Ona tili darslik
Yangi o‘quv yili uchun tasdiqlangan dars taqsimotiga ko‘ra, maktablarda ona tili fanining qisqarishi nafaqat ta’lim xodimlarini, balki boshqa soha vakillarini ham junbushga keltirdi. Yangi tartibga ko‘ra, boshlang‘ich hamda yuqori sinflarda ona tili fani haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi. Yaqinda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu masalaga izoh berdi. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi ta’lim guruhlarida o‘qituvchilarning noroziliklari davom etmoqda. Hatto telegram messenjeridagi bir guruhda o‘qituvchilar birlashib, norozilik petitsiyasi imzolanishni boshlab yuborgan. Gazetamiz mushtariylarining fiklari ham shu mavzuda!
“Ona tili darslari qisqarishi to‘g‘ri yechim emas bu savodsizlikning yanada oshishiga olib keladi”
Yangi o‘quv yili uchun tasdiqlangan dars taqsimotiga ko‘ra, maktablarda ona tili fanining qisqarishi nafaqat ta’lim xodimlarini, balki boshqa soha vakillarini ham junbushga keltirdi. Yangi tartibga ko‘ra, boshlang‘ich hamda yuqori sinflarda ona tili fani haftasiga 2 soatdan o‘qitiladi. Yaqinda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu masalaga izoh berdi. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi ta’lim guruhlarida o‘qituvchilarning noroziliklari davom etmoqda. Hatto telegram messenjeridagi bir guruhda o‘qituvchilar birlashib, norozilik petitsiyasi imzolanishni boshlab yuborgan. Gazetamiz mushtariylarining fiklari ham shu mavzuda!
Yozuvchilar uyushmasining o‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i:
― Biz ona tilimizni unga to‘la mos kelmaydigan tartib-qoidalar asosida o‘rgandik, o‘rgatdik. Ona tili fani tilimiz jozibasi, uning imkoniyatlari haqidagi emas, tilning sirtqi tartib-qoidalarini o‘rgatadigan ilmiy fanga aylandi. O‘quvchi ona tili deganda go‘zal ifodalar, bir tushunchaning bir necha so‘zlar bilan ifodalanishi, ma’no tovlanishlarini emas, so‘zning qaysi turkumga oidligi, gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelishi va shu kabilarni anglaydigan bo‘ldi. Oliy o‘quv yurtiga kirish niyatidagilar ham fanning tartib-qoidalari, qolipini yod olishga majbur. Bu qoidalar, til formulalari ko‘p hollarda tilga mos kelmagani vajidan tilshunoslarning ayrimlari ona tilini qoidalar faniga aylanish zanjiridan qutqarmoqchi bo‘ldi va oqibatda fanni o‘qitish soatlarini qisqartirish kerak, degan o‘ylangan yechimga kelindi. Qoidalarni g‘alvirlashda go‘yoki fanda o‘rganishga arzirli narsa kam qoldi. Bu esa eng xato, eng ayanchli, eng dahshatli fikr edi.
Nahotki, tilimizda uni qo‘llashga oid ko‘rsatmalardan tashqari o‘rganishga arziydigan ilm bo‘lmasa? Nahotki, ona tili deganda faqat Davlat test markazining to‘rt javobli testlariga javob beradigan qoidalar va qoliplarni tushunsak? Nega ona tili darsliklaridagi qoidalarni qisqartirish va yaxlitlash ona tili darsini qisqartirishga asos bo‘ldi?! Ayb o‘zimizda. Tilshunoslar bolalarimiz uchun (xorijiy o‘rganuvchilarni qo‘ya turaylik) “Qiziqarli o‘zbek tili”, “O‘zbek tili mo‘jizalari”, “Tilimizning g‘aroyib imkonlari” kabi qo‘llanmalarni yaratishi, ular shu qadar qiziqligidan o‘quvchilar ona tili darsini intiqib kutishi kerak edi. Muayyan tilni o‘rganishda unda “gapira olish” degan mezon birlamchi bo‘ladi. Xalq ta’limi vazirligi bolalarimizning ona tilini bilish darajasini xuddi shu mezon asosida o‘lchab, “gapirishni biladi, ularga ona tilini o‘rgatish shart emas”, deb ta’kidlamoqda. Biroq odam ona tilini faqat gaplashish darajasida bilishi, global dunyoda boshqa o‘rgangan tillari darajasida anglashi degani ― odamning faqat kun ko‘rib keta olish uchun yashayotgani demakdir. Bu esa MILLAT FOJIASI!
Biroq achchiq haqiqat borki, odamlarimiz sof ona tilida gaplashishni bilmaydi. O‘z tilimizga, o‘zgalar so‘ziga quloq berib ko‘raylik. Qolaversa, shevalar rang barangligi hammamizga ayon. O‘zbek adabiy tilini chuqur, juda chuqur o‘rgatish shart. Oramizda hatto xato qilishga haqi bo‘lmagan mutaxassislar ham tilni haminqadar biladilar. Oddiy misollar: men Hosiyat ismli qiz-ayollardan birortasining o‘z ismini shunday yozganini ko‘rmadim. Hammasi birdek Xosiyat yozishadi. Holbuki, bunday ism avval bo‘lmagan (Izohli lug‘atdan ko‘rsatishlari mumkin. Lekin unda “Hosiyat” ham bor). Keyinchalik paydo bo‘lgan. Bu ham “Hosiyat” ta’sirida. “Xosiyat” ― xususiyat so‘zidan ko‘ra “Hosiyat” so‘zining anglatadigan ma’nosi (ijobiy tomon, xislat, foyda, naf) ayollar ismi uchun munosibdir. “Maza” so‘zi o‘rnida “mazza” (mevaning mazzasi) deb, “izm” o‘rnida “izn” (opasidan izm olib), “esiz” o‘rnida “essiz” (esiz, uvol bo‘ldi) (va hokazo) deb ishlatayotganimiz sir emas.
Xulosa shuki, ona tilimiz haftasiga 2 soat emas, 10 soat o‘rganilsa ham, kam aslida. Darslarni qisqartirish emas, yana ikki soatdan qo‘shish kerak! Agar millat kerak bo‘lsa… Muhtaram vazirning o‘z o‘qituvchilari haqidagi “ona tilini himoya qilish dars talashish”mi qabilidagi xulosalari nainki o‘qituvchilarga, o‘ziga bo‘lgan hurmatsizlik edi. Chunki, avvalo, o‘qituvchilar orasida ona tilining og‘riqlarini his etganlargina bu masalaga aralashadi. Agar hamma ona tili o‘qituvchilari darsi kamayishidan xavotirda ekani rost bo‘lsa, demak, Xalq ta’limi vaziri faqat nomunosib kadrlar bilan ishlayotir. Bunday emasligini hatto o‘quvchilar ham yaxshi his qiladi. Darvoqe, men ham 5 yildirki, ta’lim odami emasman. Lekin xalq ta’limi bir odamniki ham emas, hammamizniki. Sababi ― bolalar va kelajak ham, til va o‘zlik ham hammamiznikidir.
Sanobar XO‘JAMURODOVA, Amudaryo tumanidagi 40-maktab direktori:
― Ona tili darsliklarimiz quruq qoidani yodlab, baho olishga asoslangan. 10-11-sinf darsligini ko‘ring. Amaliyot uchun nima bor? Darslik shunchalik ilmiyki, o‘qituvchilar mavzularni sharhlashda qiynaladi. 8-sinf darsligida misollarning mumtoz adabiyotdan berilishi esa mavzuni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradi. O‘sha misollar hozirgi o‘zbek adabiyotidan keltirilsa, o‘quvchiga oson bo‘lardi. O‘quvchining yozma va og‘zaki nutqini o‘stirish uchun ona tili darslarida testlardan emas, matn yaratish, dialog tuzish, matnni qayta sharhlash kabi usullardan foydalanganimiz ma’qul. Nutq tovushlari til oldi, til orqa, til o‘rta, quyi keng, yuqori tor, o‘rta keng va h.k.ligini emas, o‘sha tovush ko‘proq qaysi so‘zlarda kelishini o‘rgatsak, o‘quvchilar ham savodliroq yozisharmidi? Nega biz o‘qigan vaqtlardagi darsliklar hozirgacha esimizda? Chunki sodda va tushunarli bo‘lgan. Keyingi vaqtda darslik chiqarish ham moddiylikka asoslanib ketdi. 37 yil shu sohaning nonini yedik. Qancha tanlov, konferensiyalarda qatnashdik. Shu kasb orqasidan elga tanilib, unvon oldik. Bugun tilimizda shuncha islohtalab masalalar turganda ona tili fanining qisqarishi nohaqlikdan boshqa narsa emas. Uning o‘rniga darsliklarni takomillashtirish, murakkabliklardan voz kechish borasida amaliy ishlar qilinishi kerak emasmidi?! Agar ona tili darslari qisqarsa, nimaga erishamiz? Faqat zarar ko‘ramiz. Yana hovliqib, shoshilib, yangi darsliklar yoziladi, muammolar yana ortadi.
Lobar YOQUBOVA, Romitan tumanidagi 13-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:
― Ona tili fani doirasida imlo fani tashkil etish kerak. Asosiy qo‘llanma va darslik sifatida imlo lug‘ati va qoidalari hamda tinish belgilari qoidalariga oid risolalardan foydalanish lozim. Maktabdan tortib, barcha korxona va tashkilotlargacha undan foydalansin. Har bir shaxs o‘z tilining lingvistik asoslarini emas, uning ichki imkoniyatlari, ifoda shakllarini bilsagina, maktab ko‘rgan “savodsiz”ga aylanib qolmaydi. Hanuz oramizda “er” bilan “yer”ning farqiga bormaydiganlar, ё, ю, я, е kabi harflar lotin yozuvida bo‘g‘in sifatida olinishini bilmaydigan, necha yillardan buyon oktabrmi, oktyabrmi deb yurganlar yo‘q emas. Mana shunday vaziyatda ona tilini qisqartirish jiddiy xatodir.
Malohat ABDUQODIROVA, Parkent tumanidagi 22-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:
― Oldinlari darsliklar oddiy va sodda tuzilgan edi. Hozir tilimizda tushuncha va atamalar sanoqsiz. O‘quvchi qay birini eslab qoladi? Masalan, biz tovushlarning unli va undosh, jarangli va jarangsizligini o‘rganganmiz, xolos. Uning gorizontal, vertikal holati yoki og‘izning ochilishi, yopilishi va boshqalar nega kerak?! Sodda gap va qo‘shma gapni bemalol farqlay olardik. Hozirgi havola bo‘lakli ergashgan qo‘shma gap, ega ergash gapli qo‘shma gap kabilar o‘quvchiga hayotiy ko‘nikma sifatida kerakmi? O‘quvchida to‘g‘ri fikrlash, savodli yozish, chiroyli so‘zlash layoqatini o‘sha atamalarsiz ham shakllantirish mumkin-ku. Nokamtarlik bo‘lmasin-u, men o‘sha oddiy va sodda tilimizni o‘qib, til va adabiyotimizni sevib, yaxshi ustoz, durustgina notiq, havaskor shoira bo‘lib yetishdim. Nazarimda, nutqimda ham, savodimda ham noqisliklar yo‘q. Hozirgi aksariyat o‘quvchilar ona tilini fan sifatida zerikarli hisoblashiga sabab ana shu mujmalliklar. Menimcha, darsni qisqartirib emas, mavzularni qayta ko‘rib chiqish orqali masalaning yechimini topmoq joiz.
Nurmamat HASANOV, Kasbi tumanidagi 31-maktab direktori, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:
― Ona tili fanining vazifasi, sodda qilib aytganda, o‘quvchilarni xatosiz yozish va chiroyli gapirishga o‘rgatishdir. Xo‘sh, biz bunga qay darajada erishyapmiz? Natija o‘ylaganimizdek emas. Chunki ona tili darsliklaridagi tushunchalarning 70 foizi maqsadlarimizga mos kelmaydi. Dastur talabi! Shunday deb o‘qitishda davom etyapmiz. Bu orqali o‘quvchini chalg‘itib, charchatib fandan sovutyapmiz, xolos. Bu faqat OTMlarga kirish testlari uchun asqotmoqda. Aslida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” savod chiqarish uchun asosiy dastur bo‘lmog‘i kerak. Qolaversa, imlo va izohli lug‘at ham eng zarur manbalardan. Ammo hozir bu lug‘atlardan deyarli foydalanilmaydi. Men darslarni amaliy mashg‘ulotlar asosida olib borishni taklif qilgan bo‘lardim. Mashg‘ulotlarda o‘quvchi tinglovchi emas, ijrochi bo‘lsin. Matn bilan ko‘proq ishlash kerak. Bu, albatta, o‘qituvchidan tajriba, mehnat talab qiladi. O‘zbek tilining orfografiya, leksikologiya, punktuatsiya bo‘limlari kengroq o‘rganilishi kerak. Insho yozish nazariyasiga doir bilimlarni o‘rganish uchun ko‘plab dars soatlari ajratish lozim. Xullas, savodxonlik masalasi faqat o‘quvchilar uchun emas, hamma uchun zarurligini his qilishimiz shart. Buning uchun ishga kirishda, harbiy xizmatga olishda ariza, tarjimayi hol kabi ish qog‘ozlarini shaxsan o‘zidan yozma talab qilish kerak. Nufuzli ishlarga qabul qilishda diktant yozish shart qilib qo‘yilsa, savodxonlikka e’tibor kuchayar edi. O‘zbek tili go‘zal va boy til. O‘zbek tili ― davlat tili. O‘zbek tilida 40 milliondan ortiq kishi muloqot qiladi. Ona tili fanining qisqarishi bo‘yicha aytilayotgan fikrlarga chetdan qarab tura olmayman. Undan ko‘ra chet tillaridagi kabi ona tili darslarini ham bo‘lib o‘qitishni joriy qilish kerak. Savodxonlik ― davr talabi. Bunga mehnat, yangilanish va islohotlar bilan erishiladi. Kelajakda tilimiz musaffoligini saqlab qolaylik desak, mehnatimizni ayamaylik, hamkasblar; mablag‘ni ayamang, mutasaddilar!
Iqbol YUSUPOVA, Amudaryo tumanidagi 40-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi:
― Gazetaning bir sahifasi ona tili darslarining qisqarishiga bag‘ishlansa, yomon bo‘lmasdi. Bugun hammaning e’tibori shu masalada. Men ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida ish boshlaganimga endi 3 yil to‘ldi. O‘quvchiligimdan respublika olimpiadalaridagi ishtirokim o‘qituvchilik sari yo‘l ochdi. O‘quvchilarim ham faol, turli tanlovlarning g‘olibi bo‘ldi. Men dars beradigan sinflarda 35–37 nafar o‘quvchi bor. Ko‘pincha ularning barini baholashga ulgurmayman. Bir narsaga hayronman. Rus tili, ingliz tili, qoraqalpoq tili fanlari guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi, lekin mukammalroq bilishimiz kerak bo‘lgan ona tili fani bundan mustasno! Axir, o‘z ona tilini bilmagan inson o‘zga tillarni mukammal o‘rgana olarmidi?! Maktabimizda 7 nafar ona tili o‘qituvchisi ishlaydi. Endi ona tili va adabiyot darslari 5-sinfda 9 soat o‘rniga 5 soat, 6-sinfda 7 soat o‘rniga 5 soat, 7-, 8-, 9-sinflarda 5 soat o‘rniga 4 soat o‘qitilarkan. Boringki, yangi o‘quv yilidan 1,5 stavka dars qisqararkan maktabimiz bo‘yicha. Bizda bir soat qoraqalpoq tili fani uchun ham ona tilidan olinadi. O‘qituvchilarning maoshi nima bo‘ladi? Oylik oshgani haqida bong urdik, nega o‘qituvchilar oylik maoshi nima bo‘lishi haqida hech kim gapirmaydi? Nega OTMda qabul kvotasi o‘zgarmadi unda? Dars soatlari kamaysa, ortiqcha tayyorlangan mutaxassis qayerdan ish topadi? Xo‘sh, keyingi bitiruvchilarning ishga joylashishini kim kafolatlaydi? Bilmadim, yosh mutaxassis sifatida mening ham ruhim tushdi. Endi shu qisqargan soatlarga mo‘ljallangan darsliklar maktablarimizga qachon yetib keladi? Konspekt yozish bekor qilinganiga qarsak chaldik, ish reja va o‘qituvchi uchun qo‘llanmalar qachon kelarkan, ular tayyormi? Ona tili darslari qisqarishi to‘g‘ri yechim emas, bu savodsizlikning yanada oshishiga olib keladi. Qolaversa, bu yoshlar kelajagi uchun to‘siq, deb hisoblayman.
Niginabonu SHUKUROVA tayyorladi.
Ona tili darslik
4
M. HAMROEV, D. MUHAMEDOVA, D. SHODMONQULOVA,
X. G`ULOMOVA, SH. YO`LDOSHEVA,
ONA TILI
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi oliy
o`quv yurtlarining boshlang`ich ta’lim, defektologiya, pedagogika
va psixologiya, maktabgacha tarbiya fakultetlari talabalari uchun
darslik sifatida tavsiya qilgan
Filologiya fanlari nomzodi M.A.HAMROYEV ning
umumiy tahriri ostida
Toshkent – 2008
Taqrizchilar: Nizomiy nomidagi TDPU “O`zbek tilshunosligi”
5
kafedrasi professori filologiya fanlari nomzodi
R.YUNUSOV
Respublika ta`lim markazi “Ona tili va adabiyoti”
bo`limi boshlig`i, pedagogika fanlari nomzodi,
Mavzu: Boshlang’ich ona tili darsligida sinonim antonym va ko’p ma’noli so’zlar
Mavzu:Boshlang’ich ona tili darsligida sinonim antonym va ko’p ma’noli so’zlar
Reja;
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi.
2. 3-sinfda sinonim va antonimlar ustida ishlash tartibi.
3. 3-sinf ona tili darslarida sinonim va antonimlar ustida ishlash usullari
4. 3- sinf ona tili darsligidagi sinonim va antonim so‘zlarga doir mashqlar
tahlili.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Nutq o‘qitish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik
qurilishini, bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Nutq
o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi .
1) so‘z ustida ishlash,
2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash,
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanida nutq o‘stirishga doir
juda ko‘p ishlar qilingan. Bu ishlar fonetikani o‘tishda nutq o‘stirish, imloni
o‘tishda nutq o‘stirish, grammatikani o‘tishda nutq o‘stirish yo‘nalishlarida amalga
oshirilgan. Biroq boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash, ayniqsa,
o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatish metodikasi
yetarlicha chuqur ishlab chiqilmagan. Bu esa ma’nodosh so‘zlar vositasida
o‘quvchilar nutqini o‘stirishning samarali usullarini ishlab chiqish ona tili o‘qitish
metodikasi fani oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. K. Qosimova,
S. Matchonov va boshqalar tomonidan chiqarilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi”
darsligida [30] ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash metodikasi hamda
ular ustida bajariladigan mashq turlari bayon qilingan. Darslikda boshlang‘ich
sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagi mashqlar bajarilishi aytiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash.
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish.
5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan
mashq qilish [30, 313 ‒ 314].
Biroq ona tili o‘qitish metodikasida ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarni
o‘quvchining faol lug‘atiga kiritish usullari yetarli ishlab chiqilmagan.
Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi boshlang‘ich
sinflarda o‘quvchilar nutqini ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar bilan boyitishga
doir samarali usul va mashqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot obyekti. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari va boshlang‘ich
sinflarda bajariladigan leksik mashqlar tadqiqotimizning obyektini tashkil qiladi.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqotimizning maqsadidan kelib chiqib bitiruv
malakaviy ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
1. Ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarning tilshunoslikdagi talqinini tahlil qilish.
2. Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashning
metodik asoslarini bayon qilish.
3. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarga
doir mashqlarni tahlil qilish.
4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida
ishlash, jumladan ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarni o‘quvchilarning faol
lug‘atiga kiritishga doir qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqish.
Tadqiqot metodlari. Ishimizda kuzatish, qiyoslash, malakali o‘qituvchilar
tajribasini o‘rganish kabi metodlardan foydalandik.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Bilish nazariyasi, til va tafakkurning
uzviy bog‘liqligi, o‘quvchini ta`limning faol subyektiga aylantirish kabi tamoyillar
bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosini tashkil qiladi.
Ma’nodagi yaqinlikka qarab so‘zlarning sinonimligini belgilab bo‘lmaydi.
Chunki so‘zlarning ma’no jihatdan yaqinligi har xil darajada bo‘lishi mumkin .
ba’zi so‘zlar ma’no jihatdan boshqa so‘zga juda yaqin bo‘lsa, boshqa bir so‘zga
yaqinligi nisbatan kuchsiz bo‘lishi, yana bir so‘zga ma’no jihatan yaqinligi esa
sezilarsiz darajada bo‘lishi mumkin. Lekin har uch holatda ham (qay darajada
bo‘lmasin) ma’no jihatdan yaqinlik bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ikki va undan ortiq
so‘zning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’nodagi yaqinlik asosga olinadigan
bo‘lsa, u holda ma’nosi bir-biriga juda yaqin bo‘lgan so‘zlar bilan birga, qisman
bo‘lsada ma’noda yaqinligi bor so‘zlar ham sinonim deb qaralishi kerak bo‘ladi.
Masalan, kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq, tirjaymoq, irjaymoq, irshaymoq,
ishshaymoq, xoxolamoq, xihilamoq, he-helamoq, qahhahlamoq, piqirlamoq,
qiqirlamoq so‘zlarning ma’nosida, qay darajada bo‘lmasin, yaqinlik bor. Lekin
bularning hammasi o‘zaro sinonim deb bo‘lmaydi. Buni jilmaymoq bilan
piqirlamoq, qahqahlamoq bilan qiqirlamoq so‘zlarini qiyoslaganda ham aniq
sezish mumkin.
Ko‘rinadiki, so‘zlarning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’nodagi
yaqinlikni asosga olish to‘g‘ri bo‘lmaydi, ya’ni ma’nodagi yaqinlik asosida ikki
yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi.
Sinonimlarni belgilashda so‘z bildiradigan tushunchani asosga olish ma’noni
asosga olishdan biror afzallikka ega emas, hatto, bu yo‘lni to‘g‘ri deb ham
bo‘lmaydi. Asosiy dalil sifatida shuni aytish kifoyaki, har qanday so‘z tushuncha
ifodalayvermaydi, lekin u ma’noga ega bo‘ladi va tushuncha ifodalamaydigan
bunday so‘zlar biror ma’nosi bilan o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin. Masalan,
hamma, barcha, bari olmoshlari, balli, tasanno, ofarin undovlari, istak bildiruvchi
zora, shoyad, koshki, so‘zlari va b. sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda
emas, hatto, affikslarda ham borligi e’tiborga olinsa, bu masalada
“tushunchaga”asoslanib ish ko‘rish to‘g‘ri bo‘lmasligi yana ham aniq ko‘rinadi.
Xullas, ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’noga
asoslanish to‘g‘ri yo‘ldir. Shunday ekan, o‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning
ma’nodagi munosabati qanday bo‘lishini belgilash asosiy masala hisoblanadi.
Avvalgi bo‘limlardan ma’lumki, so‘zning ma’nosi (semema) ma’lum
komponentlardan (semalardan) tashkil topadi. Bundan tashqari, so‘zning semantik
strukturasiga turli ma’no ottenkalari, emotsional bo‘yog‘I, stilistik belgisi, boshqa
so‘zlar bilan bog‘lanish xususiyati kabilar ham kiradi. Demak, sinonimlarning
ma’nodagi ana shu komponentlar nuqtai nazaridan o‘zaro munosabati qanday
ekanini belgilash kerak bo‘ladi.
Sinonim – so‘zlar semantik strukturasiagi komponentlar ichida ularni o‘zaro
birlashtiradigan (sinonim ekanini belgilaydigan) va farqlaydiganlari bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq so‘zni o‘zaro sinonim qiladigan narsa bu so‘zlar
semantik strukturasidagi asosiy qismning, ya’ni leksik ma’noning bir xilligi, leksik
ma’noni yuzaga keltiradigan komponentlarning (semalarning) bir xil bo‘lishidir.
Shuning uchun ham ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro birlashtiradigan
(sinonim qiladigan ) ma’nosining izohi bir xil bo‘ladi. Masalan, tez, ildam, jadal
so‘zlarining hammasi “normadan yuqori temp bilan”degan ma’noni bildiradi.
Ularning har biri o‘z semantik strukturasida yana boshqa qo‘shimcha
komponentlarga ega bo‘lishi mumkin. Lekin hammasining leksik ma’nosini
ma’nodagi “normadan yuqori sur’at bilan” degan qism tashkil etadi, ya’ni
hammasining semantik strukturasidagi asosiy narsa, leksik ma’noni belgilovchi
narsa ana shu. Ma’nodagi xuddi ana shu umumiylik, birlik bilan tez, ildam, jadal
so‘zlari sinonimlik hosil etadi.
Demak, ikki yoki undan ortiq so‘zni o‘zaro sinonim etadigan narsa bu so‘zlar
leksik ma’nosining mavjud bo‘lgan bir xil bo‘lishidir. Agar leksik ma’no
(semema) bir xil bo‘lmasa, sinonimlik haqida gapirish mumkin bo‘lmaydi.
Masalan, qaramoq, tikilmoq, termilmoq so‘zlari, umuman olganda, “biror narsa
yoki tomonga ko‘z-nazarni yo‘naltirmoq, ko‘z tashlamoq” ma’nosini bildiradi.
Lekin termilmoq, tikilmoq fe’llari umuman “qarash” ma’nosini emas, balki ko‘z
olmagan holda bo‘lishni, ko‘z tikkan holatda bo‘lishni bildiradi. Demak, bularning
ma’nosida “ko‘z uzmagan holda, ko‘z tikkan holda” komponenti (semasi) bor.
Qaramoq, boqmoq so‘zlarining ma’nosida bu komponent yo‘q. Ko‘z uzmasdan
qarash ma’nosining aniq ifodalanishida qaramoq, boqmoq so‘zlari boshqa
vositalar bilan yoki termilmoq, tikilmoq so‘zlarining o‘zi bilan qo‘llanadi: Shu
vaqtgacha kallasini solintirib, o‘yga botib o‘tirgan otasi o‘g‘liga termilib qaradi
(M. Ismoiliy). Qiya ochilgan eshikdan tikilib qaragan qizning endi ko‘chada
nimchasini yuziga pana qilib turishi g‘alati bo‘lsa ham, Elmurod buning “qishloq
sharoitiga mos” ekanini angladi (P. Tursun). To‘yib qarashlaridan Hayot sochilar
edi, Gullar ochilar edi (H. Olimjon). Demak, qaramoq, boqmoq, tikilmoq,
termilmoq so‘zlari o‘zaro emas, balki qaramoq bilan boqmoq va termilmoq,
tikilmoq so‘zlari o‘zaro sinonim bo‘ladi.
Eshitmoq so‘zi umuman biror ovozning quloqqa chalinishi ma’nosini ham,
shuningdek diqqat-e’tibor bilan tinglash ma’nosini ham bildira oladi. Tinglamoq
so‘zi esa faqat diqqat- e’tibor bilan eshitish ma’nosini biliradi. Demak, eshitmoq
fe’li faqat shu ma’nodagina tinglamoq so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi; Bu
so‘zlarga Qosim cho‘ng Tebratib qalin labin, Diqqat bilan eshitdi Qodir oxun
talabin (G‘ayratiy). Ahmedov uning so‘zini bo‘lmasdan tek o‘tirib tingladi (A.
Qahhor). Demak, bunda harakat subyekti aktiv bajaruvchi sifatida bo‘ladi, aktiv
bajaruvchi sifatida esa faqat insongina bo‘lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko‘ra,
aytib o‘tilgan ma’noda eshitmoq, tinglamoq so‘zlari o‘zlik daraja formasida
qo‘llanmaydi. Quyidagi misolga e’tibor bering:
Bu shaharning tubiga
Qulog‘ing tutsang,
Hali ham tinglanadi
Zor , yig‘i – ohang
(G‘ayratiy)
Bu misolda tinglamoq fe’li eshitilmoq fe’lining sinonimi sifatida noto‘g‘ri
qo‘llangan. Eshitilmoq fe’li biror ovozning qulloqqa kirishi, quloqqa chalinishi
ma’nosida qo‘llana oladi. Bunda subyekt aktiv bajaruvchi bo‘lmaydi. Demak,
bundda o‘zaro sinonim bo‘lgan eshitmoq, tinglamoq fe’llarining ma’nosidagi
“diqqat-e’tibor bilan” degan komponent bo‘lmaydi. Tinglamoq so‘zining
ma’nosida esa shu komponent hamma vaqt bo‘ladi. Binobarin shu narsa aslida
yo‘q bo‘lsa, tinglamoq fe’lini eshitmoq fe’lining sinonimi sifatida qo‘llash to‘g‘ri
bo‘lmaydi.
Yana faktlarga murojaat etaylik. Bayram va hayit so‘zlari, umuman olganda,
biror munosabat bilan bo‘ladigan umumiy shodlik, tantana kuni ma’nosiga ega,
shu ma’noda ular o‘rtasida umumiylik bor. Shunga ko‘ra hatto ularni badiiy
asarlarda bir xil ma’noda qo‘llash hollari uchraydi:
Quyosh qo‘shiqlarining mavjida suzar,
Kuy, ijod bilan xalq kutadi hayit.
Bu bayram tarixning yorqin kunduzi,
Kunduzni saqladik tikib jonu tan. (Oybek)
Lekin bayram va hayit bir-biridan tamomila farqli narsalarni bildiradi. Hayit
diniy tushunchani bildiradi. Bayram esa bunday xususiyatgaega emas. Demak,
bayram, hayit so‘zlarining ma’nosi bir xil emas va ular sinonim bo‘la olmaydi.
Yonmoq, kuymoq fe’llari, umuman olganda, olovlanish holatini bildiradi. Lekin
birinchisida (yonishda) alangalanish bo‘ladi. Kuyishda esa bo‘lmaydi. Demak, ular
shu farqli xususiyatlari bilan sinonim bo‘la olmaydi. Ot, umuman olganda, ulov.
Lekin u ulovning bir turi. Shu sababli ot va ulov so‘zlari sinonim bo‘la olmaydi.
Jomakor umuman kiyim emas, balki ish kiyimi. Shu sababli jomakor va kiyim
so‘zlari sinonim emas.
Bu faktlarning hammasi ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini ularning
ma’nosidagi yaqinlik yoki juda umumiylik emas, balki bir xillik belgilanishi
ko‘rsatadi.
Ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini belgilashda leksik ma’no bilan
so‘zning kontekstda reallashadigan ma’nosini farqlash kerak bo‘ladi. Sinonimlik
leksik ma’noning bir xilligiga ko‘ra bo‘ladi. Leksik ma’no bilan kontekstda
reallashaddigan ma’no asosida sinonimlik hosil bo‘lmaydi. Misol: –
Madamingov bundan ikki hafta burun mening akamni o‘ldirdi …- Shunday
do‘stim. Endi uning o‘zini yo‘q qilmasak, seni ham meni ham yeydi (P. Tursun).
Misolda yemoq fe’li “o‘ldirmoq” ma’nosida qo‘llangan. Lekin uning bu ma’nosini
shu kontekstagina reallashyapti, ya’ni bu ma’no yemoq so‘zining leksik ma’nosi
emas. Shunga ko‘ra, yemoq fe’li o‘lirmoq fe’li bilan sinonim bo‘la olmaydi.
Xuddi yuqoridagi sabablarga ko‘ra, besh balli baho sistemasida shartli
ravishda qo‘llanadigan ikki, uch, to‘rt, besh so‘zlari yomon, o‘rta, yaxshi, a’lo
so‘zlariga sinonim bo‘la olmaydi. Ikki, uch, to‘rt, besh so‘zlari shunday leksik
ma’noga ega bo‘lmaganidan, ular bu ma’noda qo‘llanganda, asosan, so‘z bilan
emas, raqam bilan yoziladi va ko‘pincha qo‘shtirnoqda (“2”) beriladi. Shuningdek,
ko‘pincha ularning izohi ham keltiriladi:
Uning uchun o‘qishda
“2” – yomon bo‘lmasa…
Beshovi bir klassda
O‘qisharkan besh- a’lo
(P. Mo‘min).
Sinonimlik leksik ma’noning bir xilligiga ko‘ra bo‘lar ekan, o‘z-o‘zidan,
sinonimlar bir turkumga oid so‘zlar bo‘ladi . Shunga ko‘ra, ma’lum kontektsda bir
turkumga oid so‘z boshqa bir turkumga oid so‘zga xos ma’noda qo‘llansa-da,
lekin ular sinonim bo‘la olmaydi: Qani endi yer bo‘lsa… Mana Karim akani oling
(N. Safarov). Dehqon yer bilan tirik. Misolda oling so‘zi “masalan” degan
ma’noda qo‘llangan. Lekin olmoq fe’li bilan masalan so‘zi sinonim bo‘la olmaydi.
Sinonimlik ma’noga ko‘ra, ma’nodagi bir xillikka ko‘ra bo‘lar ekan, o‘z-
o‘zidan, ikki yoki undan ortiq so‘zning butunlay sinonimligi emas, balki u yoki bu
ma’nosida sinonimligi haqida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki tildagi so‘zlar bir
manoli yoki ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin. Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’no
miqdori har xil bo‘lishi mumkin, ya’ni ba’zi so‘zlar ikki-uchta ma’noga, ba’zilari
esa juda ko‘p ma’noga ega bo‘ladi. Bunday so‘zlar boshqa ko‘p ma’noli so‘z
bilan ma’lum bir ma’nosi yoki ma’nolarida sinonimlik hosil etadi. Masalan, toza,
sof, beg‘ubor, musaffo so‘zlarining har biri ko‘p ma’noli. Lekin ular faqat bir
ma’nosida – “chang-g‘ubordan holi” degan ma’nosida o‘zaro sinonimdir. Misollar:
To‘ymay o‘ynar sho‘x qushchalar toza havoda (G‘ayratiy). Tong yeli sof havo
bilan birga… sho‘xsoyning shovullagan ovozini keltirmoqda (H. Nazir).
Ko‘p ma’noli so‘zlar birdan ortiq ma’nosida sinonim bo‘lishi mumkin.
Masalan, alohida, ayrim so‘zlari ko‘p ma’noli. Shulardan uch ma’nosida ular
sinonim:
O‘ziga mustaqil, boshqalaridan xoli. Misol: Nuri alohida xonada o‘z o‘rtoqlari –
obro‘li oilalarning qizlari bilan o‘tirar edi (Oybek). Tantiboyvachcha ko‘pdan
tanish hovliga – atrofi ayrim-ayrim eshikli xonalar bilan o‘ralgan hovliga kirdi.
Boshqalardan farqli holda, o‘ziga xos. Misol: Past g‘o‘zalarga alohida e’tibor
berilmoqda. Zokir ota juda tajribali paxtakor, qo‘li gul odam. Unga ayrim e’tibor
qilish, shubhasiz yaxshi.
Boshqalariga qo‘shmay, o‘zini mustaqil holda. Misol: Men boya muzokaraga
chiqib pravleniye va uning raisi Bo‘taboyning ishlaridagi kamchiliklarni tanqid
qilganimda maktab masalasini ham qistirib o‘tsam bo‘lar edi, lekin bu masala
alohida qo‘yilganligi uchun qistirmadim. (A. Qahhor) Bu masalani ayrim hal
qilamiz. (P. Tursun)
Ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligi ularning ma’nosi asosida bo‘lar ekan,
ko‘p ma’noli so‘zlar bir ma’nosi bilan ma’lum bir so‘z yoki so‘zlarga, boshqa bir
ma’nosi bilan yana ma’lum bir so‘z yoki so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkinligi
tabiiy. Masalan, bitirmoq fe’li ko‘p ma’noli. U o‘zining har bir ma’nosi bilan
boshqa-boshqa so‘zlarga sinonim bo‘ladi. Masalan, u quyidagi ma’nolari bilan
quyidagi so‘zlarga sinonim bo‘ladi: 1. Yakuniga yetkazmoq. Bu ma’nosida
bitirmoq fe’li tugatmoq, tugallanmoq fe’llariga sinonim: Yig‘im-terimni
bo‘lganimizdan keyin boshlasak, sovuq tushmay bitiramiz (A.Qahhor). Bizda ham
o‘qishni tugatib uylanish odat bo‘lib qoldi,-dedi Yo‘ldosh (Shuhrat). O‘ninchini
tugallagan yigit-qizlarning maktabni bitirish marosimiga hozirlik ko‘rilar edi.
2. Ish, vazifa va shu kabilarni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq. Bu ma’noda
bitirmoq fe’li bajarmoq, ado etmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq fe’llariga sinonim:
Mehnatni siz qilingiz, katta ishni ko‘ngildagidek bitirib keldingiz. Hozir ko‘klam
ekin kompaniyasiga puxta taraddud ko‘rib olgan dehqon urug‘ yerga qadayotgan
pallada qiynalmaydi, ishni sifatli bajaradi va boshqalar
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, ikki yoki undan ortiq o‘zning sinonimligi
ularda hammasi uchun umumiy ma’noning borligiga ko‘radir. Biror so‘zning
boshqa so‘z yoki so‘zlarga sinonimligi har vaqt konkret bir birlashtiruvchi ma’no
bilan bo‘ladi. Birlashtiruvchi ma’no o‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning
hammasida bo‘ladi. Bu sinonimlarning birlik tomoni, birlik xususiyatidir.
Birlashtiruvchi ma’no bo‘lmasa, sinonimlik haqida gapirish mumkin emas.
O‘zaro sinonimlik munosabatda bo‘lgan so‘zlar birlikda sinonimlik qatorini
hosil etadi; o‘yin, raqs; yanglish, xato, noto‘g‘ri; g‘alaba, zafar, tantana va b.
Sinonimlarning semantik strukturasida bir xil bo‘lgan qism, birlashtiruvchi leksik
ma’nodan tashqari yana boshqa qismlar har bir sinonima o‘ziga xos,
boshqasidagidan farqli bo‘ladi. Ana shu farqlar sinonimlardan har birining tilda
yashashini, tilda har birining qo‘llanish o‘rnini ta’minlaydi. Tilda har jihatdan bir –
biriga teng bo‘lgan, har jihatdan bir-birini qoplaydigan ikki yoki undan ortiq
so‘zning bo‘lishiga ehtiyoj yo‘q. ehtiyoj yo‘q ekan, bunday xususiyatli so‘zlar ham
bo‘lmaydi. Demak, tilda sinonimlarning borligining o‘ziyoq o‘zaro sinonim
bo‘lgan har bir so‘z o‘ziga xos qandaydir xususiyatga yoki xususiyatlarga egaligini
ko‘rsatadi. Haqiqatdan ham shunday. Ma’nosi va boshqa xususiyatlari bilan bir –
biriga juda teng keladigan so‘zlar asosan ilmiy terminlarda uchrab turadi: inqilob,
agitatsiya, tashviqot; tema, mavzu kabi. Lekin bunday sinonimlar ham qandaydir
belgisi, masalan, qo‘llanish darajasi, eskirganlik yoki eskirmaganligi va sh.k. bilan
ma’lum darajada farqlanib turadi. Agar hech qanday farqli belgi bo‘lmasa, bunday
sinonimlik o‘tkinchi holat bo‘lib, ma’lum vaqtlardan so‘ng ulardan biri shu
ma’noda iste’moldan chiqadi. Tilning tabiati shuni talab etadi.
Sinonimlarning o‘zaro farqli xususiyatlari anchagina. Bulardan eng asosiysi
ularning har birining ma’nosidagi farqli belgilardir.
Sinonimlarning o‘zaro farqli belgisi, avvalo, ularning ma’no hajmida,
aniqrog‘i, ma’no ottenkasida ko‘rinadi. Masalan, o‘zaro sinonim bo‘lgan
so‘zlardan biri biron qo‘shimcha ottenkaga ega bo‘lmasligi, boshqasi esa
qandaydir ottenkaga ega bo‘lishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik:
yordamlashmoq, ko‘maklashmoq, qarashmoq, boqishmoq so‘zlari “yordam
ko‘rsatmoq” ma’nosi bilan o‘zaro sinonim. Bu sinonimlar ichida yordamlashmoq
so‘zining ma’no hajmi keng. U biron qo‘chimcha ottenkaga ega emas. Bu so‘z
moddiy jihatdan, shuningdek ish-harakat va sh. k. bilan yordam ko‘rsatish
ma’nosida qo‘llanaveradi. Ko‘maklashmoq, qarashmoq, boqishmoq so‘zlari
asosan ish-harakat, xizmat bilan yordam ko‘ratish ma’nosida qo‘llanadi. Ko‘p,
ancha, talay, mo‘l, serob so‘zlari “son-miqori normadan ortiq” ma’nosi bilan
sinonim. Bulardan ko‘p so‘zining ma’no hajmi keng. U miqdorning, sonning
normadan ortiqligini, shuningek ish-harakatning son-miqdor jihatdan normadan
ortiqligini ham ifodalaydi: odam ko‘p, vaqt ko‘p, suv ko‘p kabi. Mo‘l, serob
so‘zlari esa narsa miqdorining normadan ortiqligini ifodalaydi va konkret
narsalarga nisbatan qo‘llanadi. Ish-harakatning, shuningdek vaqtning miqdoran
normadan ortiqligini ifodalash uchun qo‘llanmaydi. Masalan, suv mo‘l, suv serob
deyilai, lekin vaqt mo‘l, vaqt serob yoki mo‘l so‘zladi eyilmaydi. Quyidagi
misolda ham mo‘l sozining qo‘llanishi noto‘g‘ri:
Shuning uchun baxting mo‘l,
Keng Vataning chaman gul. (P. Mo‘min).
Yuvosh, mo‘min, qobil sinonimlaridan yuvosh so‘zi shaxsga, shuningdek
hayvonlarga nisbatan qo‘llanaveradi.
Mo‘min, qobil so‘zlari faqat odamga nisbatan qo‘llanadi. Iflos, isqirt, irkit,
isliqi, iqna, ivirsiq, nopok sinonimlaridan iflos so‘zining ma’no hajmi keng. U toza
bo‘lmagan har qanday narsa, holatga nisbatan qo‘llanaveradi. Isqirt, irkit so‘zlari
odam va uning kiyim-boshiga nibatan qo‘llanadi. Isliqi asosan kiyim-boshga
nisbatan, iqna odamga nisbatan qo‘llanadi. Ivirsiq joyga nisbatan qo‘llanadi.
Ko‘paymoq, ortmoq sinonimlaridan ko‘paymoq asosan konkret narsalarga nisbatan
qo‘llanadi. Quyidagi misolda uning mavhum narsaga (e’tiborga) nisbatan
qo‘llanishi noto‘g‘riligi aniq seziladi:
Sizlar bo‘lib o‘lkamiz madori,
Tobora ko‘paydi e’tibori (Habibiy).
Bu o‘rinda kopaymoq fe’li emas, ortmoq fe’li qo‘llanishi kerak edi va b.
Demak, sinonimlarning o‘zaro farqli xususiyatlariddan biri ularning
qo‘shimcha ottenkaga ega yoki ega-emasligida bo‘lib, bu xususiyat shu sinonimlik
qatoragi so‘zlarning qo‘llanish doirasini, qo‘llanish o‘rnini ham belgilaydi.
Sinonimlar bildiradigan vaqt , harakat, belgi, miqdor kabilarda ularning har
birida belgining darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, avval, oldin, ilgari,
burun, qadim sinonimlaridan ilgari so‘zida vaqtning o‘tishiga qarab uzoqlik
darajasi avval, oldin so‘zidagidan ortiq. Burun so‘zida ilgari so‘zidagiga nisbatan,
qadim so‘zida esa burun so‘zidagiga nisbatan ortiqroq. Kuch, quvvat, mador,
majol, darmon so‘zlari, asosan, kuch-quvvatning normal holatdan pastligini
ifodalashda qo‘llanadi. Demak, sinonimlar bildirgan belgi darajasidagi har xillik
ham shu so‘zlarning ma’nosidagi farqli ottenkalari hisoblanadi.
Sinonimlar emotsional bo‘yoqqa bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘zaro
farqlanishi mumkin. O‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning ba’zilari emotsional
bo‘yoqli bo‘lishi, ayrimlari esa emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lmasligi mumkin.
Emotsional bo‘yoqli sinonimlar salbiy yoki ijobiy emotsiyani bildirishiga ko‘ra
ham o‘zaro farqlanadi:1) ijobiy emotsional bo‘yoqli so‘zlar, 2) salbiy emotsional
bo‘yoqli so‘zlar. Masalan, bosh, kalla sinonimlarida bosh so‘zi emotsional
bo‘yoqqa ega emas, kalla so‘zi ko‘proq salbiy emotsional bo‘yoq bilan qo‘llanadi.
Yuz, bet, aft, bashara, chehra, jamol sinonimlaridan yuz va bet so‘zlari emotsional
bo‘yoqqa nisbatan neytral, aft va bashara so‘zlari salbiy emotsional bo‘yoqqa,
chehra, jamol so‘zlari esa ijobiy emotsional bo‘yoqqa ega.
O‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlar ma’lum bir uslubga bo‘lgan munosabatiga
ko‘ra ham bir-biridan farqlanishi mumkin, ya’ni sinonim-so‘z uslubning ma’lum
bir turiga oid bo‘lishi yoki uslub nuqtai nazaridan neytral bo‘lishi mumkin.
Masalan, yarashmoq, kelishmoq, ketmoq sinonimlari chiroylilik va moslik
jihatidan yaxshi (mos) o‘rinlashmoq, chiroyli mos ko‘rinishli bo‘lmoq ma’nosini
bildiradi. Bulardan yarashmoq stilistik jihatdan neytral , ketmoq esa oddiy
so‘zlashuvga xos. Misol: Do‘stlarining jilmaygan yuzlari, ularning yangi,
yarashgan ust-boshlari uning hech qachon xayoliga kelmagan bir fikrni
shivirlayotgandek bo‘ldi. (P.Tursun). Ammo bu ikki o‘rim soch … juda ham
o‘ziga kelishib tushib, unga yana bir qayta ulug‘vorlik va oliylik bag‘ishladilar (A.
Qodiriy). Shunday ketiptiki, lovillaydi-ya, lovillaydi!
Sinonimlar ichida dialektal xususiyatga ega so‘z bo‘lishi mumkin. Masalan,
ovz, tovush, un, sado, sas, nido sinonimlaridan sas so‘z, izlamoq, qidirmoq,
axtarmoq, istamoq sinonimlaridan istamoq so‘zi dialektal.
O‘zaro sinonim so‘zlar qo‘llanish darajasiga ko‘ra farqlanishi, ya’ni ba’zisi
keng qo‘llanishi, boshqasi esa kam qo‘llanishi mumkin. Masalan, boshqa, bo‘lak,
o‘zga sinonimlaridan boshqa so‘zi juda keng qo‘llangani holda bo‘lak so‘zi kam
qo‘llanadi. O‘zga so‘zi esa bo‘lak so‘ziga nisbatan ham kam qo‘llanadi.
Sinonimlar ma’lum bir so‘zlar bilan birika olish yoki birika olmasligi, ma’lum
erkin yoki turg‘un so‘z birikmalarida qo‘llana olish yoki qo‘llana olmaslik
xususiyati bilan ham o‘zaro farqlanishi mumkin. Masalan, ost, tag sinonimlaridan
ost so‘zi xavf ostida, qo‘l ostida, nazorat ostida, oyoq osti qilmoq kabi
birikmalarda qo‘llangani holda, bu birikmalarda uning o‘rnida tag so‘zini qo‘llab
bo‘lmaydi. Sinonimlarning paydo bo‘lishi, so‘zlar o‘rtasida sinonimik
munosabatning rivojlanishida ham u yoki bu usul bilan so‘z yasalishi (yangi so‘z
hosil qilinishi) muhim rol o‘ynaydi. Yangi so‘z yasalishi bilan tilda bor bo‘lgan
so‘z yoki so‘zlarga sinonim so‘z yuzaga kelibgina qolmay, tilda o‘zaro sinonimik
munosabatda bo‘lgan so‘zlardan so‘z yasalishi natijasida yangi sinonimik qatorlar
yuzaga keladi: zavq, maroq, shavq-zavqlanmoq, maroqlanmoq, shavqlanmoq;
kam, oz-kamaymoq, ozaymoq.
Bu o‘rinda aynan bir so‘z (leksema)dan turli affikslar yordamida yasaluvchi
ma’nodosh so‘zlarning sinonimligi masalasiga to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Ayrim ishlarda aybli-aybdor, serharakat-harakatchan kabi so‘zlar sinonim emas,
bularda so‘z yasovchi affikslar sinonimiyasi bor deb qaraladi. Lekin bunday
so‘zlarning sinonimligini inkor etish mumkin emas. Chunki bularning
sinonimligini tan olmaslik ulardan har birining mustaqil leksik birlik (alohida so‘z)
ekanini tan olmaslik bo‘ladi. Vaholanki, aybli-aybdor, xabarsiz-bexabar
kabilarning har biri alohida so‘z ekaniga shubha yo‘q. Shunday ekan, bularda
affiksal sinonimiya haqida emas, balki leksik sinonimiya haqida gapirish mumkin
bo‘ladi.
Sinonimlarning yuzaga kelishida asosiy omillardan biri so‘zning ma’no
taraqqiyotidir. U yoki bu so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida shu ma’nosi bilan
tildagi biror so‘z yoki so‘zlar bilan sinonimik munosabat hosil qilishi mumkin.
Masalan, qaytarmoq fe’li aslida avvalgi o‘z o‘rni, o‘z holiga yo‘naltirmoq
(keltirmoq) degan ma’noni bildiradi. Shu ma’nosi asosida uning ayni bir ish-
harakatni yana qilmoq, ayni bir so‘z (gap)ni qayta aytmoq ma’nosi kelib chiqqan.
Natijada qaytarmoq so‘zi xuddi shu ma’nosi asosida takrorlamoq so‘zi bilan
sinonimik munosabat hosil qilgan: Tabelchi ham, xuddi jo‘rttaga qilganday, uning
nomini yo tutilib aytar, yoki chatoq o‘tib, yana takrorlar edi. (A.Qahhor). novikova
uning tezda javob bermaganiga chindan ham e’tibor qilmagan edi, keyin uning
o‘zgarib ketgan avzoyini ko‘rib taajjublandi va savolni qaytardi.
Ovora so‘zi biror maqsad yo‘lida, biror narsa ilinjida kezish tentirash holatida
degan ma’noni bildiradi. Bu ma’nosi bilan u sarson, sargardon so‘zlari bilan
sinonim bo‘ladi:
Ma’no taraqqiyoti natijasida ikki yoki undan ortiq so‘z bir necha ma’nosida
sinonimik munosabat hosil etishi mumkin. Bu hodisa ham sinonimiyaning
rivojlanishi hisoblanadi. Masalan, buzilmoq, aynimoq so‘zlari ikki ma’nosi bilan
o‘zaro sinonim:
Sof (normal) holatini, iste’molga yaroqliligini yo‘qotmoq, iste’molga yaroqliligi
yomonlashmoq ma’nosida: Yo‘q, – dedi onasi, – choy aynab qoladi, kelishgandan
keyin damlarsan (Oydin). Darhaqiqat, achigan qatiq, – dedi va yana yalab ko‘rdi,-
yo‘q, buzilgan qaymoqdir (A.Qahhor).
Xulq-atvori, biror vazifa (ish) dagi xatti-harakati yomon (salbiy) tomonga
o‘zgarmoq ma’nosida: Vaqtida siz bilan faxrlanganmiz. Ammo keying yillarda
aynib qoldingiz, dimog‘ingiz ko‘tarilib ketdi…(Uyg‘un). Suyar yoring aynigan
bo‘lsa, Kolxozchilar tarbiya qilar…(Uyg‘un).
Asramoq, saqlamoq so‘zlari uch ma’nosi bilan o‘zaro sinonim:
Yomon tasirdan salbiy hodisadan himoya qilmoq ma’nosida: Shokir ota:
“Zolimning zulmidan o‘zing asra!”,-deb Yo‘lchi uchun qayg‘uradi (Oybek).
Yo‘q bo‘kish va shu kabilarga yo‘l qo‘ymay ehtiyot holda tutmoq ma’nosida:
Yolvorib so‘rayman asra qalbingda, So‘ndirmagin chechaklarsimon (Uyg‘un).
Hozir namni to‘la saqlab qolish choralari ko‘rilayotir.
Biror maqsad bilan uzoq vaqt o‘zida tutmoq ma’nosida: Uzum asramoq. Mol
saqlamoq. Tuzukkina ro‘zg‘orini o‘zi tebratib, sigir-buzoq va tovuq asradi.
Ishqibozlarning aksariyatida bunday qushlarni saqlashga xohish bo‘lmaydi.
Shu keltirilgan faktlarning o‘ziyoq sinonimlarning yuzaga kelishida so‘zning
ma’no taraqqiyoti (yangi ma’no kasb etishi) muhim omillardan ekanini tasdiqlaydi.
Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan
ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat
sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib,
ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini
keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning
barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan
iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i,
«shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U [yuz]
leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, [turq] leksemasida
«o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida.
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan
ayrimlari quyidagilar:
1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema;
2) leksemaning qo‘llanish davrini ko‘rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi»,
«o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy».
3) leksemaning qo‘llanilish doirasini ko‘rsatuvchi sema: «shevaga xos»,
«so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h.
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema
bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil
qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral,
betaraf. Masalan, [katta]-[ulkan]-[bahaybat] sinonimik qatori «kitobiylik»,
«ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida
bu sema belgilanmagan (neytral), [ulkan] va [katta] leksemalarida ifodalangan,
oydinlashtirilgan.
Ma’nodoshlik qatoridagi dominanta leksemaning bir qancha o‘ziga xos
xususiyati bor:
1) dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan
«kambag‘alroq» bo‘ladi. Qiyoslang: [chiroyli], [go‘zal] va [suluv]. Qatordagi
[chiroyli] leksemasida [go‘zal] va [suluv] leksemasidagi ko‘tarinkilik bo‘yog‘i
yo‘q;
2) dominanta leksemaning qo‘llanish doirasi va miqdori boshqa
ma’nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‘p bo‘ladi;
3) dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‘lganligi bois
istalgan vaqtda o‘z ma’nodoshlarini almashtira oladi;
4) ma’nodoshlik qatori mansub bo‘lgan katta tizimga faqat dominanta
leksema kiradi. Masalan, «kishi tanasi a’zolari» lug‘aviy ma’noviy guruhiga [yuz]
dominanta leksemasi kirib, [quloq], [burun], [lab], [qosh], [peshona] leksemalari
bilan paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda semasi belgilangan leksema «betaraf»
bo‘lolmaganligi bois yuqori paradigmaga kira olmaydi va uning betaraf vakili bu
huquqqa ega bo‘la oladi, xolos.
Ma’nodoshlik paradigmasi doimo ochiq. Jamiyat, davr talabi asosida
keraksizi iste’moldan chiqib, qator yangilari bilan boyib boraveradi. Nutqda
ma’nodoshlik qatorlari nutqning atash birliklari, iboralar, mustaqil leksema
sememalarining turi, yasama so‘z, so‘z birikmasi, nutqiy ko‘chma so‘z bilan to‘lib,
kengayib boradi. Bular kontekstual sinonim sifatida nutqning go‘zalligi va
boyligini ta’minlovchi vosita sanaladi.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-
[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy,
birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim.
Masalan, [katta] va [kichik] leksemalari umumiy – «sifat», «ko‘lam» semasi bilan
birga, qarama-qarshi – «nisbatan ortiq» ([katta]) va «nisbatan katta bo‘lmagan»
([kichik]) semasiga ham ega. Yoki [qish] – «yilning eng sovuq fasli», [yoz] –
«yilning eng issiq fasli», [kirmoq] – «ichkariga harakatlanmoq», [chiqmoq] –
«tashqariga harakatlanmoq». Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-
qarshi hodisaning in’ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim
leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: [issiq]-[sovuq] (harakat),
[katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar.
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi:
a) kontrar qarama-qarshilik;
b)komplementar qarama-qarshilik.
Kontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning
farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida
birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Masalan, [kichik]–[o‘rta]-
[katta], [yosh]-[o‘smir]-[o‘rta yosh]-[qari] kabi. Bunda [kichik] va [katta], [yosh]
va [qari] leksemalari daraja qatorining ikki qarama-qarshi qatori a’zolari o‘rtasida
ikki antonim a’zo belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan bog‘lovchi bo‘g‘in.
Yuqoridagi [o‘rta] leksemasida [kichik] va [katta] leksemalarining qarama-
qarshiligi so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar qarama-qarshiligini ularning
darajalanish (graduonimik) qatoridan izlash lozim.
Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz
bo‘ladi: [rost]-[yolg‘on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida
oraliq uchinchi leksema yo‘q.
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) har xil o‘zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq],
[muhabbat]-[nafrat];
2) bir xil o‘zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]- [aqlsiz],
[ongli]-[ongsiz].
Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil
o‘zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud.
Hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligida so‘zlararo ma’noviy munosabatning
graduonimiya, giponimiya va partonimiya kabi yangi turlari aniqlangan.
so‘zlarning ma’no qirralarini o‘zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning
ma’nosini o‘zlashtirish.
3. Lug`atni faollashtirish, ya ’ ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o‘z
nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug`atidagi so‘zlarni faol lug`atiga
o‘tkazish. Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi,
ular o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug`atidan nofaol
lug`atiga o‘tkazish. Bunday so‘zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o‘zlashib
qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so‘zlashuv tilida
qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so‘zlar kiradi.
Adabiy til me’yori degan tushunchani o‘zlashtirgach, o‘quvchilar yuqorida
izohlangan so‘zlar o‘rniga adabiy tildagi so‘zlardan foydalana boshlaydilar.
Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so‘zlar,
so‘zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so‘z va iboralar o‘quvchilarning faol
lug`atidan chiqib keta boshlaydi.O‘quvchilar lug`ati quyidagi manbalar asosida
boyitiladi va takomillashtiriladi:
1. Atrof-muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalar-
ning o‘yini va o‘qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat
qo‘yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va
hodisalarni kuzatish bilan ko‘pgina yangi nom va iboralarni o‘rganadilar. Bu
ekskursiyalar yuzasidan o‘tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlash-
tiriladi, ayrim so‘zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
O‘quvchilar lug`atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar
hisoblanadi. O‘qish darslarida o‘quvchilar Oybek, H. Olimjon, M. Shayxzoda, G`.
G`ulom, H. Hakimzoda, Zulflya, X. To‘xtaboyev, P. Mo‘min, Q. Muhammadiy,
Sh.Sa’dulla, Z.Diyor, N.Fozilov, T.Adashboyev, A.Obidjon kabi ko‘pgina so‘z
ustalarining asarlarini o‘qiydilar. O‘zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida
o‘zlashtiradilar. O‘qish darsida bolalar lug`ati ma’lum mavzularga oid so‘zlar
hisobiga ham boyiydi. Ular lug`atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy,
shirinso‘z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnattsevar kabi ko‘pgina
so‘zlar qo‘shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko‘p ma’noli so‘zlar, sinonimlar,
ko‘chma ma’noda ishlatiladigan so‘zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib
oladilar.
Bolalar mustaqil o‘qishga o‘rganganlaridan keyin ular lug`atiga kitob, gazeta,
jurnal materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil
o‘qish va unga rahbarlik shakllari o‘quvchilar lug`atini boyitishning, nutqini
o‘stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o‘rganish darslari ko‘pgina
so‘z va atamalarni o‘zlashtirishga yordam beradi, o‘quvchilar predmet, belgi,
harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so‘zlarni bilib oladilar. Bu darslarda
o‘quvchilar lug`ati tartibga solinadi, so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida
guruhlanadi, so‘z tarkibi, so‘z yasalishi, so‘zlarning o‘zgarishini o‘rganish bilan
esa lug`atga aniqlik kiritiladi; ular o‘rgangan so‘zlaridan o‘z nutqlarida foydalana
boshlaydilar, natijada lug`atlari faollashadi. O‘quvchilar lug`ati maxsus lug`aviy-
mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Bulardan tashqari, kinofilm va teleko‘rsatuv matnlari, o‘qituvchi va boshqa
maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham
o‘quvchilar lug`atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.
Lug`atni boyitishda turli lug`atlar juda foydali qo‘llanmadir. Boshlang`ich
sinfo‘quvchilari uchun „Imlo lug`ati” mavjud. O‘qituvchi ma’lumot uchun ham,
material tanlash uchun ham turli lug`atlardan (o‘zbek tilining sinonimlar,
antonimlar, frazeologik lug`atlaridan, turli terminologik lug`atlardan)
muvaffaqiyatli foydalanadi.
So‘z ma’nosini tushuntirish
So‘zlarning ma’nosini tushuntirish o‘quvchilar lug`atini boyitadi, nutqini
o‘stiradi. Boshlang`ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning atamalari ham
tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma’nosini
tushuntirish mazkur so‘z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam
beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosini tushuntirish bilan o‘quvchilar
predmet keng ma’noda qo‘llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar
predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab
olishda ularga yordam beradi.
So‘zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy
mavzusidan o‘quvchilar diqqatini chalg`itmasligi kerak. Buning uchun o‘qituvchi
har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bo‘lgan
so‘zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o‘rnida
tushuntirishni belgilab oladi.
O‘qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma’nosini
bilmaydigan ayrim so‘zlar matnni o‘qishdan oldin tushuntiriladi.
Matnni o‘qish jarayonida so‘z ma’nosini tushuntirishga chek qo‘yish kerak.
Agar biror so‘zni matnni o‘qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug`ilsa, matn
mazmunidan o‘quvchilar diqqatini chalg`itmagan holda shu so‘z ma’nosi qisqacha
tushuntiriladi.
Ko‘chma ma’noda ishlatilgan obrazli so‘zlar va badiiy nutq birliklari matn
o‘qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma’nosi matn mazmunidan,
kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o‘qilganda, undagi allegorik,
ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlarni asarni o‘qishdan oldin yoki o‘qish
jarayonida tushuntirib bo‘lmaydi.
3-sinfda sinonim va antonimlar ustida ishlash tartibi
Ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil bo‘lgan bir umumiy
tushuncha(ma’no) ifodalaydigan so‘zlardir. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha
ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog`i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi. Katta,
ulug`, buyuk, zo‘r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini
tashkil qilgan so‘zlardan katta so‘zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga
nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug`, buyuk,
zo‘r, azirn, ulkan so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli
so‘zlari esa o‘lchovi juda katta bo‘lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam
ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan joy, qurilishga nisbatan
qo‘llanadi.
Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday so‘zlar bilan
ishlash juda muhim. Kishi lug`atida sinonimlar qancha ko‘p bo‘lsa, uning til
ifodaliligi shuncha ortadi.
O‘zbek tili — sinonimlarga boy til. „O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati”
da katta so‘zining 11 ta, marta so‘zining 13 ta sinonimi berilgan.
Boshlang`ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo
sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi.
Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar
berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish
mumkinligini tushuntirishga, 2—3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2—3 sinonimini
topib aytishga o‘rgatiladi.
Boshlang`ich sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlar
ishlatiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash. Bunda bir so‘z turkumiga oid ikki
sinonimik qatordagi so‘zlar ichiga bir-ikkita boshqa so‘z kiritib beriladi.
O‘quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun so‘zlar
quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod,
yurt.
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. O‘qituvchi otni o‘tganda osmon, sifatni
o‘tganda mazali, fe’lni o‘tganda ko‘nikmoq so‘zlarini aytadi. O‘quvchilar bu
so‘zlarga sinonim tanlaydilar: osmon — ko‘k, samo, falak; mazali — lazzatli, laziz,
totli; ko‘nikmoq — o‘rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni
ko‘chirish. Bunda yozilishi kerak bo‘lgan sinonim so‘zlar ro‘yxati tekshirish
uchun beriladi. O‘quvchilar sinonimlarni o‘rniga qo‘yib, ularning
qo‘llanilishidagi farqni tushuntiradilar.
4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. Buning uchun
sinonim so‘zlar qatori qavs ichida beriladi, o‘quvchi gapning mazmuniga mosini
tanlab gapni ko‘chiradi: Daryo suvini (bahor, ko‘klam) toshirar, odam qadrini
(mehnat, ish) oshirar. Oltin (o‘t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnatjda bilinadi.
Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar.
5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan
mashq ishlash. Buning uchun to‘rtta sinonimik qatordagi so‘zlar tanlanadi va 16
katakka aralash joylashtiriladi. O‘qituvchi shu katakchalardagi bir so‘zni aytadi.
Masalan, chiroyli. O‘quvchilar shu so‘zga yaqin ma’noli so‘z (sinonim)ni
katakchalardan topib aytadilar: go‘zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim
so‘zlar qatori bilan so‘z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go ‘zal manzara,
sohibjamol malika va hokazo.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari antonimlar bilan amaliy tanishtiriladi.
Antonimlar ustida ishlash matndan antonimni topishdan boshlanadi, keyin maxsus
mashqlar ishlatiladi:
1. Berilgan so`zlarga antonim tanlash. Otni o`tganda: azob -. do`stlik-. oq-
. – yoshlik – . sifatni o`tganda: dangasa – . , anqov -. rostgo`y -. dono -.
kasal -. fe’lni o`tganda: kasallandi – . , yondi – . boshladi – . kabi beriladi.
O`quvchilar berilgan otga rohat, dushmanlik, qora, qarilik; sifatga mehnatkash,
hushyor, yolg`onchi, nodon, sog` fe’lga sog`aydi, o`chdi, tugatdi antonimlarini
tanlab, jufti bilan yozadilar.
2. Zid ma’noli so`zlarni qatnashtirib gap tuzish. Bunda o`qituvchi antonim
tanlab gap tuzish uchun so`z beradi, o`quvchilar berilgan so`zga antonim
tanlaydilar va ularni qatnashtirib gaplar tuzadilar.
3. Berilgan gapga antonim topib qo`yish. O`qituvchi „ To ‘g`ri odam .
so`zdan or qilur. Yosh kelsa ishga, . kelsa oshga. Yaxshi gap — moy, . gap —
loy. Gapni oz so`zla, ishni . ko`zla” kabi gaplar beradi, o`quvchilar gap
mazmuniga mos antonim topib, gapni o`qiydilar (yoki yozadilar).
O`quvchilar lug`atini ma’nodosh va zid ma’noli so`zlar bilan boyitish o`z
fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi.
I bob bo‘yicha xulosa
Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan
ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat
sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib,
ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini
keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning
barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan
iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i,
«shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U [yuz]
leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, [turq] leksemasida
«o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida.
Boshlang`ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi,
ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi.
Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar
berilgan so‘zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish
mumkinligini tushuntirishga, 2‒3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2-3 sinonimini
topib aytishga o‘rgatiladi.
Boshlang`ich sinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagicha mashqlar
ishlatiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash.
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish.
5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan
mashq ishlash.
“Yaproqlar, chorlaydi so‘zlarini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkin?”
O‘quvchilar yaproqlar so‘zini barglar so‘zi bilan, chorlaydi so‘zini chaqiradi
so‘zi bilan almashtirish mumkinligini aytadi. Bu topshiriqni bajarish orqali
o‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlar haqidagi dastlabki tasavvur hosil bo‘ladi, ya’ni
ular ayni bir ma’noni birdan ortiq so‘z bilan ifodalash mumkinligini anglaydi.
154-mashqda “Zarif va Zafar” sarlavhali matn berilgan bo‘lib, matndan keyin
ma’nodosh so‘zlarga doir topshiriq berilgan. Matn quyidagicha:
Zarif shaharda yashaydi. U qishloqdagi xolasining uyiga bordi. Uyerda Zarif
Zafar akasiga yordamlashdi.
Matndan keyin quyidagicha topshiriq berilgan: “Ko‘chiring. Yordamlashdi
so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping.” O‘quvchilar yordamlashdi so‘ziga ma’nodosh
bo‘lgan ko‘maklashdi, qarashdi, yordam berdi so‘zlarini topib aytadi. Bu mashq
o‘quvchilarni berilgan so‘zga mustaqil ravishda ma’nodosh so‘z topishga
o‘rgatishga mo‘ljallangan.
178-mashqda ikki gapdan iborat matn beilgan. Matn quyidagicha:
Maktub tashuvchi kabutar haqida eshitganmisiz?
Ular bir yurtdan ikkinchi yurtga xat tashiydi.
Matndan keyin quyidagicha topshiriq berilgan: K
2-sinf ona tili darsligida [31] ma’nodosh so‘zlarga doir ikkita mashq berilgan
(181-, 241-mashqlar). 181-mashqda to‘rtta gap berilgan bo‘lib, gaplarda
ma’nodosh so‘zlar qavs ichida berilgan. Mashqning sharti quyidagicha: ”Gaplarni
o‘qing. Qavs ichida berilgan so‘zlardan mazmuniga mosini tanlab, maqollarni
yozing”. Mashqda quyidagi gaplar keltirilgan : 1. Daraxt (bargi, yaprog‘i) bilan
ko‘rkam, odam (ishi, mehnati) bilan ko‘rkam. 2. Daryo suvini (bahor, ko‘klam)
toshirar, odam qadrini (ish, mehnat ) oshirar. 3. (Ko‘klam, bahor) ko‘rkam fasl. 4.
Duo bilan (el, xalq) ko‘karar, yomg‘ir bilan (yer, zamin)
O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida mashqni quyidagicha bajaradi:
Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam mehnati bilan ko‘rkam. 2. Daryo suvini
bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. Bahor – ko‘rkam fasl. Duo bilan el
ko‘karar, yomg‘ir bilan yer ko‘karar.
Mashqning shartida ma’nodosh so‘zlar atamasi ishlatilmay, yaqin ma’noli
so‘zlar atamasidan foydalanilgan. Chunki boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh
so‘zlar haqida nazariy ma’lumot berilmaydi.
Bu mashq o‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlar haqida tasavvur hosil qilish va
ularni berilgan ma’nodosh so‘zlardan mosini tanlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan.
Mashqning kamchiligi shuki, ayrim gaplarda qavs ichida berilgan ikkala
so‘zni ham qo‘llash mumkin. Masalan, 2-,3-gaplarda bahor so‘zini ham, ko‘klam
so‘zini ham ishlatish mumkin. 4-gapda esa qavs ichida berilgan el so‘zidan ham,
xalq so‘zidan ham foydalanish mumkin. Binobarin, o‘quvchi “Nima uchun u
so‘zni emas, bu so‘zni ishlatish kerak?” deb savol bersa, o‘qituvchi bu savolga
javob bera olmaydi. Shuning uchun mashqda shunday ma’nodosh so‘zlarni berish
kerakki, ular bir-biridan hissiy ma’no bo‘yog‘i, uslubiy xoslanishi va hokazo
jihatdan farq qilsin. Berilgan gap mazmuniga aynan bittasi mos bo‘lsin.
241-mashqda tez aytish berilgan. O‘ktam ko‘m-ko‘k ko‘rkam ko‘klam rasmini
ko‘m-ko‘k qalamda chizdi.
Mashqning topshirig‘ida shunday savol berilgan: Ko‘klam so‘zining ma’nosi
yaqin qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin?
Bu savol shaklidagi topshiriq o‘quvchida berilgan so‘zga mustaqil ravishda
ma’nodosh so‘z topish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
3-sinf “Ona tili” darsligida [27] ma’nodosh so‘zlarga doir to‘rtta mashq
berilgan. Darslikdagi 31-mashqda Po‘lat Mo‘minning she’ri berilgan. She’rda
ayrim so‘zlar ajratib ko‘rsatilgan. Mashqning sharti quyidagicha: Ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlarni alifbo tartibida yozing. Ularga yaqin ma’noli so‘zlar toping.
Bu mashq o‘quvchilarni berilgan so‘zlarga mustaqil ravishda ma’nodosh so‘z
topishga o‘rgatishga bag‘ishlangan. Bunday mashqlarni bajarish uchun
o‘quvchilarga ma’nodosh so‘zlar lug‘ati kerak bo‘ladi.
“Sifat yasovchi qo‘shimchalar” mavzusida 262-mashq berilgan bo‘lib, u ham
ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha:
“Otlarga xos belgini bildirgan sifatlarni tanlab gaplarni o‘qing va yozing.
Sifatlarning tagiga to‘lqinli chiziq chizing ”. Mashqda quyidagi gaplar berilgan: 1.
(Zo‘r, qudratli) kran (vazmin, og‘ir) yuklarni bemalol ko‘taradi. 2. (Yoqimli,
mayin) shamol (ko‘k, yashil) yaproqlarni silkitdi. 3. (Tor, kichik) uyga sig‘magan
odam (keng, katta) hovliga ham sig‘maydi.
O‘quvchilar bu mashqni quyidagicha bajaradi:
1.Qudratli kran og‘ir yuklarni bemalol ko‘taradi. 2. Mayin shamol yashil
yaproqlarni silkitdi. 3. Tor uyga sig‘magan odam keng hovliga ham sig‘maydi.
Birinchi gapda qudratli so‘zining ishlatilishiga sabab shuki, birinchidan, zo‘r
so‘zi asosan inson va hayvonga nisbatan ishlatiladi (zo‘r yigit, zo‘r ot),
ikkinchidan, bu so‘z ko‘p ma’noli. Qudratli so‘zi kranning belgisini aniq
ifodalaydi. Og‘ir so‘zini qo‘llashga sabab vazmin so‘zi o‘zbek tilida asosan
tabiatan bosiq degan ma’noda qo‘llanadi (vazmin yigit). Ikkinchi gapda mayin
so‘zining ishlatilishi gapning umumiy mazmuni bilan bog‘liq. Yoqimli so‘zi
ishlatilsa, shamolning insonga daxldorligi ifodalanishi kerak edi. Masalan: Yoqimli
shamol yuzlarimizni ohista siypalar edi tarzida. Uchinchi gapda tor, keng
so‘zlarning ishlatilishiga sabab bu gapda sig‘moq so‘zi ishlatilganligidir. O‘zbek
tilining izohli lug‘atida tor so‘zining bir ma’nosi “hajmi, sig‘imi uncha katta
bo‘lmagan; siqiq” deb berilgan [151]. Keng so‘zining ma’nosi esa “ichi, ich hajmi,
sig‘imi, sathi katta” deb izohlangan. [,351].
Bu mashq o‘quvchilarni nutqda ma’nodosh so‘zlardan mosini tanlab ishlatishga
o‘rgatishga mo‘ljallangan.
3-sinf darsligidagi “Fe’l ” mavzusida ham ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar
berilgan. (291-, 292-mashq). 291-mashqning sharti quyidagicha: “O‘qing. Berilgan
fe’llarga yaqin ma’noli fe’llar tanlang va ularni birgalikda yozing”. Mashqda
quyidagi so‘zlar berilgan: sevinmoq, sog‘aymoq, tugatmoq, asramoq, yugurmoq,
yig‘moq. Mashq matnidan keyin foydalanish uchun quyidagi so‘zlar berilgan:
tuzalmoq, quvonmoq, bitirmoq, chopmoq, saqlamoq, to‘plamoq.
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: Sevinmoq-quvonmoq, sog‘aymoq-
tuzalmoq, tugatmoq-bitirmoq, asramoq-saqlamoq, yig‘moq-to‘plamoq.
Bu mashq berilgan so‘zga ma’nodosh topishga o‘rgatishga mo‘ljallab tuzilgan.
Bu mashq orqali o‘quvchilar ayni bir harakat ma’nosi bir necha so‘z bilan
ifodalanishini bilib oladi. Biroq bu mashqda ma’nodosh so‘zlarning farqini
anglatishga doir topshiriq berilmagan. Bu mashqqa ma’nodosh so‘zlarning farqini
anglashga doir, shuningdek, ma’nodosh so‘zlarni nutqda qo‘llashga doir
topshiriqlar ham berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
292-mashqning sharti quyidagicha: “O‘qing. Qavs ichida berilgan so‘zlardan
mosini qatnashtirib, gap tuzing va yozing”. Mashqda quyidagi gaplar berilgan:
1.Chegarachilar tinchligimizni (qo‘riqlaydi,saqlaydi,asraydi). 2.Men uy ishlarida
oyimga (qarashaman, yordamlashaman, ko‘maklashaman). 3.Jahon xalqlari
tinchlikni (xohlaydi,istaydi,tilaydi). 4.Poyezd soat 10 da (ketadi, jo‘naydi).
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi:
Chegarachilar tinchligimizni qo‘riqlaydi.
2.Men uy ishlarida oyimga qarashaman.
3. Jahon xalqlari tinchlikni istaydi.
4. Poyezd soat 10 da jo‘naydi.
Bu mashq o‘quvchilarda sinonimik qator ichidan gap mazmuniga mosini
tanlab ishlatish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘qituvchi
yordamida ma’nodosh so‘zlarni tahlil qilib, farqini aniqlaydi. Shundan keyin ular
ichidan gap mazmuniga mosini tanlab ishlatadi.
Darslikdagi 300-mashq ham ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga
bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha: “Qavs ichidagi qaysi fe’l jonivorlar
harakatiga mos kelishini aniqlab gaplarni o‘qing”. Mashqda quyidagi gaplar
berilgan :
Musicha tarnovga (qo‘ndi, o‘tirdi).
Tovuqlar (donlayapti, ovqatlanayapti).
To‘rtko‘z uychasidan (qarayapti, mo‘ralayapti).
Mushuk quyosh nurida (yayrayapti, rohatlanyapti).
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi:
Musicha tarnovga qo‘ndi. 2. Tovuqlar donlayapti. 3. To‘rtko‘z uychasidan
qarayapti. 4. Mushuk quyosh nurida rohatlanayapti.
Birinchi gapda qo‘ndi so‘zining qo‘llanilishiga sabab shuki, qo‘nmoq so‘zi
qushlarga xos harakatni bildiradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida qo‘nmoq
so‘zining birinchi ma’nosi “uchishdan to‘xtab, yerga yoki biror narsaga o‘tirmoq,
tushmoq” deb izohlangan (,409). O‘tirmoq so‘zi esa insonga nisbatan ishlatiladi.
Ikkinchi gapda donlayapti so‘zining qo‘llanishiga sabab donlamoq so‘zining
qushlarga xos harakatni bildirishidir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida donlamoq
so‘ziga “donlarni terib yemoq (qushlar haqida) ” deb izoh berilgan (, 644).
Ovqatlanmoq so‘zi esa ovqat so‘zidan yasalgan bo‘lib, insonga xos harakatni
bildiradi. Uchinchi gapda qarayapti so‘zining ishlatilashiga sabab shuki,
mo‘ralamoq so‘zi “to‘siq, tirqish, teshik orqali”(,669) degan ma’noni ifodalaydi.
To‘rtko‘z esa uyachasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri qarab turibdi. To‘rtinchi gapda
rohatlanmoq so‘zining ishlatilishiga sabab shuki, yayramoq so‘zi “o‘zini erkin his
qilgan, o‘ynab – kulgan holatda bo‘lmoq: yozilmoq, maza qilmoq” (,100) degan
ma’noni anglatadi. Mushuk esa quyosh nurida toblanib, rohatlanib o‘tiribdi. Bu
mashq o‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarning farqini tushuntirish va gapda ularning
mosini tanlab ishlatish ko‘nikmasini shakllantirishga mo‘ljallab tuzilgan. Bunday
mashqlar o‘quvchilar nutqining aniq bo‘lishiga hamda leksik uslubiy xatolarning
oldini olishga yordam beradi.
337-mashq ham ma’nodosh, ham zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashga
bag‘ishlangan.
Mashqning topshirig‘i quyidagicha: “Ma’nosi yaqin so‘zlarni chiziqcha orqali
yonma-yon yozing. Ajratilgan so‘zlarga qarshi ma’noli juftini topib yozing. Bu
so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kiradi?”
Shuni aytish kerakki, she’rda “ma’nosi bir so‘z” deb berilgan hamma so‘z
ham ma’nodosh emas. Masalan, baland so‘zi tepalik so‘ziga sinonim bo‘lolmaydi.
Chunki baland so‘zi belgini bildirsa, tepalik o‘zi shu belgiga ega bo‘lgan joyni
anglatadi. Ensiz so‘zi ham qisqa so‘ziga ma’nodosh emas. Ensiz so‘ziga “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”da “eni uncha katta bo‘lmagan; kambar, tor”deb izoh
berilgan ( ,41). Qisqa so‘ziga esa “bo‘ylama o‘lchami, uzunligi uncha katta
48
bo‘lmagan; katta” deb izoh berilgan ( , 310). Bu so‘zlarning farqini ularni ayni bir
so‘z bilan biriktirib, qiyoslasak aniq ko‘ramiz. Masalan, qisqa yo‘l- uzoq
bo‘lmagan yo‘l, ensiz yo‘l – tor yo‘l. Oymomo ham shamsiqamar so‘ziga emas,
qamar so‘ziga ma’nodosh.
O‘qituvchi mashqni bajarishda o‘quvchilarga ana shu xatoliklarni
tushuntirishi kerak.
Darslikdagi 381-mashq ham ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga
bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha: “Berilgan so‘zlarga ma’nodosh
(yaqin ma’noli) so‘zlar toping. Ma’nodosh otlarni alohida, ma’nodosh sifatlarni
alohida, yonma-yon yozing”. Mashqda quyidagi so‘zlar berilgan: Toza, tiniq,
do‘st, quvnoq, ovoz, go‘zal, shabada, yaproq, katta, quyosh.
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi:
Xulosa
O‘quvchilar nutqini o‘stirish maktabda ona tili o‘qituvchining asosiy vazifasi
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarga nutq o‘stirish ona tili o‘quv fanining barcha
bo‘limlariga amalga oshiriladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflar ona tili
dasturining bo‘limlari “Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish”, “O‘qish va nutq
o‘stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” deb nomlangan. Boshlang‘ich
sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda ham asosiy e`tiborni o‘quvchilarni
grammatik tushunchalar bilan tanishtirishga emas, nutq o‘stirishga qaratish lozim.
Nutq o‘stirishga uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1) so‘z ustida ishlash;
2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash
Nutq o‘stirish metodikasining asosiy tarkibiy qismi so‘z ustida ishlashdir. So‘z
ustida ishlash to‘rt asosiy yo‘nalishni ko‘zda tutadi.
1. O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya`ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar
lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma`nolarni o‘zlashtirish.
2. O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish.
3. Lug‘atni faollashtirish, ya`ni o‘quvchilar ma`nosini tushunadigan, ammo o‘z
nutqida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish.
Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi, ular
o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan nofaol
lug‘atiga o‘tkazish.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash
o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, unga o‘z fikrini aniq ifodalashga yordam
beradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar
ustida ishlash o‘quvchilar nutqini o‘stirishning muhim omillaridan biri
hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar haqida nazariy
ma’lumot berilmaydi, ammo sinonim va antonimlar haqidagi tushuncha amaliy
mashqlar yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar ustida ishlash elementar tarzda
1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga,
boshqacha qilib aytish mumkinligiga o‘rgatiladi. 2-, 3-, 4-sinflarda esa berigan
so‘zning 2-3 sinonim topib aytishga, ma’nodosh so‘zlarning farqini tushunishga,
ma’nodosh so‘zlar ichidan gap, birikma uchun eng mosini tanlab ishlatishga
o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida ma’nodosh so‘zlar alohida mavzu
sifatida berilmagan. Ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar so‘z turkumlari doirasida
berilgan. Darsliklar tahlili boshlang‘ich sinf ona tili darsliklariga ma’nodosh
so‘zlarga doir quyidagi turdagi mashqlar kiritilganini ko‘rsatdi:
1. Berilgan so‘zga ma’nodosh so‘z topish.
2. Berilgan ma`nodosh so‘zlarni guruhlash.
70
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
4. Ma`nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish.
Darsliklar tahlili natijasi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida o‘quvchini
ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir mashqlar kam
ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu bitiruv malakaviy ishida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini sinonim so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir
qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich sinflarda sinonimlarga doir mashqlarni quyidagi tartibda bajarish
maqsadga muvofiq:
1. O‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarni ajrata olish ko‘nikmasini shakllantirish
uchun ularga kichikroq va tushunarli matndan ma’nodosh so‘zlarni topishni
topshirish mumkin.
2. So‘zlar orasidagi ma’nodoshlik munosabatini tushunishga so‘zlar aralash
holda berilgan ro‘yxatdan ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va guruhlashga oid
mashqlar ham yordam beradi.
3. Berilgan so‘zlarga ma’nodosh so‘z tanlab, ularni almashtirishga doir turli
xildagi mashqlar ham so‘zlar orasidagi ma’nodoshlikni tushunishga yordam
beradi.
4. O‘quvchilar lug‘atini foallashtirish usullaridan biri sinonim so‘zlarining
leksik birikuvchanligi ustida ishlashdir. U yoki bu sinonim so‘zni qanday so‘zlar
bilan qo‘llash mumkin-u, qanday so‘zlar bilan qo‘llash mumkin emasligiga doir
bunday ishni ma’nodosh so‘zlar vositasida so‘z birikmalari tuzishni o‘z ichiga
olgan mashqlar ko‘rinishida bajarish lozim.
5. Ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlar tizimida o‘quvchilarni
o‘z nutqida ma’nodosh so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatadigan ijodiy mashqlar alohida
o‘rin tutishi lozim. Chunki ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlarning
oxirgi maqsadi o‘quvchilarni fikrini ifodalash uchun o‘z lug‘at boyligidan sinonim
so‘zlarni tanlab ishlatishga o‘rgatishdir.
71
3-sinfda zid ma`noli so`zlar ustida ishlashda quyidagi mashqlardan
foydalanish mumkin.
1. Berilgan so`zlarga antonim tanlash.
2. Zid ma`noli so`zlarni qatnashtirib so`z birikmasi va gap tuzish.
3. Berilgan gapga antonim topib qo`yish.
Antonimlar nutq ta`sirchanligini oshirishning muhim vositasi. Shuning uchun
zid ma`noli sifatlar ustida ishlash o`quvchilar nutqini ta`sirchan qilishga muhim
ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflar uchun tuzilgan ona tili fani dasturida so`z ustida ishlash
uchun alohida soatlar ajratilmagan. SHuning uchun 3- va 4-sinfda sifat turkumini
o`rgatishda so`z ustida ishlashga doir mashqlarni grammatika va imloga oid
mashqlar bilan bog‘lab o`tkazish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
I
1. Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан. Т.4. – Тошкент:. «Ўзбекистон»,
1996. – 349б.
2. Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби. Т.5. –
Тошкент:. «Ўзбекистон», 1997. – 384б.
3. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХИ аср бўсағасида: хавфсизликка
таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент:.
«Ўзбекистон», 1997. – 326б.
72
4. Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги қонуни. //
Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент:.
«Шарқ», 1997. –Б. 20-29.
5. Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш миллий
дастури». // Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. –
Тошкет:. «Шарқ», 1997. –Б. 31-61.
6. Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартлари ва ўқув
дастури. Бошланғич таълим. // Таълим тараққиёти. – 1999. – №7. Б.22.
7. Абдуллаева Қ.А., Сафарбар Р., Очилов М.О. ва бошқалар.
Бошланғич таълим концепциясм. // Бошланғич таълим. – 1998. -№6. Б.12-18.
II
8. Абдуллаева Қ.А., Биринчи синфда нутқ ўстириш. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1980.
9. Абдуллаева Қ.А., Раҳмонова С. Она тили дарслари (услубий
қўлланма). – Тошкент.: «Ўқитувчи», 1999.
10. Азизова А.Г. Учинчи синфда она тили дарслари. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1982.
11. Азизова А.Г., Икрамова Р. Тўртинчи синфда она тили дарслари. –
Тошкент.: «Ўқитувчи», 1984.
12. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1966. – 267 б.
13. Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент.: «Ўқитувчи», 1992.
– 168б.
14. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек тили.
Ўқув қўлланма. – Тошкент.: «Университет», 2007. – 405 б.
15. Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек тили. –
Тошкент.: «Ўзбекистон», 1994.
16. Раҳматуллаев Ш., Маматов Н., Шукуров Р. Ўзбек тили
антонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент.: «Ўқитувчи», 1980. – 232б.
73
17. Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –
Тошкент.: «Ўқитувчи», 1980. – 448 б.
18. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. – Тошкент.:
«Фан», – 176 б.
19. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент.: «Фан», 1981 ‒ 314 б.
20. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. – Тошкент.: «Ўзбекистон
миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006 ‒ 672 б.
21. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4-жилд. – Тошкент.: «Ўзбекистон
миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008 ‒ 608 б.
22. Ғуломов А., Неъматов Ҳ. Она тили таълими мазмуни. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1995 – 128б.
23. Ғуломова А., Қобилова Б. Нутқ ўстириш машғулотлари. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1995. – 160б.
24. Содиқова М. Ҳозирги ўзбек тилида сифат. – Тошкент.: «Ўқитувчи»,
1975.
25. Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1974. – 308б.
III
26. Ahmedova N. Boshlang‘ich sinflarda nutq o‘stirish usullari. // Ta`lim
jarayonida nutq madaniyatini takomillashtirish masalalari. «O‘zbek tili» doimiy
anjumani beshinchi yig‘ilishi tezislar to‘plami (1999 yil 29-30 aprel’) – Toshkent.:
«Sharq», 1999. – 76-77 b.
27. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun
darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2017. – 144 b.
28. Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., SHodmonqulova D. Ona
tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2013. – 192 b.
29. Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. –
Toshkent.: «Fan», 2008. – 440b.
30. Qosimova K., Matchonov Z.S., Yo‘ldosheva D., G‘ulomova X., Shod-
monqulova D. Ona tili metodikasi. – Toshkent.: «Sharq», 2009. 310b.
74
31. Qosimova K., Fuzailov S., Ne`matova A. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. –
Toshkent.: «Cho‘lpon», 2008. – 128 b.
32. Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroev A. Ona tili didaktikasi.
– Toshkent.: «Yangi asr avlodi», 2005 – 388 b.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Qiziqarli malumotlar
Ona tili darslik