.
Al-Ma‘mun davrida bajarilgan tajribalardan yana biri 217/833 yili
Suriyaning shimolidagi Sinjar dashtida yer meridiani bir darajasining uzunligini
o‘lchash edi. Manbalarda mazkur tajribani, asosan, markaziy osiyolik olimlar
Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 48-bet.
bajargani zikr etiladi. O‘lchov nati-jalarida bu mikdor 56 2/3 milya deb topildi. Bu
esa zamonaviy hisoblardan deyarli farq qilmaydi. Umuman, al-Ma‘mun davrida
yozilgan asarlarda falakiyot fanidagi asosiy tushunchalar, ya‘ni Yerning
sharsimonligi, koinotning markazida joylashgani, Quyosh, Oy va yulduzlarning
Yer atrofida aylanishi, Oyning Yerga eng yaqin samoviy jism ekani, ularning
barchasi har kuni yer atrofida to‘liq, bir marotaba aylanishi e‘tirof etiladi.
Al-Ma‘mun huzuridagi «Bayt al-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan Muhammad
al-Xorazmiy riyoziyot, falakiyot va geografiya kabi fanlarning rivojida o‘chmas iz
qoldirdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu olim hozirgi zamon riyoziyot
fanining bir qancha tarmoq va fundamental konsepsiyalarining asoschisi
Al-Ma‘mun davrida geografiya va kartografiya sohalarida dastlabki asarlar
yozilgan. Jumladan, yuqoridagi Muhammad al-Xorazmiyning «Yerning tasviri»
asari o‘rta asr arab xalifaligida yaratilgan ilk va muhim geografik asarlardan biri
bo‘lgan. Bundan tashqari, adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, yetmishga yaqin
geograflar al-Xorazmiy rahbarligida tadqiqotlar olib borganlar va al-Ma‘mun
nomi bilan mashhur bo‘lgan dunyoning ilk xaritasini yaratganlar.
Bu ikki shaxs orasidagi munosabat juda iliq bo‘lib, xalifaning ilmga
e‘tiborini al-Xorazmiy quyidagicha bayon qiladi: «Alloh imom al-Ma‘munga,
unga meros bo‘lib o‘tgan xalifalik lavozimini in‘om qilib muruvvat etganligi, bu
lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga
muhabbat va olimlarni o‘ziga yaqin tutishga intilish hissiyotini uyg‘otganligi
menga jasorat ato qildi, chunki u ularning ustiga o‘z homiylik qanotini yozib,
noaniq bo‘lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo‘lgan narsalarni
Yana shuni alohida ta‘kidlash joizki, al-Ma‘mun va uning ota-bobolari
tabiblarga alohida hurmat bilan qarashgan, ularga har taraflama g‘amxo‘rlik
ko‘rsatganlar. Abbosiy xalifalar Bag‘dodga Gundishopur maktabining yirik
Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 49-bet.
tabiblarini taklif etishgan. Bu maktab tabiblarining eng mashhurlaridan bo‘lmish
Jibril ibn Baxtyashu Horun ar-Rashidning har ikki o‘g‘li – al-Amin va al-
Ma‘munni davolagan. «Bayt al-hikma»da jamlangan yunon, hind, fors va turkiy
tildagi tabobatga oid asarlar, ularning arab tiliga tarjimalari, Bag‘dodda faoliyat
ko‘rsatgan turli millat va elatga mansub tabiblarning tibbiy merosi, Sharq xalqlari
tabobati rivojining muhim bosqichi sanaladi.
Yuqorida Sharq kimyo ilmining «otasi» deb zikr etilgan Jobir ibn Hayyon
ijodining eng yuqori pallasi ham al-Ma‘mun davriga to‘g‘ri keladi. Chunki o‘sha
davrda iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotning barcha sohalarida samarali
izlanishlar va yirik kashfiyotlar yuzaga keldi. Shubhasiz, bu yuksalishning yuzaga
chiqishida al-Ma‘munning ilm-fanga ko‘rsatgan homiyligi muhim ahamiyat kasb
Hikmat maktublari – Epistles of Wisdom
The Hikmat maktublari yoki Rasulul-hikma (Arabcha: Rasasئil ٱlْْikْmaَ ) – bu muqaddas matnlarning korpusi va pastoral harflar o’qituvchilari tomonidan Druze Hozirda millionga yaqin sodiq bo’lgan imon, asosan Livan, Suriya, Isroil va Iordaniya. [1] [2]
Mundarija
Druz kanoni
To’liq Druze kanoni yoki Druze yozuviga quyidagilar kiradi Eski Ahd, Yangi Ahd, Qur’on va falsafiy tomonidan ishlaydi Aflotun va ta’sirlanganlar Suqrot boshqalarning asarlari orasida dinlar va faylasuflar. [3] Druzlarning ta’kidlashicha, bularni tushunish zarur, ammo ular buni tushunishadi al-Uqqol (عqاl), (“bilimdon tashabbuskorlar”) bularning o’rnini bosadigan o’zlariga tegishli yozuvlarga kirish huquqiga ega. [4] [5] Hikmat maktublari, shuningdek, deb nomlanadi Kitob al-hikma (Hikmatlar kitobi) va Al-Hikma ash-Sharifa. Boshqa qadimiy druzlar yozuvlarida quyidagilar mavjud Rasa’il al-Hind (Hindistonning maktublari) kabi ilgari yo’qolgan (yoki yashirin) qo’lyozmalar al-Munfarid bi-Datihi va al-Sharia al-Ruhoniyya shuningdek boshqalar, shu jumladan didaktik va polemik risolalar. [6]
Tavsif
Hikmat maktublari Arab tili va jami bir yuz o’n bitta maktubni o’z ichiga oladi. Ular eng buyuk Druzlardan biri tomonidan birinchi bo’lib tuzilgan oltita kitobga bo’lingan donishmandlar Abdulloh Tanuxiy 1479 yilda. [1] Og’zaki an’analarga ko’ra dastlab yigirma to’rtta kitob bo’lgan. O’n sakkiz kishi yo’qolgan, yashiringan yoki yo’q qilingan deb taxmin qilinadi. Oltinchi maktub eng qadimgi sanada va 1017 yil iyulda yozilgan Mil tomonidan Hamza ibn-Ali ibn Ahmad va u dastlabki ikkita kitobda yana o’ttizta maktub muallifi sifatida alohida qayd etilgan. 109 va 110-xatlar so’nggi yozilgan, yozilgan Al-Muqtana Bahouddin milodiy 1042 yilda. 36 dan 40 gacha bo’lgan maktublar Ismoil at-Tamimiy ibn Muhammadga tegishli. Birinchi maktub xayrlashish xabaridan boshlanadi Al-Hakim bi-Amr Alloh, Druzlarning asl o’qituvchisi. U o’z xalqining farovonligi va tinchligiga yordam berishga qaratilgan sa’y-harakatlarini batafsil bayon qiladi va ularni to’g’ri yo’l tutishga undaydi. [7]
Tarix
Druzlar diniy idorasining talqini taqiya (Tkیة) va ezoterik imon tabiati, hatto o’zlarining boshlang’ich druzlaridan ham kirish, so’rov va tergovni cheklashga olib keldi. al-Juhxol (Jhاl) (“johil”) yoki jismaniyeen (“Moddiy narsalar”). Bunday cheklovlar, agar yozuvlar noto’g’ri talqin qilingan bo’lsa, shaxsga va jamoatga etkazilishi mumkin bo’lgan zararni oldini olishga qaratilgan edi, chunki “Hikmatlar maktublari” ni o’rganish yuqori darajadagi Druzening sharh matnlari va ko’rsatmalari bilan yaxshi ta’minlangan. Uqqal (“Bilimdonlar”).
Druze qo’lyozmalari odatda a til, grammatika va diktsiya buni tushunmaganlarga tushunish qiyin va o’z ichiga oladi noaniq so’zlar va juda noaniq va sirli ning keng ishlatilishiga qo’shimcha ravishda iboralar simbologiya va numerologiya yozuvlarning aksariyat qismida.
A Suriyalik shifokor birinchi druzlardan birini berdi qo’lyozmalar ga Lui XIV hozirda saqlanadigan 1700 yilda Bibliotek milliy. Kabi mahalliy buzilishlar bosqin ning Ibrohim Posho bilan birga 1831 yildan 1838 yilgacha 1860 yil Livan bilan to’qnashuv ushbu matnlarning ba’zilari akademiklarning qo’liga tushishiga sabab bo’ldi. Boshqa asl qo’lyozmalar Robert Garret to’plam Princeton universiteti. [8] Birinchi frantsuz tarjima tilshunos va sharqshunos tomonidan 1838 yilda nashr etilgan Antuan Isaak, Baron Silvestr de Sacy yilda De la din des Druzesni fosh eting. [9] [10]
Ning yana bir nashri Rasulul-hikma tomonidan nashr etilgan taxallusli 1986 yilda Livandagi yozuvchilar juda tortishuvli “Qattiq haqiqat” turkumiga kirgan bo’lib, unda bir nechta druz, alaviylar va islomga qarshi kitoblar bo’lgan va hukumat tomonidan adashtiruvchi ma’lumotlar va nafrat so’zlari uchun man etilgan, shuningdek nashr qilinmagan dissertatsiya Devid Bryer tomonidan dastlabki ikki jildda tayyorlangan. [4] “Donolik maktublari” dagi ushbu dastlabki ikki jildning (birdan qirqgacha bo’lgan maktublarning) frantsuzcha tarjimasi va tanqidiy ekspertizasi 2007 yilda Daniel De Smet tomonidan nashr etilgan bo’lib, u doktrinal kirish, eslatmalar, qo’lyozmalarning tavsifi va inventarizatsiyasini va ularning tadqiqotlarini taqdim etdi. tarkibi va xususiyatlari. [2]
Mundarija
Xatlar haqida falsafiy nutqlarni o’z ichiga oladi Neoplatonik va Gnostik mavzular, Ptolemik kosmologiya, Ning falsafalarining arabcha parafrazalari Farobiy, Plotin va Proklus, haqidagi yozuvlar Umumjahon ruhi bir nechta bilan birga polemik o’sha davrda mavjud bo’lgan boshqa e’tiqod va falsafalarga oid xatlar va dinni rad etgan deb hisoblangan shaxslarga yoki imon va uning ta’limotining obro’sini buzishga va buzishga harakat qilganlarga nisbatan ” Nusayri “maktub va Maktublarning beshinchi jildi. Maktublarning aksariyati post-klassik tilda yozilgan, ko’pincha arablarga o’xshashliklarni ko’rsatmoqda. Nasroniy mualliflar. [11] [12] Matnlar-ning qo’shilishi haqida dahshatli tushuncha beradi Umumjahon aql va Ruh XI asrda Misr, dunyo iloh orqali odamlarga o’zini namoyon qilgan paytda Fotimid Xalifa al-Hakim va uning ta’limotlari. Bular arabcha neoplatonizmning aralashgan taniqli ko’rinishini namoyish etadi Ismoilizm va qabul qilingan Xristian elementlari falsafa uchun katta qiziqish va dinlar tarixi. [2] Druzlar maktublarni talqin qilishicha, Al-Hakim o’lmagan, balki shunchaki chekilgan deb o’ylashadi. okkultatsiya va bir kuni qaytib kelib, Duze donoligini dunyoga ochib berish uchun a oltin asr. [13]
Iqtiboslar
Tushunchasi to’g’risida Xudo, Deb yozgan Hamza ibn Ali
Agar odamlarning ongiga hech qanday tanishtirmasdan va gradatsiyasiz Xudo to’g’risida bilim berilsa, bu odamlarning onglari chayqalib yiqilib tushar edi. [14]
. mukammal Aqlning asoschisi. U deyarli barcha mavjudotlarni o’z ichiga bog’lab qo’ydi, shunda uning tashqarisida hech narsa bo’lmasligi kerak edi. [15]
Ey, chalg’itadiganlar, jasad vositasidan mahrum bo’lgan kishi qanday qilib bilimga ega bo’lishi mumkin?
Ey g’ofil bo’lganlar, shahvoniy qobiliyatini tark etgan kishi qanday qilib johillikka erisha oladi?
Va hayron bo’lganlar, qanday qilib ruhlar o’z-o’zidan mavjud bo’lishi mumkin?
Va qanday qilib ular o’zlarining kelib chiqishlariga kelib, hayotga ega bo’lishlari va o’zlarining zavqlarini sotib olishlari mumkin? [16]
Yo’qlikka ishonish mavjudlikni shunday rad etadi. Bu imonsizlik, ateizm va inkorga olib boradigan yo’ldir. [17]
Hikmat maktublarining sirliligi to’g’risida Hamza ibn Ali yozgan
Ilohiy bilimlarni unga loyiq bo’lmaganlardan saqlang va loyiq bo’lganlardan saqlamang.
Ilohiy ilmni unga loyiq bo’lganlardan yashirgan kishi, albatta, unga ishonib topshirilgan narsani buzadi va diniga qarshi qurbonlik qiladi;
va uni loyiq bo’lmaganlarga oshkor qilgan odamning ishonchi haqiqatga ergashishdan chetlashtiriladi.
Shuning uchun Muqaddas Bitikni bunga loyiq bo’lmaganlardan himoya qilish kerak. [18]
Ammo u eslatdi
Rabbimizning birligini bilish orqali o’zingizni johillikdan saqlang . [19]
Men sizga o’z do’stlaringizni himoya qilishni buyuraman. Ularni himoya qilishda sizning imoningiz mukammallikka erishadi. [20]
Adabiyotlar
- ^ ab Torki. Studiya islomica. Maisonneuve va Larose. 164–17 betlar. ISBN978-2-7068-1187-6 . Olingan 17 mart 2011 .
- ^ abv D. De Smet; Ismoil Tamumu; Ḥamza ibn Al ibn Ahmad (2007). Les Epitres Sacrees Des Druzes Rasa’il Al-hikma: Kirish, nashri Critique et Traduction Annotee Des Desites Atribues of a Hamza B. ‘ali Et Isma’il At-tamimi. Peeters. ISBN978-90-429-1943-3 . Olingan 17 mart 2011 .
- ^ Mordaxay Nisan (2002). Yaqin Sharqdagi ozchiliklar: kurash va o’zini namoyon qilish tarixi. McFarland. 96- betlar. ISBN978-0-7864-1375-1 . Olingan 17 mart 2011 .
- ^ ab Me’ir Mixael Bar-Asher; Gauke de Kootstra; Arie Kofskiy (2002). Nuayr al-i alawi i din: uning ilohiyoti va liturgiyasi bo’yicha so’rov. BRILL. 1–3 betlar. ISBN978-90-04-12552-0 . Olingan 18 mart 2011 .
- ^ Mircha Eliade; Charlz J. Adams (1987). Din entsiklopediyasi . Makmillan. ISBN978-0-02-909730-4 . Olingan 17 mart 2011 .
- ^ Grolier Incorporated (1996). Amerikalik entsiklopediya. Grolier Incorporated . Olingan 17 mart 2011 .
- ^ Nejla M. Abu Izzeddin (1993). Druzlar: ularning tarixi, e’tiqodi va jamiyatini yangi o’rganish. BRILL. 108– betlar. ISBN978-90-04-09705-6 . Olingan 17 mart 2011 .
- ^Xitti, Filipp K., Druzlar xalqi va dinining kelib chiqishi, V BOB, DRUZE TEROLOGIYASI VA UNING MANBALARI, 1928 yil.
- ^ Antuan Isaak, Baron Silvestr de Sacy, Expose de la Religion des Druzes (Parij, 1838; qayta nashr. Amsterdam, 1964)
- ^Traboulsi, Samer., Amerika Sharq Jamiyati jurnali, Maqola, Les Epitres sacrees des Druzes: Rasa il al-Hikma, 1 va 2-jildlar, 2009 yil iyul-sentyabr.
- ^ Me’ir Mixael Bar-Asher; Gauke de Kootstra; Arie Kofskiy (2002). Nuayr al-i alawi i din: uning ilohiyoti va liturgiyasi bo’yicha so’rov. BRILL. 1–3 betlar. ISBN978-90-04-12552-0 . Olingan 17 mart 2011 .
- ^Conférences de M. Daniel De Smet., Catholique de Luvain universiteti, 149-bet, 2008 y.
- ^ Britannica entsiklopediyasi; inc (2003). Britannica yangi ensiklopediyasi. Britannica entsiklopediyasi. ISBN978-0-85229-961-6 . Olingan 17 mart 2011 .
- ^Ḥamza ibn Ali ibn Ahmad Somiy Nasib Makarimdan (1974). Druzlar e’tiqodi p. Donolik maktublaridan 61 – 35-maktub. Karvon kitoblari. ISBN978-0-88206-003-3 . Olingan 18 mart 2011 .
- ^Ḥamza ibn Ali ibn Ahmad Somiy Nasib Makarimdan (1974). Druze e’tiqodi p.44 donolik maktublaridan – 30-xat. Karvon kitoblari. ISBN978-0-88206-003-3 . Olingan 18 mart 2011 .
- ^al-Muqtana Bahouddin Somiy Nasib Makarimdan (1974). Druze e’tiqodi 54-55 betlar Hikmatlar maktublaridan – 75-maktub. Karvon kitoblari. ISBN978-0-88206-003-3 . Olingan 18 mart 2011 .
- ^al-Muqtana Bahouddin Somiy Nasib Makarimdan (1974). Druzlar e’tiqodi p. 102 donolik maktubidan – 61-maktub. Karvon kitoblari. ISBN978-0-88206-003-3 . Olingan 18 mart 2011 .
- ^Ḥamza ibn Ali ibn Ahmad Somiy Nasib Makarimdan (1974). Druzlar e’tiqodi p. Donolik maktublaridan 100 – 33-maktub. Karvon kitoblari. ISBN978-0-88206-003-3 . Olingan 18 mart 2011 .
- ^Ḥamza ibn Ali ibn Ahmad Somiy Nasib Makarimdan (1974). Druzlar e’tiqodi p. 101 donolik maktubidan – 6-maktub. Karvon kitoblari. ISBN978-0-88206-003-3 . Olingan 18 mart 2011 .
- ^Ḥamza ibn Ali ibn Ahmad Somiy Nasib Makarimdan (1974). Druzlar e’tiqodi p. 99 donolik maktubidan – 33-maktub. Karvon kitoblari. ISBN978-0-88206-003-3 . Olingan 18 mart 2011 .
Tashqi havolalar
- Druze merosi jamg’armasi
- Amerika Druzlar Jamiyati
Qiziqarli malumotlar
Hikmat maktublari – Epistles of Wisdom