8-Mart yaqin Xazil she’r

8-Mart yaqin Xazil she’r
8 mart yaqin xazil sher 65ca82569756f

mqdefault

8-Mart yaqin Xazil she’r

Mundarija скрыть
8-Mart yaqin Xazil she’r
DO`STLARGA ULASHING:
8-Mart yaqin Xazil she’r🌺 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 O‘ylab qoldi Sottixon Ko‘zida porlab chaqin. Oz qoldi, xali zamon 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Tilla zanjir o‘ziga, Atlas kerak qiziga. Shakar qo‘shib so‘ziga 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ishdan kelar xo‘jayin, Charchagandir bu tayin. Bexuda so‘z aytmayin. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Kulib qarshi olayin, Shirin taom solayin. Parvonalar bo‘layin. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ishlarin qildi shoshib, Dam xam yeb qoldi oshi. Keldi umr yo‘ldoshi. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Xush kelibsiz arslonim. O‘zimni paxlavonim. Sizga fidodir jonim. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Mana suv yuvingiz qo‘l. Toliqtirmadimi yo‘l? «Sochiq obke qizim bo‘l». 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Keldingizmi charchamay?! O‘zim sizdan aylanay. Issiq non yopdim atay. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Sho‘rva bor oshdan oldin, Qo‘yning go‘shtidan soldim. Ishdan vaqtli keb qoldim. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 O‘g‘lingizga majlis bor. Ovora bo‘lmang zinxor. O‘zim olaman xabar. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qizingizda to‘garak, Ip-u kalava kerak. Obkeldim barin birdek. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bozorda surinmang deb, Toliqib, urinmang deb. Ro‘zg‘orimga berdim zeb. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Oilaviy bo‘lib jam. Tortildi taomlar xam. O‘zingga shukur Egam. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Choy iching achchiqqina, Qilmaylik araz, gina. Suyanchimsiz birgina. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Binokorim, tog‘imsiz. Chor yon taraf bog‘imsiz. Baxtga to‘lgan chog‘imsiz. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ko‘pdan buyon Boqivoy. Maqtov eshitmovdiyov. Shu o‘z xotinimi voy. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Buncha shirin so‘zlari, Kulib turar ko‘zlari. Sottixonmi o‘zlari?! 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Endi bersam eьtibor. Lab ustida xoli bor. Buncha go‘zal bu dildor. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Avvalar derdim » ey xotin, xamma ishingdan ortgin. Sen xam ro‘zg‘orni tortgin». 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bilsam yelkadosh ekan. Uyim der, yuvosh ekan. Shirin suhbatdosh ekan. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qars ikki qo‘ldan ekan-da, Men «o‘v xotin»deganda. «Xa nima» der ekanda. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Endi tilida labbay. Gulim desam bir gulday. Shuni sevmayin qanday?! 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 O‘yga tolganin ko‘rib, Sottixon gapni burib. So‘zin boshladi turib: 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 «Ishda muammo yo‘qmi, Baridan ko‘ngil to‘qmi. Esizda bormi-yo‘qmi? 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Aytolmay turgan edim, Bir zanjir ko‘rgan edim. Xavasda yurgan edim. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Aravani teng tortsak, Agar ro‘zg‘ordan ortsak. Shu tillani sotvolsak». 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Boqivoy der: «Xap seni, Reja qilganding neni? Ko‘ndirmoqchisan meni. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Shundan ekanda nozing, O‘zgaribdi ovozing, Ishqdan kuylaydi sozing. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Erkaklaaar chatoq axvol. Sizdayam bormi shu xol? Kengashish kerak darxol. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Yaxshiyam yilda bir bor. Keladi bayram takror. Shu tilla nega darkor? 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bu muloyim Sottixon. O‘zgarmasin u tomon. E, mayli bo‘lsin omon. 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qarab ko‘nglin mayliga, Oberayin mayliga. Ketdik tilla sayliga». 8-mart yaqin. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

DO`STLARGA ULASHING:

8-Mart yaqin
Xazil she’r🌺
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘ylab qoldi Sottixon
Ko‘zida porlab chaqin.
Oz qoldi, xali zamon
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Tilla zanjir o‘ziga,
Atlas kerak qiziga.
Shakar qo‘shib so‘ziga
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ishdan kelar xo‘jayin,
Charchagandir bu tayin.
Bexuda so‘z aytmayin.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Kulib qarshi olayin,
Shirin taom solayin.
Parvonalar bo‘layin.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ishlarin qildi shoshib,
Dam xam yeb qoldi oshi.
Keldi umr yo‘ldoshi.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Xush kelibsiz arslonim.
O‘zimni paxlavonim.
Sizga fidodir jonim.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Mana suv yuvingiz qo‘l.
Toliqtirmadimi yo‘l?
«Sochiq obke qizim bo‘l».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Keldingizmi charchamay?!
O‘zim sizdan aylanay.
Issiq non yopdim atay.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sho‘rva bor oshdan oldin,
Qo‘yning go‘shtidan soldim.
Ishdan vaqtli keb qoldim.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘g‘lingizga majlis bor.
Ovora bo‘lmang zinxor.
O‘zim olaman xabar.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qizingizda to‘garak,
Ip-u kalava kerak.
Obkeldim barin birdek.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bozorda surinmang deb,
Toliqib, urinmang deb.
Ro‘zg‘orimga berdim zeb.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Oilaviy bo‘lib jam.
Tortildi taomlar xam.
O‘zingga shukur Egam.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Choy iching achchiqqina,
Qilmaylik araz, gina.
Suyanchimsiz birgina.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Binokorim, tog‘imsiz.
Chor yon taraf bog‘imsiz.
Baxtga to‘lgan chog‘imsiz.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ko‘pdan buyon Boqivoy.
Maqtov eshitmovdiyov.
Shu o‘z xotinimi voy.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Buncha shirin so‘zlari,
Kulib turar ko‘zlari.
Sottixonmi o‘zlari?!
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Endi bersam eьtibor.
Lab ustida xoli bor.
Buncha go‘zal bu dildor.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Avvalar derdim » ey xotin,
xamma ishingdan ortgin.
Sen xam ro‘zg‘orni tortgin».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bilsam yelkadosh ekan.
Uyim der, yuvosh ekan.
Shirin suhbatdosh ekan.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qars ikki qo‘ldan ekan-da,
Men «o‘v xotin»deganda.
«Xa nima» der ekanda.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Endi tilida labbay.
Gulim desam bir gulday.
Shuni sevmayin qanday?!
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O‘yga tolganin ko‘rib,
Sottixon gapni burib.
So‘zin boshladi turib:
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
«Ishda muammo yo‘qmi,
Baridan ko‘ngil to‘qmi.
Esizda bormi-yo‘qmi?
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Aytolmay turgan edim,
Bir zanjir ko‘rgan edim.
Xavasda yurgan edim.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Aravani teng tortsak,
Agar ro‘zg‘ordan ortsak.
Shu tillani sotvolsak».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Boqivoy der: «Xap seni,
Reja qilganding neni?
Ko‘ndirmoqchisan meni.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Shundan ekanda nozing,
O‘zgaribdi ovozing,
Ishqdan kuylaydi sozing.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Erkaklaaar chatoq axvol.
Sizdayam bormi shu xol?
Kengashish kerak darxol.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Yaxshiyam yilda bir bor.
Keladi bayram takror.
Shu tilla nega darkor?
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bu muloyim Sottixon.
O‘zgarmasin u tomon.
E, mayli bo‘lsin omon.
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Qarab ko‘nglin mayliga,
Oberayin mayliga.
Ketdik tilla sayliga».
8-mart yaqin.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸

8-Mart yaqin Xazil she’r