Orbita. U Z
Ta’limiy : o’quvchilarga she’rni ifodali o’qishni o’rgatish.
” So’ngi axborot ” she’ri
Ta’limiy : o’quvchilarga she’rni ifodali o’qishni o’rgatish.
Tarbiyaviy : o’quvchilarni tabiatni sevish , uni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi : o’quvchilarning nutqini o’stirish , so’z boyligini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya: Milliy va umuminsoniy kompetensiya.
Fanga oid kompetensiya : She’rni o’qib tushunadi va mazmunini qayta so’zlab bera oladi. She’rni yoddan aytib bera oladi.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: suhbat , savol – javob
Darsning jihozi: darslik , mavzuga oid rasmlar
Tashkiliy qism : a) salomlashish
b) sinf tozaligini tekshirish
d)fasl ,oy,sanani so’rash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Bobur bobomiz nechanchi yilda ,qayerda tug’ilgan?
2.Bobur necha yoshida taxtga o’tiradi?
3.Bobur o’z vatanini sog’inib qayerda yashagan?
4.Bobur shoh bo’lishi bilan birga yana nimalar bilan shug’ullangan?
5.Boburning ziyrakligini nimada ko’rasiz?
Yangi mavzu bayoni : ” So’nggi axborot “she’ri ifodali o’qib beriladi.
“ So’ngi axborot “ she’ri
Bo’lib o’tdi qishloqda
Kecha zo’r shamol.
Natijada ro’y berdi,
Anchayin kor hol.
Uzum boshi aylanib ,
Bo’p qoldi kasal.
Shoxdan yiqilib olma,
Hatto gilos lat yedi,
Bo’lsa ham abjir.
Pachoq qildi burnini,
Uyquchiroq bir tarvuz,
Noklar yerga to’kildi,
Bo’lishib bir jom.
Ammo zarar ko’rmadi,
Sabzi va sholg’om.
Yangi mavzuni mustahkamlash :
O’quvchilar ham she’rni zanjir usulida ifodali o’qib beradilar.
1.Shamol nimalarga zarar yetkazdi?
2. Nima uchun qovunning boshi yorildi?
3.Nimalar zarar ko’rmadi? Nima uchun?
Mavzuga mos topishmoqlar aytiladi.
Darsning yakuni va baholash : Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa : she’rni yod olib, she’rdagi meva ,sabzavot va poliz ekinlarini chizib kelish.
Zarafshon shahar 8-umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ochilova Gavhar Sherali qizi ning
Odobnoma fanidan tayyorlagan
1 soatlik ochiq dars
Mavzu: Jonivorlarga g’amxo’rlik ezgu fazilat.Tabiatni asrash va e’zozlash.
Mavzu : ” Kumush qish ” bo’limi yuzasidan takrorlash
Ta’limiy : o’quvchilarni bo’lim yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy : o’quvchilarni tabiatni sevishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi : o’quvchilarning bilimlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya : O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi.
Fanga oid kompetensiya : matndan so’z va gaplarni tushuna oladi,asarda tasvirlangan voqea-hodisalar mazmunini tushuna oladi va qayta hikoya qila oladi.
Dars turi : mustahkamlovchi
Dars metodi : suhbat , savol-javob , boshqotirma , tarmoqlash.
Darsning jihozi : mavzuga mos mos rasmlar.
Tashkiliy qism : a)salomlashish
b)sinf tozaligini tekshirish
d)fasl ,oy,sanani so’rash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash :
Orbita . U Z
Kitob bosishning ixtiro qilinishi
Ehtimolki, kitob bosish g‘oyasi muhrlar orqali vujudga kelgandir. VII-VIII asrlardayoq, yaqin sharqda va yevropada bosma naqsh tushirilgan matolar tayyorlangan. Ko‘p marta takrorlanadigan shakllarni bosish uchun, maxsus muhrlardan foydalanishgan. O‘rta asrlarda xattotlar, nusxa ko‘chiruvchi va kotiblar o‘z ism shariflari yoki, muallif ism sharifini yozish uchun ham muhrdan foydalanishgan. Shuningdek, o‘rta asrlarga doir qo‘lyozmalarning ko‘pchiligida matn satri boshidagi birinchi asosiy harf jimjimador ko‘rinishda, maxsus muhrlangan tarzda namoyon bo‘ladi. Buning sababi oddiy – agar matnni nisbatan tez yozish imkonli bo‘lgan bo‘lsa ham, ramzlar va turli shakldagi ifodalardan iborat bo‘lgan ism shariflar bosh harflarini yozish va bezashga ko‘p vaqt ketgan. Shuning uchun, bunday ishlarni avvaldan maxsus tayyorlangan muhrlar yordamida osongina bajarishgan. Bu ayniqsa xattot va nusxa ko‘chiruvchilarga qulay bo‘lgan. Katta hajmli qo‘lyozmalarni ko‘chirishda eng ko‘p uchraydigan so‘zlar, va tasvirlarni qayta qayta yozish o‘rniga, muhr yordamida osongina bosib ketish, ham vaqtni tejardi, ham, sifatni oshirardi. Bosma nusxalar esa, o‘yin qartalari va arzon-garov tasviriy ishlanmalar (masalan, ommabop va savdosi chaqqon bo‘lgan, ikonalar), shuningdek, xaritalarni tayyorlashda ko‘proq qo‘llanilgan. Bunday gravyurlar avvaliga faqat tasvirdan iborat bo‘lgan. Keyinroq esa, bir necha satr matn ham qo‘shib bosila boshlangan. Gravyura bosishdan kitob bosishga o‘tish uchun faqat bittagina qadam tashlash qolgan edi. Mantiqan qaralganda bu jarayon evolyutsiyasi quyidagicha bo‘lgan: avvaliga taxta yoki metall doskalarga tasvirni o‘yib tushirib, u orqali qog‘oz yoki matoga tasvirni bosib chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan. Bunday tasvir ostidagi bir-ikki satr matn qo‘lda yozib chiqlgan. Keyinroq, doskaning o‘zida matnni teskari tartibda o‘yib yozib, uni ham tasvir bilan birvarakayiga bosishga o‘tishgan. Shu tahlit ish, doskada matnning o‘zini, bezak va tasvirlarsiz teskari tartibda o‘yib ishlash va uni qog‘ozga yoki, matoga bosishga yetib kelgan.
Bunday yo‘sinda bosilgan dastlabki kitoblar hajman kichik bo‘lgan. Biz ularni kichik risola (broshyura) deb atagan bo‘lardik. Bunday kitoblar, haqiqiy qo‘lyozma kitob sotib olishga imkoni yo‘q, ammo savodli o‘rta va quyi ijtimoiy sinflarga mo‘ljallangan bo‘lgan. Bunday usulda bosilgan kitoblarning adadi, dastabki matn o‘yish va boshqa tayyorgarlik harajatlari, shuningdek qog‘oz va siyoh sarfini qoplaydigan darajada katta bo‘lishi kerak edi. Bu nuqtai nazardan esa, diniy ta’limotga oid kitoblar ayni muddao bo‘lib, bunga misol tariqasida o‘rta asr noshirlari ishiga taaluqli «Kambag‘allar Injili» yoki, « Insonning qutqarilish ko‘zgusi » nomli kitoblarni keltirish mumkin. « Kambag‘allar Injili » , haqiqiy qo‘lyozma va to‘liq hajmdagi variantidan birmuncha farq qilib, u Injilning faqat ma’lum qismlaridan iborat bir necha o‘n sahifa matn va tasvirlardan iborat bo‘lgan. Shuningdek, o‘rta asrlarda eng ko‘p adadda chop etilgan arzon nashrlardan yana mashhurlari – « Masiyhning hayoti va ishtiyoqi » nomli (u ham diniy tematikada) shuningdek, lotin grammatikasiga oid Eliy Donatning « Grammatika » si, hamda, « Aleksandr Gallning ham « Grammatika » sini e’tirof etiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan kabi kitoblarni chop etish texnikasi quyidagicha bo‘lgan: qattiq yog‘ochdan (nok, yong‘oq yoki palmadan) 2 sm qalinlikdagi va to’g’ri to‘rtburchak shaklidagi doska tayyorlangan. Uning sirti tep-tekisligiga ishonch hosil qilinmagunicha, yaxshilab ishqalanib sayqallangan. Keyingi jarayonda, doskaning silliqlangan sirtiga qog‘ozga qo‘lda mohirona chizilgan tasvir yoki matn yopishtirib chiqilgan. Keyin o‘tkir pichoq bilan o‘sha harflarning shaklini zaruriy yo‘nalishda yog‘ochga o‘yib chiqib, shakl-qolip chiqarishgan. Natijada, butun doska tekisligi bo‘ylab taqsimlangan yaxlit tasvir yoki bir-butun matn paydo bo‘lgan. Mazkur qolip-doskaga, bo‘yoqni surtib chiqib, uning ho‘lligidayoq ustiga qog‘oz yoki matoni bosib, quritib olishgan. Vaqt o‘tishi bilan bu texnika takomillashib, harflarni o‘yish o‘rniga yo‘nishni qo‘llay boshlashdi. Yog‘och doskadagi bo‘rtib chiqqan teskari matn ko‘rinishidagi bu usul bosish sifatini yanada oshirdi. Qolaversa, endilikda bosmaxona ustalari, yog‘och taxtachaning har ikkala tarafidan foydalan boshlashdi.
Bunday kitoblarning qo‘lyozmalarga nisbatan arzonligi, ularga bo‘lgan talabning ortishiga va barqaror bo‘lishiga zamin hozirladi. Bu esa, kitob bosish hunariga bo‘lgan qiziqishni ham kuchaytirib yubordi. Ravshanki, matnlarni o‘yib, yoki, yo‘nib chiqish mashaqqatli va ko‘p vaqt hamda, sabr-toqat talab qiladigan mayda ish bo‘lgan. Har bir kitob uchun bir necha shunday doska tayyorlash kerak edi va u mazkur kitobdan boshqasi uchun mutlaqo yaramasdi. Bu ish bilan shug‘ullangan ko‘plab ustalarda, mazkur jarayonni tezlashtiradigan, hech bo‘lmasa yengillashtiradigan biror bir yo‘l topish fikri doimiy bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bunday ishni yengillashtiradigan yagona usul esa – harakatlanuvchi harflarni tayyorlash edi. Bunday harflar uchun maxsus qoliplarni yoki andozalarni tayyorlab olinsa, ular uzoq yillar davomida va har qanday hajmdagi matnlarni terishga xizmat qilishi mumkin edi.
Bu g‘oyaning ilk marta amaliy tadbiq etilishini Olmoniyalik Iogann Gutenberg tomonidan amalga oshirildi. Gutenberg Maynts shahrida, qadimiy zodagonlar sulolasidan bo‘lmish – Gontsfleyshlar xonadonida tug‘ilgan. 1420-yilda u Mayntsni tark etib, hunar o‘rganishga kirishadi va Gontsfleysh familiyasidan voz kechib, onasining familiyasi – Gutenbergni tanlaydi. 1440-yilda Strasburgda yashayotga chog‘ida Gutenberg o‘zining dastlabki kitob bosish dastgohini yasaydi. 1448-yilda u Mayntsga qaytib keldi va kitob bosish ishini keng yo‘lga qo‘yib yubordi. Gutenberg 1468-yilda vafot etgan. U raqobatchilardan holi bo‘lish uchun, o‘z dasgohini qat’iy sir tutgan va yashirin ravishda ishlagan. Shu tufayli, Gutenbergning kitob bosish dastgohini qanday qilib yasagani va takomillashtirganligini faqat taxminan tiklash mumkin holos. Ma’lumotlarga qaraganda, Gutenbergning dastlabki yig‘ma dastgohi yog‘ochdan ishlangan ekan. XVI-asrning boshida, Gutenberg bosmaxonasi va dastgoh shriftlarini ko‘rganlar bor ekan. Uning alohida qilib ishlangan harflari o‘rtasidagi teshikcha orqali chilvir ip bilan o‘zaro mahkamlanib, keyin esa qog‘ozga bosilgan. Lekin, bunday ish uchun yog‘och materiali nobop bo‘lib, uning nalik ta’sirida ishib yoki, kichrayib qolishi, bitta matndagi harflar shakli va o‘lchamlarini turlicha qilib yuborgan. Bu kamchilikni bartaraf etishga urinib, Gutenberg, harflarni yumshoq metallar (masalan, qo‘rg‘oshindan) tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. Tez orada unga, harflarni o‘yib emas, metallni eritib quyish orqali tayyorlash fikri kelgan bo‘lsa kerak. Bu ham oson va tezkor tayyorlash usuli bo‘lar edi. Oqibatda Gutenberg ustaxonasida temirdan quyib tayyorlangan harf andozalar – literlar paydo bo‘ldi. Keyin ularni metall plastinka (odatda u misdan tayyorlangan) ustida bo‘lg‘a bilan urib chiqib, o‘sha plastinka sirti bo‘ylab harflarning ko‘p sonli qoliplarini tayyorlab chiqishgan. Bunday usulda tayyorlangan matritsa, ko‘p marta qo‘llashga yaroqli bo‘lib, u orqali har qanday hajm va mazmundagi kitoblarni tezkor va ko‘p adadda bosish imoniyati paydo bo‘ldi. Gutenbergning ixtirosi matbaachilikda, nafaqat bu sohada, balki insoniyat tamadduni tarixida inqilob yasadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, u tufayli, insoniyatning ming yillar davomida to‘plagan bilimlarini egallash osonlashdi.
Maynts shahar muzeyida saqlanayotgan Gutenberg nashr qilgan Injil nusxasi.
Gutenberg chop etgan ilk kitoblar – Donat muallifligidagi grammatika (13 ta nashrda) va kalendar edi. 1455-yilda u murakkabroq vazifa – 1286 sahifalik Injil (3400000 ta bosma harf) kitobini nashr qildi. Bu nashrda asosiy matn tipografiya usulida bosilgan bo‘lib, badiiy bezatilga sahifalar va bosh harflarni baribir xattotlar qo‘lda yozib va chizib chiqishgan. Gutenberg ixtiro qiligan kitob bosish usuli amalda XVIII-asrgacha o‘zgarishlarsiz qoldi. Kitob bosishning butun insoniyatning ma’naviy va madaniy ehtiyojlari talablariga qanchalik javob bera olganligini, uning paydo bo‘lgan dastlabki yillariyoq isbotlab berdi. 1500 yilning o‘ziga keliboq butun ko‘hna qit’a bo‘ylab 30000 dan ziyod nomdagi va yuz minglab adaddadagi turli xil kitoblar paydo bo‘ldi. 1516-yilga kelib esa, Venetsiyalik tasviriy san’at ustasi Ugo da Karpi rangli bezaklar bosish usulini joriy qildi va o‘zi mukammallashtirib, yangicha usullarini kiritdi. Ugo da Karpining o‘zi ajoyib xattot va nusxa ko‘chiruvchi bo‘lib, uning usulida chop etilgan rangli bezakli kitoblarda avval bir xil rangli tonlar, keyin boshqa rangdagi tonlar navbati bilan bosilar edi. Shu usul bilan Ugo da Karpi buyuk rassom Rafaelning ko‘plab nodir asarlarini ko‘paytirgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Qiziqarli malumotlar
Orbita. U Z