UYGʻURLAR

UYGʻURLAR

UYGʻURLAR — xalq, XXRdagi SinszyanUygur muxtor rayonining tub joy aholisi. 8 mln. kishidan ortiq (1990-y. lar oʻrtalari). Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Uygur tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, «uygʻur» atamasi mil. av. 3—2-a. lardan maʼlum. Uygʻurlar etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan «di»(turk) larning «chidi»(qizil di — jan. turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shim. da mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594-y. Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim. ga ketishga majbur boʻlishgan. Uygʻurlar hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3a. — mil. 3—4-a. lar) da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-a. larda Uygʻurlar (JujanAvar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-a. ga qadar Uygʻurlar tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-a. dagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, (izgilsije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.

Ensiklopediya.uz
UYGʻURLAR