USLUB
USLUB — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq U. i. tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) Uslub deb yuritiladi. Vazifaviy Uslub deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Ensiklopediya.uz
USLUB