UNDIRUVCHI SANOAT
UNDIRUVCHI SANOAT, undirma sanoat — yer ostidan, suvdan va oʻrmonlardan har xil xom ashyolar va yoqilgʻilar olish bilan shugʻullanuvchi sanoat tarmoklari majmui. Undiruvchi sanoatning asosiy tarmoklari foydali qazilmalar (kumir, neft, gaz, slanes, torf, temir rudasi, rangli, nodir va asil metallar hamda noruda xom ashyolar) qazib olish, ovchilik, baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash, dengiz mahsulotlarini yigʻish, yogʻoch tayyorlash va b. U. s. mahsulotlari, asosan, ishlov beruvchi sanoatda qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
UNDIRUVCHI SANOAT