Erkaklarda bepushtlik: sabablari, turlari va diagnostikasi
Erkaklar bepushtligi hozirgi kunda eng katta muammolardan biri. Avvallari bepushtlikka erkaklarning sababchi bo‘lish darajasi 30 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bu ko‘rsatkich 45 %ga ko‘tarilgan. Statistika ko‘rsatkichlariga qaraganda erkaklar reproduktiv tizimi tomonidan muammolar borgan sari ko‘paymoqda. Erkak bepushtligi deganda, uning oxirgi 12 oy ichida faol jinsiy aloqada bo‘lib, kontraseptiv vositalardan foydalanmaganda, ayolning homilador bo‘la olmasligiga aytiladi. Erkaklarni ota bo‘lish baxtidan mosvo qiluvchi kasallik sabablari bir qancha bo‘lishi mumkin. Bular organizmda ketayotgan umumiy patologiyalar va erkaklar jinsiy a’zolarida uchraydigan kasalliklar bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda bepushtlikka birgina sabab yetarli bo‘lsa, ba’zida bir necha patologiyalar natijasida kelib chiqadi. Kasallikning prognozi uning vaqtida to‘g‘ri diagnostikasi va davo choralari olib borilishiga bog‘liq. Varikosele – har 7 bepushtlikka duchor bo‘lgan erkaklardan birida uchraydi. Kasallik asosida urug‘ tizimchasidagi (kanalidagi) venalarning kengayishi yotadi. Bu kanal orqali sperma suyuqligi chiqadi. Varikosele natijasida urug‘donda harorat biroz ko‘tariladi, bu esa spermatozoidlar holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu kabi patologiyalarni faqatgina shifokor aniqlay oladi. Shuning uchun erkaklar o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tishi talab etiladi. O‘tkazilgan jarohatlar yoki jinsiy a’zolarning rivojlanishidagi kamchiliklar sababli bepushtlik kelib chiqishi ko‘p hollarda kuzatiladi. Ularga quyidagilar kiradi: Bunday holatlar bepushtlikka kamdan-kam sababchi bo‘ladi. Chunki tug‘iladigan farzand shunchaki tug‘ma defektlar bilan dunyoga kelib, u umuman jinsiy faol bo‘lmasligi mumkin. Ko‘p hollarda erkaklar siydik-tanosil organlarida yallig‘lanish jarayoni kechishi hisobiga bepushtlik kelib chiqadi. Organizmda infeksiyalar (virus, bakteriya, zamburug‘) aylanib yurishi hisobiga leykotsitlar soni oshadi, leykotsitlar spermatozoidlarni yopishqoqligini oshirib, ularni quyuq shaklga keltirib qo‘yadi. Ko‘pincha tekshiruvda quyidagi qo‘zg‘atuvchilar aniqlanadi: E’tibor bering: siydik-tanosil a’zolariga infeksion agent tushishi uretrit va prostatit chaqiradi. Bu kasalliklar faqatgina shifokor tomonidan davolanadi. Preparatlar qo‘zg‘atuvchi turi va uning sezuvchanligiga asoslanib tanlanadi. Jisniy zaiflik aloqa vaqtida erta eyakulyatsiya (erta bo‘shashish), impotensiya yoki ereksiyaning buzilishi bilan tushuntiriladi. Erkak immun tizimi tomonidan kelib chiqqan kamchiliklar maxsus moddalar ajratib chiqishiga olib keladi, ular esa insonning o‘z spermatozoidlarini zararlaydi va ularning urug‘lantirish xususiyatini yo‘qotadi. Bepushtlikka olib keluvchi gormonal patologiyalarga quyidagilar kiradi: Ba’zi jarrohlik amaliyotlari, masalan chov churrasi, uretra strikturasi (torayib yopilib qolishi), vazoektomiya, siydik pufagi rezeksiyasi, simpatektamiya, prostatektomiya operatsiyalari o‘tkazilgandan keyin bepushtlik kelib chiqishi mumkin. Ayrim terapiyalar erkaklar reproduktiv tizimiga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin: Farzand ko‘ra olmaslikka olib keluvchi sabablar turidan qat’iy nazar bepushtlik quyidagi turlarga bo‘linadi: Bu daraja erkaklarning yil davomida faol, himoyalanmagan holda jinsiy aloqa qilsa ham, ayolning homilador bo‘la olmasligini ko‘rsatadi. Diagnoz quyidagi holatlar erkak kishida aniqlansagina qo‘yiladi: Bepushtlikning 1-darajasi 3 xil tipda kechadi:
Bunday diagnoz erkaklarda avval farzandli bo‘lish kuzatilgan, lekin hozirgi davrga kelib urug‘lantirish qobiliyati yo‘qolgan erkaklarga qo‘yiladi. Bu kasallikka sabab 1-darajali bepushtlik kabi bo‘ladi: Odatda erkaklar bepushtlikda shikoyat qilmaydilar, faqatgina farzand ko‘ra olmaslik “dardi” bezovta qiladi. Inson o‘zini yaxshi his qiladi, jinsiy faol bo‘ladi, farzand ko‘rishni rejalashtiradi, himoya vositalaridan vos kechib qo‘shilgandan keyin, ayolda homiladorlik kuzatilavermaydi va erkak darrov bepushtlikka gumon qiladi. Erkaklarda bepushtlik 3 patologik jarayon asosida kechadi: Diagnostika bepushtlikni davolashda birinchi qadam hisoblanadi. Uning o‘z vaqtida va to‘g‘ri olib borilishi kelajakda kasallikni davolashda katta rol o‘ynaydi. Bepushtlikka gumon qilinganda quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi: Muhim: gormonlarning giper va gipo sekretsiyasi organizmga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi, gumoral boshqaruvni buzadi, shu bilan birga erkaklarda bepushtlikka olib kelishi mumkin. Maxsus MAR-test spermatozoidlarning foiz nisbatini aniqlab beradi, ya’ni antispermal antitelolar bilan qoplangan va sog‘lom spermalar. Qon zardobining immunoferment tekshiruvi antispermal antitelolar miqdorini aniqlab beradi. Bu tekshiruv spermogrammaning salbiy natija berganda o‘tkaziladi, spermadagi leykotsitlar (
Bu tekshiruv spermada spermatozoidlar yo‘q bo‘lsa o‘tkaziladi. Spermatogenez jarayonidagi har bir spermatozoidni aniqlab beradi. Spermatozoidlar miqdori va sifatini aniqlab berishda eng ko‘p qo‘llaniladigan va ma’lumot beradigan tekshiruv usuli. Bu tekshiruv natijasida turli xildagi patologiyalar aniqlanadi: oligospermiya, azoospermiya, teratospermiya, astenospermiya, piospermiya, aneyakulyatsiya, kriptospermiya va boshqalar. Eyakulat ko‘rsatkichi klassifikatsiyasi Muhim: spermogrammaga ko‘rsatma faqatgina shifokor tomonidan, har bir bemor uchun individual holatda yondashib olib boriladi. Bu tekshiruv usuli samarali bo‘lishi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:Erkaklarda bepushtlik: sabablari, turlari va diagnostikasi
DO`STLARGA ULASHING:
Erkaklar bepushtligi sabablari
Varikosele
Jisniy a’zolar rivojlanishi kamchiliklari va ularning jarohatlanishi
Genetik anomaliyalar
Infeksiya natijasida kelib chiqqan bepushtlik
Jinsiy zaiflik
Immunologik tizim muammolari
Gormonal buzilishlar
Jarrohlik aralashuvi
Sistemali kasalliklarning davolaganda
Bepushtlikka olib keluvchi tashqi faktorlar
Erkaklar bepushtligi turlari
Erkaklarda 1-darajali bepushtlik
Erkaklarda 2-darajali bepushtlik
Erkaklardagi bepushtlik belgilari
Bepushtlikda tekshiruvlar
Instrumental tekshiruvlarga quyidagilar kiradi:
Laborator tekshiruvlar quyidagilar
Immunologik tekshiruv
Eyakulatni ekish
Eyakulatning sentrafuga analizi
Spermogramma
normozoospermiya
Normal eyakulat, normal ko‘rsatkichlar bilan
oligozoospermiya
Spermatozoidlar konsentratsiyasi normadan past
astenozoospermiya
Spermatozoidlar harakatchanligi normadan past
teratoospermiya
Spermatozoidlar morfologiyasi normadan past
oligoastenotertozoospermiya
Spermatozoidlar konsentratsiyasi, harakatchanligi, morfologiyasi normadan past
azoospermiya
Eyakulatda spermatozoidlar yo‘qligi
aspermiya
Eyakulatning umuman yo‘qligi
Erkaklarda bepushtlik: sabablari, turlari va diagnostikasi