Moyaklar haqida koʻpchilik bilmaydigan 10 maʼlumot
Moyaklar haqida koʻpchilik bilmaydigan 10 maʼlumot
DO`STLARGA ULASHING:
Erkaklik bezlari boshqacha qilib aytganda moyaklar (yimirta (eski oʻzbekchada), testis-lotinchada) jinsiy olatning oʻng va chap tomonida joylashgan boʻladi. Moyaklarning erkaklik gormonlarini (eng mashhuri testosteron) ishlab chiqish, urugʻ ishlab chiqish va erkaklikka xos tashqi koʻrinishni taʼminlash asosiy vazifalaridandir. Urugʻni sifatli ishlab chiqarishlari uchun tana haroratidan 1-2 gradus pastroq haroratda boʻlishlari kerak.
Shuning uchun ota-bobolarimiz erkak chaqaloqlarga tagliklarni (pamperslarni) kamroq ishlatishlarini va voyaga yetish davrida tor kiyim kiyishdan bekorga qaytarishmagan.
Moyaklar xaltasida – yorgʻoqda osilib turushining siri ham aynan shunda siz ham eʼtibor bergansiz issiq kunlari moyaklar juda ham osilib, sovuq kunlari esa aksincha badanga taqalib turadi, sababi esa moyak xaltasidagi aqlli harorat boshqaruvchi (intelligent temperature control system) mavjudligidadir, urugʻni sifatli ishlab chiqishi uchun kerakli haroratni boshqarib turadi.
Shu oʻrinda bir ogʻiz moyak oʻsmalari haqida aytib oʻtishimiz kerak, chunki moyaklarni yuqorida boʻlishi moyak oʻsmalar hattoki, xavfli oʻsmaga (rak) oʻtib ketish xavfi yuqori va moyak raklari boshqa raklarga aksincha juda yosh yigitlarda 15-35yoshlarda uchraydi. American Cancer Sociyetyʼning statistik maʼlumotlariga koʻra bir yilda taxminan 8700 ta yangi moyak raki voqeasi bilan murojaat qilinadi.
Moyak oʻsmasining eng koʻp uchraydigan belgisi ogʻriqsiz moyakning kattalashishidir. Kamdan-kam hollarda biroz ogʻriqli, noqulaylik, oldingidan ogʻirlashgandek his qilinishidir. Umuman olganda shu va shu kabi belgilar bezovta qilsa, shifokorga murojaat qilish koʻrikdan tekshiruvdan oʻtish eng toʻgʻri yoʻldir.
Endi sizlarga 10 maʼlumotni taqdim etamiz
1. Moyaklarda bir kunda taxminan 200 million spermatozoid ishlab chiqariladi.
2. Vujudining ogʻirligini 14% ini tashkil qiladigan moyak chigirtka moyagidir, Insonniki 0,7% ni tashkil qiladi.
3. ʼAvokadoʻ soʻzi, Qadimgi Misrliklarining Aztek tilida moyak degani, Orxideya ham yunonchadan moyak soʻzlaridan asos qilib olingan. Moyak yalligʻlanishi – orxit qulogʻingizga chalingan boʻlsa kerak.
4. Moyak oʻlchami va ovoz qalinligi munosabati toʻgʻri emas, moyagi kichik baqiroq maymunlarni ovozi ancha gur va qalindir.
5. Moyaklarni tashqarida turishi tashqi xavf riski yuqori boʻlsa ham urugʻ ishlab chiqarish uchun optimal sharoit uchun kerak.
6. Right Whale kitining moyaklari 1.1 tonnadir, boʻshalganda 4.5litr maniy boʻshatadi.
7. İslandayida ishlab chiqariladigan mashhur pivoni bijgʻitish uchun ham kit maniysidan foydalaniladi.
8. Har bir spermatozoid taxminan 5 megabaytlik maʼlumot oʻz ichida tutadi (avvallari kompyuterlarda floppy A disk boʻlardi, shunga atigi 4.5 megabayt maʼlumot sigʻardi). Shu maʼlumotlarga asoslanib bir martalik jinsiy aloqada erkak kishiga oʻz geniga tegishli maʼlumotlardan taxminan eng kamida 110 gigabaytini ayol organizmiga boʻshatar ekan.
9. Butun aʼzolarimiz ichida eng koʻp turli tuman proteinlar miqdori moyaklarda mavjuddir. Ilmiy tekshirishlar maʼlumotiga koʻra inson organizmidagi proteinlarni 77% turi moyaklarda mavjud boʻlib, bularning 999 tasi faqat moyaklarga tegishlidir, Bosh miyada bosh miyaga tegishli oqsil turi 318 tagina xolos ekan. Shu maʼlumotdan ham xulosa qilib hayvon (qoʻy lampochkasi xalq tilida) moyaklarini isteʼmoli toʻgʻri ish emasligiga kishi amin boʻlinadi. Sababi oqsillar oʻta allergendirlar va butun baribir boshqa organizmlarga foydasi yoq, ichidagilar hazm traktida oʻzligi yoʻqotib odam moyagiga yetib bormaydi.
10. Erkaklarining 65% ida chap moyak pastroqda joylashadi, ilmiy asosi: chap moyak embrional rivojlanish davrida arteriyasini aortadan oʻng moyakka nisbatan pastroqdan oladi.
Moyaklar haqida koʻpchilik bilmaydigan 10 maʼlumot