“Bir-birimizdan uyalamiz…”

“Bir-birimizdan uyalamiz…”

“Bir-birimizdan uyalamiz…”

DO`STLARGA ULASHING:

— Turmush qurganimizga 3 yil bo‘ldi. Erim bilan munosabatlarimiz yaxshi. Ammo jinsiy yaqinlik haqida gap ketganda negadir bir-birimizdan uyalamiz. Bu holat ba’zida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarayapti…

“Bir-birimizdan uyalamiz…”
“Bir-birimizdan uyalamiz…”

Ramazon NAZAROV, androlog-seksopatolog:

— Ayol va erkak bir-biri uchun qiziqarli suhbatdosh, kezi kelganda yangi qirralari bilan hayratga soladigan inson bo‘la olishlari kerak. Zotan, jinsiy hayotda er va xotin munosabatlari uyg‘unlikka suyanmas ekan, bu shunchaki odatiy holatdek qabul qilinadi. Jinsiy hayot esa erkak va ayolni birdek qoniqtirishi kerak. Ehtimol eringiz tomonidan aytiladigan gaplarni yoki harakatlarni javobsiz qoldirib, o‘zingiz mavzudan qochayotgandirsiz. Ammo eringizning o‘zida ham jinsiy hayotdan tortinish holati mavjud bo‘lsa, mutaxassisga murojaat etishingiz mumkin.

“Bir-birimizdan uyalamiz…”