OʻRDA, OʻRDU
OʻRDA, OʻRDU — 1) turkiy va moʻgʻul xalklarida hukmdor, xon qarorgohi, qalʼa. Istiloh ushbu maʼnoda ilk bor qadimiy OʻrxunEnasoy bitigi «Irq bitig»da qayd etiladi. Qoraxoniy hukmdor saroyi yoki Koshgʻar shahri Oʻrdukand deb yuritilgan. Baʼzan Oʻrda, oʻrdu oʻrnida uning maʼnodoshi x o n t oʻ y birikmasi ham ishlatilgan. Yirik turk va moʻgʻul davlatlari hamda koʻchmanchi qabilalari ittifoqlari — Oltin Oʻ., Noʻgʻay Oʻ. ning nomi shundan kelib chiqqan. Turli tarixiy davrlarda qalʼa (5—6-asrlargacha), diz (6—8-asrlarda), ark (9 — 17-asrlar) deb ham atalgan. Oʻrda, oʻrdu, asosan, balandlikda bunyod etilgan, unga qiya uzun yoʻlak (pandus) orqali kirilgan; davlat ahamiyatidagi inshootlar, maʼmuriy binolar, hukmdor saroyi va boshqalarni oʻz ichiga olib, atrofi burjlari boʻlgan devor bilan oʻralgan. Oʻrda, oʻrdu shaharsozlik tarixida muhim oʻrin tutgan. Oʻrda, oʻrdular ayrim maʼmuriy — shaharsozlik (oʻrni, oʻlchami, koʻlami, bino, hovuz va boshqalar) jihatlari bilan farqlangan (Koʻhna Ark, Xudoyorxon oʻrdasi, Toshkenpg oʻrdasi va boshqalar).
Ensiklopediya.uz
OʻRDA, OʻRDU