URXON

URXON

URXON, Oʻrxon Gʻoziy (1281 — 1359) — turk sultoni (1324—1359), Usmon I ning oʻgʻli. Usmon I ning harbiy yurishlarida yoshligidan muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Otasining vafoti (1324) dan soʻng, bu davlatni gʻarbda — Vizantiya imperiyasi yerlari va sharqda — qoʻshni turkiy bekliklar hisobiga kengaytirish jarayonini davom ettirdi. 1326-y. apr. da u Kichik Osiyoning shim. gʻarbidagi yirik shaxar — Bursani egallab, poytaxtni Melangiyadan Bursaga koʻchirgan. Bir necha yil mobaynida Kichik Osiyoning butun shim. gʻarbiy hududlarini zabt etib, Qora dengiz qirgʻoklariga, keyinchalik Dardanell boʻgʻozining sharkiy sohillarigacha yetib borgan.

Ensiklopediya.uz
URXON