6-sinf adabiyor ochiq dars
480p 720p 1080p
Multfilmlar
Multfilmlarni yaxshi sifatda bepul onlayn tomosha qilishni xohlaysizmi? Unda portalimizga xush kelibsiz! Biz siz uchun taniqli sovet, rus va Gollivud animatorlari tomonidan suratga olingan eng yaxshi multfilmlarni to’pladik. Ular sizni va farzandlaringizni ajoyib sarguzashtlar va ertak qahramonlarining sehrli olamiga olib boradi. Va shunga qaramay – ular sizni xursand qilishlari va kundalik kundalik hayotdan qochishga yordam berishlari kafolatlangan. Internetda sifatli multfilmlarni topish unchalik oson emas. Ko’pgina portallarda bepul multfilmlar juda siqilgan, shuning uchun multfilmlarni bepul tomosha qilish unchalik qiziq emas. Xira ranglar, yomon ovoz sifati – bularning barchasi ko’rishdan sezilarli darajada chalg’itadi va sezilarli noqulaylik tug’diradi. Lekin bizning portalimizda multfilmlarni sifatli va atrof-muhit ovozi bilan tomosha qilish imkoniyati mavjud va bu mutlaqo bepul!
480p 720p 1080p
Etik kiygan mushuk 2: So’nggi istak Multfilm Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima HD
Multfilmlar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
1080p 1-3-fasllar to’liq!
Krudslar oilasi: Oila daraxti Multserial Barcha qismlar O’zbek tilida 2021 Uzbekcha tarjima
Multfilmlar / Seriallar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Itlar oroli Multfilm Uzbek tilida 2018 O’zbekcha tarjima HD
Multfilmlar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Tom va Jerriyning yangi sarguzashtlari Multfilm Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima HD
Multfilmlar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
6-sinf adabiyor ochiq dars
faxrlanish, kelajagiga ishonch tuyg’ulari shakllanadi.
Jihozlar: E.Vohidov portreti, guruhlar ____Ds_uchun tarqatma topshiriqlar,
audio yoki video magnitafon, O’zbekiton xalq artisti SH.Jo’raev ijro etgan
“O’zbegim” qo’shig’ining magnit yoki video tasmasi.
Dars jarayoni:
1. Tashkiliy qism (3 minut). O’qituvchi o’quvchilar davomatini aniqlagach,
o’tgan darsda Hamzaning “Jonlarni jononi Vatan”, “Dardiga darmon istamas” she’rlari o’rganilganligini eslatib, yangi mavzuni e’lon qiladi.
2. “Aqliy hujum” va o’qituvchining tushuntirishi (5 minut). O’qituvchi “Erkin Vohidovni bilasizmi” savoli bilan o’quvchilarga murojaat qiladi.
O’quvchilar shoirning televidenieda yoki radiodagi suhbatlarini, she’r qishini ko’rgan, eshitgan, u haqidagi filьmlarni tomosha qilgan bo’lishi tabiiy, shundan kelib chiqib Erkin Vohidov – O’zbekiston halq shoiri, O’zbekiston Qahramoni va boshqa turli javoblarni berishi mumkin.
O’qituvchi shoirning hayoti va ijodi, xususan, uning she’riyatida Vatan,
xalq tarixi, taqdiri tavsifi, ona yurt, uning boy va shonli tarixi Bilan faxrlanish tuyg’usi muhim o’rin tutishi hamda “O’zbegim” qasidasi haqida qisqacha tushuntirish beradi.
3.Qasidani o’qish (5 minut). “O’begim” qasidasi aruz vaznidagi she’r bo’lganligi uchun, avvalo, o’qituvchi 3-4 baytni ifodali qilib o’qib, qasidani
qanday o’qilishini ko’rsatib beradi. So’ngra ravon va tushunarli qilib o’qiydigan o’quvchilar tomonidan she’r matni ifodali qilib o’qiladi.
4.Guruhlarda ishlash (8minut). O’qituvchi qasida matni bilan ishlashdan oldin, qasidada qayd etilgan qadimiy joy nomlari, qadimgi turkiy yozuvlar, tarixiy shaxslar, buyuk allomalar, jahon adbiyoti namoyandalari, bosqinchi kimsalar haqida o’quvchilarga kengroq bilim berish maqsadida o’quvchilarni 7 ta kichik guruhlarga bo’ladi. Guruhlarni shakllantirishda o’qituvchi, albatta, sinf o’quvchilarining bilim darajasini, temperamentini, xarakter va qobiliyatlarini hisobga olishi lozim. Chunki bitta guruhga a’lochi, hozirjavob, ikkinchi guruhga past o’zlashtiruvchi, indamas o’quvchilar yig’ilib qolishini oldini olish guruh ishini samarali bo’lishining garovidir. Guruhlar oldindan tayyorlab qo’yilgan kichik matnlar ustida ishlaydilar. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, quyidagi matnlar solingan konvertlardan tanlab oladilar. Guruhlar tanlab olingan matnlarini o’qib chiqadilar, mazmunini o’rganadilar, muhokama qiladilar va o’zlashtirganlarini sinfdoshlariga tushuntirib berishga, ya’ni taqdimotga tayyorlanadilar.
Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o’qib chiqing. Abu Rahon
Beruniy haqidagi ma’lumotlarni o’rganing, muhokama qiling va o’zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning.
Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog’lagan holda bittadan savol tuzing. Abu Rahon Beruniy O’rta asrning buyuk qomusiiy olimi Abu Rayhon Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o’rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo’lida ta’lim oldi. U 22 yoshida Xorazmdan chiqib ketib, Kaspiy dengizi sohilidagi Jurjon shahrida, so’ng qadimgi Ray shahrida muhojirlikda yashadi va “Osor al-boqiya” (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar) asarini yozdi. Bundan tashqari astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10dan ortiq asarlar yozdi.
Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Mahmun II tomonidan Urganchga chaqirtiriladi va Ma’mun rahnomoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko’rsatadi.
Xorazm Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingach, boshqa olimlar
qatori Beruniy ham G’azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Garchi u asirlikda yashasada, ko’plab ilmiy asarlar yaratdi.
Beruniy o’zidan keyingi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Uningo’z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi ma’lum. Olimning “Hindiston”, “Xorazmning mashhur kishilari”, “Geodeziya”, “Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar”, “Mineralogiya”, “Dorivor o’simliklar haqida kitob”, “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni da’volovchi quyosh kitobi”, “Ko’paytirish asoslari”, “Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi ”, “Foydali savollar va to’g’ri javoblar”, “Farg’oniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “SHe’rlar to’plami”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” va boshqa asarlari ilmiy meros sifatida ilm- fanga katta hissa bo’lib qo’shilgan.
Beruniy ijodiga Yevropa va Sharq olimlari juda katta qiziqish bilan
qaradi va uni tadqiq qildi, o’rgandi. Uning ijodiga bag’ishlab ko’plab xalqaro ilmiy konferentsiyalar o’tkazildi. Ko’p tomli saylanma asarlari o’zbek, rus va boshqa xorijiy tillarda nashr etildi. O’zbekistonda Fan sohasida Beruniy nomiga Davlat mukofoti ta’sis etildi.
Ko’rinib turibdiki, Beruniy dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz
ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o’qib chiqing. Muso al- Xorazmiy haqidagi ma’lumotlarni o’rganing, muhokama qiling va o’zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning.
Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog’lagan holda bittadan savol tuzing.
Muso al-Xorazmiy Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab, ijod qilgan. Bu davrda Markaziy Osiyo arab halifaligi tarkibiga kirar edi. Xorazmiy dunyo faniga g’oyat katta hissa qo’shdi.U algebra fanini asoschisi bo’ldi. “Algebra” so’zining o’zi esa uning “Al-kitob al-muhtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o’nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o’rnashib qoldi. Uning geografiyaga doir asari esa arab tilida o’nlab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi.
Abu Nasr Forobiy Forobiy uning tahallusi bo’lib to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarhon – jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Farobiy o’z zamonasi ilmlarning barcha sohasini mukammal bilganligi va ilmlar rivojiga kata hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanilganligi tufayli SHarq mamlakatlarida uning nomi ulug’lanib, “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Forobiy turkiy qabilalardan bo’lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg’og’idagi Forob – O’tror degan joyda tug’ilgan. Forobiy boshlang’ich ma’lumotni ona yurtida oldi. So’ng Toshkent (SHosh), Buxoro, Samarqandda o’qidi. Keyinroq o’z ma’lumotini oshirish uchun Bag’dodga keladi. Keyinchalik Damashqda yashab, ilm bilan shug’ullandi.
Forobiy o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160dan ortiq asar yaratgan. Uning asarlarini 2 guruhga ______ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar. 2) faning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy qadimga yunon mutafakkirlari – Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel
asarlari (“Metofizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntira olgan, kamchiliklarini ko’rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy sharhlari O’rta va Yaqin Sharq ilg’or mutaffakrlarining dunyo qarashini shakllantirishda, ularni Aristotel
g’oyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Forobiyning ilmiy merosi umuman O’rta asr SHarqining madaniy- ma’naviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalaridan juda boy ma’lumot beradi. Mutafakkir o’z asarlarini arab tilida yozadi.
Shuningdek u arab va fors tillarda falsafiy nazmdagi she’rlar ham yozgan.
Forobiy asarlari XII–XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors
tillarida, keyinchalik boshqa ko’plab tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng
Ko’rinib turibdiki, Forobiy dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o’qib chiqing. Boborahim Mashrab haqidagi ma’lumotlarni o’rganing, muhokama qiling va o’zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning. Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog’lagan holda bittadan savol tuzing.
Boborahim Mashrab Boborahim Mulla Vali o’g’li Mashrab o’z ijodi bilan o’zbek adabiyotida xalqchillik, dunyoviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bid’atga qarshi kurash g’oyalarining kuchayishida, she’riyat shakllarining takomillashuvida katta o’rin tutgan so’z ustalaridan biridir.
Mashrab faqat otashzabon ijodkor sifatidagina emas, balki, adolatsizlik va zo’ravonlik, qabohat va jaholat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan.Xalq tasavvurida u johil amaldorlar ustidan kuluvchi, ahloqan tuban kishilarni, munofiq din arboblarini ayovsiz fosh qilib, mehnatkashlar manfaatini himoya etuvchi botirso’z, tadbirkor kurashchi tarzida shakllangan: oddiy xalq Mashrab timsolida o’zining ishonchli vakilini, o’z orzu intilishlarini baralla ayta oluvchi otashin siymoni ko’rgan.
Uning ijodiy merosi “Devoni Mashrab”, “Devonai Mashrab”, “Eshoni
Mashrab”, “Hazrati shoh Mashrab” nomlari ostida xalq orasida qo’lyozma va
toshbosma shaklida juda keng tarqalgan.
Boborahim Mashrab 1640 yilda Namanganda kosib-bo’zchi Valibobo oilasida tug’ilgan. 1711 yilda o’sha zamondagi hukmron tabaqalar va johil ulamolarga qarshi hurfikr g’oyalari bilan kurash yo’lida Balxda Qunduz hokimining hukmi bilan osib o’ldirilgan.
Ko’rinib turibdiki, Mashrab dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz
ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Quyida berilgan matnni guruhda diqqat bilan o’qib chiqing. Mirzo Ulug’bek haqidagi ma’lumotlarni o’rganing, muhokama qiling va o’zlashtirganlaringizni sinfdoshlaringizga gapirib berishga tayyorlaning.
Guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog’lagan holda bittadan savol
Mirzo Ulug’bek Ulug’bek 1394 yilning mart oyida Eronning g’arbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Amir Temurning harbiy yurishi paytida tug’ildi. U SHohrux Mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug’bek deb atala boshlab, bu ism keyinchalik uning asosiy ismi bo’lib qoldi. Amir Temur vafotidan keyin
kenja o’g’li SHohrux Mirzo taxtga o’tirdi va Hirotni poytaxt qilib yelgiladi. Movarounnahr poytaxti Samarqandni o’g’li Ulug’bekka topshirdi. Ulug’bek 17 yoshida hokim bo’ldi, lekin u bobosi singari harbiy yurishlarga emas, ilm-fanga qiziqdi. SHoh sifatida 40 yildan ortiqroq mamlakatni
adolat bilan boshqardi. Olim sifatida rasadxona qurdirdi, astronomik
kuzatishlar olib bordi.
Ulug’bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning
”Zij”i bo’lib, bu asar “Ziji Ulug’bek”, “Ziji jadidi Guragoniy” deb ham
ataladi. “Zij”dan tashqari uning qalamiga mansub matematik asari “Bir
daraja sinusini aniqlash haqida risola”, astranomiyaga oid “Risolai Ulug’bek” (yagona nushasi Hindistonda, Aligarx universiteti kutubxonasida
saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arbah ulus” (“To’rt ulus tarixi”) asaridir.
Ulug’bek “Zij”i o’z tarkibiga ko’ra ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobita yulduzining o’rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat bo’lib, muqaddimaning o’zi mustaqil to’rt qismni tashkil qiladi.
Ulug’bek “Zij”i o’rta asrlardagi eng mukammal astronomik asar bo’lib,
tezda zamondoshlarining diqqatini o’ziga jalb etdi. Ulug’bek vafotidan so’ng uning shogirdi Ali Qushchi 1473 yilda Istambulga borib, u yerda rasadxona quradi. SHu tariqa Ulug’bek “Zij”i Turkiyaga tarqaladi va u orqali Yevropa mamlakatlariga yetib boradi. Ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilinadi va astronomiya ilmining rivojlanishiga munosib ulush
Ko’rinib turibdiki, Ulug’bek dunyoga mashhur buyuk bobokalonimiz, biz
ular bilan har qancha faxrlansak arziydi.
5. Video yoki audio magnitafon yordamida “O’zbegim” qo’shig’ini tinglash (5 minut). Darsning bu bosqichida o’qituvchi o’quvchilarda zerikish yoki toliqish paydo bo’lishini oldini olish va guruhlarda o’rganilgan matnlarda ta’kidlangan shaxslarning nomini shoir nima maqsadda tilga olganligini teranroq anglash, guruh ishi taqdimotining samarali bo’lishini nazarda tutadi va qo’shiq orqali o’quvchilarda milliy g’urur kurtaklarini jonlantiradi.
6. Yangi guruhlar tashkil etish va unda ishlash. (13 minut) Yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil berilgan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so’zlab beradilar,
matnni o’zlashtirib olishlariga erishadilar. Berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o’tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar.So’ngra yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar.
7.Mavzuni yakunlash (5minut). O’qituvchi guruhlarning fikr-mulohazalarini yanada to’ldiradi va boyitadi. Jumladan, hozirgi kunda Samarqandda saqlanib qolgan, ochiq muzey sifatida ziyoratgohga aylantirilgan Afrosiyob shahrining xarobalari, turkiylarning qadimiy runik yozuvi bo’lgan O’rxun xati va unda yozilgan toshbitiklar O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklari haqidagi ma’lumotlarni, shoir nima uchun qasidada bularni qalamga olganligini sharhlab, mavzuni yakunlaydi.
Uyga vazifa. “O’zbegim” qasidasidan parcha yod olish.
Kengaytirish. Darsdan tashqari bo’sh paytlarida o’quvchilar “O’zbegim” qasidasini yod olib og’zaki nutqini boyitadilar, ifodali o’qish ko’nikmalarini rivojlantirib, bilimlarini kengaytiradilar.
Izoh.O’qituvchi vaqtdan unumli foydalanish maqsadida guruhlarga topshiriq sifatida beriladigan matnlarni oq qog’ozlarga oldindan yozib
Baholash. O’quvchilarning ifodali o’qish, guruhlarda ishlashdagi faolligi, erkin va mustaqil, ijodiy fikrlashi kuzatiladi va baholanadi.
O’zlashtirish samaradoligini aniqlash uchun kichik testlar
1.E.Vohidov qalamiga mansub komediya berilgan qatorni belgilang.
A. “ Kelinlar qo’zg’oloni”.
D. “Og’riq tishlar”
2.“algoritm” so’zi qaysi olim nomidan olingan?
A. Mirzo Ulug’bek
V. Abu Nasr Forobiy
D. Abu Rahon Beruniy
3.“SHarq Arastusi” degan nomga kim sazovar bo’lgan?
A. Mirzo Ulug’bek
V. Abu Nasr Forobiy
D. Abu Rahon Beruniy
4. “Zij” kitobida nechta yulduz holati o’rganilgan.
A. 1018 ta V. 1101 ta S. 1019 ta D. 1017 ta
5. “O’zbegim” she’rida qanday tuyg’u ifodalangan?
A.O’zbeklarning faqat o’tmishi.
V. O’zbeklarning faqat kelajagi
S. Yosh avlodning baxtiyorligi
D. Yosh avlodning faxr tuyg’ulari
Ona tili darsliklar 6 sinf
КАК СТЕРЕТЬ ДВОЙКУ ИЗ ДНЕВНИКА. 10 ЛАЙФХАКОВ! Топ лайфхаков. Самое лучшее решение. 10 способов как стереть .
ONA TILI PDF MAKTAB DARSLIK ELEKTRON KITOBLARI / ОНА ТИЛИ ПДФ МАКТАБ ДАРСЛИК ЕЛЕКТРОН КИТОБЛАРИ
มุมมอง 13K 2 ปีที่แล้ว
ONA TILI PDF MAKTAB DARSLIK ELEKTRON KITOBLARI / ОНА ТИЛИ ПДФ МАКТАБ ДАРСЛИК ЕЛЕКТРОН КИТОБЛАРИ .
Ona tili 6-sinf “Qo’shimchalar tasnifi”mavzusi
มุมมอง 1K ปีที่แล้ว
Urganch shahar 1-son umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Xudoyberganova Nargiza Madraximovnaning .
Onlayn Ona tili darslari | Fonetika | 1 – dars
มุมมอง 321K ปีที่แล้ว
Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .
Onlayn Ona tili darslari | Sifat so’z turkumi | 6 – dars
มุมมอง 55K ปีที่แล้ว
Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .
Mavzu: Fe’l 6 sinf Ona tili
มุมมอง 334 3 หลายเดือนก่อน
94-mashq 95-mashq 96-mashq.
Guess what!6-sinf Workbook/Unit6#58-59 betlar.
มุมมอง 6K หลายเดือนก่อน
uyga vazifani birga bajaramiz!!
Ozbekistonda online dars
มุมมอง 1.1M 2 ปีที่แล้ว
Ozbekistonda online dars.
Online darslar 6-sinflar uchun test o’yin. Uyda qoling. Stay at home.
มุมมอง 14K 2 ปีที่แล้ว
C. novcharoq, sarg’ish, chiroyliroq .
Guess what!6-sinf Workbook/Unit5&6 Review#64-65 betlar
มุมมอง 4.2K 21 วันที่ผ่านมา
uyga vazifa bajarish endi qiyin emas!!
6-sinf ona tili Mavzu: Sifat darajalari
มุมมอง 4.3K 2 ปีที่แล้ว
6-sinf ona tili Mavzu: Sifat darajalari.
Guess what!6- sinf Workbook/Unit6#60-61 betlar
มุมมอง 4.7K 21 วันที่ผ่านมา
uyga vazifani birga bajaramiz!!
Guess what!6- sinf Workbook/ Unit5#50-51 betlar
มุมมอง 7K หลายเดือนก่อน
uyga vazifa bajarish endi qiyin emas!!
Sharmanda 10 sinf qizi
มุมมอง 19K 3 ปีที่แล้ว
Наманганда 7-СИНФ ҚИЗ ТУҒДИ, Namanganda 7-SINF QIZ TUG’DI.
มุมมอง 1M 4 ปีที่แล้ว
Манба: sof.uz/news/show/16791 #YANGILIKLAR #Toshkentovozi.
6-sinf | “O’zbegimdan aylanay” qoshig’i. D.A’zamova she’ri. G.Qo’chqorova musiqasi. #karaoke
มุมมอง 13K 3 หลายเดือนก่อน
6-sinf. O’zbegimdan aylanay. D.A’zamova she’ri. G.Qo’chqorova musiqasi. Quchog’ingda yayrab o’sarman, yurtim, Tarixingdir .
Onlayn Ona tili darslari | Ot so’z turkumi | 5 – dars
มุมมอง 82K ปีที่แล้ว
Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .
Yangi “Ona tili” darsliklari haqida
มุมมอง 407 9 หลายเดือนก่อน
Sa’dullo Quronov “Munosabat” ko’rsatuvida “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligi yuzasidan berilgan savolga javob berdi.
6-sinf kitoblari berildi uraaaaaaa учебники 6-класса ураааааа
มุมมอง 1.7K 6 หลายเดือนก่อน
mana shunaqa kitoblarni arendaga olib õqishadi bolajonlarimiz shungayam shukr qilib yashaymizda yõqidan bori noshukur .
Onlayn Ona tili darslari | Ravish so’z turkumi | 10 – dars
มุมมอง 53K ปีที่แล้ว
Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .
Ona tili darsi. 6-sinf. Mavzu: Fe’l so‘z turkumi.
มุมมอง 1.8K ปีที่แล้ว
Ayrim sinflarning maktab darsliklari yangilanadi
มุมมอง 3.1K 9 หลายเดือนก่อน
Mazkur kanalda mamlakatimizda hafta davomidagi ro’y bergan muhim voqea-hodisalar, shuningdek, davlat rahbarining 1 haftalik .
Guess what!6- sinf Workbook/Unit6#62-63 betlar
มุมมอง 4.6K 21 วันที่ผ่านมา
uyga vazifa bajarish endi qiyin emas!!
Informatika 6 sinf 4 mavzu
มุมมอง 1.3K 7 หลายเดือนก่อน
Informatika 6 sinf 4 mavzu.
Ona tilidan test yechish || Videotest || Ona tili va Adabiyot Saboqlari
มุมมอง 56K 2 ปีที่แล้ว
Telegram manzilimiz: @onlaynonatili_uz.
6-sinf Biologiya 1§-7§ mavzular | 4-dars
มุมมอง 32K ปีที่แล้ว
Bugun Sherzodbek Shukurulloyevich Biologiyadan 4-dars , 6-sinf Biologiya (Botanika) mavzularinig 1§-7§ ni o’tib beradilar.
Onlayn Ona tili darslari | Olmosh so’z turkumi | 8 – dars
มุมมอง 49K ปีที่แล้ว
Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .
9-dars | G’afur G’ulom, Turob To’la, Shum bola, Do’nan | Onlayn adabiyot
มุมมอง 17K 9 หลายเดือนก่อน
Darslarni Registon Uchtepa filialimizdagi Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Nazira Rashidova olib bormoqdalar.
Online darslar 6-sinf // 28.10.2020
มุมมอง 4K 2 ปีที่แล้ว
Obuna bo’ling.
Onlayn Ona tili darslari | Leksikologiya 1-qism | 2 – dars
มุมมอง 138K ปีที่แล้ว
Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova Nazira olib bordilar. Darsimiz foydali bo’lgan bo’lsa .
Rus tilini noldan o’rganing|1-dars |русский язык для начинающих| русский язык 1-урок
มุมมอง 784K ปีที่แล้ว
Рус тили дарслари, Рус тили Ассалому алайкум кадирли обуначилар. Сиз ушбу дарсимиз оркали рус тилини тез ва осон .
Taqlid so’zlar ( Tirkashev Jasur )
มุมมอง 2.4K 2 ปีที่แล้ว
Botanika 6-sinf | Eng kerakli ma’lumotlar
มุมมอง 4.8K 10 หลายเดือนก่อน
Bugun Sherzodbek Shukurulloyevich Botanika 6-sinf | Eng kerakli ma’lumotlarni beradilar Agar videolarimiz sizlar uchun foydali .
6-sinf O’zbekiston tarixi to`liq | Majburiy fanlar [ Ўзбекистон тарихи тўлиқ | Мажбурий фанлар ]
มุมมอง 18K 10 หลายเดือนก่อน
6-sinf tarix darsligidan O`zbekiston tarixiga taaluqli bo`lgan mavzularning to`liq darsi Assalom alaykum siz bu videodarsimiz orqali .
Qiziqarli malumotlar
6-sinf adabiyor ochiq dars