Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar
Har bir oilali erkak kishi uchun jinsiy quvvat juda muhim masala. Oilaning mustahkamligida ham uning katta o‘rni bor, albatta. Shu nuqtai nazarda har bir erkak bunga jiddiy e’tibor qaratishi, o‘ziga vaqt ajratib, quvvatning doimiyligini ta’minlovchi jihatlarni nazorat qilib borishi kerak. Unutmaslik joizki, jinsiy quvvatni oshirishda kimyoviy vositlardan ko‘ra, tabiiy mahsulotlarga urg‘u qaratish maqsadga muvofiq. Chunki bu, birinchi galda, organizm uchun foydali. Xo‘sh, jinsiy quvvatni oshirishda qanday tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul? Mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni berishadi:
Qishki oyoq kiyimlar erkaklar uchun
Har bir oilali erkak kishi uchun jinsiy quvvat juda muhim masala. Oilaning mustahkamligida ham uning katta o‘rni bor, albatta. Shu nuqtai nazarda har bir erkak bunga jiddiy e’tibor qaratishi, o‘ziga vaqt ajratib, quvvatning doimiyligini ta’minlovchi jihatlarni nazorat qilib borishi kerak. Unutmaslik joizki, jinsiy quvvatni oshirishda kimyoviy vositlardan ko‘ra, tabiiy mahsulotlarga urg‘u qaratish maqsadga muvofiq. Chunki bu, birinchi galda, organizm uchun foydali. Xo‘sh, jinsiy quvvatni oshirishda qanday tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul? Mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni berishadi:
Sarimsoqpiyozning uchta donachasi. Uni har kuni iste’mol qiling. Bu nafaqat shamollashga qarshi profilaktika, balki jinsiy quvvatni oshirishga ham yordam beradi.
Oshqovoqning xom yoki qovurilgan urug‘i. Uni doimiy iste’mol qilish ham erkak kishining sog‘ligini mustahkamlash va jinsiy quvvatini oshirish uchun juda foydali.
Asalli aralashma. Bir necha zamonlardan beri quvvatni oshiruvchi manba sifatida asal iste’mol qilinadi. Masalan, asal, aloe soki va petrushkaning urug‘ini aralashtirib, 20 kun saqlanadi va iste’mol qilinadi. Yoki asal, sabzi va zanjabilli aralashma ham quvvatni oshiradi. Shuningdek, yong‘oq, asal va aloe aralashmasi ham qadim zamonlardan beri iste’mol qilinadi.
Yarim kilo yong‘oq mag‘zi, 300 gramm asal va 100 gramm aloe aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan mahsulotni taomdan avval 300 grammdan iste’mol qilib turiladi. Umuman olganda, erkaklik quvvatini oshirish uchun asal, qovun, petrushka, qovoq, tvorog, sarimsoqpiyoz, piyoz, zira kabi mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilib borish zarur. Bunda, albatta, organizmning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish talab qilanadi.
Yoki ikki oshqoshiqdagi qirg‘ichdan chiqarilgan sabzini 1 stakan qaynagan sutga solib, 10 daqiqa past olovga qo‘ying. Har kuni 3 mahal 100 grammdan iste’mol qilib turing.
Sabzavotli aralashmalar
Jinsiy quvvatni oshirishda qaynatilgan sholg‘omning ham nafi katta. Sholg‘omni qirg‘ichdan o‘tkazib, teng miqdordagi sabzi bilan aralashtiring. Har kuni uch mahal asalga aralashtirib, yarim stakandan iste’mol qiling.
Shirin choy
Ma’lum miqdordagi zanjabil, shirinmiya ildizi va dolchin aralashtiriladi. Stakanga solib, qaynagan suv quyiladi va past olovga qaynaguncha qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgach, tindirib olinib, har kuni yarim stakandan iste’mol qilib boriladi.
Asalli sabzi
Sabzi sharbatini teng miqdorda asal bilan aralashtirib ichishning foydasini sinab ko‘rganingizda bilasiz. Buning uchun tayyor aralashmani har kuni 60 grammdan 3 mahal ichish talab etiladi.
Oq qo‘ziqorin
Oq qo‘ziqorin nafaqat barcha qo‘ziqorinlar qiroli, balki jinsiy quvvatni oshiruvchi mahsulot sifatida qadrlanadi. Uni ta’bingizga qarab, istagan uslubda iste’mol qilsangiz bo‘ladi.
Mazkur uslublar bir necha yillardan buyon amalda qo‘llanilib, foydalanib kelinmoqda. Quvvatning doimiy yaxshi darajada bo‘lishini istasangiz, qurbingiz yetganicha aytilgan mahsulotlardan iste’mol qilib turing. Eng muhimi, hammasi tabiiy toza mahsulotlar.
Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar
Kiyimni dazmollash oson deb o’ylasangiz, bilingki, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Quyida dazmol qilish chog’ida kerakli bo’lgan qoidalar bilan tanishtiramiz.
Yoqali ko’ylak
Yuvilishi. Bilamizki, klassik uslubdagi ko’ylaklar alohida yuviladi. Bunda ko’ylak yoqasi va yenglarini chotka bilan ishqalab tozalash kerak. Bordi-yu ko’ylak ishqalab yuvilsa, yoqa va yeng matosi bukilib ko’rinishini yo’qotadi. Yuvilgan ko’ylak ilgakka ilingan holatda quritilishi kerak.
Ko’ylakni to’liq qurimasidan dazmollagan ma’qul. Yoqasini avval tashqi tarafdan dazmollash kerak. So’ng ichkari tomoni dazmollanadi. Ko’ylak yoqasi buklanib chizig’i bo’ylab dazmollanmaydi.
Ko’ylakning yengi uzun bo’lsa, avval manjetini dazmollash kerak. Huddi yoqasini dazmollagandek avval tashqarisidan so’ng ichkarisidan dazmollanadi. Tugma tikilgan qismi ko’ylak kiyilgandek ko’rinishga keltirilib, ustidan yengil dazmollanadi.
Old qismini. O’ng tarafining pastki qismidan boshlab yuqoriga qarata dazmollang. Bunda matoning qalin yoki yupqaligiga ko’ra tashqari va ichkarisidan dazmol bosiladi. Tugmali joyining orasiga ko’proq ahamiyat qarating. So’ng chap tarafini ham pasdan yuqoriga qarab dazmollang.
Orqa qismi. Ko’ylak orqa qismi keng bichimda bo’lgani bois dazmollash uchun qulay. Bunda ishni chap tarafdagi chok tushirilgan qismidan o’ng taraf bo’ylab harakatlantiriladi. Dazmol harakatini ko’ylak qismlari birlashtirilgan choklar usti bo’ylab yurgizing.
Klassik uslubdagi shim
Yuvilishi. Klassik uslubdagi shimni ivitib yuvish tavsiya etilmaydi. Bunda matoning asl ko’rinishiga zarar yetib, o’z shaklini yo’qotishi mumkin. Chiziq tushirilgan shimlarni namlangan cho’tka yordamida tozalagan ma’qul. Matosining qalin yoki yupqaligiga ahamiyat bering. Chunki yupqa matoda suv dog’lari saqlanib qoladi. Shu bois uni orqa tarafdan tozalash lozim.
Shimni quritish uchun ilgichdan foydalaning. Shimning chizig’ini tekislab ilgichga iling-da, quriting. Matosini ochib kir osadigan arqonga yoymang.
Klassik uslubdagi shimlarga o’ta ehtiyotkorlik bilan dazmol bosish kerak. Ayniqsa yupqa matolisini avval ichki tarafdan dazmollab, so’ng past bosimda usti dazmollanadi.
– Shim chizigini to’g’irlab, dazmol stoliga uzunasiga qo’ying;
– Agar tizza qismida matodan buklamlar bo’lsa, dastlab o’sha qismiga dazmol bosing.
– Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Avval bir tarafining ust qismini dazmollab,so’ng buklangan ikkinchi tarafini dazmollang. Shu tartibda shimni boshqa tarafga o’girib ishni bajaring.
– O’rtasidagi chizig’i tekis chiqishi uchun orqa tarafdan bilintirmay sovun bilan chiziq chizish mumkin. Chizilgan chiziq bilan avval teskari tarafdan, so’ng old tomonidan dazmollanadi. Dazmollangan shim o’z ko’rinishini yo’qotmasligi uchun ilgichga osing.
Mavsumiy kostyumlar
Tozalash. Iliq suvga chotkani namlab, kostyum matosining ustki qismidan yurgiziladi. Agar biror yerida dog’ bo’lsa, yumshoq rangsiz matoni iliq suvda namlab, dog’ qismi artiladi.
Nam sho’tkada tozalaganingizdan so’ng, albatta, ilgakka ilib ochiq joyda quriting. Tozalagach, darxol kiyim javoniga qo’ysangiz, matosi yaxshi qurimay nam hidi o’rnashib qoladi.
Dazmollash. Kostyum matosi yupqa bo’lsa, uni avval ichki tarafdan dazmollang. Qalin matoli kostyumlar esa osilgan holatda tozalab quritiladi.
-kostyumni o’rta bosimda orqa qismning ichki tarafini dazmollashdan boshlang. Asosiy e’tibor kostyumning pastki sohasiga qaratiladi.
-old qismini dazmollashda ham yuqoridagi usuldan foydalanish mumkin. Bunda oldi qismining yoqasi bilan tutashgan sohasiga diqqat qiling. Aynan mana shu qismida matodan mayda burmalar hosil bo’ladi.
Yenglarini dazmollash uchun mahsus tirgakni yengichiga joylab so’ng dazmol bosing. Shunda matoga chiziq tushurmay tekis dazmollanadi.
Tozalash. Bo’yinbog’ matosida dog’ qolishini hisobgaolib, suvda yuvish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi bo’yinbog’ning dog’ tekkanqisminigina namlangan mato bilan artibquritish kerak.
– Agar galstuk matosi g’ijimlangan bo’lsa, bog’lam qismini ichkariga qaratib o’rang va yig’ilgan dumaloq o’ram shakliga keltiring. Shu ko’rinishda 15-20 daqiqa qoldiring.
– Galstukni dazmollashdan avval tagiga qattiqroq qog’ozni qo’yib, ustiga namlangan dokani yoping va dazmollashni boshlashingiz mumkin.
Djinsi shimlar
Tozalash: jinsi matosining ham turli ko’rinishlari mavjud. Ba’zilarining rangi chiqadi, ba’zilariga esa suvning ta’siri bilinmaydi. Jinsi matosidan ishlangan shimlarni yuvishda alohida idishga suv to’ldirib, iliq suvda ivitiladi. Kimdir suvga ozroq tuz solib rangi chiqishidan himoyalansa, yana kimlardir faqatgina cho’tka yordamida ishqalaydi.
Shimni quritish uchun shakliga ta’sir etmaydigan ko’rinishda ilinishiga ahamiyat bering.
Dazmollash. Jinsi matosini dazmollashda shimning teskarisini o’giring.
Dazmol stoliga shimning bir tarafini tekis yoyib choklarini to’g’irlang. Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Agar tizza qismida matoning tortilishi yoki kengayishi bo’lsa, o’sha qimiga ko’proq dazmol ishlating.
Ikkala tarafini dazmollagach, cho’ntaklarini ichki tarafidan tekislang. Endi shimning o’ngini o’g’irib, ustidan avvalgi harakatlaringizni takrorlang.
Djinsi matosi dag’al bo’lgani bilan dazmol haroratida kuyib, rangi o’zgarishi mumkin. Shu bois haroratni o’rtacha bo’lishiga e’tibor qarating.
Qiziqarli malumotlar
Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar