OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI

OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI

OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI — madaniy-maʼrifiy, ilmiy muassasa; Oʻrta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey. 1918-yilda Toshkent shahrida Xalq un-ti muzeyi sifatida asos solingan; keyinchalik Markaziy badiiy muzey, 1924-yildan Toshkent sanʼat muzeyi, 1935-yildan hoz. nomda. Muzey Toshkentda yashagan knyaz N. K. Romanovning shaxsiy toʻplami (rus va Gʻarbiy Yevropa rassomlari yaratgan portret va tarixiy kartinalar, grafika va hay kaltaroshlik asarlari, badiiy mebel, chinni buyumlar va boshqalar) negizida vujudga kelgan. Turkiston oʻlkashunoslik muzeyining badiiy boʻlimidan va boshqalar muzeylarning fondlaridan, shaxsiy toʻplamlardan sanʼat asarlari keltirilib boyitilgan (V. L. Borovikovskiy, K. P. Bryullov, V. A. Tropinin, I. M. Nikitin, O. A. Kiprenskiy, I. K. Ayvazovskiy, S. V. Ivanov, I. N. Kramskoy, N. N. Ge, A. K. Savrasov, I. I. Shishkin, V. G. Perov va boshqalar); muzeyda 19-asr rus rassomlarining nodir asarlari toʻplangan (I. Ye. Repin, V. A. Serov, I. I. Levitan, N. K. Rerix va boshqalar). Muzey fondi 50 mingdan ziyod eksponatga ega (2005), tomoshabinlar soni yiliga 250 mingdan oshadi.

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON DAVLAT SANʼAT MUZEYI