OʻRMONSHUNOSLIK

OʻRMONSHUNOSLIK

OʻRMONSHUNOSLIKoʻrmon hayoti, oʻrmonlar yaratish va oʻrmon resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi fan; oʻrmonchilikning ilmiynazariy asosi. Oʻrmonshunoslik oʻrmonni va uning tarkibiy qismlari biologiyasi, ekologiyasini (oʻrmon bilan iqlimning oʻzaro bogʻliqligi, tuproq va biotik omillarning oʻzaro munosabatlarini), oʻrmonlarning tiklanish va shakllanish qonunlarini, oʻrmon tiplarini va ularning fazo va vaqtda oʻzgarishini oʻrganadi. 20-asr boshlarida fan sifatida shakllandi. V. V. Dokuchayevning tuproq qoplamlari zonalligi haqidagi taʼlimoti hamda oʻrmonshunos olimlarning tajribalari asosida rus oʻrmonshunosi G. F. Morozov (1867—1920) oʻrmon haqidagi taʼlimotni yaratdi (1902—12).

Ensiklopediya.uz
OʻRMONSHUNOSLIK