OʻROZOV

OʻROZOV

OʻROZOV Ilyos (1922.15.10, Yangiyoʻl tumani — 1945.11.2, Vengriya) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1940-yilda sanoatiqtisod texnikumini tugatgan. 1941-yildan armiya safida. 1944 yil kichik leytenantlar kursini tugatgan. 572oʻqchi polki (ZUkraina fronti 57armiyaning 233oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri. 1944-yil 13—20-oktyabrda plasdarmni kengaytirish uchun boʻlgan jangda va 12 noyab. da Dunay daryosini kechib oʻtish (sobiq Yugoslaviyaning Sambor shahri yaqinida)da koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945.23.4, vafotidan soʻng). Oʻrozov oʻqigan maktab uning nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
OʻROZOV